A narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish


Download 210.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.12.2020
Hajmi210.41 Kb.
  1   2   3

                 21-variant

1. Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, 

islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Narxlarni erkinlashtirish xom-ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va 

korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu 

yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:

a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish;

b) narxlarning o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;

v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.

Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, shu yo‘llardan birini tanlashda ulardan har birining

mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday 

darajada ta’sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va 

kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining 

turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li 

tanlab olindi. Shu yo‘l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) 

keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli 

mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash 

maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, 

ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat 

tomonidan tortibga solish to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan 

narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.

Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktabr-noyabr) xalq iste’mol mollari 

asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari 

oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni 

bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini 

ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli 

kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‘armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam 

miqdori muntazam 

suratda oshirib borildi

, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj 

qismiga yordam ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.

Asosiy tayanch tushunchalar:

Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi 

yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha

foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.

Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib 

boriladigan kurash.

Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida 

tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar

(firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish 

hajmini belgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.

Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish 

hajmini belgilashdagi hukmronlik holati.

Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida 

ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki 



xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini 

belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.

Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki 

xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati.

Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish

raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.

Kartel – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari 

ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni

sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, 

sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab 

chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular 

tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga 

oshiriladi.

Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab

chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.

Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida 

birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki 

investitsiyalar qo‘yish).

Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank 

kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma 

ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 

turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi.

Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining 

puldagi ifodasidir.

Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo‘la ko‘tarasiga 

sotilganda qo‘llaniluvchi narx.

Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda qo‘llaniluvchi narx.

Dotatsiyalashgan narx – davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.

Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun 

foydalaniluvchi narx.

Nufuzli narx – aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan tovarlarni sotishda 

qo‘llaniluvchi narx.

Narx diapazoni – narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi.

Erkin narx – talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi.

2.

 moddiy neʼmat va maishiy xizmatlarda ifodalangan,  ish haqiga sotib olish 



mumkin boʻlgan  tovarlar va xizmatlar miqdori Real ish haqi isteʼmolchilar 

oʻzlarining haqiqiy ish haqlariga amalda qanday miqdorda isteʼmol neʼmatlari sotib

olishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini koʻrsatadi. Real ish haqi 

ham nominal ish haqi miqdori, ham isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari 

darajasi, shuningdek, ish haqidan toʻlanadigan soliqlar hajmi bilan belgilanadi.

Real ish haqi, infulatsiya sharoitlarida, agar inflyasiya ish haqini oshirish, 

indeksatsiyalash bilan qoplanmaydigan boʻlsa, pasayib ketadi. Real ish haqi 

boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosib, isteʼmol 

buyumlari va xizmatlar narxi darajasiga teskari mutanosibdir.

3. 


Yevropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar va AQShda butun XIX asr davomida, ya‘ni klassik

siyosiy   iqtisodning   marjinalizm   bilan   o’rin   almashish   davriga   qadar,   klassik   maktab   g’oyalarining   va

konsepsiyalarining   keyingi   rivojlanishida   A.Smit   ta‘limoti   asos   bo’lib   keldi.   Shu   ma‘noda   Fransiyada   A.Smit

g’oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767–1832) hisoblanadi.



U 1767-yil, 5 yanvarda Lionda savdogar oilasida tug’ildi. Oilaviy tadbirkorlik an‘analarini davom ettirish

uchun zarur bo’lgan bilimni olish bilan birga J.B.Sey o’z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni

o’rganish   bilan   shug’ullandi.   Keyinchalik   ma‘lum   bo’lishicha,   u   A.Smitning  ―Odamlar   boyligi‖  asariga   asosiy

e‘tibor qaratgan. Undagi g’oyalarni  ommaviylashtirish uning fikricha, Fransiya manfaatlariga ham, shuningdek,

barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi.

J.B.Sey hayotda har xil mashg’ulot  turlari  bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi  bo’lib

ishladi, Fransiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning

hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida

A.Smit konsepsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda

J.B.Sey  sanoatning  yuksalishiga    va    xalq    boyligini    ko’paytirishga    to’sqinlik    qiluvchi    ―man etuvchi tizim ga

qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi  g’oya,  xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik



hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risidagi g’oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha

davrdagi Fransiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi.

Napoleon   ―Traktat‖  bilan   tanishib  chiqqach,  uning  muallifini suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini

tubdan qayta ishlashni taklif qilgan.  J.B.Sey  bu  taklifni  rad  etdi  va  siyosiy  ―sahnadan‖  ketishga majbur bo’ldi.

Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yili uni

sotib, topgan  puliga

«Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814-yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt

ichida yana uch marta 1817, 1819 va 1826-yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima

qilindi.


Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-

olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni

davom ettirdi, ko’plab leksiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish

mahoratini   namoyish   etdi.   J.B.Sey   asarlarida   iqtisodiy   fan   sof   nazariy   va   tavsifiy   fanga   aylandi.   U   iqtisodiy

nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma‘qulladi.

«Sey   qonuni».  J.B.Sey   A.Smitning   erkin   bozor,   bahoning   erkin   shakllanishi,   ichki   va   tashqi   savdo,

tadbirkorlarning   cheklanmagan   erkin   raqobati   va   proteksionizmning   har   qanday   ko’rinishiga   yo’l   qo’ymaslik

tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi.  Agar  bu tamoyillar qo’llanilsa, J.B.  Sey  bashoratiga

ko’ra ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste‘mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya‘ni iqtisodiy

inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi.  U

―Sey  qonuni‖  deb  ataladi.  Bu  qonunning  mohiyatiga  ko’ra har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib



chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo„lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi

taklifga  teng  bo„ladi.  Boshqacha  qilib aytganda, tovarlar taklifi  o’zi  uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya‘ni o’z

tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar

sotib olinadi).

Agarda   hamma   ishlab   chiqarilgan   tovarlarni   bozorga   yetkazish   uchun   yetarli   sotuv   kuchi   vujudga

keltirilsa,   bozorda   bu   sotuv   kuchidan   foydalanilishini   nima   kafolatlaydi?   Sey   qonunida   quyidagi   oddiy   javob

keltirilgan:   taklif   o’z   talabini   o’zi   yaratadi.   Bunda   muammo   bo’lmasligi   mumkin,   lekin   taklif   potensial   talab

yaratadi, biroq potensial talab bozorda haqiqiy talab sifatida qo’llanilish yoki qo’llanilmasligini hal qilish kerak.

Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati iste‘molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun

talab sifatida bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning

investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to’plash imkoniyatini rad etdilar,

ya‘ni hech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ularning tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo’lgan,

shunday qilib ular depressiya yoki turg’unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad etganlar. Klassiklar izohiga

ko’ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus hech qachon bu kamchiliklarni aniq namoyish etmagan. U qabul


qilingan taxminlar o’z isbotiga muhtoj bo’lishi narariyasini rad etishga uringan. U bu nazariya noto’g’ri bo’lgan, deb

gumon qilgan, lekin u hech qachon bunday tanqid  yoki  daromadlar miqdori va iqtisodiy o’sish darajasining hal

qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini  aniq ifodalab berolmagan.

26

Demak,   jamiyat   miqyosida   taklif   va   talab   muvozanatlashadi,   ortiqcha   ishlab   chiqarish   bo’lmaydi.



Ortiqcha ishlab chiqarish faqat  ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga

keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha

ishlab   chiqarilish   xavfi   tug’ilishi   mumkin.   «Sey   qonuni»   nomini   olgan   bu   qoida   klassiklar   makroiqtisodiy

nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha,

odamlar daromadlarining barchasini iste‘molga sarflamaydilar, balki ularning bir qismini jamg’arib boradilar. Bu

esa shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday

holat Sey qonunining noto’g’ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste‘molga sarflanishi

kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi

talab o’rtasidagi muvozanat buziladi.

Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy liberalizmning barcha prinsiplariga

jamiyat tomonidan rioya  qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos ravishda iste‘molni (talabni) keltirib chiqaradi,

ya‘ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning

«tabiiy   tartib»   (pulning   passiv   roliga   asoslangan   mehnat   natijalarini   ayirboshlash)   sharoitida,   albatta,   shunday

daromadlarni   keltirib   chiqaradiki,   ularga   bu   tovar   va   xizmatlar   erkin   amalga   oshiriladi.   Iqtisodiy       liberalizm

konsepsiyasining   barcha   tarafdorlari tomonidan

«Sey qonuni» shu ko’rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi xo’jalik konyunkturasidagi

o’zgarishga darhol  moslasha


oladi, iqtisodiyotning o’zini o’zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan.

Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli iqtisodiyot amal qiladi, desak unda

taklif miqdori talab miqdoriga teng bo’ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini

tashkil etadi.



Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalariKlassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning

qiymat nazariyasi o’ziga xosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, sotsial-utopistlar, S.Sismondi, K.Marks va

boshqa   bir   qator   iqtisodchilar   tovar   qiymatining   yagona   manbayi   mehnat,   deb   hisoblaganlar.   J.B.Seyda   bu

muammoga ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati kapitalga, ish haqiga va yer  rentasiga bo’lgan

xarajatlardan tashkil topadi, degan bo’lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi, deydi. J.B.Sey

foydalilik   bilan   buyumning   (tovarning)   qimmati   o’rtasidagi   o’zaro   bog’liqlikni   aniq   qilib   ko’rsatib   berdi.

«Foydalilik – bu qimmat o’lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan,

balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham o’lchanishi mumkinligini aytib berdi.

J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga (mehnat, kapital,  yer)  alohida

e‘tibor   bergan.   Uning   tasdiqlashicha,   bu   omillar   tovar   qiymatini   yaratishda   bir   xil   ishtirok   etadi,   barcha

mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar, kapitalistlar va  yer  egalari daromadlaridan tashkil topadi.

J.B.Seyning   uch   omil   nazariyasiga   muvofiq   «mehnat»   omili   ishchilarning   daromadi   sifatida   ish   haqi   yaratadi,

«kapital» omili kapitalistlarning daromadi sifatida foyda yaratadi, «yer» omili yer egalarining daromadi sifatida renta

yaratadi. Demak, boylik yaratishda  ishlab chiqarishning har  bir omili  qatnashadi  (Smitda faqat  unumli mehnat

boylik yaratadi, deyiladi). J.B.Sey yuqorida ko’rsatilgan omillar (mehnat, kapital, yer) ishchilar, kapitalistlar va yer

egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikka ega ekanligini qayd qilib o’tadi.

Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan erkin  raqobati  sharoitida  ishlab  chiqarish

omillarini  va  jamiyatdagi



sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha,  ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil

etadilar  va  boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy  materiallarni  beradilar) va ishchilar

(tayyor mahsulot yaratadilar) o’zaro ta‘sirda  bo’ladilar  va bir-birlarini to’ldirib boradilar. Ishlab chiqarish  jarayoni

qatnashchilari bir-birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to’ldirib turadilar. Ishlab chiqarish omillari

tomonidan yaratilgan ijtimoiy  mahsulot qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida  taqsimlanadi,  xususan,

tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu  uning qobiliyati, iste‘dodi, faoliyati

va boshqaruvi

uchun


to’lanadiganhaq.

Uning fikricha,

kapitalning

oshib


borishi

bilan


«quyi

sinflarning» ahvoli yaxshilanib boradi va ularning ko’pchiligi «yuqori

sinf» safini to’ldirib boradi. J.B.Sey kompensatsiya

nazariyasiga asos soldi.

Mashinalar dastlab

ishchilarni

ishlab

chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish bilan



bandlikni oshiradi va mahsulot  ishlab chiqarishni  arzonlashtirish  hisobiga  ularga  katta  foyda  keltiradi.  Uning

ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga nisbatan

ishchilar

sinfi


ko’proq

manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta‘limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor  iqtisodiyoti

sharoitida sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz ishongan olim sifatida  tilga

olinadi.


J.B.Seyning o’tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi

savdoni, fiziokratlar qishloq xo’jaligini) ajratib ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko’rsatish

sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo’jaligidagi

mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki, unga tabiat

«yordam« beradi. J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va xizmat ko’rsatish

o’rtasidagi «tenglikni» ko’rsatib berdi. Uning fikriga ko’ra to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki

sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.

Hozirgi   zamon   g’arb   iqtisodchilari   o’tmishdoshlaridan,   birinchi   navbatda,   J.B.Seydan   ishlab

chiqarishning har xil, teng huquqli omillari


milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday yondashuvning ma‘nosi shundan iboratki,

har bir daromad oluvchi kasbi va faoliyat sohasidan qat‘iy nazar bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi hisoblanadi.

4. Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixida yorqin

iz qoldirdi. U 1818-yil 5- mayda Germaniyaning Trir shahrida tug’ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo’lib, 1824-

yilda   protestantlikni   qabul   qilgan.   Oilasi   davlatmand,   ma‘rifatli   bo’lgan.   K.Marks   Trir   shahrida   gimnaziyani

tamomlagandan so’ng dastlab, Bonndagi, so’ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani

o’rgandi. 1841- yilda Epikur falsafasi to’g’risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi.

1842-yili K.Marks Bonnga ko’chib keldi va shu yilning oktabrida

«Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo’ldi va Bonndan Kyolnga ko’chib o’tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqea

sodir bo’ldi: u muharrirlik qilgan  gazeta  yopildi, nemis baronining qizi Jenni  Fon   Vestfalenga uylandi, Parijga

ko’chib o’tdi.

Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariya, falsafani chuqur o’rganishning boshlanish

davri bo’ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do’stlashdi.

K.Marks 1845–1848-yillari  Bryusselda bo’ldi. O’sha  yillari  F.Engels bilan hamkorlikni  davom  ettirgan

holda, «Nemis ideologiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga

keldi  va «Yangi  Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o’zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital»

asarini chop etdi. Shundan so’ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval

Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda

yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o’zining ko’p   sonli   asarlarini,   jumladan,   hayotining

mazmunini  tashkil   etgan

―Kapital‖ni  yozdi.  K.Marksning  iqtisodiy  konsepsiyalari  asosan  uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning

bu asari to’rt jilddan iborat bo’lib, birinchi jildi 1867-yili nashr etildi, ikkinchi  va  uchinchi   jildlari


Download 210.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling