Achchiq haqiqat Yaxshidir {x3} achchiq haqiqat


Download 9.94 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi9.94 Kb.
#1114899
  1   2   3
Bog'liq
Документ


achchiq haqiqat


Yaxshidir {x3} achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg`on yomon.
Shu shirin yolg`onga lekin
Aldanib qolg`on yomon.

Umrimiz {x2} aldoq jahonda
Aldanib o`tgay, vale
So`nggi qiynalg`on yomondir,
So`nggi qiynalg`on yomon.

So`nggi qiynalg`on yomondir, {x2}
So`nggi qiynalg`on yomon.

Aytgali achchiq azobing
Bo`lsa dildosh yaxshidir. (x2)
So`z demay achchiq alamni
Joningga solg`on yomon.

So`nggi qiynalg`on yomondir, {x2}
So`nggi qiynalg`on yomon.

Jonga solg`on ham na sozdir
Elga so`ylab man kabi,
Shoiri devona ishq
Nomini olg`on yomon. (x2)

Yaxshidir {x2} achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg`on yomon.
Shu shirin yolg`onga lekin
Aldanib qolg`on yomon.

So`nggi qiynalg`on yomondir, {x2}
So`nggi qiynalg`on yomon.
So`nggi qiynalg`on yomondir, {x2}
So`nggi qiynalg`on yomon.

Andijonim qoldi mening.


Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin tortib chertgan yorda jonim qoldi mening.
Qalam birlan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening,
Shabboblikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolg`on Andijonim qoldi mening.

Nodirimsan, Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan, Andijonning yodin hargiz tark etmayin,
Ilhomchimsan, Andijonni kim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening. {x2}

Bog`ishamol nasimiga kuygan dilim zor aylabon,
Riyolikni rafiq bilgan raqiblar ozor aylabon,
Diyorimda muqimlikni zamonam dushvor aylabon,
Furqatida e’timodim afg`onga izhor aylabon,
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening.

Boburingman, fatvo bergan yurtim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.

Qay yong`aki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Qay sorig`a yuzlansam, o`trumg`a kelur qayg`u,
Yuz mehnatu g`am ko`rgan, osoyishi kam ko`rgan,
Ming dardu sitam ko`rgan mandek yana bir bormu?
Yuz mehnatu g`am ko`rgan mandek yana bir bormu?
Osoyishi kam ko`rgan mandek yana bir bormu?

Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi,
O`z yurtni qo`yib, Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, bu ne yuz qarolig` bo`ldi. {x2}



Atirgulim
Atirgulim, atringni soch,
Mayli tikan xoring bo`lay,
Ko`z tegmasin bo`yingga deb,
Tilovchi zor-zoring bo`lay.

Mayli bo`lay ko`zmunchog`ing,
Bo`yningda tumoring bo`lay,
Yiroq ketma, ketsang agar,
Yo`lingda sardoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x3)

Yig`lamagin, yig`latmagin,
Dunyoda yolg`iz o`tmagin,
Sevdim deya kuylay yonib,
Hargiz meni bo`zlatmagin.

Har dam yoningda o`lturay,
Ket deb sira ham aytmagin,
Ko`zlar yonib, yuzlar qizib,
Aytgan so`zingdin qaytmagin.

Bog`la bo`yningga qo`llarim,
Mayliga zunnoring bo`lay,
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x2)

Mayli deyin, axtarsinlar,
Sendek go`zal dunyoda yo`q.
Qoshlar qalam, ko`zlar suzuk,
Lablar asal dunyoda yo`q.

Sensiz jahonning o`zi yo`q,
She’ru g`azal dunyoda yo`q.
Kelgin davo ber dardima,
Mendek kasal dunyoda yo`q.

Dunyoga teng husning uchun
Yolg`iz xaridoring bo`lay.
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x2)

Sochingda qasding bormidi,
Janon kesibsan ostidan?
Tuproqqa ketdi to`lg`anib,
G`addor qaychining dastidan.

Erkakcha qirtishlab uni,
Ro`ymol yulindi ustidan,
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan.

Erkakcha tekislab uni,
Ro`ymol yulindi ustidan,
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan.

Soch o`rnida endi o`zim
Mayliga dastoring bo`lay,
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x5)



Bobodehqon
Beshikdan sahroga uloqqan yo`llar, {x2}
Qilichmas ketmonga uzangan qo`llar,
Tuproqdan yaralgan rizqu tiriklik,
Ona allasidan boshlangan kuylar.

Tuproqdan yaralgan rizqu tiriklik,
Ona allasidan boshlangan kuylar.
Belingga quvvat bo`lay, dardingga darmon,
Mehnat deya tug`ilgan, ey bobodehqon.

Yetmish-saksongacha ishlab tolmading,
Mehnatsiz turmushni ko`ra olmading,
O`pqonu xalqumlar yamlab ketsa-da,
Ko`ngil deb haqingni so`rab olmading.

O`pqonu xalqumlar yamlab ketsa-da,
Ko`ngil deb haqingni so`rab olmading.
Belingga quvvat bo`lay, ey bobodehqon,
Yer kabi kamtarin, ey ona dehqon.

Yerga egilasan ertadan to kech,
Bu kamtar to`ningni biron marta yech,
Seni mehnating-la gerdayganlarni
To`ydirib, kiydirib, gerdaymading hech.
Belingga quvvat bo`lay, dardingga darmon,
Mehnat deya tug`ilgan, ey bobodehqon,
Senga yelkadoshdur chorvador, cho`pon.

Chorvador deganda cho`l, tog` eslanar,
Xorg`in cho`pon tutgan tayoq eslanar,
Ba’zan cho`ponlarning zahmati qolib,
Barra kabob, qimiz, qaymoq eslanar.

So`zim yoqmaganlar chidab tursinlar,
Issiq tanasiga o`ylab ko`rsinlar.
Sen oylab o`tkazgan qoru yomg`irda
Mard bo`lsalar, bir kun turib bersinlar.

Sen oylab o`tkazgan qoru yomg`irda
Mard bo`lsalar, bir kun turib bersinlar.
Ulug` Vatan uchun zirhu qalqonim,
Chorvador cho`ponim, bobo dehqonim.



Davron to’xtamas
Bulbullar sayragan havoli bog’lar, {x2}
Bulbul sandan ketar, fig’on to’xtamas.
Quyoshli, yomg’irli, oq qorli tog’lar,
Tuman sandan ketar, sellar to’xtamas.

Odam yaratilmish balandli, pastli,
Aqlli, fikrli, ongli va esli.
Yigitlik chog’inda misli yoz fasli,
Bahor sandan ketar, zamon to’xtamas.

Yigitlik chog’inda misli yoz fasli,
Bahor sandan ketar, zamon to’xtamas.

Kelganga qarshi bo’lsa majoling,
To’g’ri tutayvergil niyatu fe’ling.
Dunyo davronida ochiq tut qo’ling,
Davr sandan ketar, davron to’xtamas.

Dunyo davronida ochiq tut qo’ling,
Davr sandan ketar, davron to’xtamas.

Bir manzilga borib, beling yechgan so’ng,
O’ltirib suhbating oxir ko’chgan so’ng,
Uzanging tortarlar to’rt kun kechgan so’ng,
Besh kundan ortiqcha-ey mehmon to’xtamas.

Uzanging tortarlar to’rt kun kechgan so’ng,
Besh kundan ortiqcha-ey mehmon to’xtamas.

Maxtumquli aytar oriy do’stiga:
Kim qolar tushmayin ajal dastiga?
Ajal bir kun tortar yerning ostiga,
Og’izdan til ketar, zabon to’xtamas.

Bulbullar sayragan havoli bog’lar,
Bulbul sandan ketar, fig’on to’xtamas.
Quyoshli, yomg’irli, oq qorli tog’lar,
Tuman sandan ketar, sellar to’xtamas.


Download 9.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling