A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika institute o’qituvchisi b f. f d. (PhD) Abdullayeva N. S. tomonidan tayyorlangan “Tsitologiya” fani o’quv dasturi uchun taqriz


Download 43 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi43 Kb.
#1338183
Bog'liq
Tashqi taqriz(tsitologiya)


A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika institute o’qituvchisi b.f.f.d. (PhD) Abdullayeva N. S. tomonidan tayyorlangan “Tsitologiya” fani o’quv dasturi uchun
TAQRIZ
Ushbu o’quv dasturi ta’lim tili o’zbek tilidagi ta’lim yo‘nalishi 60110900 –Biologiya 1 kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, tayanch oliy o’quv yurtlari fan dasturlari va asosiy adabiyotlariga tayangan holda yaratilgan.
Dastur 60110900 –Biologiya ixtisosligi fanlari bo’yicha mutaxassislarning nazariy va kasbiy tayyorgarligi darajasini, uning ushbu fanning shakllanishi va rivojlanishi tarixini, umumiy kontsеptsiyalari va mеtodologiya masalalarini, manbalarini, shu bilimlar tarmog’ining asosiy nazariy va amaliy muammolarini, mavjud matеrialni nеchog’lik bilishini aniqlab bеrishi, uning ilmiy adabiyotni, shu jumladan, fan sohasidagi hozirgi ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini qanchalik egallagan darajasini aniqlash doirasida tuzilgan bo’lib, unda tsitologiya faninining umumiy masalalari bilan bir qatorda xar bir fannning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, bilim va ko’nikmalarni egallashda asosiy bo’lgan ma’ruza va laboratoriya mavzulari tavsiya etilgan. Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashda talabalarga mustaqil ta’lim mavzulari namunalar keltirilgan.
Ushbu, oliy o’quv yurtlarining biologiya yo’nalishi 1 kurs talabalariga mo’ljallangan “Tsitologiya” fan dasturi ta’lim olishda, mustaqil shug’illanishda talabalarga imkon yaratadi. Uni oliy va o’rta maxsus ta’limi va tegishli oliy ta’lim muassasi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytish mumkinki, fan dasturi hozirgi talablarga to‘la javob beradi va oliy ta’lim me’oriy hujjatlari qatorida qo‘llanilishi mumkin.

Guliston Davlat Universiteti
Biologiya kafеdrasi dotsеnti, b.f. f. d. (PhD) Gaibnazarova F.P.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling