Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Guliston davlat universiteti
|
Guliston shahri, 4-mavze
|
Kafedra:
|
O‘zbek adabiyotshunosligi
|
“Filologiya” fakulteti
|
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:
|
5220000– gumanitar fanlar
|
5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
|
Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:
|
To‘ychiyev Abdunabi
|
e-mail:
|
tuychiyev@mail.ru
|
Dars vaqti va joyi:
|
Bosh bino, 417- auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
2021-2022- o’quv yili, bahorgi semester
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Seshanba va payshanba kunlari 15.00 dan 17.00 gacha
|
Fanga ajratilgan
soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
26
|
Ma’ruza:
|
6
|
Amaliy va seminar
|
12
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi :
|
Yangi o‘zbek adabiyoti, Adabiyotshunoslikka kirish, Adabiyot nazariyasi, Adabiy tanqid va Falsafa, Tarix, Etika va Estetika, San’atshunoslik fanlari.
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishida o‘tiladigan mazkur fanning maqsadi- XX asr adabiyotitaraqqiyotidagi muhim bir bosqich 20-60-yillarda ijod qilgan yozuvchilarning katta bir avlodi haqidagi tasavvurlarni yanada chuqurlashtirish. Bu jarayonda talabalarning diqqatini adabiyotdagi eng ommaviy janrlardan biri – hikoyachilikning taraqqiyot yo‘liga jalb etish. Atoqli adib, mohir hikoyanavis A.Qahhorning shu nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda hikoyalarini tahlil qilish.
Fanning vazifasi - “A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati” fanining vazifalari A.Qahhorning hikoyalarini yozuvchi mahorati bilan bog‘lab o‘rganish. Bunda yozuvchi ijodida mavzu tanlash, zamonaviylik, uslub, xarakter yaratish, badiiy dalillash kabi masalalar aspektida ko‘rib chiqiladi.
A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati fani bo‘yicha talaba quyidagilarni bilishi kerak:
- A.Qahhorning hikoyalarini yozuvchi mahorati bilan bog‘lab o‘rganish. Bunda yozuvchi ijodida mavzu tanlash, zamonaviylik, uslub, xarakter yaratish kabilarga ahamiyat qaratish
- A.Qahhorning hikoyalarini tushunish va tahlil hilish, ular asosida maktabda dars o‘tish;
“A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati” fani bo‘yicha talaba quyidagi ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi kerak:
hikoyalarni mustaqil o‘qish, tahlil qilish va baholash;
o‘zbek adabiyoti rivoji yuzasidan umumlashmalar chiqarish.
“A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati” fani bo‘yicha talaba quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:
o‘quvchilar bilimini to‘g‘ri baholay olish;
o‘quvchilar bilan munosabatga kirisha olish;
sinf o‘quvchilarini didaktik maqsadga yo‘naltira bilish;
darsliklar doirasidagi barcha filologik tushunchalardan foydalana olish.
|
|