A. Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi bitiruvchisi Mamasobirova Shahlo Vohidjon qizi tomonidan bajarilgan
Download 4.58 Kb.
|
taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamasobirova Shahlo Vohidjon qizi
A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi bitiruvchisi Mamasobirova Shahlo Vohidjon qizi tomonidan bajarilgan ’’Yuqori sinf o’quvchilarini kasb hunarga yo’naltirish texnologiyalari’’ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga taqriz. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit va qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Maktablarda yangi o’quv texnologiyalari orqali o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirish bo’yicha bilim va ko’nikmalar berilib kelmoqda. Har bir bitiruvchi yoshlar kasb hunarli bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shu ma’noda Pedagogika va psixologiya yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Mamasobirova Shahlo Vohidjon qizi tomonidan bajarilgan ’’Yuqori sinf o’quvchilarini kasb hunarga yo’naltirish texnologiyalari’’ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi uch bob besh paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan va ilova qismidan iborat. Talaba BMIning birinchi bobida Yuqori sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirish texnologiyalarining nazariy asoslari yuzasidan kasblarga bo’gan qiziqishni oshirish va kasblar haqida ma’lumotlar yoritilgan.BMIning ikkinchi bobida Texnologiya darslarida yuqori sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirishning mazmuni va metodikasi bo’yicha dars davomida bilim va ko’nikmalar berilib kasbga oid metodikalar mazmuni yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishi mustaqil bajarilgan,tugallangan.Talaba oldiga qo’ygan maqsadiga erishgan. Ishni bitiruv bitiruv malakaviy ishi talablariga to’liq javob beradi deb hisobliyman va ochiq himoyaga tavsiya etaman. Taqrizchi ------------------- --------------------------------- Download 4.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling