A. I. Gertsen (moddiy jismlar va hodisalarning mavjudligining har XIL shakllari)
Download 66.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqпропгшгш
Psixika va ongning rivojlanishi tahlili Rivojlanish (murakkabroq shaklga o’tish) Psixikaning paydo bo’lishi (organic tabiatning paydo bo’lishi) Antropopsixizm (psixika faqat insonga xos) 1. Neyropsixizm (psixika materiyaga xos emas) Biopsixizm (psixika tirik materiya xossasi) Panpsixizm (psixika materiyaning mulki) Harakat, o’zgarish va rivojlanish holatida Biologik evolyutsiya Hayotning rivojlanishi (hayotning oddiy shakldan murakkab shaklga o’tishi) Ch. Darvin ta’limoti A.I.Gertsen (moddiy jismlar va hodisalarning mavjudligining har xil shakllari) “turli yo’nalishlarga tashlaydi va hech qachon oldinga yurmaydi” – A.I.Gertsen
2. Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari. Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma'lumotlarning ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni shisoblanib, moddiy qo’zqatuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etishi orqali real olamdagi narsa va shodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning a'zolarining) ichki sholatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo’zqatuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta'limotlariga ko’ra analizatorlar uch o’zaro uzviy uyqunlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir: 1) tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni reseptordan; 2) analizatorlarning pereferiya qismini markaziy qism bilan boqlovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan; 3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (sharakatlari) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir. Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta'sirotnii eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi. Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch. Sherringtonga taaluqlidir): 1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan shamda reseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya'ni eksterioreseptiv sezgilar (reseptorlar); 2) ichki tana a'zolari sholatlarini in'ikos etuvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar; 3) tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, boqlovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar. Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, shidlash, teri-tuyush, ta'm-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stini tepa burmasining qismidan joy egallagandir. Teri-tuyush, sharakat sezgilari miya po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir. Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, yuosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi: a) o’zgarish endolimfa suyuqligiga boqliq qo’zqalish; b) eshitish nervi; v) vestibulyator nerv; g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi; d) miya apparatiga o’tadi. Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra, reseptor yoinki sezgi a'zolari ularga ta'sir qiluvchi qo’zqatuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar sharakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, sharakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir. Diqqatni diagnostika qilish metodlari (P’eron - Ruzer metodikasi, Shult jadvali) P’eron – Ruzer metodikasi. Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi. Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (jadval). Download 66.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling