Abraziv asboblar (keskichlar) abraziv materiallardan ma’lum shaklda tayyorlanadigan asboblar. Abraziv asboblarning qattiq (masalan, silliqlash doirasi, qayroqtosh) va yumshoq (masalan, jilvir latta) xillari bo’ladi


Download 20.61 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi20.61 Kb.
#1233298
Bog'liq
ABRAZIV ASBOBLAR


ABRAZIV ASBOBLAR (keskichlar) – abraziv materiallardan ma’lum shaklda tayyorlanadigan asboblar. Abraziv asboblarning qattiq (masalan, silliqlash doirasi, qayroqtosh) va yumshoq (masalan, jilvir latta) xillari bo’ladi. Bular metall, tosh, shisha, taxta, rezina, charm, marmar kabi tabiiy va sun’iy materiallar sirtini silliqlashda hamda tog’ jinslarini parmalashda ishlatiladi. O’zbekistonda Abraziv asboblar ishlab chiqaradigan Toshkent abraziv zavodi bor. ABRAZIV ISHLOV BERISH – abraziv asboblar yordamida metallar, shisha, yog’och va boshqa materiallarga mexanik ishlov berish. Abraziv ishlov berish jumlasiga silliklash va yaltiratish, xoninglash, ishqalash, charxlash, o’lchamiga yetkazish va boshqa usullar kiradi. ABRAZIV MATERIALLAR, abrazivlar (lotincha abrasio — qirtishlamoq) — mayda donador yoki kukunsimon qattiq materiallar. Ulardan charxtosh, jilvir, qayroq va boshqalar tayyorlanadi. Abraziv materiallar tabiiy va sun’iy xillarga bo’linadi. Olmos, korund, kvars va boshqa tabiiy; elektr korund, kremniy karbid (karborund), bor karbidlar sun’iydir. Sanoatda sun’iy Abraziv materiallar keng qo’llaniladi. Sun’iy korund yoki elektr korund, asosan, alyuminiy (Sh)-oksiddan iborat, u tabiiy jinslar (giltuproq va boshqalar) ni elektr pechlarda eritib olinadi. Elektr korund juda qattiq material, 2050°S gacha temperaturaga chidaydi. Birmuncha qovushoq, o’tkir qirrali donachalar tarzida uvalanadi. Elektr korund tarkibida alyuminiy (Sh)-oksid ko’paysa, qattiqligi va qovushoqligi ortadi. Tarkibidagi alyuminiy (Sh)-oksidning miqdoriga ko’ra elektr korundlar ikki xil bo’ladi: 1 — oq elektr korund (98 — 99%, shartli belgisi — EB), 2 — normal elektr korund (91%dan kam emas, shartli belgisi — E). Kremniy karbid elektr pechda qum va toshko’mir aralashmalariga kremniy karbid hosil bo’lishini tezlashtiruvchi qo’shimcha materiallar qo’shib, 1800 — 1850°C gacha qizdirib olinadi. Kremniy karbid elektr korundga nisbatan ham qattiq, ham mo’rt. Kremniy karbid ikki xil bo’ladi: 1 — qora kremniy karbid (qum — 95% dan 97% gacha, shartli belgisi — K4), 2 — ko’k yashil kremniy karbid (qum — 97%, shartli belgisi — K4). Bor karbid qattiqligi olmosga yaqin material. U texnik borat kislota va neft koksidan iborat shixtani eritib olinadi. Qo’ng’ir-qora rangli kukun tarzida ishlab chiqariladi. Abraziv asboblarning xillari: 1 — Yassi silliqlash doirasi; 2 — konus doira; 3 — o’ymali disk; 4 — silliqlash diski; 5 — halqa; 6 — tsilindrik kosacha; 7 — konussimon kosacha; 8 — minerallar uchun mo’ljallangan tsilindrik; 9 — tsilindrik silliklash kallagi; 10 — konussimon; 11 — gumbazsimon; 12 — sharsimon; 13 — kvadrat shaklli cho’zinchoq; 14 — uch qirrali; 15 —doiraviy; 16 — pichoqsimon; 17 — trapesiya shaklli; 18 — qavariq-botiq; 19 — xoninglash uchun mo’ljallangan qayroqtosh. Abraziv materiallarning asosiy ko’rsatkichlari: qattiqligi (mn/m2), mustahkamligi va qovushoqligi, abraziv donalarining shakli, abrazivlik (jilvirlash) xususiyati, donadorligi. ABRAZIV-SUYUQLIKLI ISHLOV – tarkibida erimagan abraziv donalar bo’lgan suyuqlik oqimini ishlanadigan sirtga katta tezlikda yo’naltirib, oldingi ishlovdan qolgan izlarni yo’qotish. Bu usul quyma va toblangan metallarni turli sirtqi shikastlardan tozalashda qo’llaniladi. ABRAZION TERRASA – abraziya natijasida hosil bo’lgan dengiz tubining sohil qismi. Abrazion temperaturaning ko’ndalang kesimi qavariq egri chiziqdan iborat bo’lib, qirg’oqda qiyaligi kam. Qadimgi Abrazion temperatura ko’milgan (suv ostida qolgan) yoki dengiz sathidan ko’tarilgan bo’ladi. Bir necha ko’tarilgan Abrazion temperatura majmui terrasalangan tekisliklarni hosil qiladi. ABRAZIYA (lotincha abrasio — qirish) — biror a’zo bo’shlig’idagi massani uning ichki devori bilan birga qirib olib tashlash; masalan, bachadon shilliq qavatini qirish; Abraziya abort chog’ida bachadonda homila bo’laklari qolganda, plasentar polip tufayli qon ketganda, tug’rukdan so’ng yo’ldosh yoki homila pardasi bo’laklari qolganda qo’l bilan tozalash imkoniyati bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Tanosil a’zolari yallig’langanda, bachadon fibromiomasida, bachadondan tashqari homiladorlikda, isitma bilan kechadigan abortda Abraziya qilinmaydi.
ABRAZIYA (geologiyada) — to’lqin ta’sirida dengiz, ko’l va yirik suv omborlari qirg’og’ining yemirilishi va tekislanishi. Yemirilishdan paydo bo’lgan jinslar suv bilan yuvilib dengiz tubiga cho’kadi. Abraziya tezligi qirg’oqning geologik tuzilishi hamda to’lqin kuchiga bog’liq. Abraziya natijasida abrazion terrasa paydo bo’ladi. Abrazion Terrasaning kengayishi natijasida Abraziya asta-sekin so’nadi. ABRAMOV MUZLIGI – olay tizmasining Janub yon bag’ridagi muzlik. Ko’ksuv (Kizilsuvning irmog’i) havzasida. Maydoni 22,8 km2, uzunligi 10 kilometr. Muzlikning to’yinish havzasi keng muz hosil bo’lish mintaqasi — tsirkdan iborat. Muzlik 4960 metr balandlikdan boshlanib, muzlik tili 3600 metr balandlikkacha tushadi. Abramov muzligining eng qalin joyi 160 — 170 metr, o’rtacha qalinligi 110 metr. Muzlik tilining harakat tezligi sutkasiga 20 — 30 santimetr, lekin har 10-11 yilda bir marta muzlik tilining harakati sutkasiga 2 metrga yetadi. 1972 — 73 yillarda muzlik tilining quyi qismi 625 metrga surilgan. Abramov muziligida 19 asr oxiridan muntazam tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Xulosa.

Adabiyotlar


WWW.MALUMOT.RU - Malumotlar bazasi
www.kutibhona.uz- malumotlar bazasi
www.asboblar.ru- saytidan qo’llanmalar
Kesuvchi asboblar va ularga ishlov berish kitobi.
www.vikipidiya. Ru –saytidan
www.malumot.ru
I.А.Karimov “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” - Т.: «O‘zbеkiston», 2009I.A.Karimov «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» - T.: «Ma’naviyat», 2008.I.A.Karimov «Mamlakatimiz taraqqiyoti va хalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir» - Т.: «O‘zbеkiston», 2007.I.A.Karimov. «O‘zbek хalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi». - T.: «O‘zbеkiston», 2005.I.A.Karimov. «Inson, uning huquq va erkinliklari – oily qadriyat» - T.: “O‘zbеkiston”, 200
Download 20.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling