1. Gipoteza (faraz) so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni ifoda qiladi?
A) Arabcha “ma’no” “mazmun” degani
B) Fors-tojikcha “axloq” degani
C) Fransuzcha “tarbiya” degani
D) Grekcha “asos”, “taxmin” degani
2. Gipotezaning paydo bo‘lishi dastlab qaysi fan sohasi vakillari faoliyati bilan bog‘liq?
A) Faylasuflar B) matematiklar
C) adabiyotshunoslar D) astronomlar
3. Quyidagilardan qaysi biri farazni ilgari surish qoidalari qatoriga kirmaydi?
Faraz o‘zi tegishli bo‘lgan barcha faktlar bilan kelishgan bo‘lishi yoki, hech bo‘lmaganda, ularga muvofiq bo‘lishi kerak.
Mantiqiy izchillikka amal qilmaslik.
Faktlar turkumini izohlash uchun ilgari surilgan ko’plab bir- biriga zid bo’lgan farazlar ichida shu faktlarning eng ko’pini bir xilda izohlaydigani maqbulroqdir.
Faktlarning bog’langan turkumini izohlash uchun imkoni boricha kamroq farazlarni ilgari surish kerak va ular imkoni boricha mahkamroq bog’langan bo’lishi kerak.
Ilmiy farazlar har doim o‘z tasdig‘ini topadi, hech qachon inkor qilinmaydi.
Farazlarni ilgari surishda uning xulosalarining ehtimolli tusini idrok etish zarur.
Bir-biriga zid keladigan farazlarga asoslanib ish qilish mumkin emas.
A) 2,5 B) 1,4 C) 5,7 D) 3,6
4. Bevosita kuzatilayotgan hodisa, o‘rganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar xususiyati haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi.
Ushbu ta’rif farazning qaysi turi uchun xos?
A) Tadqiqot farazi B) Xulosa sifatidagi faraz
C) Eksperimental faraz D) Faktlar asosidagi faraz
5. Obyektiv voqelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi, fikrning bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo’lgan harakati hisoblanadi.
Ushbu ta’rif farazning qaysi turi uchun xos?
A) Tadqiqot farazi B) Xulosa sifatidagi faraz
C) Eksperimental faraz D) Faktlar asosidagi faraz
6. Tasdiqlash uchun tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan taxminlar. Ular, albatta, nazariyaga asoslanmagan. Barcha eksperimental gipotezalarning umumiyligi operatsiyani bajarish xususiyatiga ega, ya'ni ekspozitsiyalarni maxsus eksperimental protseduralar asosida shakllantirishdir.
Ushbu ta’rif farazning qaysi turi uchun xos?
A) Tadqiqot farazi B) Xulosa sifatidagi faraz
C) Eksperimental faraz D) Faktlar asosidagi faraz
7. Quyidagi qaysi belgilar farazning tabaqalashtiruvchi belgilari sirasiga kirmaydi?
Farazning uni yaratish uchun asos bo’lgan va asoslanishi uchun yaratilgan faktlarga muvofiqligi;
Tekshiriluvchanligi;
Imkoni boricha kengroq hodisalar doirasiga nisbatan berilishi mumkinligi;
Nisbatan soddaligi;
Mantiqiy izchillikka rioya qilmaslik;
Mazmunida muammoni hal etish usullari va natijalari haqidagi taxminning mavjudligi;
Mantiqan zid kelmasligi;
Natijaga yo‘naltirilganligi.
Faktlarning muhimlik darajasining pastligi.
A) 1,3 B) 5,9 C) 2,4 D) 6,7,8
8. Qaysi qatorda keltirilgan klishelashtirilgan jumla farazning ifodalanishida qo‘llanilmaydi?
A) “agar..., unda...” B) “chunki...”
C) “bo‘lgani holda...” D) “binobarin...”
9. Ishchi gipoteza...
A) Kuzatilayotgan dalillarni kelib chiqish sabablari ehtimoli haqida yoki bo‘lmasa voqelik va jarayonlarini ko‘zda tutilayotgan rivojlanish haqida tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan asoslangan taxmin.
B) Tadqiqot obyekti (voqelik, jarayon va h.k.) bo‘yicha mavjud bilimlar doirasidan kengroq mazmunda shakllantiriladi.
C) Yangi ilmiy natijalarni izlashga asos bo‘lib xizmat qiluvchi ehtimollik xarakteriga ega yangi g‘oyalar ilgari suriladi.
D) Barcha javoblardagi ma’lumotlar ishchi gipotezaga aloqador.
10. Gipoteza mustaqil tadqiqot uslubi sifatida qachondan qo‘llanila boshlangan?
A) XX asr boshlaridan
B) XVII asr oxiridan
C) XIX asr o‘rtalaridan
D) XX asr oxirlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |