9-Mavzu: Tibbiy xodimning kasb huquqbuzarliklari holatilarida komission sud- tibbiy ekspertizalarni tayinlash va o`tkazish. Reja


Download 21.63 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1288574
  1   2   3
Bog'liq
9 mavzu


9-Mavzu:Tibbiy xodimning kasb huquqbuzarliklari holatilarida komission sud- tibbiy ekspertizalarni tayinlash va o`tkazish.
Reja:
1.Tibbiy xodimning kasb huquqbuzarliklari tushunchasi, belgilari, tasnifi.
2.Noxush oqibatlar, vrach xatosi, baxtsiz hodisa.
3.Yatrogeniya tushunchasi,uning huquqiy va tibbiy talqini. Sud- tibbiy ekspertizalarni tayinlash va o`tkazish.

Tayanch iboralar
Kasb huquqbuzarliklari, vrach xatosi, baxtsiz hodisa, noxush oqibatlar, yatrogeniya, Errare humanum axloq-odob qoidalari, ijtimoiy xavf, g‘ ayriqonuniylik, ayb va noxush oqibat, I. V. Davidovskiy, S. P. Botkin.

Axloq me’yorlari “tabiiy” yo‘1 bilan vujudga kelib etika, din talablari, amaldagi urf-odatlardan tashkil topadi. Ahloqme’yorlariga rioya etish jamoatchilik fikri kuchi yordamida ta’minlanadi (Yu. D. Sergeev, 2008). Huquq me’yorlari davlat tomonidan joriy qilinadi va barcha uchun bir xilda amal qilish kuchiga ega boiadi. Huquq me’yorlariga rioya etish davlat tomonidan majburlash y o ii bilan ta’minlanadi. Huquq me’yorlaridan tashkil topgan rasmiy hujjatlar me’yoriy-huquqiy hujjatlar deb ataladi va ular qonun yoki qonun osti hujjatlari ko‘rinishida bo`lishi mumkin. So‘nggi hujjatlar qatoriga Prezident Farmoni, qarori, farmoyishlari, hukumat qarori va farmoyishlari, joydagi hokimiyat idoralarining farmoyishlari va boshqalar misol bo`lishi mumkin. Jamiyatdagi barcha sohalar kabi tibbiy xodimlarning faoliyati ham qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan. Sog`liqni saqlash sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, tibbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida tibbiy xodimlar tomonidan belgilangan talablarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik tibbiy xodimlarning kasb huquqbuzarliklari (TXKH) deb ataladi. Huquq nazariyasiga kо‘ra qilmish (harakat yoki harakatsizlik), ijtimoiy xavf, g‘ayriqonuniylik, ayb va noxush oqibat huquqbuzarlik belgilari boiib hisoblanadi. Xuquqbuzarlikning (harakat yoki harakatsizlik) ijtimoiy xavflilik belgisiga ko‘ra TXKH qilmish va jinoyat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. G‘ayriqonuniy harakat ijtimoiy xavf belgisiga ega bo‘lmasa va mos tarzda Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qilmish deb ataladi. Aks holda, ya’ni ijtimoiy xavf alomatlari bo‘lgan holatda ushbu harakat jinoyat sifatida baholanadi. Huquq nuqtai-nazaridan tibbiy xodimlaming qilmishi intizomiy, ma’muriy va fuqaroviy kabi turlarga bo‘linadi. Intizomiy qilmishda belgilangan mehnat, xizmat va ishlab chiqarish tartibining buzilishi ko‘zda tutiladi. Ma’muriy huquqbuzarlikka asosan belgilangan muassasani boshqaruv tartibining buzilishi taalluqlidir. Fuqaroviy qilmish fuqarolar va turli tashkilotlaming mulkiy va nomulkiy huquqlarining buzilishini anglatadi. Intizomiy, ma’muriy, fuqaroviy huquqbuzarliklaming mohiyati, vujudga kelishi va mos tarzdagi javobgarlikni belgilash hususiyatlari darslikning keyingi boblarida atroflicha bayon etilgan. Tibbiy xodimlaming faoliyatida yuqorida qayd etilgan qilmishlardan tashqari vrach xatosi, baxtsiz hodisa deb nomlanadigan bir guruh noxush oqibatlar ham mavjud. Boshqa kasb vakillaridan farqli ravishda, vrach faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u tabiatning eng murakkab obyekti - odam ustida ish olib boradi, standart уechimga ega bo‘lmagan masalalar, turli xil klinik kechishga ega bo‘lgan va individual xususiyatlarga ega bo‘lgan bemorlar bilan muloqotda bo‘ladi (V. L. Popov, 1999). Vrach xatosi va baxtsiz hodisa huquqiy tushuncha emas, shu sababli ular huquqshunoslik sohasidagi adabiyotlarda, qonunchilik hujjatlarida uchramaydi.

Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling