Abulhasan Ali binni Muhammad Munjik Termiziy o'z davrining yirik shoiri, hajviyotda yalovbardor, beqiyos mashshoq, xushovoz hofiz bo'lib Chag'oniyon amirlari saroyida nash'u namo topadi


Download 19.47 Kb.
Sana08.11.2020
Hajmi19.47 Kb.
#142522
Bog'liq
Munjik Termiziy


Munjik

Abulhasan Ali binni Muhammad Munjik Termiziy o'z davrining yirik shoiri, hajviyotda yalovbardor, beqiyos mashshoq, xushovoz hofiz bo'lib Chag'oniyon amirlari saroyida nash'u namo topadi. Munjik manbalarda Chag'oniyon amirlari Tohir ibn Fazl (hukmronligi 988- 992) va Abul Muzaffar (hukmronligi 992- 1010) larning maddohi sifatida tilga olinadi hamda qasidalarining benihoya badiiyligi maqtaladi. Shoir Termiz atrofidagi Munjik nomli qishloqda tug'ilgan va taxallusi bois uni Munjik Termiziy, Munjikiy Termiziy, ko'pincha Munjik, goho Munjikiy deb atashadi, o'zi esa she'rlarida Munjik so'zini qo'llaydi. Munjikning hayot yo'li haqida ko'p narsa bilmaymiz, uning tavallud va vafoti sanasi, Chag'oniyonga kelguncha maskani, tahsil yillari qayerda kechgani, Chag'oniyonda necha muddat turgani, so'ngra qaysi tomonlarga ravona bo'lgani aniq emas. Shoirning boy ijodiy merosidan bizgacha atigi 517 misra she'r yetib kelgan va bular adib mahoratiga doir ayrim nuqtalarni anglashda qo'l keladi. 


Munjikning she'rlar devoni X-XI asrlarda mashhur bo'lgan. Nosir Xisrav (1004-1089) «Safarnoma»da yozishicha, u Tabrizda ekanida shoir Qatron ibn Mansur (1010-1074) undan Munjik va Daqiqiy devonlaridagi tushunmagan so'zlarning ma'nosini so'rab oladi, ehtimolki, bu devonlar ayni Chag'oniyonda kitobat qilingandir, biroq, ming afsuski, bu devonlarning taqdiri hanuz noma'lum qolib kelmoqda.
Qasida bitish uchun katta tajriba va yuksak iste'dod zarurligi, qolaversa, jiddiy mas'uliyat talablari hisobga olinsa, Munjik Termiziy Chag'oniyonga kelganida kamida 30-35 yoshlarda bo'lgan. Demak, Tohir ibn Fazl hukmronligi yillarida Munjik Chag'oniyonga tashrif buyurgan bo'lsa, unda shoir taxminan 953- 958 yillarda dunyoga kelgan bo'ladi. Afg'on olimi Muhammad Muhsin shoir Munjikning 987-990 yillar va Tohir Chag'oniy, ya'ni Tohir ibn Fazlning 991 yilda olamdan o'tganligini xabar qiladi. Vaholanki, Munjik o'zining Amir Abul Muzaffar madhidagi qasidasida Tohirni marhum sifatida xotirlaydi. Basharti akade-mik E. V. Rtveladzening Abul Muzaffar hukmronligi 1002-1008 yillar deb ko'rsatgan sanasiga muvofiq, aynan shu amirga atalgan Munjik qasidasidan kelib chiqsak, Munjikning hali XI asr boshlarida hayot ekani aniq bo'ladi. Munjik Chag'oniyondan qaytgach, Termiz atrofidagi jonajon qishlog'i Munjikka qaytganmi, buni bilmaganimizdek, shoir qachon vafot etgani haqida ham ma'lumotga ega emasmiz.
Munjik hajviyotida o'tkir kinoya yaqqol sezilib turadi, shu kinoya zamirida asl maqsad nishonga olinadi:

Ey, majlisiyoni hazrati shoh, 
Daryoi shumo nahang dorad.
Az bahri xudo moro bigo'ed, 
To noni shumo chy rang dorad!"


Mazmuni:

Ey, hazrati shoh majlisbozlari, 
Sizning daryongizda ajdaho bor naqd. 
Xudo haqqi, aytshgchi, menga, haq, 
Sizning koningizning rangi qanaqa!

Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling