A avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 144.13 Kb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi144.13 Kb.
#1307311
  1   2   3   4   5

A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA'LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish - 2022” loyihasi
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
moduli bo‘yicha

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quvchilarni baholash
usullari
o‘quv kursining
Baholash usullari, mezonlari, vazifalari va unga qo‘yilgan talablar”
mavzusidan ma'ruza matni

Ma'ruzasi: Abdullajonov Arabboy Ibroxim o‘g‘li
Toshkent 2021
2-Mavzu: Baholash usullari, mezonlari, vazifalari va unga qo‘yilgan
talablar
Reja:

  1. Baholash nima?

  2. Baholash va uning turlari.

  3. O‘quv topshiriqlaridan na'munalar.

BAHOLASH NIMA? Baholash - dasturni tanqidiy ko‘rib chiqadigan jarayon. Bu dasturning faoliyati, xususiyatlari va natijalari haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Uning maqsadi dastur to‘g‘risida qaror qabul qilish, uning samaradorligini oshirish, dasturiy qarorlardan xabardor qilish hisoblanadi (Patton, 1987).

summativ.
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi tufayli yuqori malakali inson kapitali asosiy resursga aylanayotgan sharoitda tabiiy fanlarni zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarga ta'lim berishning samarali shakllari va usullarini ta'lim tizimiga joriy etish orqali o‘quvchilarning AKT savodxonlik darajasini o‘stirish, kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.



FORMATIVE

SUMMATIVE
O‘quvchilarning AKT to‘g‘risidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda, asoslab berishda Informatika va AT o‘quv predmeti muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq ta'limi tizimida Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturi asosida o‘qitishni nazarda tutadi. Baholash ikkita keng toifani o‘z ichiga oladi: Formativ va
Formativ baholash - dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish paytida o‘tkaziladi va agar siz maqsadingizga qanday erishish yoki dasturingizni qanday yaxshilash kerakligi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz foydali bo‘ladi.
Summativ baholash - sizning dasturlaringiz yaxshi tashkil etilganidan keyin yakunlanishi kerak va sizga dastur o‘z maqsadlariga qay darajada erishayotganligini aytib beradi.
Formativ (shakllantiruvchi, joriy) baholash - ta'lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta'lim jarayoni samarasini tezkor aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta'minlash maqsadida o‘tkaziladigan baholash jarayonidir. Shakl jihatdan u ham kirish (o‘rganilayotgan mavzuning boshida), ham kundalik (o‘quv jarayonida) bo‘lishi mumkin.
Summativ (umumlashtiruvchi, jamlovchi) baholash - ta'lim jarayonining ma'lum bir muhim bosqichida (masalan, modul yoki fan oxiri, semestr yoki chorak, o‘quv yili oxiri, ta'limning bir bosqichi nihoyasi yoki ta'limning keyingi bosqichiga o‘tishdan oldin) ta'lim oluvchining ta'limiy maqsadlarga qay darajada erishganligini o‘lchash jarayoni hisoblanadi. Baholash mazmunli bo‘lishi uchun mazkur jarayon parametrlar, mezon va ko‘rsatkichlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Parametr nimani baholash kerakligini ko‘rsatadi. Mezon erishilgan natijani baholanishi zarur xususiyatini aks ettiradi.

Download 144.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling