9-mavzu. Regression va korrelyatsion tahlil reja: Hodisa va jarayonlarni o’zaro bog’liqligi va ularni statistik o’rganish metodlari


Download 67.09 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi67.09 Kb.
#1053803
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu. Regression va korrelyatsion tahlil reja Hodisa va jara


9-MAVZU. REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL
REJA:
1. Hodisa va jarayonlarni o’zaro bog’liqligi va ularni statistik o’rganish metodlari
2. Korrelyatsion-regression tahlil
3 Bog’liqlikni zichligini o’rganish metodlari


1. Hodisa va jarayonlarni o’zaro bog’liqligi va ularni statistik o’rganish metodlari
Iqtisodiyotni barcha ko’rsatkichlari o’zaro bog’liq, ko’p paytda ularning biri ikkinchisiga tobe. Masalan, milliy daromadlar hajmi yalpi ichki mahsulot hajmiga bevosita bog’liq. Mehnat unumdorligi va tannarxni olsak, birinchi ko’rsatkich o’zgarishi bilan, aniqrog’i, mehnat unumdorligining ortishi tannarxni pasayishiga olib keladi tovar oborotning hajmi tovarlar bahosi va miqdorini o’zgarishiga bevosita bog’liq. Bu bog’liqliklarni aniqlash va o’lchash statistikaning muhim vazifalaridan biridir.
Balansli aloqa korxona resurslari (mablag’lari)ning yaratilishi manbalari va ulardan foydalanishni ifodalaydi.
Ko’rsatkichlarning komponentli aloqasi ko’paytuvchi shaklida ko’rsatkichga kirgan alohida komponentlarning o’zgarishi natijasida statistik ko’rsatkichning o’zgarishini ifodalaydi.
Omilli aloqalar o’z navbatida funktsional va korrelyatsion bog’lanishlarga bo’linadi.
Funktsional bog’lanishda bir o’zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa o’zgaruvchi belgining aniq bitta qiymati mos keladi.
Korrelyatsion (yoki noto’liq) bog’lanishda omil belgining har bir qiymatiga natijaviy belgining aniq qiymati emas, balki har xil qiymatlari mos keladi.
Analitik ifodalarning ko’rinishiga qarab bog’lanishlar ikki turga, ya’ni: to’g’ri va egri chiziqli bog’lanishlarga bo’linadi.
To’g’ri chiziqli bog’lanishda omil belgining o’zgarishi bilan natijaviy belgining o’zgarishi bitta yo’nalishda bo’ladi, ya’ni omil belgi oshib borsa, natijaviy belgi ham oshib boradi va aksincha.
Egri chiziqli bog’lanishda esa, omil belgining o’zgarishi bilan natijaviy belgi ma’lum bir vaqtgacha u bilan parallel o’zgarib boradi, ma’lum bir nuqtaga etgandan so’ng natijaviy belgining o’zgarish yo’nalishi o’zgara boshlaydi. Demak, ular o’rtasidagi bog’liqlik doimiy emas.

Download 67.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling