Adas dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik donli oʻtsimon oʻsimlik


Download 55.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi55.9 Kb.
#192034
Bog'liq
Yasmiq - Vikipediya



Yasmiq

Yasmiq, adas — dukkakdoshlar oilasiga

mansub bir yillik donli oʻtsimon oʻsimlik

turkumi, don ekini. Oʻrta dengiz, Kichik

Osiyo, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda 10

turi tarqalgan. Ya.ning oddiy xoʻraki

turining yirik urugʻli va mayda urugʻli

navlari qadimdan Yevropa

mamlakatlarida, Shimoliy Afrika,

Kolumbiya, Chili, Rossiya va boshqalar

mamlakatlarda ekib kelinadi

(Oʻzbekistonda 20-asrning 50-y.lariga

qadar koʻp ekilgan). Ya.ning ildizi oʻqildiz,




boʻyi 60—70 sm. Bargi murakkab, juft

patsimon, uchida jingalaklari bor. Gullari

mayda, pushti, binafsha, koʻk, koʻpincha

oq, barg qoʻltiqlariga 2—4 tadan

joylashgan, oʻzidan changlanadi. Mevasi

dukkak, urugʻi yumaloq, sariq, pushti,

yashil, jigarrang. 1000 urugʻi vazni 20—65

g. Urugʻi tarkibida 2 3 3 2 % oqsil (oqsil

miqdoriga koʻradukkakli ekinlar oʻrtasida

sayadan keyingi oʻrinda turadi), 0,6—2,1%

yogʻ, 47—70% kraxmal, 2,3—4,4% kul,

2,44,9% kletchatka, shuningdek,

VrV2vitaminlari bor. Yirik urugʻli Ya.

donidan taomlar tayyorlanadi (tez va

ezilib pishadi), un va yorma ishlab

chiqariladi, uni kolbasalarga qoʻshiladi,

mayda urugʻli Ya. doni, umuman koʻk



massasi, toʻponi chorva mollari uchun

qimmatli ozuqa hisoblanadi. Ya. bahori,

issiqsevar, namsevar, qisqa kun va uzun

kun oʻsimligi. Urugʻi 4—5° (8—10 kun)da

unib chiqadi. Naviga qarab oʻsuv davri 80

—120 kun. Qisqa muddatli qorasovuqlar

(—8°)ga chidamli. Erta bahorda keng

qatorlab ekiladi. Hosili poyaning oʻrta va

pastki qismidagi dukkaklar sargʻayganda

oʻriladi. Hosildorligi 20—22 s/ga (baʼzan

30—35 s/ga).

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.




  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Yasmiq&oldid=2022883



" dan 

olindi 

Download 55.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling