9-sinf ona tili va adabiyoti fanidan test savollari


Download 18.5 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi18.5 Kb.
#1476816
  1   2
Bog'liq
9-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-16


9-sinf ona tili va adabiyoti fanidan test savollari

1. Lirik asarda tuyg`u va o`ylari tasvirlangan shaxs obraziga nima deyiladi?


a. lirik qahramon c. timsol
b. badiiy qahramon d. obraz
2. Adabiyotshunoslikka lirik qahramon tushunchasini ilk marta rus olimi Tinyanov nechanchi yilda kiritgan?
a. 1922 c. 1924
b. 1921 d. 1930
3. “Nega ko`pdir nayrangbozu kazzob kimsalar? Nega bosgan yer yuzini buncha ko`p illat?” Ushbu so`zlar “Sohibqiron” dramasining qaysi qahramoniga tegishli?
a. Qosimbek c. Boyazid
b. Itolmas d. Amir Temur
4. Shekspirning “Venera va Adonis” dostoni kimga bag`ishlangan?
a. Otasiga c. gersog Sautgemtonga
b. onasiga d. hech kimga
5. Shekspir haqida ushbu so`zlar kimga tegishli. “Plavt va Seneka’’ rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo`lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir”.
a. F.Meres c. Sautgempton
b. Berbeji d. otasi
6. Yukovskiy Pushkinning qaysi asari qo`lyozmasi bilan tanishgandan keyin “G`olib shogirdga mag`lub ustozdan” degan yozuv bilan o`z portretini sovg`a qiladi?
a. “Mis chavandoz” c. “Erkinlik”
b. “Ruslan va Lyudmila” d. “Yevgenin Onegin”
7. “Yevgenin Onegin” she`riy romanida bir vaqtlar Onegindan rad javobini olgan Tatyana kimga turmushga chiqadi?
a. Knyazga c. turmushga chiqmaydi
b. Lenskiyga d. Oneginning o`ziga
8. Pushkin “Yevgenin Onegin” she`riy romanini yaratishda kimning asaridan ilhomlanib yaratgan?
a. Bayron “Don Yuan” c. Shekspir “Otello”
b. Mopassan “Azizim” d. Stendal “Qizil va Qora”
9. 10 yoshida dehqon mehnatining barcha zahmatini totgan ijodkor kim?
a. A.Oripov c. Pushkin
b. Ch.Aytmatov d. O.Yoqubov
10. “Asrga tatigulik kun’’ asarida Kazangapning oxirgi vasiyati nima edi.
a. O`g`li Sobitjonning qishloqqa qaytishi c. Qaranorni Ukkibolaga sovg`a qilishi
b. o`zini Ona Bayit Qabristoniga ko`milishi d. a,b,c
11. So`zlovchi nutq jarayonida o`z fikrini dalillash uchun buyuk shaxslarning gaplarini aynan keltiradi.Bunday gaplar qnday gaplar sanaladi?
a. o`zganing gapi c. o`zlashtirma gap
b. muallif gapi d. a, b, c
12. Mazmuni saqlanib, shakli o`zgartirilgan gap qanday gap hisoblanadi?
a. ko`chirma c. o`zlashtirma gap
b. muallif gap d. o`zga gap
13. Darak gap shaklidagi ko`chirma gap o`zlashtirma gapga aylantirilganda ko`chirma gap kesimi qanday shaklda bo`ladi?
a. Tushum krlishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchi
b. qaratqich aniqlovchi
c. o`zgarmaydi
d. A va B javob to`g`ri
14. Ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapga aylantirilganda ko`chirma gap tarkibidagi undalma qanday ifodalanadi?
a. tushum kelishigidagi to`ldiruvchiga c. jo`nalish kelishigidagi to`ldiruvchiga
b. chiqish kelishigidagi to`ldiruvchiga d. A va B
15. Adabiy tilning ijtimoiy harakatdagi ma`lum soha doirasidagi, ma`lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishiga nima deyiladi?
a. badiiy mavzu c. adabiy tasvir
b. nutq uslubi d. tasviriy ifoda
16. Ommaviy axborot vositalari tili qaysi uslubga xos
a. badiiy c. so`zlashuv
b. ilmiy d. publitsistik
17. Publitsistik uslubning og`zaki shakliga xos vositalarni toping
a. radio-televideniye c. kitob
b. gazeta, jurnal d. a,b,c
18. Obrazlilik qaysi uslubga xos
a. ilmiy c. rasmiy
b. badiiy d. publitsistik
19. Aniqlik va mantiqiylik qaysi uslubga xos
a. rasmiy c. so`zlashuv
b. ilmiy d. badiiy
20. Qaysi uslubdan diplomatic munosabatlarda foydalaniladi?
a. ilmiy c. badiiy
b. rasmiy d. so`zlashuv
21. Oilada-ko`cha–ko`yda kishilarninnng fikr almashishi jarayonida qo`llaniladigan nutq uslubi qanday uslub deyiladi?
a. badiiy c. ilmiy
b. so`zlashuv d. rasmiy
22. Publitsistik uslubning og`zaki shakliga nimalar kiradi?
a. radio c. gazeta, jurnal
b. televideniya d. a va b
23. Ilmiy uslubga nimalar kiradi?
a. aniqlik c. izchillik
b. mantiqiylik d. A, B, C
24. Rasmiy uslubga nimalar kiradi?
a. ariza, tilxat, ishonch qog`ozi c. tushuntirish xati, ariza
b. ma`lumotnoma, dalolatnoma d. A, B, C
25. “Yuzaga keltirish”, “yozuv”, “ijod” kabi ma`nolarni bildiruvchi ijodiy mehnat turi
a. insho c.diktant
b. bayon d. A, B, C



Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling