8-mavzu. G’ovaktanlilar (Porifera) va Plastinkasimonlar (Placozoa) tiplari


Download 23.06 Kb.
Sana31.08.2023
Hajmi23.06 Kb.
#1671811
Bog'liq
8-ma\'ruza


8-mavzu. G’ovaktanlilar (Porifera) va Plastinkasimonlar (Placozoa) tiplari
Rejа:

1. G’ovaktanlilarning tuzilishi va hujayra elementlari.


2., G’ovaktanlilarning fiziologiyasi, skeleti. Ko’payishi va rivojlanishi.
3. Ekologiyasi va filogeniyasi.
4. Plastinkasimonlar tipi.


G’ovaktanlilar (Spongia, yani Porifera) tipi
G’ovaktanlilar-o’troq yashovchi tuban ko’p hujayrali hayvonlar. Asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. To’qima va organlari rivojlanmagan, tanasi bir necha xil hujayralardan va hujayra oralig’i moddasidan iborat. Tana bo’shlig’i xoanotsitlar deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan. Nerv sistemasi rivojlanmagan. Tanasida juda ko’p mayda teshikchalari va ulardan tana bo’shlig’iga qarab ketadigan naychalari bo’ladi. Ana shu naychalar orqali g’ovaktanlilar tanasi orqali to’xtovsiz suv o’tib turadi. Deyarli hamma vakillari ohaktosh (CaC03) yoki silikat (Si02)dan iborat mineral yoki organik skeletga ega.
Tuzilishi. Tana shakli xaltaga yoki chuqurroq qadaxga o’xshash, lekin bir qancha turlari muayyan shaklga ega bo’lmaydi. Tanasi sirtidagi juda ko’p mayda teshikchalar orqali paragastral tana bo’shlig’i tashqi muhit bilan bog’langan. Bu bo’shliq tanasining yuqori tomonidagi teshik - oskulum orqali tashqi muhitga ochiladi.
Tanasi ikki qavat bo’lib joylashgan hujayralar - tashqi ektoderma va tana bo’shlig’ini qoplab turadigan endodermadan iborat. ektoderma va endoderma oralig’ida mezogleya deb ataladigan strukturasiz qavat joy-lashgan. Ko’pchilik g’ovaktanlilar mezogleyasi qalin bo’lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan. Skelet ana shu mezogleyada hosil bo’ladi. ektoderma yassi hujayralardan iborat. Ektodermadagi mayda teshikchalar juda ingichka naychalar orqali paragastral bo’shliq bilan tutashgan. en-doderma uzun xivchinli silindrsimon hujayralar - xoanotsitlardan iborat. Xivchinlar asosini yupqa membrana pardadan iborat yoqacha o’rab turadi.
G’ovaktanlilar tuzilish xususiyatiga ko’ra askon, sikon va leykon deb ataladigan guruhlarga bo’linadi. Askon tuzilishi eng sodda g’ovaktanlilar uchun xos. Bunday g’ovaktanlilarning mezogleyasi qalin bo’lmaydi, ektodermadagi teshiklar (poralar) ingichka naychalar orqali bevosita yoqachali xivchinli hujayralar bilan qoplangan paragastral bo’shliqqa ochiladi. Ko’pchilik g’ovaktanlilar uchun askon tuzilishi faqat embrional rivojlanish davrida ko’rinadi. Ontogenezda askon murakkablashib borib, sikonni hosil qiladi. Murakkablashuv mezogleyani qalinlashib, alohida kameralarni hosil qilishidan hamda xivchinli endoderma hujayralarini kameralar ichida joylashganligidan iborat. Leykonda mezogleya yanada ko’proq qalinlashadi; xivchinli kameralar mezogleyaga ko’proq botib kiriladi. Mezogleyadagi kameralar olib keluvchi naychalar orqali tashqi muhit bilan, olib ketuvchi naychalar orqali esa paragastral bo’shliq bilan bog’langan. Sikon va leykonning paragastral bo’shlig’i ham yassi ektoderma hujayralar bilan qoplangan bo’ladi. G’ovaktanlilarning xivchinli kameralari juda ko’p bo’ladi. Masalan, bo’yi 7 sm, eni 1 sm2 keladigan leykoniya g’ovaktanlisida, xivchinli kameralarining soni 2 mln dan oshadi.
Hujayra elementlari. Mezogleyada yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar va amyobotsitlar joylashgan. Yulduzsimon hujayralar tayanch elementlar - kollentsitlar hisoblanadi. Skleroblastlar ichida skelet elementlari hosil bo’ladi. Amyobotsitlar harakatchan hujayralar bo’lib, ularni xoanotsitlardan olingan oziqni hazm qiluvchi hujayralar va ixtisoslashmagan rezerv hujayralar - arxeotsitlarga ajratish mumkin. Arxeotsitlar barcha ko’rsatilgan hujayralarni, shu jumladan jinsiy hujayralarni ham hosil qilish xususiyatiga ega. Tekshirishlarning ko’rsatishicha g’ovaktanlilar tanasida qariyb hamma hujayralar biri ikkinchisini hosil qilishi mumkin. Masalan, xoanotsidar xivchinini tashlab mezogleyaga o’tishi va amyobotsitlarga aylanishi yoki aksincha arxeotsitlar xoanotsitlarga aylanishi mumkin. Bu hol g’ovaktanlilarni juda sodda tuzilganligi, hujayralari to’liq ixtisoslashmaganligini ko’rsatadi.
Odatda g’ovaktanlilarning nerv sistemasi bo’lmaydi. Ayrim zoologlar mezogleyada o’simtalari orqali o’zaro bog’langan yulduzsimon hujayralarni aniqlashgan. Lekin ularning nerv funktsiyasi aniqlanmagan.
Fiziologiyasi. Suv tana sirtidagi teshikchalardan mayda naychalar orqali paragastral bo’shliqqa o’tadi va undan oskulum orqali tashqi muhitga chiqib ketadi. Kameralardagi yoqachali hujayralar xivchinlarining harakatlanishi suvni tana orqali oqib turishini taminlaydi. Xoanotsitlar tana orqali o’tadigan suvni filtrlab, undan oziq zarralari (bakteriyalar, bir hujayrali organizmlar va boshqalar) ni tutib olib, amyoboatsitlarga uzatadi. Ko’pchilik ohakli g’ovaktanlilarda xoanotsitlar oziqning faqat bir qismini amyobotsitlarga uzatadi, oziqning asosiy qismi esa xoanotsitlaming o’zida hosil bo’ladigan vakuolalar ichida hazm bo’ladi. Ayrim g’ovaktanlilarda xoanotsitlar faqat gidrokinetik (suvni haydash) funktsiyani bajaradi. Oziq zarralarini amyobotsitlar bevositanaylardagi suvdan tutib olaveradi. Xoanotsitlarning hazm qilish funktsiyasining yo’qolishi ikkilamchi harakterga ega. G’ovaktanlilarning suvni filtrlash xususiyati juda yuqori bo’ladi. Masalan, balandligi 7 sm keladigan Leutsonia bir sutka davomida tanasi orqali 22 l suvni filtrlab o’tkazadi. Suv oskulumdan 25-50 sm masofaga borib tushadi.
Faqat tashqi teshiklari -porotsitlar sitoplazmasining qisqarishi tufayli biroz torayishi mumkin. Ayrim g’ovaktanlilar maxsus hujayralar
- miotsitlar yordamida oskulumini ham asta-sekin qisqartirish xususiyatiga ega. G’ovaktanlilar tasirni sezmaydi. Bu hol ularda nerv sistemasining bo’lmasligini ko’rsatadi.
Skeleti. Ko’pchilik g’ovaktanlilarning ohak yoki qumdan iborat qattiq skeleti bo’ladi. Bir qancha g’ovaktanlilarning skeleti ohak va kremnezyom aralashmasidan iborat. G’ovaktanlilar orasida spongin deb ataladigan muguzsimon yumshoq skeletga ega bo’lgan vakillari ham bor. Skelet elementlari mezogleyada joylashadi. G’ovaktanlilarning mineral skeleti ignaga o’xshash mikroskopik tanachalar-spikulalardan iborat. Spikulalar maxsus skelet hosil qiluvchi hujayralar skleroblastlarda hosil bo’ladi. Skleroblastlar o’lgandan so’ng spikulalar bevosita sitoplazmaning o’zida joylashadi. Skeletlar shakli har xil: ular bir o’qli, uch o’qli, to’rt o’qli va ko’p o’qli deb ataladigan to’rt guruhga bolinadi. Bir o’qli skelet to’g’ri yoki egilgan tayoqcha shaklida, uch o’qli skelet o’zaro perpendikulyar to’g’ri burchak ostida joylashgan nurlardan iborat. To’rt o’qli skeletda ikkita qo’shni nurlar orasidagi burchak 120° ga teng bo’ladi. Ko’p o’qli skelet sharsimon yoki
mayda yulduzsimon bo’ladi. Odatda bir turning o’zida bir necha xil tipdagi ignalar bo’lishi mumkin. Skelet ignalar mezogleyada o’z holicha joylashgan, uchki qismi orqali bir-biriga ilashgan bo’lishi yoki maxsus sement moddasi orqali bir-biriga yopishib, yaxlit skelet hosil qilishi mumkin. Ayrim ignalar o’qining joylanishi kristallardagi optik o’qlarga mos keladi. Masalan, uch o’qli ninalar to’g’ri yoki kub sistemasi, to’rt o’qli ignalar esa geksagonal sistemasidagi kristallarga mos keladi. Bu hol anorganik tabiatda kristallarning shakllanishi bilan ignalarning o’sishi o’rtasida o’xshashlikni ko’rsatadi. Ana shu sababdan bu jarayonni Gekkel biokristalizatsiya deb atagan.
Muguz, yani spongin skelet mezogleyada ko’p shoxlanadigan sariq rangli tolalardan iborat. Spongin kimyoviy jihatdan ipakka yaqin bo’lib, tarkibida 14% gacha yod bo’ladi. Spongin skelet xujayralardan tashqarida, yani mezogleyada hosil bo’lishi bilan mineral skeletdan farq qiladi. O’sayotgan spongin tolalari skelet hosil qiluvchi juda mayda hujayralardan iborat g’ilof bilan o’ralgan. elektron mikroskopiya spongin tolalarini juda ingichka submikroskopik fibrillardan iborat ekanligini ko’rsatadi. Bu jihatdan spongin yuksak sut emizuvchilar biriktiruvchi to’qimasidagi kollagen tolalarga o’xshaydi
Ko’payishi va rivojlanishi. G’ovaktanlilar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payishi tashqi va ichki kurtaklanish yo’li bilan boradi. Tashqi kurtaklanish tanasi sirtida bo’rtiq paydo bo’lishidan boshlanadi. Bo’rtiqda ektoderma va endoderma qavvatlari, paragastral bo’shliq va oskulum hosil bo’ladi. Kurtak ko’pincha ona organizmdan ajralib ketmasdan koloniya hosil qiladi. Alohida individlar orasidagi chegara yo’qolib ketganidan koloniyani tashkil etuvchi individlar sonini oskulumlar soniga qarab aniqlash mumkin.
Chuchuk suv g’ovaktanlisi bodyaga ichki kurtaklanish orqali ko’payadi. Yozda bodyaga tashqi kurtaklanish va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Lekin kuzda mezogleyasidagi amyobotsit hujayralar to’planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki kurtakni hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o’ralgan hujayralar massasidan iborat. Qishda ona bodyaga halok bo’lib, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o’ldirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi.
Ko’pchilik g’ovaktanlilar, jumladan hamma ohak skeletlilar germa- frodit. Jinsiy hujayralar mezogleyadagi harakatchan amyobotsit hujayralarning bir xili bo’lgan arxeotsitlardan hosil bo’ladi. Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan. Urug’ hujayralari naylar bo’shlig’iga o’tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi. Spermatozoidlar yetilgan tuxum hujayralariga ega bo’lgan hayvon tanasiga o’tib, ularni urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi. Ohak skeletli g’ovaktanlilarning tuxumi dastlab to’liq bir tekis bo’lina boshlaydi. 8 blastomerlik davrida hujayralar bir tekislikda joylashadi.
Ana shundan so’ng murtak ekvatorial chiziq orqali bo’linib, 8 ta yirik va shuncha mayda blastomerlami hosil qiladi. Bundan keyin yirik blastomerlar sekinroq, mayda blastomerlar esa tez bo’linib, blastulani hosil qiladi. Blastulaning ustki yarmisi xivchinli silindrsimon mayda hujayralardan iborat bo’ladi.
- Mikromerlardan, ostki qism yirik donador makromerlardan iborat bo’lganligi tufayli amfiblastula deyiladi. Ona organizm tanasidayoq amfiblastulaning yirik hujayrali qismi mikromerli qismiga botib kira boshlaydi. Lekin bu jarayon oxiriga yetmasdan to’xtaydi va makromerlar yana tashqariga chiqib, lichinka amfiblastula holatiga o’tadi; biroz suzib yurib, mikromerli tomoni bilan substratga yopishib oladi. Ana shu davrda xivchinli hujayralar blastula bo’shlig’iga botib kirib, ikkinchi ichki qavatni, yirik hujayralari esa yirik qavatni hosil qiladi. Keyinchalik xivchinli hujayralar ichki qavatni va xivchinli kameralari, tashqi hujayralar esa derma qavati, mezogleya va undagi hujayra elementlarini hosil qiladi.
Shunday qilib, ohak skeletli g’ovaktanlilarda gastrulyatsiya jarayoni ikki marta sodir bo’ladi. Birinchi marta amfiblastulaning yirik hujayralari mayda hujayralar qavatiga botib kirishidan boshlanib, gastrulyatsiya oxiriga yetmasdan lichinka yana amfiblastula holatiga qaytadi. ikkinchi marta amfiblastula substratga yopishgandan so’ng uning mayda hujayralari amfiblastula bo’shlig’iga botib kirib, gastrulani hosil qiladi. G’ovaktanlilardan boshqa hayvonlar embrionida gastrula yirik hujayralari blastula bo’shlig’iga botib kirishidan hosil bo’ladi. Ana shu sababdan g’ovaktanlilar teskari ag’darilgan hayvonlar hisoblanadi. Bunday g’ovaktanlilar gastrulasi esa psevdogastrula (soxta gastrula) deyiladi.
Kremniy va spongin skeletli, hamda ayrim ohak skeletli g’ovaktanlilarda psevdogastrula hosil bo’lmaydi. Tuxum hujayradan dast- lab xivchinli mayda hujayrali blastula hosil bo’ladi. Keyinchalik blastula devoridagi ayrim hujayralar uning bo’shlig’iga botib kirib, g’ovak massani hosil qiladi. Lichinka ana shu davrda parenximula deb ataladi. Murtak varaqlarini teskari ag’darilishi embrional rivojlanish davomida yashash sharoitini o’zgarishi bilan bog’liq.
G’ovaktanlilarning regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Tanasini ayrim qismlari olib tashlanganida qaytadan tiklanadi. Hatto ularni maydalab, elakdan o’tkazilgandan so’ng hosil bo’ladigan massadan u ana hayvon tanasi shakllanadi. Bunday holda hujayralar faol harakat qilib, birga to’planadi; so’ngra ulardan yangi organizm rivojlanadi. Somatik hujayralar to’plamidan yangi organizmning rivojlanishi somatik embriogenez deyiladi.
Ekologiyasi va amaliy ahamiyati. Ko’pchilik g’ovaktanlilar okeanlarning iliq suvli tropik va subtropik qismida uncha chuqur bo’lmagan toshloq joylarda yashaydi. Ular arktika va subarktika suvlarida birmuncha kamroq, chunki loyqa suv g’ovaktanlilar nay sistemasini bekitib qo’yadi. Shuning uchun ular balchiqli loyqalanadigan suvlarda ko’p uchramaydi. Bunday joylarda uchraydigan turlarning tanani suv tubidan yuqori ko’tarib turuvchi gigant spikulalari (poyalari) bo’ladi. Sohilning suv ko’tarilib qaytib turadigan qismida yashaydigan g’ovaktanlilar biron narsaga yopishgan bo’rtma, yostiqcha yoki qobiqqa o’xshaydi. Suvning chuqur qismida uchraydigan g’ovaktanlilarning kremniyli skeleti qattiq, lekin juda mo’rt; sayoz joyda yashaydigan ko’pchilik g’ovaktanlilar skeleti esa ancha mustahkam va pishiq bo ladi. G’ovaktanlilar suvni har xil mexanik va organik ifloslanishdan saqlaydigan biofiltratorlar sifatida katta ahamiyatga ega.
G’ovaktanlilar boshqa organizmlar bilan simbiotik yoki kommensal munosabatda bo’lishi mumkin. Masalan, chuchuk suv g’ovaktanlilari ta- nasida uchraydigan bir hujayrali suv o’tlari ulami kislorod bilan taminlaydi.
Bulutlarni ko’pchilik turlaridan ajralib chiqqan modda almashinuvidagi moddalar boshqa organizmlarga kuchli ta’sir ko’rsatib, yirtqichlardan himoyalanishida yordam beradi.
Antarktika mintaqasida uchraydigan 16 tur bulutlarning 9 turi, Karib dengizida yashaydigan 36 tur bulutni 27 turi baliqlar va boshqa hayvonlar uchun o’ta zaharli ta’sir ko’rsatadi yoki hayvonlarni cho’chitadi. Vaholanki, baliq turlari ichida shunday “bulutho’r” turlar borki ular bulutlar bilan oziqlanadilar. Masalan, baliqlarning Pomatsanthida oilasidan parishta –baliq, Monatsanthidae oilasidan Mavritaniya idoli (Zantslus sornutus), dengiz toshbaqalaridan Eretmochelys oilasi vakillarining axlatinig 95 % ni bulutlarning ignalari (spikulalari) tashkil etadi. Doridatsea oilasiga kiruvchi ochiq jabrali mollyuskalarning ba’zi bir vakillari faqat bulutlar bilan oziqlanishga moslashgan. Shu bulutlar uchraydigan xududlarda mollyuskalarni ham uchratish mumkin.
Ba’zi bir bulutlar o’zlaridan ajratib chiqaradigan metabolitlardan boshqa hayvonlarni haydash yoki cho’chitish bilan makon uchun kurash olib boradilar. Masalan, Karib degizida yashaydigan Chondrillanutsula buluti o’zidan zaharli modda ishlab chiqarib, yaqin atrofda turgan korallarni nobud qiladi va nobud bo’lgan korallni skletini egallab oladi.
Ko’plab bulutlar o’zlaridan juda kuchli hid chiqaradilar, masalan “sarimsoq” buluti-Lissoden doryxisoditstyalis. Bulutlarni yana shunday turlari borki ular terida kuchli zararlanishlarni kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin (Karib dengizida yashaydigan “Olovli” buluti- Tedaniaignis).
Keyingi yillarda bulutlardan ajralib chiqadigan biologik aktiv moddalarini biokimyoviy jihatdan o’rganib, meditsina va sanoatdagi ahamiyatini o’rganishga alohida e’tibor berilmoqda.
Dengizlardagi ko’plab bulutlar endosimbiontlar-mayda jonivorlar uchun boshpana vazifasini bajaradi. Jonivorlar bulutlarni suv yo’llarida hamxona bo’lib yashab, yirtqichlardan himoyalanadilar, shu yerda hayotini davom ettirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadilar.
Yirik leykonoid shaklidagi bulutlar mayda qisqichbaqasimonlar va ofiuralar uchun yaxshi “uy” vazifasini bajarishi mumkin. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, bitta bochkasimon bulut (Sphetsiospongia) suv yo’lida 16000 ta qisqichbaqasimon yashaydi.
Dengiz ko’pqillilaridan Spionidats oilasiga tegishli chuvalchanglar ham bulutlarning suv yo’lida yashab, ular bilan oziqlanishi hisobiga chuvalchanglarni rangi bulutlarning rangiga o’xshash bo’ladi.
Oregoniagratsilis avlodiga tegishli qisqichbaqasimonlar bulutlar, suvo’tlari va boshqa o’troq hayvonlarni tana qalqoniga yopishtirib olib, o’ziga xos biotsenozni hosil qiladi. Harakatchan substratda shakllangan hayvonlar jamoasi krablarni yirtqichlardan mustahkam saqlashi, himoyalanishi ta’milanadi.
G’ovaktanlilar esa suv o’tlariga mineral moddalar yetkazib beradi. Bunday o’zaro foydali munosabatni simbioz deyiladi. G’ovaktanlilar koloniyasidako’plab halqali chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ilondumlilar, (ignaterililar) yashaydi. O’z navbatida g’ovaktanlilar ham krablar sovut qalqoniga, mollyuskalar chig’anog’iga yopishib oladi. Bir xil organizmni ikkinchisi tomonidan substrat tariqasida foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan bunday munosabadar kommensalizm deyiladi. Kommensalizm bir organizm uchun foydali, ikkinchisi uchun befarq bo’ladi.
Parmalovchi g’ovaktanlilar o’ziga xos ekologik guruhni hosil qiladi. Ular ohak substrat — mollyuskalar chig’anog’i, korall poliplar skeleti yoki ohak toshlarni teshib kirib oladi.
G’ovaktanlilarning iqtisodiy ahamiyati uncha katta emas. Ayrim janubiy mamlakatlarda yumshoq organik skeletli tualet g’ovaktanlilari yuvish va yuvinish uchun, shuningdek har xil texnik maqsadlarda foydalaniladi. O’quv adabiyotlarda uchraydigan “bulutlilar” nomining kelib chiqishi tualet g’ovaktanlarning yumshoq va g’ovak tanasining ko’p miqdorda suv shimib olish xususiyati bilan bog’liq. Chunki qadimda kishilar “bulutlar dengizlardan suv ichib kelib, yomg’ir va qor yog’dirishiga, ko’p suv shimadigan g’ovaktanlini esa bulutning bir parchasi” ekanligiga ishonishgan. Ayrim shishasimon skeletli g’ovaktanlilardan sovg’a sifatida foydalaniladi. Chuchuk suv bodyagasining maydalangan skeletidan bod kasalligida terini uqalash uchun foydalanilgan. Skeletining tuzilishiga binoan g’ovaktanlilar uchta sinfga bo’linadi.
1. Ohak skeletli g’ovaktanlilar (Caltsarea) sinfi. Skeleti to’rt o’qli, uch o’qli yoki bir o’qli ohak ignalardan iborat. Dengizlarning uncha chuqur bo’lmagan joylarida uchraydi; tanasi uncha yirik bo’lmaydi. Askon, sikon yoki leykon tipida tuzilgan. Asosiy turlari Sytson, Leutsonia urug’lariga kiradi.
2. Shishasimon skeletli g’ovaktanlilar (Hyalospongia) sinfi. Kattaligi 50 sm gacha, dengizlarning chuqur qismida yashaydigan hayvonlar. Tanasi naysimon, xaltasimon, bazan qadahsimon yoki silindr shaklda. Yakka holda yashovchi turlari sikonoid tuzilgan. Kremniy ignalari uch o’qli, juda xilma-xil tuzilgan.
Ko’pinchaignauchlari yopishib, panjara hosil qiladi. Mezogleyasi yaxshi rivojlanmagan. Eupletstella avlodiga mansub ayrim turlari silindrsimon balandligi 1 mgaetadigan; tanauzunligi 3 m gacha bo’lgan ignadan iborat poya yordamida suv tubiga qadalgan bo’ladi.
3.Oddiy sinfi. Ko’pchilik bulutlar shu sinfga kiradi. Skeleti kremniy yoki spongiydan yoki ularning har ikkalasidan iborat. Skelet ignalari to’rt o’qli yoki uch o’qli bo’ladi. Bu sinfga yirik sharsimon geodiyalar (Geodia) va alvon rangli dengiz apelsinlari (Tethya) avlodi, po’kak g’ovaktanlilar (Suberitidae) vaparmalovchi g’ovaktanlilar (Clionidae) oilasi, kremniy-muguz skeletlilar (Demospongia) turkumi, g’ovaktanli zimokka va bodyagalar (Spongellidae) oilasi vakillari kiradi. Chuchuk suv havzalarida, jumladan O’zbekistonda chuchuk suv g’ovaktanlisi bodyaga (Spongilla) avlodiga mansub turlar tarqalgan.
G’ovaktanlilar filogeniyasi. G’ovaktanlilar - juda qadimgi organizmlar. Ularning qazilma qoldiqlari kembriy vaproterozoy jinslari tarkibida uchraydi. g’ovaktanlilar tuzilishining ko’pgina xususiyatlari, yani to’qima va organlarini ixtisoslashmaganligi, ularni juda sodda tuzilganligidan darak beradi.
G’ovaktanlilarning parenximula lichinkasi Mechnikov ko’rsatib o’tgan Ootsitellaga juda o’xshash bo’ladi. Fagotsitellani o’troq yashashga o’tishi tufayli g’ovaktanlilar paydo bo’lgan deyish mumkin. Lekin g’ovaktanlilar embrion yaproqlarining teskari ag’darilishi tufayli, ularning tashqi qavatidagi xivchinli hujayralari botib kirib, ichki yoqachali xivchinli qavat - xoanotsitlarni, ichki hujayralar esa tashqi dermal qavatni hosil qiladi. Bu dalillar g’ovaktanlilar hayvonot olami evolyutsiyasining dastlabki bosqichida, yani embrion varaqlari shakllanishining boshlang’ich davrlarida hayvonlarning umumiy shajarasidan ajralib, mustaqil rivojlanishga o’tgan hayvonlar ekanligini isbot etadi.
Bugungi kunda yashayotgan sistematik guruhlar - Hexatstinellida, Demospongiae va Caltsarea lar Paleozoy erasini kembriy va ordovik davrlarida ma’lum. Lekin qirilib ketgan hayvonlardan 2 ta sistematik guruhlar - Archaeotsyatha (kembriy davrida ) va Stromatoporata (Ordovik davridan bo’r davrigacha) ham bulutlarga tegishli deb tahmin qilinadi.
Archaeotsyatha sistematik guruhiga kiradigan vakillar tanasining radial simmetriyasi, kameralarni bo’lishi, tanani ikki qavatliligi va ohaktoshdan iborat skletini bo’lishi bo’lsa, Stromatoporata guruhini esa hozirgi korall bulutlarni (Stslerospongiae) eslatadilar.Ularda ham ohaktoshdan iborat bo’lgan yirik skletni bo’lgan, lekin ularda kremniyli spikulalar bo’lmaganligi bilan xarakterlanadi. Ordovik davridan trias davrigacha yashagan Sphintstozoalar guruhini vakillarida ipga o’xshash uzun yumshoq skletga ega bo’lgan. Bugungi kunda saqlanib qolgan Vatseletiatsrypta guruhiga kiruvchi relekt turlarni o’rganish natijalariga ko’ra, ularni shu guruhga kiritish mumkin. Vatseletiatsrypta guruhi va bugungi kunda uchraydigan oddiy bulutlarni bir-biriga o’xshash tuzilishiga ko’ra, har ikkala guruhni Demospongiae guruhiga kiritish uchun yuqorida ko’rsatilgan belgilar asos bo’lishi mumkin.
1883 yilda nemis zoologi F. Shulse Gratse shahridagi universitet ak- variumlaridan birida tuzilishi jihatdan bir hujayralilar bilan ko’p hujayralilar o’rtasida turgan hayvonni uchratganini malum qiladi va uni trixoplaks deb ataydi. Lekin keyinchalik trixoplaks hech qanday asossiz meduzalarning lichinkasi, deb elon qilinishi tufayli unga bo’lgan qiziqish susayib ketadi. Bu voqeadan taxminan yuz yil keyinroq sodda hayvonlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi nemis olimi K. Krell laboratoriya sharoitida bu hayvonning jinssiz ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payishidan tashqari jinsiy ko’payishini ham aniqladi va trixoplaks meduzalarning lichinkasi emas, balki mustaqil hayot kechiradigan voyaga yetgan hayvon ekanligini isbotladi.
Trixoplaks tashqi ko’rinishidan amyobalarga o’xshab ketadigan, suv o’simliklari ustida sirpanib harakatlanadigan, 4 mm kattalikdagi plastinkasimon dengiz hayvonidir. Trixoplaksning harakat yo’nalishi aniq bo’lmasdan goh oldinga, goh orqa tomonga qarab o’zgarib turadi. Shuning uchun uning tanasining oldingi va keyingi tomonlarini aniqlab bo’lmaydi. Trixoplaks tanasining suv osti narsalariga yopishib harakatlanuvchi tomoni shartli ravishda qorin deb qabul qilingan. Bu qismdagi hujayralarning har biri bittadan xivchinga ega. Tanasining ichki tomoni soxta oyoq yordamida harakatlanadigan amyobasimon hujayralar bilan to’lgan. Bu hujayralar qorin tomondagi hujayralardan ular xivchinlarini yo’qotib, ichkariga botib kirishi natijasida hosil bo’ladi, deb taxmin qilinadi. Lekin bulardan tashqari trixoplaks tanasida orqadan qorin tomoniga cho’zilgan duksimon yirik hujayralar ham mavjud. Bu hujayralarning funktsiyasi yaqin davrgacha nomalum edi. 1986 yilda nemis zoologi G. Venderot tajribalari asosida bu hujayralaming fagotsitar funktsiyasini ko’rsatib berdi. U laboratoriya sharoitida saqlanayotgan trixoplakslarni jonsizlantirilgan achitqi hujayralari bilan oziqlantirib, oziq zarralari xivchinlarning harakati tufayli trixoplaksning yelka tomoniga qarab haydalishini va bu yerda duksimon hujayralar tomonidan yutilishini kuzatdi. Oziq zarralarini yutish uchun trixoplaks tanasining orqa tomoniga ko’tarilgan duksimon hujayralar yana avvalgi holatiga qaytadi. Bunday o’ziga xos oziqlanish usulini G. Venderot transepitelial sitofagiya deb ataydi. Trixoplaks umumiy tana tuzilishi, oziqlanishi jihatdan ko’p hujayrali hayvonlarning Mechnikov taxmin qilgan ajdodlariga o’xshab ketadi va uning “mayda oziq zarralari tananing tashqi qismidagi xivchinli hujayralar tomonidan, yirik zarralar esa amyobasimon ichki hujayralar orqali yutiladi”, degan fikri naqadar to’g’ri ekanligidan dalolat beradi. Hamma tuban tuzilishga ega bo’lgan ko’p hujayrali hayvonlar singari trixoplaksda regeneratsiya qobiliyati kuchli rivojlangan, hatto uning bir-biridan ajralgan ayrim hujayralaridan yangi yosh hayvon taraqqiy etadi.
Plastinkalilar tipiga Trichoplax adhaerens va T. reptans deb ataluvchi ikkita tur kiradi. Birinchi tur Atlantika okeani, O’rta yer va Qizil dengizlarda uchraydi, ikkinchi tur Italiyaning Neapol shahridagi zoologiya stantsiyasining akvariumlarida topilgan. Trixoplakslarni bundan keyin mukammal o’rganish orqali ko’p xujayrali hayvonlarni bir hujayrali hayvonlardan kelib chiqqanligini isbolovchi yangi eng muhim dalillarga ega bo’lish mumki
Download 23.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling