A 2/3 b 3/4 c 1/4 +D 1/3


Download 38.63 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi38.63 Kb.
#1579217
  1   2
Bog'liq
2-test bozorkungi


#1. Azot va metanning 60 ml aralashmasi 60 ml (mo‘lmiqdordagi) kislorodda yondirildi. Reaksiya tugagandan so‘ng reaksion aralashma dastlabki sharoitga keltirilganda aralashmaning hajmi 80 ml ga teng bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi metanning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 2/3 B) 3/4 C) 1/4 +D) 1/3
#2. 200 ml 1M li NaOH eritmasiga 300 ml necha M li H2SO4 eritmasi qo‘shilsa, hosil bo‘lgan eritmaning pH qiymati 1 ga teng bo‘ladi?
A) 14/3 +B) 5/12 C) 1,2 D) 1/2
#3. Ikki xil ishqoriy yer metal (Ca va X) oksidlari 3:2 mol nisbatda aralashtirilganda kalsiyning massa ulushi ikkinchi oksidnikidan 1,5 marta katta bo’ldi. Ikkinchi oksid molyar massasini (g/mol) aniqlang?
+A) 40 B) 153 C) 104 D) 25
#4. CO+O2=CO2 sistemasidagi CO ning dastlabki konsentratsiyasi 5 mol/l. Reasiyada 50% kislorod sarflanganda muvozanat qaror topdi. Muvozanat vaqtidagi karbonat angidridning konsentratsiyasini anqilang.( KM=8)
+A) 4 B) 2,25 C) 1 D) 2,5
#5. 28,8 g XO tarkibli metall namunasi teng ikki qismga ajratildi. Birinchi qismni qaytarish uchun molyar nisbati 1 : 1 bo’lgan H2 va CO aralashmasidan 3 g sarflandi. Ikkinchi qismni qaytarish uchun 3,6 g Z metall sarflanga bo’lsa, Z ning ekvivalentini toping.
+A) 9 B) 20 C) 27,5 D) 32,5
#6. I velentli metall gidridi suvda to‘liq eritilganda olingan ishqorning massasi (g) dastlabki metall gidridi massasidan 4 g ga ko‘p. Agar metall gidridi va ishqorning massa yig‘indisi 16 g ga teng bo‘lsa, metallni aniqlang.
+A) Na B) Li C) K D) Cs
#7. Molekulasida vodorod atomlari soni o‘zaro teng bo‘lgan alkan va alken berilgan. 0,2 mol alkan va 0,3 mol alkendan iborat aralashma yondirilganda olingan karbonat angidirid ishqor eritmasiga yuttirilganda eritma massasi 57,2 g ga ortdi. Alkenni aniqlang.
A) eten B) buten C) penten +D) propen
#8. 30°C dagi 10M li chumoli kislota eritmasining (Kdis = 1∙10-5) pH qiymati, sianid kislota eritmasinikidan ikki yarim baravar kam bo’lishi uchun sianid kislotaning konsentratsiyasi necha (mol/l) bo’lishi kerak?
(Kdis = 4∙10-10)
A) 2,5 B) 3 +C) 0,25 D) 0,3
#9. Natriy fosfat va kalsiy xlorid miqdorlari 1:2 mol nisbatda bo’lgan eritmalar aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmada kalsiy va xlorid ionlari qanday mol nisbatda bo’ladi?
A) 1:16 +B)1:8 C) 1:16 D) 1:5
#10. CnH2n-1Cl tarkibida 33,97 % xlor bo`lsa, n – qiymatini toping.
A) 6 +B) 5 C) 4 D) 3
#11. Siklobutan bromlanganda vodorod atomining massa ulushi qanday o`zgaradi.
+A) 0,26 marta ortadi B) 2,75 marta kamayadi
C) 9,1 % ga kamayadi D) 10,6 marta kamayadi
#12. CM ( ) = 0,0025 bo’lgan 500 ml eritmaga necha ml H2O quyilsa, eritma pOH qiymati 11 ga yetadi ?
A) 500 +B) 750 C) 1000 D) 2000
#13. 142,8 g suvda 57,2 g Na2SO4*nH2O eritlishdan zichligi (p=1g/ml) eritma hosil bo’ldi shu eritmada 1,4 mol/l natriy kationi bor bo’lsa n aniqlang (suvni dissotsiyalanishni hisobga olmang) (a=70 %)
A) 5 B) 6 C) 10 +D) 8
#14. Titr konsentratsiyasi 137,7 mg/ml bo’lgan vodorod galogenidni molyar konsentratsiyasi 1,7 M ga teng bo’lsa, vodorod galogenidni aniqlang.
A) HJ B) HCl C) HF +D) HBr
#15. 2 mol aluminiy digidrofosfat va 3 mol aluminiy gidroksid reaksiyasi natijasida qanday tuzlar hosil bo’ladi?
+A) Aluminiy fosfat va aluminiy gidrofosfat
B) Aluminiy fosfat
C) Aluminiy gidrofosfat
D) Aluminiy gidrooksofosfat
#16. Davriy sistemada ketma-ket joylashgan X, Y va Z element atomlaridan hosil bo’lgan X+4, Y-3 va Z+6 zaryadli ionlari tarkibida 38 ta elektron bo’lsa, Y atomning yadro zaryadini aniqlang.
A)+14 +B) +15 C) +16 D) +17
#17. Zichliklari 0,9 g/ml va 1,5 g/ml bo‘lgan eritmalar aralashtirilganda 1200 g (p=1,2 g/ml) bo‘lgan eritma olindi. Dastlabki eritmalar hajmini (litr) aniqlang.
A) 0,3; 0,7 B) 0,8; 0,2
C) 0,6; 0,4 +D) 0,5; 0,5
#18. 26,88 litr (n.sh.) etilen necha ml (ρ= 1,58) 50%li KMnO4 eritmasini to’la rangsizlantiradi?
A) 250 +B) 160 C) 200 D) 158
#19. 200 g 27 % li CuCl2 eritmasi elektroliz qilindi. Elektroliz jarayonida 0,6 mol suv sarflangan bo‘lsa, eritmadan qancha faraday tok o‘tgan?
+A) 2 B) 1 C) 1,8 D) 2,6
#20. X°C da reaksiya tezligi 0,2 mol/(l-s) bo‘lsa, temperatura 167C gacha oshirilganda reaksiya tezligini 5,4 mol/(l-s) ga teng bo‘lsa, X ni toping. (γ=3)
+A)137 B)127 C)147 D)117
#21. Tarkibida 40% CaCl2 bo‘lgan 100 g eritmaga X g suv qo‘shilganda eritma konsentrasiyasi 15% ga kamaydi. X ni aniqlang.
A)30 B) 40 C) 50 +D) 60
#22. Teng massadagi Fe, S va O2 to’la ta’sirlashishi natijasida 0,2 mol Fe2(SO4)3 hosil bo’lsa, ortib qolgan moddalar va ularning massalarini (g) aniqlang.
A) Fe=22,4 g; S=9,6 g
+B) Fe=16 g; S=19,2 g
C) Fe=16 g; S=6,4 g
D) Fe=1,6 g; S=1,92 g
#23. Co2O3 + HCl → … Ushbu reaksiya tenglamasini tugallang va barcha koeffitsiyentlar yig’indisini toping.
A) 12 +B) 13 C) 14 D) 15
#24. CaCl2 · xH2O ning 80,4 gr miqdori tarkibida 4 gr vodorod borligi ma’lum bo’lsa, kristallizatsion suv molekulasini sonini (x) aniqlang
+A) 5 B) 6 C) 4 D) 2
#25. Me(OH)n tarkibli noma’lum birikmaning 0,015 ekv. miqdorida kislorod va metallning massa farqi 0,315 gr ga teng bo’lsa, metallni toping.
+A) Al B) Sc C) Mg D) Be
#26. Qaynoq 56% li KOH eritmasida yetarlicha oltingugurt eritilganda eritma massasi qanday ortadi?
A)12% +B) 16% C) 96% D) 24%
#27. NaOH eritmasidagi kislorodning massa ulushi 80% ni tashkil qiladi. Shu eritmaning 330 gr miqdorida nechta Na+ ionlari bo’ladi? (α=1)
+A) 90,3×1022 B) 210,7×1022
C) 150,5×1022 D) 30,8×1023
#28. Isgazi tarkibida nechta kimyoviy bog’ mavjud
A)1 B)2 +C)3 D)4
#29. Noma’lum massali stalagmitdagi molekulalar soni bilan atomlar sonining farqi 9,03*1023 ga teng bo’lsa, stalagmit massasini aniqlang.
+A) 37,5 B) 30 C) 67,5 D) 17,5
#30. NaNO3 va Cu(NO3)2 dan iborat aralashma yuqori temperaturada qizdirilganda tarkibida 0,3 mol O2 bo‘lgan 18,8 g gazlar aralashmasi hosil bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarning (berilgan tartibda) mol nisbatini aniqlang.
+A) 5:1 B) 1:5 C) 2,5:1 D) 1:2,5
#31. MeSO3 tuzi o’z miqdoridan (mol) ikki marta ko’p xlorid kislotada eritilganda, 200 g 19 % li eritma hosil bo’ldi va 8,96 l (n.sh) gaz ajraldi. Me ni aniqlang.
A) Zn +B) Mg C) Ca D) Ba
#32. Ammiakdan 42,84 g nitrat kislota olingan. Shu jarayonda o’rtacha reaksiya unumi (%) dastlabki ammiak massasidan 4 marta ko’p bo’lsa, sarflangan ammiak massasini toping.
A) 15,3 B) 14,45 C) 11,9 +D) 17
#33. XO ning nisbiy molekulyar massasi YO2 nikidan 8 birlikka yuqori bo’lib, elektronlari soni 2 taga ko’p bo’lsa, X va Y neytronlari nechtaga farq qiladi ?
A) 12 B) 13 +C) 14 D)15
#34. Etalon sifatida Br2O5 absalyut massasining 1/24 qismi olinsa, kalsiyning nisbiy atom massasi nimaga teng bo’ladi?
A)400 B)40 C)10 +D)4
#35. 3d4 elektrondan magnit va spin kvant soni bilan farqlanadigan elektronni ko’rsating. A) 3d3 B) 3d5 +C) 3d7 D) 3d9
#36. ushbu yadro reaksiyada 3,01∙1019 dona pozitron hosil bo’lsa,parchalangan Fm miqdorini (mg) aniqlang.(Fm va E elementlar o’zaro izoton)
A)12,8 B)25,6 +C)6,4 D)6,25
#37. 50%li Galitning eritmasini 75% ga yetgazish uchun necha % suv bug’lanishi kerak.
+A)33.3% B)55.5% C)22.2% D)66.6% #38. Tarkibida donor-akseptor bog’i bo’lgan molekula yoki zarrachalarni aniqlang.
1) NH4Fe(SO4)2 2) FeCl3 3) H3O+
4) CO 5) Na[Al(OH)4) 6) HNO3
7) H2SO4 8) N2O 9) K3PO4 10) CCl4
+A) 1,3,4,5,6,8 B) 3,4,6,8,10
C) 1,2,5,8,9 D) 5,6,7,9,10
#39. 202,65 kpa bosim va 323 K da turgan nomalum gazning absolyut zichligi 2,416 g/l keladi. Nomalum gazning molyar massasini toping.
A) 44 +B) 32 C) 28 D) 38
#40. Hajmiy nisbati 2:5:3 bo`lgan silan, kislorod va azotdan iborat aralashma yoqildi va 200C gacha sovutildi. Ohirgi gazli aralashmaning o`rtacha molyar massasini (g) aniqlang?
A) 19 g +B) 29 g C) 39 g D) 49 g
#41. 13 gramm metall suyultirilgan xlorid kislota eritmasida eritilganda 4,48 litr (n.sh) gaz ajralgan bo’lsa, metallni toping.
A) Fe +B) Zn C) Cu D) Mo
#42. Natriy gidroksid eritmasining molyar va foiz konsentratsiyalari nisbati 1:3 bo'lsa, uning zichligi qandayligini toping, (g/ml)
A) 1,11 B) 1,22 +C) 1,33 D) 1,44
#43. Quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirishda yordam beradigan reagentlarni ko’rsating.
(CuOH)2CO3  CuO  CuSO4  Cu(OH)2
+A) harorat, H2SO4, KOH
B) CO2, SO3, KOH
C) CuO, SO2, KOH
D) Cu(OH)2, H2SO4, KOH
#44. 4,9 g XeF6 va suv 1:3 mol nisbatda reaksiyaga kirishganda sp3-gibrilanishli Xe li birikma bilan birga hosil bo’lgan HF massasini (g) ni aniqlang.
A) 1,6 B) 0,2 C) 2,4 D) 0,8
#45. Hajmi 5,6 litr (n.sh.) bo‘lgan Ar va hajmi X litr (n.sh.) bo’lgan N2 dan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 18 ga teng. X aniqlang.

Download 38.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling