99. Yangi pedagogic texnologiya asosida texnologiya darslarini tashkil etish
Download 396.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqgost savollari 99-112
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100. Boshlang„ich sinf texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish Javob
99. Yangi pedagogic texnologiya asosida texnologiya darslarini tashkil etish. Javob: Texnologiya so’zi yunoncha bo’lib, texne – mahorat, san’at; logos –ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so’z sanoatda yoki qishloq xo’jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qo’llanadigan usul va metodlar yig’indisini bildiradi. Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o’ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu talim jarayoniga innovasion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo’llaniladigan ilg’or metod va usullar, texnika vositalari, o’qitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir o’quvchi shaxsi, ruxiy o’ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir. Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim olishga qiziqish va ehtiyoj uyg’otish, unga kashf etish lazzatini his ettirish demakdir. 100. Boshlang„ich sinf texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish Javob: O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini davom ettirilishi, to‘garak ishlari, jumladan “Mohir qo‘llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik to‘garaklari” kabi to‘garaklar keng tarqalgandir. O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta’lim-tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u bolani har tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlab, chuqurlashtirishi, amalda qo‘llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan biri bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta’lim va tarbiyasi bolalarda fan-texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini o‘stirish masalalarini hal etishga yordam beradi. Mehnat ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomidir. O‘quv mashg‘ulotlari bilimlarga qizi qishini o‘stiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo‘llash hamda chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tash qari ish darsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o‘zining o‘yin, qiziqarli tabiati bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga ishning o‘zlariga ko‘proq yoqqan, o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon yaratadi. 101. Turli-xil materiallar bilan ishlash. Javob: Turli materiallar bilan ishlash. Plastilin va noorganik materiallar: loy, qum, sement, yog’och, folga, yumshoq sim, tunuka bilan ishlash. Turli materiallar bilan ishlash 1-sinf Texnologiya darsligida tabiiy materiallar bilan birgalikda o’tiladi. Bunda o’quvchilar tabiiy va turli materiallardan foydalanib turli hayvonlar, gullar yasashni o’rganadilar. Turli materiallar bilan ishlash darslarining texnologik xususiyatlari, qog’oz va karton bilan ishlash hamda gazlama va tolali materiallar bilan ishlash darslaridan farq qiladi. Chunki qog’oz, karton va gazlama hamda tolali materiallar tayyor mahsulot bo’lib, ulardan turli o’yinchoqlar yasaladi, ularning chiqindilaridan ham tejamkorlik bilan foydalanish o’rgatiladi. Turli materiallar bilan ishlashda esa, eng avval, qaysi narsadan nimalar yasash mumkinligini avvaldan rejalab, anchayin izlanib, tabiat qo’ynidan axtarib topib, yig’ib olingandan so’ng, reja asosida turli o’yinchoqlar, ertaklar asosida ko’rsatmali ko’rinishlarga boy personajlar yasash mumkin. Turli multfilmlar asosida qahramonlar qiyofalari, turli rangli manzaralar yasaladi. 102. Kasblarning tiplarga bo„linishi va ularning turlari Javob: Mеhnat prеdmеtiga qarab barcha kasblar bеshta tipga bo’linadi. 1. «Odam - tabiat» . Bu yеrda mеhnatning asosiy yеtakchi prеdmеti jonli tabiatdir. Bu tipga masalan, quyidagi kasblar kiradi: urug’shunos, mеva-sabzavotshunos, davlat urug’chilik inspеktsiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik-baktеriologik analiz laboranti, zootеxnik, agronom. «Odam-tabiat» tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: O’simliklar organizmi mеhnat prеdmеti bo’lgan kasblar; hayvonlar organizmi mеhnat prеdmеti bo’lgan kasblar; mikroorganizmlar mеhnat prеdmеti bo’lgan kasblar. 2. «Odam-tеxnika». Bunday kasblar tipida mеhnatning asosiy yеtakchi prеdmеti tеxnika ob῾еktlari (mashinalar, mеxanizmlar va boshqa shunga o’xshashlar), matеriallar, enеrgiya turlaridan iborat bo’ladi. Jonsiz tabiat ob῾еktlari (Yer osti boyliklari, tuproq, suv, o’rmon va qishloq xo’jaligi mahsulotlari) ham ko’p jihatdan shularga o’xshagan bo’ladi. «Odam-tеxnika» tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: qazib olingan tuproq, tog’ jinslariga ishlov bеrish bilan bog’liq bo’lgan kasblar: buldozеr mashinisti, burg’ulash kurilmasining dizеlisti, kon tеxnigi, muxandis-gеolog va shunga o’xshashlar; nomеtall sanoat matеriallari, buyumlar, chala mahsulotlarga ishlov bеrish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar: duradgor, kеng profildagi optik, to’quvchi, tikuvchi-modеlеr, muxandis-tеxnolog va boshqalar; mеtall ishlab chiqarish va unga ishlov bеrish, mashinalarni, priborlarni mеxanik usulda yig’ish va montaj qilish bilan bog’liq bo’lgan kasblar: 3. «Odam-odam». Bu yеrda asosiy mеhnat prеdmеti odamlardir. Mazkur mеhnat sohasida mayllar, kiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o’quv prеdmеtlaridan tashqari, siz shaxsan o’zingiz jamoa bo’lib o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam bеradi. Makzur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin:Odamlarni o’qitish va tarbiyalash bilan, bolalar jamoasini uyushtirish bilan bog’lik, bo’lgan kasblar: maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi, ishlab chiqarish ta'limi ustasi, o’qituvchi va boshqalar; ishlab chiqarishni boshqarish, odamlarga, jamoalarga rahbarlik qilish bilan bog’liq bo’lgan kasblar: avtotransport qorxonasining dispеtchеri, ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha muxandis-iqtisodchi 4. «Odam-bеlgilar tizimi». Kasblarning bu tipida shartli bеlgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun'iy tillar asosiy еtakchi mеhnat prеdmеti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi bеlgilar va bеlgi tizimlari dunyosida tеkstlar, chizmalar, sxеmalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo’l bеlgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tеgishli mutaxassislar ham zarur. 5. «Odam - badiiy obraz». Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari еtakchi mеhnat prеdmеti hisoblanadi. Bu еrda quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin: tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan kasblar: badiiy mеbеllar ishlab chiqarish bo’yicha duradgor, toshga o’yib gul soluvchi, yoritish elеktrotеxnigi (tеatrda), poyabzal kanstruktor-modеlеri, dizaynеr-rassom va boshqalar 103. Kasb hunar o„rganishda Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarning qarashlari. Javob: Ulug’ alloma, o’zbek she’riyatining sultoni, mir Alisher Navoiy asarlarida mehnatning ulug’vorligi, egallangan kasb-hunarni avaylabasrab faoliyat yuritish kerakligini guvohi bo’lamiz: Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir. Qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning ilmiy faoliyatida ham mehnatga bo’lgan ilmiy qarashlarni ko’rishimiz mumkin. Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat xalqning qadr-qiymati ekanligini, uning manfaati uchun esa astoydil kurashish kerakligini Ibn Sino asarlarida uchratamiz. Mutafakkirning ilmiy qarashlaridan birini - “Odam ijtimoiy jondir” degan fikridan anglash mumkin. Bu fikrning ilgari surilishi shundan dalolat beradiki, Ibn Sino odamning yaxshi yashashi, sog’lom turmush tarziga erishishi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini muhim deb biladi. Olimning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror hunarni o’rgansa, unu hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo’lsagina, otasi uni uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi. Olim ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. 104. Maktablarda texnologiya ta‟limining o„qitilishi. Javob: Texnologiya” fani darslari jarayonida turli tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologik usullar asosida ishlov berish ishlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Texnologiya” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad – o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. 105. Texnologiya darsligining boshqa fanlar bilan aloqasi. Javobi: Texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, texnologiya taʼlimi va kasbga yoʻllash metodikasi, chizmachilik va rasm oʻqitish metodikasi, maktab gigiyenasi kabi fanlarni oʻrganishda amalga oshadi. SHunday qilib, texnologiya taʼlimi oʻqituvchisini tayyorlashda “Texnologiya taʼlimi metodikasi” ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqa fanlarni (pedagogika, psixologiya, slesarlik ishi va hokazolarni) takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin bogʻlanishda boʻladi. SHu sababli oldindan inson psixik faoliyatining, oʻquv jarayonini tashkil qilishning umumiy qonuniyatlarini, shuningdek sanoat ishlab chiqarishi texnikasi, texnologiyasi tashkil qilinishi va ekonomikasi asoslarini egallamay turib “Texnologiya taʼlimi metodikasi” kursini oʻzlashtirib boʻlmaydi. 106. Texnologiya darslarida ilmiylik va sistemalilik tamoyili. Javob: Download 396.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling