Lavrdoshlar oilasi Lavrdoshlar


Download 34.24 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi34.24 Kb.
#1580816
Bog'liq
Lavrdoshlar oilasi


Lavrdoshlar oilasi
Lavrdoshlar (Lauraceae) — ikki urutallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalar, baʼzan yarim buta va oʻtlar. Ayrim turlari parazit. Bargi oddiy, etli, doim yashil, poyada ketma-ket joylashgan. Guli ikki (baʼzan bir) jinsli, toʻgʻri, mayda toʻpgul. Mevasi bir urugʻli, rezavorsimon yoki danakli. Bargi, poʻstlogʻi va boshqa qismlarida efir moylar ishlab chikaradigan bezchalari bor. Asosan, tropik, baʼzan subtropik iqlimda oʻsadigan 40—50 turkumga mansub 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. Koʻp turlari (mas, lavr) ziravor sifatida foydalaniladi yoki ulardan tibbiyot va farmatsevtika uchun zarur bulgan efir moylari va kamfora olinadi. Kupchilik L. ning yogʻochi mebel ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi Ularning aksariyati daraxt yoki buta shaklidagi о‘simlik. Faqat Cassytha turkumiga mansub 16 parazit о‘tsimon о‘simliklar bundan mustasno. Oilaning keng tarqalgan lavr (Laurus), anis daraxti (Cassafras), avokado (Persea) turkumlariga taalluqli turlar tropik va subtropik о‘simliklar orasida salmoqli о‘rin egallaydi. Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri asl lavr (Laurus nobilis). Uning gul tuzilishi bu oila vakillarining bir qadar sodda tuzilganligidan dalolat beradi. Gulining 3 a’zoliligi ularning bir pallalilarga yaqinligidan dalolat beradi. Magnoliyadoshlarning Lavrdoshlarga nisbatan soddaligini kо‘rsatuvchi birdan bir belgi—ularning gulida androtsey va ginetseyning spiral shaklda joylashishi desa bо‘ladi. Bu о‘simlik g‘oyat xidli, gullari mayda, ayrim jinsli, 2 uyli, yoki bir uyli о‘simlik. Tugunchasi ostki.Gul formulasi : * ♀♂ P3+3A3+3+3 G(3) Mevasi-danak yoki rezavor meva, urug‘i endospermsiz. Lavr о‘simligi qimmatbaho oziq - ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali о‘simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning navlari subtropik о‘lkalarda – Kavkaz, Qrimda madaniylashtirilgan.
Avokado (Persea gratissima) doimiy yashil daraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining og‘irligi 600 grammga qadar. Mevaning tarkibida 30% gacha yog‘, 4 % oqsil moddasi bor. Qimmatli meva daraxti sifatida Qora dengizning janubiy sohili va Kavkazda о‘stiriladi. Bir daraxtidan 50 kg ga qadar hosil olish mumkin.
211-guruh talabasi Valixonov Javohir

Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling