Abdishukurova Noila Mavzu. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishining tarixiy ahamiyati Reja


Download 72.5 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi72.5 Kb.
#145961
Bog'liq
1-refarat


Abdishukurova Noila

Mavzu. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishining tarixiy ahamiyati

Reja:

1. I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” asarida vatanimiz

tarixini yoritish va o'rganish asoslarining ishlab chiqilishi.

2. O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati.

3.O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni

o'rganish tamoyillari.


O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng dastlabki kunlardanoq mustaqillikni mustahkamlashning ulkan vazifalari qatorida milliy istiqlol mafkurasini yaratishdek dolzarb vazifa ham kun tartibi masalalaridan biri edi. CHunki endigina mustaqillikka erishgan xalqimizning. ongida, tushunchasida hali malum bir shubha, qo’rquvga o’xshash holatlar, sho’rolar davri va komfirqa mafkurasining qoldiq va asoratlari saqlanib qolgan edi. qolaversa yangi, mustaqil O’zbekiston davlatining ham o’ziga xos, xalqni to’g’ri yo’ldan ozod, erkin, istiqlolga boshlab boruvchi milliy istiqlol mafkurasi ham yaratilishi shart edi. Barchamizga malumki milliy mafkuraning o’ziga xos teran ildizi, asoslari bo’lishi kerak. Bu o’rinda albatta, ishni avvalo yashab turgan mamlakatimizning, xalqimizning tarixini, ajdodlarimiz bosib o’tgan ham sharafli, ham mashaqqatli yo’l va ular yaratgan moddiy-manaviy meros tarixini o’rganishdan, qolaversa, sho’rolar hukmronligi davrida tariximizni soxtalashtirilgan, o’chirilgan tomonlarini haqqoniy, xalqona, adolatli yoritib, elimizga elon qilishdan boshlash zarur edi. SHuning uchun ham yurtboshimiz I. Karimov mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanok tariximizni, o’tmishimizni mukammal o’rganishga alohida etibor karatdi. CHunki, tarixni o’rganish va bu orqali o’zligimizni anglash-milliy mafkuraning ajralmas, tarkibiy qismi ekanligini unutmasligimiz kerak. O’tmishimizni o’rganib o’zligimizni anglash bilan bir qatorda, ajdodlarimiz haqida, ularning tariximizdagi o’rni va kelajak avlodlar uchun bajarib ketgan oliyjanob–ishlari haqida: o’tgan mutafakkirlarimizning iqtidori, ijodi jahon miqyosida bo’lganligi haqida, shuningdek ko’p ming yillik bosib o’tilgan yo’llardagi boshdan kechirilgan urushlar, bosqinlar, qaramlik davrlari-bularning bari haqidagi malumotlarni bilish xalqimiz ongida, tushunchasida juda katta ijobiy o’zgarishlar yasaydi. Milliy g’urur, milliy faxr, iftixor tuyg’ularini vujudga keltirish bilan birga, ayni vaqtda milliy istiqlol mafkurasi haqidagi tushuncha va bilimlarni ham tezroq o’zlashtirilishini osonlashtiradi.

Milliy istiqlol o’zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo’lda minglab Vatan, yurt fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi katta yutuk, uning kadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish mushkul vazifa. Xar qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi, davlat chegaralarining daxlsizligi-o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehrmuhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek olijanob fazilatlarga ega bo’lishliklariga bog’liqdir. Bu fazilatlarni mehnatkashlar ommasi, yurtimiz kelajagi - yoshlar ongida qaror toptirish va shakllantirishda Vatan tarixini o’rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir.



«O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» - degandi I. Karimov. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng ulug’ nematlari Vatan tarixini xech qanday buyoklarsiz, amalda xayotda qanday bo’lgan bo’lsa, shunday holisona o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Sovet hokimiyati yillarida O’zbekiston maktablari O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’qitish masalasiga umuman e’tibor berilmadi. Ajablanarlisi shundaki, sho’rolar hokimiyati yillarida mamlakatimizning haqiqiy, tom ma’nodagi Vatan tarixi holisona yaratilmadi. Maktablar va o’quv yurtlarida o’qitilgan darslik adabiyotlarda esa tariximiz soxtalashtirildi. Bu tarixiy kitoblarning ko’pchiligida o’zbek xalqining milliy manfaatlari oyoq osti qilindi, ulug’ rus millatchiligi, «Katta va ulug’ og’a» manfaatlari yetakchi mavqega ega bo’lib, hamma voqea va hodisalarlar unga bo’ysundirildi. Natijada o’zbek xalqining ma’naviy hayotiga putur yetdi, xalqning siyosiy ongi o’tmaslashdi, ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik hissi ko’chaydi. Rusiya mustamlakachilari qariyb 135 yillik hukmronliklari davomida o’lkamiz xalqlari o’rtasida ruslashtirish siyosatini olib bordilar, xalqimizni tarixidan, o’z ona tilidan, dinidan judo qilish yo’lini tutdilar, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat bayrog’i ostida milliy urf-odatlarimiz, ahloqodob va madaniyatimizga xuruj qildilar. O’zbekistonni Markazning xom – ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirdilar, kommunistik partiya bunday siyosatni SSSR hududida yashovchi barcha jumhuriyatda va sotsialistik hamdo’stlik mamlakatlarida yurgizgan. Kommunistik partiyaning yurgizgan ulug’ davlatchilik mafkuraviy siyosati xalqimiz va millatimiz taqdiri uchun ayanchli oqibat va natijalarga olib keldi. Vatan tarixini bilmaslik, o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlaridan uzoqlashish oqibatida jamiyatda shunday avlod vakillari shakllandiki, ularning aksariyatida milliy ong va milliy g’urur tushunchalari so’nib ketdi. Ularning ongida O’zbekiston taqdiriga, o’zbek millati taqdiriga, madaniyatimiz, tariximiz va tilimiz, dinimiz taqdiriga loqayd va befarqlik munosabatlari g’oyasi ustivor mavqeni eg’alladi. Millat istikboli uchun vaziyat shu darajada haloqatli nuqtaga yetdiki, O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligiga erishgandan keyin ham, o’z taqdirimizni o’zimiz hal qilish imkoniyatiga ega bo’lganimizdan so’ng ham Vatan tarixini o’qitishga qarshi yo’l tutuvchilar ham bo’ldilar. Ular o’z «g’oyalari»ni asoslashga intilib, «O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan birga qo’shib o’qitish kerak», «O’zbekistan tarixi-bu maktab fani», «Oliy o’quv yurtlarida O’zbekiston tarixining o’rniga O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy tarixini o’qitish lozim, jahon xalqlari tarixini o’qitishga o’tish darkor», Oliy o’quv yurtlarida umuman “O’zbekiston tarixini o’qitishga extiyoj yo’q» kabi fikrlarni o’rtaga tashladilar. Albatta bu milliy g’oyasizlik, milliy g’aflat va milliy vijdon inqirozining tub o’zagida o’z ona tarixidan bexabarlik yotadi. Bu esa qullik, tobelik va mustamlaka muteligining asosiy ayanchli kurinishidir. Darhaqiqat, qullik, tobelik va mustamlaka muteligi asorati g’oyalaridan ozod bo’lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy vijdonni shakllantirmok kerak ekan, milliy ongni, milliy tafakkur va milliy vijdonni qaror toptirmok uchun nima qilmoq kerak. Buning uchun ona xalqimizning haqiqiy, tom ma’nodagi tarixini o’rganish va o’rgatish lozim. Xristian ilohiyotchisi A.Avgustian «g’aflatda yotgan xalqni uyg’otish uchun avvalo uning tarixini uygot» deganda haq edi. CHunki tarix xalq xotirasi, vatanimizning o’tmishi, avlodlar sevib, e’zozlab, o’rganib saboq oladigan hayot maktabidir. XII asr allomasi SHaxobiddin Muhammad an-Nasaviy ona tarixning inson hayotidagi o’rniga yuksak baho berib bunday degan edi: Kimki tutmas qalbida tarixni, U inson ham emas, olim ham emas. Biroq kimki uqsa o’tmishini, Ko’p boyitar o’z turmushini. Tarix odamlarni o’ylatadi, bo’lib o’tgan tarixiy hodisalar va voqealarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan amaliy hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda shajaramiz ulug’ligi va pokligini bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga munosib baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kengroq foydalanishda, xalqimizning olijanob, hurriyatparvar va erkparvar an’analarini izchil o’rganish va yanada boyitishda, xullas barkamol haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’rni benihoya kattadir. Vatan tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol katnasha oladigan, idrokli va qobiliyatli, o’zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, vataniga, ona xalqiga cheksiz mehr-muhabbat his-tuyg’ulari bilan to’lib- toshgan avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy istiqlol tafakkuri va harbiy vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish qurolidir. Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go’shadan, insonni kindik koni to’qilgan xonadon tuprog’idan boshlanadi. SHu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg’ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo’lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog’ini ko’ziga tutiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz ham karzdir. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi o’rniga yuksak baho berib, «Tarixga murojaat kilar ekanmiz - bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bulmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», - degan edi. O’tmishni bugun yaratib bo’lmaydi, o’tmish bugunni yaratadi. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning o’z merosiga, o’z o’tmishiga bo’lgan munosabatini isloh qilishdan boshlangan. o’tmishga bo’lgan har qanday ijodiy murojaat esa hamisha inqilobiy o’zgarishlarga zamin tayyorlagan, o’tmish aqidalari bugun uchun xizmat qilgan. Biroq, o’tmishga murojaat qilishdan avval, unga bo’lgan munosabatni halol, to’g’ri yo’lga solish kerak. Busiz tarixni holisona yaratish mumkin emas. XXI asr bo’sag’asida Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. Har bir xalq, har qaysi mamlakat o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Tarixiy voqealarni o’rganishda ilmiy, nazariy-metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. SHo’rolar davrida uni o’qitish va o’rganish ishlari marksistik metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish koralandi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. YOsh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix faqat jangu - jadal, urushlardan iboratdek qilib o’rganildi. O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo minta-qasidagi ko’pgina davlatlar bilan - Afg’oniston, Eron, SHimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshdan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-biri bilan o’zviy bog’liq o’tgan. SHu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etadi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O’zbekistonni xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maqlashadi.

Tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganayotganda, ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning xech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarlarni bir butun holda o’zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir. Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarlarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqea-hodisalarlarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisalarni boshqa, voqea-hodisalarlar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har-bir voqea-hodisalarga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisalarga qanday tarixiy sharoitda, muxitda paydo bo’lganligini bu hodisalar o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o’tmish Hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz. Tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv printsipiga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondoshuv metodologiyasini tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo’lib, u tarixni soddalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi.

Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urfodatlarini, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondoshmok kerak. Xayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini ahloqiy mezonlarini ikkiga – ekspluatatorlik madaniyati va ahloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va ahloqiga bo’lish va birinchisini qoralashdan iborat bol’sheviklarcha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvar ziyolilar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini xech kachon unutmaslik kerak. Tarixni o’rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni takkoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsialistik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi.

2. O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati. O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o'rganish tamoyillari.



Tarixni o’rganishning muhim nazariy metodologik asoslari bor. Bulardan biri dialektik metod. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishi, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb taolim beradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixi milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishidadir. Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar: Afg’oniston, Eron, SHimoliy Hindiston kabi mamlkatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro taosir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, maonaviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. SHu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlkatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etiladi. Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holislikhaqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea-hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqea - hodisalarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga eotibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo’lganligini bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan u o’z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni bosib o’tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudmi?, hozir qay ahvolda, qanday bo’lib qoldi?, degan savollarga aniq javob berishi zarur bo’ladi. Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, porloq hayot, turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’z o’tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz. SHuningdek, hozirgi zamonni bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini to’g’ri idrok etish o’tmishni, tariximizni chuqur anglashga ko’maklashadi. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida urug’chilik tuzumi yemirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqib, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo’lingach, tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to’qnashadigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo’lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo’lib, u tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi. Ijtimoiy yondoshuv printsipi davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy taosirini, jamiyatni u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim axamiyatga egadir. Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, an’analari va urfodatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy eotiqodlari, diniy taolimotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, eozozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak. Xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini, axloqi, mezonlarini ikkiga - ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya madaniyati va ahloqga bo’lish va birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatadi. Ma’naviy merosga bunday yondoshuv maonaviy qashshoqlashuvga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, maorifatparvar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. Tarixni o’rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi. Xullas, biz O’zbekiston tarixi fanining Prezidentimiz aytganlaridek “davlatga, xalqqa, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligini unutishga aslo haqqimiz yo’q”. Prezidentimiz “Fidokor” gazetasi muxbiri bilan bo’lgan suhbatlarida komil insonni yaratishda, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda tarix fanining roliga yana bir bor yuqori baho berib shunday dedilar: “...Milliy mafkurani shakllantirishda eng katta manba - bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi.” Agar haqiqiy tarixiy jarayon nuqtai nazaridan Vatan tarixiga yondashadigan bo’lsak, u quyidagi katta davrni o’rganadi:
1 .Vatanimiz tarixining eng qadimgi davri.

2. Vatanimiz tarixining O’rta asrlar davri.

3. Vatanimiz tarixi Rusiya bosqini va mustamlakachiligi davrida.

4. Vatanimiz tarixi sho’rolar hokimiyati davrida.

5. Vatanimiz tarixi mustaqil taraqkiyot davrida. Bu katta davrlar o’z navbatida bir necha kichik davrlarga bo’lib o’ganiladi.

Vatan tarixini yoritishda kaysi manbalar asos bo’lganligi ham g’oyat katta o’rin tutadi. SHo’ro hokimiyati yillarida yozilgan O’zbekiston tarixiga oid adabiyotlar uchun marksizm - leninizm klassiklarining asarlari, KPSS hujjatlari, Kommunistik partiya va sho’ro davlati rahbarlarining ma’ruza, nutq, maqola va asarlari, Rusiya, Rim tarixchilari, adiblari va olimlarining asarlari asosiy manba o’lib xizmat qilgan. O’tmish tariximiz va madaniyatimizning durlari hisoblangan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Forobiy, Ahmad Farg’oniy, YUsuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Narshaxiy, Navoiy, Ulug’bek, Nizomiddin SHomiy, SHarafuddin Ali YAzdiy, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Solih va boshqa juda ko’plab dunyoga mashhur alloma va mutafakkirlarning qimmatli asarlari va meroslari esa deyarli e’tibordan chetda qolgan. Vatan tarixini yaratish va o’rganishda quyidagi manbalar asos bo’lishi mumkin.

1. Qadim zamonlardan to shu kunga qadar ulug’ ajdodlarimiz buyuk allomalar va dono mutafakkirlar, shoirlar, yozuvchilar qoldirgan ma’naviy boy asarlari.

2. Turli hujjatxonalarda saqlanayotgan qo’lyozma asarlar, hujjatlar, ashyolar.

3. Kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy memuar asarlar, darsliklar, qo’lyozmalar, risolalar, to’plamlar.

4. Har xil muzeylarda saqlanayotgan ko’rgazma zallari hujjatlari, birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari.

5. Muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar.

6. Kino, fotohujjatlar.

7. O’zbekiston hukumati rahbarlari asarlari, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan turli hujjatlar, qonunlar, qarorlar, farmonlar, shuningdek, mahalliy matbuotning barcha vositalari (teleradio, gazeta-jurnallar) ma’lumotlari ham muhim manba hisoblanadi.

“O’zbekiston tarixi” fanining hozirgi mustaqilligimizni mustahkamlash, komil insonni tarbiyalashdagi roli mislsizdir. SHuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov tarix fani taqdiriga qiziqib, uni rivojlantirish, buning uchun esa tarixiy tadqiqotlarni to’g’ri yo’lga solib yuborish ishida tashabbus ko’rsatmoqdalar. Maolumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yilning 16 dekabrida esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to’g’risida" qarori e’lon qilindi. Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiymetodologik yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat: - xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish;

- O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiysiyosiy taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;

- O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini eotirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi anoanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilmaxilligini hisobga olish;

- “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga amal qilish;

- “O’zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’xna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash:

- O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiytarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish;

- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash;



- yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eotiborga olish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’irisida”gi 1998 yil 27 iyulda eolon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo’ldi.
Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling