Tekshirdi: Safarova N. K
Download 10.16 Kb.
|
11-mavzu
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati Tekshirdi: Safarova N. K. Bajardi: Murodova D.F Lavrdoshlar (Lauraceae) — ikki urutallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalar, baʼzan yarim buta va oʻtlar. Ayrim turlari parazit. Bargi oddiy, etli, doim yashil, poyada ketma-ket joylashgan. Guli ikki (baʼzan bir) jinsli, toʻgʻri, mayda toʻpgul. Mevasi bir urugʻli, rezavorsimon yoki danakli. Bargi, poʻstlogʻi va boshqa qismlarida efir moylar ishlab chikaradigan bezchalari bor. Asosan, tropik, baʼzan subtropik iqlimda oʻsadigan 40—50 turkumga mansub 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. Koʻp turlari (mas, lavr) ziravor sifatida foydalaniladi yoki ulardan tibbiyot va farmatsevtika uchun zarur bulgan efir moylari va kamfora olinadi. Kupchilik L. ning yogʻochi mebel ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi TOSHYORARNAMOLAR (SAXIFRAGALES) Bu qabila 9 ta oilani o'z ichiga oladi. Ular asosan tropik va subtropik xududlarda tarqalgan. Toshyorardoshlar (Saxifragaceae) oilasi. Bu oilaga 30 ta turkumga mansub 600 ga yaqin tur kiradi. Ular Yer sharining sovuk va mu'tadil iqlimli xududlarida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra ular o'tlardan iborat. Tupgullari turlicha. Gullari ikki jinsli, asosan aktinomorf, ba'zan zigomorf. Gulqo’rg’oni murakkab, besh bo'lakli, ayrimlari Gulqo’rg’onsiz. Changchisi 5-10 ta urug'chisi 2 ta mevachi bargdan tashqil topgan. Mevasi ko'sakcha. O’zbekistonda oilaning 4 ta turkumga kiruvchi 6 ta turi o'sadi. Semizakdoshlar (Crassulaceae) oilasi Bu oila 35 ga yaqin turkumga mansub 1500 dan ortiq to'rni birlashtiradi. Ular Yer yuzi bo'ylab keng tarqalgan. O’zbekistonda 4 ta turkumga ovd 13 ta turi o'sadi. Hayotiy shakliga ko'ra ut o'simliklardan tashqil topgan. Undan dori sifatida foydalanish mumkin. Oilada (Kalonchoe va Rhadiola) turkumiga mansub dorivor hamda (Crassula va Sedum) turkumlariga ovd manzarali turlar bor. ZIG’IRDOSHLAR (Linaceae) ikki urug’pallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub bir yillik yoki ko’p yillik o’simliklar oilasi. Yer yuzida 6 turkumga mansub 250, O’zbekistonda 200 turi o’sadi. Gullari to’g’ri, ikki jinsli. Gultoj barglari ayri, ba’zan uchki qismi tutashgan. Tojbarglari, kosabarglari, urug’chisi, changchilari 4— 5 tadan. Mevasi dumaloq ko’sakcha. Barglari yakka joylashgan. Zig’irdoshlar turlari poyasining uzunligi, gullarining kattakichikligi va rangi, tukli va tuksiz bo’lishi, tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Zig’irdoshlar moy va tolasi uchun o’stiriladi. Yovvoyi turlari Farg’ona vodiysida, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’larda o’sadi. Zigʻir (Linum) — zigʻirdoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, tola va moy olish uchun ekiladigan ekin. Moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Yer yuzida 230 dan ortiq turi mavjud. Tolasi va moyi uchun ekiladigan madaniy 3. (L.usitatissimum) turi xoʻjalik ahamiyatiga ega. 3. qadimdan Shim. Ispaniya, Xitoy, Misr, Rossiyada maʼlum boʻlgan. Moyli 3. Argentina, AQSH, Kanada, Xitoy, Hindiston, Misr, qisman Oʻrta Osiyoda ekiladi. Jahon boʻyicha umumiy 3. maydonlari 3,4 mln.ga dan ortiq, urugʻi boʻyicha yalpi hosili 2,9 mln. t (1999). Tolali 3., asosan, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina, Polsha, Ruminiya, Fransiya, Chexiya, Slovakiyada ekiladi (jahon miqyosida tolali 3. maydonlari umumiy ekin maydonining 1/4 qismini tashkil etadi). Tolali zigʻir tola olish uchun ekiladigan bir yillik oʻsimlik. Poyasi ingichka, silliq, tik usadi, och yashil rangli, boʻyi 60—120 sm. Oʻsimlik yetilganda poyasi sargʻishyashil rangli. Bargi oddiy, bandsiz, navbatmanavbat joylashadi, rangi yashil. Gul toʻplami poyaning uchida joylashadi, zangori rangda, oʻzidan changlanadi. Gullash davri 6—10 kun davom etadi. Mevasi koʻsakcha, uz. 6,1—8,3 mm, eni 5,7—6,8 mm, 5 uyali, odatda, uyada 10 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi yassi, silliq, seryogʻ (42—49%), 1000 ta urugʻining vazni 2,8—8,7 g . Tolali 3. harorati moʻtadil, bahor va yozda teztez yomgʻir yogʻib turadigan mintaqada ekiladi. Urugʻi 5° issiqda unib chiqadi. Maysasi —3—5° sovuqqa chidaydi. Maysalanish davrida muqobil harorat 9—12°, qolgan davrlar uchun 16—18°. Harorat 22° dan yuqori bulsa tolali zigʻirning oʻsishiga salbiy taʼsir qiladi, poya koʻp shoxlanadi, tola sifati pasayadi. Vegetatsiya davri 75—90 kun, yetilishi uchun 1100—1500° samarali harorat talab qilinadi. Tolali zigʻir uzun kunlik oʻsimlik. Kun yorugʻ boʻlsa shoxlanishi koʻpayadi, ammo soya joylarda poyasi yotib qoladi. ADABIYOTLAR: 1. Burigin I. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O`qituvchi”, 1977. 2. Васильев А. И. и другие. Ботаника: морфология и анатомия растений. М., “Просвещение”, 1988. 3. Жуковский П. М. Ботаника. М., 1982. 4. Тихомиров Ф. К. Ботаника. М., 1968. 5. Хржановский И. Г., Пономаренко С. Ф. Ботаника. М., “Колос”, 1988. 6. Хржановский И. Г. Курс общей ботаники. ч. 1, М., 1982 7. Hamdamov I. va boshq;- Botanika asoslari. Toshkent, “Mehnat”, 1990. Download 10.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling