9- mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqi


Download 43.97 Kb.
bet1/6
Sana08.03.2023
Hajmi43.97 Kb.
#1251564
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1ишим


9- mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot

REJA:


  1. Global muammolarning paydo bo‘lishi.

  2. Global rivojlanish modellari.

  3. Zamonamizning global muammolari.


TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: global, global muammolar, prognoz modellar, organik o‘sish, sivilizatsiya, energetik muammo, xom-ashyo muammosi, oziq-ovqat muammosi, demografik muammo, terrorizm.
1. Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga demografik, energetik, xom ashyo muammolari, urush va tinchlik muammosi, ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi, lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi. Insoniyat tarixida mavjud bo‘lgan oldingi shunga o‘xshash muammolardan ular shunisi bilan farq qiladiki, mazkur muammolar planetar xarakterga ega. XX arsning 40-yillardayoq K.YAspers shunday deb yozgan: «Barcha mavjud muammolar dunyo muammolari bo‘lib qoldi, vaziyat - umum insoniyatning vaziyatiga aylandi»1. Bugungi kunda dunyoda bo‘layotgan har bir hodisa, u ekologik tanglik bo‘ladimi, urushmi, ochlikmi, energetik va boshqa resurslarning kamayib ketishimi, madaniyatdagi tanglikmi yoki demografik tanglikmi bundan qat’iy nazar ular endi lokal, mahalliy, milliy muammolar bo‘lib qolmay planeta miqyosidagi global xususiyat kasb etmoqda.
Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin.
XX asrgacha mavjud bo‘lgan muammolar hech qachon butun planeta hamjamiyatining mavjudligiga xavf solmagan. Global muammolar XX asr mahsulidir va ularning paydo bo‘lishi inson faoliyati bilan bog‘liq. Global muammolarning paydo bo‘lishining sababi inson faoliyati bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib borishidir.
Ushbu sabab, o‘z navbatida bir qator ichki sabablarga bo‘linadi:
«Jamiyat-tabiat» tizimidagi qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq sabablar.
Jamiyatning o‘zining ichidagi ijtimoiy tuzilmalar (individ­lar, ijtimoiy guruhlar, davlatlar va xalqaro tuzilmalar) o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq sabablar.
Ushbu sabablarning mohiyati nimadan iborat?
1. XX asrgacha tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish va tabiatga ta’sir ko‘rsatish lokal xususiyatga ega edi. XX asrda insonning xo‘jalik faoliyati planetar miqyoslarga ko‘tarildi. Tabiatga tushuvchi antropo­gen Yuklar shu qadar ko‘paydiki, ular yangi geologik kuchga aylandi (V.I.Vernadskiy). Bu kuch planetaning butun qiyofasini o‘zgartirishga, biosferada ortiga qaytmas sifat o‘zgarishlariga olib kelishga qodir. Bu o‘rinda ozon qatlamining buzilganligi yoki tropik o‘rmonlarning yo‘q qilinganligini eslashning o‘zi kifoya. Vaziyat shundayki, insonning o‘zining yashab qolishi haqidagi masala kun tartibiga qo‘yilgan.
2. Ijtimoiy rivojlanishidagi notekislik, mustamlakachilik, shuningdek, dunyo boyliklarini iste’mol qilishi va taqsimlashdagi adolatsizlik shunga olib keldiki, boy va kambag‘al mamlakatlar paydo bo‘ldi. Bu hol sobiq mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqligi va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ochlik, savodsizlik kabi global muammolarni tug‘dirdiki, bu o‘z navbatida insoniyat oldiga ana shu uzilishni yo‘qotishga qaratilgan yangi tartibni yaratishdan iborat global muammoni qo‘yadi.
Ijtimoiy rivojlanishdagi ana shu notekislik urushlarga ham sabab bo‘ldi. Biroq XX asrgacha davlatlar o‘rtasidagi nizolar va ularning oqibatlari lokal-mintaqaviy xususiyatga ega edi. XX asr jahon urushlarini Yuzaga keltirdi. Hozirgi qurol-yarog‘larning xususiyatini hisobga oladigan bo‘lsak, uchinchi jahon urushi Yuz bergudek bo‘lsa, bo‘lsa, butun insoniyat yo‘q qilinishi masalasi paydo bo‘ladi. SHu sababli xalqlar va davlatlarning tinch-totuv yashashlari insoniyatning global muammosiga aylanib q­olmoqda.
Ilgari ma’lum bo‘lgan global muammolar (demografik, ekologik, oziq-ovqat va hokazo) bilan bir qatorda XX asr oxirida va XXI asr boshida global muammolar xususiyatiga ega bo‘lgan yangi xavflari Yuzaga keldi: xalqaro terrorizm, xalqaro uYushgan jinoyatchilik va boshqalar.
Ana shunday o‘ziga xosliklar tufayli global muammolarni xalqaro hamjamiyatning ishtirokisiz hal qilish mumkin emas. Ularni hal etishning zarur sharti insoniyatning yakdilligi bo‘lib, bu o‘z navbatida integratsiyaning o‘sishi va jahon hamjamiyatida bir-birini tushunishning ortib borishini taqozo qiladi.

2. Global muammolar paydo bo‘lgan paytdan boshlab olimlar, siyosatdonlar, ijtimoiy va xalqaro tashkilotlar e’tiborini jalb etdilar. SHu munosabat bilan global rivojlanishning turli-tuman matematik, kompYuter modellari va prognozlari Yuzaga kela boshladi.
XX asrning 70-yillarida olimlar, biznesmenlar va siyosatchilarni o‘z safida birlashtirgan nohukumat tashkilot - Rim klubi tomonidan bir qator prognoz modellari yaratildi. Dastlabki ana shunday matematik modellarning birinchisi faylasuf va kibernetik olim X.O‘zbekxon tomonidan yaratilgan edi. Keyingi imitatsion model («Mir-1») Dj.Forrester tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda aholining ko‘payishi, kapital mablag‘larning, tabiiy resurslar, atrof-muhitning ifloslanishi va oziq-ovqat muammolarining rivojlanishi hamda o‘sib borishi ko‘rsatilgan edi. Tez orada shu olimning o‘zi tomonidan yanada takomillashtirilgan model - «Mir-2» yaratildi.
1972 yilda D.Medouz va Massachuset texnologiya institutining bir guruh yosh olimlari «Mir-3» modelini yaratdilar va mazkur model Rim klubining «O‘sib borish chegaralari» nomli ma’ruzasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Model 1900 yildan 2100 yilgacha bo‘lgan davrdagi global rivojlanish jarayonlarini tasvirlar edi. Model mualliflari shunday xulosaga keldilar: agar aholi o‘sishining, sanoatning, qishloq xo‘jaligining, tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilishining hamda atrof-muhitning ifloslanishining asosiy tamoyillari saqlanib qoladigan bo‘lsa, insoniyat global tanglikka duchor bo‘ladi. Ma’ruza mualliflari bundan shunday xulosa chiqaradilar: insoniyat o‘sish strategiyasidan global muvozanat holatiga o‘tishi kerak. «O‘sish chegaralari» da chiqarilgan xulosalar turlicha qabul qilindi, biroq bir narsani yakdillik bilan qayd etish mumkin: ma’ruza qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi va jahon jamoatchiligining diqqat e’tiborini global muammolarga jalb etdi. Ma’ruza natijalaridan biri shu bo‘ldiki, unda cheksiz iqtisodiy o‘sish haqidagi afsona fosh qilindi.
D. Medouz va J. Forresterlar modelidan farqli o‘laroq, M.Mesarovich va E.Pestellarning Rim klubiga «Insoniyat tub burilish arafasida» nomi ostida taqdim etilgan ma’ruzasida aks etgan modeli (1974) da dunyo mintaqaviy rivojlanishni hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Ma’ruzada bir qator mintaqaviy tangliklar va falokatlar prognoz qilingan va shu munosabat bilan «organik o‘sish» strategiyasi taklif etilgan edi. Ushbu strategiyaning asosiy mag‘zi mintaqalarning differensiallashgan rivojlanish haqidagi g‘oya bo‘lib, u insoniyatning organik bir butunlik sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratishi lozimligi edi.
Rim klubiga2 taqdim etilgan dastlabki, miqdoriy usullarga asoslangan ma’ruzalar bilan bir qatorda dunyoning rivojlanish jarayonlarini sifat jihatdan tahlil qilishga asoslangan «Jahon tartiblari modellarining loyihasi» doirasidagi tadqiqotlar keng yoyildi. Bular A.Kotarining «Kelajakka qo‘yilgan qadamlar», (1974), R.Falkning «Kelajakdagi dunyolarni o‘rganish» (1975), A.Mazruining «Madaniyatlarning jahon federatsiyasi» (1976), Y.Galtungning «Haqi­qiy olamlar» (1980) va «Muqobillar bor!» (1984) kabi ishlaridir.
YUNESKO homiyligi ostida K.Doych rahbarligida «Umumjahon modellari» loyihasi («Jahoniy modellashtirish muammolari. Siyosiy va ijtimoiy implikatsiyalar», 1977), Iqtisodiy hamkorlik va rivoj­lanish tashkiloti (IHRT) homiyligidaJ.Lezurn rahbarlik ostida tayyorlangan «Xalqaro kelajak» loyihasi («Kelajak bilan uchrashuv: mumkin bo‘lganni amalga oshirish va ko‘zda tutilmagan hollarga tayyor bo‘lish», 1974) ishlab chiqildi.
Sasseks universitetida (BuYuk Britaniya) CH.Frimen va S.Koul rahbarligi ostida 1977 yilda bajarilgan «Global modellar» «Jahon kelajagi. Katta munozaralar», G.Kan rahbarligida Gudzon institutida (AQSH) bajarilgan «YAqinlashayotgan to‘polon» (1982), Amerika ma’muriyatining buYurtmasiga ko‘ra tayyorlangan ma’ruzalar «2000 yilning global muammolari» (1980) «Global kelajak: harajat qilish vaqti» (1981), Umumjahon vaxtasi instituti tadqiqotlari va boshqalar ma’lumdir.
Agar kelajakning «mumkin bo‘lgan dunyolari» ning dastlabki modellari texnokritik xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrda global muammolarni echish uchun jamiyatning o‘zini ijtimoiy munosabatlarini (mintaqalararo, davlatlararo) va insonning o‘zini, uning qadriyaviy mezonlarini va kundalik xulq-atvorini mukammallashtirish zarurligi haqidagi fikrlar tobora ko‘proq mazkur keyinchalik paydo bo‘lgan modellarga kirib bormoqda.

3. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.
Bu o‘tmishdagi barcha mutafakkirlar urushni xuddi shunday qabul qilgan degani emas. Erazm Rotterdamskiy, J.J.Russo, I.Kant, M.V.Lomonosov va boshqa ko‘plab mutafakkirlar urushga qanday munosabatda bo‘lganlari yaxshi ma’lum. XIX-XX asrlarda tinlik uchun kurash patsifizm, ya’ni urush va militarizm bilan bog‘liq barcha narsalarni to‘liq inkor etish tusini oldi.
Ta’kidlab o‘tish zarurki, asrdan asrga urushlar tobora dahshatliroq va qirg‘in bo‘lib borgan. Evropada XVII asrda urushlarda 3 million odam halok bo‘lgan, XIX asrda - 5,2 mln (ularning 2 mlnga yaqini Napoleon urushlarida). XX asr bu borada barcha asrlarni ortda qoldirdi. Birinchi jahon urushida 10 millionga yaqin, ya’ni ilgarigi 200 yil davomida Yuz bergan urushlarda qancha odam o‘lgan bo‘lsa shuncha kishi halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi 60 million kishining yostig‘ini quritdi. Unda 61ta davlat ishtirok etdi va mustamlakalarni ham hisobga olganda Er shari aholisining 80%ni qamrab oldi. Jangovar harakatlar Evropa, Osiyo, Afrikaning 40 ta davlati hududida, to‘rtta okeanning akvatoriyalarida olib borildi.
Ommaviy qirg‘in qurollarining turlarining rivojlantirilishi (yadroviy, vodorod, neytron, kimyoviy, bakteriologik va hokazo) shunga olib keldiki, bugungi kunda to‘plangan qurol-yarog‘lar zahirasi insoniyatni hamda sayyoramizdagi jami mavjudotlarni bir necha marta yo‘q qilish uchun etarlidir. Aytish mumkinki, urush va tinchlik muammosi - bu «zamonaning tarixiy jihatdan birinchi global muammosidir va hozirga qadar global muammolar ro‘yhatida birinchi o‘rinda turuvchi eng xavfli va orqaga surib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda»3. «Sovuq urushning» tugatilishi, bloklarning harbiy-siyosiy qarama-qarshiligining bartaraf etilishi, xalqaro vaziyatning umumiy yaxshilanishi urushni ongli ravishda boshlanish xavfini ancha kamaytirdi. Biroq uning tasodifan boshlanib ketish xavfi saqlanib qolmoqda. SHu sababli ushbu global muammo faqat global qurolsizlanish va birinchi navbatda, ommaviy qirg‘in qurollarining yo‘q qilinishi orqali hal etilishi mumkin.

Download 43.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling