8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»


Download 210.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi210.18 Kb.
#248561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-мавзу (3) 672ea0e023d31231c991530a87d5998f



8-MAVZU.  Xorazmshohlar davlati 

Reja: 

1.  «Xorazmshox» unvonining tiklanishi va Xorazm mustaqilligi uchun kurash 

2.  Mamlakatda iqtisodiy yuksalish, shaharlarning gullab-yashnashi 

3.  XIII  asr  boshlarida  Xorazmshoxlar  davlatining  siyosiy  ahvoli  va  ichki  ziddiyatlarning 

keskinlashuvi 

4.  Muhammad Xorazmshox va Chingizxon, ularning diplomatik munosabatlari 



Adabiyotlar 

1. 


Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshqent, «O‘zbtkiston», 1998. 

2. 


Sagdullaev A.S. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T., 2000. 

3. 


Suleymanov R.X. Drevniy Naxshab. Problemы sivilizatsii O‘zbekistana VII v do n.e. -  

VII v n.e. – T., 2000. 

4. 

Toynbi A.Dj. Postijenie istorii – M.: Ayris Press, 2004. 



5. 

Shoniyozov K. Qang‘ davlati  va qang‘lilar. – Toshkent, 1995. 

6. 

O‘zbekiston  davlatchiligi  tarixi  ocherklari.  Mas’ul  muharrirlar:  D.Alimova, 



E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq, 2001. 

7. 


O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2003. 

8. 


Eshov B. Sug‘diyona tarixidan lavhalar. – T., 2002.  

 

Xorazm  Somoniylar  davrida  ularga  tobe  viloyat  hisoblanardi.  X  asr  oxiri  –  XI  asrning 



boshlariga  kelib  Xorazm  hukmdori  Ma’mun  I  va  uning  o‘g‘li  Ali  ibn  Ma’mun  Somoniylar 

davlati  qo‘laganidan  so‘ng  mustaqil  davlat  tuzishga  harakat  qilib  ko‘rdilar.  Xususan,  996  yilda 

Shimoliy  Xorazm  hukmdori  Ma’mun  ibn  Muhammad  ikki  qismga  bo‘linib  ketgan  davlatni 

birlashtirib  xorazmshoh  unvoni  oladi  va  Urganchni  o‘z  poytaxtiga  aylantiradi.  Ammo, 

Movarounnahrdagi  Qoraxoniylar  va  Xurosondagi  G‘aznaviylar  davlati  oldida  Xorazm  davlati 

juda  kuchsiz  bo‘lib,  ko‘p  hollarda  Mahmud  G‘aznaviy  va  uning  o‘g‘li  Ma’sudga  qaram  edi. 

Xorazmning  mustaqil  davlat  sifatida  shakllanishi  va  rivojlanishi  Anushteginiy-Xorazmshohlar 

sulolasi davriga to‘g‘ri keladi. 

Ushbu  sulolaning  asoschisi  yoki  birinchi  vakili  Anushtegin  kelib  chiqishi  jihatidan 

o‘g‘o‘z  turklaridan  bo‘lib,  yoshligida  Garjiston  (Gurjiston)  da  yashagan  va  yollanma  jangchi 

(mamluk) bo‘lgan. Saljuq sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin tashtdorlik mansabiga (sulton 

hovo‘zlari  va  hammomlari  ashyolari  xazinachisi)  ko‘tarilgan  edi.  Manbalarning  ma’lumot 

berishicha,  tashtdorlik  mansabiga  sulton  o‘zining  ishonchli  odamlarini  tayinlar  edi  va  ko‘p 

o‘tmay  Anushtegin  sultonning  yaqinlaridan  biriga  aylanadi.  Natijada  1076  yilda  Sulton 

Malikshoh  Anushteginni  Xorazm  hokimi  etib    tayinlaydi.  Anushtegin  Saljuqiylarga  tobe  bo‘lib 

hokimiyatni boshqaradi va 1097 yilda vafot etadi. O‘sha yili uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad 

(1097-1128) Xorazm voliysi qilib tayinlanadi. 

Qutbiddin  Muhammad  otasi  davrida  o‘z  davrining  yirik  shaharlaridan  biri  bo‘lgan 

Marvda  ilm  olgan,  xususan,  din  ilmlarini  yaxshi  o‘rgangan  edi.  U  Xorazm  voliysi  bo‘lgach 

qobiliyatli  hukmdor  sifatida  ulamolarga  va  din  arboblariga  homiylik  qiladi.  Qutbiddin 

Muhammad  Xorazmda  o‘z  mavqeini  mustahkamlash  uchun  anchagina  kuch-g‘ayrat  sarflagan 

bo‘lsada, rasman Saljuqiylarga tobe bo‘lgani bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U 

Saljuqiylarning  oliy  hokimiyat  uchun  o‘zaro  kurashlarida  ham  faol  ishtirok  etganligi  ma’lum. 

Tarixiy  manbalarda  Xorazmshohning  unvoni  «Podshoh  Qutbid-dunyo  vad-din  Abul-fath 




Download 210.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling