8-mavzu. Kelajak bilimli yoshlar qoʻlida


Download 60 Kb.
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi60 Kb.
#1791584
  1   2
Bog'liq
8-mavzu


8-MAVZU. KELAJAK BILIMLI YOSHLAR QOʻLIDA
O‘zbekiston yoshlari
O‘zbekiston - yoshlar mamlakati. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmaganlar tashkil qiladi. Bu - boshqa mamlakatlarning ko‘rsatkichlaridan ikki-ikki yarim barobar ko‘p. Demak, har yili yarim milliondan oshiq yangi tug‘ilgan go‘daklar aholi qatoriga qo‘shilmoqda.
Respublikadagi 31 million aholining deyarli 19 millioni yoshlardir. O‘zbekiston davlati bu omillarni inobatga olgan holda, yoshlar haqida doimiy g‘amxo‘rlik qilmoqda: 1991-yil noyabrida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yoshlar siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi; undan keyin ikki oy o‘tar-o‘tmas, 1992- yil yanvarida jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida, 1992-yil iyulda maorif va o‘quv-o‘qituv masalalari bo‘yicha qonunlar e’lon qilindi. 1996-yil aprelida Respublika Prezidentining Farmoni bilan “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi ta’sis etildi. 1997-yil yanvarida esa Respublika Prezidenti Farmoniga binoan “Umid” iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish jamg‘armasi ta’sis qilindi, so‘ngra “Iste’dod” tashkiloti ishga kirishdi. O‘zbekiston, mustaqil davlatlar orasida birinchi bo‘lib, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni hamda dasturini e’lon qildi, serfarzand oilalarga turli yordam, ko‘mak yo‘llarini yaratdi va yaratmoqda. Bu borada o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mahallalarga keng yo‘l ochib berilgan.
Mustaqil O‘zbekistonning yoshlar siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlardan iborat bo‘lishi kerak:

  1. Yoshlarni jismonan va aqlan sog‘lom bo‘lib o‘sishini ta’minlash.

  2. Ularga tadbirkorlik, ishchanlik, mustaqil fikr yuritish qobiliyatini hayotdagi birinchi qadamlaridanoq singdirish.

  3. Har bir yoshni o‘z Vataniga mehr va muhabbat, sadoqat va fidokorlik ruhida tarbiyalash.

  4. Bu mehr-muhabbat va sadoqatning ildizi chuqur bo‘lishi uchun yoshlar o‘z yurti tarixini, urf-odatlari va rasm-rusumlarini, uning jahon sivilizatsiyasi maydonidagi o‘rnini har tomonlama bilishini ta’minlash.

  5. Sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish, sportdan mamlakat va millatni ulug‘lovchi xolis vosita sifatida foydalanish.

Yoshlarni tarbiyalashda birinchi o‘ringa yangi texnika, texnologiya va fan yutuqlarini o‘zlashtirish qo‘yilishi lozim. Bu omillarni tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan uyg‘unlashtirish, ularning birligiga erishish O‘zbekiston oldida turgan asosiy vazifani - zamonamizning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lish vazifasini amalga oshirishni tezlashtiradi. Istibdod yillarida hukmron mafkura amri bilan biz insoniyatning ko‘pchiligini tashkil qilgan va fan, texnika, texnologiya sohasida tub o‘zgarishlarni qo‘lga kiritayotgan bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlardan uzilib qoldik, iqtisodni mafkuraga bo‘ysundirdik. Uning ustiga-ust fuqarolar ongidan xususiy mulk, shaxsiy tashabbus va tadbirkorlik ko‘nikmalarini hamda hissini uzil-kesil siqib chiqarish maqsadida izchil ish olib borildi.
Yosh avlod bilan tarbiyaviy ish shunday olib borilishi kerakki, u o‘zining birinchi qadamlaridanoq o‘z Vatanining, uning yer osti va yer usti boyliklarining egasi ekanligini va shu Vatanning gullab-yashnashi uning mehnatiga, tadbirkorligiga bog‘liq ekanini chuqur anglab yetsin.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq.

  1. matn yuzasidan savollar tuzing;

  2. matnnig mazmunini kengaytirib so‘zlab bering;

  3. odob-axloq mavzusidagi hikmatlarni yoddan ayting.

GRAMMATIKA. O‘zbek tilida sinonimlar.
Sinonimlar(ma’nodosh so’zlar) – shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlar. Sinonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi barcha so’z turkumlarida sinonimlik mavjud. Sinonimik qatordagi asosiy so’z dominanta deyiladi. U uslubiy betaraf bo’ladi: masalan: yuz, chehra, jamol, bashara, turq. Yuz – dominanta, asosiy so’z, u uslubiy betaraf. Chehra, jamol – ijobiy bo’yoqdor so’zlar. Bashara, turq – salbiy bo’oqdor so’zlar. Leksik (lug’aviy) sinonimlar– so’zlar sinonimligi. Lug’aviy sinonimlar o’z ichiga ikkiga bo’linadi: 1) to’iq sinonimlar – o’zlashgan so’zlar sinonimligi: tilshunoslik - lingvistika, doston - poema, amr - farmon - buyruq, bahor - ko’klam, kosmos - fazo… 2) ma’noviy sinonimlar – so’zlar bir - biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: nam-ho’l-shalabbo, taqillatdi-dukillatdi-gursillatdi… Frazeologik sinonimlar– iboralar sinonimligi: qo’lni yuvib qo’ltiqqa urish-hafsalasi pir bo’lish; kayfi uchib ketdi-yuragi yorilayozdi, og’zi qulog’ida-boshi osmonda-hursand… Grammatik sinonimlar– Grammatik vositalar sinonimligi: kelgani (-ga, -dan, uchun) hursand ; yangiliklar (-ni, -dan, haqida) gapiring; mehmonlar (-ning, -dan) ulug’i; kel (-yapti, -ayotir, -moqda)…
Sinonim so’zlar agar ko’p ma’noli bo’lsa bir necha sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin: o’rin - joy, o’rin - mansab; bitirda - tugatdi, bitirdi - yo’q qildi… Bir o’zakdan yasalgan so’zlar ham o’zaro sinonim bo’lishi mumkin; chopqir - chopag’on, baodob - odobli.. Tub so’z yasama so’z bilan sinonim bo’la oladi: his - sezgi; savol - so’roq…

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling