Reja: Ishqalash (pritirka, dovodka) Superfinish. Yaltiratish
Download 87.62 Kb.
|
Маъруза №17
MA’RUZA № 17 DETALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIK JARAYONLARNI TIPLASHTIRISH. Reja: 1. Ishqalash (pritirka, dovodka) 2. Superfinish. 3. Yaltiratish (polirovkalash) 4. Taramlash (nakatlash) Ishqalash(pritirka) dastlab jilvirlab olingan detal sirtlarini yakunlovchi pardozlash uchun xizmat qiladi. Tashqi silindrik sirtlarni ishqalash abraziv mikrokukuni (o`lchami 3 mkm dan 20 mkm gacha kattalikdagi donachali) moy yoki maxsus pasta bilan dastlab yopishtirib olinadigan (bunda ishqalovchi sirtiga abraziv donachalarni botirish tushiniladi) cho`yandan, bronzadan yoki misdan tayyorlanadigan ishqalovchi yordamida amalga oshiriladi. Abraziv kukunni tayyorlash uchun korund, xrom oksidi, temir oksidi va boshqalardan foydalaniladi. Pastalar abraziv kukun va kimyoviy aktiv moddalardan tarkib topadi. Ular turli tarkibga ega bo`ladi. Masalan, voskli va parafinli yoki kerosin bilan aralashtirilgan pastalar qo`llaniladi. GOI (gosudarstvennogo opticheskogo instituta) pastalari tarkibiga abraziv sifatida xrom oksidi va bog`lovchi sifatida stearin va olein kislotasi qo`llaniladi. Yakka tartibli ishlab chiqarishda va tag`mirlash ustaxonalarida detallarning tashqi silindrik sirtlari, masalan, vallarning bo`yinlari, ishqalanuvchi detal o`lchami bo`yicha charxlangan, mis, bronza, vtulkalar ko`rinishidagi ishqalovchi yordamida oddiy tokarlik dastgohlarida amalga oshiriladi. Vtulka bir tomonidan qirqilgan bo`lib, unga pasta surkaladi yoki tekis yupqa qatlamda mayda korunt kukuni mashina moyi bilan surkaladi. Keyin vtulka qisqichiga o`rnatiladi va ishlov beriladigan detalga kiygiziladi. qisqichni bolt bilan engil torta borib, bir tekisda qo`l yordamida ishqalovchi aylanuvchi detalga kiritiladi. Ishqalashda detalni suYuq mashina moyi yoki kerosin bilan moylab turish foydali bo`ladi. Ishqalash uchun diametrga 5-20 mkm atrofida qo`yim qoldiriladi. Ishqalash paytida detalning aylanish tezligi 10-20 m/min bo`ladi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ishqalash maxsus ishqalovchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Download 87.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling