9-laboratoriya mashg’uloti. 1-topshiriq: Milliy axborot tizimi


Download 284.83 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi284.83 Kb.
#1115172
Bog'liq
Noila Boltayeva 9-laboratoriya ishi


9-laboratoriya mashg’uloti.
1-topshiriq:
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.

O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;
- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;
- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;
- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;
- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;
- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;
- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar;
- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar.

2-topshiriq:
Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP) – aytish mumkinki, O’zbek elektron hukumat tizimining yuzi sifatida, hukumat tomonidan tasdiqlangan interaktiv xizmatlar ro’yxatida keltirilgan barcha interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etadigan, o’z nomi bilan yagona tizim bo’lishi ko’zda tutilgandir. Aytib o’tganimizdek tizim test (beta) rejimida ish boshlagan va u hozircha ishlab chiqish va takomillashtirish bosqichini boshdan kechirmoqda. Yagona Portal, ramziy ma’noda aytganda, katta yo’lga endi chiqqan bo’lsa-da, o’zining qulaylik va texnik hamda texnologik jihatlari bilan anchagina katta potensialni namoyon qilib ulgurdi. Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litzeniyalash va ruxsatnomalar, Elektron to’lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va kommunal xo’jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, Mehnat, Tadbirkorlik, Sug’urta, Ko’chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, Bojxona, Huquq va Ta’lim yo’nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo’limlarga birlashtirilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida tarkibiy qismlarga bo’linadi:

Foydalanuvchilar YIDXPda shuningdek alohida bo’lim-ilova orqali, vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro’yxatiga o’tish va ularning aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan tanishishlari, giperhavolalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga o’tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo’limi ham portalning o’ziga xos jihatlaridan biri bo’lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YDXIPning o’zida ham Qo’ng’iroqlar markazi (Call center) tashkillangan bo’lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar mazkur funksiyadan foydalanib, o’z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati mavjud:
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o’ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko’ra o’z murojaatining ko’rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS ma’lumotlari orqali xabardor bo’lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin.
Download 284.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling