Reja : Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. O’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lash
Download 70.5 Kb.
|
Tabiatshunoslikni o’qitish didabtik tamoyillarini o’rganish va tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili.
Tabiatshunoslikni o’qitish didabtik tamoyillarini o’rganish va tahlil qilish R e j a : 1. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. 2. Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. 3. O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. 4. O’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lash tamoyili. Tayanch iboralar: “didaktika”, “tamoyil”, “muntazamlilik”, “izchillik”, “ilmiylik”, “tushunarlilik”, “nazariya”, “amaliyot”. Hozirgi zamon pedagogikasida o’qituvchining faoliyati hamda o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o’qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltiriladi. O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili. Maktab tabiatshunoslik kursi bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialni bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, kichik yoshli maktab o’quvchilarining tabiat to’g’risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy ob‘ektlar bilan, keyin esa murakkabrog’i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi. O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o’qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o’quv fanlarini o’qitish qat‘iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o’rganadilar. Muntazamlilik va izchillik tamoyili o’quv jarayonining hamma bo’g’inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darslik va dasturlarni tuzishda o’z aksini topadi. O’quv dasturida nazariy va amaliy mashg’ulotlarning bir-biriga uzviy bog’lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o’quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim. Tabiat haqida juda ko’plab ma‘lumotlardan kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o’lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta‘lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o’quv materiali tanlanadi. O’qitishning muntazamliligi, ya‘ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, jumladan nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o’yinlar (bu boshlang’ich sinflardagi o’qitish uchun xarakterlidir) bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta‘limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi maydonchasidagi ish va unumli mehnat bilan bog’lanishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o’quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o’quv materialining tushunarli bo’lishi bilan belgilanadi. Chunonchi: bizning maktab, uy hayvonlari va parrandalari, atrofimizdagi olam (1-2 sinflar); yer usti va yer osti suvlari, tabiiy o’simliklar, madaniy o’simliklar, sog’lom bo’lay desangiz(3-sinf); Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora, Yer yuzi tabiatinin xilma-xilligi, Vatanimiz bo’ylab sayohat (4-sinf) aks ettiruvchi materialni izchillik bilan o’rganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, geografiya, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyena bo’yicha oddiy (elementar) ma‘lumotlarni beradi. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling