Ataxanova Lobar
Download 205.95 Kb.
|
Ataxanova Lobar 211
Ataxanova LobarAFFEKT (lot. aftectus — ruhiy hayajon, ehtiros) — turli tashqi yoki ichki taʼsirlar asosida tez paydo boʻlib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda «portlash» tarzida boʻladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qoʻrqinch, dahshat, gʻazab va b.). A. tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi. Affekt holatida ichki organlar faoliyati oʻzgaradi, keskin ifodali holatlar paydo boʻladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni na-zorat qilish qobiliyati yoʻqoladi. Affekt fiziologik ham, patologik ham boʻlishi mumkin.
Fiziologik Affektda kishi oʻz xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Patologik Affekt koʻproq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Baʼzan ruhiy sogʻlom odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Patologik Affektda barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ong tomonidan nazorat qilinmaydi.
Odamda Affekt fakdt uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilarga bogʻliq omillar tufayli emas, balki uning ijti-moiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Mas, adolatsizlik, bevafolik, haqorat sh. k. holatlarda. Baʼzan Affekt biror salbiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyatlarning takrorlanaverishi natijasida ham sodir boʻladi. Bundam vaziyatlarda Affekt ak-kumulyatsiyasi holati roʻy beradi, uning natijasida Affekt kuchli, boshqarib boʻlmaydigan xulqlarajasiga koʻgarilishi mumkin (affektiv portlash
Download 205.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling