9-Ma’ruza: Lokal va global kompyuter tarmoqlari, axborotlarini qayta ishlash tarmoq texnologiyalari Reja


Download 41.5 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1108449
Bog'liq
9-Ma’ruza


9-Ma’ruza: Lokal va global kompyuter tarmoqlari, axborotlarini qayta ishlash tarmoq texnologiyalari
Reja:
1. Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha.
2. Lokal kompyuter tarmoqlari.
3. Global kompyuter tarmoqlari.
Kalit so’zlar: Kompyuter tarmoqlari, lokal kompyuter tarmoqlari, global kompyuter tarmoqlari, axborot tashuvchilari, disketalar, modem, internet, server, optik, uzatish kanallari, aloqa kanallari.
Foydalanuvchining ixtiyorida ikkita va undan ortiq kompyuter mavjud bo‘lsa, ular o‘rtasida ma’lumot almashtirish muammosi paydo bo‘ladi. Bunday almashuvni «axborot tashuvchilari» deb ataluvchi disketalar, kompakt-disklar yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Ammo bu jarayonni inson ishtirokisiz, kompyuterlar o‘rtasida kabelli aloqani ta’minlab amalga oshirish afzalrokdir.
Agar shu tariqa ikkita yaqin joylashgan kompyuterni bir-biri bilan ulansa hamda axborot uzatish uchun dastur tuzilsa, oddiy kompyuter tarmog‘i barpo bo‘ladi. Bir necha kompyuter tarmoqqa birlashtirish qoidalari ikkita kompyuterni ulash qoidalaridan farq qilmaydi. Kompyuterlar o‘zaro aloqa tizimlari (liniyalari) yordamida ulanishi kerak. Bir-biridan uzoqda joylashgan kompyuterlarni ulash uchun qo‘shimcha maxsus elektron qurilmalardan (modem, tarmoq kartalari va h.k.) foydalaniladi, undan tashqari, kompyuterlar tarmoqda birgalikda ishlashlarini ta’minlovchi dasturlar urnatiladi. Demak, kompyuter tarmog‘i - bu kompyuterlar, ular orasidagi aloqa qurilmalari hamda axborot almashinuvini ta’minlovchi dasturlar majmuidir.
Hozirgi vaqtda kompyuter tarmoqlarida ma’lum bo‘lgan aloqa tizmalarining barchasi: tezligi unchalik katta bo‘lmagan telefon tizmalaridan boshlab, to yuqori tezlikka ega bo‘lgan raqamli yo‘ldosh kanallaridan foydalaniladi.
-Kompyuter tarmog‘iga ulanish usullarining eng ommabopi ( modem yordamida telefon orqali axborot uzatishdir. Modem kompyuterda qo‘llanuvchi raqam signallarini telefon tizmalarida qo‘llanuvchi signallarga va aksincha, telefon signallarini kompyuter signallariga o‘giruvchi qurilmadir.
Telefon raqamini terganimizda, ATSda mijoz (abonent) o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun aloqa tizimlari ma’lum usulda bir biriga ulanadi, ya‘ni kommutatsiya qilinadi. Shuning uchun telefon tizimlarini ko‘pincha kommutatsion tizimlar deb atashadi. Bunday tizimlar yordamida aloqa ma’lum vaqtga: ikki inson telefonda suhbatlashishi yoki kompyuterlar o‘zaro axborot uzatishi uchun zarur bo‘lgan vaqtga o‘rnatiladi. Kommutatsion tizimlardan farqli o‘laroq ajratib berilgan tizimlar kompyuterlarni doimiy ulab turadi. Ajratib berilgan tizim kabellar yoki radioaloqa yordamida yaratilishi mumkin. Ular axborot almashuvini juda katta teelikda amalga oshirish imkonini beradi. Kompyuter tarmoqlarining lokal va global turlari ma’lum. Bir-biridan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq - lokal tarmoq deb aytiladi.
Kompyuterlarni lokal tarmoqqa birlashtirish uchun:
- tarmoqka ulanuvchi hap bir kompyuterning lokal tarmoqdan axborot olishi va ma’lumotlarni tarmoqqa uzatishini ta’minlaydigan tarmoq kartasi bilan jihozlash kerak;
- kompyuterlarni kabellar vositasida bir-biri bilan ulab chiqish kerak;
Ba’zi turdagi tarmoqlarda kompyuterlar bir-biriga ketma-ket ulanadi (xuddi archa chiroqlaridagi lampochkalardek), ba’zilarida esa, kabellar ulanishi maxsus kontsentrator-qurilma (yoki HUB) orqali amalga oshiriladi.
Kompyuter tarmog‘i yaxshi ishlashi uchun aksariyat hollarda maxsus kompyuter-server ajratiladi. Serverlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin. Serverlar diskida ko‘pchilik ishlatadigan dasturlar, ma’lumotlar bazasi va h.k. joylashadi, Kompyuter tarmog‘idagi boshqa kompyuterlar ishchi stantsiyalar deb ataladi.
Agarda tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir-biridan ancha uzoq masofada, masalan, turli shaharlarda joylashgan bo‘lsa, bunday tarmoq ularni keng qamrovli kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Aksariyat hollarda keng qamrovli tarmoqqa alohida kompyuterlar emas, balki lokal kompyuter tarmoqlari ulanadi.
Dunyo miqyosidagi keng qamrovli kompyuter tarmoqlar global kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Internet - ma’lum bo‘lgan global kompyuter tarmoqlarining eng yirigidir, Internet - bu uzatgichlar, telefon tizmalari radio va kosmik yuldosh orqali plyonka yordamida o’zaro ulangan millionlab kompyuterlardir. Ularning bir kismi katta va salmoqli, xuddi IBM korporativ tarmog‘i kabi, kompyuter tarmoqlariga birlashgan. Boshqalari - universitet, litsey, maktab va xususiy uylarda joylashgan shaxsiy kompyuterlardir.
Lokal va global kompyuter tarmoqlari nima? Ular nimalardan tashqil topgan va qanday ishlashi xaqida gapirishdan oldin, tarmoqlar nima? Ularning umumiy xossalarini bilib olishimiz shrat.
Uzatish kanalari, hamda uz aro ma’lumot almashinish imkoniyatlirni beruvchi vositalar orqali uz aro boglangan va ma’lum dasturiy vositalar asosida ishlaydigan kompyuterlar tuplamiga kompyuter tarmoqlari deb aytiladi.
Kompyuter tarmoqlardan foydalanuvchilar tarmoqdagi axborot almashuv vositasi va kimmatbaxo apparat vositalari, dasturiy, axboriy resurslardan jamoa bo’lib foydalanish imkoniga ega bo’lishadi. Bu imkoniyatlarni esa tarmoqlar taqdim etishi shart va shundagina tarmoqning samaradonligini kayd etish mumkin. Eng asosiysi tarmoqka ulangan foydalanuvchilar kerakli axborotni kiynalmasdan olishi, printer, skaner, modem va boshqa bir kator apart vositalaridan osongina foydalana olishi mumkin buladi. Bu imkoniyat tarmoq foydalanuvchilarning kimmatbaxo vositalarsiz kerakli vazifaga yechim topishi qulayligani yaratib beradi. Albatta buning uchun tarmoqda shu apparat vositalarning mavjudligi talab etadi.
Kompyuter tarmoqlarining imkoniyatlari, starukturalari va turlari ham xilma-xil bo’lishi mumkin. Bunday tuslanishlar kompyuter tarmoqlarining xar-xil soxalarda rivojlanib borayotganini bildiradi.
Kompyuter tarmoqlari asosan quyidagi vazifalarni bajarishi va tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun quyidagi qulayliklarni yaratishi lozim:

  • Tarmoqdagi foydalanuvchilar uchun taksimlangan resurslarga oddiy, qulay kirishni taminlash

  • Tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarga tarmoq resurslarni birdey taksimlash

  • Tarmoqdan foydalanuvchilarning jamoa bo’lib ishlashini taminlash

  • Foydalanuvchilar orasida ma’lumot almashishini tez va qulay bo’lishini taminlash

  • Tarmoqlardagi axborotlarni va axborot okimlarini ishonchli ximoyalashni taminlash

  • Tarmoqka ruxsat berilmagan kirishdan ximoya kilishni taminlash

  • Tarmoqdagi saklanadigan axborotlarni zaxiralash hamda axborotlarini yukolishidan ishonchli ximoyalash (katta tarmoqlarda va savdo iktisodiy soxalaga tegishli tarmoqlarda viruslardan ximoyalanish) ni taminlash

  • Tarmoqlardagi texnik va dasturiy kamchiliklar va nosozliklarni tez va ishonchli bartaraf etishni taminlash

Bu qulayliklani yarata oladigan tarmoqlar kompyuter tarmoqlari degan nomga sazavor. Lekin shunday tarmoqlar mavjudki, bu tarmoqlar bazi bir qulayliklarni uz ichiga jamlay olmaydi. Masalan lokal tarmoqlar bu tarmoqlar
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling