Abdurahmon Jomiy va Alisher Novoiy ijodida gumanizm g`oyalari
Download 24.12 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbdurahmon Jomiy va Alisher Novoiy ijodida gumanizm g`oyalari
Abdurahmon Jomiy va Alisher Novoiy ijodida gumanizm g`oyalari Reja: Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Shoirning diniy va falsafiy asarlari Abdurahmon Jomiy ijodida gumanizm g`oyalari Alisher Novoiy Alisher Novoiy ijodida gumanizm g`oyalari Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (7-noyabr 1414-yil, Jom — 9-noyabr 1492-yil, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqs hbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi „Dilkash“ (Navoiy maʼlumotiga koʻra, „Nizomiya“) madrasasiga kirib, oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlida tahsil olgan. Shu davrdayoq u arab tilini mukammal oʻrgana boshlagan. Keyinroq Jomiy oʻz bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulugʻbek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays qabilardan taʼlim oladi. Bu yillarda u til va adabiyotnigina emas, riyoziyot, falakiyot, falsafa, huquqshunoslik fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur oʻrganadi, olimlarning turli mavzulardagi munozara va mubohasalarida qatnashib, yetuk olimligi bilan tanila boshlaydi. Jomiy Hirotga qaytgach, tasavvuf yoʻliga kirishni, oʻz bilim va faoliyatini shu yoʻlga, qolaversa, ijodga, ilm-fanga bagʻishlashni afzal koʻradi. U oʻziga pir qilib Shayx Saʼdiddin Koshgʻariy tanlaydi, Hirotning jome masjidida uning suhbatlarini tinglaydi. Saʼdiddin Koshgʻariy tasavvufda Muhammad Naqshband sulukiga mansub edi. Jomiy mashhur sufiylar bilan yaqindan muloqotda boʻladi. Muhyiddin ibn al-Arabiyning asarlarini chuqur mutolaa qiladi. Oʻzining mutasavviflik faoliyatida Bahouddin Naqshband gʻoyalarini shu sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi — Xoʻja Ahror bilan yaqin munosabatda boʻlgan holda yanada rivojlantirdi. Rasman oʻzini kundalik „Malomatiya“ tariqatiga mansub deb xisoblasada, asarlarida Naqshbandga ixlosi baland boʻlgan. Jomiy Xurosonda temuriylardan Shohrux, Abulqosim Bobur, Abu Said va Husayn Boyqaro podshoxligi davrida yashadi. Xurosonda Hirot taxtiga temuriy Sulton Husayn Boyqaro oʻtirgandan soʻng Jomiyning mamlakatdagi mavqei juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning koʻp avlodlari oʻzlarini unga murid, deb eʼlon qilganlar. Shoirning diniy va falsafiy asarlari Jomiy asarlarining bir qismi diniy va falsafiy mazmunga ega bulib, ularda shoir islom dini va sharq falsafasining bir qator masalalarini oʻz qarashicha talqin etadi, tasavvufning 15-asrdagi yirik arbobi sifatida uz fikr-muloxazalarini bayon etadi. Bunga uning Naqshi fusus („Maʼnolar naqshi“), Shavohidi nubuvva („Paygʻambarlikka dalillar“), [["Sharhi qasidayi „Toiya ("Radifda „to“ harfidan foydalanib yozilgan qasida sharhi"), Naqdi nusus („Matnni tanqid“), "Sharhi qasidayi „Hamriya („Hamriya“ qasidasi sharhi"), Naqshbandiya taʼlimoti haqida risola, Vohid“ atamasi haqida risola", Zikr“ shartlari haqida risola"]], Haj qilish yoʻllari haqida risola kabi bir qancha asarlarini shu guruhga kiritish mumkin. Jomiy falsafasining asosini tasavvufiy gʻoyalar tashkil etadi. Uning tasavvurida Xudo jonli mavjudot boʻlmay, yorugʻ nur koʻrinishiga ega. Hamma narsani yaratgan yagona Xudo goʻzal maʼshuqaga oʻxshagan boʻlib, minglarcha oynada turli qiyofada va koʻrinishda namoyon boʻladi. U yunon faylasufi Yaloximnning jilolanish („emanatsiya“) falsafasini davom ettiradi va yanada rivojlantiradi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar kelib chiqishi va mohiyati eʼtibori bilan ilohiydir. Download 24.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling