Abdulla Oripovning “Birinchi Muhabbatim” she’ri tahlili


Download 17.28 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi17.28 Kb.
#1093052
Bog'liq
she\'r tahlili


Abdulla Oripovning “Birinchi Muhabbatim” she’ri tahlili
Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston xalq shoiri”, O’zbekiston qaharmoni, ardoqli shoirimiz Abdulla Oripov o’zbek she’riyatida o’chmas iz qoldirdi va she’riyatga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. Bugun men shoir bisotidagi eng sara, qadrdon, yillar davomida insonlar qalbidan chuqur o’rin egallagan, vujudga singib ketgan “Birinchi muhabbatim” nomli she’rini tahlil qilar ekanman, eng avvalo, muhabbat dunyodagi eng go’zal tuyg’u ekanligini aytib o’tmoqchiman. Hazrat Alisher Navoiyning «So‘zki, ma’nosida ishq o‘ti nishoni bo‘lmag‘ay, Bir taharruksiz badan onglaki, joni bo‘lmag‘ay», ya’ni agar so‘zda ishq to‘g‘risida gap bo‘lmas ekan, uni jonsiz jism hisoblagin, degan mazmunda hikmatli bayti bor.
Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’ri inson qalbidagi bebaho ma’naviy javhar bo‘lgan hisni bayon qiladi. She’rda visolga erishmagan oshiq nolasi, g‘aflatda qolib muhabbat tuyg‘usiga beparvo bo‘lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o‘z aksini topgan.
Shoir ushbu she’rni 24 yoshida , ya’ni 1965-yilda yaratgan. She’r aruz vaznida yozilgan bo’lib, qofiyalanishi a-a-a-b-b.
She’r yozilish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Abdulla Oripovni yaqindan tanigan jurnalist Ismat Xushev shunday deydi:

  • Abdulla akaning bir paytlar aytishlari bo’yicha, Toshkentda Islom dini akobirlaridan biri bo’lmish ulug’ bir zotning qizlari bo’lgan, Abdulla aka o’sha g’ozal qizni yaxshi ko’rib qolgan. Lekin u qizga yetisha olmaganlar. Qiz boshqasiga turmushqa chiqqan. Va bu she’r manashu muhabbat uchun yaratilgan. Bu bir taxmin

Boshqa tomondan qaraydigan bo’lsak, she’rda shoirning Alloh bo’lgan go’zal muhabbatini ham ko’rimiz mumkin. Shoir she’rni :
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim
Yolg’iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim deb yakunlar ekan, Ollohga muhabbat tushunchasining ifodasi shoirni o‘z salaflari, ya’ni mumtoz o‘zbеk shoirlarining estеtik olami bilan bog‘lashga imkon bеradi. Umuman olganda, Abdulla Oripovning ushbu bеtakror «Birinchi muhabbatim» shе’ri odamga «hamisha bir hisga asir»likni eslatib turadi; bunday go‘zal his-tuyg‘uga nisbatan hеch kim aslo bеparvo bo‘la olmaydi.
Bu she’rning umrini qarangki, qo’shiq sifatida ham 40 yildan ziyod bo’gan vaqtdan beri aytiladi. O’zbekiston xalq artisti Sherali Jo’rayevdan sahnada hanuz talab qilinadigan birinchi qo’shiq “Birinchi muhabbatim” bo’ladi.
Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, toki ishq olovi bor ekan, toki tomirlarimizda qon yugurar ekan , bu she’r, bu qo’shiq unutilmaydi.
Download 17.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling