1. G‘o‘za o‘simligining normal poyali va past poyali o‘simliklari chatishtirilganida Fj da doimo normal poyali o‘simliklar olingan


Download 9.19 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi9.19 Kb.
#1222113
Bog'liq
mustaqil ish masalalar 2

1.G‘o‘za o‘simligining normal poyali va past poyali o‘simliklari chatishtirilganida Fj da doimo normal poyali o‘simliklar olingan. Chatishtirilgan normal poyali o‘simliklar o‘z-o‘zid an changlantirilganida ham normal poyali o‘simliklar olingan. Shu ikki chatishtirishning genetik asoslarini -ota-ona formalari va olingan avlodning genotiplarini aniqlang.


2.Quyonlarda junning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi retsessiv belgi hisoblanadi. Quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganida qanday fenotipik nisbatli organizmlar olinadi? a) Bb x Bb b) BB x bb c) Bb x BB
3. G‘o‘zaning hosil shoxi cheklanmagan (A) gomozigotali formasi bilan hosil shoxi cheklangan formasi o‘zaro chatishtirildi. Fj va F2 bo‘g‘imining fenotipi va genotipini aniqlang.
4.Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona o‘simliklar qizil rangda edi, lekin ular chatishtirilganida % qizil, % sariq pomidorlar hosil bo‘ldi. Ota- ona va Fj duragaylarining genotipini aniqlang.
5.Ipak qurti urug‘ining qoramtir rangi (A) oq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali urg‘ochi kapalak shunday erkak kapalak bilan chatishtirilganida olingan naslda qanday ajralish sodir bo‘ladi (%da ifodalang)
6.Ipak qurti lichinkalarining yo‘l-yo‘lligi (A) bir xilligi ustidan dominantlik qiladi. Yo‘l-yo‘l geterozigotali qurtdan chiqqan kapalak bir xil rangli qurtdan chiqqan erkak kapalak bilan chatishtirildi. Fj bo‘g‘inning fenotipi va genotipini toping.
7.Drozofila meva pashshasida normal uzunlikdagi qanot dominant, egilgan qanot (a) esa retsessiv gen ta’sirida rivojlanadi. Naslda fenotip bo‘yicha 3:1 yoki 1:1 nisbatlardagi ajralishlarni olish uchun qanday genotipli organizmlar chatishtirilishi lozim?
8. Qorako‘zilar mo‘ynasining jigarrang bo‘lishini A gen, havorang- kulrangligini esa a geni belgilaydi (jigarrang geni havorang-kulrangga nisbatan dominantlik qiladi). Agar gomozigotali jigarrang qorako‘zan havorang-kulrang qorako‘zan bilan chatishtirilsa, qanday avlod olish mumkin?
9. No‘xatdagi urug‘pallaning sariq rangi yashil rang ustidan dominantlik qiladi. Ota-ona o‘simliklarning o‘z-o‘zidan changlanishi natijasida 33 ta sariq va 11 ta yashil no‘xat olindi. Ota-ona o‘simliklarning genotipini aniqlang. Sariq rangli o‘simliklarning (taxminan) nechtasi gomozigotali, geterozigotali?

10.Pomidor mevasi yumaloq va noksimon shakllarda bo‘ladi. Agar ikki o‘simlikni chatishtirib olingan avlodda yumaloqva noksimon mevali o‘simliklarning soni teng bo‘lsa, chatishtirilgan o‘simliklarning genotipini aniqlang.



11.Jag‘-jag‘ning uchburchak mevali o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganida uchburchak va tuxumsimon mevali o‘simliklar olindi. Chatishtirilgan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
12.Bug‘doyda poyaning past bo‘lishi baland bo‘lishiga nisbatan ustunlik qiladi. Agar ikki o‘simlik chatishtirib olingan avlodning % qismini past bo‘yli bug‘doy o‘simliklari tashkil qilsa, chatishtirilgan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
13.Pashshalar chatishtirilganida F2 da olingan avlodning 1392tasi kulrang va 467 tasi qora bo‘ldi. Boshlang‘ich ota-ona formalarining genotipini aniqlang.
14.Pashshalar chatishtirilganida F2 da olingan avlodning 1392tasi kulrang va 467 tasi qora bo‘ldi. Fj duragaylarining genotipini aniqlang.
15.Dengiz cho‘chqasining qora rangli urg‘ochisi oq rangli erkagi bilan chatishtirilganida olingan avlodlar o‘rtasida oq rangli individlar ham bor edi. Agar junning qora rangi oq rangiga nisbatan dominantlik qilsa, ota- onalarning genotipi qanday?
16. Burishgan va silliq urug‘li no‘xat o‘simligi chatishtirilganida F2 da 7324 ta no‘xat olindi, shulardan 1850 tasi burishgan edi. Bu holatda qaysi belgi dominantlik qilgan? F2 da olingan o‘simliklardan nechtasi gomozigotali ekanligini aniqlang.
17.No‘xat gullarining poya o‘qi bo‘ylab joylashishi gullarning poya uchida joylashishiga qaraganda dominantlik qiladi. Ota-ona o‘simliklari changlantirilganida Fjda olingan o‘simliklarning 72 tasida gullar poya o‘qi bo‘ylab joylashgan va 24 tasida gullar poya uchida joylashgan edi. Ota-ona formaning genotipini aniqlang. F2 da olingan o‘simliklarning nechtasi fenotip jihatdan ota-ona formadan farq qiladi?
18.No‘xat gullarining poya o‘qi bo‘ylab joylashishi gullarning poya uchida joylashishiga qaraganda dominantlik qiladi. Ota-ona o‘simliklari changlantirilganida F1 da olingan o‘simliklarning 72 tasida gullar poya o‘qi bo‘ylab joylashgan va 24 tasida gullar poya uchida joylashgan edi. F1 duragaylarining genotipini aniqlang. F2 da olingan o‘simliklarning nechtasi genotip jihatdan chatishtirilgan ota-ona formadan farq qiladi?
19.Jigarrang va kulrang qorako‘zanlar chatishtirilganida olingan avlod jigarrang, F2 da esa 96ta jigarrang va 31 ta kulrang qorako‘zanlar olindi. Qaysi belgi dominantlik qilgan? F2 da olingan jigarrang qorako‘zanlarning taxminan nechtasi dastlabki ota-onalarning genotipiga o‘xshash genotipga ega?
Download 9.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling