Transportda tashish xizmatlarining xili va turi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:
Tashishning er ustida olib yurish turlari bo‘yicha :
insoning jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan tashishlar va xarakatlanishlar (pieda,changida,velosipeda,rikshalar);
xayvonlar yordamida(ulovli,tuyada, otda, itlarda)
mexanik vositalar bilan;
avtomobil transportida(g‘ildirakli, zanjirli,);
relsli transport-temir yullar,metro,tramvay, kanatli yo‘llar;
havo bolishli transport vositalarli.
Havo orqali tashish turlari:
Dengiz va daryo suvlari orqali tashish transportlari:
Sol va qayiqlar
Elkanli kemalar
Kichik mexanik kuchga ega flot qayiqlari
Dengiz va daryo kemalari
Havo bolishli kemalar
Suv osti kemalar
Tashishning barcha xillari va turlari ishlatilishi va texnik vositalarining foydalanishiga karab ko‘plab kurinishlarga ega bo‘ladi.
Havo transportida sayyohlarni tashish. Aviatashuvlar boshqa transport vositalari bilan xizmat ko‘rsatishga nisbatan bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu, eng avvalo, ob-havo sharoitiga bog‘liqligi hamda samolyotlarning uchish va qo‘nish joylaridagi landshaft bilan bog‘liq. Bundan tashqari, harakatlanadigan tarkibdan foydalanish shart-sharoitlari aeroportlarni aholi yashaydigan joylardan tashqariga chiqarishga majbur qiladi va yo‘lovchilar bevosita uchishga tayyorgarlik ko‘rishi uchun ancha ko‘p vaqtni taqozo etadi. Shunga qaramay, aviatashuvlar o‘zining asosiy ustunligi — manzilga juda tez eltib qo‘yishi bilan er usti va suv transporti bilan jiddiy raqobatlashadi.
1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |