Abdurayemova Nozima Dialektologiya


Download 99.29 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi99.29 Kb.
#1452037
Bog'liq
Taqdimot (5)

Abdurayemova Nozima Dialektologiya

Shevalardagi fonetik jarayonlar Assimilatsiya, dissimilatsiya, metateza. Reduksiya, spontan o’zgarishlar, sandhi, spirantizatsiya, geminatsiya, tovushlar tushishi, orttirilishi. Sinerezis.

Proteza hodisasi Qarnob, Burgut Uyshun, Ming – Mang‘it, Xitoy, Qirq, Saroy,Nayman, usmjniy – turk, Xo‘jatug, Ispanza, Yangiravot kabi qarluq- chigil- uyg‘ur,qipchoq hamda o‘g‘uz guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko‘plab uchraydi.

Epiteza hodisasi o‘zlashtirilgan so‘zlarda mavjud bo‘lib, ular Qarnob, Ispanza, Baxmal, Saroy, Qirq, Mang‘it, Parkent, Vodil, Andijon, Kattaqo‘rg‘on kabi shevalar vakillarining talaffuzida aniq sezilad

Epenteza hodisasi o‘zbek tilining hamma shevalarida qo‘llaniladi. Ayniqsa,Qarnob, Xo‘jatug‘, Qang‘li, Baxmal, Mang‘it, Ming kabi shevalarda esa u yanadaoydinlashadi. Masalan, adabiy tilidagi davr so‘zi Qarnob shevasida esa duvir shaklidauchraydi.

Sinkopa hodisasining hosil bo‘lishi bevosita urg‘u masalasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Urg‘usiz bo‘g‘inlarda bir unli fonemaning tushib qolishi sinkopa hodisasi hisoblanadi. Masalan, maorif – merup// mer`p, Fotima – petme, silos – sles kabi.

So‘z oxirida tovushlarning tushib qoldirilishi urg‘uning odatdagidan boshqacha bo‘lganligi sababli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda so‘z oxirida urg‘usiz unli yoki bo‘g‘in talaffuzda kuchsizlashadi va tushib qoldiriladi. Bu apokopa hodisasidir

Eliziyaning hamma turlari o‘zbek lahja va shevalari uchun xos bo‘lib, ularningdeyarli hammasi uchraydi: A) eliziyaning birinchi turiga: o‘ta olmaydi – otolmayd`// otelmeydu,shu erda –she:r, bu yokka – beke,shu yoqqa –sheqe, bu er – be:r kabilar kiradi;Men sheqe boremen ( Marg‘ilon),

O‘zbek shevalaridagi undosh fonemalar, asosan, adabiy tildagi holatga mos keladi. Unda hozirgi adabiy tildagi ba`zi undoshlar qo‘llanil-maydi.Shevadagi c, f, j undoshlari shular jumlasidandir. O‘zbek adabiy tilidagi c undosh tovushi bu shevalarda ham ts yoki s undoshlari tarzida ishlatiladi.

Anakopa so‘z oxirida keluvChi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir. Bu fonetik hodisa o‘zbek lahja vaShevalarida mavjud. Jumladan, AndijonShevasida ll, ss, mm, zd, st kabi undosh fonemalar o‘zaro birikib kelganida, o‘sha biriktirilgan undoshlardan biri tushirib talaffuz qilinadi.

Assimilyatsiya hodisasi undoshlarning yon tovush ta’siridayumshalishi, jarangli va jarangsiz bo‘lish, paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra o‘zgarishinatijasida yuzaga keladi. Assimilyatsiyani progressiv va regressiv, to‘liq va qisman debfarqlarga ajratish mumkin. Assimilyatsiya hodisasini shu tariqa guruhlashtirish odattusiga kirib kelgan, barcha darslik va qo‘llanmalarda shu holga rioya qilinadi.

Bu hodisa ham o‘zbek shevalarida ma`lum darajada uchrab turadi. Qarnobshevasida: zarur – zaril, kassir – kest`r, amma – embe, zarar – zelel; Urgut shevasida:zarur – zalul, bilan – minen; Parkent shevasida: zarar – zalal kabilar.Dissimilyasiya hodisasi Yom, Xorazm, Niyozboshi, Ming kabi sheva vakillaridanisbatan kam uchraydi

O‘zbek tilida metateza u yoki bu so‘z tarkibidagi undosh tovushlarni o‘zaro o‘rin almashishidir. Masalan, qarluq-chigil- uyg‘ur lahjasida: tuproq – turpok, yomgir –yogm`r, aylanay – eyleney, daryo – deyre//dere, supra – surpe, dunyo – duyne, devor –devol shakllari uchraydi.B

Spirantizasiya hodisasi bir portlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatiniyo‘qotib, sirg‘aluvchi tovushga o‘tishi natijasida sodir bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,bu hodisani undoshlarning yumshoqroq talaffuz etilishi deyish o‘rinlidir.

Bu fonetik hodisa so‘zlarning o‘rtasida ikkita bir xil undoshlarning qo‘shaloq holda kelishidan hosil bo‘ladi. Bu xususiyatni o‘zbek adabiy tilidagi so‘zlarda ham, o‘zbek xalq shevalaridagi so‘zlarda ham uchratish mumkin. Shevalarda ularning hosil bo‘lishi turli xil fonetik o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 99.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling