9-sinf Nazorat ishi 6


Download 15.28 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi15.28 Kb.
#1419876
Bog'liq
9-sinf nazorat ishi 6


9-sinf Nazorat ishi 6
1.Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a).
Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo‘rozlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo‘ladi? a) agar F1 o‘zaro chatishtirilsa, F2da qanday natija kutish mumkin? b) F1 oddiy tojli xo‘rozlar bilan qayta chatishtirilsa-chi?
2. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi retsessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi?
Вb x Вb; ВВ x bb; Вb x ВВ.
3. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan
dominantlik qiladi. Tajribada urug‘chi va changchi organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo‘ladi. ota-onaning va F1 duragaylarning genotipini aniqlang.
4.Pomidor mevasining yumaloq shakli (A) noksimon shakli
(a) qizil rangi (B) sariq rangi (b) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipli pomidorlar qanday gametalar hosil qiladi? a) AABb; b) AaBb; c) Aabb
5.No‘xatning uzun poyali, oq gultojibargli formasi kalta poyali, qizil gultojibargli formasi bilan chatishtirilgan, F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojibargli, F2 da 720 ta o‘simlik hosil bo‘ldi:
a) F1 necha xil genotipga ega bo‘ladi? b) F1 necha xil gameta hosil qiladi?
Download 15.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling