Abu ali ibn sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining 2021 yil 28 avgustdagi 27/1-2021-son buyrug‘I


Download 38.52 Kb.
bet1/2
Sana10.03.2023
Hajmi38.52 Kb.
#1257749
  1   2
Bog'liq
Одоб ахлоқ ва ички тартиб қоидалари




ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB DIREKTORINING 2021 YIL 28 AVGUSTDAGI 27/1-2021-SON
BUYRUG‘I

(Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2021-yil 27-avgustdagi “Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini tizimli ravishda oshirib borish, sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish haqida”ги


94 i/ch –son buyrug‘i)


1-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi
tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi va rahbar xodimlarining ichki tartib
va odob-axloq qoidalari

Agentlik tizimidagi ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.


1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi о ‘rinda - qoidalar) Agentlik tizimidagi ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda o‘quvchilari (keyingi о‘rinda - jamoa a’zolari), ularning ota-onalari yoki ularning o‘mini bosuvchi shaxslar uchun muassasadagi ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o‘zaro munosabatlarida odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlari va huquq majburiyatlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Ushbu qoidalar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida (keyingi o'rinda - ta ’lim muassasasi) ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, o‘qituvchi mavqeining dahlsizligini e’tirof etish, do‘stona muhitni yaratish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2. Mazkur qoidalar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tatbiq etiladi.
3. Mazkur “Odob-ahloq qoidalari”ning maqsadi Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdan iboratdir.
4. Qoidalar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasasi jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan qoidalar to‘plami hisoblanadi.
5. Mazkur “Odob-axloq qoidalari”ga rioya qilish Agentlik tizimidagi ta’lim muassasasi jamoa a’zolari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun ta’lim muassasasi doirasida majburiy hisoblanadi.
2-bob. Jamoa a’zolarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari
6. Agentlik tizimidagi ta’lim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzat-hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
7. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini tanlash va amaliyotga tatbiq qilish, ta’lim mazmuni va sifatini yaxshilash tizimdagi har bir ta’lim muassasasi rahbariyatining asosiy vazifasidir.
8. Agentlik tizimidagi ta’lim muassasasi hududida har bir jamoa a’zolari hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar)ni chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (“ovozsiz ” holatga о 'tkazishi) shart.
9. Ta’lim muassasalarining har bir o‘qituvchi, o‘quvchi va xodimlari ushbu ichki-tartib qoidalariga rioya etishi, munosib tashqi ko‘rinish va kiyinishga (ta’lim muassasasida belgilangan formada) qat’iy rioya etishlari lozim.
10. Ta’lim muassasasida har bir jamoa a’zosining sha’ni va qadr-qimmati o‘zaro hurmat qilinishi, jamoa a’zolari o‘zaro munosabatlarda «siz» deb murojaat qilishi odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, o‘zaro munosabatlarda behayo so‘zlar ishlatishi qat’iyan taqiqlanadi. Rahbariyat, pedagog xodimlar, tarbiyachilar, texnik xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari shart.
11. Jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda, o‘quvchilar o‘qituvchilarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda qo ‘I berib so ‘rashish istisno bo ‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo ‘lib qo ‘I uzatganidan keyingina ularga javoban qo ‘I uzatishlari tavsiya etiladi) lozim.
12. Ta’lim muassasalari binolariga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, o‘quvchilar o‘qituvchi va xodimlarga, o‘g‘il bolalar qizlarga, yuqori sinf 0‘quvchilari kichik sinf o‘quvchilariga yo‘l berishlari lozim.
13. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boTmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga taalluqli masalalarni Internet tarmog4 iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
14. Kompyuterlarda ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi manbalarni saqlash va tarqatish qat’iyan man etiladi.
15. O‘qituvchilar va o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o‘z vaqtida kelishi, ish kuni va dars jarayonidan unumli foydalanishlari lozim.
16. Ta’lim muassasasi rahbarivati:
o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida fan va qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklar, sport seksiyalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatini samarali tashkil qilish;
o‘quv yili davomida namunali xulqi va erishgan yutuqlari uchun o‘quvchilarni rag‘batlantirish {ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo ‘mitasiga minnatdorlik xatini yuborish, ertalabki saflanishlarda faxriy yorliq yoki iliq so 'z bilan alohida e ’tibor ко ‘rsatishy,
maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun intizomiy choralar ko‘rish (pta-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo ‘mitasiga salbiy holat yuzasidan xat yuborish, ertalabki saflanishlarda alohida ко ‘rsatib о ‘tish\,
yuqori natijalarga erishgan, o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan o‘qituvchilarni maktab ma’muriyati tomonidan mukofotlash yoki moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi.
3-bob. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari
17. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” an’anasiga asoslanishi lozim.
18. Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlari boshlanishida:
o‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘quvchilar hurmat yuzasidan o‘rinlaridan turgan holda kutib olishlari, bir ovozdan “Assalomu alaykum” (rus tili va adabiyoti yoki chet tili fanlarida tegishli tilda) deb salom berishlari;
o‘qituvchi “Va alaykum assalom” (rus tili va adabiyoti yoki chet tili fanlarida tegishli tilda) deb alik olishlari va uning ruxsatidan so‘ng o‘quvchilar o‘rinlariga o‘tirishlari, o‘quvchilar har bir darsda sinfga kirgan fan o‘qituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda bolishi lozim.
19. Dars vaqtida o‘quvchiga o‘qituvchining ruxsatisiz sinf xonasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Ta’lim muassasasida dars mashg‘ulotlarining boshlanishi va tugashi “Kirish” va “Chiqish” qo‘ng‘iroqlari bilan tartibga solinadi. “Kirish” qo‘ng‘irog‘i dars boshlanganligini bildirib, u chalingandan so‘ng bare ha o‘quvchilar va dars jadvalida belgilangan fan o‘qituvchilari zudlik bilan tegishli sinf xonalariga kirib, mashg‘ulotni boshlashlari lozim.
21. Dars mashg‘ulotini tugaganligini bildiruvchi “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i o‘qituvchi uchundir. O‘qituvchi mashg‘ulot yakunlanganligini eTon qilgandan keyingina o‘quvchilarning sinfdan chiqishlariga ruxsat beriladi. “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan so‘ng o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni uzoq vaqt sinf xonasida ushlab turilishiga yoT qo‘yilmaydi. O‘qituvchi sinfdan chiqayotganda o‘quvchilar oTinlaridan turib, “Xayr, salomat bo‘lingl”, - deb hurmat ko‘rsatadilar.
22. Dars mashg‘ulotlari va tadbirlar vaqtida mobil telefonlaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi. Maktabda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin o‘quvchi va o‘qituvchilar mobil telefonlarini o‘chirib qo‘yishlari lozim.
23. O‘quvchilarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:
ta’lim muassasasiga maktab Ustavida man etilgan libos va qiyofada kelish;
qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli, shuningdek, ta’lim muassasasi va o‘qituvchi obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanish;
o‘quvchilarga dars vaqtida mobil aloqa vositalaridan foydalanish;
o‘quvchi tomonidan yotoqxonada Nizomda qayd etilgan tartib-intizomga rioya qilmaslik;
inson sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi sovuq qurollar, tig‘li buyumlar, taqiqlangan adabiyotlarni ta’lim muassasiga olib kelish.

  1. O‘qituvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish;
o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
ta’lim muassasasi hududi va binosida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan, ochiq, o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiladigan tor, kalta liboslarni kiyish;
behayo qiliqlar, ovozni haddan ziyod ko‘tarish, baqirish, qo‘l ko‘tarish, janjallashish;
o‘quvchilar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan, ularning psixologik holatini izdan chiqaradigan shaxsiy munosabatlarni oshkor qilish.
25. Ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o‘tkazishiga yoki shunga harakat qilishiga, shuningdek, adolat tamoyillariga yoki ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqqa oid majburiyatlari
26. O‘qituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:
mazkur qoidalarga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lib, shaxsiy namuna ko‘rsatish, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish;
ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan hatti-harakatlardan tiyilish;
biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
ta’lim muassasasining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish.
27. O‘quvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga oid majburiyatlari:
a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida:
ta’lim muassasiga mashg’ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin (yotoqxonada turuvchi o‘quvchilar dushanba kuni mashg'ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin) ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o’quvchilar libosi (formasi)da kelishi;
toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (p‘g‘il bolalar sochlarining uzunligi me’yor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning sochlari tekis turmaklangan, pardozsiz, ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim)',
o'qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish;
ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o'simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va o‘quv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va ko'rgazmali vositalar), yotoqxona jihozlari (yotoq divani, kiyim javoni, kitob javoni, tumba, dars tayyorlash stoli va stuli va yostiq, matras, choyshablarjga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish;
ta’lim muassasasi hududida telefonini o’chirib, portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo’yish;
chiqindilarni maktab binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash.
b) dars mashg’ulotlarida:
o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda qo‘lini ko’tarib ruxsat so‘rash;
dars jarayoniga halal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;
dars vaqtida o‘rinsiz gaplashmaslik;
jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga chizmaslik;
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish.
v) tanaffusda:
o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish.
g) ta’lim muassasasi oshxonasida:
ertalabki nonushta, tushlik va kechki ovqatlanishni kun tartibida belgilangan muddatlarda amalga oshirish;
ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish;
umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;
ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
issiq va suyuq ovqatlarni iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish;
oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol qilish;
ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish.
d) ta’lim muassasasi kutubxonasida:
kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
y) sport zali (maimuasi)da:
qiz va o‘g‘il bolalar uchun ajratilgan “kiyinish xona”larida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish;
sport zaliga xos bo‘lgan kiyim va poyafzalda kirish;
sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashg‘ulotlardan key in sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘ liq rioya qilish.
yo) maktab laboratorivalarida:
laboratoriya xonasiga laborant kuzatuvida kirish va chiqish;
laboratoriyada maxsus kiyimda bo‘lish;
laboratoriya jihozlari va reaktivlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
laboratoriya ishlarida halal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;
uyga vazifalar va mustaqil ishlarni faqat laborant kuzatuvida amalga oshirish;
olimpiada va ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish, mustaqil tadqiqot ishlarini amalga oshirishda yaratilgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish;
mashg‘ulotlar davomida texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilish.
j) maktab votoqxonasida:
o‘quvchilarning namunaviy kun tartibi va sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilish;
yotoqxonani ozoda, toza, shinam va namunali saqlashni ta’miniash;
yotoqxona kommendanti ko‘magida ust-bosh va ko‘rpa-yostiq anjomlarini belgilangan muddatlarda yuvilishi va dazmollanishini tashkil qilish;
yotoqxona jihozlari va buyumlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish;
yuvinish xonasi va hojatxonalardan to‘g‘ri foydalanish hamda ozoda saqlash;
tarbiyachi-pedagog ko‘magida uy vazifalarini bajarish va madaniy hordiq olish;
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda faollik ko‘rsatish.
z) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda:
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq madaniyat maskanlariga borish va turli yo‘nalishlardagi tadbirlarda faol ishtirok etish;
madaniyat maskanlarida yurish-turish va o‘zini tutish talablariga amal qilish;
jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish;
barcha tadbirlarda texnika va yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilish.
5-bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
28. O‘quv yili davomida mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:
ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
agentlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya berish;
ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
o‘quvchilarning uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma yuborish.
29. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

Download 38.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling