9 – sinfda Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar”asarini interfaol usuldan foydalanib o`tish


Download 1.15 Mb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1600817
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’TGAN KUNLAR (ABDULLA QODIRIY)ROMANIDA AKS ETGAN MILLAT RUHINI MUJASSAM ETGAN O’ZIGA XOS URF-UDUMLAR,AN’ANALAR,QADRIYATLAR,MILLATNING AXLOQI,IRODASI,E’TIQODI YAXLIT HOLDA MILLIY RUHNI TAHKIL QILISHINI IZOHLANG

O’TGAN KUNLAR (ABDULLA QODIRIY)ROMANIDA AKS ETGAN MILLAT RUHINI MUJASSAM ETGAN O’ZIGA XOS URF-UDUMLAR,AN’ANALAR,QADRIYATLAR,MILLATNING AXLOQI,IRODASI,E’TIQODI YAXLIT HOLDA MILLIY RUHNI TAHKIL QILISHINI IZOHLANG

Tayyorladi:Bajardi : Ochilova Shaxinabonu

  • Tayyorladi:Bajardi : Ochilova Shaxinabonu
  • Tekshirdi:Komila Gulamjonova

Hayot yo’li.

  • 1894-yil 10-aprelida Toshkent shahrida bog'bon oilasida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o'z davrining maktab va madrasalarida o'qiganligi, ilmga chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.
  • Oiladagi yo'qchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon boidi. Lekin muhtojlik o'z ishini qildi: o'n ikki yashar o'smirni bir boyga yugurdaklikka berishga majbur bo'ldilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo aloqalari qiladigan bu boy rus tilini biladigan, shu tilda ish yurita oladigan xizmatchiga muhtoj edi. Shu sabab zehnli va tirishqoq Abdullani u rus-tuzem maktabiga berdi.
  • 1912- yilda muvaffaqiyatli tugallangan rus-tuzem maktabi bo’lajak adib estetik qarashlari va ijodiy qiyofasi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Negaki, Abdulla bu yerda rus tili va u orqali dunyo adabiyotini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lgandi.
  • Ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida oilaga yordam berish uchun tirik chilik yoiida urinib yurgan bo'Iajak yozuvchf 1914- yilda Abulqosim mad-rasasiga o'qishga kirdi. Madrasada u shariat ilmi, islom falsafasi, arab va fors tillarini o'rgandi. Bu hoi kokp o'qiydigan, Kunchiqish adabiyoti bilan chuqur tanish bo'lgan Abdullaga islomiy-turkiy estetikaning nazariy asoslarini ham egallash imkonini berdi. Xullas, Abdulla Qodiriy 1917- yillarda ham dun-yoviy, ham diniy bilimlarni puxta egallagan, olam hodisalarini teran idrok etadigan ziyoli sifatida shakllangan edi.
  • Bo'lajak yozuvchi rus-tuzem maktabini tugatib, tirikchilik ko'yida yurgan kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo'Iida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin kishilarni hurmatlaydigan boylardan edi. Abdulla uning do'konlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilg'or fikrli kishilari bilan tanishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib, Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud kabi farzandlar ko'rdi.
  • 1917 - 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo'Imish "O'tkan kunlar" romani uchun material yig'ishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O’zbekning qanday xalq ekanligini ko'rsatib beradigan katta hajmli asarga ul- kan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o'zbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning boiimlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "O'tkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. O`tgan kunlar Abdulla Qodiriyning bosh asaridir.Yozuvchi asar mavzusini bekorga O`tgan kunlardan lomagan.Chunki bugun mustahkam ertasi poydor bo`lishini istagan har bir xalq o`tmishini yaxshi bilishi kerak.
    • Adib millat tarixining ,, eng kirlik’’ qora kunlarini tasvirlash asosida xalqning asil ma`naviy qiyofasini, ko`rsatib berishga harakat qiladi. CHinakam istedod xususiy holat misolida hodisaga tegishli umumiy belgilarni ko`ra olish qudratiga ega bo`ladi ,,o`tgan kunlarda’’ qodiriy istedotini shu jihatlari nomoyon bo`lgan.

    • Download 1.15 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling