8-sinf 1-chorak ona tili test savollari Tuzuvchi Nosirjon Ahrorov
Download 82.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq8-sinf ona tili&adabiyot 1-chorak testi
8-sinf 1-chorak ona tili test savollari Tuzuvchi Nosirjon Ahrorov 24.10.2021-yil 1. ….dalillar so„zlovchi yoki yozuvchining shaxsiy munosabati, nuqtayi nazari asosida ifodalanadi; badiiy-tasviriy vositalar qo„llanishi mumkin. Nuqtalar o`rniga mos so`zlarni qo`ying. A) Ijodiy matn B) tavsifiy matn C) ma`lumotnoma matn D) ijosiy-tavsifiy matn 2. Qaysi matn ma`lumotnoma matnga misol bo`la oladi? A) ilmiy , rasmiy B) faqat rasmiy C) ilmiy va publististik D) publististik va rasmiy 3. Quyidagilardan nechtasi tavsifiy matn bo`la olishi mumkin? 1-ilmiy 2- publitsistik 3- badiiy 4- insho 5- rasmiy A) barchasi B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) faqat 3 4. ….voqea-hodisa yoki holat haqida oddiy axborot beriladi. Bunday matn obrazlilik va bo„yoqdorlikdan, badiiy-tasviriy vositalardan xoli bo„ladi. Nuqtalar o`rniga kerakli javobni qo`ying. A) Ijodiy matn B) tavsifiy matn C) ma`lumotnoma matn D) ijosiy-tavsifiy matn 5. Berilgan so„zlardan nechtasi ravish so`z turkumiga mansub?: ado bo`lmoq, mo`lko`l, xalal bermoq, apiltapil, tartibga keltirmoq, biroz, birmuncha, orachora, oh urmoq, bir tekis, tush ko`rmoq, eskicha, sirasira, bir zamon, bir talay, bir nav A) 7ta B) 8 ta C) 10ta D) 12ta 6. 8-sinf o`quvchisi necha shifa insho yozishi kerak? A) 3-4 B) 4-5 C) 5-6 D) 6-7 7. Insho yozish uchun tayyorgarlik jarayoni qanday tartibda bo`lishi kerak ? a-dalillash uchun ko„chirmalar yig„ilishi, b-manbalari aniq bo„lishi kerak , c-reja tuzilib d-mavzu chuqur va atroflicha o„rganilishi A) d,a,b,c B) a,b,c,d C) c,a,d,b D) d,b,c,a 8. Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko„ra insho qanday turlardan iborat bo„ladi? A) erkin va sinov B) ta`limiy va sinov C) erkin va adabiy D) adabiy , erkin, ilmiy 9. Insho mazmun-mohiyatiga ko„ra turlari tog`ri berilgan qatorni toping. A) erkin va sinov B) ta`limiy va sinov C) erkin va adabiy D) adabiy , erkin, ilmiy 10. …. adabiyot fani dasturida mavjud bo„lmagan mavzuda yoziladi. Unda o„quvchining ma‟lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy- siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalari aks etadi.Nuqtalar o`rniga mos javobni qo`ying. A) erkin B) ilmiy C) adabiy D) sinov 11….. adabiyot darslarida o„tilgan ma‟lumotlarga o„quvchining ijodiy munosabati (nuqtayi nazari) qo„shib ifodalanadigan insholarni o„z ichiga oladi. Nuqtalar o`rniga mos javobni qo`ying. A) erkin B) ilmiy C) adabiy D) sinov 12. … biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan materiallardan keng foydalaniladi . . Nuqtalar o`rniga mos javobni qo`ying. A) erkin B) ilmiy C) adabiy D) sinov 13. Quyidagilardan nechtasi inshoga epigraf bo`la oladi? hikmatli so„z, maqol, ibora , badiiy parcha A) 1tasi B) 2tasi C) 3tasi D) barchasi 14. Epigraf tog`risidagi ma`lumotlardan nechtasi tog`ri? 1-epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o„ng chekkasida yoziladi 2-epigraf bo„lgan matndan so„ng (so„roq yoki undov gap bo„lmasa) nuqta qo„yiladi 3- inshoda epigraf majburiy 4-muallif nomi qavs ichida beriladi A) barcahsi tog`ri B) 1,2,4 C) 2,3 D) 1,3,4 15. Ba‟zi farazlarga ko„ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning necha foizi o„lik tilga aylanadi. A) 32 % B) 40% C) 76$ D) 95 % 16. Ma`lumotlarga qaraganda har oyda dunyo miqyosida nechtadan til o„lmoqda ? A) 2ta B) 9ta C) 16ta D) 33ta 17. YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko„ra, o„lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan nechtasi Markaziy Osiyo xalqlariga to„g„ri keladi. A) 2tasi B) 15tasi C) 22tasi D) 33tasi 18. Markaziy Osiyo lo`lilari tili yana qanday ataladi? A) paryo B) oryot C) truxman D)dungan 19. Davlat qonunlari, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari qaysi uslubda yoziladi? A) rasmiy B) publististik C) ilmiy D) badiiy 20…. uslubda gaplar ixcham va aniq mazmunli quriladi, ko‟pincha, egasiz, kesimlari majhul nisbatda bo„ladi. Gap qaysi uslub ustida ketmoqda? A) rasmiy B) publististik C) ilmiy D) badiiy 21. G„alaba! Sen uyimizga sovg„a-salomlarga to„lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horib- charchab, sillang qurigan holda kirib kelding. Matn qaysi uslubda yozligan? A) rasmiy B) publististik C) ilmiy D) badiiy 22. YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko„ra ayni vaqtda O`zbekistondagi nechta til o`lik tilga aylanish havfida turibdi? A) 3ta B) 5ta C) 7ta D) 15ta 23. Har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko„ra, bugungi kunda dunyoda nechta til borligi e‟tirof etiladi? A) 3mingdan 6 mingtagacha B) 3 mingdan 7 mingtagacha C) 7 mingtadan ortiq D) 5-6mingtacha 24. Ilmiy insho qaysi fanlardan yozilishi mumkin? A) adabiyot va tarix B) faqat ona tili va adabiyot C) barcha fanlardan D) ona tili va tarix 25. Erkin mavzudagi insho qanday uslubda yoziladi? A) ommabop B) badiiy C) ilmiy D) rasmiy Download 82.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling