9- mavzu. Aruz va erkin vazn haqida tushuncha Reja: Aruz haqida umumiy maʼlumot. Hijolar miqdori


Download 67.56 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2023
Hajmi67.56 Kb.
#1657015
  1   2
Bog'liq
9-mavzu


9- mavzu. Aruz va erkin vazn haqida tushuncha
Reja:
1.Aruz haqida umumiy maʼlumot .
2.Hijolar miqdori.
3.G‘azal bahrlari va vaznini aniqlash .
4.Erkin vazn nima.
5.Erkin vaznda yozilgan sheʼrlarda qofiya, ritm, band.
6.Fikr, tuyg‘u.
Aruz (arab.- arz qilmoq) — sheʼ-riy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼr tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan oʻzbek sheʼriyatiga arablardan oʻtgan. Navoiyning „Mezon ul-avzon“ asarida koʻrsatilishicha A. vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma maʼnoda „ustun“ de-gani. A. nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning „Kitob al-aruz“i („Aruz kitobi“)da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda A.ning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, „Devonu lugʻotit turk“da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. A. avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, yaʼni choʻziq unli tovush boʻlgan. Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli — zabar -a, zer, — i, pish — u mav-jud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (-)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushu-nilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Koʻchma maʼnoda, ikki misra sheʼrni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari boʻlgan — arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): -; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmu’ (yigʻiq vatad): (samar): V -; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) — 655V; fosilai sugʻro (kichik fosila): (yura-gim): W -; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW -kabi turlarga boʻlinadi. Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil boʻlgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (choʻziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: „faulun“da vatadi majmudan soʻng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor. Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi koʻrsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday oʻzgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (ma-failun) dan (failun) qoladi, uning oʻrnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyi-ladi. A.nazariyasida rukn va zihofdan soʻng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil boʻluvchi bahrlar (bunday baxrlar yet-tita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mu-tadorik Failunning takrorlanishidan hosil boʻladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatla-shib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mu-staf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafai-lun failatun mafailun failatun. Muj-tass: mustaf’ilun failatun mustaf’-ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafa-ilun. Madid: failatun fAilun faila-tun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: fai-lun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlana-di, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu. Gʻarib (jadid) failatun failatun mu-staf’ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, soʻng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafa-ilun. Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga boʻlinadi. Asl runklardan hosil boʻlgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar dey-iladi. Solimlik va tarmoqlik xususiya-ti vaznlarga ham xos. A.ni tushuntirish vositalaridan biri — doira. Baxrlar tuzilishidagi oʻxshashliklariga koʻra doiralarga birik-tiriladi. Doiradan soʻng taqti’ (parcha-lash) turadi. Bunda bayt ruknlarga aj-ratilib, vazni aniqlanadi, Taqgi’ til, yozuv va talaffuz bilan bogʻliq. A. haqidagi oʻrta asr nazariyasida shakl bilan mazmun oʻrtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. A.ni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda boʻgʻin, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi. A. ga oid hozirgi zamon qarashi oʻzbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) boʻgʻin qisqa va choʻziq boʻgʻin vazifasini, yopiq (un-dosh tovush bilan tugagan) boʻgʻin choʻziq boʻgʻin va-zifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq boʻgʻinlar oʻta choʻziq boʻgʻin vazifasini oʻtaydi. Ochiq boʻgʻin choʻziq boʻgʻin vazi-fasida ham, qisqa boʻgʻin vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq boʻgʻinning choʻziqlik darajasidagi tafovut oz. Baʼzi yopiq boʻgʻinlardagi unlilar boshqa yopiq boʻgʻinlardagi unlilarga nisbatan choʻziqroq boʻlgani uchun yopiq boʻgʻin doimo choʻziq yoki oʻta choʻziq boʻgʻin oʻrniga oʻtishi mumkin. Ayrim yopiq boʻgʻinlardagi un-dosh tovush ochiq boʻgʻindagi undosh to-656vushdan koʻp (qor, zulm), bunday yopiq boʻgʻinlar misra ichida bir choʻziq va bir qisqa boʻgʻin oʻrniga oʻtadi. Bunda qisqa boʻgʻin „V“, choʻziq boʻgʻin „-“, oʻta choʻziq boʻgʻin „so“ belgisi bilan koʻrsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush ora-sida qisqa „i“ bordek aytiladi:Zor meni qilur ishq, Gʻ -VV- V-coXor meni qilur ishq VV- V-so I II(Bobur, „Muxtasar“) Bu baytdagi „zor“, „xor“ boʻgʻinlarining har biri choʻziq va bir kisqa boʻgʻin hisobiga oʻtgan, yuqorida „-V“ belgisi bilan tay-inlangan. Koʻpincha, misra ichida shun-day koʻrsatiladi, aslida „so“ belgisini qoʻyish ham mumkin. „Ishq“ boʻgʻini misra oxirida kelganligi uchun „so“ belgisi ishlatilgan. Mazkurbaytdagi II rukn toʻrt boʻgʻinli, oʻlchovi ham „V-so“dir. Ammo „ishq“, „ilm“ kabi soʻzlar taqti’da oʻzlaridan keyingi unli bilan boshlangan soʻzlarga tutashadi, bunda soʻz oldingi vazifasini bajarmaydi. A.da ritm boʻgʻinlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo boʻladi. Boʻgʻinlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir soʻzning ikki ruk-nga boʻlinib ketishiga olib keladi: „hajring“ — „hajring“, koʻnglumda" — „koʻnglumda“ kabi. Bu ritmni uyush-tirishning oʻziga xos jihatlaridan bi-ridir. Ruknlar bir boʻgʻinlidan olti bugʻinligacha-dir. Har bir misradagi ruknlar oʻzaro uyushib, vaznni yuzaga keltiradi. Ritm yaratilishi ruknlardan vazn hosil etishga ham bogʻliq: vaznlar bayt doirasida toʻrt ruknli (murabba), olti ruknli (musaddas) va sakkiz ruk-nli (musamman) boʻladi. Ritm yaratili-shining sabablaridan biri ritmik pau-zadir. Ritmik pauza misra oxiridagina emas, ichida ham boʻladi. Sheʼriyatdagi pauza izchil, mutanosib, parallel va rit-mikdir. Boburdan keltirilgan har bir misrada ikkitadan rukn boʻlib, rukn oxi-rida ritmik pauza yuzaga chikadi, ammo 1-rukn oxiridagi ritmik pauza bilan mis-ra oxiridagi ritmik pauza choʻziqlikda teng emas. Bu, avvalo, sheʼrda ifoda etil-gan mazmun va u taqozo etgan intonatsiyaga qaraydi. Misralar ichida, baʼzi ruk-nlardan soʻng ritmik pauza boʻlmasligi ham mumkin. Bunday holat bir soʻz ikki ruknga boʻlinib ketganda uchraydi. A.da ritmni uyushtirishda turkum ham qatnashadi. Habibiyning „Koʻklam“, Er-kin Vohidovning „Lola“ gʻazallaridagi har bir misra 14 boʻgʻinli, lekin boshqa-boshqa vaznda. Ularning vaznlari turli-cha boʻlsada, ritmda yaqinlik seziladi. Bu ikki gʻazal UniversitetUrtlik tur-kumga qarashli. Bu turkumda yana boshqa vaznlar ham bor. A.da miyerasi 4 boʻgʻinligacha boʻlgan sheʼ-rlar mavjud. Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 −843), al-Maarriy va boshqa arab tilida; Saʼdiy, Hofiz, Dehdaviy, Jo-miy va boshqa fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa turkiyda A.dagi sheʼriyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar. A. oʻzbek sheʼriyatida 20-asrning 20-yillarigacha yetakchi bulgan, barmoq tizimi kam qoʻllanilgan. Keyinchalik barmoq ti-zimi yetakchilik qilgan.
Hijo
Aruz vaznining asosini hijolarning sifati tashkil etadi. Shunga ko‘ra, aruz tizimidagi sheʼrlarda hijo dastlabki o‘lchov birligi sanaladi. Aruz sheʼriy oʻlchov tizimi misralarda qisqa va cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Demak, aruz vaznida hijolar goh cho‘ziq, goh qisqa talaffuz qilinadi. Aksariyat hollarda „o“ tovushidan boshqa unlilar bilan tugallanuvchi hijolar qisqa, barcha undosh tovushlar va „o“ bilan tugallanuvchi hijolar cho‘ziq hijo bo‘lib keladi. Tarkibida cho‘ziq unli boʻlgan (zor, yor, shod kabi), shuningdek, qo‘sh undosh bilan tugallangan (mehr, xalq, ilm kabi) yopiq hijolar o‘ta cho‘ziq hijo hisoblanadi. Aruz ilmiga doir adabiyotlarda qisqa hijo „V“ shaklida, cho‘ziq hijo " — " va o‘ta cho‘ziq hijo esa " ~ " shaklida belgilangan. Hijolarning cho‘ziq va qisqaligi sheʼriy misralarning yozilishiga qarab emas, balki vazniga muvofiq, oʻqilishiga qarab aniqlanadi. Masalan, quyidagi bayt misolida hijolar sifatini aniqlab ko‘ramiz:

Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘, Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.

Ja-hon-sho-ir / la-ri ey-gul / sha-ni-bog‘ V — - - V — - - V — ~ Ma-fo-iy-lun, ma-fo-iy-lun, ma-fo-iyl

Ki-mi-bul-bul / du-rur-so‘z-da / ki-mi-zog‘ V — - - V — - - V — ~ Ma-fo-iy-lun, ma-fo-iy-lun, ma-fo-iyl

Baʼzi hollarda vazn talabiga ko‘ra, qisqa hijolarning cho‘ziq hijoga yoki cho‘ziq hijoning qisqa hijoga oʻzgarishi ham mumkin. Bu aruzda imola deb nomlanadi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, imola hodisasiga ko‘ra a unlisi bilan tugagan ochiq bo‘g‘inlar so‘z o‘rtasida qisqa, so‘z oxirida esa, cho‘ziq va qisqa bo‘lib kelishi mumkin. Shuningdek, qolgan boshqa unli tovushlar bilan bitgan ochiq hijolar ham qisqa yoki cho‘ziq boʻlishi mumkin. Aruz tizimi, eng avvalo, hijolarning sifatiga asoslanganligi uchun bu tizimga xos juda ko‘p murakkabliklar va o‘ziga xosliklar mavjud. Vazn taqozosiga ko‘ra, ayrim so‘zlar odatdagidan boshqacharoq tarzda o‘qiladi. Masalan, ikki hijoli so‘zlar uch-to‘rt hijoli shaklida o‘qilishi ham mumkin:

Of-tob so‘zi o-f-to-b, pod-shoh so‘zi po-d-sho-h, Iz-hor so‘zi iz-ho-r, mash-hur so‘zi ma-sh-hur kabi.

Aruzdagi sheʼrlarni ifodali o‘qishning nozik jihatlaridan biri misralardagi oʻta cho‘ziq hijolarni to‘g‘ri talaffuz qilishdir. Badiiy so‘z ustalari ham, adabiyot o‘qituvchilari ham, ko‘pincha shunday hijolarni o‘qishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, o‘ta cho‘ziq hijolar yo tarkibida cho‘ziq unli bo‘lgan yopiq hijodan, yo qo‘sh undosh bilan tugallangan yopiq hijodan tashkil topadi. Tarkibida cho‘ziq unli kelgan yopiq hijo shaklidagi oʻta cho‘ziq hijoning unlisi ancha cho‘zib talaffuz qilinishi shart. Masalan, Boburning Yoz fasli, „Yor vasli, doʻstlarning suhbati, Sheʼr bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati“, — baytidagi „yoz“, „yor“ hijolari o‘ta cho‘ziq bo‘lgani uchun ularning unlilari cho‘zib talaffuz etiladi. Aruz tizimining xarakterli xususiyatlaridan yana biri shundaki, baʼzi hollarda unli bilan boshlanadigan so‘z undosh bilan tugagan so‘zdan keyin kelsa, vazn talabiga ko‘ra qo‘shib o‘qiladi. Masalan:

Kel-di-lar / ka-ra-may-lab / kul-ba-mich / ra-jo-non-lar, Har-bi-ri / si-jo-nim-din / ham-a-zi / z-meh-mon-lar. Tiy-ra-sho / mi-hij-ro-nim / rav-sha-net / ti-lar-kun-dek, Yuz-la-rin / o-chib-har-yon / ne-cha-mo / hi-to-bon-lar.

Mashq. Quyida keltirilgan g‘azalni hijolarga ajrating. Qisqa va cho‘ziq hijolarga eʼtibor bergan holda, ifodali o‘qishni mashq qiling.

Qon yutub umri jahon ahliga bir yor istadim, Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga-kim jonim fido aylab sog‘indim dam-badam, Ermas erdi yorlikda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo‘qturur mutlaq vafo, Vahki, umri ulcha yo‘qtur sog‘inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida, vah, g‘aflat ko‘rung, Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko‘ngul ko‘z birla fosh etmak, ne tong, Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorugʻluq topmadim, Dayr piri xizmatig‘a ko‘yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g‘ussadin Oʻzni bekaslik balosig‘a giriftor istadim.

Rukn
Aruz tizimidagi ikkinchi oʻlchov birligi rukndir. Sheʼriyatda misralar maʼlum tartibda boʻlganligi uchun, ular bir necha hijodan iborat bo‘laklarga boʻlib talaffuz etiladi. Misraning ana shu boʻlaklari rukn deyiladi. Rukn arabcha so‘z boʻlib, ustun maʼnosini ifodalaydi. Mazmun va shakl jihatdan uzviy bogʻlangan tugal ikki misra bayt deyiladi. Baytning asl maʼnosi uy bo‘lib, go‘yo ikki misra bir sheʼriy uyni tashkil etadi. Uyning ustuni bo‘lganidek, sheʼriy baytning ham ustuni — ruknlari bo‘ladi. Rukn bittadan tortib besh hijogacha boʻlishi mumkin. Sheʼriy asarni o‘qish jarayonida har bir misradagi ruknlarni bir-biridan ajratish uchun qisqa pauza qilinadi. Masalan, Atoiy quyidagi baytini ruknlarga ajratib ko‘raylik:

Ul sanam kim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur. Ul-sa-nam-kim / suv-ya-qo-sin-da / pa-ri-tek / o‘l-tu-rur, G‘o-ya-ti-no / zuk-lu-kin-din / suv-bi-la-yut/ sa-bo‘-lur.

Rukn aruz tizimida sheʼr vaznini tashkil etuvchi asosiy oʻlchov birligi sifatida asrlar davomida mustahkam qonunlashib ketgan. Shu boisdan ham, har bir asar ana shu ruknlar asosida yuzaga keluvchi muayyan vazn bilan oʻlchanadi. Ruknlar maʼlum qoidalar asosida o‘zgarmas tabiatga ega boʻlganligi tufayli, soʻzlarni ham ana shu qoidalar asosida talaffuz qilishni taqozo etadi. Aruz tizimida rukn asosiy oʻlchov birligi sifatida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, har bir oʻqiladigan asar oldindan ruknlarga ajratib olinadi. Zero, ruknlar takrori, bir tomondan, muayyan asarning vaznini aniqlab olish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, asarning ritmikasini, o‘ziga xos musiqiy tabiatini his qilishga imkon yaratadi. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi baytni ruknlarga — ritmik boʻlaklarga ajratib ko‘raylik.

Mastu bexudlik bila umrungni o‘tkazding darig‘, Ey ko‘ngul, mundin beri bo‘l bir nima hushyorroq.

Mas-tu-be-xud / lik-bi-la-um / rung-ni-o‘t-kaz / ding-da-rig‘, Fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lun — V — - / — V — — / — V — — / - V -

Ey-ko‘-ngil-mun / din-be-ri-bo‘l / bir-ni-ma-xush / yo-r-roq Fo-i-lo-tun /fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lun — V — — / — V — — / — V — — / - V -

Kuzatganimizdek, sheʼrda ritm-ohang baytdagi ruknlarni tashkil etgan choʻziq " — " va qisqa " V " hijolarning bir tekisda takrorlanishidan hosil bo‘lib, bu ohang o‘z navbatida rukn deb nomlangan hijolarning turli ritmik guruhlariga tayanadi. Ruknlar hijolarning miqdori va sifatiga (cho‘ziq-qisqaligiga) qarab sakkiz aslga bo‘linadi va ularning har biri maxsus nom bilan yuritiladi:

1. faulun — uch hijoli rukn: fa-u-lun; 2. foilun — uch hijoli rukn: fo-i-lun;. 3. foilotun — to‘rt hijoli rukn: fo-i-lo-tun; 4. mafoiylun — to‘rt hijoli rukn: ma-fo-iy-lun; 5. maf’ulotu — to‘rt hijoli rukn: maf-u-lo-tu; 6. mustaf’ilun — to‘rt hijoli rukn: mus-taf'-i-lun; 7. mutafoilun — besh hijoli rukn: mu-ta-fo-i-lun; 8. mafoilotun — besh hijoli rukn: ma-fo-i-lo-tun.

Mana shu sakkiz ruknning turlicha birikishidan bahrlar vujudga keladi. Bahrlar esa, aruz tizimidagi sheʼr o‘lchovlarining asosi hisoblanadi. Ruknlar o‘zgarishsiz takrorlansa, solim (asliy), ruknlarning takrorlanishida o‘zgarishlar paydo bo‘lsa tarmoq (far’iy) bahrlari hosil bo‘ladi. Aruz tizimining bir-biriga yaqin vazn turkumlari bo‘lib, bu turkumlar bahr deb nomlangan. Bahrlar asllarning va far’larning takroridan yoki bir-biriga aralashtirib olinishidan vujudga keladi. Bu haqda Alisher Navoiy „Mezon ul-avzon“da shunday deb yozadi: buhureki baʼzisining takrori va baʼzisining tarkibi baʼzi bila hosil bo‘lur, oʻn to‘qqizdur, baʼzi arabqa maxsus va baʼzi ajamga maxsus va baʼzi mushtarak "[1]. Hazrati Navoiy taʼkidlagan o‘n to‘qqizta bahr quyidagicha nomlangan: tavil, madid, basit, vofir, komil, hazaj, rajaz, ramal, munsarih, muzoreʼ, muqtazab, mujtass, sareʼ, jadid, qarib, hafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik. Bahrlar odatda baytdagi ruknlarning miqdori bilan birga aytiladi. Masalan, hazaji musaddas — olti ruknli hazaj, hazaji musamman — sakkiz ruknli hazaj, ramali murabbaʼ — to‘rt ruknli ramal va hokazo. Demak, ramal, hazaj va boshqa bahrdagi bayt to‘rt ruknli bo‘lsa — murabbaʼ, olti ruknli boʻlsa — musaddas, sakkiz ruknli bo‘lsa — musamman sanalib, vazn nomi bilan qo‘shib aytiladi. Masalan, ramali musaddas, ramali musamman kabi. Bahrlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, har bir bahrning oʻz ichida bir necha tarmoqlarga boʻlinib ketishidir. Masalan, ramal bahri 15 tarmoqqa va rajaz bahri 9 tarmoqqa, hazaj bahri 10 tarmoqqa va boshqa bahrlar ham shu tariqa boʻlinib ketadi. Masalan, quyidagi ramal bahrining bir-biridan farq qiluvchi uchta tarmogʻini o‘rganib chiqaylik.

1. Ramali musammani maqsur: Foilotun / foilotun / foilotun / foilun — V — — - V — — - V — — -V -

2. Ramali musammani mahbun: Foilotun / foilotun / foilotun / foilotun — V — — - V — — -V- — -V- -

3. Ramali musaddasi maqsur: Foilotun / foilotun / foilun -V — — -V- — - V -



Shuni ham alohida taʼkidlab o‘tish lozimki, aruz vazni bahrlari qanchalik ko‘p va rang-barang bo‘lmasin, oʻzbek klassik adabiyotida eng kooʻp qoʻllanadigan bahrlar bu — ramal va hazaj bahrlaridir. Ayniqsa, ramali musammani mahzuf vazni mumtoz adabiyot namoyandalarining eng sevimli vazni hisoblangan. Shu boisdan ham g‘azallarning katta qismi shu vaznda yaratilgan. Adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmedovning maʼlumotlariga qaraganda, "Alisher Navoiyning „Xazoyin ul-maoniy“ lirik kulliyotidagi 3132 sheʼrdan 1156 tasi, jumladan, 2600 g‘azaldan 1089 tasi, yaʼni 42 foizi mana shu vaznda bitilgan. Shu vaznda Boburning 113 g‘azalidan 42 tasi, Muqimiyning 226 lirik sheʼridan 117 tasi yozilgan. Boshqa shoirlar ijodida ham bu vaznda yaratilgan lirik sheʼrlarni ko‘plab uchratamiz. Buning sababi mazkur vaznning o‘ynoqiligi, jozibadorligida, insonning rang-barang ichki kechinmalarini ifodalash uchun qulayligidadir "[2]. Aruz tizimidagi asarlar qaysi bahrda yozilganligidan qatʼiy nazar, ularni maxsus tayyorgarliksiz o‘qib oʻrganishning, ayniqsa, ifodali o‘qishning hech ham iloji yo‘q. Maxsus tayyorgarlik deganda, biz shartli ravishda quyidagi qoidalarga amal qilishni nazarda tutdik: 1. Dastlab lirik sheʼr yoki epik asardan olingan matndagi arabiy va forsiy soʻzlarning mazmuni lug‘at yordamida aniqlanadi. Lug‘atda muayyan so‘zning bir necha maʼno qirralari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Oʻrganilayotgan baytda (kontekstda) mazkur so‘zning qaysi maʼnosi nazarda tutilganligi belgilanadi. 2. Matndagi notanish soʻzlarning mazmuni oydinlashtirilgandan keyin har bir baytni sinchkovlik bilan o‘rganib, uning nasriy bayonini tuzib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunki nasriy bayon baytdagi tashbehu tamsillar qobig‘iga o‘ralgan purmaʼno soʻzlarning mazmunini maʼlum darajada anglab olishga yordam beradi. 3. Baytlar mazmuni maʼlum darajada o‘rganilgandan keyin sheʼrning umumiy g‘oyasi, shoirning maqsad va muddaosi, nima demoqchi ekanligi aniqlanadi. Bunda asarning tub mohiyatini talqin qiluvchi baytlarga alohida eʼtibor beriladi. 4. Asarning g‘oyaviy xususiyatlarini o‘rganish barobarida, badiiy tasvir vositalariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda tashbehu tamsil, majozu istiora kabi badiiy sanʼatlarning sheʼriy asardagi asosiy g‘oyani yorqin ifodalashda muhim o‘rin tutganligini tushunib olish ham maqsadga muvofiqdir. 5. Muayyan sheʼriy asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari maʼlum darajada o‘rganilgandan keyin, endi uning shakliy tuzilishiga eʼtibor qaratiladi. Masalan, o‘rganilayotgan g‘azal aruzning qaysi bahrida yaratilganligini aniqlash uchun, dastlab hijolarga va ruknlarga ajratib chiqiladi. Sheʼrning ruknlar tartibi va chizmasini belgilash uni to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi. 6. Sheʼrni ifodali oʻqishda qisqa „V“, cho‘ziq „-“ va oʻta cho‘ziq „~“ hijolar talaffuziga alohida eʼtibor qaratish lozim. 7. Sheʼrning shakliy tuzilishini o‘rganish jarayonida vazn talabi bilan biri ikkinchisiga qo‘shilib ketadigan soʻzlarni belgilab chiqish ham sheʼrni to‘g‘ri va ifodali o‘qishni osonlashtiradi. Sharq xalqlari orasida qadim-qadimdan to‘g‘ri so‘zlash va fikrni chiroyli ifodalash masalalariga katta eʼtibor qaratilgan. Til qoidalariga to‘la amal qilgan holda so‘zlash va yozish bilan bog‘liq fan „ilmi balogʻa“ deb, chiroyli, yoqimli so‘zlash va yozishni o‘rgatadigan fan sohasi esa, „ilmi fasohat“ deb atalgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy kabi buyuk sanʼatkorlarning beqiyos ijod mahsuli sifatida yaratilgan asarlari balog‘a va fasohat ilmining yorqin namunalaridir. Biror fikrni oddiy so‘zlar bilan joʻngina ifoda qilish bilan uni badiiy bo‘yoqlar, go‘zal tashbehlar, rang-barang obrazlar, jozibador vazn va ohangdosh qofiyalar vositasida ifodalash o‘rtasida katta farq bor. So‘z sanʼatkorlarining asarlarida talqin qilingan umumbashariy g‘oyalar yuksak badiiylikda ifodalangani uchun ham mangulikka daxldor bo‘lib qolgan. Mumtoz adabiyot namunalarining tarovatiyu jozibasi, ayniqsa, ifodali oʻqish paytida yanada ko‘proq namoyon boʻladi va eshituvda zavq uyg‘otadi. Zavq bu insonning yetuklik va go‘zallikdan lazzatlana olish qobiliyatidir. Abu Ali ibn Sino „Sheʼr sanʼati“ risolasida „sheʼr uch xil narsa bilan xayolga taʼsir etadi“ deydi. Bulardan birinchisi lahn — garmoniya bo‘lib, bu bilan sheʼr kuylanadi. Kuy va ohang, shubhasiz, inson ruhiga taʼsir etadi. Ikkinchisi obrazli va tashbehli aytilgan so‘zlardir. Uchinchisi esa vazn bilan bo‘ladigan taqliddir. Shuning uchun kimda-kim sheʼr aytib kuylamoqchi bo‘lsa, albatta, uni ohangli lahn bilan bajo keltiradi[3] . Ming yillar oldin aytilgan ushbu fikrlar kishini hayratga soladi. Buyuk qomusiy olimning sheʼr va uning inson ruhiga taʼsiri, sheʼrni qanday aytish haqidagi mulohazalari ayni kunlarda ham nihoyatda muhimdir.
Mashq. Muhammad Fuzuliyning „Shifoyi vasl qadrin…“ deb boshlanuvchi g‘azalini ifodali o‘qish.
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor oʻlandan so‘r, Zuloli zavq-shavqin tashnai diydor o‘landan so‘r.
Labing sirrin gelub gufitora bandan o‘zgadan so‘rma, Bu pinhon nuktani bir voqifi asror oʻlandan so‘r.
Go‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g‘ofil, Kavokib sayrini shab to sahar bemor o‘landan so‘r.
G‘amingdan sham’tak yondim, sabodan so‘rma ahvolim, Bu ahvoli shabi hijron banim-la yor oʻlandan so‘r.
Xarobi jomi ishqam, nargisi masting bilur holim, Xarobat ahlining ahvolini xummor o‘landan so‘r.
Muhabbat lazzatindin bexabardir zohidi g‘ofil, Fuzuliy ishq zavqin, shavqi ishqi vor oʻlandan so‘r.
Gʻazaldagi notanish so‘zlarning izohi
O‘landan — bo‘lgandan Zulol — tiniq Guftor- so‘zlash Nukta — sir Kavokib — yulduzlar Fatton — fitnachi Banim-la — men bilan Xarobot ahli — iloh oshiqlari Shabi hijron — hijron tuni Nargisi masting — mastona ko‘zing
Gʻazalning nasriy bayoni
Ayriliq azobiga shifo bo‘luvchi vasl qadrini hijron dardida kuygandan so‘ra. Yor labining qadriga ham yorning diydoriga tashna boʻlganlar yetadi.
Labing sirlaridan so‘z ochmoqchi boʻlsang, buni mendan o‘zgadan so‘rama, Bu pinhona so‘zni sirlardan voqif boʻlgan odamdan so‘ra.
Ko‘zi yoshlilarning holini g‘ofil olomon qayerdan ham bilsin, Koʻkdagi yulduzlar sayrini ham tunlarni bedor o‘tkazgan bemorgina biladi.
Fitnachi ko‘zlar jabrini chekkanlardan xabarsiz bo‘lma (oshiqlardan) oʻzidan bexabar mastlar bedodligini hushyor boʻlgandan so‘ra.
Aruz tizimi bir necha yillar davomida arab, fors-tojik va turkiy she`riyatlarida amaliy jihatdan qo`llanib kelingan. VIII asrda Xalil ibn Ahmad tomonidan asos solingan bu vazn o`ziga xos latif musiqiylik, ohanglar rang-barangligi, hayot boqiyligi va insoniy hissiyotlar olamini serjilo misralar vositasida ta`sirchan jozibador ifodalash imkoniyatlarining benihoyaligi bilan belgilanadi. Arab she`riyatiga VIII asrdan tatbiq etilgan mazkur o`lchov tizimi IX asr boshlaridayoq fors-tojik adabiyotida ham qo`llanila boshlandi. Rudakiy, Firdavsiy, Daqiqiy, Umar Xayyom, Sadiy, Hofiz Sheroziy, Jomiy kabi buyuk shoirlar ijodidan mustahkam o`rin oldi. IX - X asrlarda turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan ko`plab shoirlar o`sha davr an`anasiga ko`ra o`z asarlarini arab tilida yozar ekanlar, aruz o`lchoviga asoslandilar, xilma-xil musiqiy va jozibador vaznlar zaminida g`oyaviy va badiiy jihatdan barkamol qasida va g`azallar, ruboiy va qit`alar yaratdilar. IX asrda yaratilgan “Yatimat ud-dahr” kitobidan mashhur adabiyotshunos olim Abu Mansur as-Saolibiy arab tilida ijod qilgan ko`pgina adiblarning nomlari va asarlarini qayd etadi. Ana shu ijodkorlar turkiy tilda ham aruzning yengil va o`ynoqi o`lchovlarida ko`plab lirik she`rlar yozganligi shubhasiz. Zero, bu xil tajribalarsiz IX asrda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” dek yirik dostonining maydonga kelishi mahol edi. Ana shu davrdan boshlab to XX asrgacha bo`lgan o`zbek adabiyotida aruz tizimi asosiy tizimlardan biri bo`lib qoldi.
Aruz ilmi haqida, ayniqsa fors-tojik adabiyotshunosligida ko`plab asarlar bitilgan. Mavlono Yusuf Nishoburiy (X asr) forsiy tilda aruzga oid ilmiy asar yaratgan olimlarning birinchisi edi. Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us-sehr”, Shams Qaysning “Al-mo``jam fi meyor ash`or al-ajam”, Nasriddin Tusiy (XIV asr) ning “Meyor-ul ash`or”, Salmon Savojiy (XIV asr) ning “Qasidatun masnuot al-aruz”, Abdurahmon Jomiy (XV asr) ning “Risolai aruz” asarlari fors-tojik aruzining nazariy va amaliy rivojida alohida ahamiyatga ega bo`ldi.
Aruz ilmi rivojiga turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan adabiyotshunos olimlar ham munosib hissa qo`shdilar. Mashhur faylasuf Abu Nasr Forobiy (X asr), Abu Ali ibn Sino (X-XI asrlar), Abul Qosim Zamahshariy (XI-XII asrlar), Abu Yaqub Yusuf ibn Sakkokiy (XII-XIII asrlar) lar o`zlarining arab va forsiy tilda bitgan ilmiy asarlari bilan faqat va forsiy emas, ayni vaqtda turkiy aruz taraqqiyotiga ham sezilarli ta`sir ko`rsatadilar.
Turkiy aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakllanishi va izchil rivojlanib borishida Alisher Navoiyning ilk bor turkiy tilda yaratilgan “Mezonul avzon” (“Vaznlar o`lchovi”) asari alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Ulug` mutafakkir shoir aruz qoidalarini, xilma-xil bahrlari hamda vaznlarini turkiy tilda mufassal bayon qilish bilan cheklanib qolmay, turkiy xalqlarning og`zaki she`riyati mezoni bilan aruz vaznlari hamohangligini atroflicha dalillari hamda turkiy til xususiyatlarini nazarda tutgan holda aruzning turkiy adabiyotlarda, xususan, o`zbek she`riyatida keng qo`llanishi mumkin bo`lgan ko`plab o`lchovlarini ham belgilab berdi.
Sharq mumtoz adabiyotida keng qo`llanib kelgan aruz vazni she`r misralarida qisqa va cho`ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham aruz nazariyasiga oid ilmiy asarlarda sokin (mustaqil undosh yoki cho`ziq unli) hamda mutaharrik (harakatlanuvchi, ya`ni qisqa unli oldidagi undosh) harflar vazn yaratuvchi eng kichik juzv hisoblangan. She`riy vazn uch xil- qisqa, cho`ziq va o`ta cho`ziq hijoga asoslanadi.
Qisqa talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo`lgan yoki shunday unli bilan tugagan ochiq hijolar qisqa hijolar deb ataladi. U vazn chizmasida V belgisi bilan ifodalanadi.
Cho`ziq talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo`lgan yoki shunday unli bilan tugagan ochiq hijolar, shuningdek tarkibida qisqa unli bo`lgan yopiq hijolar cho`ziq hijo sanaladi. Bunday hijolar vazn chizmasida – belgisi bilan ifodalanadi.
Yopiq cho`ziq hijo tarkibida cho`ziq unli kelsa, u ancha cho`ziq talaffuz etiladi. Bunday hijolar o`ta cho`ziq hijo sanaladi. Shuningdek, qo`sh undosh bilan tugagan hijolar ham o`ta cho`ziq hijo hisoblanadi. Bunday hijolar misra ichida – V belgisi bilan, misra oxirida ~ belgisi bilan ifodalanadi. Masalan:
So`rma holimniki, bo`ldim burnog`idin zorroq,
Jism jondin zoru, jonim jismdin afgorroq.
Baytni vaznga muvofiq o`qisak, birinchi misradagi zorroq so`zining har ikki hijosi, afgorroq so`zining keyingi ikki hijosi tarkibidagi “o” unlisining cho`ziq talaffuz qilinishi tufayli boshqa yopiq hijolardan ajralib turadi. Chunki ular o`ta cho`ziq hijolardir. Baytning vazn chizmasi quyidagicha tuziladi:
So`r-ma-ho-lim ni-ki, bo`l-dim bur-no-g`i-din zor-roq,
- V - - - V - - - V - - - V ~
Jism-jon-din zo-ru jo-nim jism-din af gor-roq.
- V - - - V - - - V - - - V ~
Qisqa va cho`ziq hijolarning birikuvidan sabab, vatad, fosila deb atalgan bo`laklar tashkil topadi.
Sabab, vatad va fosilalarning birikuvidan she`riy misralar hosil qiluvchi eng yirik bo`lak – rukn maydonga keladi.
Bir sabab bilan vatadi majmu` birikmasidan “faulun” va “foilun” ruknlari hosil bo`ladi. Agar vataddan so`ng sabab kelsa, “faulun” rukni, aksincha, sababdan so`ng vatad kelsa, “foilun” rukni tuziladi. Faulun rukni chizmada V - - tarzida, foilun rukni esa – V – tarzida ifodalanadi.
Ikki sabab bilan bir vatadning birikuvidan to`rtta to`rt hijoli rukn tuziladi. Bular mafoiylun, foilotun, mustaf`ilun va maf`ulotu ruknlaridir.
O`zbek aruzida sabab, vatad hamda fosilalar birikuvidan aruz vaznining asllar deb ataluvchi quyidagi ruknlari hosil bo`ladi:
Rukn nomi Chizmasi Rukn nomi Chizmasi
Faulun
Foilun
Mafoiylun
Foilotun V - -
- V –
V - - -
- V - - Mustaf`ilun
Maf`ulotu
Mutafoilun
Mafoilatun - - V -
- - - V
V V - V -
V - V V -
Aruz vaznidagi she`r o`lchovlarining asosiy turlari – bahrlar yuqoridagi 8 ruknning turli tartibda birikib takrorlanishidan hosil bo`ladi. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Bir ruknning aynan takroridan tuzilgan bahrlar. Bunday bahrlar 7 ta bo`lib, maf`ulotu bo`lak, yuqoridagi yetti ruknning aynan takroridan hosil bo`ladi. Ya`ni faulun rukni takroridan mutaqorib bahri, foilun rukni takroridan mutadorik bahri, mafoiylun rukni takroridan hazaj bahri, foilotun rukni takroridan ramal bahri, mustaf`ilun rukni takroridan rajaz bahri, mutafoilun rukni takroridan komil bahri hamda mafoilatun rukni takroridan vofir bahri hosil bo`ladi.
Bir paytda bu ruknlar to`rt marta takrorlansa, bunday vaznni murabba` (arabcha “to`rtlik” degani), olti marta takrorlansa, musamman (arabcha “sakkizlik”) deb yuritiladi. Misollar:
Zamona kulfatidin bu ko`ngul dog` o`ldi, dog` o`ldi,
Bu charxi bemuruvvatdan ko`ngul dog` o`ldi, dog` o`ldi.
Mazkur baytning ruknlari va chizmasi quyidagicha:
Za-mo-na-kul fa-ti-din-bu ko`-ngul-do-g`o`l di-do-g`o`l-di,
V - - - V - - - V - - - V - - -
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
Bu-char-xi-be mu-ruv-vat-din ko`-ngul-do-g`o`l di-do-g`o`l-di.
V - - - V - - - V - - - V - - -
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
ko`rinadiki, bu baytda mafoiylun rukni sakkiz marta takrorlanayapti. Demak, ushbu she`r hazaji musammani solim vaznida yozilgan ekan.
2. Ikki xil ruknli bahrlar. Aruz vazniga mansub bir qator bahrlar ikki xil ruknning ma`lum tartibda takrorlanishidan yuzaga keladi. Bunday birikib takrorlanish ikki turlidir:
Bittadan olingan ikki xil ruknning takrorlanishidan hosil bo`lgan bahrlar. Bunday bahrlar bizga ma`lum 8 ruknning ikkita-ikkita bo`lib takrorlanishidan tuziladi.
Ikki bir xil va bitta boshqa xil ruknlarning takrorlanishidan tuzilgan bahrlar. Bunday bahrlar har bir misrada uch ruknning ma`lum tartibda takrorlanishidan hosil bo`ladi. Ulardan ikkitasi bir xil, uchinchisi boshqa xil rukndan iborat bo`ladi. Bir misrada uch, bir baytda esa oltita rukn ishtirok etgani uchun bunday bahrlar olti ruknlik, ya`ni musaddas shakldagina namoyon bo`ladi, ular murabba` va musamman ko`rinishlariga ega bo`lmaydi.
1. Qarib bahri.
2. Mushokil bahri.
3. G`arib bahri.
4. Sari` bahri.

Download 67.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling