Reja: Ishqalash (pritirka, dovodka) Superfinish. Yaltiratish


Download 87.62 Kb.
bet2/4
Sana12.03.2023
Hajmi87.62 Kb.
#1264176
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза №17

Superfinish yassi, dumaloq, botiq, egilgan, tashqi, ichki va shunga o`xshash sirtlarga o`ta toza ishlov berish usulidan iborat. Bu usul avtomobil sanoatida eng ko`p qo`llaniladi. Superfinish abrazivli tebranuvchi to`sinchali kallak bilan sirtlarni ishlov berishni nazarda tutadi, bunda uchta, ba`zida esa undan ham ko`p harakat amalga oshadi. Detalning aylanishidan tashqari to`sinchalar bo`ylama va tebranuvchi harakatga ega bo`ladi. Asosiy ishchi harakat bo`lib, abrazivli to`sinchali kallakning tebranma harakati xizmat qiladi. Bunda to`sinchalarning Yurishi 2-6 mm ni tashkil etadi, ikkilanma tebranishlar esa minutiga 2001000 martagacha bo`ladi. Superfinishning g`oyasi «takrorlanmaydigan iz» degan printsip asosida bo`lib, bunda abrazivning har bir alohida donachasi bitta o`sha yo`ldan ikki marta o`tmaydi. Superfinishda kesish tezligi juda ham past - 1 dan 2.5 m/min gacha bo`ladi.
Superfinishda abraziv to`sinchalarning ishlov beriladigan yuzaga beradigan nisbiy bosimi juda kichik, ya`ni 0,0049¸0,245 MN/m2 (0,05¸2,5 kG/sm2 kichik qiymatlar yakuniy ishlov berishda katta qiymatlar esa dastlabki ishlov berishda) shuning uchun ishlov berilayotgan yuza qizib ketmaydi va g`adir–budirlik cho`qqilari 0,15¸0,20 mkm bo`lib xoninglashga qaraganda past bo`ladi. GOST 3.647–71 ga muvofiq abraziv to`sinchalarning donadorligi 3–8 va undan kichik qilib belgilanadi.
Superfinishda toza yuza olish uchun sovutish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Bu erda sovutuvchi suyuqlikning moylash xususiyati o`ta muhim. Odatda kerosinga moy qo`shib qo`llaniladi.
Superfinishning muhim vazifalaridan biri bu oldingi ishlov berish usullarida qolgan kesuvchi asbob izlarini yo`qotishdan iborat. Superfinish usulida ishlov berganda yuza tozaligi 14 sinfga etkaziladi.
Superfinishda to`sinchalarning detalni har bir aylanishiga to`g`ri keladigan surishi doimiy bo`lmaydi, shu sababli asosiy (texnologik) vaqt xronometraj usulida o`rnatiladi. Superfinishda olib tashlanadigan qatlam qalinligi 0,005¸0,02 mm gacha. Ishlov berish davomiyligi odatda 0,2¸0,5 minutni tashkil qiladi

Download 87.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling