Reja: Ishqalash (pritirka, dovodka) Superfinish. Yaltiratish
Yaltiratish (polirovkalash)
Download 87.62 Kb.
|
Маъруза №17
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taramlash (nakatlash).
Yaltiratish (polirovkalash) bu moy bilan aralashtirilgan mayda donali abraziv kukunni surilgan Yumshoq doira yordamida sirtga toza ishlov berish jarayonidir.
Yaltiratish doirasi uchun material sifatida kigiz, yupqa namat va teri xizmat qiladi. Abaziv asbobning yangi ko`rinishi sifatida grafit to`ldirgichli yaltiratish doirasi xizmat qiladi. Bu doira larning qo`llanishi qo`yidagilarga imkon yaratdi: detallarda yuqori sifatli, g`adir-budirligi 12-13 sinfdagi silliq sirtlarni olishga; kam samara beruvchi, unumdorlgi past bo`lgan yaltiratshning dastaki usularini va asboblarini yo`qotishga; mexnat unumdorligini 6-8 martaoshirishga; Yaltiratish doiralari tarkbiga asosan tabiiy korund, bakelitli bog`lagich va to`ldirgich sifatida qalam grafiti kiradi. Yaltiratish usulining riovjlanishi natijasida yaltiratish doirasi o`rniga abrazivtasmali yaltirlagichlar qo`llanila boshladi. Bu tasmalar Yupqa qavatli abraziv mayda donalardan tayyorlanadi yoki ularni abraziv pastalar bilan qoplanadi. Sharikli podshipnik xalqalarining navlarini yaltirishda tasmalarni ba`zida abraziv pasta qoplangan to`qimachilik ipi bilan almashtriladi. Yaltiratish orqali geometrik shakl xatoliklarini hamda oldingi operatsiyada olingan yoki oldingi operatsiyadan qolgan maxalliy nuqsonlarni (cho`kmalar, bo`shliqlar va boshq.) to`g`rilab bo`lmaydi, yaltiratish orqali Rz0,1Rz0,05 sirt g`adir-budurligiga erishish mumkin, biroq yuqori aniqlikni ta`minlab bo`lmaydi. Yaltiratilgan yuza yaltiroq oynasimon ko`rinishga keladi. Yaltiratish jarayoni yaltiratish doirasining yoki abraziv tasmaning yuqori tezlgida (40 m/sek gacha) amalga oshiriladi. Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda yaltiratish uchun ko`p shpindelli avtomatlari qo`llaniladi. Taramlash (nakatlash). Turli xil o`lchov asboblarining silindrik dastalari, mikrometrik vintlarning kalibrlovchi kallaklarining dastalari va dumoloq gaykalar foydalanish oson bo`lishi uchun taramli (rifleniyali) qilib tayyorlanadi. Bunday taramlangan sirtlar dumalatma deb, uni xosil qilish jarayoni esa dumalanib ishlov berish deyiladi. Dumalatish to`g`ri va chorraxali bo`ladi. 7.1.-rasm. Dummalatibishlovberishuchuntokarlikdastgohiningsupportiga tutgich 1 mahkamlanadi (7.1.-rasm), tutgichga oddiydumalatishuchunbitta, chorraxalidumalatishuchunikkita roliklar 2 va o`rnatiladi. Roliklarga tishchalaro`yilganbo`ladi; butishchalarturlio`lchamva turliyo`nalishga ega (7.1.-rasm), shuninguchunturliko`rinishdagidumalatma olishmumkinbo`ladi. 7.1.-rasmda taramlarni dumalatish sxemasi ko`rsatilgan. Download 87.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling