Abdulla Qodiriy (1894-1938) hayoti va ijodi


Download 273.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.03.2023
Hajmi273.03 Kb.
#1257427
  1   2   3   4
Bog'liq
Abdulla Qodiriy
2-Ma’ruza Mavzu Panel va menyu yaratuvchi komponentlar Panel, , statistika nazariya, Mavzu Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar Reja, Muloqot haqida tushuncha. Muloqot qilishning asosiy turlari va t, 4-mavzu, pedagogikadan mustaqil ish, Boshlang\'ich ta\'limda axborot texnologiyalari Jumayeva Mahbuba, Фазлиддиннинг мавзуси, OSTONA-SURXON-TERMIZ, kichik-biznes-va-tadbirkorlik-subyektlarida-marketing-faoliyatini-tashkil-etish, фқцас, Yig\'ma jild, kompleks-sonlar-va-ular-ustida-amallar, to-qimachilik-sanoat-chiqindilarini-qayta-ishlash-muammolari-va-istiqbollari, Mirzaahmedova.M.X


Abdulla Qodiriy (1894–1938) hayoti va ijodi
Nomus, insof va haq go‘ylik Abdulla Qodiriy hayotining asosiy tamoyillari edi. Tabiat in’om 
qilgan nodir iste’dod chinakam o‘zbekona mehnatkashlik bilan uyg‘unlashgani uchun Qodiriyning qalamidan 
asrlar mobaynida eskir- maydigan asarlar dunyoga keldi. 1894-yilning 10-aprelida Toshkent shahridagi 
o‘rtahol oilalardan birida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o‘z davrining maktab va madrasalarida muntazam 
o‘qish imkoniga ega bo‘lmasa-da, ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon 
kishilaridan biriga aylandi. 1917-yilgi to‘ntarishlargacha o‘ziga to‘q xonadonlarda turli yumushlar bilan band 
bo‘lgan: prikazchik (yugurdak- lik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan.
Adibning ilk ijodi 1913–1914 yillarda boshlangan, dastlab u shoir sifatida qalam tebratgan. 
Uning “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Toʻy”, “Fikr aylagʻil” kabi sheʼrlari “Sadoi Turkiston” gazetasi va 
“Oina” jurnalida (1914–1915) bosilgan. A. Qodiriy mazkur sheʼrlarida millatdoshlarini jaholat va xurofotga 
qarshi kurashga chaqirib, maʼrifatparvar shoir sifatida maydonga chiqqan. Bu yillarda u “Baxtsiz kuyov”, 
“Hech kim bilmasin” (1915) kabi sahna asarlarini ham yozgan. Uning “Juvonboz”, “Uloqda” (1916) kabi 
hikoyalarida oʻz xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod koʻrish istagi sezilib turadi.
Adib dastlabki asarlarini turli taxalluslar ostida eʼlon qilgan. Shu taxalluslardan biri va xalq oʻrtasida 
mashhur boʻlgani Julqunboydir. 1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib Jurnalistlar institutida tahsil 
oldi. Moskvadan qaytib, “Mushtum” jurnalida shtatsiz muxbir boʻlib ishlay boshladi. Uning “Toshpoʻlat 
tajang nima deydi?” va “Kalvak mahzumning xotira daftaridan” turkumidagi hajviy hikoyalari shu jurnalda 
ilk bor bosildi.
Abdulla Qodiriy Amir Umarxon davri va Namoz oʻgʻri haqida romanlar yaratish orzusida boʻlgan. 
Ammo mustabid tuzum bu orzularining toʻla roʻyobga chiqishiga imkon bermadi. Abdulla Qodiriy 1926 
yilda “Mushtum”da bosilgan “Yigʻindi gaplar” maqolasi tufayli qisqa muddat qamaladi. 1937 yilning 31 
dekabrida esa “xalq dushmani” sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda otib 
tashlanadi. 

Download 273.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling