9-Mavzu Transport xizmatlarini sotishni tashkil etish


Download 35.83 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi35.83 Kb.
#1411039
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Choriyev Quvonchbek


Termiz davlat universiteti


Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Turizm yo’nalishi 3-kurs talabasi
Choriyev Quvonchbekning Turizmda transport xizmatlari
Fanidan tayyorlagan mustaqil ta’lim ishlar


9-Mavzu
Transport xizmatlarini sotishni tashkil etish


Transport xizmatlarini sotishni tashkil etish.


Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni — tashish xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni ko‘zlaydi.
Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflanadi.
Transport xizmatlari ko‘rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqiy bazaga asoslanadi.
Ushbu hujjatlar:
1) turli xalqaro transport tashkilotlari tomonidan;
2) mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida;
3) yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan. Xalqaro turizmni amalga oshirishda transport xizmatlari ko‘rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-e’tibor berish lozim. Sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga oshirish normalari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni er yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transport i va b.) paydo bo‘lishiga, shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli axborot tizilari ishlab chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z ifodasini topmoqda.
Muayyan transport tuzilmalari o‘rtasida hamda har bir transport turi doirasida yo‘lovchi tashuvchilar o‘rtasidagi raqobat kurashi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati va darajasining oshishi harakatlanadigan tarkibning hozirgi texnik jihozlanishida, yo‘lovchilarga qulay va shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari bortida yo‘lovchilarning dam olishi tashkil etilishida, yo‘lovchilarni ovqatlantirish sifatining oshishida, transport kompaniyalarining doimiy mijozlari uchun rag‘batlantirish dasturlari ishlab chiqilishida namoyon bo‘lmoqda. Yo‘lovchi tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga, shuningdek boshqa toifa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tadbirlarni amalga oshirmoqdalarki, bu yo‘lovchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish uchun imkoniyat yaratmoqda.
Turli transport tizimlari o‘rtasida yaqin hamkorlik transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu multimodal vokzallar tashkil etish, qatnov jadvallarini muvofiqlashtirish, transport xizmatlarini uyg‘unlashtirish va yo‘lovchilarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi.

Download 35.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling