Адабиётдан муҳими


Download 224.76 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi224.76 Kb.
#217226
Bog'liq
Адабиётдан муҳиm


Адабиётдан муҳими|Дилдора, байраминг билан:

#Дарслик #Адабиёт

📓Муҳим ўринлар:

... оdаm bоlаsi o‘zining fikrlаy оlishi bilаn bоshqа mаvjudоtlаrdаn fаrq qilаdi...

... Odаmlаr fikrlаr ekаn, bir nаrsаni bоshqаsigа sоlishtirаdi. Mаnа

shu sоlishtirish pаytidа оbrаzli (timsоlli) fikrlаsh hоdisаsi yuz bеrаdi...

... Dеmаk, аdаbiyot insоnning оrzu-хаyoli, umid vа аrmоn­lаrini bаdiiy so‘z yordаmidа ifоdа etishi ekаn. Adаbiyotning аsоsiy qurоli esа bаdiiy so‘z hisоblаnаdi...

... O‘zbеkistоn хаlq shоiri Muhаmmаd Yusufning qo‘shiqqа аylаnib kеtgаn «Vаtаnim» nоmli shе’ridаgi quyidаgi misrаlаrni eslаymiz:

Shоdоn kunim gul оtgаn sеn,

Chеchаk оtgаn izimgа,

Nоlоn kunim yupаtgаn sеn,

Yuzing bоsib yuzimgа.

Singlim dеymi, Onаm dеymi,

Hаmdаrd-u hаmхоnаm dеymi,

Oftоbdаn hаm o‘zing mеhri Ilig‘imsаn, Vаtаnim...

... Pоytахtimiz Tоshkеntning mаrkаzidа jоylаshgаn O‘zbеkistоn

Milliy bоg‘igа ulug‘ mutаfаkkir Alishеr Nаvоiy hаykаli o‘rnаtilgаn. Uni o‘rаb turgаn mоviy gumbаz оstigа shоirning quyidаgi misrаlаri bitilgаn:

Olаm аhli, bilingizkim, ish emаs dushmаnlig‘,

Yor o‘lung bir-biringizgаki, erur yorlig‘ ish...

... Ertаklаrdаgi qushlаr-u hаyvоnlаr hаm хuddi оdаmdеk gаpirgаni, bir-birlаri bilаn muоmаlа qilgаni, nimаlаrnidir tаlаshib-tоrtishgаni-yu, nimаdаndir аyrilib jаzоlаngаni uchun sizgа qiziqаrlidir. Adаbiy аsаrlаr turli-tumаn shаkldа, uslubdа yarаtilаdi.

... Yodingizda tuting! Kаttа-kichik shе’rlаr, shе’riy mаsаllаr аdаbiyotning shе’riyat dеgаn turini hоsil qilаdi. Ulаrning bаrchаsi оhаngdоr shе’riy usuldа shоirlаr tоmоnidаn yarаtilаdi. Ertаklаr, hikоya vа оchеrklаr, qissа vа rоmаnlаr birlаshib, so‘z sаn’аtining nаsr dеb аtаlgаn turini tаshkil etаdi. Nаsriy аsаrlаr nоsirlаr, ya’ni yozuvchilаr tomonidan yaratiladi. Nаsriy аsаrlаr shе’riy yo‘l bilаn emаs, bаlki оddiy hikоya usulidа yozilаdi. Adаbiyotning yanа bir turi – drаmаturgiya dеb nоmlаnаdi. Bu turgа kichik sаhnа аsаrlаri bo‘lmish intеrmеdiyalаr, yirik drаmа, kоmеdiya, trаgеdiya singаri sаhnа asarlаri kirаdi. Muаllif – drаmаturgning iхtiyorigа ko‘rа bu аsаrlаr shе’riy yo‘l bilаn hаm, nаsriy yo‘l bilаn hаm yozilishi mumkin.

... Nеmis shоiri Gyotе аsаrlаrini o‘zbеklаr qаnchаlik qiziqish bilаn mutоlаа qilsаlаr, Bоbur Mirzоning «Bоburnоmа» kitоbini nеmislаr shunchаlik diqqаt bilаn o‘qib-o‘rgаnаdilаr...

〽️анба: 5 синф (янги нашр)

🕯@mizrab


#Адабиёт #Луғат

ҲУСНИ ТАЪЛИЛ (ар. تعليل حسن – чиройли далиллаш) – мумтоз адабиётдаги шеърий санъат, чиройли далиллаш. Ҳ.т.да шоир ўзи айтаётган фикр (тасвир, ҳолат ва ш.к.) далили учун шундай асос келтирадики, аслида, у ҳақиқий далил бўлолмайди, у фақат бадиий жиҳатдангина далил сифатида қабул қилинади. Мас., Лутфийнинг:

Юзингдин лола ранг элтиб, уёлиб шаҳрга кирмас,

Анинг бўйнин киши боғлаб кетурмағунча саҳродин, – байтида айтилишича, лола рангини ёрдан ўғирлаган, шу сабабли уялиб шаҳарга киролмайди. Яъни лола ҳақиқатан чўлда, кенгликларда ўсади, бунинг сабаби юқоридагича чиройли тарзда бадиий далилланади, аслида эса бу ҳақиқий сабаб эмас. Лутфийнинг бошқа бир байти:

Кун тушта кўргали сени тушти заволға,

Ой тонгға қолди кеча боқиб ул жамолга.

Айтилишича, қуёшнинг ботиш сабаби шуки, у ёрни туш кўриш учун уйқуга кетади; ой тонг отгач ҳам ботмади, сабаби ёр юзини узоқроқ кўриб олмоқчи ёхуд ёр гўзаллигига маҳлиё бўлганидан қотиб қолган. Албатта, ушбу табиий жараёнларнинг ҳақиқий сабаби буткул бошқа, шоир келтирган далиллар эса ёр гўзаллиги васфига хизмат қилувчи бадиий восита, холос. Ҳ.т. санъати ташбеҳ асосида юзага чиқади, аксар ҳолларда тажоҳули ориф, тамсил, муболаға каби санъатлар билан қоришиқ ҳолда воқе бўлади.

〽️анба: Адабиётшунослик луғати

🌐|t.me/linguisticsuz

#Дарслик #Адабиёт

📓Муҳим ўринлар:

...She’riyat, mazlumga homiylik qilding,

Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning.

Olding panohingga notavonlarni,

Zolimlarni esa dushman deb bilding...

...O‘n uch-o‘n to‘rt yoshlaridan she’rlar yoza boshlagan...

...O‘n sakkiz yoshidan o‘qituvchi, artist va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi...

...Otasi – Dog‘istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga, hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatdi...

...Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi...

...Deyarli barcha asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girila boshlandi...

...R.Hamzatovning «Tog‘ qo‘shig‘i», «Mening qalbim tog‘ larda», «Tog‘ qizi», «Dog‘istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovuldan xat» singari o‘nlab she’riy kitoblari, qator poemalari shoirning nomini jahon she’riyatining eng ilg‘or vakillari qatoriga olib chiqdi.

〽️анба: 7 синф (2017)

🌐|t.me/linguisticsuz

#Дарслик #Адабиёт

ONA TILIM

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,

O‘lib qolganmishman tushda nogahon.

Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida,

Tog‘lar orasida yotibman bejon.

Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,

Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.

Men esam o‘ylayman yotib tuproqda,

Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim.

Men o‘lib yotibman kimsasiz, unut,

Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu.

Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut.

Faqat vodiylarda ingraydi ohu.

Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado,

Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q.

Na onam, na yorim beradi sado,

Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.

Fig‘on otiladi jonsiz bag‘rimdan,.(Go‘yo fi g‘on bordek murda dilida.)

Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan,

Quvnoq suhbat qurib avar tilida.

Men-ku bu dunyodan ko‘z yumdim mangu,

Ular kulib-kulib so‘zlashar borin.

Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,

Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.

Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon,

Ohista tirildim va shunda bildim:

Meni tuzatolmas hech dori-darmon, Jonimga Masihdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

Mayli, qashshoq bo‘lsin, mayli, behasham,

Lekin mening uchun aziz va suyuk.

Jahon minbaridan yangramasa ham

Ona tilim menga muqaddas, buyuk.

Расул Ҳамзатов©

🌐|t.me/linguisticsuz

#Адабиёт #Луғат

ҲУСНИ МАҚТАЪ (ар. حسن مقطع – чиройли якунлаш) – мумтоз адабиётдаги шеърий санъат, шеър ёки бошқа асарни тингловчига хуш келадиган ёқимли сўзлар, эзгу ниятлар изҳори ёки дуолар билан якунлаш; ҳусни интиҳо, ҳусни хотима, бароати мақтаъ деб ҳам юритилади. Манбаларда Ҳ.м.дан кўзланувчи мақсадлар ёритиладики, улар мумтоз шоирларимиз асарнинг ўқилиш жараёни, ўқувчи психологиясини ҳамиша эътиборда тутганларини кўрсатади. Жумладан, Ҳ.м., аввало, шеърнинг ўқувчи хотирасида муҳрланиб қолишига, иккинчидан, шеърда йўл қўйилган саҳву хатоларни хуш калом билан ювиб юборишга хизмат қилади. Шунинг учун Атоуллоҳ Ҳусайний Ҳ.м.ни «таомларнинг охиринда ейилган лазизу ширин таом»га ўхшатади. Шунингдек, манбаларда асарнинг тугалланганига ишора қилиш ҳам Ҳ.м.нинг бадиий-эстетик функцияларидан бири сифатида кўрсатилади. Мас., Сайид Аҳмаднинг «Таашшуқнома» асари шундай мисралар билан тугайди:

Билурсен барчанинг ҳолини, эй шоҳ,

Иноят чоғидур валлоҳу биллоҳ.

«Таашшуқнома»ни ҳиммат бўлуб ёр,

Тугаттим етти кунда бемададкор.

Секиз юз ўттизу тўққизда эрди

Ки, сўз поёна элтмак даст берди,

Сўзумни ким ўқиб қилса дуойи,

Илоҳи кўрмасун ҳаргиз балойи.

〽️анба: Адабиётшунослик луғати

🌐|t.me/linguisticsuz

#Дарслик #Адабиёт

📓Муҳим ўринлар:

...G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgаn shoir Shuhrаt 1918-yilning 19-аprelidа Toshkent shаhrining Hаstimom (Hazrati Imom) mаhаllаsidа tug‘ilgаn...

...Adаbiyot o‘qituvchisi

Yunus Lаtifning tа’siridа bаdiiy аdаbiyotgа mehr qo‘yib, she’rlаr yozа boshlаgan.

...Shuhrаtning birinchi she’ri 1935-yildа 17 yoshidа e’lon

qilindi...

...Kаsbigа ko‘rа trаnsport injeneri bo‘lishigа qаrаmаy, аdаbiyotgа qiziqishi kаttа bo‘lgаnligi sаbаbli Yozuvchilаr uyushmаsigа ishgа kirdi...

...1930-yillаrning ikkinchi yarmidаn e’tiboran bitgаn she’rlаridа «Shuhrаt» tахаllusini qo‘llаy boshlаdi. O‘shа yillаrdа Shuhrаtning «Orzu vа qаsos» dostoni, «Mehrol» nomli ertаk-dostoni chop etildi vа o‘quvchilаrning e’tiborini tortdi...

...«Gаrchаnd frontdа muntаzаm ijod etolmаgаn bo‘lsаm hаm, qаchonlаrdir bu sevimli hunаrimgа qаytish ishtiyoqi bir lаhzа hаm хаyolimdаn ketgаni yo‘q. Bа’zаn zаvqshаvqimni yoki dushmаngа nаfrаtimni qog‘ozgа tushirib qo‘yar edim», – deb yozаdi Shuhrat...

...Frontdаn qаytgаch, urush mаvzusidа «Shinelli yillаr dаftаri» she’rlаr turkumini yozdi, «Fаrzаnd», «So‘lmаs chechаklаr» kаbi dostonlаr yarаtdi. Ulаrdа urush dа qаtnаshgаn odаmning tuyg‘ulаri, urushning vаyrongаrchiliklаrigа nisbа tаn nаfrаti tа’sirli аks ettirilаdi.

...Shoirning «Onа vа fаrzаnd», «Jаmilа», «Rаymondа» kаbi bаllаdаlаri mаrkаzidа bolаlаr obrаzi turаdi. Ulаrdа o‘zgаlаrning vаtаnini bosib olgаn kimsаlаrgа qаrshi kurаshgаn qаhrаmon bolаlаr hаyoti tаsvirlаnаdi. Agаr birinchi аsаridа sho‘ro yerlаridа borgаn urush voqeаsi аks etgаn bo‘lsа, «Jаmilа»dа аrаb qizining frаnsuz bosqinchilаrigа qаrshi, «Rаymondа»dа Vyetnаmdа borаyotgаn urushgа qаrshi turgаn frаnsuz qizi jаsorаti mаdh etilаdi.

Канални дўстларингизга тавсия қилинг

🌐|t.me/linguisticsuz

#Дарслик #Адабиёт

...Shuhrаtning «Uch qiz аfsonаsi», «Guldursun», «Qorа vа oq аrаvаchа hаqidа ertаk» kаbi bаllаdаlаrida hаm turli odаmlаr tomonidаn turli dаvrlаrdа ko‘rsаtilgаn qаhrаmonliklаr mаdh etilgаn. Siz o‘rgаnаdigаn «Mаrdlik аfsonаsi» bаllаdаsi hаm аnа shu yo‘nаlishdаgi аsаrlаrdаn bo‘lib, judа qаdim zаmondа yаshаb o‘tgаn momomiz To‘mаrisning tengsiz shijoаtini tаsvirlаshgа bаg‘ishlаngаn.

...1958-yildа birinchi romаni «Shinelli yillаr»ni yozdi. Undа jаnggohlаrdаgi urush mаnzаrаsi, urush odаmlаrining qiyofаsi chizildi. 1965-yildа аdibni elgа mаshhur qilgаn «Oltin zаnglаmаs» romаni bosilib chiqdi. Bu аsаrdа sho‘ro tuzumining eng аdolаtsiz, eng chirkin bosqichi bo‘lmish qаtаg‘on dаvri mаhorаt bilаn аks ettirilgаn.

...«Oltin zаnglаmаs»dаgi hаyotni men yахshi bilаmаn, ulаr men bilаn bo‘lgаn, mengа uchrаgаn kishilаrning hаyoti. Men bu hаyotning аtrofidаmаs, nаq ichidа bo‘lgаnmаn. Bu mаvzudа biron nаrsа yаrаtmаsаm, ko‘nglim o‘rnigа tushmаs edi», – deb yozаdi Shuhrat...

...1968-yildа Shuhrаtning «Jаnnаt qidirgаnlаr» romаni chop

etildi. Undа yozuvchi o‘zbek аdаbiyotidа birinchi bo‘lib chet eldаgi o‘zbeklаr hаyotini аks ettirishgа urindi...

...Yozuvchining tаriхiy mаvzudаgi «Mаshrаb» romаni vаfoti sаbаbli tugаllаnmаy qoldi...

Канални дўстларингизга тавсия қилинг

🌐|t.me/linguisticsuz

#Дарслик #Адабиёт

MARDLIK AFSONASI

Uzoq-uzoq o‘tmishlar tarixin titsam,

Massagetlar shonidan bir qissa bitsam,

Afsona deb, kitobxon, qo‘limni tutma!

Shonli uzoq o‘tmishdan ko‘zing berkitma!

Axir, qancha chuqurdan qaynasa buloq,

Suvi shuncha pok bo‘lur, shuncha totliroq!

Ko‘hna tarix bu kunga gar bo‘lsa ibrat,

Uni eslab turmoqlik kerakdir, albat.

Afsonaga o‘xshaydi qissaning o‘zi,

Ammo unda mavjuddir haqiqat izi.

Haqiqatdan tug‘ilar ba’zan afsona!

Ulush qo‘shsa, ne ajab, ertakchi ona.

Baxshi unga bog‘lasa qanot va quyruq,

Qalbi bergach ko‘ksidan shunday bir buyruq!

Tariximiz ko‘p ulkan, keksa, beqiyos,

Har yili yuz dostonga bo‘lur bir asos!

Amudan suv ichganmiz, cho‘lda mol boqib,

Bobotog‘da yurganmiz lolalar taqib...

Ba’zan dushman kelardi tomog‘in qoqib,

Jang qilganmiz qirlarda tunda o‘t yoqib.

Bir kun yurtga ot soldi bosqinchi Eron,

Kayxusravning niyati: yer-suv, mulk, qiron...

– Bosh eg! – dedi ellarga, – men yashay mag‘rur.

Men o‘tganda qo‘lingni qovushtirib tur!

Menga bo‘shat uyingning yumshoq to‘rini!

Menga bo‘shat yoz chog‘i salqin so‘rini!

Kabob yasa qo‘zining barra go‘shtidan,

Xazinamga soliq yig‘ bog‘, qir, dashtidan!

Haramimga to‘plansin tam-tam go‘zallar!

Shavkatimga to‘qilsin doston, g‘azallar!

...Nayrang bilan Amudan o‘tdi ot solib,

Bayrog‘ida shum ajal, erksizlik olib.

Tinch bir o‘lka oromin yo‘qotdi shunda,

Hatto go‘dak ko‘ksiga o‘q otdi shunda!..

El-u yurtni qopladi motam libosi,

Qon yig‘ladi hattoki, ko‘lida g‘ozi.

Qon yig‘ladi el, elat, urug‘ va aymoq,

Qon yig‘ladi dala-tuz, sahro, qir va bog‘.

Qon yig‘ladi beshikda tilsiz norasta,

Qon yig‘ladi chol-kampir dillari xasta.

Qon yig‘ladi bog‘da gul, qirda chechaklar,

Qon yig‘ladi nomus deb, qiz, kelinchaklar.

Qon yig‘ladi qo‘zi-qo‘y taqir o‘tloqda,

Qon yig‘ladi: – Suv! Suv! – deb dehqon qirg‘oqda.

Shunda chiqdi otilib ona To‘maris, –

O‘lim yovga! – dedi u. – Bukmaymiz hech tiz!

Bizni sahro burguti, lochini derlar,

Bizga aziz, muqaddas bu ona yerlar.

Dushman oti nag‘alin

izi tushmasin!

Bog‘imizdan biror qush bevaqt uchmasin!

Uyat bizga – dushmanga bosh egib yashash!

Boqing, dushman mol-mulkni qilur xomtalash!

O‘choqdagi olovim so‘nmasin desang,

Ariqlarda suvlarim tinmasin desang,

Gullarimning shoxlari sinmasin desang,

Bola-chaqam qon yig‘lab qolmasin desang,

Qo‘llarimga yov zanjir solmasin desang,

Ona yurtim daxlsiz, muqaddas desang,

To‘ldi sabr kosasi, yetar, bas desang,

Desang ona elimning aziz tuprog‘i,

Desang bevaqt so‘lmasin hatto yaprog‘i,

Sariq xazon bo‘lmasin yorim jamoli,

Qon hidiga to‘lmasin bahor shamoli,

Bulut ichra tolmasin yorqin quyoshim,

O‘t ichida yonmasin qir, dala-toshim, Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim...

Давоми пастда, "фикр билдириш"да (ушбу вазифадан фойдалана олиш учун telegram дастурингизни янгиланг)

Канални дўстларингизга тавсия қилинг

🌐|t.me/linguisticsuz

#Дарслик #Адабиёт

📓Муҳим ўринлар:

...Sаidа Zunnunоvаning ilk shе’ri – «Sаlоm sеngа» 1945-yili Аndijоn vilоyаtining «Pахtа frоnti» gаzеtаsidа bоsilgаn...

...Uning birinchi shе’riy to‘plаmi tаlаbаlik yillаri nаshr etilgаn. «Sаidаning birinchi kitоbini o‘qib, «Qizingiz yоzdi» dеb nоm qo‘yib bеrgаnmаn, – dеb yоzgаn edi аkаdеmik shоir G‘аfur G‘ulоm. – Хаlqimizning Sаidаgа qilgаn yахshi niyаti bеkоr kеtmаdi. U хоtin-qizlаrgа хоs nаzоkаt, ifоrli, tаtimli lirikаsi bilаn dillаrimizni erkаlаb, hоrdiqlаrimizni yоzib, mеhnаtgа rаg‘bаtlаrimizni tоblаntirаdigаn, idrоkimizni go‘zаlliklаr tоmоn yеtаklаydigаn fаhmli shоirаmiz bo‘lib yеtishdi»...

...Shоirаning birin-kеtin «Yangi shе’rlаr», «Gullаr vоdiysi», «Qizlаrjоn», «Shе’rlаr», «Bir yil o‘ylаri», «Nilufаr» shе’riy to‘plаmlаri bоsmаdаn chiqdi. Shоirа go‘zаl lirik shе’rlаr bilаn bir vаqtdа «Sоdiq vа Аnоr», «Хаyriхоn», «Surаt bilаn suhbаt», «Qo‘shnilаrim» singаri dоstоnlаr hаm yаrаtdi...

...«Surаt bilаn suhbаt» dоstоni shоirа ijоdidа аlоhidа mаvqеgа egа. Bu аsаri bilаn shоirа iymоni butun оnаlаrgа, аyоllаrgа mаdhiyа bitаdi. Dоstоndа оnаning urush tufаyli оtа mеhridаn bеnаsib bo‘lgаn, nе mаshаqqаtlаr bilаn o‘stirgаn o‘g‘lining nikоh kеchаsidаn kеyingi iztirоbli o‘y-хоtirаlаri tаsvirlаnаdi. Onаning qаlbidа ikki qаrаmаqаrshi kеchinmа – fаrzаndining kаmоlgа yеtgаni, to‘yini ko‘rgаnidаn quvоnch, shukrоnаlik hаmdа shu kunlаrgа yеtоlmаgаnlаr hаqidаgi g‘аm-аnduhli хоtirаlаr kurаshаdi...

...Uning «Gulbаhоr», «Pоvеst vа hikоyаlаr», «Gulхаn», «Do‘stlik», «Qаnоt», «Olоv», «Ko‘chаlаr chаrog‘оn», «Bo‘ylаringdаn o‘r gilаy» singаri kitоblаri хаlqimizning mа’nаviy mulkiga aylangan.

Аdibаning «Onа», «Ko‘zlаr» nоmli pyеsаlаri hаm bоr...

...Sаidа Zunnunоvа sеvimli аdibimiz Sаid Аhmаdning turmush o‘rtоg‘idir... Sеvimli qo‘shiq bo‘lib kuylаnаyоtgаn bir shе’ridаgi: «Vаslingning umididа dun yоdаn o‘tib bоrgum, Qаnоаtdа Sаidа filchа bo‘lurmi, hаy-hаy» sаtrlаri shоirаning o‘shа dаvrdаgi hаyоtini, ruhiy hоlаtini аks ettirgаn...

...Sаid Аhmаd sadoqatli yori hаqidаgi хоtirаlаridаn biridа

Kurаshsiz, mеhnаtsiz shоdlik, kulguni

O‘g‘irlik mоl dеymаn, qilаmаn hаzаr.

Qаlbimning pаrchаsi singmаsа аgаr,

Rоzimаsmаn, birоv hаdyа etsа zаr, – misrаlаrini kеltirib: «Bu sаtrlаr Sаidахоnning shе’rdа chizilgаn surаtigа o‘хshаydi», – dеgаn edi.

Канални дўстларингизга тавсия қилинг

🌐|t.me/linguisticsuz

#Дарслик


"GULISTON"дан

Darvesh hikoyati

Bir dаrvеshni ko‘rdumkim, butun umri dаvоmidа bittа hаm fаrzаnd ko‘rmаgаn edi. So‘ngrоq ko‘pdаn ko‘p duо vа zоrliqlаr qilg‘оnidаn so‘ng хоtini hоmilаdоr bo‘ldi. Dаrvеsh dеdi:

– Аgаr Allоh tаоlо mеngа bir o‘g‘il bеrsа, еgnimdаgi хirqаdаn bоshqа bаrchа mоlimni dаrvеshlаrgа nisоr qilurmаn. Ittifоqо, хоtini o‘g‘il tug‘di. Vа’dаgа muvоfiq dаrvеshlаr оldigа dаsturхоn yozib, tаоm bеrib, bоr-u yo‘g‘ini sаrf еtdi. Fаqir shu pаytlаr Shоm sаfаrigа kеtdim. Bir nеchа yildаn so‘ngrа qаytib kеlib, ul dаrvеshning mаhаllаsigа bоrdim vа оni ахtаrdim. Тоpmаy, ul yеrdаgi hоzir bоr kishilаrdin so‘rаdim. Аlаr dеdilаr:

– Ul dаrvеsh zindоndаdur.

Fаqir оning zindоng‘а tushgаnining sаbаbini so‘rаdim. Аlаr dеdilаr:

– O‘g‘li аrаq ichib, mаst hоlidа bir kishini o‘ldirib qоchdi. Еmdi оning uchun оtаsin tutub, zindоngа sоlub, оyog‘in zаnjir bilаn bаnd еtmishlаr.

Mеn dеdim:

– Bu bоlаni Xudоdаn o‘zi tilаgаn edi. Qit’а:

Bo‘g‘оz хоtun, аyo dоnоyi hushyor, Тug‘аr vаqtidа gаrchi mоr tug‘g‘оy,

Bаsе yaхshidur ul fаrzаnddinkim, Аni nоdоn vа nоhаmvоr tug‘g‘оy.

Hikoyat


Dаmаshq (Shоm)lik do‘stlаr suhbаtidаn fаqirgа mаlоlаt yetib,

Quddus sаhrоsigа yuz burdim vа hаyvоnоt bilаn do‘st tutinib, ulаr bilаn qo‘shilib yurdim. То vаqtikim, fаrаng хаlqigа аsir bo‘ldim vа mеni juhudlаr bilаn Таrоblis qаl’аsining хаndаqini qаzmоq ishigа sоldilаr. Hаlаb ulug‘lаridаn birikim, burundin mеning bilа оshnоlig‘i bоr edi, ustumdin yo‘li tushub, kеlib mеni tаnidi vа dеdi: «Bu nа hоldur?» Mеn dеdim: «Xаlоyiqdin qоchib tоg‘, dаshtdа mаnzil tutub, hаyvоnоtg‘а qo‘shuldim. Таngri tаqdiri bilа еmdi kоfirlаrning jаfоsi qаydigа giriftоr bo‘ldum».

Do‘stlаr оldidа pоbаnd o‘lsаm еrdi jоvidоn,

Yaхshi еrdi аjnаbiy birlа kеzаrdim bo‘stоn.

Mеning bu hоlimgа аning rаhmi kеlib, o‘n tillа bеrib, fаrаng ulusining jаfоsi bаndidаn оzоd qildi vа o‘zigа hаmrоh qilib Hаlаbgа оlib bоrdi vа bir хunuk, bаdfе’l qizi bоr еrdi, оni nikоh qilib mеngа bеrdi, yuz tillо mаhrigа sоldi vа birоz muddаt o‘tgаndаn so‘ng qiz bаdfе’lligi vа аdаbsizligini bоshlаb, hоlimni хаrоbgа, jоnimni аzоbgа yеtkаzdi. Ya’niki: yaхshi оdаmning uyidа yomоn хоtin dаvоsiz dаrd, hаyosiz dushmаn kаbidir. Bundаy хоtin bilаn yashаmоqdаn Yarаtgаnning do‘zахi оlоvidа yonmоqni аfzаl bilаmаn. Ахiyri tа’nаgа ko‘chdi: «Sеni оtаm o‘n tillо bеrib fаrаng аsirligidаn qutqаzib оlmаgаnmidi?!» Mеn dеdim: «Hа, mеn o‘shа оtаng o‘n tillо bеrib, fаrаng аsirligidаn qutqаrib оlgаn, lеkin yuz tillо bilаn sеning qo‘linggа tutqаzib, jаbr-u sitаm zаnjirini bo‘ynimgа sоlgаn kishimаn!»

Mаsnаviy:

Bir kishi bir qo‘y ustigа yеtti

Ki, bo‘ri ilikidin хаlоs etti.

Kеchа so‘ymоqqа qo‘yni bo‘ldi rаvоn,

Qo‘y ko‘rib оni аylаdi аfg‘оn:

«Ki bo‘rini tutаr edim dushmаn,

Еmdi bildim, bo‘ri sеn еrkаnsаn».

❗️...«Gulistоn» аsаri so‘nggi olti-yetti аsr dаvоmidа o‘zbеk tiligа bir nеchа bоr tаrjimа qilingаn. «Bo‘stоn» 1960-yildа o‘zbеkchаgа o‘girildi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Назария


Бобурнинг 200 дан ортиқ рубоийси бор. Рубоий ўзи нима?

Бир неча қўлланмалардан маълумот келтираман:

РУБОИЙ (ар. رباعي – тўртлик) – Шарқ мумтоз шеъриятида кенг тарқалган лирик жанр, ҳазаж баҳрининг ахраб ва ахрам шажараларида ёзилиб, кўпроқ а-а-б-а тарзида қофияланувчи тўрт мисрали мустақил лирик асар. Арабча номланишига қарамай, Р. дастлаб форсий адабиётда пайдо бўлиб, кейин араб ва туркий адабиётларга ўтган. Р.нинг келиб чиқиши масаласида ихтилофлар мавжуд: айрим мутахассислар жанр генезисини туркий халқлар оғзаки ижодидаги тўртликлар билан боғласа, бошқалари уни форс шеъриятига хос ва жанр асосчиси Абу Абдулло Рудакий деб ҳисоблашади. Ўзбек халқ оғзаки ижодида, шунингдек, ёзма адабиётимизнинг Навоийгача бўлган даврида дубайтий (дубайтий – икки байт ёки тўрт мисрадан иборат шеър, яъни тўртлик) вазнига (ҳазажи мусаддаси маҳзуф ёки мақсур) тушадиган тўртликлар кўплаб яратилган бўлса-да, Р. вазнига тушадиган тўртликлар учрамайди. Юсуф Хос Ҳожибнинг «Қутадғу билиг» асаридаги тўртликлар мутақориб, Насимий ва Лутфий тўрт-ликлари эса рамал баҳрида яратилган. Шайх Аҳмад Тарозийнинг «Фунун ул-балоға» асарида Р. сифатида келтирилган форс тилидаги мисоллар ҳазаж баҳрида, туркийдагилари эса рамали мусаддаси мақсур (ёки маҳзуф) вазнидадир. Бундан ўша давр (XV аср бошлари) ўзбек адабиётида Р. жанри вазн жиҳатдан ҳали қатъий тартибга солинмагани кўринади. Навоийдан бошлаб ўзбек адабиётида ҳам Р.нинг ҳазаж баҳри тармоқларида ёзилиши қатъий қоида тусини олдики, шу боис Навоийни ҳақли равишда ўзбек адабиётида Р. жанри асосчиси дейиш мумкин.

Дарҳақиқат, барча манбаларда Р.ни жанр сифатида белгиловчи муҳим хусусиятлардан бири сифатида унинг вазни, яъни ҳазаж баҳрининг ахрам ва ахраб шажараларида ёзилиши эътироф этилади. Яъни бундан бошқа вазнга тушувчи ҳар қандай тўрт мисрали шеър Р. эмас, балки қитъа, дубайтий ёки тўртликдир: «Бирор тўртликни Р. деб аташ учун унда тугал мазмун, Р. шакли бўлишидан ташқари Р. вазни ҳам бўлиши керак. Тўртлик қанчалик чуқур маъно ва гўзал шаклга эга бўлмасин, агар у Р.нинг махсус вазнига тушмаса, Р. бўла олмайди» (Ё.Исҳоқов)

@muhimiuz

#Назария


Мумтоз поэтикага оид асарларда Р.нинг нега айнан ҳазаж баҳрида ёзилиши ва бу вазннинг нега қатъийлиги ҳақида аниқ фикр йўқ. Ўтмиш адабиётшунослари фақат фалсафий фикрлар, ҳаётий кечинмаларни ифодалаш учун мазкур вазнларнинг қулайлиги хусусида гапириш билан кифояланадилар.

Р. икки хил қофияланиш тартибига эга: биринчи, иккинчи ва тўртинчи мисралари ўзаро қофияланиб, учинчи мисраси очиқ қоладиган (а-а-б-а) тури хосий Р. ёки Р.и хоса дейилади. Мас.:

Ҳижронда соғиниб мени шод этгайсен,

Мен хастани мухлис эътиқод этгайсен,

Бу хатни анинг учун битидим мунда,

Кўргач бу хатимни мени ёд этгайсен (Бобур).

Тўртала мисраси ўзаро қофияланадиган (а-а-а-а) Р. кўпроқ тарона ёки Р.и тарона, айрим манбаларда эса мусарраъ деб юритилади. Шунингдек, А.Навоий Р.нинг бу хилини рубоия деб атаган. Мас.:

Кўнглумни ғаму дард ила қон айлади ишқ,

Кўз йўлидин ул қонни равон айлади ишқ.

Ҳар қатрани билмадим қаён айлади ишқ,

Бедил эканим буйла аён айлади ишқ (Навоий).

Қайд этиш керакки, хосий Р. билан таронаи Р.нинг турли даврлардаги фаоллик даражаси, уларга ижодкорларнинг муносабати бир хил бўлмаган. Хусусан, Навоий меросида таронаи Р. салмоқли (ўзбекча Р.ларининг 95 фоизи, форсий Р.ларининг ҳаммаси) бўлса, Бобур хосий Р.ни маъқул кўрган (унинг 211 та Р.сидан 181 тасида уч мисра ўзаро қофияланган); X – XI асрларда таронаи Р. ёзиш урф бўлса, Навоийдан кейинги даврда хосий Р.лар салмоғи ортиб борган.

Рубоийнинг композицион қурилиши маълум бир масала юзасидан фикрни изчил ривожлантириб, ихчам ва тугал ифодалашга мос: дастлабки икки мисрада ғоя ва мақсад, кейинги икки мисрада далил ва хулоса ўз аксини топади. Шундан келиб чиқиб ҳозирги адабиётшуносликда Р.нинг биринчи мисраси тезис, иккинчиси антитезис, учинчиси моддаи рубоия (ёки хулоса учун асос бўладиган кўприк), тўртинчи мисра эса синтез дейилади. Яъни Р.нинг биринчи мисрасида жуда муҳим бир фикр тезис қилиб қўйилади-да, кейинги уч мисра шу фикр талқинига бағишланади; ёки биринчи ва иккинчи мисрадаги фикрий тезисга учинчи мисрада антитезис қўйилиб, тўртинчи мисрада синтез (хулоса) берилади.

Адабиётшунослик луғати©

@muhimiuz

#Дарслик


«BO‘STON»dаn

Аyb qidirmаslik hаqidа

Birоv ilmdоn-u bo‘lsа tаdbirkоr,

Nоgоh tоyib kеtsа оyog‘i yakbоr,

Kichik bir хаtоgа gаpirmа qo‘pоl,

Ulug‘lаr dеmishlаr: «Yaхshilikni оl!»

Birgа o‘sаdi-ku tikаn birlа gul,

Ey оdil, tikаnmаs, gulni dаstа qil.

Таb’i аybjo‘ylik bo‘lsа аgаr bаs,

Тоvus оyog‘idаn bоshqаsin ko‘rmаs.

Тоzаlik ахtаrgil, ey o‘zi хirа,

Nе ko‘rsаtаr ko‘zgu gаr yuzi хirа!

Bаrchа аybin yuzgа sоlmа, ey g‘аddоr,

Sеning hаm аybingni ko‘rsаtuvchi bоr.

Gunоhkоrgа dаrrа, cho‘p buyurgаni

O‘zini gunоhsiz bilurmi, qаni?

Yomоnlik yoqmаsа, o‘zing qilmаgil,

Kеyin bоshqаlаrgа «qilmаgil», dеgil.

Yaхshi-yu yomоni o‘zining mоli,

Hаr kim o‘z fоydа-yu ziyon hаmmоli.

Sа’diy shе’rin ko‘rib ichi qоrаlаr,

Nаfrаt bilаn so‘kib, uni qоrаlаr.

Yuzlаb nuktаsigа sоlishmаs qulоq,

Bir аybni tоpsаlаr, tа’nа bеsаnоq.

Bir illаti bоrdir хudpisаnd so‘zin,

Hаsаd ko‘r qilgаndir hаqiqаt ko‘zin.

Hаr ko‘z-u qоsh yaхshi, dеmаgil, do‘stim,

Pistа mаg‘zini yе, tаshlаgil po‘stin.

Hаyit kuni аdаshib qоlgаnim vа оtаmning sаbоg‘i

Yoshlik dаvrоnimdаn esimdа qоlgаn:

Hаyitdа chiqаrdim mеn оtаm bilаn.

O‘yingа bеrilib yugurdim, shоshdim,

Otаmdаn оlоmоn ichrа аdаshdim.

Bаqirdim, оvоzim hаr yoqni buzdi,

Otаm yetib kеlib, qulоg‘im cho‘zdi.

Ey ko‘zi o‘ynоqi, sho‘хi bеqаrоr,

Bаrimni mаhkаm tut, dеdim nеchа bоr.

Bilmаysаn yosh bоlа bo‘lgаndаn kеyin

– Таnhо yo‘l yurmоqlik dunyodа qiyin.

Sа’diydеk dunyoni kеzib tеr bоshоq,

Mа’rifаt хirmоnin yig‘аrsаn shu chоq.

Dеhqоn hаyajоndа: o‘sаrmi nihоl,

Ko‘chаtidаn mеvа bеrаrmi iqbоl?

Bа’zi хоmtаmаlаr sоchmаy urug‘, dоn,

Ko‘tаrmоqchi bo‘lаr dеhqоndаy хirmоn.

Hikоyat


Eshitdim, аdоlаtli bir pоdshо

Kiyarkаn аstаr-u аvrа bo‘z qаbо.

Biri dеbdi: «Shоhim, to‘ning judа jo‘n,

Xitоyi shоhidаn tiktir yaхshi to‘n!»

Dеbdi: «Bul kiyimdа tаngа оsоyish,

Bundаn оrtig‘idir zеb-u оrоyish...

Mеning bоshimdа hаm yuz-yuzlаb hаvаs,

Lеkin g‘аznа tаnhо mеniki emаs.

Qo‘shunlаr hаqidir bоylig-u gаvhаr,

Shоh ziynаti uchun emаs siym-u zаr.

Gаr аskаr bo‘lmаsа shоhidаn rizо,

Vаtаn chеgаrаsi qоlur хаvf аrо.

Dеhqоn еshаgini tаlаb kеtsа yov,

Nеchuk sоliq оlаr Sultоn bеаyov.

G‘аnimlаr tаlаsа, shоhi оlsа bоj,

Nе iqbоl ko‘rаdi undаy tахt-u tоj.

Yiqilgаngа zo‘rlik muruvvаt emаs,

А’lо qush chumоli dоnini yеmаs...

Kishvаr оlish mumkin sоz хulqing bilаn,

Qоn to‘kmа jаng qilib o‘z хаlqing bilаn.

Qаsаm mаrdlik hаqqi butun kеng jаhоn,

Sirа аrzimаydi yеrgа tоmsа qоn.

Eshitdim, bахtiyor Jаmshid pоdishо

Bulоq bоshgа yozmish shundаy bir mа’nо:

«Ko‘plаr hаm bu chаshmа bоshigа yеtdi,

Suv ichdi, dunyodаn ko‘z yumib kеtdi.

Qаnchаsi zulm ilа оlаmni оldi,

Go‘rgа o‘zi kеtdi, оlgаni qоldi».

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

«BO‘STON»dаn

Hikоyat

Bir itgа duch kеldi birоv sаhrоdа,

Таshnаlikdаn yotаr jоnsiz аftоdа.

Dаstоrin аrqоndеk quduqqа sоldi,

Uchigа qаlpоg‘in bоylаb suv оldi.

Xizmаtgа bеlini mаhkаm bоg‘lаb u,

Mаjоlsiz kuchukkа qo‘ldаn bеrdi suv.

Uning bu ishidаn tоpibоn хаbаr,

Qоzidаn gunоhin so‘rаr pаyg‘аmbаr.

Hushyor bo‘l, zulmdаn qilgil аndishа,

Vаfо-yu kаrаmni qilmаg‘il pеshа.

Yaхshilik mukоfоt tоpdi itdаn hаm,

Gаr оdаmgа qilsаng, bo‘lmаs undаn kаm.

Qo‘lingdаn kеlgаnchа kаrаm qil, kаrаm,

Kаrаmli bo‘lmаgаy hеch kimsаdаn kаm.

Biyobоndа quduq qаzоlmаsаng, bоq,

Qаbristоngа kirib bittа chirоq yoq.

«MUFRАDOT»dаn

Аrаblаrdа bir so‘z bоrdir, yaхshi bоq,

Odоbsiz bоlаdаn yo‘g‘i yaхshirоq.

Yaхshilik yordаmin yaхshilаrgа qil,

Yaхshigа yaхshilik yaхshi – buni bil.

Nihоlin o‘stirаr dаrахt ko‘p zаmоn,

Bir zumdа qo‘pоrib tаshlаydi bo‘rоn.

Dаvlаting bоridа ishing sоl yo‘lgа,

O‘tib kеtаjаkdir u qo‘ldаn qo‘lgа.

HIKMАTLАR

Chumоli yoz bo‘yi yig‘аr yеmаk – dоn,

Тоki qishdа uyi bo‘lsin fаrоvоn.

***


Еrtа kun аrpаgа zоr bo‘lmаy dеsаng,

Bukun еk, shоyadki, bug‘dоy nоn yesаng.

***

Ustigа kitоb оrtilgаn еshаk,



Nа оlim vа nа dоnоdir bеshаk.

***


Fildеk zo‘r bo‘lsаng-u shеrdеk urishqоq,

Nаzdimdа, jаngdаn sulh ming bоr аfzаlrоq.

***

Bоshqаlаr mоligа ko‘ngil qo‘ymаgil,



So‘ngrа ko‘ngil uzmоq judа hаm mushkul.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

“Tarbiya biz uchun

yo hayot – yo mamot,

yo najot – yo halokat,

yo saodat – yo falokat masalasidir”. (Abdulla Avloniy)

...Mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida tug‘ildi...

...Yosh Abdullada she’r yozishga ishtiyoq o‘n besh-o‘n olti yoshlarida paydo bo‘ldi...

...Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari 1894-yilda bitilgan.

U 1905-yildan boshlab o‘z mashqlari bilan matbuot sahifalarida qatnasha boshladi...

...1906-yildachiqa boshlagan «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo‘ldi. 1907-yil 4-dekabrda Avloniy muharrirligida bu gazetaning birinchi soni bosmadan chiqdi. Ma’rifatparvar shoir uni o‘z uyida – hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab, chop etdi...

...Abdulla Avloniy 1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi. 1913-yilda «Turon» jamiyatini ochdi. Uning vazifasi aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yib berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziq berish boʻldi...

...A. Avloniy jamiyat qoshida «Turon» nomli teatrni ham tashkil etdi. O‘zining e’tiroficha, o‘ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o‘zbekchaga tarjima qildi, 3 ta yangi pyesa yozdi...

...«Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yoxud axloq», «Maktab gulistoni», shuningdek, olti qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» singari darsliklar, alifbo va o‘qish kitoblarini yozdi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


...Biz turkistonlilar o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig‘imiz

kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l», – demishlar.

Men ayblik emas, ey vatanim, tog‘larim,

Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog‘larim.

Hijron qilodur meni judolig‘,

Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab chog‘larim.

...Rasuli akram nabiyyi muhtaram sollallohu alayhi vasallam afandimiz: «Hubbul-vatani minal-imoni» – «Vatanni suymak imondandur», – demishlar.

Vatan, vatan, deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,

Bango na g‘am qolur, avlodima o‘yu vatanim.

G‘ubor(g)a do‘nsa tanim, yo‘q vujud zeri vahm,

Charoki, o‘z vatanim xokidur go‘r-u kafanim.

Tug‘ilib o‘sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok,

O‘lursa aslina roje’, bo‘lurmi man g‘amnok...

VATAN


Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,

Har kim sening qadring bilmas – aqli pastdur.

Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur,

Sening darding boshqa dardni tortib olur.

Yering, suving bizni boqub to‘ydiradur,

Semiz-semiz qo‘ylaringni so‘ydiradur.

Olma-anor, anjir, uzum – mevalaring,

Ot-u ho‘kuz, echki, taka, tevalaring.

Bizlar uchun xizmat qilur barchalari,

Har birlari noz-u ne’mat parchalari.

Sendan tug‘ub, katta bo‘lub, qaytib borub,

Yana senga kiradurmiz bag‘ring yorub.

Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!

Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!

Seni sotmoq mumkinmidur, o‘zing o‘yla,

Tiling bo‘lsa, hasratlaring tuzik so‘yla!

Bizlar sotmas burun qilur erding faryod,

Biz sotgan so‘ng nega dersan bizlardan dod.

Ayb bizlarda, seni sog‘ub emolmaduk,

Yemush berib, yem o‘rniga yem olmaduk.

Bilolmaduk ko‘ksingdagi xazinani,

Biz bilmasmiz tosh-taroz-u, mazinani,

Sotib-sotib qoladurmiz g‘amga botub,

Boyqush kabi vayronada yotib-yotib.

Seni sotub pul qilurmiz – ketur-qolur,

Bir yildan so‘ng bahong iki bo‘lub olur.

Tarbiyatsiz, ilmsizlik jazosidur,

Jaholatning boshga solgan azosidur.

Selobi g‘am kelmas burun jadal birlan,

Tu(v)g‘onini to‘xtatmagan bo‘lur Hijron.

...Adib Vatanga intilishning sababini bunday izohlaydi: «Buning sababi, ya’ni bularni tortub kelturgan quvvat o‘z vatanlarining, tuproqlarining mehr-u muhabbatidur...»...

...Abdulla Avloniy Vatan haqidagi fikrlarini o‘zining 1916-yilda

chop etilgan «Maktab gulistoni» kitobidagi she’rlarida ham davom ettiradi. Ayniqsa, ushbu kitobdagi «Vatan» she’ri diqqatga sazovor...

...Shoir fikricha, farzandlar ham har xil bo‘ladi. Onaning baxtiga sherik bo‘lib, baxtsizligida yolg‘iz tashlab ketadigan farzandlar ham topiladi...

...«Ikkinchi muallim» kitobiga kirgan ellikdan ortiq nasriy va she’riy hikoyalari bolalarda ilk axloqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan....

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


«Ikkinchi muallim» kitobidan

CHIN DO‘ST

Iki odam bir-biriga do‘st bo‘ldilar chunon,

Bir nafas ayrilmas erdi bir-biridan iki jon.

Maslahat birla safar qilmoqni aylab ixtiyor,

Bo‘ldilar sahro tamoshosi uchun bir kun ravon.

Yo‘lda bir daryodan o‘tmak to‘g‘ri keldi do‘stlara,

O‘lturub bir kemaga ketmog‘da erdilar hamon.

Bir zamon to‘lqun kelub ul kemani qildi xarob,

Ul iki o‘rtog‘ yiqildilar suv uzra nogahon.

Suv yuzinda ul zamon ketmakda erdilar oqib,

Suvchilar keldilar ushlab olg‘ali suvdan amon.

Ul iki do‘stning birini tutsa, suvchig‘a dedi:

Qo‘y mani, avval borub, do‘stumni qutqar beziyon.

Suvchi borub ushlasa o‘rtog‘ini,

Ul ham aylar do‘st qutulsun deb fig‘on.

Ko‘rdingizmi, ey suchuk o‘g‘lonlarim,

Do‘stlig‘dan bu siza bir doston.

...Bu kichik she’riy hikoyadagi manzaralarni ramziy tushunish, tushuntirish ham mumkin. Ikki do‘stning safarini – umrga, yo‘lda uchragan daryoni – hayot sinovlariga, bexosdan kelgan to‘lqinni – kutilmagan baxtsizliklarga o‘xshatsak...

YALG‘ON DO‘ST

Bir vaqt iki kishi do‘st bo‘lub, safarga chiqmishlar edi. Bir tog‘

ichindan ketub borgonlarinda uzog‘dan bir yo‘lbarsni ko‘rmishlar. Do‘stlarning biri darhol yugurub bir daraxt ustiga chiqmish. Ikinchisi shoshilub qolub, nima qilishin bilmay, yerga cho‘zulub, o‘lukg‘a o‘xshab yotmish. Yo‘lbars kelub iskab-iskab o‘luk gumon qilub qaytub ketmish. O‘rtog‘i daraxtdan tushub: «Birodar, yo‘lbars qulog‘inga nima deb so‘zlab ketdi», – deb so‘ramish. Yo‘ldoshi: «Oh, do‘stim! Shodlig‘ingda o‘rtog‘ bo‘lub, g‘am vaqtingda tashlab qochadurg‘on nomard kishilar ila yo‘ldosh bo‘lma!» – deb so‘zlab ketdi, deb javob bermish.

XURUS ILA BO‘RI

Bir Bo‘ri daraxt ustinda o‘lturg‘on Xurusni ko‘rub, tutub yemak

uchun daraxt ostiga keldi. Hiyla birla bechora Xurusni daraxtdan tushurmaqchi bo‘lub: «Ey Xurus o‘rtog‘! Man sanga bir yaxshi xabar kelturdim, hayvonlar ila qushlar orasinda sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm qilmasga, biri ikinchisin tutub yemasga qaror berildi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do‘st bo‘lub, birga o‘ynashayluk», – dedi. Xurus Bo‘rining so‘ziga aldanadurg‘on darajada nodon va ahmaq bo‘lmag‘onidan Bo‘riga boqub dediki: – Do‘stim, so‘zing rostdur, to‘g‘ridur. Lekin biroz sabr qil. Sandan boshqa iki it ham sulh xabarin ketururlar. Alar ham kelsunlar. Hammamiz birga o‘ynashurmiz, – dedi. Bo‘ri Xurusdan bu so‘zni eshitgan zamon dumini orqasig‘a qo‘yub qocha boshladi. Xurus: «Ho, birodar, nima uchun qochursan, aroda sulh bor-ku?» – desa, Bo‘ri: – Oh do‘stim! Bu zolim itlar sulhni buzgong‘a o‘xshaydur, –

deb qochub ketdi. Xurus orqasindan «quqq... qurii... quu...» deb qichqirub qoldi.

Aql egasi hiylaga aldanmagay,

Hiylagarning hiylasi boshin yegay.

Do‘st ila dushman so‘zining farqi bor,

Fahm etar har kimki, o‘lsa hushyor.

...Hikoyadagi Xurus – xo‘roz degani...

...Bo‘ri orqa oyoqlari orasiga

dumini qisgancha (bu – qo‘rqoqlikning eng ayanchli ko‘rinishi!) juftakni rostlab qoldi...

JANJALCHILIK ZARARI

Bir suv ustiga ko‘pruk kabi bir taxta qo‘yilmish edi. Bu taxtaning

ustindan o‘tmak uchun iki echki iki tarafdan kelub, bir-biriga yo‘luqti. Biri dediki: – «Man sandan kattaman, san yoshsan, arqangga qayt. Manga yo‘l ber». Ikinchisi: – San katta bo‘lsang, ulug‘lig‘ing o‘zingg‘a. Man sandan quvvatli. San qayt. Mandan so‘ngra o‘tarsan, – deb arolarinda zo‘r g‘avg‘o chiqdi. Ikisi ham bo‘yinlarin egishub, shoxlarin shoxlariga qo‘yushib, chunon suzishdilarki, oxirda suvga yumalab tushub, ikisi ham suvda g‘arq bo‘ldi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

«Ikkinchi muallim» kitobidan

MAKTAB

Maktab uyi – dorulamon,



Maktab hayoti jovidon,

Maktab safoyi qalb-u jon,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!

Maktab erur doruladab,

Maktab erur ehsoni Rab,

Maktab erur gulzor ajab,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!

Maktab dur-u gavhar sochar,

Maktab siza jannat ochar,

Maktab jaholatdan qochar,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!

Maktab sizni inson qilur,

Maktab hayo ehson qilur,

Maktab g‘amni vayron qilur,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!

Maktab berur Qur’on siza,

Maktab berur imon siza,

Maktab berur hur on siza,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!

Maktab o‘quvni ko‘rsotur,

Maktab yozuvni o‘rgotur,

Maktab uyqudin uyg‘otur,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!

Maktabdadur ilm-u kamol,

Maktabdadur husn-u jamol,

Maktabdadur milliy xayol,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!

Maktab demak masjid yo‘li,

Maktab erur jannat guli,

Maktabni sizlar bulbuli,

G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon!.

SAXIYLIK


Bir kishining Said ismli o‘g‘li bor edi. Otasi har kun maktabda taom olib yemak uchun o‘n tiyin pul berur edi. Bir kun maktabga ketub borganda, bir faqir kishi yo‘luqub:

– O‘g‘lum, ikki kundan beri ochman. Taom olib yey desam, ustimdagi yirtiq chakmondan boshqa hech narsam yo‘q. Biroz oqchang bo‘lsa, bersang, savob topur eding, – dedi.

Said faqirning so‘ziga toqatsiz bo‘lub, holig‘a rahmi kelub, atosi bergan o‘n tiyin pulni faqirga berdi. Faqir bu yosh Saidning qilg‘on shafqat-u marhamatiga ofarin qilub, yig‘lay-yig‘lay duolar qilub ketdi. Said ul kun o‘zi och qolsa ham ochlig‘ini hech kimga bildurmay, sabr-u qanoat ila o‘tkazdi. Maktabdan ozod bo‘lub, uyiga borgan zamon qilg‘on ishini otasiga so‘zladi. Otasi ham «saxiy Saidim», deb xursand bo‘lub, duo qildi ham bundan so‘ng Saidga har kun yigirma tiyindan berurga va’da qildi. Saodatlik Said otasi bergan yigirma tiyinning o‘n tiyinini yeb, beshini faqirlarga berub, beshini yig‘ub, tezdan boy bo‘lub ketdi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


...Uning otasi Ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 1945-yilda vafot etadi. Oradan bir yil o‘tgach, onasi ham dunyodan o‘tadi. O‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh Erkinni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi...

...«Tong lavhasi», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator she’rlaridagi chuqur ma’no go‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan...

...1964-yilda yaratilgan «Nido» dostonidan so‘ng birin-ketin «Orzu chashmasi», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi...

...E.  Vohidov tarjima qilgan rus shoiri Sergey Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening «Faust» asari o‘zbek adabiy muhitida katta hodisa bo‘ldi...

...E. Vohidovning ilk to‘plami 1961-yilda «Tong nafasi» nomi bilan

chop etilgan edi. Shundan so‘ng birin-ketin «Qo‘shiqlarim sizga», «Yurak va aql», «Mening yulduzim», «Nido», «Lirika», «Palatkada yozilgan doston», «Yoshlik devoni», «Charog‘bon», «Dostonlar», «Muhabbat», «Hozirgi yoshlar», «Tirik sayyoralar», «Iztirob» kabi kitoblari nashr etildi...

...E. Vohidov dramaturgiya sohasida ham o‘z qalamini sinab, «Oltin

devor», «Istanbul fojiasi» kabi dramalar yaratdi...

...Uning ilk dostoni – «Nido»da insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan «Ruhlar isyoni» dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


«NIDO»dostonida

Bag‘ishlov

...Hayqiraman,

Tog‘lar bag‘ridan

Gumburlagan sado keladi,

Ona Yerning otash qa’ridan

«O‘g‘lim!» – degan nido keladi...

...Mana men, o‘g‘lingiz,

Dardli olamga

Sizdan tanho yodgor,

So‘ylang, otajon!...

...Men axir qutlug‘ bu so‘zni

Yigirma yil olmadim tilga...

...Yurak qonim bilan bitgan dostonim

Sizga bag‘ishladim,

Otajon!...

...Qadamlar,

Qadamlar,

Og‘ir qadamlar...

Etiklar zarbidan titraydi tuproq.

Qayerga ketmoqda shuncha

odamlar?...

...Ana, derazangga

Qo‘nibdi hilol.

Boshingga egilib

So‘rmoqchi savol...

...«Men sening baxtingman», –

Deganday go‘yo,

Imlab chorlamoqda

Yoqut Surayyo.

Senikidir bular,

Seniki bari.

Seniki osmonning

Zar qandillari.

Somonchining yo‘li

– Sening yo‘llaring,

Uzatsang

Zuhroga Yetar qo‘llaring...

...O‘sha olis yurtda

Qon kechib hozir

Otang hayot uchun

Jang qilayotir....

...Otang uzoq yurtda

Jang qilayotir

Sen uchun, men uchun,

O‘z uchun emas,

Faqat o‘zbek va yo

Rus uchun emas,

Butun Yer – undagi

Bor avlod uchun,

Dunyoda eng qutlug‘

E’tiqod uchun!

Uzoq o‘lkalarda

Qon kechib hozir

Otang hayot uchun

Jang qilayotir...

...Tengdoshim,

Asrdosh birodar!

Kel, bir on jim o‘yga cho‘maylik.

Bu yerda yotibdi fidolar,

Kel, uni gullarga ko‘maylik...

...Tengdoshim, asrdosh birodar!Uyg‘oq bo‘l, hushyor boq olamga.

Bu yerni quchmasin alanga,

Qabrida tinch yotsin fidolar...

...Kel, Yerga qilaylik qasamyod:

Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga

Tinchlik janggohining fidosi.

Bu senga, bu menga, bu bizga

Yigirmanchi asr nidosi...

➖➖➖➖


...Rustamning akasi urushdan qaytdi,

Qo‘ltiqtayog‘i bor,

Bir oyog‘i yo‘q.

Rustam aytib berdi:

Ataka payti

Tizzasidan olib ketgan emish o‘q...

...Xol aka qaytganda uyga to‘satdan,

O‘g‘li: «Dadajon», – deb chopib kelibdi.

Ota quchay desa qo‘li yo‘q ekan,

Tik turgan joyida yig‘layveribdi...

...Darsga kelmay qoldi tunov kun Tal’at,

Muallim urishsa, turaverdi jim.

Dadasidan kelgan ekan qoraxat,

Hammamiz yig‘ladik, hatto muallim...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimi


#Дарслик

USTOZNING YOSH SHOIRGA DEGANI

Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p,

Unga qullar emas, fidolar kerak.

Uning sen-u mendek shoirlari ko‘p,

Buyuk elga endi daholar kerak.

Qaddingni baland tut, Bo‘lma serta’zim,

Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l.

Pillapoya bo‘ldim senga, azizim,

Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l...

Эркин Воҳидов© (5-синф, янги нашр - 2020)

TANDIR HAQIDA ERTAK

Mo‘jaz hovli,

Pastgina devol,

Pastakkina tandiri bilan;

Yashar edi kichkina bir chol

Kichkina bir kampiri bilan.

Yashardilar kamtar va halol,

Osoyishta taqdiri bilan.

Pichoq charxlar ermak uchun chol,

Kampiri band xamiri bilan.

Nafaqa bor,

Chol-kampir mamnun,

Daraxt ham bor – bir tup olucha.

Lekin shu tor hovlidan bir kun

O‘tar bo‘ldi kattakon ko‘cha.

Ular bu gap tarqalgan kundan

Mung‘ayishib so‘lib qoldilar.

Bamisoli ini buzilgan

Musichadek bo‘lib qoldilar.

O‘z boshidan kechirgan bilar,

O‘ylab ko‘ring, osonmas, axir,

Shu hovlida turgan edilar

Naq oltmish yil chol bilan kampir.

Ular bunda ko‘rdi go‘shanga,

Ikki o‘g‘il o‘stirdi o‘ktam,

Ikkovini kuzatdi jangga,

Qaytgani yo‘q ammo biri ham.

Mana,

Uy ham buzilar endi,



Tan berdilar yana taqdirga.

Faqat ular o‘rgangan edi

Parcha yerga, pastak tandirga.

Boshqarmaga qatnamadi chol,

Raysovetga yurmadi kampir.

Peshonada borini alhol

Yurt qatori ko‘rarmiz, axir...

Ne qilardik,

Ko‘pga kelgan to‘y,

Nolish bizga yarashiq ishmas,

Tegar axir bizga ham bir uy,

Ko‘cha-ko‘yga haydab qo‘yishmas.

Shunday bo‘ldi,

Berdilar uy ham,

Ko‘chirdilar ko‘rsatib hurmat.

Biram yorug‘,

Ozoda, shinam,

Hammadan ham... birinchi qavat!

Kampir cholni chimchilab kulsa,

Jilmayadi cholning miyig‘i.

Bir jo‘mrakdan sovuq suv kelsa,

Bir jo‘mrakdan kelar ilig‘i.

Guldor palos,

Yog‘och karavot,

Hatto po‘choq tashlashga paqir...

Hamma narsa joyida,

Faqat...

Faqat bunda yo‘q ekan tandir.

Busiz ular bir kun turolmas,

Tatimaydi bersa jahonni,

Chol qurmag‘ur og‘ziga olmas

Gaz o‘choqda pishirgan nonni.

Boshqarmaga arza qildi chol,

Raysovetga qatnadi kampir.

«Qanday kechar tandirsiz ahvol;

Uy kerakmas bizga betandir».

Boshqarmada yelka qisdilar,

Raysovetda bo‘ldilar hayron.

Jilkontorda shartta kesdilar:

«Yo‘q, bo‘lmaydi tandirga imkon».

«Hech bir yerga qo‘ndirib bo‘lmas

Gap shu, – dedi JEKning rahbari, –

Hamma ruxsat bersa ham, ko‘nmas

O‘t o‘chirish tashkilotlari.

Boshda hech kim qilmagan xayol,

Proyektga qo‘shmagan, axir...»

Sabablarni tushunmadi chol,

Dalillarga ko‘nmadi kampir.

Shunday yashar – Sokin, bezavol

Pastakkina tandiri bilan;

Katta uyda kichkina bir chol

Kichkina bir kampiri bilan.

Ikkovni ham tegdi tishiga

«Ammo», «Lekin», «Ha», «Albatta»lar.

Xullas kalom, tandir ishiga

Aralashdi oxir kattalar.

Boshqarmada dedilar mumkin,

JEKdagilar topdilar tadbir.

Baland uyning yonida bir kun

Chol-kampirga qurdilar tandir.

Qo‘shnilar ham qarab turmadi,

Kim g‘isht tergan,

Kimdir qorgan loy...

Tushmadi ham JEKning hurmati

Topildi ham tandirga mos joy.

Tandir bitdi

Va o‘sha-o‘sha

Tong yorishar chog‘ida har kun

Osmon bo‘yi tomlardan osha

Ko‘kka o‘rlar ingichka tutun.

O‘sha-o‘sha, bizga beshikdan

Tanish xushbo‘y taralar har yon.

Tongda har bir ochiq eshikdan

Rizqdek kirar bir juft issiq non.

Izohlar: devol – devor; raysovet – hozirgi tuman kengashi; jilkontor; JEK – ko‘p qavatli uy-joylar masalalari bilan shug‘ullanadigan idoralar, proyekt – bu yerda ko‘p qavatli uyning loyihasi.

Эркин Воҳидов© (5-синф, янги нашр - 2020)

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

...Kоsоn tumаnining Nеko‘z qishlоg‘idа tug‘ilgаn...

...Otаsi Orif bоbо ko‘pni ko‘rgаn, dоnishmаnd kishilаrdаn edi. Onаsi Тurdi Kаrvоn qizi shоirtаbiаt, хаlq аdаbiyotini nоzik his qiluvchi fоzilа аyollаrdаn bo‘lgan. Аbdullаning kеlаjаgini bаshоrаtqilib kеtdi. Bu tuyg‘ulаr shoirning «Onаjоn» shе’ridа judа sаmimiy ifоdаlаngаn. So‘ngrоq shоir shu nоmdа butun bir kitоb hаm yozdi...

...Тo‘rt аkа-ukаning hаmmаsi аdаbiyot muхlisi edi...

...Аbdullа Oripоvning birinchi kitоbi 1965-yildа «Mitti yulduz» nоmi bilаn bоsilib chiqаdi. Bu mitti kitоbchа аdаbiyotimizgа kаttа istе’dоd kirib kеlаyotgаnini mа’lum qilаdi.Ungа o‘z dаvrining eng mаshhur аdiblаri, mаsаlаn, Аbdullа Qаhhоr e’tibоr bilаn qаrаgаn vа sаlоhiyatigа yuksаk bаhо bеrgаn edi...

...Buyuk itаlyan shоiri Dаntеning «Ilоhiy kоmеdiya» аsаrini judа kаttа mаhоrаt bilаn o‘zbеk tiligа tаrjimа qildi. Аmir Теmur hаqidа «Sоhibqirоn» nоmli drаmа yozdi...

...Аlishеr Nаvоiy nоmidаgi rеspublikа dаvlаt mukоfоtiga sazovor bo‘lgan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


O‘ZBEKISTON (qаsidа)

1

Yurtim, sеngа shе’r bitdim bu kun,



Qiyosingni tоpmаdim аslо.

Shоirlаr bоr, o‘z yurtin butun

Olаm аrо аtаgаn tаnhо.

Ulаr shе’ri uchdi ko‘p yirоq,

Qаnоtidа kumush diyori.

Bir o‘lkа bоr dunyodа, birоq

Bitilmаgаn dоstоndir bоri:

Fаqаt оjiz qаlаmim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

2

Yurmаsmаn hеch bеhishtni izlаb,



Тоpоlmаsаm, chеkmаsmаn аlаm.O‘tirmаsmаn ertаklаr so‘zlаb,

«Musаllо», – dеb yo‘nmаsmаn qаlаm.

Ko‘klаmingdаn оlib sururni,

Dоvruq sоldi ustоz Olimjоn.

G‘аfur G‘ulоm tuygаn g‘ururni

Qilmоq mumkin dunyogа dоstоn.

Olis tаriх – qаdаmim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

3

Kеchmishing bоr chindаn hаm uzоq,



Ilg‘аy оlmаs bаrchаsin ko‘zim.

Mаqtаmаsmаn mоziyni, birоq

O‘tmishingni o‘ylаymаn bir zum.

Zаbtgа оlib kеng Osiyoni

Bir zоt chiqdi mаg‘rur, dаvangir.

Ikki аsr yarim dunyoni

Zir qаqshаtdi ulug‘ jаhоngir.

Dеymаn bu kun, u mаnim, mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

4

Bоbоlаrdаn so‘z kеtsа zinhоr,



Bir kаlоm bоr gаp аvvаlidа.

Osmоn ilmi tug‘ilgаn ilk bоr

Ko‘rаgоniy jаdvаllаridа.

Qоtil qo‘li qilich sоldi mаst,

Quyosh bo‘lib uchdi tillа bоsh.

Do‘stlаr, ko‘kdа yulduzlаr emаs,

U Ulug‘bеk ko‘zidаgi yosh.

Yerdа qоlgаn, о, tаnim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

5

Ko‘z оldimdаn kеchаr аsrlаr,



Ko‘z-ko‘z etib nuqs-u chirоyin.

Sаrsоn o‘tgаn nеchа nаsllаr

Тоpоlmаsdаn tug‘ilgаn jоyin.

Аmеrikа – sеhrli diyor,

Uхlаr edi Kоlumb hаm hаli.

Dеngiz оrtin yoritdi ilk bоr

Bеruniyning аql mаsh’аli.

Kоlumbdа bоr аlаmim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

6

Ko‘p jаhоngir ko‘rgаn bu dunyo,



Hаmmаsigа guvоh – yеr оsti.

Lеkin do‘stlаr, shе’r аhli аrо

Jаhоngiri kаm bo‘lаr, rоsti.

Bеsh аsrkim, nаzmiy sаrоyni

Тitrаtаdi zаnjirbаnd bir shеr.

Теmur tig‘i yеtmаgаn jоyni

Qаlаm bilаn оldi Аlishеr.

Dunyo bo‘ldi chаmаnim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

7

Bоbоlаrdаn so‘zlаdim, аmmо



Bir zоt bоrkim, bаridаn suyuk:

Buyuklаrgа bахsh etgаn dаhо,

Onа хаlqim, o‘zingsаn buyuk.

Sеn o‘zingsаn eng so‘nggi nоnin

O‘zi yеmаy o‘g‘ligа tutgаn.

Sеn o‘zingsаn fаrzаndlаr shоnin

Аsrlаrdаn оpichlаb o‘tgаn.

Onа хаlqim, jоn-tаnim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

8

Bоsh ustingdаn o‘tdi ko‘p zаmоn,



O‘tdi buddа, o‘tdi zаrdushti.

Hаr uchrаgаn nоkаs-u nоdоn,

Onа хаlqim, yoqаngdаn tutdi.

Sеni Chingiz g‘аzаbgа to‘lib,

Yo‘qоtmоqchi bo‘ldi dunyodаn.

Jаlоliddin sаmаni bo‘lib

Sаkrаb o‘tding Аmudаryodаn.

Sеnsаn o‘shаl sаmаnim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

❗️Ҳар бир қаторида кимлар ҳақида сўз борганлигига эътибор қилинг

@muhimiuz

#Дарслик


9

Тоlеyingdа bоr ekаn yashаsh,

Gоh qоn ichding, gоhidа shаrоb.

Bo‘lmаy turib, yurtim, хоmtаlаsh,

Bоsh ustinggа kеldi inqilоb.

Chоrа istаb jаng mаydоnidаn

Sаmоlаrgа uchdi unlаring.

Shаhidlаrning qirmiz qоnidаn

Аlvоn bo‘ldi qоrа tunlаring.

Qоngа to‘ldi kаfаnim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

10

Тinch turаrmi bu ko‘hnа оlаm,



Тinch turаrmi dоg‘uli zаmоn.

Orоmingni buzdi sеning hаm

Fаshist dеgаn vаhshiy оlоmоn.

Qоnim оqdi Dаnsigdа mаnim,

Sоbir Rаhim yiqilgаn chоg‘dа.

Lеkin, yurtim, kеzоlmаs g‘аnim

O‘zbеkistоn аtаlgаn bоg‘dа.

Sеn-ku nоmus vа shа’nim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

11

Kеch kuz edi, mеn sеni ko‘rdim,



Dеrаzаmdаn bоqаrdi birоv.

U sеn eding, о, dеhqоn yurtim,

Тurаr eding yalаngto‘sh, yayov. –

Таshqаridа izillаr yomg‘ir,

Kir, bоbоjоn, yayrаgil birоz.

Dеding: – Pахtаm qоldi-ku ахir,

Yig‘ishtirаy kеlmаsdаn аyoz.

Kеtding, umri mаxzаnim mаnim...

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

12

Sеn kеtаrsаn bаlki yirоqqа, Fаrg‘оnаdа bаlki bаlqаrsаn.



Bаlki chiqib оqаrgаn tоg‘gа,

Cho‘pоn bo‘lib gulхаn yoqаrsаn.

Bаlki ustоz Oybеkdеk to‘lib

Yozаjаksаn yangi bir dоstоn.

Bаlki Hаbib Аbdullа bo‘lib,

Sаhrоlаrdа оchаjаksаn kоn.

Тuprоg‘i zаr, mа’dаnim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

13

Mаyli, yurtim, kеzsаng hаm dunyo,



Fаzоlаrgа qo‘ysаng hаm qаdаm,

O‘zligingni unutmа аslо,

Unutmа hеch, оnаjоn o‘lkаm.

Bir o‘g‘lingdеk mеn hаm shu zаmоn

Kеchmishingni qildim tоmоshа.

Iqbоlingni ko‘rоldim аyon

Yillаr оshа, kеngliklаr оshа.

Iqbоli hur, sho‘х-shа’nim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

14

Zаvоl ko‘rmа hеch qаchоn, o‘lkаm, Zаvоl bilmаs shu yoshing bilаn.



Muzаffаr bo‘l, g‘оlib bo‘l, o‘ktаm

Do‘st-u yoring, qаrdоshing bilаn.

Аsrlаrning silsilаsidа

Bоqiy turgаy kоshоnаng sеning.

Hur хаlqlаrning оilаsidа

Mаngu yorug‘ pеshоnаng sеning.

Mаngu yorug‘ mаskаnim mаnim,

O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!

❗️Ҳар бир қаторида нималар ҳақида сўз кетганлигига диққат қилинг

@muhimiuz

#Дарслик

...Qаsidа hаjmаn sаlmоqli, hаr biri 10 sаtrlik 14 bаnddаn ibоrаt. Jаmi – 140 sаtr. Bаnddаgi tоq vа juft sаtrlаr o‘zаrо qоfiyalаnib kеlgan. Hаr bаndning so‘nggi bаyti bir-biri bilаn qоfiyalаnаdi...

...Shuni alohida аytish kеrаkki, bu fikrlаr 1968-yildа yozilgаn edi. U pаytlаri «SSSR – bizning yagоnа Vаtаnimiz!» dеgаn sохtа shiоr milliоn-milliоn insоnlаr оngigа singdirilgаn edi. Аbdullа Oripоv shundаy bir shаrоitdа: «O‘zbеkistоn – Vаtаnim mаnim!» – dеb chiqdi. Bu jаsоrаt edi...

...Bu shе’r yanа bir mаshhur shоirimiz Erkin Vоhidоvning «O‘z­bеgim» qаsidаsi bilаn dеyarli bir vаqtdа yozildi vа ikkаlа аsаr хаlqimizning o‘zligini аnglаshidа muhim rоl o‘ynаdi...

QUSHCHA

Goh butoqqa, goh gulga qo‘nar

Tinim bilmas sayroqi qushcha.

Nechun bahor seni rom etgan,

Qayda eding bahor kelguncha?

Kel yashaylik hamisha birga,

Bizda bahor, gullar barchasi.

Bilsang, men ham chaman o‘lkamning

Sho‘x va quvnoq, shod o‘g‘ilchasi.

(Абдулла Ориповнинг илк шеъри - 5-синф, янги нашр - 2020)...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

...Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan...

...Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida boshlagan, harbiy xizmatda ham ancha-muncha she’r bitgan bo‘lsa-da, «Ona yer» deb nomlangan ilk kitobi 1974-yilda – shoir 27 yoshga kirganida chop etildi...

...Anvar Obidjonning ellikdan ortiq kitobi nashr etildi...

...«Bahromning hikoyalari», «Masxaraboz bola», «Juda qiziq voqea», «Oltin yurakli Avtobola», «Dahshatli Meshpolvon», «Meshpolvonning janglari», «O‘q o‘tmas bolakay», «Atrofimizdagi qiziqchilar»...

...Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi» nomli ilk komediyasi 1983-yilda respublika «Yosh tomoshabinlar» teatrida sahnalashtirilgan edi. Shundan buyon yurtimiz teatrlarida uning «Pahlavonning o‘g‘irlanishi», «Topsang – hay-hay» («Qorinbotir)», «Navro‘z va Boychechak», «To‘tiqul», «Alamazon», «Meshpolvon» kabi pyesalari qo‘yildi. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida adib ssenariylari asosida «Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq», «Dahshatli Meshpolvon» filmlari suratga olingan...

...Keyingi yillarda adibning «Oltiariq hangomalari», «Baloga qolgan futbolchi», ikkita kitobdan iborat «Tanlangan she’rlar» hamda «Ajinasi bor yo‘llar» singari yirik kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


HAYOTNING HAR LAHZASI GO‘ZAL

Tun pardasi ochilar asta,

Chiqib kelar sahnaga quyosh.

Kelinchakdek bo‘lib orasta,

Gul salomdan ko‘taradi bosh.

Hovli go‘yo yuvilgan chinni,

Yo‘llar go‘yo artilgan oynak.

Qutlash uchun yangi bu kunni,

El oyoqqa turar jonsarak…

Hayotning har lahzasi go‘zal,

Umrning har dami g‘animat.

Qaymoq isi yayratar tanni,

Dasturxonda issiq kulchalar.

Suv bosgandek qaqroq o‘zanni

Odamlarga to‘lar ko‘chalar.

Asli hatto go‘dak emizmoq

Barobardir og‘ir yumushga.

Oshiqarlar, yuraklar qaynoq,

Birov ishga, birov o‘qishga…

Hayotning har lahzasi go‘zal,

Umrning har dami g‘animat.

Duch keladi yuzlab chehralar,

Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.

Ular dilga yaqin naqadar,

Shuning o‘zi tuganmas iqbol.

Barchinoylar nigohida sir,

Alpomishlar ko‘zida yashin.

Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,

Eslaysan ilk sevgi otashin...

Hayotning har lahzasi go‘zal,

Umrning har dami g‘animat.

Bir mahallar berishgan salom,

Endi esa olishar alik.

Tillarida duo, xush kalom,

Saodatdir hatto keksalik.

Kulib turgan munchoqko‘z bola

«Tinchlik» so‘zin solar yodingga.

Sochlaringdan erib oq tola

Intilasan yana oldinga…

Hayotning har lahzasi go‘zal,

Umrning har dami g‘animat.

Bu yurtda alp chinorlar o‘sar,

Ko‘k gumbazlar o‘ng-u so‘lingda.

Bir azaga kirib o‘tsang gar,

So‘ng o‘nta to‘y uchrar yo‘lingda.

Goh birovlar tanishar ilk bor,

Goh yig‘ilar eski ulfatlar.

Odamzodga dunyo bo‘lmas tor

To mavjuddir shirin suhbatlar…

Hayotning har lahzasi go‘zal,

Umrning har dami g‘animat.

Bosh ko‘tarmas kimdir ishidan,

Kimdir o‘ylar ulug‘ bir reja.

Yana sirli orom qushiday

Qo‘na boshlar yurtimga kecha.

Bugunidan el ko‘ngli to‘lib,

Ertangi kun uchun to‘plar dosh.

Anvar shoir charchog‘i bo‘lib

Tog‘ ortiga yonboshlar quyosh…

Hayotning har lahzasi go‘zal,

Umrning har dami g‘animat…

Анвар Обиджон (5-синф, янги нашр-2020)

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

...Mustabid sho‘ro tuzumi davrida haq-huquqlari toptalgan xalq ahvoli, boyliklari talon-toroj qilingan ona yurt, tili va tarixidan judo bo‘lish xavfi ostida qolgan millat taqdiri xususida shoir kuyinib she’rlar bitgan. Chunki chin shoir Vatani taqdiriga, uning og‘riqlariga befarq bo‘lishi mumkin emas.

Anvar Obidjon bu haqiqatni 1979-yilda yozgan kichikkina she’rida mana bunday ifodalaydi:

Shamol guvlayveradi,

Qushlar sayrayveradi,

Daryolar shovullayveradi.

Baliq esa, Hech qachon gapirmaydi.

Men baliq emasman...

...Xuddi o‘sha yili bitilgan, go‘yo Chili shoiri Pablo Nerudaga bag‘ishlangan she’rda tasvirlangan manzarada esa millionlab o‘zbek o‘quvchisi o‘z yurtini, o‘z ahvolini ko‘rgani shubhasiz:

Rasvo bo‘lgan nomus-or uchun,

Jangda o‘lgan do‘st uchun yig‘lang.

Yov toptagan gul diyor uchun,

Taqiqlangan so‘z uchun yig‘lang.

Qolgan dardlar – charxning hazili...

VATANJON

Balodan asray deb tumor bo‘laman,

Noming ulug‘lovchi shior bo‘laman,

Uxlab uyg‘onguncha xumor bo‘laman,

Vatanjon!

Sen o‘zing kulbamsan, sen o‘zing – olam,

Sen o‘zing otamsan, sen o‘zing – bolam,

Yoshligim – o‘zing, sen – boshda oq tolam,

Vatanjon!

Mehringni ko‘rpadek yopinib o‘tgum,

Har daraxt, toshingga topinib o‘tgum,

Bag‘ringda yurib ham sog‘inib o‘tgum,

Vatanjon!

O‘zimdan ko‘p seni o‘ylayveraman,

Bo‘yingni jahonga bo‘ylayveraman...

Qabrimda ham husning kuylayveraman,

Vatanjon

...Biroq o‘zbekning asl milliy shoiri Anvar Obidjon o‘z yurtini «Vatanjon» deb alqaydiki, unga qadar birorta shoir bunday yo‘l tutmagan edi...

TINCH KUNLAR

Bizlar quraverdik, buzaverdi yov

Qo‘rg‘on-u uyimiz, ko‘shk-u qasrni.

Sha’nimizni depsib ezaverdi yov,

Ko‘rmadik suronsiz biror asrni.

Turon solnomasin o‘qir talaba,

Sahifalar guvlar janglarga to‘lib.

Har bir mag‘lubiyat, har bir g‘alaba

Iz solmish «Tarixiy voqea» bo‘lib.

Fitnaga boy erur har bitta zamon,

Jim tursang-da cho‘zar qattollar bo‘yin.

Tutmoqlikdan ko‘ra nayzaga qalqon,

Tinching mo‘rt shishadek asramoq qiyin.

Bir o‘yga chorlagay kitob yakuni:

Ichikamiz yozga faqat qish fasli.

Yurtimizning tinchgina o‘tgan har kuni

Mislsiz tarixiy voqea asli.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


...Nоdаr Dumbаdzеning o‘nlаb hikоyalаri, «Kukаrаchа» qissаsi, «Oq bаyrоqlаr», «Аbаdiyat qоnuni» singаri rоmаnlаri mоhir tаrjimоn Nizоm Kоmil tоmоnidаn оnа tilimizgа o‘girilgаn...

...«Аbаdiyat qоnuni» аsаri аsоsidа o‘zbеk sаn’аtkоrlаri tоmоnidаn yarаtilgаn ko‘p qismli vidеоfilm nаmоyish etilgаch, bizning yurtimizdа аdib ijоdigа qiziqish yanаdа kuchаygаn...

...Yozuvchining ilk hikоyalаr to‘plаmi «Qishlоq bоlаlаri» nоmi bilаn 1958-yildа chоp etilgаn. Uning dаstlаbki yirik аsаrlаri «Mеn, buvim, Ilikо vа Illаriоn» qissаsi 1960-yildа, «Quyoshni ko‘ryapmаn» nоmli rоmаni esа 1962-yildа yarаtilgаn. Yozuvchining bu аsаrlаridа Ikkinchi jаhоn urushi yillаridаgi gruzin qishlоqlаridаgi оg‘ir vа mаshаqqаtli hаyot mаnzаrаlаri, bir-birigа o‘хshаmаydigаn tаqdir egаlаri оbrаzi yorqin аks ettirilgаn...

...Аdib zаmоnаviy mаvzulаrdаgi аsаrlаridа insоnlаrning bir-birigа munоsаbаtidаgi оdаmiylik, оqibаt singаri fаzilаtlаrni ulug‘lаydi. Uning 1967-yildа yozilgаn «Quyosh kеchаsi», 1972-yildа chоp etilgаn «Oq bаyrоqlаr» rоmаnlаri bungа misоl bo‘la oladi...

...Nоdаr Dumbаdzеning 1978-yildа yarаtilgаn «Аbаdiyat qоnuni» аsаri insоnning hаyotdаgi o‘rni, undаn tаlаb etilаdigаn fidоyilik, hаlоllik, vijdоnlilik, аdоlаtpаrvаrlik хususiyatlаri to‘g‘risidа kеng mushоhаdа yuritilgаn...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


«Hеllаdоs» (Hikоya)

...Yanguli – suхumilik grеk Xristа Аlеksаndridining o‘g‘li. Cho‘pdаy оzg‘in, yеlkаlаri turtib chiqqаn, qirrаburun, ko‘zlаri chаrоsdеk qоp-qоrа, qo‘llаri uzunligidаn tizzаsigа tushib turаdigаn o‘n to‘rt yoshli bu bоlа yon-аtrоfdаgi tеngqurlаri uchun nаqd Azrоilning o‘zi edi...

...Yanguli оtаsi bilаn Vеnеtsiаn ko‘chаsidа, Chаlbаsh dаryosining

bo‘yidа yashаrdi. Onаsini eslоlmаydi – chаqаlоqligidаyoq yеtim qоlgаn. Otа-bоlаning bоr-yo‘q dаvlаti bir pаrchа tоmоrqа, bittаginа sigir vа eshаkdаn ibоrаt. Oshko‘k, sut-qаtiq sоtib kun ko‘rishаdi...

...O‘n to‘rt yoshli bu zоlim Vеnеtsiаn ko‘chаsidа istiqоmаt qiluvchi bаrchаning ustidаn, jumlаdаn, хоlаvаchchаm Kоkа ustidаn hаm tаnhо hukmrоnlik qilаrdi...

...Hе-еy, skripkа!

Yangulining оvоzini dаrrоv tаnidim.

– Nimа dеysаn?

– Bu yoqqа kеl!

– Ishing bo‘lsа, o‘zing kеl!...

...– Pеtya, Fеmа, Kurlik, Pаnchо, Теnа! Umrlаringizdа skripkа

оvоzini eshitgаnmisizlаr? – dеdi u bоlаlаrgа murоjааt qilib. Ulаr bаrаvаrigа chuldirаshdi...

...– Rаdiоdаn eshitgаnmаn! – dеdi Pеtya...

...O‘shа kuni kеchqurunоq qo‘shnimiz vа Yangulining o‘ng qo‘li hisоblаnmish Pеtya mаjаqlаngаn skripkа bilаn g‘ilоfni uyimizgа оlib kеlib, оstоnаgа tаshlаdi-dа, quyonni survоrdi...

...Sеnlаr skripkаning qаdrigа yеtаsаnlаrmi? Pаgаninimi, Strаdivаrimi, аrrаkаshmi – sеnlаrgа bаribir!...

...O, оpаjоnim Аnikо! O‘zimning tаshvishim yеtmаyotuvmidiki, yanа mаnavi g‘urbаtni bоshimgа bаlо qilib tаshlаb kеtding-а!...

...O‘shа kuni musiqа оlаmidаgi sаrguzаshtlаrimgа nuqtа qo‘yildi. Hаyotimdа yangi dаvr – yashаsh uchun kurаsh dаvri bоshlаndi...

...Yanguli qоrа sаtin ko‘ylаgini yеchdi... Bu hаm mаyli, chаp to‘shining ustigа ko‘kish rаngdа nаqshlаngаn lоtin hаrflаridаgi yozuv mеni nеgаdir butkul dоvdirаtib qo‘ydi: «Hеllаdоs»...

...Mushtlаshgаndа kаllа qilish nimаligini o‘zim hаm bilаmаn...

...kеchа хuddi Yanguli аg‘dаrilgаndаy gup etib yеrgа qulаdim, fаqаt bittа fаrqi bоr: hоzir mеn turаdigаn hоldаmаn, аmmо Yanguli kеchа o‘rnidаn turоlmаgаn edi...

...Ro‘pаrаngizdа tbilisilik rаngpаr lаqmа bilаn uning jiyani – vаtаn vа qаbilа хоini, mishiqi Kоkа turibdi...

...Bugungi оlishuvimizgа fаqаt eshаk shоhid bo‘ldi...

...Kе, kеlishvоlаylik: ertаdаn bоshlаb fаqаt so‘kishаmiz. Kim qоyillаtsа – o‘shа g‘оlib!... Bu hоl yarim yilchа dаvоm etdi...

...Bo‘lаqоl, yutqаzаsаn! – dеb turtkilаdi Kоkа.

– Mеndа bоshqа yo‘q!

– Оnаsigа o‘t!

– Yo‘q, оnаni аrаlаshtirib bo‘lmаydi!...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

«Hеllаdоs» (Hikоya)

...Otаmning gаpigа qаrаgаndа, bizning vаtаnimiz, оnа tuprоg‘imiz o‘shа yеrdа... Bizni аjdоdlаr ruhi

chаqirаyotgаnmish, bu nidоgа qulоq sоlish shаrt emish...

...Mеning vаtаnim, mеning Ellаdаm bu – Suхumi, ko‘chа, Chаlbаsh; bu – Kоkа, Pеtya, Kurlikа, Fеmа, Qоrа dеngiz, ko‘prik... – U bir yutinib оlib, dаvоm etdi: – Bu – Midа... Qоlаvеrsа, sеn...

...Midа – bir аbхаz kishigа turmushgа chiqqаn grеk аyolining qizi ekаnini, Suхumidа undаn go‘zаl qiz yo‘qligini, Yanguli uni yaхshi ko‘rishini bilаrdim...

...– Bu nimа bo‘lmаsа? – Mеn Yangulining ko‘krаgini оchib, bаlаnd

оvоzdа o‘qidim:

– Hеllаdоs. – Bu – nаqsh, Jаmоl. Vаtаn – ichkаrirоqdа, nаq yurаkning o‘zidа! – Yanguli qo‘lini ko‘ksigа qo‘ydi...

...Grеklаr аllаqаchоn nuqrаdаy оppоq «Pоsеydоn» kеmаsigа chiqib оlishgаn...

...Egnidа o‘shа o‘zi yoqtirаdigаn оldi оchiq qоrа sаtin ko‘ylаk...

...Orаdаn bir kun o‘tib, Kеlаsuri dаryosining quyilish jоyidа

dеngiz to‘lqinlаri bir bоlаning jаsаdini sоhilgа chiqаrib tаshlаbdi... kеksа bаliqchilаr suvdаn tоrtib оlib, qumgа yotqizishibdi...

...Uni mеn tаnidim. Chаp to‘shining ustidаgi «Hеllаdоs» dеgаn sеhrli yozuvni ko‘rgаndаn kеyin tаnidim...

...Demak, insonda o‘zligini tanitgan makon, sadoqatli do‘stlar orttirgan go‘sha, har qarichi ko‘zga to‘tiyo zamin, eng pokiza hislari tug‘ilgan onlar Vatan degan tuyg‘uni paydo qilar ekan-da. Demak, chin vatanparvar bo‘lmoqlik uchun muayyan millat vakili bo‘lishning o‘zi yetarli emas ekan-da...

...Аsаrdа Jаmоlni аsrаb оlgаn Ninа хоlа unchаlik ko‘p ishtirоk

etmаydi...

Gruziya pоytахti Тbilisi shаhridа Nоdаr Dumbаdzе tаshаbbusi bilаn «Mziuri» – «Quyoshjоn» nоmli bоlаlаr bоg‘i bаrpо etilgаn.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Мустаҳкамлаш #Тест

1. Кимнинг отаси тижорат билан шуғулланиб, хонадонига меҳнатсиз топилган бирор дирҳам ҳам пул кирмаган?

А) Бухорийнинг

Б) Атойининг

С) Муқимийнинг

Д) Аваз Ўтарнинг

2. Бухорий онасининг тушига қайси пайғамбар кирган эди?

А) Исмойил а с

Б) Иброҳим а с

С) Муҳаммад а.с

Д) Мусо а.с

3. Бухорий неча ёшида минглаб ҳадисларни ёд билган ҳолда уларни саҳиҳ ва носаҳиҳлигини исботлаб бериш даражасига етишганди?

А) 10 ёшида Б) 16 ёшида С) 45 ёшида Д) умрининг охирида

4. Имом Бухорий "Ал-жомеь ас-саҳиҳ" китоби устида неча йил ишлаган ва у яна қандай номланади?

А) 16 йил, "Ишончли тўплам"

Б) 18 йил "Саҳиҳ ал-Бухорий"

С) 18 йил "Ишончли тўплам"

Д) 16 йил "Саҳиҳ ал-Бухорий"

5. "Ал-жомеь ас-саҳиҳ" китобига 600 минг ҳадис ичидан қанчаси саралаб киритилган?

А) 7397 та Б) 7937 та С) 7379 та Д) 7939 та

6. "Мен илмни хор қилмайман, уни ҳукмдорлар эшигига олиб бормайман". Бухорий кимнинг таклифига нисбатан ушбу жавобни берган эди?

А) Хива хони Анишахон

Б) Бухоро хони Искандархон

С) Қўқон хони Умархон

Д) Бухоро амири Холид ибн Аҳмад

7. Суннат нима?

А) Пайғамбаримиз Муҳаммад с.а.в нинг айтганлари

Б) Пайғамбаримиз Муҳаммад с.а.в бирор иш қилиб кўрсатганлари

С) Пайғамбаримиз Муҳаммад с.а.в бошқалар қилган бирон-бир ишни кўриб, уни ман этмаганлари

Д) барчаси тўғри

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Мустаҳкамлаш #Тест

1. Ниҳоятда ақлли, ўта бадбашара, хунук қиёфага эга бўлган донишманд ким?

А) Гёте Б) Эзоп С) Ксанф Д) Лафонтен

2. Қайси ижодкор шаҳарларни босқинлардан асраб, подшоҳларни қирғинбарот урушлардан тўхтатиб қолган?

А) Эзоп Б) Баҳовуддин Нақшбанд С) Паҳлавон Маҳмуд Д) Нодирабегим

3. Эзонпни душманлари қайси шаҳардаги тоғ қоясидан отиб юбориб ўлдирганлар?

А) Лидия Б) Вавилон С) Самос Д) Делфа

4. Мажозий ҳарактердаги қисқа ҳикояча бўлиб, насрий ёки шеърий шаклда ёзиладиган жанр бу...

А) мақол Б) афоризм С) масал Д) эртак

5. Мажозий шаклдаги ибратли ҳикоятларнинг сара намуналари учрайдиган асарларни топинг

А) "Ҳайрат ул-аброр" Б) "Лисон ут-тайр" С) "Калила ва Димна" Д) барчаси тўғри

6. Масал жанрида асар ёзмаган ижодкорни топинг

А) А.Авлоний ва С.Абдуқаҳҳор

Б) Ҳамза ва Мухтор Худойқулов

С) Я.Қурбон ва А.Обиджон

Д) Юқоридагиларнинг барчасида ушбу жанрга оид асарлар учрайди

7. Ўзингдан зўрроқлар билан беллашаман, деб чиранганинг билан ҳеч иш чиқара олмайсан, кулги бўлганинг қолади. Ушбу хулоса Эзопнинг қайси масалидан келиб чиқади?

А) Бургут, зағча ва чўпон

Б) Устига туз ортилган эшак

С) Эшак билан бақалар

Д) Бўри билан лайлак

8. Доно халқимизнинг "Оғирнинг остидан, енгилнинг устидан ўтма" ҳикматини Эзопнинг қайси масалига нисбатан олсак бўлади?

А) Ёввойи эчкилар билан чўпон

Б) Кийик билан токзор

С) Устига туз ортилган эшак

Д) Бўри билан лайлак

9. Эртак Хоразмда қандай атама билан юритилади?

А) ушук Б) варсаки С) матал Д) чўпчак

10. Ҳаётий-маиший эртаклар берилмаган жавобни белгиланг

А) "Зумрад ва Қиммат"

Б) "Ойгул билан Баҳтиёр"

С) "Қайнар хумча"

Д) "Зиёд ботир"

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


6-синфдан бошладик:

Islom Karimov. "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch" асаридан:

...«Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta»...

...Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflaydi: «Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir»...

...«Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib Cho‘lpon aytganidek, adabiyot yashasa – millat yashaydi»...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


... «Mening o‘g‘rigina bolam» nomli hikoyasi bor...

... Keyinchalik – 1936-yilda yozuvchi bu o‘tmish hodisalarini xayolida qayta jonlantiradi va o‘zining mashhur «Shum bola» nomli qissasini yaratadi. Bu qissa adib umrining oxiriga qadar yanada sayqallanib, boyib boradi, o‘tgan asrning 60-yillariga kelib hozirgi mukammal holiga keltiriladi...

➖➖➖➖

Саид Аҳмад:



...Ayni jarayonlarning bevosita guvohi bo‘lgan adibning iste’dodli shogirdi Said Ahmad o‘zining «Yo‘qotganlarim va topganlarim» nomli xotiralar kitobida, jumladan, quyidagilarni yozadi: «Shum bola»ning uchinchi qismi yozilayotganda men G‘afur akaning yonida edim. Qissani tezroq yozdirish uchun «Mushtum»dan meni G‘afur akaning uyiga «komandirovka» qilishgan edi...

...Men borganimda qissa oxirlab qolgan, shumbola Toshkentga qaytib Ko‘sa Maddoh hikoyalarini tinglab turgan paytda to‘xtagan edi...

...Domla Shoahmad akani kuzatgani chiqib ketgan ekanlar...

...Bo‘pti. Shu bugun «Shum bola»ga nuqta qo‘yib beraman. Sen chiqib Eski Jo‘vadan bitta «Kazbek» opkelib ber. Men yozib turaman...

...Muharram opa: «Hushyor bo‘ling, akangiz Mirza Abdulla aka bilan allaqayoqqa ketishmoqchi», – deb aytib qo‘ygan edi...

...Hovliga chiqsam, Jo‘raxon (G‘afur akaning frontda halok bo‘lgan o‘g‘li. Qirq birinchi yili «Sog‘inish» she‘rini unga bag‘ishlagan edi.) U shimini cho‘tkalayotgan ekan...

...Hoji bobo Shum bolaga issiq nonni orqalatib ezmalanib gapirib ketayotgan joyi edi. Qog‘ozga shunday so‘zlar yozildi. «Ha, shunaqa, bolam. Ota-ona dunyoga mo‘rt keladi. Endi bitta ona topsang bo‘ldi. Ota o‘z oyog‘i bilan keladi...»...

...G‘afur akaning yozuv stoli yoniga o‘tirishi qiyin edi. Bir o‘tirib olgandan keyin esa turmasdi. Ayniqsa, she’r bo‘lsa bitta to‘rtlik, hikoya bo‘lsa birinchi sahifa to‘lgandan keyin o‘zi qiziqib ketib, to asar bitmaguncha o‘rnidan turmasdi...

...Ming to‘qqiz yuz oltmish ikkinchi yili G‘afur aka «Shum bola»ni qo‘liga oldi. Shu qissaning birinchi satrlaridan boshlab stenografiya usulida yozib olgan Shoahmad Shorahmedov G‘afur akani ishga soldi. Qissa boshdan-oyoq tahrir qilindi. Yangi boblar kiritildi. Hoji bobo obraziga juda ko‘p detallar qo‘shildi...

...G‘afur G‘ulom «Shum bola» qissasini salkam yigirma besh yil ishladi desa yanglish bo‘lmaydi. Qissaning birinchi va ikkinchi qismlari 1936-yilda yozib tugatilgan. Uchinchi qismi qirqinchi yillarning oxirida tugatilgan. Oltmishinchi yillarning boshlarida qayta tahrir qilingan.

G‘afur aka hayotligida bosilib chiqqan oxirgi nashrini o‘pib ko‘ziga surtgandi.

– Tamom, endi bo‘ldi, – dedi ko‘zlari yashnab.

– Nega? – dedim. – Bir qiziqib ketsangiz, buyog‘ini ham yozvorasiz.

– Yo‘q. Buyog‘ini endi sizlar yozasizlar. Sen yozasan. Shum bola endi akademik, laureat, deputat...»

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Мустаҳкамлаш #Саволлар

1. Hayot haqiqati bilan bogʻliq boʻlib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega ogʻzaki hikoyalarga nima deyiladi?

2. Ertak boshqa viloyatlarda qanday ataladi?

3. Ertak aytuvchilarni qadimda kim (lar) deb atashgan?

4. Ertaklar shartli ravishda qanday mavzularda boʻladi?

5. Hayvonlar haqidagi ertaklarda asosiy mazmun qanday maʼnoga ega boʻladi?

6. Ertaklarda tulki, boʻri qanday toifadagi insonlar sifatida ifoda etiladi?

7. Qaysi mavzudagi ertaklarda asar qahramonlari har narsa qoʻlidan keladigan moʻjizakor kimsalar, jonlantirilgan narsa yoxud hayvonlardan iborat boʻladi?

8. Hayotiy-maishiy ertaklarni sanab oʻting.

9. Ertakdagi uzun boshlanmani toʻldiring: «Ertаgiyo ertаgi, echkilаrning ...., qirg‘оvul qizil ekаn, ...... uzun ekаn, ko‘k muzgа mingаn ekаn, ...... singаn ekаn, g‘оz kаrnаychi ekаn, o‘rdаk ....... ekаn, оlа qаrg‘а аzоnchi, qоrа qаrg‘а qоzоnchi, chumchuq chаqimchi ekаn, to‘rg‘аy ...... ekаn, bo‘ri bаkоvul ekаn, tulki yasоvul ekаn, ertаgimning shеri bоr, yеtti kunlik yеri bоr, yеtti kunlik yеridа dumi kаltа ........ bоr. Bir bоr ekаn, bir yo‘q ekаn...»...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Мустаҳкамлаш #Саволлар

1. "Уч оға-ини ботирлар" эртагидаги ботирларнинг ёши нечида эди?

2. Давом эттиринг:

Соғлом вужудли қилиб ўстирдим - ...

Яроғ билан таништирдим - ...

Қўрқитмай ўстирдим - ...

3. Тўлдиринг:

Тўғри бўлинг - ...

Мақтанчоқ бўлманг - ...

Дангасалик қилманг - ...

4. Ботирларнинг отаси уларга қандай отларни тайёрлаб қўйганди?

5. Уч кечада уч оға-ини қандай воқеаларни бошидан ўтказади?

6. Дастурхонга тортилган овқатнинг гўшти қўзининг гўшти эканлигини, бироқ шу қўзи ит эмиб катта бўлганлигини қайси ботир айтади?

8. "Саралаб емоқ фақирнинг иши". Ушбу гап қайси ботирга тегишли?

9. "Подшоҳлик - қонхўрлик", - деб қайси ботир айтади?

10. Кенжа ботир: "Шу нонни тахлаган кишининг отаси новвой экан, тахловчи новвойнинг ўғли экан", - деб айтади. Новвойнинг ўғли ким эди?

11. Қайси ботир оқшом кўрсатган жасоратининг исботи сифатида белидаги тасмасини ўртага олиб қўяди?

12. Подшоҳ ҳамма куёвидан ҳам қайси ботирни кўпроқ яхши кўрарди?

13. Ҳикоя ичида ҳикоя берилиши қайси асарда учрайди?

14. ...Тарбиянгиз орқасида жаҳон подшоҳлари ошиқ бўлиб йиғлаб юрган қизларнинг отаси сизга ўз қизларини йиғлаб тутади... Ушбу жумла қайси асардан олинган?

15. ...Қизлар йўқотган тиллаларига гавҳар қўшиб олдилар... Ушбу жумла қайси асарда учрайди?

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


...SHUM BOLA (qissadan parchalar)

...Bu qishloqda Sariboy bo‘lis degan katta yer egasi bor ekan...

...Bu uyqu eshon xonaqosiga qaraganda juda shohona edi. Hech bo‘lmasa, bu yerda tong azonda avrodchi (duolar, oyatlar o‘quvchi) so‘filarning qichqirib g‘o‘ldiraydigan har xil duolari kishini uyqudan bezovta qilmas edi. Erta bilan bo‘lisning oldiga bordim. Bir qancha silkillashishlardan keyin boy menga xizmat haqi uchun oyiga xom-pishiq aralash, ona sutidan halol ikki pud o‘n yetti qadoqdan olma beradigan bo‘ldi. Shu paytda boyning avzoyini ko‘rib mening ham haromzoda tomirim urib qoldi. «Mendan nima ketdi, bir shart qo‘yib qo‘yay, bir kun boshimga biror ish tushib qolsa, shu bahona qutulib ketarman» degan xayol bilan: «Boy buva, – dedim, – endi-ku, savdoyimiz pishdi. Shariat yuzasidan mol sotganda, hamma aybini aytib sotsa halol bo‘lar ekan. Mening ham bir aybim bor, shuni boshdan aytib qo‘yganim yaxshi».

– Xo‘sh, nima aybing bor? Siyg‘oqmisan, tutqanoqmisan?

– Yo‘q, aybim bu emas, aybim shuki, yoshligimdan odat bo‘lib qolgan, har zamon-har zamonda beixtiyor yolg‘on gapirib qo‘yaman, shunda koyimasangiz bas...

...Sariboy bo‘lis haligacha xo‘jayinlarimning ichida eng xudo urgan badbaxti, ziqnasi edi...

...Ba’zida xo‘jayinga pul zarur bo‘lib qolsa, xomxatala olmalarni aravaga ortib Darvoza, Sariog‘och atroflardagi bug‘doykor qishloqlarga olib borib sotib kelaman...

...Uning oldiga bir ish bilan borsangiz, bo‘lar-bo‘lmas yerda «innaykeyin» deb so‘raydigan odati bor edi...

...Chunonchi, borsangiz-da, «qandil olma pishibdi» deb aytsangiz, u sizga «innaykeyin» deb savol beradi. Siz albatta: «Shu pishgan olmani terish kerak», – deysiz. Yana xudo qarg‘agan «innaykeyin» deydi. Xayr, «sotish kerak», deysiz. Yana «innaykeyin» deb so‘rab qoladi. Vaholanki, shu yerda gapning o‘zi tamom...

...Sariboy Chuvalachidagi Yusuf kontor bilan qimor o‘ynab, uning mevazorlari, ichki-tashqi qo‘rg‘onchasi, butun dov-dastgohining hammasini yutib olibdi. Yusuf kontorning bog‘i, ayniqsa, uning bahavo shiyponi bizning xo‘jayinga ma’qul tushib qolib, darrov o‘sha yerdan bitta do‘ndiqqina qirg‘iz xotinni olib, bir borgancha o‘n-o‘n besh kunlab Kalasga qaytmaydigan bo‘lib qoldi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

SHUM BOLA (qissadan parchalar)

– Anavi, haligi, dandon sopli pichog‘ingiz sinib qolib edi, shuning xabarini bergani keldim.

Ana shu so‘zdan keyin menga «innaykeyin» savoli yog‘ila boshladi.

– Xo‘sh, innaykeyin, qanday qilib sindi? Ro‘zg‘orda mening pichog‘imdan boshqa pichoq qurib ketgan ekanmi?

– Tozi itingizning terisini shilayotgan edim, suyakka tegib sinib qoldi.

– Iyya?! – dedi boy. – Tozining terisini mening dandon sopli pichog‘imda shilasanlarmi, o‘zing ayt-chi, nimaga shildilaring?

– Shoshib qoldik-da, o‘lib qolgandan keyin bekor ketmasin deb terisini shilib oldik.

– Nima qilib o‘ldi?

– Harom o‘lgan otning go‘shtini ko‘p yeb qo‘ygan ekan, bo‘kib o‘ldi.

– Harom o‘lgan ot go‘shti qayoqda ekan?

– Ha, o‘zimizning to‘riq qashqaning go‘shtini yeb o‘ldi-da, begona ot emas.

Boy alanglab qoldi.

– Hay-hay, bola, og‘zingga qarab gapir, to‘riq qashqa o‘ldi dedingmi? Xo‘sh, to‘riq qashqa nima qilib o‘ldi?

– Xomlik qilib o‘ldi.

– Nimaga xomlik qiladi?

– Hech aravaga qo‘shilmagan ekan, biz uni aravaga qo‘shib suv tashigan edik, zo‘riqib o‘ldi.

– Nima deyapsan, haromi, boshqa shuncha aravakash otlar turib, kelib-kelib mening birdan bir boqib qo‘ygan uloqchi otim bilan suv tashiysanlarmi, padarla’natilar?

– Ha, o‘t tushgandan keyin uning uloqchiligiga qarab o‘tiradimi, duch kelganini qo‘shib, ishqilib bir chelak bo‘lsa ham suv tashiy beradi-da! Boyning chaynab turgan yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmadi. Og‘zidan olib qo‘ydi-da, baqraygancha menga tikilib:

– O‘zing jinni-pinni bo‘ldingmi? O‘t tushdi deganing nima deganing, qayerga o‘t tushdi, nimaga tushadi?

– Sog‘man, xo‘jayin, o‘t, avvalo, og‘ilxonaga tushdi. Ot sho‘rliklarning hammasi nobud bo‘lib ketdi-da, xo‘jayin.

– Iyya, og‘ilxonada o‘t nima qiladi?

– Mening ham fikrim shu, boshqa xizmatkorlaringizning ham fikri shuki, o‘t ombordan o‘tgan bo‘lsa kerak.

– Axir, omborda o‘t chiqadigan narsa yo‘q-ku? Bug‘doy bor edi, to‘g‘ri, guruch bor edi, to‘g‘ri, yog‘ bor edi, gazmol bor edi, to‘g‘ri, shulardan o‘t chiqadimi?

– Berdisini aytguncha shoshmang, xo‘jayin, omborga qo‘rg‘ondan o‘tibdi. Og‘ilxonaga ombordan o‘tgan bo‘lsa kerak. Shunaqa qilib bir-biriga tutashib ketgan-da.

– Iyya, hali qo‘rg‘on ham yondi degin!

– Qo‘rg‘on ham yondi, ombor ham yondi, og‘ilxona ham yondi, otlar ham o‘ldi, pichog‘ingiz ham sindi.

– Qo‘rg‘onga qayerdan o‘t ketibdi?

– Shamdan tutashib ketibdi, shamdan.

– Hoy, o‘zing jinni bo‘lib qolibsan, o‘g‘lim! Axir, mening dargohimda shamga kun qoldimi? Qator-qator lampalar, o‘zim Toshkentdan atay sotib olib kelgan qirqinchi fanorlar qayoqqa ketibdi? Kerosin bo‘lsa bir yilga yetarliligini bochka-bochka zapas qilib qo‘ygan edim. Nimaga sham yoqasanlar?!

– Xo‘jayin, – deyman, – o‘zingiz ham odamni juda xit qilib yuborar ekansiz-da! Butun boshlik o‘likning arvohiga sham yoqmay lampa yoqiladimi? Kelgan arvoh nimaning shu’lasibilan o‘ynashadi? Axir, kosaga suv quyib, ustiga olma shoxi qo‘yiladi. Kelgan arvoh avval shoxga qo‘nib o‘tiradi. Bir nafas damini rostlagandan keyin haligi shamning pirpirab turgan shu’lasi bilan o‘ynashadi.

Mening entak-tentak so‘zlarimdan boy talmovsirab qoldi. Go‘yo shu gaplarni eshitgisi kelmaganday, sekin, qo‘rqa-pisa so‘radi:

– Kim o‘ldi?

Shu yerda men yuzimga qalbaki qayg‘ular chiqarib, ho‘ngrab yig‘lab yubordim.

– Kenjatoy o‘g‘lingiz Bo‘riboyvachcha, terakka chiqib chumchuq bolasini olaman deb yiqilib tushib, bir marta «dada» dedi-yu «g‘iyq...» etib jon berdi.

Boy gaplarimning keyingi jumlalarini eshitdimi, eshitmadimi – bilmayman, choy ichib turgan piyolasini boshiga urib chakkasini yordi-yu, soqolini yulib dodlab yig‘lamoqqa boshladi. Men ham qo‘shilib yig‘lar edim. Bir nafas ayyuhannos solib yig‘lagandan keyin men to‘xtadim, boy ham to‘xtadi. Boyning juda ham o‘pkasini uzib yuborganimdan endi uni yupatish uchun o‘zimdan bir gap to‘qimoqchi bo‘ldim.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

SHUM BOLA (qissadan parchalar)

...– Xo‘jayin, – dedim, – xudo berardan qismasin, xafa bo‘lmang, bordi-yu, o‘g‘lingiz o‘lib, uyingizga o‘t tushgan bo‘lsa, it nobud bo‘lgan bo‘lsa, pichoq singan bo‘lsa, hammasining o‘rnini bosadigan bitta xushxabar ham topib kelganman. Boy hiqillab turib so‘radi:

– Xushxabaring qursin, padarla’nat, qanaqa xushxabar?

– O‘rtancha qizingiz Adol opam dunyoga arziydigan bitta o‘g‘ilcha tug‘dilar.

– Iyya! – dedi boy ko‘zlarining shox soqqasi chiqquday, – Adol opang hali erga chiqmagan-ku!

– Biz ham shunisiga hayronmiz-da, xo‘jayin. Xudo beraman desa, erga tegmasa ham berar ekan. Bolani ayting-a, xo‘jayin. Badal aravakashingiz bor-ku, quyib qo‘yganday o‘shaning o‘zginasi.

Boy ortiq chidab tura olmadi. Hushidan ketib yiqildi.

...Ertasiga boy meni qidirib chalpak qilib ko‘tartirib olib keldi. Avval qurttakkina qilib yigirma qamchini bosh-ko‘z aralash yedik...

...Chunki boyning eshigida bir oy-u o‘n to‘qqiz kun ishlagan ekanman. Haligacha bergan yigirma ikki tiyin choychaqani bosib qolib, qayoqdagi sasigan, qurt tushgan olmalardan ikki pud olmani bitta chipta qopga solib berdi...

...Qo‘ndoqdan ajragan kakku bolasiday qo‘narga shox-butoqsiz...

...Aksiga olib bugun Sariog‘ochning bozor kuni edi...

...G‘aladonni hisoblab ko‘rsam, olti tanga bir miri bo‘pti. Keyingi bir necha oy mobaynida belbog‘ga tugilgan naqdina shundan iborat edi...

..Bir kishining tunuka vannasiga xaridor bo‘lib kam so‘raganim uchun undan yaxshigina so‘kish ham eshitib oldim. Kiyim bozorga kirib qunduz yoqalik bobrik paltolarga xaridor bo‘lib ko‘raman.

Qo‘y bozoriga kirib shoxlari mullavachchalarning sallasiday buralib-buralib ketgan do‘ngpeshonalik, katta bir qo‘chqorga xaridor bo‘lib turganimda ko‘zim tanish bir basharaga uchradi...

...Chang bosgan kipriklar tagidagi qo‘y ko‘zlar menga juda tanish. Lekin egnidagi qozoqi chakmon bilan boshidagi teskari ag‘darilgan telpak, qo‘lidagi boshi cho‘qmor kaltagi menga tanish emas. Бу Омон эди...

...Bu kishilar sabzi kavlab qoplamoqda edilar. Ulardan Qorasaroyning yo‘lini so‘radik...

...Sabzisi qurg‘ur juda ham bitgan ekan, eng kichkinasi qayroqtoshday.... Besh-olti ketmon urib, bir sabzini cho‘tal qilib turar edik... Shu xilda qilib sabzi kavlab dehqonning qoplaridan bir nechtasini tikladik. Shu qatorda o‘zimizning «qop»larimiz ham xiyla tiklandi....

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

SHUM BOLA (qissadan parchalar)

...Omon bilan mening qo‘limga uzun dastali, barakaligina, no‘g‘oy qoshiqqa qaraganda ikki baravar «yuk» ko‘taradigan qo‘lbola yog‘och qoshiq to‘g‘ri kelib qolibdi...

...Og‘ilxonaga kiradigan yo‘lak yonidagi g‘ulom gardish (– xizmatkorlar (qadim o‘tmishda qullar) yashashi uchun qurilgan boshpana) dan yotishga joy ko‘rsatdi...

...Ko‘p vaqtdan beri karavotda yotishni orzu qilib yurgan Omon tagiga bir po‘stak solib, chakmonini ustiga yopib, karavotga cho‘zildi. Mening yoshim undan kichikroq bo‘lgani uchun yerda yotdim...

...Chamasi, ovqatlar ichida «xushhazm» bo‘lgan mushak sabzi hunarini ko‘rsatmoqda edi...

...Bittang bu yerda qol, bittang, otameros, boshing toshdan bo‘lgur sigirim bor, shuni olib chiqib ekindan bo‘shagan yerning uvatlarida yetaklab yurib boqib kelasan, bu yerda qolganing bitta-yarimta mehmon-izlom kelsa, choy-poyga qarab turasan, – dedi...

...Shu ahvolda tipirchilab yotgan, tering sangob (teri oshlash uchun qilingan ohak yoki qum eritmasi) da chirigur sigir birdan irg‘ib o‘rnidan turib dumini xoda qilib bir qochib berdi...

...Go‘shting olaqarg‘aga xomtalash bo‘lgur, men yetib borgunimcha o‘t chimdib turadi, yetib borganimdan keyin, menga bir qarab qo‘yadi-da, xuddi sag‘risiga bo‘ka (hayvonlar terisi ustiga tushadigan parazit hasharot) tushganday yana o‘ynoqlab qochadi...

...It quvlagan tulkiday holdan toygan edim...

...Omon o‘zining muhabbat qo‘ygan arqon karavotida yonboshlab yotar edi...

...hali manti, hali tandir kabob, hali lag‘mon, hali holvaytar deysanmi, ishqilib, noz-ne’matlarning ichiga ko‘milib ketdim. Bitta-bitta cho‘qilab, qornim yorilguday bo‘lib ketdi...

...Xo‘jayinning uch-to‘rtta qo‘shni dehqonlardan olasi (oladigani, undiradigan haqi) bor ekan, menga cho‘tni (to‘rtburchak ramkaga mahkamlangan temir simlarga tizilgan donalarni surib, qo‘shuv va ayiruv amallari bajariladigan sodda hisob moslamasi) qo‘ltiqlatib oldilar,

orqalaridan ergashib yurdim...

...Bu noz-ne’matlarning ko‘pini men faqat otinigina eshitgan edim. Juda ham Omonning baxtidan kunlashar (hasad, rashk qilmoq) edim...

...Erta bilan uyqudan turib xizmatga qoim (xizmatga tayyor) turganimizda, xo‘jayin yana kechagiday ikki non, bir choydish jiyda po‘stloq choy ko‘tarib chiqdi...

...Xo‘jayin hali mehmondorchilikka borish oldidan yarimta nonga suzma surtib chiqarib beradi. Sen uni yema. Buning ma’nosi shuki, «Agar mehmonga olib borishda to‘ydirib olib bormasam, suqlik qilib meni uyaltirib qo‘yadi, ne qilsa tagipast, badnafs ochko‘z-da» degani bo‘ladi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Мустаҳкамлаш #Саволлар

1. Ой деганда юзи бор,

Кун деганда кўзи бор

Бир гўзал қиз қаршида,

Бебаҳо эди жуда.

Қалдирғоч қошларидан,

Тўниб қарашларидан... Ушбу таъриф қайси асар қаҳрамонига тегишли?

2. Журжон юрти шохидан Ойгул неча кун муҳлат сўрайди? Шох қанча кун муҳлат беради?

3. Ўзини сувга отган Ойгулни қайси балиқ ютиб юборади?

4. Бахтиёрнинг касби нима эди?

5. Қайси асар қаҳрамони "Рустам каби зўр эди" деб таърифланади?

6. Ойгул балиқ қорнида ётганида нима топиб олади?

7. Жамбилни қонхўр хондан озод қилганларидан кейин у ерга кимни раҳбар этиб тайинлашади?

8. Ака-ука Гриммларнинг исмларини айтинг...

9. Гриммларнинг "Болалар ва оилавий эртаклар" номли уч жилдлик китобига нечта эртак жамланган эди?

10. Гриммларнинг қайси эртакларининг қаҳрамонлари ҳаммадан туртки ейдиган, сўкиш эшитадиган ва энг қийин юмушларни бажарадиган қизлар бўлиб, эртак давомида ўзларининг ҳалол меҳнати, ёқимли сўз ва одоблари билан бахтиёр бўладилар?

🚫Канални дўстларингизга тавсия қилинг

@muhimiuz

#Дарслик


SHUM BOLA (qissadan parchalar)

...Omon meni eski keki yuzasidan aldagan ekan, men uni shunchaki qiziqchilik qilib aldagan edim...

...Ko‘zdak og‘aynimiz, Omon! – dedim. – Bunday bir-birimizni aldab yurishimiz yaxshi emas. Kel, hali ham kekni tashlaylik. «Maslahatli to‘n tor kelmas», – deganlar. Bir ish bo‘lsa maslahat bilan qilaylik. Men ham bugun «ziyofat» yeyaverib juda ham sassiqkekirdak bo‘lib ketdim. Rostini aytsam, xo‘jayinga «mirza»lik qilishdan ham bo‘larim bo‘ldi...

...1.Muzd – xizmat haqi, to‘lov.

2.Korafta – tajribali, ko‘pni ko‘rgan.

3.Sallox – qassob, teri shiluvchi.

4.Pud – 16,38 kilogrammga teng og‘irlik o‘lchov birligi...

...Muzdini chiqarib ketsak bo‘lar edi...

...Boyagi, men domlanikida, eshonnikida yuraverib xiyla qo‘li egrilikka o‘rganib qolganman. Egasi yo‘q mol afandiniki, degan ma’qul gapga ko‘nikib ketganman...

...Kechki ovqatga xo‘jayin shirqovoq qildirgan ekan, olib chiqib oldimizga qo‘ydi va qovoqning mo‘jiza ekanini maqtab-maqtab, buni ichgan kishi do‘zax betini ko‘rmasligi to‘g‘risida gapirib ketdi...

...Men ne qilsa ham eshak so‘yib korafta bo‘lib qolgan sallox...

...Naridan-beri ichak-chovog‘ini ag‘darib tashlab, terisini shilib, eng yaxshi joylaridan suyaksiz qilib uch pudcha go‘shtni og‘ilxonadagi kunjara solib qo‘yilgan qopni bo‘shatib, o‘sha qopga to‘ldirdik. Men to‘nka bo‘lib turdim. Omon tomga chiqdi. Avval qopdagi go‘shtni, undan keyin arqon bilan meni tortib olmoqchi bo‘ldi...

...«Balki bu gal rostakam qilib mendan o‘chini olar, o‘zi ketib qolar-da, men bu yerda xumchaga tushgan sichqonday qamalib qolarman»...

...Omon sigir go‘shti tilga kirganligidan qo‘rqib ketib, qopni tashlab yubordi. Ana shunda bir qop go‘shtday yerga shilqillab tushdim.

– Bu senmisan, go‘shtmisan? Go‘sht bo‘lsang, o‘zing qani, o‘zing bo‘lsang, go‘sht qani?...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


«SHUM BOLA» ASARI HAQIDA

...Xalqimizning «Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r» degan maqolini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu degani «bir falokat ko‘pchilikning boshiga yog‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi – «yo‘g‘on cho‘zilguncha, ingichka uziladi» deganidir...

...«Shum bola» qissasining bosh qahramoni ham shunday og‘ir kunlarda otasidan ayrilgan, qariyb siz tengi – o‘n to‘rt yoshli bolakay...

...Kunlarning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib, qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom etadi. ..

...Pochchasi avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib harom o‘ldirib qo‘yadi, do‘sti Omonga qo‘shilib Sulton o‘g‘ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi, ko‘chmanchilar ovulida o‘likyuvib sharmanda bo‘lishadi, masjid imomining og‘ilxonasida o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib rosa kaltak yeydi va hokazo...

...yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi Eshon Shum bolani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘irlik qilishga yo‘llaydi. Eshonning Shum bolaga aytgan quyidagi gaplari uning naqadar tuban kimsa ekanidan dalolatdir: «Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim... Axir kissa-karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul – ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin...»...

...Shaharning bir chekkasidagi xaroba uyni nashavand-bangilar yig‘iladigan takyaxonaga aylantirgan Hoji bobo ham o‘zicha xudojo‘ylikda boyagi Eshondan qolishmaydi. Biroq uning qilayotgan ishlari Xudoning aytganlariga mutlaqo teskariligi bilan o‘quvchini hayratga soladi...

...Shum bolaning Sariboyni mot qilish usuli Sharq xalqlari og‘zaki ijodi namunalarini – ertaklarni ijodiy qayta ishlash mahsuli hisoblanadi. Biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli, jumladan, «Uch yolg‘onda qirq yolg‘on» ertagida uchraydi...

...«Dandon sopli pichoq»ning sinishi bilan boshlangan gap kenjatoy o‘g‘il Bo‘riboyvachchaning «terakdan yiqilib o‘lishi» bilan tugaydi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


...Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan...

...Turob To‘la ijodiy faoliyatini 15–16 yoshidan boshlagan. Uning dastlabki to‘plami 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan chop etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida shoirning «Shodligim», «Tabassum» nomli to‘plamlari e’lon qilindi...

...Urushdan keyin faol ijodiy mehnatga sho‘ng‘igan Turob To‘laning birin-ketin «Baxt tongotari», «Muborakbod», «Bolalar dostoni», «Qanotlan, qo‘shiqlarim», «Tanlangan asarlar», «Oromijon», «Gulyor», «Oftob nayzada» singari she’r va dostonlar to‘plamlari, zamondosh o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyandalariga bag‘ishlangan «Nafosat», «Kamalak» nomli adabiy portret va xotiralar kitobi o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.

...shoirning «Qanotlan, qo‘shiqlarim» to‘plamidan o‘rin olgan aksariyat she’rlari («Hayo bilan», «Sumbula», «Ko‘chalar», «Do‘ppi tikdim», «Sartarosh qo‘shig‘i» va boshqalar) respublikamizning ko‘plab iste’dodli san’atkorlari tomonidan qo‘shiq qilib kuylanib, xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi...

...Uning qalamiga mansub «Qizbuloq», «Nodirabegim», «Momo yer» pyesalari, «Zulmatdan ziyo», «Malikayi ayyor» opera librettolari hamda «Samarqand afsonasi» baleti librettolari respublikamiz teatrlari repertuaridan munosib o‘rin egalladi...

...Turob To‘la Shekspirning «Qiyiq qizning quyulishi» komediyasini, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko, To‘qay asarlarini ona tilimizga mahorat bilan o‘girgan...

...U yosh o‘quvchi do‘stlariga ajoyib tortiq sifatida 1981-yilda «Yetti zog‘ora qissasi» nomli o‘ziga xos nasriy asarini e’lon qiladi. Bu kitobni shuning uchun ham o‘ziga xos deyapmizki, unda bir necha nasriy janrlarda yaratilgan katta-kichik hikoyalar yagona syujet ipiga mohirlik bilan tizilgan. Ular orasida shoirning o‘z bolaligi bilan bog‘liq hayotiy hikoyalar, keksalardan eshitgan rivoyat, afsona, ertak va cho‘pchaklar, o‘zi to‘qigan ibratli voqealar bayoni bor. Asardagi badiiy lavhalarni bir-biriga mazmunan va ruhan bog‘lab turuvchi qahramonlar sifatida ko‘z o‘ngimizda «o‘ziga to‘q, tinch oilada katta bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘il» – Toshtemir hamda unga «nihoyatda qiziq, ajoyib hikoyalarini, boshidan kechirganlarini» aytib berib charchamaydigan buvasi – Baxshilla maxsum gavdalanadi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


DO‘NAN («Yetti zog‘ora qissasi» asaridan)

...– Mana sen jonivorlarni sevasan, buvangga o‘xshaysan. Qachon qishloqdan so‘z ketsa, albatta, tuya deysan, xo‘tik deysan. Nimaga? Ular bilan shug‘ullanish qiziq, xuddi ular ham seni yaxshi ko‘rganday, bilganday, aytganlaringni bilib qilayotganday. Faqat tillari yo‘q, xolos...

...Oyoqlarining to‘pig‘ida olasi bor edi, peshanasida qashqasi. Ko‘zlari katta-katta, kiyiknikiga o‘xshagan chiroyli...

...birga borardik o‘rta ariqqa, o‘rta ariqdan suv ichmay turib olardi, Toshloqqa borardik, Toshloqdan ichardi, erinmasdan cho‘miltirardim, uzoq yuvardim...

...Matansoy degan soyimiz bo‘lardi, juda bug‘doy bitkuchiydi. Go‘ja olib chiqdimu, birozgina mashoq tersin deb boshini qo‘yib yubordim. O‘zim g‘aram soyasida, g‘ir-g‘ir shabadada mast bo‘lib yotdim, nafas o‘tmay uxlab qolibman...Yugurib oldiga bordim, bordim-u oyoqlari ostiga qarab qotib qoldim, oldingi chap oyog‘iga qop-qora, chipor cho‘lilon o‘ralib yotibdi, o‘ng oyog‘i esa uning boshini majaqlagancha ezib turipti...

...Bir mahal Fayzi dasturxonchi paydo bo‘lib qoldi, «oh, chug‘urchuqlar, Fayzi dasturxonchi kerak bo‘lib qoldimi» deb. Shang‘illab butun hovlini boshiga ko‘tardi.

– Hoy, Bashor kelin, bu mehmonni bilaman, hammaga ma’lum va mashhur boyvachcha, har qancha qadrdoni bo‘lsa ham eringni ko‘zdan saqla, – dedi oyimga qarab...

...Fayzi dasturxonchi kulib: «Yomon ko‘rgan narsang bormi, o‘shani chiqarib qo‘y», – dedi. Bo‘g‘oz qo‘yimiz bor edi, orqa maydonga chiqarib bog‘lashdi, ikkita bo‘rdoqimizni ham, sayrab turgan kaklikni ham...

...qishlog‘imizda g‘alati odat ham bor edi, izzat-ikromli mehmon hovliga kirishi bilan ko‘ziga tushgan narsangni maqtab qolsa, ketar payti, u nima bo‘lishidan qat’i nazar, berib yuborilardi...

...Oyim kulib: «Shu kuchugingiz o‘lsin, juda yomon ko‘raman, o‘shani bog‘lab qo‘ying yaqinroqqa», – dedilar. Birov qattiq, birov sekin, buvim miyig‘ida kulishdi. Ammo bu Fayzi dasturxonchiga yoqdi, eldan oldin borib ko‘zlik joyga bog‘lab qo‘ydi...

...Shu vaqt birdan u o‘xshatib tepgan akam ko‘rinib ketdi ko‘zimga... Ha, o‘sha, do‘nanni yoshligidanoq yomon ko‘rardi, uning men bilan yurishigacha, faqat menigina mindirishigacha yomon ko‘rardi, yoniga yo‘latmasdi. O‘sha bog‘lagan, atay shunday qilgan...

...Chorpo‘lat tomonga qarab chiqib ketdim. U mehmonni chorpo‘latlik deyishgan edi...Ammo mehmonni topolmadim, do‘nanni ham. Mehmon, odamlar aytganiday, u yerda turmas ekan...

...Axir u otmas, odam edi. Xuddi odamlar singari yurardi yo‘lda ham. Hech o‘rtadan yurmasdi, nuqul o‘ngdan yurardi odamlarga o‘xshab, hatto, uyga o‘zi kirib kelardi, jilovini qo‘yib yuborganda ham. Ovqatni ham tanlab yerdi, har narsani yem deb yeyavermasdi. Suvni ham tanlab ichardi, faqat buloq suvini ichardi. Yurganda yurganini bilmasding, chopganda chopganini...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


...Farg‘ona viloyatining Katta tagob qishlog‘ida tug‘ilgan...

...Otadan juda erta yetim qolgan Xudoyberdi bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabibilarning tarbiyasida o‘sadi...

...Jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi 300 dan ortiq felyeton yozadi...

...«...Bola va o‘smir ruhidagi go‘zallikni himoyalashga e’tibor» berib kelyapti...

...Adib qalamiga mansub «Omonboy va Davronboy sarguzashti» qissasi, «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo‘llar», «Shirin qovunlar mamlakati», «Mungli ko‘zlar», «Jannati odamlar», «Qiz bolaga tosh otmang», «Qiz talashgan o‘smirlar», «Quyonlar saltanati» kabi romanlari, «Yangi ohangda kuylayotgan viloyat» (hujjatli qissa), «Tagob qishloq ertaklari», «Qaylarda qolding, bolaligim» singari asarlari ana shu xayrli faoliyat mevalaridir.

...Xudoyberdi To‘xtaboyev yurtimizda tashkil etilgan «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi sifatida ham uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan (1980–1998-yillar)...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

"Sariq devni minib" romanidan

Bu romanlarda 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjonning ajoyib sarguzashtlari, uning sehrli qalpoqcha yordamida erishgan qahramonliklari qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjon tashlandiq bir uydan oq jundan yasalgan sehrli qalpoqchani topib oladi. Uning sehrini avval uyidagilar bilan sinab ko‘radi. Qalpoqchaning sehrli kuchiga to‘la amin bo‘lgach, uni dastlab qishlog‘idagi folbin xolaning yolg‘onchiligini fosh qilishga qaratadi. Oyisiga qo‘shilib firibgarlik qilayotgan sinfdoshi Mirobiddinxo‘jani tavbasiga tayantiradi, folbin xola xaltachalaridagi dorilarni almashtirib qo‘yib mijozlarni undan bezdiradi...

...Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari ko‘pgina jahon xalqlari tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan. Italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo‘lgan...

II BOB: SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM

...Qashqir qishloqda turadigan buvim biznikiga mehmonga kelib sehrli qalpoq haqida ertak aytib beruvdi...

...Faqat eski qishloqning chekkasidagi tashlandiq bir uy qolgan, xolos. Bu hovli kimniki – hech kim bilmaydi...

...Kechqurun uyga kirishdan mahrum bo‘lgach, oyim aytyapti deb qo‘shnimizdan ikkita nonni qarzga oldim...

...Hatto, nazarimda, ikki marta bo‘ri ham ko‘ringandek bo‘ldi...

...Oq mayin jundan, chekkasiga ipakdan chiroyli hoshiya tikilgan!...

...– Men seni axtarib yuruvdim.

– Men seni kutib yotuvdim...

...Oyim tepki mashinada Donoga ko‘ylak tikib o‘tirgan ekan...

...Qayoqdan paydo bo‘lib qolding? – ikkovlarining ham savoli shu bo‘ldi.

– Xolodilnikning ichida yotuvdim, – deb yuboribman bilmasdan...

...Birovi shoxdor qo‘y, birovi sariq echki, birovi qog‘ozga o‘ralgan pul, bir xillari katta tog‘orada to‘rt quloqli somsa tashlab ketishadi...

...Mirobiddinxo‘janing ... ikkita velosipedi bor...

...Soraxon folbin to‘ppa-to‘g‘ri Xudo bilan gaplashadi! – deyishadi. Mirobiddinxo‘ja bo‘lsa maqtanib:

– Bizning uydan Xudoning ovozi eshitilib turadi! – deydi...

...Hovlisida yettita xotin, beshta chol, uchta bola o‘tirishibdi. Hammasi ham kasal bo‘lsa kerak, rangi oftob urgan xamakdek (hali pishib yetilmagan, xom qovun)

sap-sariq...

...Keyin o‘zimni bosib sekin borib mo‘ralasam, xumning ichida o‘zimizning Mirobiddinxo‘ja o‘tiribdi. Bilaklariga har xil shiqildoqlar taqib olgan, qo‘lida do‘ppidan sal kattaroq o‘yinchoq childirma...

...cho‘ntagimdan to‘g‘nag‘ichni olib bor bo‘yicha yelkasiga sanchib yuborganimni o‘zim ham sezmay qolibman...

...Sen kimsan o‘zi, ayt, kimsan?

– Men Azroyilman.

– Azroyil? (Эсланг, яна қайси асарларда ушбу образ учрайди?)...

...Uy vazifalarini yaxshilab tayyorlagin, Hoshim degan bola so‘rasa yo‘q demagin...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


SARIQ DEVNI MINIB

II BOB


SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM

...Obro‘yim ham shunaqangi oshib ketdiki, o‘qituvchilar menga kulib boqadigan bo‘lib qolishdi. Faqat og‘zaki so‘raladigan fanlardan hamon mazam yo‘qroq. Lekin unga ham bir vaj topib qo‘yganman.

– Mening og‘zaki nutqim rivojlanmagan, yozma ravishda talab qilaveringlar, – deyman-da, o‘qituvchilarimning o‘zlaridan ko‘chirib olgan konspektlarni sal boshqacharoq qilib o‘qib beraveraman.

...Darsdan qaytayotganda hech kim sezmasa kerak deb, o‘zimga va eng yaqin do‘stim bo‘lmish Qosimjonga yettita fandan a’lo baholar qo‘yib, chorak tugamagan bo‘lsa ham, cho‘zib o‘tiramanmi deb, chorak baholarini ham chiqarib qo‘yaqolgan edim. Bu ishni avval ona tili o‘qituvchimiz, so‘ngra fizika o‘qituvchimiz payqab qolibdi. O‘sha soatdayoq hammaga oshkor bo‘libdi. Ertasiga maktabga borishim bilan direktorning kabinetiga chaqirishdi. Kirsam, yettita o‘qituvchi qator o‘tiribdi...

...Otajon Azizovich - maktab direktori...

...Mendan shu ketishda ketaversam, tuzukroq odam chiqmas emish, agronom ham, injener ham, zootexnik ham bo‘la olmas emishman...

...Xayr, jonajon qishlog‘im, hayqirib, toshdan toshga urilib oqayotgan zilol suvli anhorlar, poyonsiz mevazor bog‘lar, hammangizga xayr. Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. Endi sizlarga hech kim tosh otib shoxingizni sindirmaydi, tanangizga mix qoqib ozor bermaydi! Mehribon oyijonim, sho‘xliklar qilib ko‘nglingizni og‘ritgan bo‘lsam, qaysarligim tufayli o‘ksitgan bo‘lsam, kechiring meni! Qo‘ng‘ir sochli singillarim, sizlar ham yaxshi qoling. Har xil qiziqchiliklar qilib sizlarni qiqirlatib kuldiradigan, maktabdan qaytayotganingizda sho‘x bolalar urganda tarafingizni oladigan akangiz yoningizda yo‘q endi. Sog‘inganda, ko‘nglingiz o‘ksiganda rasmga boqing. Lekin yig‘lamang. U albatta keladi, qahramonliklar ko‘rsatib qaytadi. O‘z o‘qituvchilariga o‘qimasdan turib ham agronom bo‘la olishi mumkinligini, artist bo‘lib hammani o‘ziga mahliyo qila olishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘yadi. Ha, albatta, ko‘rsatadi. Ko‘ksi to‘la orden bilan qaytadi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


III BOB

BAXTIM KULIB BOQQAN EDI

...Ahyon-ahyonda menga o‘xshab qayoqqa borishini bilmay garang bo‘lib uchib yurgan qushlar to‘dasigami, dumi uzun yumronqoziq yoki ko‘zini lo‘q qilib turgan kaltakesakkami duch kelib qolasan...

...Ikki marta ilonlar galasiga ham uchrab qoldim. Yegani ovqat topolmay bir-birining dumini so‘rib yotgan ekan...

...Dadamga o‘xshagan odamlar tepasiga brezentdan soyabon o‘rnatilgan universallarga minib olib ishlov berishmoqda...

...Luchchak shaftolilarga maza kiray deb qolibdi, olma daraxtlari hosilni ko‘p qilganidan biron ayb ish qilib qo‘ygandek boshlarini egib turibdi. Uzumning o‘zidan, xoh ishoning, xoh ishonmang, roppa-rosa yigirma ikki xilini sanasam-a...

...Tovuqlarga don berib yurgan, hadeb tuxum yeyaverganidan bo‘lsa kerak, oshqovoqdek semirib ketgan sariq sochli bir qizdan:

– Bu tovuqlar kimniki? – deb so‘radim.

– Bizniki, – dedi qiz hozirgina archilgan kattagina tuxumni og‘ziga solib...

...Rostini aytsam, ferma uncha katta ham, uncha kichik ham emas ekan: sakkizta sigir, o‘n to‘rtta cho‘chqa, uchta qo‘tir echki...

...«Krupskaya nomli maktab-internat fermasi» bolalar: Shavkat, Hayitboy (yettinchi sinf), Shokir, Xursanali Sharafiddinovich (direktor)...

...– Hali o‘ninchi «b» da o‘qiydigan bor-ku, o‘sha oq xalat kiymasdan savdo qilayotgan ekan, qo‘lga tushib qolibdi...

...Rost, tirik burchakda ikkita oriq quyon bor edi, lekin uning ham bittasi ochidan o‘lib qolgan. Undan keyin maktabimizning orqasida kattagina mevazor bog‘ ham bor, lekin bu daraxtlar meva qiladimi-yo‘qmi, hozir o‘ylay-o‘ylay hech xotirlay olmadim...

...o‘g‘rini qidirayotganlar diqqatiga. Hozirgina qochgan bola 12–13 yoshlarda edi. O‘zi qorachadan kelgan, oriq, bo‘yi mendan ko‘ra novcharoq. Ko‘zlari yirik-yirik, doim chaqnab turadi. Burni angishvonaga o‘xshaydi. Gapirganda tutilib-tutilib qoladi. Ustida oq shoyidan sorochkasi bor, shimi yo‘l-yo‘l sherstdan, dazmollanmagan. Afti boshiga bir haftadan buyon suv tegmagan bo‘lsa kerak, hamma yog‘i kir...

...Ishlarim yurishib ketganda, kim biladi, rasmim gazetalarda bosilib ham chiqarmidi. Ana unda mehribon direktorimiz Otajon Azizovich ham, algebra muallimimiz Qobilov ham kishi o‘qimasdan turib agronom bo‘la olishi, o‘rtoqlariga hisobsiz foydalar keltirishi mumkinligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rardilar...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик


IV BOB

HASHAROTNI KALTAKLASHGA BUYURDIM

...Bir mahal ko‘chaning chap tomonidan miltillab chiroq yorug‘i ko‘rinib qoldi. Borib qarasam, yetmish yoshlarga kirgan, oppoq soqoli ko‘ksiga tushib turgan bir otaxon yonboshlab olib xo‘rillatib ko‘k choy ichyapti. Oyoq tomonda – toshfonus, o‘shaning yorug‘ini ko‘rgan ekanman...

...Otaxonning ismlari Polvontog‘a ekan...

...– Otaxon, bu g‘o‘zalar qaysi kolxozniki? – sekin maqsadga o‘tdim.

– Kolxozniki emas, sovxozniki. Oltinchi sovxozniki. O‘g‘lim, qani qanddan ol, choy rasmi qand bilan ichiladi.

– Otaxon, sovxozlaringga agronom kerak emasmi?

– Sovxozga kerak-kerakmasligini bilmayman-u, ammo-lekin bizning bo‘limga agronom kerak. O‘zimizning agronom oblastga ko‘tarilib ketdi...

...Olis-olislarda miltillab chiroqlar yonadi, ko‘kdagi yulduzlarni aytmaysizmi, charaqlab ko‘zni olay deydi. Oy bo‘lsa tepamizga kelib allaqanday sarg‘ish, allaqanday ko‘kimtir nurlar sochadi. Qalbimizda hech tushunib bo‘lmaydigan, shodlikka ham, g‘ussaga ham o‘xshamaydigan g‘alati-g‘alati hislar uyg‘otgandek bo‘ladi. Suv o‘z tilida bir nimalar deb chuldiraydi, chigirtkalarning basma-basga kuylashi, qurbaqalarning pashsha tuta olmaganidan kimgadir shikoyat qilayotgandek cho‘zibcho‘zib qurillashi – mana shularning hammasi menga, negadir, qishlog‘imizni eslatib yubordi...

...Sovxoz direktori baland bo‘yli, yelkalari keng, polvonnamo bir kishi ekan. Gapirganda ovozi xuddi xumning ichidan chiqqandek guldirab, jaranglab eshitiladi. Kulganda tomni ko‘tarib yuborgudek qattiq kuladi, yurganda uyning pollari lapanglab ketadi...

...Akbar aka Nosirov unaqangi ezma direktorlardan emas ekan...

...O‘sha kuni ikkovimiz uning «Villis»iga o‘tirib dala aylandik.

To‘rtinchi bo‘limga tayinlangan ekanman, ixtiyorimda 1200 gektar paxta maydoni-yu 12 brigada...

...«Aroq-paroq ham ichasizmi?» deb so‘rashgan edi, «tag‘in mast bo‘lib qolib aljib o‘tirmay» deb: «Yo‘q, men ichkilikni yomon ko‘raman», – deb qo‘ya qoldim...

...Aylanib yurib to‘rtinchi brigada dalasida janjal ustidan chiqib qolibman. Bo‘lim boshlig‘i O‘rmon aka bilan brigadir Rahimjon aka nima to‘g‘risidadir qo‘llarini paxsa qilib bahslashmoqda edi...

...– Agar malol kelmasa mana bu Rahimjonga, uning a’zolariga kompost to‘g‘risida bir gapirib bersangiz. Bular haligacha hech narsa tushunishmas ekan.

– Marhamat, – dedim-da, u yoq-bu yoqqa qarab olgach, leksiya o‘qishga tushib ketdim, – o‘rtoqlar, kompost juda foydali ichimlik, uni asosan mevadan tayyorlashadi. Mevalarning xili qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha shirin bo‘ladi. Bizning Farg‘ona tomonlarda kompostni o‘rik, shaftoli qoqi va olchaning qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompost ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz...

...Go‘ngni achitib tayyorlanadigan kompost bilan mevalardan tayyorlanadigan kompotning farqiga bormasdan, rosa aljibman...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

@muhimiuz

#Дарслик

...Italiya shimolidagi Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi...

...Uning otasi Juzeppe Rodarining kasbi novvoy bo‘lib, Jannining bolaligi, adibning o‘zi ta’kidlaganidek, «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi...

...Janni bolaligida qo‘g‘irchoq yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egallashni orzu qilgan edi. Biroq kambag‘allik tufayli o‘zi orzu qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi. Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi...

...Yosh o‘qituvchi Janni Rodari o‘quvchilari bilan uzoq suhbat qurar, ularning ba’zan javob berish mushkul bo‘lgan xilma-xil savollaridan zavqlanar, bu savollarga javob berish uchun turli xil voqealarni hikoya qilib berardi. J. Rodari bu jarayonda o‘zi ham bilmagan holda kichik ertaklar to‘qir, ularni yosh do‘stlariga aytib berar edi. Keyinchalik u o‘zi to‘qigan ertaklarni qog‘ozga tushira boshlaydi. Ana shu tarzda yozuvchining ilk to‘plami – «Quvnoq she’rlar kitobi» yuzaga keladi...

...Yozuvchining «Chippolinoning sarguzashtlari», «Telefonda aytilgan ertaklar», «Jelsamino yolg‘onchilar mamlakatida», «Osmondagi tort», «Televizorga kirib qolgan Jip», «Rim ertaklari», «Uchtadan oxiri bor ertaklar» kabi mutoyibaga boy, ta’sirchan hikoyalar turkumi maydonga keldi...

...Janni Rodari asarlari o‘zining xayolotga boyligi, samimiy mutoyibasi bilan o‘quvchini hayratga soladi. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘lgan adib edi...

Ушбу ва барча ёзишмалар менинг интеллектуал мулким ҳисобланади!

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


«UCHTADAN OXIRI BOR ERTAKLAR» TURKUMIDAN

HURISHNI EPLOLMAGAN KUCHUKCHA

...U na hura olarkan, na miyovlay olarkan, na ma’rashni va na kishnashni bilarkan, qisqasi, hech bir maxluq tilida gapirishni uddalay olmaydigan shunday bir go‘rso‘xta ekan...

...O‘tkinchilarga qarab huradi, ko‘ziga shubhaliko‘ringan mushuklarga qarab huradi. Oyga qarab huradi, hayotidan mamnun bo‘lganda huradi. Jahli chiqqanda, g‘ashi kelganda huradi. Ko‘pincha kunduz kunlari huradi, lekin tunda hurgan paytlari ham bo‘ladi...

...– Sen o‘zi kim bo‘libsan? Yoki sen to‘g‘ringda gazetalarda yozishlarini xohlaysanmi? (Xoʻroz)...

...Xo‘roz qichqirig‘i qulog‘iga chalingan tulkivoy o‘zicha: «Xudoga shukur, xo‘rozvoy holimdan xabar olgani keldi! Bu himmati uchun unga darrov minnatdorchilik izhor qilib qo‘yishim kerak», – deb o‘ylabdi.

...Lekin bunday ov qilish g‘irromlikdan boshqa narsa emas. Kuchuklar, odatda, ovchi

kelayotganidan ogohlantirib, hurib ovoz beradilar...

...G‘amgin ketayotgan kuchukchani ko‘rib, kakkuning unga rahmi kelibdi va ko‘ngil so‘rabdi...

...O‘rmonda ko‘p ovchilar paydo bo‘libdi. Ular ichida to‘g‘ri kelgan tomonga va duch kelgan jonivorga qarab o‘q otaveradiganlari ham bor ekan...

Ertakning birinchi tugashi:

...Kuchukcha chopib ketaveribdi, ketaveribdi, bir vaqt bir sigir bemalol o‘tlab yurgan o‘tloqzordan chiqib qolibdi...

Sigir: Mana, hozirgina mening miyamga kelgan fikrni-da. Men barcha hayvonlar tilini o‘rganib olaman-da, sirkda tomosha ko‘rsataman. Hamma meni olqishlab qarsak chaladi, men boyib ketaman va shoh qiziga uylanib olaman. Kuchuklar shohining qiziga, albatta.

Ertakning ikkinchi tugashi:

...Kuchukcha chopib ketaveribdi, ketaveribdi... Yo‘lda unga bir dehqon uchrabdi...

...Ayni muddao-da! Hurishni biladigan kuchuklar faqat o‘g‘rilarga qo‘l keladi – cho‘chitib o‘g‘rini qochirib yuboradi. Sening ovozingni esa ular eshitmaydi, yaqinroq keladi, shunda sen ularni shappa tutib olib, talab-talab tashlaysan, ular qilmishiga yarasha jazosini oladi.

Shu tariqa hurishni bilmaydigan kuchukcha o‘ziga munosib ish topib olibdi, bir umr bo‘yniga zanjir tushib, kunda bir kosa suyak nasibasi bo‘libdi.

Ertakning uchinchi tugashi:

...– Garchi bu qanaqa jonivor ovozi ekanini bilmasam ham, yuragimga jiz etib tekkanday bo‘ldi-ya».

– Vov-vov!

– Balki bu jirafadir. Yo‘q, bu timsoh bo‘lsa kerak. Ha, bu xuddi o‘sha serjahl timsoh...

...To‘ppa-to‘g‘ri! Tag‘in kelib-kelib kimning kuchugi deng: kukulagan ovozni eshitib haligina o‘q uzgan ovchining kuchugi bo‘lib chiqsa-ya!...

...Hali sen hurishni bilasanmi?

– Bilganda qandoq. Axir, ko‘rib turibsan-ku, filga o‘xshab dunyoni boshimga ko‘tarayotganim yoki sherga o‘xshab na’ra tortayotganim yo‘q...

...Sevinchi ichiga sig‘may: «Nihoyat, yaxshi ustozni topib oldim!» deb o‘ylabdi o‘zicha...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

«TELEFONDA AYTILGAN ERTAKLAR» TURKUMIDAN

QUTBDAGI GUNAFSHA

...Bir kuni ertalab Shimoliy qutbda katta ayiq uyqudan uyg‘onibdi. Uyg‘onibdi-yu, havoni hidlay boshlabdi...

...Lekin shu payt ayiq bolalari sal naridan binafsharang gunafsha topib olishibdi...

...– Shu atrofda g‘alati bir narsa bor deb darrov aytdim-a, – debdi oq ayiq oilasiga. – Lekin, menimcha, bu baliqqa o‘xshamaydi...

...Sibirdan bug‘ular chopib kelishibdi. Amerikadan ho‘kizsimon hayvon darak topib kelibdi, morj va tyulenlar suzib kelishibdi, qayoqdandir uzoq-uzoqlardan oq shimol tulkisi kelib qolibdi, bo‘rilar yetib kelishibdi, birinchi bo‘lib albatta chaqimchi dengiz zag‘izg‘onlari yetib kelishibdi...

...– Doimo shunday xushbo‘y hid taratib turish uchun, – debdi tyulen, – butun bir omborxonaga ega bo‘lish kerak. Uning muz tagida, qayerdadir hoynahoy ombori bo‘lsa kerak...

...Hammadan keyin chayka qaytib kelibdi, uni g‘alati notanish haqida biror narsa bilib kelgin deb janubga jo‘natishgan ekan, u nafasini rostlab olgach bu kichkina xushbo‘y jonivorning gunafsha deb atalishini, boshqa joylarda – janubda ular millionlab topilishini gapirib beribdi...

...– Yuborgan elchimizni qarang-u, – debdi tyulen ensasi qotib. – Biz biror yangi gap bilganimiz yo‘q. Xo‘sh, bu gunafsha boshqa yerga emas, xuddi shu joyga qanday kelib qoldi? Yo‘q, to‘g‘risini aytsam, nima gapligiga hech aqlim yetmay qoldi, juda hayron bo‘lib qoldim.

– U nima dedi, nima bo‘lib qoldim dedi? – shivirlab so‘rabdi ayiq xotinidan.

– Hayron bo‘lib qoldim deyapti, – urg‘ochi ayiq ham shivirlab javob beribdi. – Xullas, boshi qotib qolganmish-da, qaysi oyog‘ini bosishni bilmasmish.

– Ha, ha, – deb gapni ilib ketibdi ayiq. – Men xuddi shunday deb o‘ylovdim-a, ko‘nglimda xuddi o‘sha so‘zlarni takrorlovdim-a...

«Mana, men o‘lyapman. Lekin kimdir boshlashi kerak edida. Qachonlardir bu yerda million-million gunafsha ochilib yotadi. Muzlar eriydi, orollar hosil bo‘ladi, ulardan bolalarning qo‘ng‘iroqday sho‘x kulgisi eshitilib turadi»...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


JANNI RODARI ERTAKLARI HAQIDA

...Ertaklar – xayolot mahsuli. Deyarli barcha ertaklardagi umumiy jihat shundaki, ushbu janrga mansub asar qahramonlari og‘ir vaziyatga tushib qolganlarida, chigal muammoga duch kelganlarida, ularga qayerdandir madad yetib keladi. J. Rodarining «Hurishni eplolmagan kuchukcha» va «Shahzoda Plombir» ertaklari ham ana shunday voqealar zaminiga qurilgan...

...Janni Rodari «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumi bilan jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratdi.Bu yangilik shundan iborat ediki, ularda voqealar yechimi uch xil yakun topadi. Bunda har bir yakun o‘zining boshqasidan tubdan farq qiladigan mazmunmohiyatiga ega bo‘ladi. Ushbu turkumga kirgan «Sehrli nog‘ora», «Ayyor Buratino», «Sahrodagi uy», «Milanda yog‘gan shlyapa yomg‘iri», «Rinaldoning sarguzashtlari» kabi o‘quvchini o‘ta qiziqtiruvchi ertaklarning barchasi uch xil yakun topadi...

...Buyuk adib ushbu ertak bilan nima demoqchiligiga e’tibor bering. «Men astoydil ertakning uchinchi tugashini yoqlayman. Inson uchun, avvalo, yaxshi bir ustoz darkor «Hurishni eplolmagan kuchukcha»...

...Adibning «Rim ertaklari» turkumiga kirgan «Shahzoda Plombir» ertagi esa zamonaviy muammolarga daxldorligi bilan qiziqarlidir. Unda an’anaviy ertaklardagi qahramonlarni og‘ir, murakkab vaziyatlardan qutqaruvchi sehrli tayoqcha yoxud sehrli qalpoqcha o‘rnini reklama egallaydi...

...«Shahzoda Plombir» ertagining qahramoni senyor Molteni «Qo‘shaloq qutb» firmasidan kreditga, ya’ni qarzga xolodilnik (muzlatkich) olgan...

...Senyor Molteni yashaydigan ko‘p qavatli uyning barcha xonadonlaridagi xolodilniklar ichiga samoviy kelgindilar – marsliklar joylashib olishadi. O‘z sayyoralarida falokat xavfi tug‘ilgani sababli ular Yerning Shimoliy qutbiga yo‘l olishadi. Biroq kemalarining yonilg‘isi tugab (bu yonilg‘i yangi yog‘gan qor ekani ertakdan ma’lum), ular senyor Molteni yashaydigan uyga qo‘nishga majbur bo‘lishadi. Senyor Moltenining xolodilnigiga joylashib olgan kelgindilarning boshlig‘i – shahzoda Plombirni ko‘pchilik yaxshi ko‘rib qoladi. Uning, hatto, televizor orqali so‘zga chiqishi katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladi...

...«Shahzoda Plombir» ertagida ham yozuvchi reklamaning ajabtovur xususiyatini muammolar yechimiga asos qilib oladi. Ya’ni, senyor Molteni xolodilnigiga joylashgan shahzoda Plombir bayonot berib, unda «Qo‘shaloq qutb» markali xolodilniklarni Quyosh sistemasidagi eng ajoyib muzlatkichlari deb e’lon qiladi...

...An’anaviy xalq ertaklarida og‘ir vaziyatga tushib qolgan qahramonga, aytilganidek, hayvonlar, qushlar, sehrli tayoqcha va qalpoqcha yordamga kelishadi. J. Rodarining ushbu ertagi esa zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Unda bugungi uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib to fazoviy kemalargacha bo‘lgan ashyolarni uchratamiz. Demak, har qanday zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan baland turadi, har qanday davrda ham kimgadir yaxshilik qilish eng go‘zal fazilat bo‘lib qolaveradi, degandek bo‘ladi Janni Rodari...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Мизраб Рахматов©

@muhimiuz

#Дарслик

...Shoir ijodini o‘rganish uning hayotlik chog‘idanoq boshlangan. Muqimiy vafotidan keyin shoirning devoni ilk bor «Devoni Muqimiy» (1907-yil) nomi bilan nashr etildi. Unda she’riy namunalar qatori hassos shoirning qisqacha tarjimayi holi va ijodi haqida ma’lumot ham beriladi. 1910-yilda shoirning hajviy she’rlari «Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan nashr etildi, 1912-yilda esa Muqimiyning yana bir she’riy to‘plami chop qilindi. Shoir ijodini jiddiy va samarali o‘rganish o‘tgan asrning 30-yillarida boshlandi. Bu davrda Muqimiy asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish qizg‘in olib borildi. Gazeta va jurnallarda qator maqolalar e’lon qilindi. Bu xayrli ishning boshida otaxon shoirimiz G‘afur G‘ulom turdi...

....Bu jihatdan G‘. G‘ulom tomonidan tuzilib, «Muqimiy bayozi» deb nomlangan to‘plam katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1950-yilda Moskvada Muqimiyning «Lirika i satira» (Lirika va satira) nomli ikkinchi to‘plami rus tilida nashr etildi. 1953-yil Muqimiy ijodini o‘rganish tarixida yangi davr bo‘ldi. Shu yili vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy hayoti va ijodiga oid maxsus kitoblar chiqarildi, shoirning tanlangan asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi. H. Yoqubov, A. Olimjonov, H. Zaripov, H. Razzoqov, G‘. Karimov kabi olimlar hassos shoir haqida kitoblar yozdilar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qildilar...

...Mirzaxo‘ja oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bolaga Muhammad Aminxo‘ja deb nom berdilar. Oradan yillar o‘tib u elga Muqimiy taxallusi bilan taniladi...

...onasi, ta’bi nozik va so‘zga oshno ayol Oyshabibining xizmatlari katta. Aynan u aytib bergan ko‘plab ertak, doston va qo‘shiqlar ta’sirida bo‘lajak shoirning qalbida so‘zga mehr paydo bo‘lgan edi...

...Muqimiy maktab tahsilidan so‘ng Qo‘qondagi «Hokim oyim» madrasasida, 1872–1873-yillarda esa Buxoroga borib, u yerdagi «Mehtar anbar» madrasasida o‘qishni davom ettiradi...

...Zamonasining eng yetuk husnixat sohibi Muhammad Yusuf Xattotdan tahsil oladi...

...Muqimiy Qo‘qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G‘aribiy, Nasimiy, Mavlaviy kabi shoirlardan tashkil topgan adabiy guruhga boshchilik qiladi...

...Muqimiy Toshkentdan so‘ng Farg‘ona vodiysining qator shahar va qishloqlarini ham kezadi hamda safar taassurotlarini she’r qilib yozadi. Mazkur asarlar «Sayohatnoma» nomi bilan shuhrat topdi...

...Muqimiydan bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi taxminan 10 ming misradan iborat.Ular lirik asarlar (g‘azal, muxammas, murabba, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard), hajviyot (satira, yumor), «Sayohatnoma»lar, maktublardan tashkil topgan...

5 - синф дарслигидаги маълумотлар ушбу ҳаволадан бошланади:

https://t.me/muhimiuz/61📌

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


"Tanobchilar" asarida tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlar:

Adl – adolat.

Tanob – arqon, o‘lchov birligi.

Nifoq – nizo, ikkiyuzlamachilik.

Kunda pix – to‘nkaday qo‘pol.

Gavda xar – eshak gavdali.

Suxan – so‘z.

Zanchalish – qilig‘i yoki xatti-harakati bilan xotinlarga o‘xshagan (erkak

kishi haqida).

Maxdumi a’zam – mashhur avliyo Abdulqodir G‘iloniyning unvoni.

Shohlig‘ mazor – Shohi Zinda maqbarasidagi azizlar ko‘zda tutilmoqda.

Erhubbi – islomgacha bo‘lgan davrdagi avliyo.

Nurato – hozirgi Nurotada o‘tgan avliyo.

Bibi Ubayda – avliyo ayollardan.

Xizr – Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambar.

Chimlig‘ azizlar – Turkiston tomonlarda o‘tgan avliyolar.

Dodar – ini, uka.

Mardumi sahroyi – qishloq odami.

Bizni topibsan magaramkim o‘sol? – Bizni juda bechora odamlardan deb o‘yladingmi?

Do‘g‘mag‘a, – der, – bir nima berib jo‘nat misrasining mazmuni:

Amaldorlarga biror narsa berib jo‘natish lozim.

Tamiz – toza, ulug‘, asl.

Alamon – xonavayron, xarob. Misraning umumiy ma’nosi: Elning toza zotlaridan ehtiyot lozim, ey xonavayron bo‘lganlar

«Tanobchilar» satirik hikoyasi amaldorlar zulmiga yo‘liqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi:

Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,

Arz etayin emdi yozib nomalar.

O‘n iki oyda keladur bir tanob,

O‘zgalara rohat-u menga azob.

Asarda kambag‘al chorakor dehqon mehnatidan o‘z manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan o‘tkir, ta’sirchan misralarda fosh etiladi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

TANOBCHILAR

Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,

Arz etayin emdi yozib nomalar.

Adl qulog‘i-la eshit holimi,

Zulm qilur, baski, menga zolimi.

O‘n iki oyda keladur bir tanob

O‘zgalara rohat-u menga azob.

Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav,

Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.

Ikkalasi bo‘ldi chunon ittifoq,

Go‘yo xayol aylaki, qilmay nifoq

Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,

Xo‘ja – chirog‘ yog‘i, Hakimjon – pilik.

Bir-birisiga solishurlar o‘run,

Erta-yu kech o‘pushub og‘iz-burun.

Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat.

Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u

gavda xar.

Og‘izlari maqtanib o‘n besh qarish,

Mayda suxan ezmachuruk, zanchalish.

Qaysiki qishloqqa tushar otidin,

Elni yig‘ib, voqif etar zotidin.

Derki: «Ko‘zunga hali kal jo‘jaman,

Maxdumi a’zamlik o‘zim xo‘jaman.

Bizga bobo hazrati Shohlig‘ mazor

Muxlisimiz mardumi ahli diyor.

Ham yana Erhubbi bo‘lodur tag‘o,

Ammamizning erlaridur Nurato.

Bibi Ubayda bo‘ladur xolamiz,

Goh kelur erdi kichik bolamiz.

Xizr otamlarga birodar erur,

Chimlig‘ azizlar menga dodar erur.

Garchiki men olim-u shayxi zamon,

Qirqingiza emdi beray bir qozon.

Manki tanobingg‘a chiqibman kelib,

Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib.

O‘t qo‘yubon kuyduradurg‘on o‘zim,

Hokiming-u o‘lduradurg‘on o‘zim.

Xoh tanobingni du chandon qilay,

Xoh karam birla boshingni silay».

Xo‘ja so‘zini munga bermay qaror, Mardumi sahroyi bo‘lur beqaror.

Derki Hakimjoni: «Ayo oqsoqol,

Bizni topibsan magaramkim o‘sol.

Hozir etib to‘rt nafar mardikor,

To‘g‘ri qil oldimg‘a qilibon qator.

Arqonimi yeringa sudrab chiqay,

Bachchataloq qishloqilarni uray.

Bir burayin mo‘ylabimni chiqib,

Tort tanobini jazosi siqib!

Yaxshilig‘ingni fuqaro bilmagay,

Holi bular ko‘zga bizi ilmagay.

Ikki tanobini qilay o‘n tanob,

Yurtingizi kuydurub aylay xarob.

Xoh o‘ling, xoh qoling, bachchag‘ar»,

Debki, uzangiga ayog‘in tirar.

Bir-biriga qishloq eli boqishib,

Goh u yon, goh bu yon chopishib.

Jam bo‘lishib, aylayubon maslahat:

«Do‘g‘mag‘a, – der, – bir nima berib jo‘nat»

Aqcha qo‘lida iki-uch mo‘ysafid,

Derki: «Bu nazringiz-u, bizlar murid».

Zulm bilan ellig-u yuzni olur,

Boz tanobini duchandon solur.

Tag‘i bular yaxshi-yu, bizlar yomon, El tamizidin hazar et, alamon ...

So‘zni, Muqimiy, kerak etmak tamom,

Mazzasi qolmas uzun o‘lsa kalom.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

HAJVIY ASAR HAQIDA TUSHUNCHA

Hajviy asar tanqidiy va kulgi uyg‘otadigan badiiy asar hisoblanib, mazmuni va shakliga ko‘ra satirik va yumoristik ruhda bo‘ladi. Hajviy asarlarda jamiyat hayotidagi kamchiliklar, ayrim shaxslar fe’l-atvoridagi, xatti-harakatidagi qusurlar tanqid qilinadi, ya’ni kulgili qilib tasvirlanadi. Hajviy asarlar turli usullarda yozilishi mumkin. Masalan, Muqimiyning «Maskovchi boy ta’rifida», «Saylov», «Dodhohim» va siz yuqorida tanishgan «Tanobchilar» asarlari she’riy hikoya tarzida yozilgan bo‘lsa, Hamzaning «Maysaraning ishi», «Tuhmatchilar jazosi», Abdulla Qahhorning «Og‘riq tishlar», Gogolning «Revizor» asarlari pyesa shaklida, Chexovning «Yovuz niyatli kishi», «Chiqdi», «Qiyshiq oyna», Abdulla Qahhorning «Adabiyot muallimi» hajviy asarlari hikoya janrida yaratilgan. Shuningdek, Ilf va Petrovlarning «O‘n ikki stul», «Oltin buzoqcha», Ne’mat Aminovning «Yelvizak» kabi hajviy yo‘nalishda bitilgan romanlari ham mavjudki, yoshingiz ulg‘aygach Siz ularni albatta topib o‘qiysiz deb ishonamiz. Hajviy asarlar jamiyat va kishilardagi salbiy jihatlarni tanqid qilish va fosh etish darajasiga qarab satirik va yumoristik ruhda bo‘ladi.

Muqimiy qalamiga mansub «Tanobchilar» she’riy hikoyasi satirik asardir. Chunki unda tanobchilarning asl qiyofasi ayovsiz fosh qilingan.

Hajviy asarlarda jamiyatdagi illatlarni, yomon xulqli kimsalarning kirdikorlarini yaqqol fosh etish uchun voqealar bo‘rttirib ko‘rsatiladi, mubolag‘a, fantaziya, sifatlash, o‘xshatish, qarshilantirish kabi badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi.

Masalan, «Tanobchilar» satirasidagi tasvir vositalariga e’tibor beraylik:

Sallalari boshlarida oq savat,

Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat.

Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar,

Birlaridur kunda pix-u gavda xar. (Sifatlashlar)

Sulton Alixo‘ja, Hakimjon ikav,

Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.

Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,

Xo‘ja – chiroq yog‘i, Hakimjon – pilik. (O‘xshatish)

Og‘izlari maqtanib o‘n besh qarish,

Mayda suxan, ezmachuruk, zanchalish. (Mubolag‘a)

O‘zgalarga rohat-u, menga azob. (Qarshilantirish)

Bunday tasvir vositalarini boshqa hajviy asarlarda ham ko‘plab kuzatish mumkin.

Jahon adabiyotida, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham hajviy asar yozma va og‘zaki adabiyotning mustaqil yo‘nalishi sifatida taraqqiy etib kelyapti. Mumtoz adabiyotimizning Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy, Zavqiy, bugungi adabiyotimizning Said Ahmad, Ne’mat Aminov, Anvar Obidjon kabi hajvchi adib va shoirlari ijodi buning yorqin misolidir.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Qo‘qon shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Asht qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug‘ullanardi.Ustaning oilasida garchi juda ko‘p farzand tug‘ilgan bo‘lsa-da, ular orasidan faqat Abdullajongina yashab qolib, boshqalari go‘daklik chog‘laridayoq turli sabablarga ko‘ra vafot etishadi. Abdullajon tug‘ilgan davrini tasavvur qilar ekansiz, avvalgi darslarda o‘tilgan G‘afur G‘ulom mavzusi, o‘sha ijodkor, ayniqsa, uning Shum bolasi taqdiri darrov yodingizga tushgan bo‘lsa, ajab emas. To‘g‘ri sezdingiz – Abdulla Qahhorning bolalik yillari ham boshqa tengdosh yozuvchi-shoirlarniki singari juda og‘ir kechgandi. Yana bir o‘zbek shoiri Hamid Olimjon o‘sha yillarni eslab:

Men bir qora kunda tug‘ildim,

Tug‘ildim-u, shu on bo‘g‘ildim, –...

...Agar Abdulla Qahhorning «Sarob» romani (uning 1937-yildagi 1-nashridan o‘rin olgan temirchining o‘g‘li Sarimsoq tarixi), «O‘tmishdan ertaklar» (yozuvchi bolaligi to‘g‘risida batafsil hikoya qilingan avtobiografik asar) qissasi, o‘tmish hodisalari yoritilgan o‘nlab hikoyalariga nazar solsak, bu ta’sirning qanchalar kuchli bo‘lganini ko‘ramiz...

...O‘qib yurgan kezlari «Mushtum» jurnalida, ko‘plab gazetalarda uning o‘nlab felyetonlari, hikoya va hajviyalari ketma-ket chop etiladi. Yozuvchi bu asarlar ostiga Norin shilpiq, Sarimsoq singari taxalluslar qo‘yardi...

... Agar «Qishloq hukm ostida» nomli dastlabki qissasi 1932-yilda chop etilgan bo‘lsa, 1934-yilda u «Sarob» deb atalgan yirik romanini yozib tugatadi. 1935–1939-yillar oralig‘ida adibning uchta «Hikoyalar» to‘plami, 1937-yilning oxirida esa «Sarob» romani o‘quvchilarga kitob shaklida taqdim etiladi...

...1939–1945-yillarda adib fashist gazandalarini la’natlagan qator felyetonlar, urushda mardlik namunalarini ko‘rsatayotgan o‘zbek jangchilarini madh etgan maqolalar, urush ortida zahmatli mehnat qilayotgan qariyalar va ayollar to‘g‘risidagi o‘nlab hikoyalarini bitdi...

...Urushdan keyin – 1949-yilda Abdulla Qahhor qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish (kolxozlashtirish) mavzusi yoritilgan «Qo‘shchinor» nomli romanini yozib, e’lon qiladi. Biroq matbuotda, Yozuvchilar uyushmasida va boshqa joylarda bildirilgan noo‘rin tanqidiy gaplar tufayli bu asar jiddiy qayta ishlanadi va «Qo‘shchinor chiroqlari» nomi bilan 1951-yilda boshqatdan chop etiladi...

...Uning «Shohi so‘zana», «Og‘riq tishlar», «Tobutdan tovush», «Ayajonlarim» singari komediyalari o‘z davri tomoshabinlarining sevimli asarlariga aylangan edi...

...adibning «Sinchalak», «O‘tmishdan ertaklar», «Muhabbat», «Zilzila» (tugallanmagan) qissalari zamonaviy qissachilik rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi...

...Abdulla Qahhorning qator hikoyalari, hajviy asarlari, «Sinchalak» qissasi, «Qo‘shchinor chiroqlari» romani asosida telespektakllar, video va badiiy filmlar suratga olingan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


BEMOR (hikoya)

Osmon yiroq, yer qattiq. (Maqol)

...Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi – bo‘lmadi, tabibga ko‘rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so‘yib qonladi... Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi...

...Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona to‘g‘risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda daraxtlar ichiga ko‘milgan baland va chiroyli imorat; shisha qabzali kulrang eshigida qo‘ng‘iroq tugmasi bor. Chigit po‘choq va kunjara bilan savdo qiladigan xo‘jayini Abdug‘aniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o‘ladigan bo‘lganida bu doktorxonaga bormay Simga ketgan edi. Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi...

...Abdug‘aniboy uning so‘zini eshitib ko‘p afsuslandi, qo‘lidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin so‘radi:

– Devonai Bahouddinga hech narsa ko‘tardingmi? G‘avsula’zamga-chi?...

...Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi – har xil savatchalar to‘qishni o‘rgandi...

...Faqat pashsha g‘ing‘illaydi, bemor inqillaydi; har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: «Hey do‘st, shaydullo, ba nomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo...»...

...Bola anchagacha uyqu g‘ashligi bilan yig‘ladi, keyin otasining g‘azabidan, onasining ahvolidan qo‘rqib kampir o‘rgatganicha duo qildi:

– Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin...

...«Ko‘ngilga armon bo‘lmasin» deb «chilyosin» ham qildirishga to‘g‘ri keldi. Sotiboldi to‘qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko‘tardi...

...Hikoyada iqtisodiy-madaniy qoloqlikning yana bir fojiali oqibati – johillik quyuq bo‘yoqlarda aks ettiriladi.

Demak, BEMOR faqat Sotiboldining xotini emas ekan-da! Butun jamiyat bemor – xasta, najotga zor, tuzalishga muhtoj ekan-da.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarashli Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan...

...Yaponiya davlati bilan urush boshlanib, O. Yoqubov ana shu urushda ishtirok etad...

...Keyin O‘zbekiston Atamalar qo‘mitasi raisi, so‘ngra Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi...

...Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari 1951-yilda bosilib chiqqan «Tengdoshlar» qissasi edi...

...So‘ngra uning «Dastlabki qadam», «Ikki muhabbat» hikoyalar to‘plami. «Tilla uzuk» qissa va hikoyalar to‘plamlari chop etiladi, «Chin muhabbat», «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi», «Yurak yonmog‘i kerak», «Olma gullaganda» pyesalari yaratiladi...

...Birin-ketin «Bir felyeton qissasi», «Muqaddas», «Qanot juft bo‘ladi», «Izlayman», «Billur qandillar» qissalari e’lon qilinadi...

...Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan adibdir. Uning turli davrlarda yaratilgan «Er boshiga ish tushsa...», «Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘hna dunyo», «Diyonat», «Oqqushlar, oppoq qushlar» romanlari kitobxonlarning mehrini qozongan...

...Mustaqillik yillarida ham yozuvchi barakali ijod qildi. Uning «Adolat manzili» romani, «Muzaffar Temur», «Bir koshona sirlari» singari pyesalari hamda o‘nlab hikoyalarida xalqimiz o‘tmishi va bugungi kunining dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

MUZQAYMOQ (hikoya)

...O‘sha oilamiz boshiga og‘ir kulfat tushgan kuni men, o‘n yashar bola, nimadandir ko‘nglim g‘ash, uyimiz ro‘parasidagi paxsa devorga chiqib o‘zimcha go‘yo otga minib o‘tirardim.

U mahalda biz Turkiston shahrining eng so‘lim joylaridan biri – Lager ko‘chasida ikki xonadan iborat, oldi ayvon, o‘sha zamon imkoniyatiga ko‘ra tuzukkina uyda istiqomat qilardik. Bu uyning kattagina hovlisi ham bor edi. Ikki qavatli ulkan darvoza orqali kiradigan bu hovlida bizdan tashqari yana bir nechta xonadon yashardi. Darvozaning ustida quruq pichan saqlanadigan boloxona bo‘lar, biz, bolalar oqshom paytlari bekinmachoq o‘ynaganda boloxonaga chiqib pichan tagida «jon saqlardik»...

...Bu suratlar ham juda g‘alati, ularning aksari charm palto kiyib, bellariga qilich va to‘pponcha taqib olgan harbiy, ba’zilari esa ot o‘ynatgan, qizil alvon ko‘tarib dushman sari ot surib ketayotgan mard-u maydonlar bo‘lsa ham, negadir barchasining ko‘zlari o‘yib olingan yoki yuzlariga ko‘k siyoh tortilgan edi...

...Undan o‘sha paytlarda barcha kattalar uchun rasm bo‘lgan yashil rang galife shim va gimnastyorka kiygan o‘rta yashar ikki kishi bilan qizil ko‘ylakli, ko‘zlari qiyg‘och bir ayol tushdi...

...Egamberdi Jaqipovning uyi shulma? – deb so‘radi...

...SAKUda birga o‘qishgan og‘aynilaringiz kelishdi, de! Kutib o‘tirishibdi,...opang bilan pochchangga ham ayt – tezroq kelishsin...

...Dadamlar to‘ladan kelgan, novcha, qirraburun, o‘sha davrda rasm bo‘lgan to‘mtoq mo‘ylovli, xushqad, salobatli kishi edilar. Egnidagi libosi hozir xotiramda yo‘q, agar yanglishmasam, o‘sha mahalda dohiy Stalinga taqlidan kiyiladigan ko‘krak cho‘ntakli yashil kostyum va galife shim kiygan, oyoqlarida ham o‘sha zamonlarda rasm bo‘lgan g‘arch-g‘urch xrom etik...

...dadamlar diydasi qattiqroq, o‘ktam, kamgap odam edilar. O‘sha kungacha men u kishining biror marta boshimni silaganlarini bilmasdim...

...Ko‘chaning narigi yuzida shahar bog‘i bo‘lar, bog‘ oldidagi maydonchada har xil suv, meva sharbatlari, muzqaymoq sotiladigan mitti-mitti do‘konchalar bo‘lardi...

...Gulshan (?) (ЭСЛАБ ҚОЛИНГ - боланинг онаси)...

...Kapitan chehrasi yorishib kuldi-da: – Malades! – dedi boshimni silab, – kelgusida Pavlik Morozov chiqadi sendan!...

...Kapitanning bu kutilmagan maqtovidan yuragim «jiz» etdi. Keyinchalik, katta bo‘lganimda, men uydagi dod-faryodga qaramasdan otamni qamashga kelgan jallodning maqtovidan bir zumgina bo‘lsa-da, yayrab ketganimni har eslaganimda bir o‘zimdan ijirg‘anib yurdim. Ammo o‘sha daqiqada, afsusnadomatlar bo‘lsinkim, uning so‘zlaridan g‘ururlanib ketganim ham haqiqat, mudhish haqiqat!...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Kapitanning meni Pavlik Morozovga o‘xshatgani menga qanchalik xush yoqqan bo‘lsa, uning opamlarga qilayotgan soxtaxushomadi shunchalik yoqmadi. Lekin nima ham qilardim? Chelakni olib tashqariga otildim. Hovlidagi chiroq o‘chgan, ayvondan uzoqroqda, quduq yonidagi gujum panasida kimdir qoqqan qoziqdek qaqqayib turardi. Bu pochchamlar edi. U lommim demasdan qo‘lidagi chaqaloqni menga tutqazib quduqdan yarim chelak suv olib berdi-da, sharpasiz odimlab hovlining qorong‘i burchagiga qarab ketdi...

...Butun tintuv davomida ko‘zimga yosh olmagan, «kelgusida Pavlik Morozov bo‘lasan» degan so‘zlardan shishib ketgan norasida birdan hamma narsa – dadamlarning hech qachon erkalamaganini ham, do‘kondan qimiz topolmay qaytganimda grafinni qulochkashlab otganlari ham – hammasi esimdan chiqdi-yu, alamli chinqiriq bilan dadamlarning tizzalarini quchoqlab oldim...

...Turkistonda Qul Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O‘rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita mustahkam g‘ishtin binolar bo‘lardi. Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirgan. Sovet hokimiyati esa ularni qamoqxonaga aylantirgan-u atrofini tikanli sim bilan o‘rab tashlagan.

Har shanba tikanli sim bilan chegaralangan bu qal’a ro‘parasiga kamida 150–200 ayol, chol-kampirlar yig‘ilishadi, bular «xalq dushmanlari»ning oila a’zolari...

...Bog‘ o‘rtasiga qizil alvon bilan o‘ralgan ulkan minbar o‘rnatilgan bo‘lib, charm palto kiygan, to‘pponcha taqqan faollar unga chiqib va’z aytishar, va’zlarning aksariyati trotskiychilar va ularning «dum»larini fosh qilishga bag‘ishlanardi. Bu va’zxonliklarning dahshatli tomoni shunda ediki, bugun Trotskiyning «dum»larini fosh etib otashin nutq so‘zlagan notiqlarning aksari ertasiga o‘zlari «dum»ga aylanib fosh etilganlar ro‘yxatiga tushib qolishardi...

...shahar komsomol qo‘mitasining kotibi, yosh, xushqad, xushsurat yigitcha, bizga qo‘shni edi.Oilamiz boshiga musibat tushgunga qadar u xonadonimizga bo‘zchining mokisidek qatnar, dadamlar bilan kechalari uzoq suhbatlashib o‘tirardi. U o‘sha yozda uylangan, xotini ham, o‘ziga o‘xshash ko‘hlik, xushqad, xushsurat edi. Dadamlar ularning to‘ylariga to‘yboshi bo‘lgan, oyimlarning aytishicha, dadamlar unga moddiy yordam ham bergan ekanlar: – Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha! – dedi kotib. – Bitta shaltoq buzoq bir podani buzadi! Bo‘yningga soxta qizil galstuk taqib bu sofdil qizil pionerlarni buzmoqchimisan?

...Beliga choynakday to‘pponcha taqib olgan harbiy bizni uzun, tor, nimqorong‘i yo‘lakdan ichkariga boshladi...

...Chog‘roqqina to‘rtburchak xonaning to‘ridagi stol oldida gimnastyorka kiygan, sochlari oppoq bir odam allanimalarni yozib o‘tirardi...

...Azaldan barvasta, to‘ladan kelgan, novcha odam bir-ikki oy ichida cho‘pday ozib, lunjlari ichiga botgan, ko‘zlari kirtayib, qiyg‘ir burni so‘rrayib qolgandi...

...Oyimlar keltirgan pul bor-yo‘g‘i ellik so‘m bo‘lib, o‘nta besh so‘mlikdan iborat edi. Dadamlar pulni qiynala-qiynala olarkanlar, besh so‘mliklardan birini menga uzatdilar. Oyimlar pulni mendan olib dadamlarga qaytarib bermoqchi bo‘lgandilar, dadamlar ko‘nmadilar, kaftlarini boshimga qo‘yib:

– Sen endi bu uydagi eng katta erkaksan, bolam, – dedilar va yana ko‘ziga yosh oldilar.

Dadamlar shunday deb besh so‘mlikni cho‘ntagimga soldilar.

– Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi bo‘lgan edim, bu ham nasib etmadi. Bu pulga daftar-kitob ol! Qolganiga muzqaymoq olib ye, o‘g‘lim!..

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tavallud topgan...

...O‘n yoshga yetaryetmas ham ota, ham onadan ayrilib yetim qolgach, uni Toshkentda istiqomat qiluvchi tog‘asi o‘z qaramog‘iga oldi...

...U shoir G‘ayratiy tomonidan o‘quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‘garakda ijod sirlarini o‘rganishga kirishdi...

...uning «Tong lavhasi», «Kamtarlik haqida», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator she’rlaridagi chuqur ma’no go‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina holatdan – choy quyilayotganda choynakning piyolaga «egilishi», choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan «o‘pishi»dan ajoyib she’r yaratadi:

Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,

Piyolaga egilar choynak.

Shunday ekan, manmanlik nechun,

Kibr-u havo nimaga kerak?

Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam

O‘tma g‘urur ostonasidan.

Piyolani inson shuning-chun

O‘par doim peshonasidan...

...Ayni paytda o‘zi ham «Nido», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi...

...E. Vohidov tarjimasidagi rus shoiri

S. Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening «Faust» asari o‘zbek adabiyotida katta hodisalar bo‘ldi...

...Shoir yangidan tashkil etilgan «Yoshlik» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi yo‘lida katta jonbozlik ko‘rsatdi...

...U dramaturgiya sohasida ham o‘z qalamini sinab, «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» kabi dramalar yaratdi. Ayniqsa, «Oltin devor» komediyasi uzoq yillar o‘zbek teatri sahnasidan tushmay keldi. Bu komediya jahonning qator tillariga tarjima qilinib, teatrlarda sahnalashtirildi...

...E. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‘plab «Ishq savdosi», «She’r dunyosi», «Umr daryosi» va «Ko‘ngil nidosi» nomli to‘rt jildlik saylanmasini o‘quvchilarga taqdim etdi. Bu asarlar faqat shoir qalbining, kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusidir. Shoir asarlaridan hayotga, go‘zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni – «Nido»da insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan «Ruhlar isyoni» dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan...

5 - синф дарслигидаги маълумотлар бу ёқда

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


O‘ZBEGIM (Qasida)

1

Tarixingdir ming asrlar



Ichra pinhon, o‘zbegim,

Senga tengdosh Pomir-u

Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

2

So‘ylasin Afrosiyob-u



So‘ylasin O‘rxun xati,

Ko‘hna tarix shodasida

Bitta marjon, o‘zbegim.

3

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,



Al-Forob avlodidan,

Asli nasli balki O‘zluq,

Balki Tarxon, o‘zbegim.

4

O‘tdilar sho‘rlik boshingdan



Necha qoon, necha sulton,

O‘ynatib shamshirlarin

Necha ming xon, o‘zbegim.

5

Tog‘laring tegrangda go‘yo



Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,

Ikki daryo – ikki chashming,

Chashmi giryon, o‘zbegim.

6

Qaysari Rum nayzasidan



Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,

Chingiz-u Botu tig‘iga

Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

7

Yog‘di to‘rt yondin asrlar



Boshingga tiyri kamon,

Umri qurbon, mulki taroj,

Yurti vayron, o‘zbegim.

8

Davr zulmiga va lekin



Bir umr bosh egmading,

Sen – Muqanna, sarbador – sen,

Erksevar qon, o‘zbegim.

9

Sen na zardusht, sen na buddiy,



Senga na otash, sanam,

Odamiylik dini birla

Toza iymon, o‘zbegim.

10

Ma’rifatning shu’lasiga



Talpinib zulmat aro,

Ko‘zlaringdan oqdi tunlar

Kavkabiston, o‘zbegim.

11

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek



Ko‘ragoniy jadvalin,

Sirli osmon toqiga ilk –

Qo‘ydi narvon o‘zbegim.

12

Mir Alisher na’rasiga



Aks sado berdi jahon,

She’riyat mulkida bo‘ldi

Shoh-u sulton o‘zbegim.

13

Ilm-u she’rda shoh-u sulton,



O‘z elida chekdi g‘urbat,

Lek taqdiriga qul,

Zor-u nolon o‘zbegim.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

14

Mirzo Bobur – sen, fig‘oning



Soldi olam uzra o‘t,

Shoh Mashrab qoni senda

Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

15

She’riyatning gulshanida



So‘ldi mahzun Nodira,

Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,

Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

16

Yig‘ladi furqatda Furqat



Ham muqimlikda Muqiym,

Nolishingdan Hind-u Afg‘on

Qildi afg‘on, o‘zbegim.

17

Tarixing bitmakka, xalqim,



Mingta Firdavsiy kerak,

Chunki bir bor chekkan ohing

Mingta doston, o‘zbegim.

18

Ortda qoldi ko‘hna tarix,



Ortda qoldi dard, sitam,

Ketdi vahming, bitdi zahming,

Topdi darmon o‘zbegim.

19

Bo‘ldi osmoning charog‘on



Tole xurshidi bilan,

Bo‘ldi asriy tiyra shoming

Shu’la afshon, o‘zbegim.

20

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,



Sensan unda bitta gul,

Men Vatanni ko‘z deb aytsam,

Bitta mujgon o‘zbegim.

21

Faxr etarman, ona xalqim,



Ko‘kragimni tog‘ qilib,

Ko‘kragida tog‘ ko‘targan

Tanti dehqon o‘zbegim.

22

O‘zbegim deb keng jahonga



Ne uchun madh etmayin!

O‘zligim bilmoqqa davrim

Berdi imkon, o‘zbegim.

23

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,



Men bashar farzandiman,

Lekin avval senga bo‘lsam

Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

24

Menga Pushkin bir jahon-u



Menga Bayron bir jahon,

Lek Navoiydek bobom bor,

Ko‘ksim osmon, o‘zbegim.

25

Qayga bormay, boshda do‘ppim,



G‘oz yuraman gerdayib,

Olam uzra nomi ketgan

O‘zbekiston, o‘zbegim.

26

Bu qasidam senga, xalqim,



Oq sut-u tuz hurmati,

Erkin o‘g‘lingman, qabul et,

O‘zbegim, jon o‘zbegim.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Toshkentning Do‘mbirobod mahallasida tug‘ilgan...

...Dastlabki kitobi esa talabalik yillarida chop etilgan...

...Adibning «Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko‘plab hikoyalari, «Odamlar nima derkin?», «Shamollar esaveradi», «Ikki karra ikki – besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» qissalari, «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» nomli romanlari mamlakatimizda va chet ellarda sevib o‘qilmoqda...

...«Qatag‘on», «Inson sadoqati», «To‘ylar muborak» nomli dramalari respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan...

5-синф дарслигидаги маълумотлар бу ёқда

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

Адабиётдан муҳими|Дилдора, байраминг билан:

#Дарслик

...Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan...

...Bo‘lajak yozuvchining ilk mashqi – «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‘n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgani uchun uning dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog‘liq...

...Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to‘plami bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng uning «Er yurak», «Farg‘ona hikoyalari», «Muhabbat» to‘plami, «Qadrdon dalalar», «Hukm» qissalari e’lon qilindi...

...Uning ijodida «Ufq» romani alohida o‘rin tutadi. 60-yillarda bu asarning dastlabki ikki kitobi chop etilgan. Keyinroq uchinchi kitobi ham e’lon qilinib, trilogiya sifatida adabiyotimiz xazinasini boyitdi.

Bu asar xalqimizning Ikkinchi jahon urushi arafasida, urush yillari va undan keyingi ilk davrlardagi hayoti, fidokorona mehnati, kurashlari, orzu-armonlarini badiiy aks ettiradi. 1988-yili adibning «Jimjitlik» romani nashrdan chiqadi. Said Ahmad 70–80-yillarda o‘z hikoyalari asosida «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» nomli pyesalar yozadi...

...Bundan tashqari, yozuvchining o‘nlab hajviy hikoyalari televizion miniatyuralar teatri orqali, «Xandon pista» va boshqa kitoblar shaklida xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan...

...Said Ahmad keyingi yillarda yana bir qator yangi hikoyalar va xotiralar to‘plamlarini e’lon qildi. Ayniqsa, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shuhrat, Saida Zunnunova, O‘lmas Umarbekov kabi adabiyotimizning zabardast vakillari haqidagi xotiralari keng e’tirof topdi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


QOPLON (hikoya)

Yangi hovli Tillayevga yoqdi. Yuklarni mashinadan tushirayotganda, Qurbonboy bir gap aytib qoldi:

– Sizga endi it lozim, o‘rtoq Tillayev. It uyning savlati bo‘ladi. Albatta, it boqing. O‘zim g‘alatisini topib beraman...

...Bolachaqali, kamxarj odamga o‘xshaydi. Imoratini yetti yildan beri bitkazolmasmish...

...Ha, odam bolasidan shu qolar ekan. Bo‘lmasa, promkombinatda ham, raypoda ham oshnam bor, yuztagina shifer so‘rasam, yo‘q demaydi...

...Shundoq odam garajda mashina yuvib o‘tirmasin, deb uni garaj mudiriga muovin qilib qo‘ydi. Uyiga bir yuz saksonta shifer, o‘ttizta tunuka tushurib berdi...

...Bu orada Tillayevning eski bod kasali tutib yotib qoldi...

...– Bizning it qalay? – dedi yangi direktor.

– Bu itni taniyman, – dedi Tillayev va nariroqda yangi direktorning charm to‘nini tuflab artayotgan Qurbonboyga bir qarab, uyga kirib ketdi...

SOBIQ (hikoya)

...Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman... Ertasiga bir qaytadan o‘n g‘ayrat bilan paxta terish mana bunaqa bo‘ladi, deb ishga tushib ketdim. To‘qqiz yarim bo‘pti...

...O‘sha kuni oblastdan, Toshkentdan muxbirlar bosib ketdi. Ovozimni lentaga yozib, radiodan eshittirishdi. Televizorda ikki marta ko‘rsatishdi. Hamma yoqni xat bosib ketdi. Bunaqa obro‘ kimning tushiga kiribdi, deysiz. Ruhim tetik, bir gapirib, o‘n kulaman. Yo‘talsam ham «labbay» deb turishadi...

...Ikki kundan keyin gazetaning birinchi betida chakkamda paxta qistirib kulib turgan suratim chiqdi. O‘sha kuni rais Berdiali aka yap-yangi «Volga»sini ishlab turgan joyimga yuboribdi...

...Idoraga kirishim bilan yetti-sakkiz odam atrofimni o‘rab olishsa bo‘ladimi? Kinochilar ekan. Paxta terishimni kinoga olamiz deb atayin kelishibdi. Raisning gapini qarang. Ummatalining mashinasida kinoga tushasan, o‘sha tomonda paxta yaxshi ochilgan, kinoda chiroyli chiqadi deb turib oldi. Ummatalining yeriga qarab ketdik. Kinochilar o‘larcha ezma, shoshmagan odam bo‘lishar ekan, ikki kun ovora qilishsa bo‘ladimi, mana, chiqib qolsa ko‘rasizlar, qandoq qilib mashina haydashimdan tortib peshanamdagi terni qanaqa qilib qaysi qo‘l bilan sidirib olishimgacha apparatga olishdi...

...Rayonda yangi qurilgan madaniyat uyining ochilish marosimi bo‘ladi. Ilg‘or mexanizatorlardan bir kishi tabrik nutqi so‘zlashi kerak...

...Chiqsam, soch qo‘ygan, ingichka mo‘ylovli bir yigit turibdi. Yelkasida bir metrli faner sumka.

– Xizmat, uka, ishlari bormidi?

– Atayin o‘zlarini yo‘qlab keldim. Suratingizni ishlashim kerak. Vistavkaga qo‘yiladi....

...Rassom ...rosa to‘qqiz kunda o‘zimga o‘xshatdi. Pionerlar bilan uchrashuv, meditsina xodimlari bilan uchrashuv, mebel fabrikasi ilg‘or ishchilari bilan uchrashuv...,ammo rayon o‘t o‘chirish komandasining pensiyaga chiqayotgan keksa xodimini tabriklashni menga yuklab qo‘ysa bo‘ladimi. Men uchinchi bo‘lib so‘zga chiqdim...

...Allaqayoqdan polvon kelayotgan emish, vokzalga chiqib kutib oluvchilar ro‘yxatining boshida sen turibsan...

...kimdir bo‘r bilan yoniga «Kolxozimizning sobiq mexanizatori falonchi mavsumda bir hafta dalaga chiqib shu mashinada paxta tergan» deb yozib ketibdi.

...Axir bugun yosh drujinachilar (tartib saqlash ishiga ko‘ngilli bo‘lib qo‘shilgan yosh bolalar) bilan rayon markazidagi somsapazlikni tekshirishimiz, kaloriyasini (lotincha, «issiqlik» ma’nosini beradi. Bu o‘rinda somsaning quvvati ma’nosida kelgan) aniqlashimiz kerak...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Dunyo adabiyotida shunday siymolar borki, ular nafaqat ijodiy faoliyati, balki insoniy matonati bilan ham kelgusi avlodlarga ibrat namunasi bo‘lib qolgan. Yurtimizni mo‘g‘ul bosqinchilaridan himoya qilish janglarida mardlarcha halok bo‘lgan buyuk mutafakkir Najmiddin Kubro, bir qo‘lda yarog‘, bir qo‘lda qalam bilan temuriylar saltanatini qayta birlashtirmoq uchun cheksiz jabr-u jafolar chekkan Bobur Mirzo, insoniyatni fashizm atalmish vabodan qutqarish yo‘lida qurbon bo‘lgan chex shoiri Yulius Fuchik shular jumlasidandir...

...Butun mamlakat aholisi o‘rtasida «faqat nemis millatigina «oliy irq»qa tegishli, boshqa xalqlar o‘z mehnati va boyliklari bilan unga xizmat qilishi lozim» degan vayronkor g‘oya keng targ‘ib qilindi. Shu tarzda «fashizm» deb atalgan shafqatsiz mafkura dunyoga keldi...

...1939-yilning 1-sentabrida Gitler boshchiligidagi fashistlarning Polshaga hujum qilishi, 3-sentabrda esa Angliya va Fransiyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Yevropa qit’asida Ikkinchi jahon urushi alangasi yoqildi. Olti yil davom etgan bu dahshatli urush olovi Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, AQSh, Yaponiya singari davlatlarni o‘z komiga tortdi. Urush natijasida jami 60 dan ortiq mamlakatdan 60 million nafardan ko‘proq odam hayotdan bevaqt ko‘z yumdi...

...Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari Germaniya va

sobiq Sho‘rolar davlati (SSSR) o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi. U 1941-yilning 22-iyun kuni saharda Germaniyaning hujumi bilan boshlanib, 1945-yilning 9-may kuni Berlin shahrining olinishi bilan yakuniga yetgan...

...lagerlardan biri Germaniya poytaxti Berlindagi Moabit turmasi sanalgan. Shu qamoqxonaga 1942-yilning iyun oyidagi janglarda yaralanib, fashistlar qo‘liga asirlikka tushgan iste’dodli tatar shoiri Musa Jalil ham keltiriladi...

...Musa Mustafo o‘g‘li Jalilov – Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyoga keladi. U, dastlab, ovuldagi boshlang‘ich maktabda savod chiqaradi...

...Uning ilk she’ri Turkiston fronti nashri hisoblangan «Qizil yulduz» gazetasida 1919-yilda bosilib chiqadi...

...Musa Jalil 1925-yilgacha yozgan asarlarini jamlab, «Biz boramiz!» nomi ostida she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to‘plamini o‘quvchilarga hadya etadi. 1929-yilda «O‘rtoqqa», 1934-yilda esa «Ordenli millionerlar» nomli kitoblari chop etiladi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Shoir 1940-yilda yaratilgan «Xat tashuvchi» nomli poemasida xat tashuvchi yigit Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro‘zaning sof muhabbatini, samimiy insoniy kechinmalarini yorqin she’riy bo‘yoqlarda aks ettirgandi...

...Dastlabki tatar milliy operalarining yaratilishiga shoirning o‘zi munosib hissa qo‘shadi. Uning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan «Oltin soch» operasi butun mamlakatda katta dovruq qozongani, davlat mukofoti bilan taqdirlangani buning yorqin dalilidir...

...O‘z o‘rnini urush maydonlarida deb bilgan Musa Jalil jangchilar o‘rtasida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borardi. Shoirning shu yillari nashr etilgan «Okopdan xatlar» nomli kitobiga jamlangan she’rlarida bo‘layotgan urushning butun dahshati ro‘yirost tasvirlangandi...

...Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan

O‘tib ketdi, qilmadi jur’at.

Netay, axir so‘nggi minutda

Pistoletim qildi xiyonat...

Netay, axir do‘st pistoletim

So‘nggi so‘zdan to‘sat bosh tortdi.

Kishan soldi dushman qo‘limga

Va erksizlik qa’riga otdi. («Kechir, yurtim!» she’ridan)...

...Urushdan keyin Moabit turmasidan qutulib chiqqan belgiyalik partizan Andre Timmermans ismli kishi Brussel (Belgiya)dagi konsulxonaga she’rlar bilan to‘lgan bir yon daftarni olib keladi. U mazkur daftar qamoqxonadagi yaqin do‘sti, tatar shoiri Musa Jalilga tegishli ekanini aytib, ijodkorning o‘zi fashistlar tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilganini so‘zlab beradi. Daftarda Musa Jalilning o‘limi oldidan yozib qoldirgan quyidagi vasiyati ham bor edi:

«Tatarcha yozuvni taniydigan va bu daftarni o‘quvchi do‘stga.

Bularni tatarlarning taniqli shoiri Musa Jalil yozib qoldirdi. Uning tarixi bunday... 1942-yilda urushga ketib ham ... asirlikda ko‘p azoblar tortib qirq o‘limdan qolib, oxirida Berlinga keltirildi. Berlinda yashirin siyosiy uyushmada qatnashuvda ayblanib qo‘lga tushdi va turmaga qamaldi. Balki uni o‘lim jazosiga hukm etarlar. U o‘lar. Ammo uning asirlikda va tutqunlikda yozgan 115 she’ri bor. U shular uchun qayg‘uradi. Shuning uchun 115 she’rning 60 tasini bo‘lsa hamki, ko‘chirib qoldirishga tirishdi. Ammo bu kitob qo‘lingga tushsa, she’rlarni yaxshilab diqqat bilan oqqa ko‘chirib saqla, ham urushdan so‘ng Qozonga xabar qilib, tatar xalqining marhum shoirining she’rlari deb nashr ettir. Mening vasiyatim shu! Musa Jalil, 1943-yil dekabr».

Bu vasiyatnoma yozilganidan keyin oradan bir oy o‘tib – 1944-yilning yanvarida tatar xalqining asl farzandi shoir Musa Jalil fashistlar tomonidan qatl etildi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


ISHONMA

Senga mendan xabar bersalar,

«U yiqildi charchab», – desalar,

Yo‘q, ishonma, jonim!

Bu so‘zni –

Do‘stlar aytmas yaqin ko‘rsalar.

Bayrog‘imga qon bilan yozgan

Ontim undar olg‘a borishga!

Haqqim bormi hech qoqilishga,

Haqqim bormi charchab-horishga?

Senga mendan xabar bersalar,

«U Vatanni sotdi» desalar,

Yo‘q, ishonma, jonim!

Bu so‘zni –

Do‘stlar aytmas meni sevsalar.

Yurtdan ketdim yurtni, seni deb,

Men kurashdim qonli har damda.

Yurtni, seni qo‘limdan bersam,

Nima qolar menga olamda?

Senga mendan xabar bersalar:

«Musa o‘ldi endi», – desalar,

Yo‘q, ishonma, jonim!

Bu so‘zni –

Do‘stlar aytmas meni sevsalar.

Tuproq ko‘mar tanni, ko‘molmas

O‘tli qo‘shiq to‘lgan ko‘nglimni.

«O‘lim» deyish mumkinmi, axir,

Yengib o‘lgan bunday o‘limni?

Musa Jalilning «Moabit daftari»ga kirgan bu she’ri 1943-yilning 20-noyabrida, o‘limidan ikki oygina oldin yozilgan.

Shu daftardan o‘rin olgan «Qushcha» nomli she’rida qamoqxonaning tikanli simiga kelib qo‘ngan erkin qushchaga murojaat qilib, shoir:

Uch, qushcha, hur

Qo‘shig‘im bo‘lib! –

Shudir sendan so‘nggi tilagim.

Tanim qolsin bunda (Tan nima?)

Ona yurtga borsin yuragim.

...o‘zbek kitobxoni Musa Jalilning «Moabit daftari» to‘plamini (tarjimon – Mamarasul Boboyev) va boshqa asarlarini o‘z ona tilida o‘qib, ko‘ngliga jo qildi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


«... kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak, mubolag‘a bo‘lmaydi» (Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)...

...Tariximizda xalq qo‘shiqlarining ko‘plab turlari mavjud bo‘lgan: ov qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, to‘y qo‘shiqlari («Yor-yor»), aza qo‘shiqlari (marsiya) kabi. Bundan tashqari, bolalarga mo‘ljallangan alla, ovunchoq qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari («Boychechak», «Oq terakmi, ko‘k terak») ham keng tarqalgan...

...Qo‘shiqlar xalq poetik ijodining eng qadimiy va ommaviy shakllaridan biridir...

BOYCHECHAK

Boychechagim boylandi,

Qozon to‘la ayrondi

Ayroningdan bermasang,

Qozonlaring vayrondir.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Boychechakni tutdilar,

Tut yog‘ochga osdilar.

Qilich bilan chopdilar,

Baxmal bilan yopdilar.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak...

...«Boychechak» qo‘shig‘i, odatda, bahor faslida ijro etilgan...

...Chunki bu gul – bahor darakchisi...

...Boychechakni ko‘rgan keksalar uni ko‘zlariga surtishgan. Negaki boychechak bahorga yetib kelganlik, shukronalik belgisi sifatida qabul qilingan...

...«Boychechak» qo‘shig‘ining to‘rt, olti, sakkiz qatorli ko‘rinishlari mavjud. Qo‘shiq bolalarga xos sodda, samimiy, hazil-mutoyiba tarzidagi misralar bilan boshlangan...

...Boychechak – ijobiy obraz, u yoshlik, jo‘shqinlik ramzi. U bolalarning bahor faslidagi birinchi qo‘shig‘i hisoblanadi. Bu qo‘shiq baland ovoz bilan aytiladi. Naqorat tarzida takrorlanadigan qismi jamoa bo‘lib kuylanadi...

...xalqimizda tut daraxti muqaddas hisoblanadi...

...Xalqda o‘z kuchi bilan qiynalib maqsadga erishsa: «Axir, u qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechakning o‘zida», – deyishadi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

CHITTIGUL

Chittigul-e, chittigul,

Etagingga gul bosay.

Hay-yu, chittigul,

Hay-yu, chittigul.

Qo‘ling qo‘lbog‘da bo‘lsin,

Beling belbog‘da bo‘lsin.

Hay-yu, chittigul,

Hay-yu, chittigul.

Tapir-tupur ot keldi,

Chiqib qarang – kim keldi?

Hay-yu, chittigul,

Hay-yu, chittigul.

Aravada un keldi,

Childirmada gul keldi.

Hay-yu, chittigul,

Hay-yu, chittigul.

Gul yaxshi-yu gul yaxshi,

Gulning popugi yaxshi.

Hay-yu, chittigul,

Hay-yu, chittigul.

O‘rtada o‘ynagan qizning

Haydar kokili yaxshi.

Hay-yu, chittigul,

Hay-yu, chittigul.

Qo‘shiq – qadimiy lirik janr hisoblanib, kuyga solib aytishga mo‘ljallab yoziladi. Qo‘shiq, odatda, ikki xil bo‘ladi: xalq qo‘shiqlari va yozma adabiyot namunasi bo‘lgan qo‘shiqlar.

Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. Ular dastlab mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Qo‘shiqlarda xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. Qo‘shiq yozma adabiyot janri sifatida ham mashhur. Alisher

Navoiy, Bobur, Mashrab, Feruz, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa mumtoz shoirlarimizning she’rlari xalqimizning sevimli qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Hamza, Hamid Olimjon, Turob To‘la, Po‘lat Mo‘min, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon, Usmon Azimov, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlar asarlarining qo‘shiq qilib kuylanishi yozma adabiyot bilan qo‘shiq janrining bir-biriga naqadar aloqadorligini isbotlaydi.

Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi.

Xalq qo‘shiqlari har bir joyning jug‘rofiy tuzilishi, iqlimiga, urf-odatlariga, o‘tkaziladigan marosimlariga monand tarzda o‘sha yurtning turli yoshdagi vakillari tomonidan yaratiladi va ijro etiladi.

...Bolalar qo‘shiqlari shakl jihatdan nihoyatda oddiy, o‘ziga xos ohangdorlikka egadir....

...Marosim qo‘shiqlarida to‘y, aza va boshqa marosimlar bilan bog‘liq holatlar tasvirlanadi («Yor-yor», «Kelinsalom», «Kuyovsalom» kabi). Mehnat qo‘shiqlari esa turli mehnat jarayonlari bilan bog‘liq. Masalan, xirmon yanchishda «Xo‘p hayda», «Maydagul», sigir, qo‘y, echkilarni sog‘ishda, buzoq, qo‘zi, uloqlarni emizishda «Xo‘sh-xo‘sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi xalq qo‘shiqlari dehqon va chorvadorlar ish faoliyatini o‘zida aks ettiradi...

...«Chittigul» qo‘shig‘ini kichik yoshdagi qizaloqlar ijro etishadi...

...Bu qo‘shiq bahorni eslatgani uchun ham mavsum qo‘shig‘i hisoblanadi. Qizlar bu qo‘shiqni ijro etganda uning ohangiga mos harakatli o‘yin o‘ylab topadilar. Qizlar juft-juft bo‘lishib, kaftlarini bir vaqtda bir-biriga urib, aylanishib, yana urishtirib qo‘shiq aytadilar. «Chittigul-o chittigul» deyilganda qizlar yuzma-yuz turadilar. Qo‘llari ma’lum tartib bilan bir-birlariga qarsillab tegib, chiroyli ohang kasb etadi. «Hay-yu, chittigul» deyilganda, qizlar bir xil maqom bilan turgan joylarida gir aylanadilar. Qo‘shiq matni juft-juft matn va naqoratdan iborat bo‘ladi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Oybekning «Navoiy» romani asosida suratga olingan ko‘p qismli videofilmni ham tomosha qilgansiz...

...«Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa» (Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)...

...«Xamsa» yaratish faqat ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy, hind adibi Xisrav Dehlaviy va fors-tojik adabiyoti namoyandasi Abdurahmon Jomiyga, o‘zbek hamda boshqa turkiy adabiyot vakillari orasida esa faqat Alisher Navoiyga nasib etgan.

5-синф дарслигидаги маълумотлар бу ёқда

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

«MAHBUB UL-QULUB»dan

...atoqli navoiyshunos olim Porso Shamsiyev tomonidan tayyorlangan bugungi adabiy tilimizdagi matnini e’tiboringizga havola etish foydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz...

Saxovat va himmat to‘g‘risida

Saxovat insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli dengizning bebaho gavharidir. Saxovatsiz odam yog‘insiz bahor bulutiga va hidi yo‘q mushk-anbarga o‘xshaydi... Saxovatsiz odamdan ichida gavhari bo‘lmagan sadafning farqi yo‘q; dursiz sadaf bilan qurib qolgan toshbaqa chanog‘ining farqi yo‘q... Saxiy bulutdir, xirmon-xirmon don hosili, balki xazina beradi; baxil chumolidir, don-dun, mashoq teradi...Odam bir badan bo‘lsa, himmat uning jonidir... Himmatsiz kishi er sonida emas; jonsiz badanni hech kim tirik demas. Oliyhimmat odam balandparvoz lochindir; behimmat – sichqon ovlovchi kalxatdir...

...Arslonning maqsadi – ov qilib, och yirtqichlarni to‘yg‘azmoq; sichqonning harakati – don o‘g‘irlab, tugun axtarmoq. Himmat egasi qashshoq bo‘lsa ham tubanlik qilmas; himmatsiz odam xazina topsa ham buyuklarga teng bo‘lmas. Chinor daraxti bo‘sh qo‘lli bo‘lsa-da, uning yuksakligiga nuqson yetmaydi; yer tagida yashirinib yotgan xazinaning tuproqqa foydasi tegmaydi...

...Isrof qilish saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Maqtanish uchun mol bermoq – o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday qilib o‘zini «saxiy» demoq – behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas. Tilagandan so‘ng berishlik ham saxovatdan yiroqdir, qistash natijasida bergandan bermagan yaxshiroqdir. Bitta kulchani ikki bo‘lib, yarmini och odamga berganni – saxiy deb, o‘zi yemay hammasini muhtoj odamga berganni – axiy do‘st deb bil.

T a n b i h (12)

Yaxshiliklarni topmoq yedirmoqdir; ayblarni yashirmoq kiydirmoqdir. Zarur vaqtida berilgan eski chopon va bo‘z to‘n saxovat; bemahal hadya qilingan zarbof chopon yaramaslikdir. Ovqatim uvol bo‘lmasin desang – yedir; libosim eskirmasin desang – kiydir.

T a n b i h (18)

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Hilm to‘g‘risida

Hilm (muloyim tabiatlik) inson vujudining xushmanzara mevalik bog‘idir va odamiylik olamining javohirga boy tog‘idir. Yumshoq ko‘ngillilik – hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.

Hilm – axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U – yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi...

...Bu davr bog‘ining xas-xashak singari odamlari, shamoldek betayin, yengiltak kishilari oldida hilm ahli go‘yo og‘ir tabiatli va yomon fe’lli deb kamsitiladilar. Ularning o‘zlari esa, quyundek tuproqni havoga to‘zitadilar va yengiltabiatlari bilan boshlarini go‘yo ko‘kka yetkazadilar. Tog‘ jussasini oyoqosti qilmoq – odatlari; dala-dashtlardagi zarralarni havoga sovurmoq – bularning salobatlari. Bunday odamlar yeldek har eshikdan kirishga or qilmaydi; o‘tdek otashdonni qizdirishdan o‘zga ishni bilmaydi. Yel, garchi lolaning tojini uchiradi, ammo tog‘ qoyalari kamariga qanday ta’sir qila oladi? O‘t tog‘ etagidagi xas-xashaklarni kuydirishi mumkin, lekin quyosh uchquniga qanday tenglasha oladi?.. Yel, agar ko‘kka yetsa ham, baribir, yengil va qadrsiz; tog‘, agar tuproqqa botsa ham salobatlidir. Yelning orasida o‘tga yoqiladigan xas-xashaklar bor; hilm mazmunida esa, shoh tojiga qadalgudek cho‘g‘ kabi qizil la’l bor.

Bayt:

Hiri tog‘i og‘ir bo‘lgani uchun uni sel bossa ham tashvishi yo‘q,



To‘zg‘oq o‘simligining yaprog‘i yengil bo‘lgani uchun shamolda barbod bo‘ladi...

T a n b i h (22)

Mazlumga yaxshilik qilsang, zolimdan omonda bo‘lasan. Agar kuchlilardan zarar ko‘rmayin desang, kuchsizlarga foyda yetkaz. Aqli bor odam janjallashishdan qochadi; do‘stlashish uchun kelishuvchilik eshigini ochadi. Arining g‘uvullashida nayza sanchishi xavfi bor; asalarining g‘ovurida bolga muyassar bo‘lish imkoni bor.

T a n b i h (30)

Har kim birov bilan do‘st-yor bo‘lsa yoki do‘st-yorlik da’vosini qilsa, o‘ziga ravo ko‘rmaganni unga ham ravo ko‘rmasligi kerak; ba’zi narsalarni o‘ziga ravo ko‘rsa hamki, yoriga ravo ko‘rmasligi lozim.

Qit’a:


Yor uldirki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani

Yoriga ham ravo ko‘rmagay.

O‘zi yori uchun o‘lmoqqa tayyor esa-da,

Lekin yorini bu ishda sherik qilmagay.

T a n b i h (48)

Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz...Tili yomon odam xalq ko‘nglini jarohatlaydi, o‘z boshiga ham ofat yetkazadi... Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do‘stona so‘z aytadi; ko‘ngilga tushishi mumkin bo‘lgan yuz g‘am uning so‘zi bilan daf bo‘ladi. So‘zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki, «nafasning joni bor...»

O‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi. Baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbayi ham til; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam – donishmand oqil; so‘zga erk bergan odam – beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bo‘lsa yaxshi; til bilan dil bir bo‘lsa yana yaxshi. Til bilan dil insondagi eng yaxshi a’zolardir. Bo‘stonda gulsafsar, gulg‘uncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir.

Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa, tilning ofatidir...

T a n b i h (49)

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Til shirinligi ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa – foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa, ko‘pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo‘ladi. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam halvofurush kabi sevimlidir.

Bayt:

Yaxshi so‘zga kim mast-u behush bo‘lsa,



Sharbat ichida zaharni totli qiladi.

T a n b i h (50)

Har kimningki so‘zi – yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolg‘on; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni – kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg‘on-afsonalar bilan uyqu keltiruvchi yolg‘onchi – uyquda alahlovchi. Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘onroq turi yo‘qdir.

T a n b i h (108)

Safarning foydalari to‘g‘risida

Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda

turgan tuproq qayda-yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Biri qimirlamay turgani uchun kishilar oyog‘i ostida poyandoz bo‘ldi; ikkinchisi esa, harakatda bo‘lgani tufayli yuksaklarning yuksagi bo‘ldi. Safar esa ranj-mashaqqatga sababdir. Safar – erituvchi va kuydiruvchi ko‘radir. U erish-kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom gil(loy)dan tozalovchidir.

Safar – ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. Safar – xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir.

Aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram bo‘lmoq ham safardan; fayzli, ulug‘ zotlar xizmatida izzat va hurmat topmoq ham safardan. Yo‘lovchining yurishiga quvvat beruvchi ham safar va ko‘ngliga har tomonga borish zavqini soluvchi ham safar. Musofirni turli joy va manzillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yo‘liga soluvchi ham u. Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u; achchiq-chuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvchi ham u. Har o‘lkaning go‘zalligi, har manzilning osoyishtaligini safarda yuruvchilardan so‘ra va musofirlardan eshit. Safar qilmagan orom olish farog‘atini qaydan bilsin? Musofirlik azobini chekmagan vatandagi hayotning qadrini qaydan anglasin? Oqmaydigan dengiz suvini ichsa bo‘ladimi? Oqar daryoning zilol suvlaridan ichishni tark etsa bo‘ladimi?

Odam uchun doim harakatda bo‘lish hayotlikdan asardir; jonsiz mavjudotlar tiriklik nishonasidan bexabardir...

T a n b i h (110)

Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Олдин кунига битта адиб ҳақида маълумот ташлаётган эдик, энди уларнинг сонини оширамиз. Фақат маълумотларни ўғирламанг, ўз номингиздан бошқа каналларда тарғиб этманг. Меҳнатимни қадрланг. Ушбу маълумотларни жамлаб, битта китоб ҳолида чиқариш ниятимиз бор.

ALISHER NAVOIYNING HIKMATLI SO‘ZLARI VA «MAHBUB UL-QULUB» ASARI HAQIDA

...Asli adabiyot so‘zidagi «adab» o‘zagining ma’no-mazmuni odob ekanini yodga olsak, Sharqda badiiy ijod insonlarga pand-u o‘git, nasihat berishning ta’sirli usuli bo‘lganini anglaymiz. Sharq adabiyoti ibratli voqealar, hikmatli so‘zlar vositasida kishilarni yuksak axloqli, ma’naviy boy, komil inson etib tarbiyalashni o‘zining bosh maqsadi deb belgilagan.

...«Mahbub ul-qulub» nomli asarida esa pand-nasihat, axloqiy qarashlar bosh mavzuga aylanib, bevosita – to‘g‘ridan to‘g‘ri ifoda etiladi, ularga har tomonlama ta’rif berilib, falsafiy, axloqiy xulosalar chiqariladi.

Mana shu mulohazalardan kelib chiqib «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarni axloqiy-falsafiy yo‘sindagi pandnoma yoki nasihatnoma deb ataymiz.

...Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo‘ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» asarlarini pandnoma asarlari sifatida misol keltirish mumkin. Alisher Navoiy bu asarni umrining oxirida – 1500-yilda yaratdi va uni «Mahbub ul-qulub», ya’ni «Ko‘ngillarning sevgani» deb atadi...

...Ulug‘ bobomiz asarning kirish qismida quyidagilarni alohida ta’kidlaydi:

«Bu xoksor va parishonro‘zgor kamina bolalikdan to qarilikka qadar ko‘hna davron voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisalaridan, fitna qo‘zg‘ovchi dunyo buqalamunligidan – tovlamachiligidan, zamonaning rang singari gunogunligidan ko‘p vaqt va uzoq muddat har xil xayol va taraddudlar bilan daydib yurdim; har tovur va ravishda bo‘ldim va turli yo‘llarga kirdim, yaxshiyomonning xizmatini qildim; katta-kichikning suhbatida bo‘ldim; goh xorlik va qiyinchilik vayronasida nola qildim; goho izzat va ma’murlik bo‘stonida majlis qurdim.

Masnaviy:

Gahi topdim falakdin notavonlig‘,

Gahi ko‘rdum zamondin komronlig‘,

Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda,

Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda».

...«Mahbub ul-qulub» asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko‘rgan-kuzatganlarini teran tahlildan o‘tkazib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir...

...Hazrat Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari, muallifning o‘zi ta’kidlaganidek, uch qismga bo‘linadi: birinchi qism har xil odamlarning fe’l-atvori va ahvoli haqida; ikkinchi qism yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati to‘g‘risida; uchinchi qism turli foydali kuzatishlar va misollar haqida.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Muhammadsharif Gulxaniy XVIII asr oxiri – XIX asrning 20-yillarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos shoirdir. Jo‘shqin fe’lligi va olovqalbligi tufayli o‘ziga Gulxaniy taxallusini tanlagan. Keyinchalik she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan.

Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘azali, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qasidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan.

Gulxaniyning hayoti, asosan, Qo‘qon va Namanganda kechgan. U tirikchilik vajidan hammomda o‘t yoquvchi ham bo‘lgan, Qo‘qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmat ham qilgan (1801–1810-yillar). Mustaqil mutolaa yo‘li bilan mumtoz adabiyotni o‘qib o‘rgangan. Olimxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Amir Umarxon (shoir Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. U ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan she’rlar, hajviy asarlar bitgan.

Gulxaniy o‘zbek va tojik tillarida yaratgan «Barmog‘im», «Ey, to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‘azallarda lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan. Uning «Bideh» (bergil, ber menga) radifli g‘azalida o‘zining navkarlik davridagi og‘ir hayoti tasvirlanadi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Gulxaniy asarlarida uchraydigan tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlar:

Navola – in’om, ehson; taom, luqma.

Piyola hariflari – qadah, ulfatchilik do‘stlari.

Qosir – qisqa; ojiz.

Borgoh – shoh qabulxonasi, saroy.

Xiradmand – oqil, dono, donishmand.

Donish – ilm, ma’rifat; aql, idrok.

Bohush – es-hushli.

Guzir – biror narsadan xalos bo‘lish.

Olimi boamal – ilmiga amal qiladigan olim.

Oxirat asbobi – oxirat uchun zarur amallar.

Sohibi ra’y – aql-u tadbir egasi.

Munshiy – kotib.

Rostnavis – haqiqatni yozadigan.

Qalamzan – kotib.

Nigohdor – nazorat qiluvchi.

Shamshirzan – shamshir uruvchi. Bu yerda: yozishga usta ma’nosida.

Kabutar – kaptar.

Zog‘ – qarg‘a.

Hakimi hoziq – bilimdon tabib.

Ruhafzo – ruhni yayratuvchi, ko‘ngilni quvontiruvchi, jonbaxsh.

Nishast qilib – qaror topib, maqom tutib.

Nazar qilur – qarash, nazar solish.

Baror kelmas – mos, muvofiq kelmas.

Asno – vaqt, payt, holat.

Mehmonsaro – mehmonxona.

Jo‘y – ariq, anhor, oqar suv.

Rustoiy – qishloqi; majozan: nodon, ahmoq.

Azbaroyi – uchun, sababli.

Sayd – ov.

Sihhat – sog‘-omon.

Juvaripoya – jo‘xorizor.

Zaxm – zarb, jarohat.

Najjor – duradgor, imorat yasovchi usta.

Kashmir – Shimoliy Hindistondagi voha va shahar.

Navohin – atrof, tevarak, chegara.

Bog‘i Eram – afsonaviy jannat bog‘i.

Cho‘x – ko‘p.

Alvon – rang-barang, turli-tuman.

Ma’mur – obod, farovon; bu yerda: to‘q.

Zulf – soch.

Sunbul – xushbo‘y va gullari halqa-halqa giyoh. Qizlarning sochiga nisbat beradilar.

Ulug‘ – bu yerda: katta.

Gulbun – gul tupi.

Sonmoq – bilmoq, hisoblamoq.

Hubbul vatan – vatan muhabbati.

Sheva – odat, ravish; hunar.

Fard – yakka, yagona.

Dard qilmoq – bu yerda: tashvishga tushmoq.

Nav – yangi.

Kulah – bosh kiyim.

Go‘sha – chet, chekka, burchak.

Farr – go‘zallik; dabdaba, hashamat.

Mavquf – to‘xtash; tegishli.

Ma’ruf – ma’lum, mashhur.

14. Bu yerda «Farhod va Shirin» dostoniga ishora qilinmoqda.

Xisrav – hukmdor, podshoh.

2. Bu yerda buyuk shoir Xusrav Dehlaviy nomi vositasida so‘z o‘yini qilinmoqda: o‘zini tog‘ xisravi (podshohi), tog‘ni esa ma’naviy jihatdan (Xusrav) Dehlavii ma’naviy hisoblar edi, ya’ni duradgor uchun tog‘ Xusrav Dehlaviy kitobiga o‘xshar edi.

Resha – ildiz, tomir.

Banogah – kutilmaganda, daf’atan.

Ulus – xalq, el.

6. Bu yerda arab yozuvi asosida so‘z o‘yini qilingan: «kasb» so‘zining boshharfi o‘chirilsa, «sab» qoladi. Sa’b – qiyin, og‘ir degani.

Purzar – bu yerda: pulga to‘la.

O‘xiyur – aytadilar, hisoblaydilar.

Rish – soqol.

Xar – eshak.

Najjorlig‘ – duradgorlik, ustalik.

Zurya – bu yerda: zurriyod, avlod.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Gulxaniy asarlarida uchraydigan tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlar:

1. «Yorib qo‘yilgan yog‘och yoniga bordi-yu, hunar o‘rganish shavqi bilan bo‘lib, orqasida turgan baloni ko‘rmadi».

Purkarda – tajribali, ko‘pni ko‘rgan.

Purkor – tajribali, ko‘pni ko‘rgan, ishchan.

Xossa – biron narsaga tegishli, taalluqli. Bu yerda maymunning dumi ma’nosida kelyapti.

Sorbon – tuyachi, tuya yetaklovchi.

Teva – tuya.

Ahli ayol – bola-chaqa.

Hosili dunyo – dunyoda orttirgan narsasi, ishongan boyligi.

Qo‘mladi – cho‘ktirdi.

Jo‘mladi – jamladi.

Tayloq – bu yerda bo‘taloq.

Nori firoq – ayriliq azobi.

Tamuz – yoz, saraton.

Ano – ona.

Modar – ona.

Siyna – bu yerda ona ko‘kragi.

Arqosidin – orqasidan.

Yag‘mo – talon-taroj. Bu yerda issiq azobi ko‘zda tutilmoqda.

Balo – bola.

Zeri bor – yuk ostida (qolmoq).

Sangpusht – toshbaqa.

Bag‘oyat – g‘oyatda, juda, nihoyatda.

Verub – berib.

Bodiya – cho‘l, dasht, biyobon, sahro.

Qat’ edub – bosib o‘tib.

Nahri azim – katta daryo.

7. Tafakkur kuchi bunga ko‘prik va tadbir qamishi sol (kema) bo‘lishga ojiz.

Oxir ul-amr – nihoyat, oqibatda.

Mustajobi da’va – duosi qabul bo‘ladigan.

Hadaf – nishon.

Maqrun – yaqin.

Shinovar – suzuvchi.

Istid’o – iltimos, so‘rash, yalinib-yolvorish.

Qoz – g‘oz.

15. Bu yerda Chayonning suvdan qo‘rqib, nayzasini kiftiga tashlab, yuqori va quyi yurishi qurolini yelkasiga osib, oyoqyalang u yoqdan bu yoqqa yuruvchi posbonga o‘xshatilyapti.

Mo‘jib – sabab.

Kajdum – chayon.

Avlo – yaxshi, afzal.

Xoliq – Yaratuvchi, Xudo.

3. Suvga suzishga hozirlanib.

O‘g‘ramoq – yo‘l olmoq, mo‘ljallamoq.

Vase’ – keng.

Fo‘lod – po‘lat; o‘tkir, tez.

Yakjirma qalqon – toshbaqaning yaxlit kosasi.

Ozmoyish – sinash, imtihon.

Resh – yara, jarohat.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Gulxaniy asarlarida uchraydigan tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlar:

Xorsifat – tikanga o‘xshash.

Bemajol – ojiz, kuchsiz.

Kor – bu yerda: ta’sir.

Aqrab – chayon.

Zamima – yomon, yaramas.

Beirodat – beixtiyor.

Zuhur etish – ko‘rinish, namoyon bo‘lish.

Nish – zaharli jonivorlarning chaqish a’zosi.

Bahr – ummon, dengiz.

Amiq – chuqur, teran.

G‘avvos – suvga sho‘ng‘uvchi.

G‘o‘ta urish – suvga sho‘ng‘ish.

Tund – tez, g‘azabli.

Lavand – yalqov, tanbal, dangasa, bo‘shang.

To‘ppi – do‘ppi.

Xo‘b bo‘ldi – yaxshi bo‘ldi.

Zangi – qora tanli, habash, negr.

So‘fiy – tasavvuf tariqati namoyandasi.

Mirishkor – o‘z ishining ustasi.

Obi azob – azob suvi. Bu yerda: Nuh davridagi to‘fon ko‘zda tutilmoqda.

Boham – birga.

Manjanaq – palaxmon.

Poya – joy.

Sultoni orifin – oriflar sultoni. Orif – ma’rifat sohibi, Ollohni tanigan kishi,

komil inson.

Xonaqoh – so‘fiylar yig‘iladigan, zikr tushadigan joy.

Sunnat – yo‘l, ravish, odam. Muhammad alayhissalomning yo‘li va qilgan ishlari.

Amri ma’ruf – savob ishlarga da’vat qilish.

Farz – bajarilishi zarur bo‘lgan ish.

Angusht – barmoq.

«ZARBULMASAL»

...Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko‘chirib tasvirlangan asarlar majoziy asar deyiladi...

...O‘sha davrda Buxoro va Qo‘qon xonliklari o‘zaro urushib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go‘yoki vayronalarga boy muzofot sifatida tasvirlanadi. Qo‘qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo‘g‘li, Yapaloqqush, Ko‘rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon amaldorlar o‘rab olgan...

...«Holo, bu turg‘onlaring navola do‘stlari, piyola hariflari, taom yemakka hozir, maslahatga aqli qosir»...

...«Ulug‘ni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi bohush har qancha ko‘b bo‘lsa ham, oz bo‘lur. Xususan, podshohi odilg‘a uch toifadin guzir xiradmandi donish va aqli xiradi bohush har qancha ko‘b bo‘lsa ham, oz bo‘lur. Xususan, podshohi odilg‘a uch toifadin guzir yo‘qdur: avval, olimi boamalki, podshohning oxiratlik asbobini taraddudida bo‘lsa. Ikkinchi vaziri sohibi ra’yki, podshohning

dunyolik yarog‘ini taraddudida bo‘lsa. Uchunchi, munshiyi rostnavis qalamzan-u nigohdor-u shamshirzan bo‘lsa»...

...«Zarbulmasal» arabcha zarb va masal so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, «masallar yig‘indisi» ma’nosini beradi. Masal so‘zi o‘tmishda biz hozir qo‘llaydigan maqol ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so‘zga maqol qo‘shib gapirish, o‘xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal bo‘lish – el og‘ziga tushish, afsona bo‘lish, mashhur bo‘lish ma’nolarida ham keladi...

...«Zarbulmasal»da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an’ana va marosimlari, og‘zaki va yozma adabiyotini chuqur bilganidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi «Kalila va Dimna», Abdurahmon Jomiyning «Silsilat uzzahab» asarlaridan xabardor bo‘lgan. Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor kabi ulug‘ so‘z ustalari hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi asarning ta’sirchanligi va o‘qishliligini oshirgan. «Zarbulmasal» xalq orasida «Yapaloqqush hikoyasi» nomi bilan mashhur bo‘lib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan...

...«Maymun va Najjor» masali orqali qo‘lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda bo‘ladi degan fikr ilgari surilgan. «Toshbaqa va Chayon» masalida esa do‘st tanlashda adashmaslik kerakligiga e’tibor qaratiladi. «Tuya bilan bo‘taloq» masalida erki o‘zida bo‘lmagan kishining fojiasi ko‘rsatiladi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Kabutar bilan zogʻ (qargʻa)

Қисқача баён: ҳикоя ҳар ким ўз ўрнини билиши ҳақида. Қарға агар саҳрода, жўхоризорда ёки эски хирмонларда юрса эди, овчининг ўқига йўлиқмасди.

MAYMUN BILAN NAJJOR

Қисқача баён: Кашмир тоғларида бир маймун яшар эди. У ерлар нақ жаннатнинг ўзидай бўлиб, иморатга яроқли ёғочлар етти қулоч келарди. Ранг-баранг мевалар ғарқ пишган, ҳайвонлари озод ва фаровон кун кечирарди. Оқар сувлари жонга роҳат бағишларди. Бир кун дурадгор ёғоч чопаётганини кўриб, унга ишқи кетади ва ўзи ёғоч ёрмоқ нияти билан дурадгор қолдириб кетган тешасини олиб, ишга тушади. Лекин думини айри ёғоч орасида қолдирганини унутиб, қоқилган ходани теша билан уради. Шу пайт унинг думи ёғоч орасида қисилиб қолади.

Ушбу ҳикоядаги мана бу байтлар муҳим:

Shahrni zindonidin ozod o‘lib,

Tog‘ni Shiriniga Farhod o‘lib. - талмеҳ

Sonur edi o‘zini tog‘ xisravi

Tog‘ni uqub Dehlavii ma’navi(y) - талмеҳ

Aydi: «Ulus ichra bu bir kasb erur,

«Kasb»ni kessang boshini, «sab» erur. - сўз ўйини бор.

Bar sari on cho‘bi kafida rasid,

Kibri hunar didu kaduro nadid. - луғатга қаранг (1)

TUYA BILAN BO‘TALOQ

Қисқача баён: Mehnatkash xalqning ogʻir hayoti, huquqsizligi va nochorligi, bir soʻz bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan boʻtaloq”da oʻziga xos badiiy taʼsirli qilib beriladi.

Gulxaniyning tasvirlashicha, tuya hayotda ezilgan, tutqun, erk-ixtiyorsiz, ogʻir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy timsolidir. Boʻtaloq esa ona sutiga ham toʻyolmay, ogʻir mashaqqatli hayot kechirgan, ochyalangʻochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.

Ушбу асарда Фарғона тилга олинган. Жонлантириш ва ташхис шеърий санъатларидан фойдаланилган.

TOSHBAQA BILAN CHAYON

Қисқача баён: Gulxaniyning “Toshbaqa va Chayon” masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan: Toshbaqa – aqlli, farosatli, safarlarda koʻp yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon doʻst timsoli. U oʻz hamrohi Chayonning suvdan oʻta olmasligini bilgach, unga yordam qoʻlini choʻzadi. Lekin Toshbaqa Chayonning xiyonatini – “sen bilmaysanmi Chayonning muddaosi xoh doʻstning koʻksiga, xoh dushmanning orqasiga boʻlsin nish urishdir” degan javobini eshitgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga oʻxshagan odamlar bilan doʻst va hamroh boʻlmaslikka, kishi oʻzini va taqdirini oʻshanday kishilarga topshirib qoʻymaslikka chaqiradi.

Chayon butun umri boʻyi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon-zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy qiyofasidir.

Ушбу асарда келтирилган мақоллар:

«Yaxshiliq qil, suvg‘a sol, baliq bilur, baliq bilmasa, Xoliq bilur»

Burung‘i yaxshilar: «Eshak o‘yuni qirq yilda va yana it o‘yuni bor anda»

«G‘olibo uldurki: «O‘z do‘sti dilin resh aylayur jahldinkim, ul urur o‘z mushtini devorg‘a!»

Har kimi odati zamima bo‘lur,

Beirodat zuhur etar andin.

Toshdin nish ayari yo‘q aqrab,

Garchi mundoq demak ajab sandin.

Ishonmagil do‘stingg‘a, samon tiqar po‘stingg‘a. «Oshnongdin tob» debdurlar.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

N a q l


...Ibrohimbek... bog‘inda tab’i tund, lavand bir bog‘boni bor erdi. Ani bog‘boni o‘zini bog‘bone sonub, olti tub daraxtni ho‘l shoxini quruq shoxiga payvand qilur erdi va yana bu aql-u farosati birla o‘zini olamni bog‘bonidek sobit qadam olur erdi.

N a q l


...bir odam yaxshi ko‘rgan to‘ppisini tez suvga oqizib, harchand taraddud bila ololmadi. Mahrum bo‘lub qaytur erdiki:

Yo‘qolg‘oni ham xo‘b bo‘ldi, boshimg‘a ham tor kelur erdi, – deb.

N a q l

...zangi yo‘l uzasidin bir oyina topib oldi. Oyinada o‘zini aksi nomu-borakini ko‘rub, oyinani yerga urub, anga necha ayblar qo‘yub, aytur erdiki:

– Bul o‘zi yaxshi mato‘ bo‘lsa, yo‘l uzra yoturmidi.

YODGOR PO‘STINDO‘Z

Қисқача баён: Ёдгор 16 ёшида ҳазрати Нуҳ пайғамбарнинг кемаси тўфонда қолганида итарганини айтади. 15 ёшида ҳазрати Иброҳим алайҳиссалом ўтга солинганида бир поясида ҳозир бўлган экан. 25 ёшида Яссавий уйида лой қориб, ғишт терган. Ёдгор тиккан пўстинлардан бармоқ ўтарли тешик бўларди. У агар мушт ўтмаса, демак яхши пўстин экан деб айбини яшириб кетарди. Таҳорат олишда қўлни бандигача ювиш кераклигига амал қилмай, уч бармоқдан иккисини ювиб қўя қоларди.

Masal so‘zi bir vaqtlar maqol qo‘shib gapirish, o‘xshatishlar qilish, dalil keltirish ma’nolarini ham anglatadi.

Zarbulmasalda u yoki bu hikoya tarkibida, ularning xulosasi o‘rnida maqol, matallar keltiriladi. Zarbulmasal adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos ta’sirchan adabiy janr sifatida yashab kelgan. Zarbulmasal ko‘proq axloqiy-ta’limiy hikoyalardan iborat bo‘lib, maqol, matallar, ularning tarbiyaviy xulosasini o‘zida mujassam etadi. Bu janrdagi asarlarning asosiy xususiyati ularda majoziy usul qo‘llanilishi, ya’ni voqea va hodisalar hayvonlar, qushlar tilidan hikoya qilinishini bilib oldingiz. Asarlarning mualliflari tanqid qilinajak kishilar ta’qibidan cho‘chib shu usulni qo‘llaganlar.

Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida ham garchi Buxoro, Qo‘qon singari joy nomlari aniq ko‘rsatilsa-da, u yerlarni boshqargan hukmdorlar, turli darajadagi zodagonlar fe’l-atvori qushlar timsolida ifoda etiladi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Xiva shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoirning otasi Polvonniyoz O‘tar Gadoyniyoz o‘g‘li sartarosh edi. Xalq o‘rtasida usta O‘tar nomi bilan mashhur bo‘lgan bu kishi san’at va adabiyotga juda qiziqardi. O‘z zamonasining yetuk adiblari Ogahiy, Komil Xorazmiy, Mujrib Xonaxarobiy, Bayoniy kabi shoirlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, tez-tez suhbatlashar, doimiy muloqot qilar edi.

...U Xo‘ja Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy ijodini qiziqib o‘rganadi.

Bundan tashqari, Munis, Ogahiy, Komil, Feruz kabi shoirlar bilan yaqindan muloqotda bo‘ladi. Ular ta’sirida she’rlar yoza boshlaydi va tez orada iste’dodli shoir sifatida taniladi...

...Ma’lumotlarga ko‘ra, Avaz O‘tar o‘n to‘rt yoshlaridayoq she’r yozishga kirishgan, o‘n sakkiz yoshlarida yetuk shoir nomini olib ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan...

...Xonning buyrug‘i bilan shoirni 200 darra urib jazolaydilar, hatto, uni aqldan ozganga chiqarib, yomonotliq qiladilar. Tazyiq va xo‘rliklardan bezgan shoir saroyni tark etadi va ota kasbi – sartaroshlik bilan tirikchilik qila boshlaydi, ijod bilan qizg‘in shug‘ullanadi.

Xiva xoni Muhammad Rahimxon II vafotidan so‘ng otasi o‘rniga taxtga o‘tirgan Isfandiyorxon ham unga zulm qiladi, sog‘lig‘i busiz ham nochor bo‘lgan Avazni bog‘lab 50 darra urdiradi. Ma’naviy va jismoniy qiynoqlardan muttasil azob chekkan shoir uzoq yashay olmaydi – o‘ttiz besh yoshida vafot etadi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Avaz O‘tar mumtoz she’riyatning g‘azal, muxammas, masnaviy, mustazod, ruboiy, qit’a kabi keng tarqalgan janrlarida ajoyib asarlar yaratdi. Shoir o‘z she’rlarini to‘plab kattagina devon tuzgan va uni «Saodat ul-iqbol» deb nomlagan...

...«Til» she’ri alohida diqqatga sazovordir. U g‘azal shaklida bitilgan bo‘lib, Siz-u bizni til o‘rganishga, ayniqsa, «g‘ayri tilini bilishga sa’y qilish»ga, ya’ni chet tillarni o‘rganishga da’vat qilishi bilan muhim...

...Shoir tilni insonlar, turli millatga mansub kishilarni birlashtiradigan, do‘stlashtiradigan «robitai olamiyon» – kishilarning aloqa vositasi deb ataydi. Shuning uchun ham o‘zgalar tilini ona tilidek bilish «foida kondur» deydi...

...Shoirning ma’rifatparvarlikni targ‘ib etuvchi asarlaridan yana biri «Maktab» she’ridir. G‘azal shaklidagi bu she’rda Avaz maktabni ilm-madaniyat manbayi sifatida ta’riflab shunday deydi:

Avaz himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,

Baloi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab...

...Avaz O‘tarning «Fidoyi xalqim» deb boshlanuvchi g‘azalida shoirning mazlum xalq ahvoliga achinishi, uning mashaqqatli hayotidan cheksiz afsuslanishi yaqqol sezilib turadi. Shoir o‘zi mansub xalqqa jonini fido qilishga tayyor:

Fidoyi xalqim bo‘lsun tanda jonim,

Bo‘lub qurbon anga ruhi ravonim.

Gar o‘lsam darbadar mazlumlar uchun,

Budur maqsudi qalbi notavonim.

Na yaxshi o‘ylakim, ma’qul-u manzur,

Avaz, xalqim uchun to‘kulsa qonim.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Har tilni biluv emdi bani odama jondur,

Til vositai robitai olamiyondur.

G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar,

Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,

Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondur.

Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni,

Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.

Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,

Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.

* * *


Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,

O‘qusin yoshlarimiz ko‘nglini shod etgusi maktab.

Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,

Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab.

Ko‘ngullarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuridur farzand,

Alarning umrini, albatta, obod etgusi maktab.

Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy

– Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab.

Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,

Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.

Bu ne navmidlikdur, maktab ochsak, oqibat bizni,

Aro‘si kom ila maqsudga domod etgusi maktab (Maktab bizni yaxshi tilak va orzularimizga yetishtiradi).

Avaz, himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,

Baloyi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.

* * *

Fidoyi xalqim o‘lsun tanda jonim,



Bo‘lub qurbon anga ruhi ravonim.

Gar o‘lsam darbadar mazlumlar uchun,

Budur maqsudi qalbi notavonim.

Mani solsa fano yo‘liga davron,

Yurur ustimdin avlodi zamonim.

Umidim: yashasin maktab bolasi,

Alar har biri bir sheri jayonim.

Na yaxshi o‘ylakim, ma’qul-u manzur,

Avaz, xalqim uchun to‘kulsa qonim.

* * *


Biling, ushbu zamon g‘amnokidurman,

Kuyib o‘rtanmish elning xokidurman.

Avazkim, nazm elin cholokidurman (chaqqon, ziyrak).

Boshin olmoqqa xonning pokidurman.

Аваз Ўтар

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, Abay uning taxallusidir. Shoir Qozog‘istonning Yettisuv viloyati Chingiztog‘ (hozirgi Abay) tumanida chorvador boy oilasida tug‘ildi...

...Abay o‘zigacha og‘zaki kuylab kelingan o‘lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan shoirdir. Shoir o‘lanlarni yozma yaratishdan tashqari, ularga kuy bastalab mahorat bilan kuylagan. U bastalagan 17 ta o‘lan kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etilyapti...

...Shoir bir o‘lanida:

O‘zi bilan yovlashgan yurtim, tingla!

O‘zi bilan dovlashgan yurtim, tingla!

Dardingga davo bo‘lsin o‘lanlarim,

Bir-birini ovlashgan yurtim, tingla! –

deya iztirob chekadi...

...Abayning «Sho‘rlik qozog‘im», «Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi», «Ilm o‘rgan», «O‘lan» kabi she’rlarida ham ilg‘or millatlardan o‘rnak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat bilan ilm-fanni egallashga da’vat yaqqol sezilib turadi. Shoir yirik voqeaband asarlar ham yaratgan. Uning «Iskandar», «Mas’ud», «Azim rivoyati» kabi dostonlari hozirgacha el orasida mashhur. Bu teran falsafiylik bilan yo‘g‘rilgan, ezgulik va yaxshilikka da’vat qiluvchi asarlarni sevimli shoirlarimiz Mirtemir va Uyg‘un o‘zbek tiliga tarjima qilishgan...

...Abay ijodiy merosining salmoqli qismini xalqni ilm-ma’rifatga, madaniyatga da’vat qiluvchi «Naqliya so‘zlar» majmuasi tashkil etadi...

...Asar 44 bo‘limdan iborat...

...«Naqliya so‘zlar» asari o‘zbek tilida «Nasihatlar» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Bu asarni sevimli bolalar yozuvchisi Nosir Fozilov o‘zbekchaga tarjima qilgan.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Абайнинг "Насиҳатлар" китобидан келтирилган барча парчаларини ҳеч бир қисқартиришсиз каналга жойлаймиз:

«NASIHATLAR» KITOBIDAN

UCHINCHI SO‘Z

... Bunga dunyoda o‘tgan barcha donishmandlar shunday javob qiladi: har qanday yalqov kishi qo‘rqoq va g‘ayratsiz bo‘ladi; har qanday g‘ayratsiz, qo‘rqoq kishi maqtanchoq bo‘ladi; har qanday maqtanchoq, qo‘rqoq kishi aqlsiz, nodon bo‘ladi; har qanday aqlsiz, nodon kishi orsiz bo‘ladi; har qanday orsiz kishi yalqov, kishi oldida tilanchi, ochko‘z, suq bo‘ladi; bunday hunarsiz kishilar hech qachon birovga do‘st bo‘lmaydi.

YETTINCHI SO‘Z

Bola onadan tug‘ilganda ikki odat bilan tug‘iladi. Biri: yesam, ichsam, uxlasam demoqlikdir, albatta; shuningdek, bular tanning sihat-salomatligi uchun zarur hamdir; bular bo‘lmasa – tanda jon ham bo‘lmaydi, o‘smaydi ham, quvvatga ham kirmaydi. Ikkinchisi: ko‘rsam, bilsam demoqlikdir. Bola yoshligida nimani ko‘rsa, shunga talpinadi, yalt-yult etib qaraydi, ko‘rgan narsasini qo‘li bilan ushlab, yuzi-ko‘ziga yaqin olib borib suykagisi, og‘ziga solib tishlagisi keladi. Karnay-surnay ovozini eshitsa – yon-atrofiga alanglab qaraydigan bo‘ladi. Sal kattaroq bo‘lganidan keyin esa, it hursa ham, mol ma’rasa ham, birov kelsa ham, yig‘lasa ham o‘rnidan tura yugurib chiqib qaraydigan va: «U nima?», «Bu nima?», «U nega unday qildi?», «Bu nega bunday qildi?» deb ko‘zi ko‘rgan, qulog‘i eshitgan narsalarni so‘raydigan bo‘ladi – hech tin topmaydi. Bularning hammasi ko‘rsam ekan, bilsam ekan, o‘rgansam ekan, degan tabiiy qiziqish alomatidir, albatta.

Dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech bo‘lmasa yuzakiroq bo‘lsa ham bilmaslik – bu odamgarchilikdan emas. Shuni ham bilmagandan keyin, bu odam odam emas, balki hayvondan hech farqi yo‘qdir...

O‘TTIZ BIRINCHI SO‘Z

...Kishi eshitgan narsasini unutmaslik uchun to‘rtta shart bor: avvalo, buning uchun zehnli bo‘lmoq kerak; ikkinchidan, bir narsani ko‘rganda yo eshitganda, unga chin yurakdan ixlos qo‘yib, fahm-farosat bilan uqib olmoqlik lozim; uchinchidan, eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab ko‘ngilga jo qilmoq kerak; to‘rtinchidan, ko‘ngilga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik va kelsa ham unga zarracha e’tibor bermaslik kerak. Masalan: beg‘amlik, beparvolik, o‘yin-kulgi yoki ixlos qo‘ymaslik kerak. Aks holda, bu to‘rt narsa aql bilan ilmga putur yetkazadigan omillardir.

❗️Буларни бемалол дўстларга улашинг. Ибратга молик ҳар қандай маълумот улашса арзигулик

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


O‘N YETTINCHI SO‘Z

Bir kuni G‘ayrat, Aql, Yurak uchalasi har qaysisi o‘z hunarini maqtab, aytishib, tortishib qolishibdi-yu, Ilmning oldiga kelib, undan hakamlik qilishni so‘rashibdi. Shunda birinchi bo‘lib

G‘ayrat so‘zlabdi:

– Ey Ilm, – debdi u, – axir o‘zing bilasan, dunyoda hech bir narsa yo‘qki, u mening ishtirokimsiz kamol topsin. Avvalo, mana, sening o‘zingni bilish ham, erinmay, sabot va matonat bilan izlab, o‘rganib, yana uni o‘z o‘rnida ishlatish ham – mening ishim. Har kuni o‘z vaqtida toat-ibodatni kanda qilmay o‘rniga qo‘yish ham – mening ishim. O‘zingga ma’lumki, dunyoda har kim o‘ziga loyiq hunar o‘rganishi, mol topishi, obro‘ qozonishi, mansab egallashi kerak – bularning hammasi bemehnat bunyodga kelmaydi. O‘rinsiz, bo‘lar-bo‘lmas ishlarga ko‘ngil qo‘ydirmay, insonni sof saqlaydigan, uni gunohkorlikdan, johillikdan, shaytonning gapiga kirib, nafs balosiga giriftor bo‘lishlikdan saqlaydigan, adashgan bandalarni to‘g‘ri yo‘lga solib yuboradigan ham men emasmi, axir? Shunday bo‘lgandan keyin, Aql bilan Yurak nega men bilan masala talashadi? – debdi

Shunda Aql aytibdi:

– Na bu dunyoda va na u dunyoda nimaiki foydali, nimaiki zararli bo‘lsa – biladigan bir menman. Sening so‘zingni uqadigan ham – men. Mensiz inson na o‘z foydasini biladi va na o‘z zararidan qochib qutula oladi. Hatto Ilmni ham o‘qib o‘rgana olmaydi. Shunday bo‘lgandan so‘ng, bu ikkalasi men bilan nega g‘ijillashadi? Men bo‘lmasam, bu ikkalasining qo‘lidan nima ish keladi? – debdi.

Nihoyat, Yurakka navbat kelibdi va u shunday debdi:

– Men inson tanasining podshosiman, qon mendan taraydi, jon menda makon quradi, mensiz hayot yo‘q, – debdi u. – Issiq uyda, yumshoq to‘shakda yotgan to‘q bir odamni och-yalang‘och, to‘shaksiz sovqotib yurgan kambag‘alning holi nima kechdi ekan deb o‘ylantirib, uni u yonidan bu yoniga ag‘anata-digan, uyqusini qochirib, jonini achitadigan ham menman. Kattalarga nisbatan hurmat-izzat, kichiklarga nisbatan mehrshafqat qildiradigan ham menman. Biroq inson meni hamma vaqt ham sof saqlay olmaydi. Oxir bir kuni xor qiladi. Agar men toza bo‘lsam, inson bolasini olalamagan bo‘lur edim: yaxshisini yaxshilikka yetkazadigan ham – men, yomonining ta’zirini beradigan ham – men. Adolat, insof, or-nomus, rahmshafqat, mehribonchilik kabi narsalarning hammasi mendan chiqadi. Mensiz bularning ko‘rgan kuni kunmi? Shunday bo‘lgandan keyin, bu ikkalasi men bilan yana qanday qilib masala talashishadi? – debdi.

Shunda Ilm uchalasini bafurja tinglab olib, ularga shunday debdi:

– Ey G‘ayrat, sening aytgan gaplaringning hammasi to‘g‘ri.

Hatto, u aytganlaringdan boshqa hunarlaringning borligi ham rost, shuningdek, ularning sensiz hech ekanligi ham to‘g‘ri. Ammo shu bilan birga, kuch-quvvatingga yarasha qattiqchiliging ham bor. Ko‘pgina foydang bilan birga zararing ham yo‘q emas. Ba’zan yaxshilikka, ba’zan esa yomonlikka mahkam yopishib olasan – mana shuning yomon!

So‘ng Aqlga aytibdi:

– Ey Aql! Sening aytgan gaplaring ham – hammasi to‘g‘ri. Sening ishtirokingsiz hech narsaning bo‘lmasligi ham rost. Yaratgan tangri taoloni ham sen tanitasan, mavjud har ikki dunyoning kori-holini ham sen bilasan. Bundan tashqari ham sening qo‘lingdan ko‘p narsalar keladi: turli amal, hiyla-nayranglarning bari sendan chiqadi; yaxshining ham, yomonning ham tayangani sensan. Sen ikkalasiga ham birdek xizmat qilasan, istaganini topib berasan – mana shu odating yomon! – deb so‘zini davom ettiribdi Ilm.

Endi men uchalangning boshingni qo‘shib, ittifoqlaringni kelishtirib qo‘yishim kerak. Bu ishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan boshliq Yurak bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Chunki Aql, sening nojo‘ya tomonlaring ko‘p, shu sababdan Yurak sen yetaklagan tomonga qarab yuravermaydi: yaxshi yo‘lga boshlasang, jon-dilidan yuradi, hatto, xursand ham bo‘ladi; yomon yo‘lga boshlasang, sendan jirkanadi, aytganingga yurmaydi, balki ko‘krakdan haydab chiqaradi.

@muhimiuz

So‘ngra Ilm yana G‘ayratga aytibdi:

– Ey G‘ayrat! Sening ham kuch-quvvating juda ko‘p. Lekin

Yurak bosh bo‘lsa, seni ham o‘z erkingga qo‘ymaydi. Uni faqat o‘rinli ishlargagina safarbar qiladi. O‘rinsiz narsalarga-chi – qo‘l urdirmaydi. Mening gapimga kirib, uchovlon birga bosh qo‘shinglar, tinch-totuv yashanglar va bamaslahat ish ko‘ringlar! – deb maslahat beribdi Ilm.

– Agar uchalangizdagi xususiyatlar birikib, bir odam bo‘lsalaringiz, u holda sizning bosgan izingizni tabarruk qilib ko‘zga surtsa bo‘ladi. Bordi-yu, uchovingiz ola bo‘lsangiz, bir kelishimga kelisha olmasangiz, u holda men faqat Yurakning tarafinigina yoqlayman. Chunki kitoblarda odamgarchilik kishining qalbida bo‘ladi, qalbingni pok saqla deyilgan...

@muhimiuz

#Дарслик

O‘TTIZ IKKINCHI SO‘Z

Ilm o‘rganishni talab qilgan kishi, avvalo, uni bilishi kerak. Buning bir necha shartlari bor. Bularni bilmay turib o‘rganilgan ilm yuqmaydi.

Avvalo (birinchi shart – mualliflar), o‘rganilayotgan ilm-hunarini oxir bir kun kelib biron kori-holimga yarab qolar deb o‘rganmasdan, hayotda uni turmushga tatbiq qilish maqsadida o‘rganmoq kerak. Chunki ilmni faqat bilib qo‘yish uchungina o‘rgansang va shu bilan qanoat hosil qilsang, bunday ilmning kimga keragi bor? Kishi o‘zining bilmagan narsasini bilib o‘rgansa, bundan qanchalik huzur-halovat topishini asti qo‘yavering! Agar sen ilmga astoydil mehr qo‘yib o‘rgansang, senda yana ko‘proq bilsam ekan degan muhabbat paydo bo‘ladi. Shundagina sen ko‘zing ko‘rgan har bir narsani ko‘nglingga mahkam tugib, uqib oladigan bo‘lasan.

Agar bordi-yu, ko‘ngling boshqa narsada bo‘lib, o‘qib-o‘rganayotgan ilmingni shunga sabab qilib ko‘rsatsang, ya’ni uni ana shu ko‘nglingdagi narsa uchungina o‘rganayotgan bo‘lsang, unda ilmga degan mehring go‘yo o‘gay onaning mehri kabi bo‘ladi. Agarda chin niyat bilan o‘rganayotgan bo‘lsang, unda ilmga degan mehring xuddi o‘z onangning mehriday iliq va samimiy bo‘ladi. Sen ilmga chindan ham ixlos qo‘ysang, u ham mehr qo‘yadi va sen uni tezroq qo‘lingga kiritasan. Agar sen unga chala mehr qo‘ysang, o‘rgangan ilming ham chala-chulpa bo‘ladi.

Ikkinchidan, ilmni o‘rganganda yaxshi niyat bilan o‘rganish kerak. Ammo birov bilan bahs boylashmoq, talashishmoq uchun o‘rganish kerak emas. Bahs, avvalo, ko‘ngildagi ishonchni mustahkamlash uchun bo‘lsa – bu zarar emas, lekin haddan oshib ketsa, kishini tuzatishdan ko‘ra ham ko‘proq buzib qo‘yishi mumkin. Buning sababi: bahs qiluvchilar ko‘proq haqiqatni aniqlash uchun emas, balki bir-birlarini yengmoq uchun harakat qilishadi. Bunday bahs xusumatni kuchaytirib, odamgarchilikni yo‘qotishgacha olib boradi. Bunday holda asosiy maqsad ilm o‘rganish bo‘lmay, odamning yuzini yolg‘on so‘zga buradigan bo‘lib qoladi. Bunday maqsad faqat buzuq kishilardagina bo‘ladi. To‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan yuzta odamni adashtirgan kishi egri yo‘ldan ketayotgan bitta notavonni to‘g‘ri yo‘lga solgan kishidan sadqayi ketsin!

@muhimiuz

Bahs – bu ham aslida ilm o‘rganishning bir yo‘li. Biroq unga ortiqcha hirs qo‘yish yaramaydi. Chunki bahsga ortiqcha hirs qo‘yishdan mag‘rurlik, maqtanchoqlik, xusumat, yolg‘onchilik, hatto, arzimagan narsadan janjal chiqarish va birovga musht ko‘tarish kabi yomon fazilatlar tug‘iladi.

Uchinchidan, agar har bir harakating tufayli haqiqatga erisha oladigan bo‘lsang, o‘lsang ham bu yo‘ldan qaytma, mahkam tur! Axir, o‘zing shubha qilgan narsaga o‘zgalar qanday qilib ishonch bildirsin? O‘zing hurmat qilmagan narsani o‘zgalar nega hurmat qilsin?

To‘rtinchidan, ilmni ko‘proq o‘rganish uchun odamda yana ikki narsa bo‘lishi lozim: biri – mulohaza yuritish, ikkinchisi esa muhofaza qilishlikdir. Bu ikki xususiyatni borgan sari kuchaytira borish kerak. Bu narsa kuchaymay turib ilm o‘rganish qiyin.

Beshinchidan, shu nasihatlarning o‘n to‘qqizinchi so‘zida yozilgan aql kasali degan to‘rt narsa bor, shundan ehtiyot bo‘lish kerak. Shularning orasida beg‘amlik, beparvolik degan narsa bor, zinhor-zinhor shu narsadan ehtiyot bo‘l! Chunki bu, birinchidan Xudoning, ikkinchidan xalqning, uchinchidan davlatning, to‘rtinchidan ibratning, beshinchidan aqlning, or-nomusning dushmanidir; or-nomus bo‘lgan yerda bular bo‘lmaydi.

Oltinchidan, senda ilmni, aqlni bir me’yorda saqlaydigan fe’l-atvor, xulq degan narsa bor. Sen shu narsani ehtiyot saqla! Ko‘rgan narsangga qiziqaversang: yo birovning o‘rinli, yo birovning o‘rinsiz gapiga ishonib ketsang yoki to‘g‘ri kelgan narsalarga ko‘ngil qo‘yaversang, fe’l-atvoringning buzilib ketishi hech gap emas. Fe’l-atvoring buzilganidan keyin esa o‘qib ilm o‘rganganingdan hech foyda yo‘q. Ko‘kragingda unga o‘rin bo‘lmagandan keyin, uni qayerda saqlaysan? Aksincha, kiroyi ilming bo‘lgandan keyin, uni ehtiyot qiladigan fahm-farosating, aql-u hushing, or-nomusingni qo‘ldan bermaydigan fe’l-atvoring va g‘ayrating bo‘lsa – nur ustiga a’lo nur! Lekin bu ehtiyotkorliging, shubhasiz, aql uchun, or-nomus uchun qilingan bo‘lsin!

❗️Дўстларга улашинг

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


O‘TTIZ YETTINCHI SO‘Z

🔹Insonning insonligi ishni qanday boshlaganidan bilinadi, lekin qanday tugatganidan emas.

🔹Ko‘nglingdagi ko‘rkam o‘y og‘zingdan chiqqach xiralanadi.

🔹Sen agar faqat o‘zini o‘ylaydigan nodonga hikmatli so‘z aytsang, u seni yo xursand qiladi, yoki xafa.

🔹Kishiga bilimiga qarab yaxshilik qil, yomonga qilgan yaxshiliging boshingga balo bo‘lib tushadi.

🔹Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l! Odam bolasi – elning lolasi.

🔹Yaxshi odam ko‘p so‘raydi, ammo oz bersang ham rozi bo‘ladi. Yomon odam oz so‘raydi, ammo ko‘p bersang ham rozi bo‘lmaydi.

🔹Yolg‘iz boshing uchun mehnat qilsang, o‘z qorni uchun o‘tlagan hayvonning biri bo‘lasan. Insoniy burching uchun mehnat qilsang esa, Ollo taoloning suygan bandasi bo‘lasan.

🔹Inson bolasini zamona parvarish qiladi. Kimda-kim yomon bo‘lsa, ayb zamondoshlarida.

🔹Agar davlat mening qo‘limda bo‘lganda, inson farzandini tuzatib bo‘lmaydi degan odamning tilini kesib tashlardim...

🔹Dunyoda kim yomonlik ko‘rmagan deysiz? Umidsizlik – bu g‘ayratsizlikdir. Dunyoda hech muqim narsa yo‘q, shuningdek, yomonlik ham mudom bo‘lmaydi. Axir, qori qalin qahraton qish ketidan ko‘k maysali, tiniq suvli yoz kelmasmu?

@muhimiuz

🔹Badjahl odam kamgap kelsa, zahari ichida bo‘lgani. Bordi-yu, hech kimga gap bermay, lo‘lilik qilib shovqin solsa, bu odam yo qo‘rqoq, yoki maqtanchoq keladi.

🔹Quvonch va mag‘rurlik mastlikdir. Faqat mingdan bir kishigina bu narsadan o‘zini ehtiyot tutib yura oladi.

🔹Ishning omadi – o‘z vaqti.

🔹Buyuk mansab – go‘yo bir buyuk qoya. Unga erinmay o‘rmalab yurib ilon ham chiqadi, uchib-qo‘nib yurib qiron ham chiqadi.

🔹Dunyo kattakon ko‘l. Zamona esa esib turgan yel. Oldingdagi to‘lqin – og‘alar bo‘lsa, ketingdagi to‘lqin – inilardir. Navbat bilan o‘lishar, avvalgiday bo‘lishar.

🔹Tuyadek bo‘y bergandan tugmadek aql bergan ortiq. Soqolini sotgan qaridan mehnatini sotgan yosh ortiq.

🔹Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutulolmaysan, bulutli kunda esa izlasang ham topolmaysan.

🔹Do‘sti yo‘q bilan sirlash, do‘sti ko‘p bilan siylash. Yaxshiga yaqin bo‘l, yomondan – yiroq.

🔹G‘ayratsiz jahl – tul, qayg‘usiz oshiq – tul, shogirdsiz olim – tul.

🔹Baxtiyor bo‘lguningcha baxtingni eling ham tilaydi, o‘zing ham tilaysan. Baxtiyor bo‘lganingdan so‘ng esa faqat o‘zinggina tilaysan.

❗️Дўстларга канал манзилини кўрсатган ҳолда улашинг

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir...

...Dergez mahallasida tavallud topgan...

...Zulfiyaning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. Shundan so‘ng shoiraning «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i», «Uni Farhod der edilar», «Hijron kunlarida», «Dalada bir kun», «Tong qo‘shig‘i», «Yuragimga yaqin kishilar», «Kuylarim sizga», «O‘ylar», «Shalola» kabi o‘nlab she’riy to‘plamlari chop etildi...

...U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurgan...

...Zulfiya Hamid Olimjonning ishlarini sabot bilan davom ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratadi. O‘zi ham «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xotira siniqlari» kabi poemalar yozadi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

BOG‘LAR QIYG‘OS GULDA

Bog‘lar qiyg‘os gulda – yaxlit bir chaman,

Har daraxt anvoyi bir tarovatda.

Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan,

O‘zga ko‘rk,

o‘zga rang har bir daraxtda.

Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,

Har daraxt bargi bir dunyo hikoya. Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,

Biri biri uchun qudrat, himoya.

Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,

Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo?

Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,

Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo.

Bir qardosh tinchisiz – o‘zga beorom

Birining nonisiz – o‘zga emas to‘q...

Bu – qadim dunyoda yangi bir olam, Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.

Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat,

O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

O‘G‘LIM, SIRA BO‘LMAYDI URUSH

To‘lisharmi o‘lkada bahor,

Quyosh kezar osmon ko‘ksida.

Qaldirg‘ochlar qanotmi qoqar,

Undan soya labi ustida.

Mana, o‘g‘lim labi ustida

Qaldirg‘ochning mayin qanoti.

O‘spirinim toza ko‘ksida

Kunda oshar yangi his toti.

Bo‘yi oshib ketdi bo‘yimdan,

Bosa olar ko‘ksiga boshim.

Sevgim ko‘rib bergan uyimda

O‘sdi mening katta yo‘ldoshim.

Yurak to‘la shodlik, mehr, baxt,

Uning ko‘zlariga boqaman.

Nigohiday tiniq va yorqin

Orzu to‘lqinida oqaman.

Orzulari qalbimga ziynat,

Hayotidir ko‘zim qorasi.

O‘kinaman ba’zida faqat,

Yonida yo‘q uning otasi.

Urush, noming o‘chsin jahonda,

Hamon bitmas sen solgan alam.

Sen tufayli ko‘p xonadonda

Ota nomli buyuk shodlik kam.

Yulding ota demak baxtini

Juda murg‘ak go‘daklarimdan,

Yaxshi ham bor shunday Vatani,

Dalda bo‘ldi yuraklarimga.

Ota bo‘lib soldim men yo‘lga,

Ona bo‘lib mehrimga oldim.

Mana, yurtga o‘g‘il o‘stirgan

Bir davlatmand boy bo‘lib qoldim.

Qancha ishonch, umid baxsh etar

Ham Vatanga, ham menga bu dil,

Qoya kabi yonimdan chiqib:

«Suyan, – deydi, – kiftimga dadil».

Men onaman, mening yuragim

Farzandlarim quvonchiga kon.

Dil orziqar – ba’zan tilagim

Vahimalar o‘ragan zamon.

Yo‘q, urushning nomi ham o‘chsin,

Mening o‘g‘lim kerak hayotga.

Istamayman, uning dudlari

Qo‘nsin labi uzra qanotga.

Bas, bas, ezgu onalar qalbi,

Yashay olsin bexavf, baxt bilan.

Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz

Tinchlik, deydi butun xalq bilan.

Ko‘krak suti va mehnat bilan

Biz jahonga berganmiz turmush.

Ona qalbi oyoqqa tursa,

O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush!

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB

Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor,

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,

O‘rik gullarining eding maftuni.

Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi

Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,

Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.

Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,

U ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari.

Seni izlar ekan bo‘lib shabboda,

Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi.

Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,

Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.

Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu

Jarliklarga olib ketdi boshini.

Farhod tog‘laridan daraging izlab,

Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan

Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.

Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,

Horib-charchab keldi, toqatlari toq...

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,

Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan,

Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga

Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,

Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.

Yana el bo‘ldi-yu kezib sarsari,

Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,

Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?

«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab»

Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,

Elda hilpiratib jingala sochin?

Nega men keltirgan sho‘x nashidaga

Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,

Kamol toptirardi keng xayolimni.

Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida

Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?

Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol?

Nechun qora libos, sochlaringda oq,

Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?»

Qanday javob aytay, loldir tillarim,

Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.

U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,

Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi,

Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.

Sening yoding bilan yelib beqaror,

Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,

Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq

Bu qo‘shiq naqadar oshino, yaqin,

Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda

Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.

O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,

Hayotni kuylayman, chekinar alam.

Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

* * *

Baxtim bor:



ajoyib kishilar aro

Tug‘ilib, gurkirab...

keksayar umrim,

O‘shalar she’rimga baxsh etgan sado,

Hayotim yo‘lini yoritgan nurim.

Biri yuzlarimga baxsh etar kulgu,

Biri qonlarimga solar hayajon.

Biri olg‘a chorlar bo‘lib oq orzu,

Biri der: hayotsan, yur orzu tomon.

Hali qalbing juvon yuragiday yosh,

Asablar ko‘tarar, tog‘ni ortsang ham. Ko‘zingga,

qoningga olaver, quyosh,

Hali ko‘p tebranar qo‘lingda qalam...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Muallif gulga burkangan manzarani tasvirlar ekan, uni ramziy ma’noda qo‘llaydi. «Bir kaft bog‘», ya’ni yaxlit bir manzil – Vatanda turlicha tarovat, turli bo‘y taratuvchi daraxtlar bor. Ularning har biri o‘zicha ko‘rk, o‘ziga xos meva-yu hosil beradi.

Zulfiya she’riyatida, ko‘rib o‘tganimizdek, bahor mavzusi ayricha bir ahamiyatga ega. Uzoq ijodiy umr davomida yozilgan she’rlarning aksariyati bahor fasli, uning insonlarga baxshida etadigan go‘zalligi, tarovati, jozibasi haqida.

Hayotsevarlik, umidbaxsh tuyg‘ular «Baxtim bor, ajoyib kishilar aro...» satri bilan boshlanuvchi she’rning ham bosh mavzusi. Shoira yoshi oltmishlardan o‘tib, keksalik boshlanishi pallalarida yozgan mazkur she’rida umri har qancha qiyinchilik, judolik va ayriliqlarga qaramay, yaxshi insonlar orasida kechganini, shukronalik hislarini qalamga oladi.

Zulfiya opaning 1954-yilda jamoat arbobi sifatida turli mamlakatlarda bo‘lib, tinchliksevar odamlar, har qanday urushlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kurashuvchilar saflarida ishtirok etgan pallalarida yozilgan «O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush» nomli mashhur she’ridir. She’r yozilgan sanadan o‘n besh yil avval Ikkinchi jahon urushi boshlangan edi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Xo‘jand viloyati hududidagi Kengko‘l qishlog‘ida cho‘pon oilasida dunyoga kelgan...

...Kolxozlashtirish davrida ko‘pchilik qatori uning otasi – o‘ziga to‘q Qodir cho‘pon ham quloq qilinadi...

...Talabalik paytidayoq Pirimqul Qodirov o‘zining dastlabki kitobi – «Studentlar»ni (1951-yil) e’lon qildi. Shundan keyin uning ko‘plab hikoyalari, «Qadrim», «Erk», «Meros», «Yayra institutga kirmoqchi», «Najot» singari qissalari, «Uch ildiz», «Qora ko‘zlar», «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» nomli yirik romanlari millionlab o‘quvchilarini topdi...

...Pirimqul Qodirovning yuqorida sanalgan asarlari turli mavzularni, har xil kasb egalari hayotini badiiy aks ettiradi. Ularning birida paxtakorlar («Meros»), boshqasida ziyolilar («Uch ildiz»), yana birida neft konlarini izlovchilar («Qadrim») hayoti qalamga olingan bo‘lsa-da, barchasida inson taqdiri, uning ruhiy dunyosi qatlamlari chuqur mushohada qilinadi.

....P. Qodirovning dastlabki tarixiy asari – «Yulduzli tunlar» («Bobur») romani atrofida ham sho‘ro mafkurachilari chakana vahima qo‘zg‘amadilar. Yozuvchini tarixga to‘g‘ri yondashuvni bilmaslikda, zolim podsholarni ulug‘lashda, o‘tmishni ideallashtirishda aybladilar. Asarning ko‘p joylarini qayta ishlashga majbur etmoqchi bo‘ldilar...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Bobur mingan yoldor saman ot egasining iztiroblarini sezganday yugan suvlig‘ini asabiy chaynaydi, jilovni tortib, oldinga uchmoqchi bo‘ladi. Qosimbekning to‘riq qashqasi saman bilan yonma-yon yo‘rg‘alab boradi...

...Oldingi qatordagi qo‘riqchilar orasida bo‘z ot minib kelayotgan Qutlug‘ Nigor xonim Boburni sallasiga qadalgan tojdorlik belgisidan tanib, otini o‘g‘li tomon yeldirdi.

Ona-bola va egachiini otlaridan tushib, quchoqlashib ko‘rishar ekanlar, goh xonumondan ayrilish alamlarini, goh diydor ko‘rishish quvonchlarini ichlariga sig‘dirolmay ko‘zlariga dambadam yosh olishar edi...

...«Men Yunusxonning qizimen, inim Mahmudxon Toshkent tojdoridir, agar Ahmadbek bizga ziyon yetkazsa, xonlar oldida javob berur!» – deb orada turgan odamlariga aytdim...

...Bu qadimiy shahar xalqi Chingizxon bilan mardona olishgan Temur Malik davridan beri mo‘g‘ul bosqinchilaridan ko‘p jabr ko‘rgan...

...Rost! Nobakorlar sizni «Samarqandda vafot etdi», deb ovoza tarqatdilar, – dedi Qutlug‘ Nigor xonim. – Behush yotganingizni ko‘rib kelgan choparni guvoh qilib ko‘rsatib, ko‘p odamni bunga ishontirdilar. Shundan so‘ng tarafdorlaringiz ma’yus tortib, Tanbal bilan Jahongirga bo‘yin egdilar...

...Ustozim Xo‘ja Abdullani osib o‘ldirgan Tanbal onam bilan egachimni sog‘ qo‘ygaymi?...

Baraks – aksincha.

Shaxnishin – pana joy, tuynuk...

...Ayvoni Sirdaryoga qaragan bahavo, keng xonaga kirdilar. Gilamlar, beqasam ko‘rpachalar to‘shalgan xonaning to‘rida silliq charm qoplangan sandiq ko‘rindi...

...otangiz sizga: «Bobokalonimiz Amir Temurdan qolgan noyob meros bor, asrab-avaylab yuribmen, katta bo‘lganingizda berurmen»....

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...O‘tgan hafta Andijonda ko‘ch yig‘ishtirgan paytimizda xonayi xosning devoriga osilgan turkman gilamini olsak, usti shuvalgan tuynukning izi ko‘rindi... Tuynuk orqasidagi maxfiy joyga mana shu sandiq berkitilgan ekan!..

...Sohibqiron Amir Temurning qilichlari!...

...Qilichning qini yengil bir ma’dan qotishmasidan quyma qilib yasalgan, ustidan oltin suvi yugurtirilgan edi. Qinning yuz tomoniga ikkita yirik yashil zumrad toshi qadalgan, ularning oralig‘ida chiroyli xattotlik harflari bilan bitilgan arabcha yozuv bor edi...

...«Bizkim, maliki Turon, podshohi Turkiston Amir Temur Ko‘ragon farzandimiz Mironshoh Mirzoga To‘xtamish bilan muhoribada ko‘rsatgan jasorati uchun o‘z qilichlarimizdan birini in’om etdik»...

...Amir Temurning muhridagi «Rosti – rusti», ya’ni «Kuch – adolatdadir» degan so‘zlar qilichning po‘latiga qadama tarzida mustahkam qilib bitilgan edi...

...Bu qilichni Mironshoh bahodirdan so‘ng otangizning otalari Sulton Abusaid bahodir taqqan ekanlar..

...Xudo rahmati Abusaid bobongiz vafot etganlaridan so‘ng qolgan meroslari o‘g‘illari orasida taqsim etilur. Katta o‘g‘illar oltin-u javohir to‘la sandiqlarni talashib olurlar. Ammo sizning jannatmakon otangiz mana shu sandiqdagi qilich bilan xotirotlar bitilgan daftarlarni afzal ko‘rurlar. Chunki bu xotirotlarda Amir Temur hazratlarining ko‘rgan-kechirganlari bitilmishdir...

...Tug‘luq Temurxon bilan uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Mo‘g‘ulistondan ellik ming qo‘shin bilan kelib, Temurbek tarafdorlarini qirg‘in qilurlar. Temurbekning o‘zi Qoraqum, Qizilqum sahrolarida, Hisor-u Badaxshon tog‘larida to‘rt yil quvg‘inda yurib, kuch to‘playdirlar.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Temurbekning suyukli yosh xotini O‘ljoy Turkon og‘a bilan eng og‘ir damlarda birga bo‘lgani, goho xotinini otiga mindirib, o‘zi qum sahrosida piyoda yurganlari yosh Boburga kuchli ta’sir qilgan edi...

...Siz meni Ahmad Tanbalning tajovuzidan qutqarganingizni umrbod unutmagaymen! Bo‘lajak kelinimiz Oyisha begimni siz Samarqanddan yog‘iy asoratidan xalos qilib, bizga xayrixoh Toshkentga kuzatib qo‘yibsiz. Bu ham bir jo‘mardlik emasmi? Yetti oy qamal azobini tortgan samarqandliklarga oshlik tarqatibsiz, urug‘ligi qolmagan dehqonlarga bahorda urug‘lik keltirib beribsiz. Bu hammasi dilingizda adolat tuyg‘usi kuchli ekanidan dalolatdir...

...Ammo yolg‘onning umri qisqa...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Lomakon – makonsiz, joysiz...

...U onasi in’om qilgan sandiqdagi xotirotlarni takror-takror o‘qib, Sohibqiron bobosini yigitlik paytidagi ismi bilan xayolida Temurbek deb atashga o‘rgandi. Temurbek yigirma besh yoshida Samarqand va Shahrisabzdagi xonumonidan judo bo‘lgani va ota yurtining to‘rt tomoniga bosh urib najot izlagani Boburning hozirgi ahvolini eslatardi. To‘g‘ri, Temurbekka tajovuz qilgan Ilyosxo‘ja va Amir Bekchiklar Ahmad Tanbaldan yuz chandon qudratliroq va xatarliroq edi. Ular Temurbekni tutib olib o‘ldirish uchun minglab odamlarni safarbar etadilar. O‘lim xavfi yillar davomida Temurbek bilan izma-iz yuradi. Qoraqum sahrosidan narida, Xiva bo‘sag‘asida Temurbek oltmish yigiti bilan ming kishilik yov qurshovini qo‘lda qilich bilan yorib chiqib, qutulib ketadi...

...Boburning ishongan odamlari yashiriqcha Andijon-u Axsiga, Marg‘ilon va O‘shga borib kelmoqda. Xayrixohlar ko‘p, ammo yurak yutib maydonga chiqadiganlar kam. Boburning o‘zi ham bu yog‘i Isfara va Konibodomga, u yog‘i Zomin va Jizzaxgacha, janubda O‘ratepa, shimolda Toshkentgacha – hamma joyga bir necha marta borib keldi...

...Shuning uchun onasi va egachisini Xo‘janddan O‘ratepaga, xolasi Xub Nigor xonimning uylariga keltirib qo‘ydi. O‘zi uch yuzga yaqin bek-u navkarlari bilan janubdagi tog‘larga chiqib ketdi. Ovchi deb ataladigan bir qishloq yaqiniga chodir va o‘tovlar tikishib, ancha vaqt ov o‘ljalari bilan ro‘zg‘or tebratishdi...

...Bir kun shu chodirda Bobur Mirzo Ulug‘bekning «Tarixi arbaa ulus» («To‘rt ulus tarixi») kitobini o‘qib o‘tirganda...

...Ahmad Tanbal Ali Do‘stbek tog‘oyingizning uylariga bostirib kelib, yaxshi ko‘rgan qizlarini zo‘ravonlik bilan haramiga olib ketibdilar...

...Jo‘shu xuruj – qattiq g‘azab, nafrat...

...Hazrat momongiz Eson Davlat begim Ali Do‘stbekka yaqin qarindosh ekanlar...

...O‘sha kuni qorong‘i tushguncha barcha o‘tovlar qatori Boburning qoyatosh (Ovchi qishlog‘i va undan pastroqdagi qoyatosh hozir ham bor. O‘sha joyning turkiyzabon aholisi bu qoyatoshni «Boburtosh» deydi, tojikzabon aholisi esa «Sangi Boburxon» deb ataydi. (Muallif izohi) ustidagi chodiri ham yig‘ishtirib olindi

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Bobur mirzoning pinjiga kirib olgan Ali Do‘stbek Qosimbekning o‘rniga sohib ixtiyor eshik og‘a (saroydagi bosh xizmatkor) bo‘lish niyatida edi...

...Ayyor Ali Do‘stbek shunday nozik paytda Qosimbekni Boburdan uzoqlashtirib, sohib ixtiyor eshik og‘a vazifasini o‘zi boshqarmoqchi edi. Lekin Bobur barcha mashaqqatlarni birga boshdan kechirgan qadrdoni Qosimbekdan ajrashgisi kelmadi...

...Qosimbekning o‘z odamlari bilan Marg‘ilonda qolgani yaxshi bo‘lgan ekan. Tanbal Andijondan katta qo‘shin bilan Marg‘ilonga hujum qilib kelganda, barcha kuchlar birlashib, himoyaga chiqdilar. Marg‘ilondagi bek-u navkarlar qo‘rg‘ondan tashqaridagi mahallalar va qishloqlardan yig‘ilgan minglab botir yigitlar yordamida Tanbal qo‘shinini uloqtirib tashladilar. Bu orada quvaliklar Tanbalga orqadan zarba berdilar...

...U Andijonga Nosirbek degan kishini dorug‘a tayinlab kelgan edi. Ahmad Tanbal Marg‘ilonda Boburdan yengilib, talvasaga tushib kelayotganini eshitgan andijonliklar Nosirbekning qarorgohini o‘rab oldilar...

...Ha, mehr-u oqibat ham kuchli ekan. Faqat yuzaga chiqishi oson bo‘lmas ekan!...

...Tanbalga sadoqat saqlab turgan Axsi dorug‘asi Uzun Hasan arkka kirib bekingan edi...

Andijonda ko‘p to‘xtamay, Bandi Solor yo‘li bilan Axsiga yetib bordilar va arkdagi Uzun Hasanni asir oldilar

Ahmad Tanbal G‘ova orqali Chotqol tog‘lariga qarab chekindi. Uning so‘nggi umidi – katta akasi Tilba Sultondan va Toshkent xoni Mahmudxondan edi. Tilba Sulton xon saroyida so‘zi o‘tadigan eshik og‘a ekanini Bobur bilardi. Ahmad Tanbal Farg‘ona vodiysini talon-taroj qilib orttirgan boyliklaridan katta bir qismini Ohangaron orqali Toshkentga, Mahmudxonga sovg‘a qilib yuborgani ham xufiyalar ma’lumotidan ma’lum edi...

...Kechki payt Tanbal besh yuztacha askari bilan Arxiyon degan joydagi qo‘rg‘onga kirib bekindi.

Tanbalning akasi Tilba Sulton Archakent dovoni orqali inisining oldiga kelib-ketibdi-ku, – dedi Qosimbek...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...XX asrning 70-yillarida o‘zbek adabiyotiga bir qator iste’dodli shoir va yozuvchilar kirib keldilar. Ular orasida Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zamov, Xayriddin Sultonov, Tog‘ay Murod singari nosirlar, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Usmon Azim, Muhammad Rahmon singari shoirlar bor edi...

...M.M. Do‘stning «Bir toychoqning xuni», «Galatepaga qaytish», E. A’zamovning «Otoyining tug‘ilgan yili», «Javob», X. Sultonovning «Yozning yolg‘iz yodgori», «Ko‘ngil ozodadur» nomli asarlari qahramonlari bir qaraganda boshqalardan keskin farq qilmaydigan, har qadamda uchraydigan oddiy odamlar. Ular katta tarixiy o‘zgarishlarga boshchilik qilishmaydi, favqulodda qahramonliklar ko‘rsatib boshqalarga o‘rnak bo‘lishmaydi, hatto, suvga cho‘kayotgan biror odamni qutqarib el og‘ziga tushishmaydi ham...

...Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida 1948-yilda tug‘ildi...

...Tog‘ay Murod esa talabalik paytidayoq o‘nlab hikoyalar yozgan bo‘lsa-da, ularni e’lon qilishga shoshilmas, o‘zidan, bilimlaridan ko‘ngli to‘lmasdi...

...U shu niyatdan kelib chiqib, tirikchilikka yetarli maosh beradigan qanday ish taklif qilinsa, o‘sha yerga borib ishlardi... Tog‘ay Murod o‘zining ijodiy rejalariga birovlarning aralashishini, unga ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishlarni hecham yoqtirmas, shovqin-suronli davralardan o‘zini olib qochar edi...

...Tog‘ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko‘rsatgan dastlabki yirik asar 1976-yilda dunyoga keldi. Bu «Yulduzlar mangu yonadi» nomli qissa edi.

...Mazkur asarda yozuvchining qon-qoniga singib ketgan, ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelayotgan tarixiy qadriyat – kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomalamunosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olindi...

...Yozuvchining keyingi asari – «Ot kishnagan oqshom» qissasi (1979-yil) «Yoshlik» jurnalida chop qilinishi bilan butun xalqimiz orasida juda tez dovruq qozondi. Chunki bu asarda o‘sha davr adabiyotida kamdan kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatiladigan «sovet kishisi» tabiatiga xos bo‘lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli tarzda ochib berilgandi. Asardagi qishloq mehnatkashlarining og‘ir qismati, katta-kichik rahbarlarning ularga bepisand munosabati, odamlardagi pokiza his-tuyg‘ularning toptalishi, kuppa-kunduz kuni bo‘layotgan adolatsizliklar tasvir va talqini haqiqatga tashna o‘quvchilarning qizg‘in e’tirofiga sababchi bo‘ldi. Mazkur qissa sho‘ro davri adabiyotidagi ko‘plab boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan» tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi. Uning so‘ngida odam bolalaridan cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko‘rgan qissa qahramoni Ziyodulla chavandoz o‘zining sevimli, vafodor va bir umrga sadoqatli otidan najot tilaydi!...

Aqlli va til-zabonli, kiyim-boshi ozoda va o‘zicha madaniyatli kimsalar uni urib o‘ldirishga chog‘langan bo‘lsalar, o‘sha – til-zaboni yo‘q, ongsiz hayvon sanalmish ot o‘z do‘stini o‘limdan asrab qoladi.

...Bir so‘z bilan aytganda, odamni o‘zi singari odam zulmidan himoya qilish uchun odam topilmaydi, najot faqat hayvonda qoladi!..

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...oradan bir yil o‘tar-o‘tmas yana bir ajoyib asarini – «Oydinda yurgan odamlar» qissasini e’lon qildi...

...Bu qissaning qahramonlari – Qoplonbek va Oymomo ham atrofdagilarga faqat yaxshilik tilaydigan, umrini ezgulikka baxshida etgan oliyjanob qalb egalaridir. Qissada buyuk muhabbat tuyg‘usi bilan bir-biriga mangu bog‘langan bu go‘zal insonlarning butun hayot yo‘li oydinda aytilgan qo‘shiqday tarannum etiladi. Qoplonbekka cheksiz kuch-quvvat, mardlik va shijoat, Oymomoga behad xushro‘ylikni ato etgan ona tabiat, afsuski, ularni farzand ne’matidan bebahra qilgandi. Ular umrbod mana shu ne’mat ilinjida yashashadi, ne-ne gap-so‘zlarga, g‘iybat-pichinglarga chidashadi. O‘zlarini ko‘rsatmagan tabib-u do‘xtirlar, najot izlab bormagan joy qolmaydi. Farzand sog‘inchi shu qadar kuchli ediki, yoshi o‘tib, keksayib qolgan Oymomo qo‘shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirganda, qup-quruq ko‘ksiga birdan sut keladi. U so‘nggi nafasidagina onalik baxtidan bir lahza totinadi-yu, dunyodan ko‘z yumadi... Har qancha og‘ir bo‘lmasin, oraga tushgan qarindosh-urug‘lar ularni ajralishib, boshqa oila qurishga zo‘rlashmasin, Qoplonbek va Oymomo bir-birlaridan voz kechishmaydi. Qissa so‘ngida, hatto, bu dunyodan ketganlaridan keyin ham ular oppoq oydin tunlari oydek sokin va unsiz suhbat quradilar. Bu ikki qalbning muhabbat qissasi eng pokiza insoniy hislar kuylangan abadiyat qo‘shig‘i bo‘lib qoladi...

...Qissa janrida yetarli tajriba orttirgan Tog‘ay Murod 1993-yilda «Otamdan qolgan dalalar» nomli yirik romanni yozib tugatadi. Bu roman o‘zbek xalqining chor Rossiyasi va sho‘ro bosqini ostida o‘tgan hayotini – yuz yildan ortiqroq tarixni o‘zida mujassam etgan...

...Asarda bir oilaning uch avlodi hayoti misolida butun millatning taqdiri juda ta’sirchan bo‘yoqlarda ifoda etiladi. Oqposhshoning asl niyatini anglamay, bosqinchilarning uyatli qiliqlaridan orlanib, tug‘ilib o‘sgan yerini tashlab ketgan Jamoliddin ketmon XIX asrning oxiri – XX asrning boshlaridagi xalq vakili edi. Nima qilib bo‘lsa-da, yurt tuprog‘ini bosqinchilardan tozalash niyatida qo‘liga qurol olgan Aqrab (Chayon) XX asrning 20-yillarida milliy istiqlol yo‘lida kurashgan bobolarimiz timsoli sifatida ko‘rinadi. Ularning avlodi Dehqonqul esa o‘sha paytdagi hukmron Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati qurboni – millionlab huquqsiz kolxozchilarning umumlashma obrazidir.

«Otamdan qolgan dalalar» romani uchun Tog‘ay Murod Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Aynan shu roman e’lon qilingach, adibga O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan. Bu asar asosida taniqli kinorejissor Shuhrat Abbosov ikki qismli badiiy filmni suratga olgan...

...T.Murod E. SetonTompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini zo‘r muvaffaqiyat bilan ona tilimizga o‘girdi...

@muhimiuz

#Дарслик

Bo‘ri polvon ich-ichidan zil ketdi. O‘zi bilan o‘zi gapirishdi. «Biz polvonlik maktabida o‘qimadik. Polvonlik bizga ota meros. Pushtdan pushtga, qondan qonga o‘tib kelyapti. Polvonlikning ko‘zga ko‘rinmas, til bilan tushuntirib bo‘lmas shunday sirlari borki, uni faqat tomirida polvonlik qoni borlargina biladi. Biz bilamiz. Bu sirlar hech bir kitobda yo‘q.

Mana, mening o‘zim. Surxon vohasida mendan yiqilmagan polvonning o‘zi yo‘q! O‘sha maktab ko‘rgan sport masterlariyam yag‘rinimdan oshib ketdi! Xalq nimasi bilan xalq?

O‘zining urf-odatlari bilan xalq! Ko‘p urf-odatlarimizni birovlar... birovlar o‘ziniki qilib oldi! Biz qo‘limizni burnimizga tiqib qoldik.

Shunday keta bersak, hademay... o‘zimizni-da boy berib qo‘yamiz!

Bu yog‘i kamday, ne-ne nimalarimizni eskilik sarqiti deb yo‘q qildik. Xiyol bo‘lmasa, xalqning o‘zini-da... eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin, dedik!

Bugun buni yo‘qota bersak, ertaga uni yo‘qota bersak... podadan nima farqimiz qoladi?..

Biz hademay bu dunyodan ketamiz. O‘zimiz ketsak-ku,

go‘rga-ya. O‘zimiz bilan... Buni rais biladimi?..» Bo‘ri polvon raisga qarab-qarab qo‘ydi. Tag‘in nimalardir... nimalardir yo‘qolib boryapti... Bo‘ri polvon o‘yladi-o‘yladi... O‘ylab o‘yiga yetdi... «Avlodlar almashgan sayin... yo, pirim-e, tuf-tuf-tuf... avlodlar almashgan sayin... yurak yo‘qolib boryapti! Jasad bor! Aql bor! Yurak yo‘q! To‘rt mucha bor! Kuch-quvvat bor! Yurak yo‘q!

Ko‘krakda jon bor! Yurak yo‘q, yurak!..

Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan xursandchilik farqiga bormaydi.

Farzandlar o‘zlari minayotgan mashinaga o‘xshaydi! Odam kim, mashina kim, bilib bo‘lmay qolyapti...»...

Angg‘ib – kutib, poylab.

Oyoq ildi – to‘xtadi.

Chalqayramon – chalqancha.

Arbadi – avradi, chalg‘itdi.

...O‘z uyida qoyil bo‘lish mag‘lub bo‘lishdan-da yomon bo‘ladi!...

...«Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan!...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...G‘alaba qozonish esa hamisha qiyin! Ayniqsa, bugun! Negaki, Bo‘ri polvon faqat zafar qozonish uchun olishadi! Faqat, faqat g‘alaba uchun kurashilsa, g‘alabaga yetish juda mushkul bo‘ladi! Ba’zan, yetib bo‘lmaydi! Yo‘q, polvon zafarni emas, zafar polvonni qidirsin! Zafar polvonni topsin!

Polvon xohish-iroda bilan olishsa, o‘zining nimalarga qodirligini namoyish etsa, san’atini namoyish etsa, zafar o‘z-o‘zidan keladi!

Polvon o‘z kurashidan o‘zi zavqlansa, zafar o‘z-o‘zidan yor bo‘ladi!....

...juda-juda qiyin ekanligini bildi. Boisi, zo‘rga hamma havas bilan qaraydi. Zo‘rning san’atini, o‘ngi-chapini miridan sirigacha sinchiklab o‘rganadi. Zo‘rga taqlid qilib, o‘shanday zo‘r bo‘lgilari keladi! Zo‘r-chi? Zo‘r o‘zgalarni bilmaydi. Ayniqsa, o‘zidan kuchsizlarni bilmaydi!

Bilgisi-da kelmaydi! Boisi, ko‘zga ilmaydi!...

...Zo‘rning tag‘in bir fojiasi – zo‘r mag‘lubiyat alamini kam totadi.

Zafar ketidan zafar... Zo‘r – zafar og‘ushida yashaydi! Yo‘q, zo‘r mag‘lubiyatlar alamini-da totib turishi lozim! Ana shunda u o‘zi haqida o‘ylab ko‘radi! Ana shunda sergaklik bilan yashaydi!

Zo‘r uchun mag‘lubiyat zafar qatori bab-baravar zarur!...

...Brigadasida Suluv degich qiz bo‘ldi. Bo‘ri polvon ana shu qizni ko‘z ostiga oldi. Suluv Bo‘ri polvon ko‘ngliga o‘tirib qoldi. Ko‘ngliga o‘tirgani – Suluv erkak zoti ko‘ziga tik qaramasdi...

...«Menga daryoning naryog‘iyam bir, beryog‘iyam bir. Baribir o‘g‘limdan zo‘ri yo‘q», – dedi o‘zicha Bo‘ri polvon...

...Ajabtovur hislar og‘ushida qoldi. Xivich ushlagan barmoqlari qaltiradi. Xivich siquvida qahr bo‘ldi, nimadir qilishga chog‘lanish bo‘ldi. Titroq chap qo‘li, lablariga o‘tdi...

...Ho‘kiz toboqni ko‘targan Abray polvonga Tilovberdi polvon chiqadigan bo‘pti! Gilam toboqni esa Jonibek ko‘taradigan bo‘pti! A? Endi u yog‘ini bilmadim, xaloyiq!...

...«Momoqizning o‘g‘li xushsurat yigit bo‘pti. Ammo Momoqizga o‘xshamaydi. Otasiga tortibdi. Nasimning o‘ziyam husndor edi-da. Faqat burnining puchuqligi Momoqizga kelbat beradi...»

...Ichida kalima qaytardi! O‘ng kaftini yuziga tortdi. Boshi chapga xiyol qiyshaydi. O‘g‘lining lapanglayotgan oyog‘idan ko‘z uzmadi. «O‘g‘lim, oyog‘ingni ol!» Shiq!

Bo‘ri polvonni zo‘r hadik bosdi. Qaddi tobora cho‘kib bordi.

Tomog‘ini qirdi. Ovozini yolg‘iz o‘zi eshitdi. Og‘zini angraygannamo ochdi.

«O‘g‘lim, senga aytaman!» Shiq! Yo‘q, zafarli yurishlarga o‘rganib qolgan otasining o‘g‘li oyog‘ini olmadi. Aksincha, xuruj qilib bora berdi. Shiq!

Abray polvon Tilovberdi polvon ko‘zlaridan ko‘z olmadi. Ko‘z ayirmadi. Tilovberdi polvonni oyog‘i yerga tekkuncha zarb bilan qoqib

yubordi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

@muhimiuz

#Дарслик


...Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani hududidagi Azot ovulida 1929-yilning 5-may kuni tavallud topgan...

...Ibroyim Yusupovning dastlabki she’rlari o‘tgan asrning 40-yillari o‘rtalaridan – u institutda o‘qib yurgan kezlariyoq e’lon qilina boshlagan. Shundan buyon ijodkorning 30 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi...

...Shoirning «Kun chiqish yo‘lovchisiga», «Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha», «Qora tol», «Turnalar», «Mening yigit vaqtim...» singari o‘nlab she’rlari, «Akatsiya gullagan joyda», «Gilamchi xotin haqida haqiqat», «Dala armonlari», «Mangu buloq» kabi dostonlari zamonaviy qoraqalpoq adabiyotining salmoqli yutuqlari bo‘lib qoldi.

Serqirra ijodkor Ibroyim Yusupov qoraqalpoq milliy dramaturgiya va sahna san’ati rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shgan. Uning «Qirq qiz», «Aktrisaning iqboli», «Umirbek laqqi» dramalari, «Ajiniyoz» librettosi uzoq yillar davomida tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. Ibroyim Yusupov jahon mumtoz she’riyati vakillarining eng sara asarlarini o‘z ona tiliga mohirlik bilan o‘girgan tarjimon hisoblanadi. Uning tarjimalari 1986-yilda «Mangu buloqlar» nomi bilan chop etilgan.

Shoirning ko‘plab asarlari ham, o‘z navbatida, qator tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga o‘girilgandir. Hozirga qadar shoirning «Buloqlar qaynaydi», «Oltin qirg‘oq», «Dala armonlari», «Cho‘l to‘rg‘ayi», «Qora tol» singari kitoblari o‘zbek tilida nashr etilgan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб

@muhimiuz

#Дарслик

QADRDON SO‘QMOQLAR

Har kimning tug‘ilgan yeri – Misr shahri. (Maqol)

Qizil kendir bilan shivirlashar tol,

Turna uchib borar olis yoqlarga.

Talay yo‘llar bosib misoli shamol

Yana qaytib keldim bu so‘qmoqlarga.

Ushbu tor so‘qmoqqa qadam qo‘yganda,

Qaytadan men bola bo‘lib ketaman.

Intiqqan yuragim kengayib shunda,

Chamamda qush bo‘lib parvoz etaman.

Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar,

She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday.

Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab,

Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday.

Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda...

Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor.

Nechog‘lik monandsiz bizning yoqlarda,

Deb doim maqtayman, so‘rashsa agar.

Gul terib, kapalak quvgan sho‘x vaqtim,

Anov bedazorda yurgan toy dersan. Yo tavba, shu bitta qiyshiq so‘qmoqning

Dilga yaqinligin qanday aytarsan!

* * *

Cholga salom bersam o‘sha so‘qmoqda,



"Kimsan?" deb tanimay menga qaradi.

Bir bola uchrasa sal nariroqda:

– Kimning o‘g‘lisan? – deb men ham so‘radim.

* * *


– Ota, narvon bo‘pti anov qo‘sh terak!

– Bolam, terak emas, bu umr-ku, bu!

– Inim, bog‘ga nega bog‘lading eshak?

– E, anov chiriy deb qolgan olma-ku!

...She’rga epigraf qilib olingan maqolga e’tibor bering: «Har kimning tug‘ilgan yeri – Misr shahri». Ma’lumki, Misr mamlakatida dunyoning eng qadimiy va go‘zal shaharlari joylashgan. Odamlar bu shaharlarni bir bora ko‘rish, ular bag‘riga sayohatga borishni orzu qilishadi. Lekin shoir o‘zining tug‘ilgan ovulini Misrdagi muazzam shaharlardan kam ko‘rmaydiki, she’rini ham xalqning shu ibratli maqoli bilan boshlaydi...

...She’rning birinchi bandidagi «qizil kendir» Sizga notanish bo‘lishi mumkin. Xalq tilida uni qizilquray deyishadi...

Tor, biroq qadrdon so‘qmoqqa qadam bosar ekan, uning «intiqqan yuragi» birdan kengayadi. Shu o‘rinda «intiqqan» so‘ziga jamlangan bir necha ma’nolarga diqqat qarataylik. Albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, uzoq yillar tug‘ilgan makonidan olislarda yurgan lirik qahramonning bolalik sog‘inchi bilan to‘lgan yuragi bu kunlarni nihoyatda intiqib kutgan. Biroq nihoyat bu yerlarga kelib maqsadga erishgan yurakka nisbatan nega «kengayib» degan so‘z ishlatilyapti? Demak, bu yurakning intiqishi ichida «siqilish», «torayish», «diqqinafas bo‘lish» ma’nolari ham bor ekan-da!

Demak, qadrdon so‘qmoqlar ayriliq yillari siqilgan, diqqinafas bo‘lgan bu yurakka kenglikni, erkinlikni, qushdek yengil parvoz etish baxtini hadya etarkan-da!

She’rning uchinchi bandi bu lirik qahramon aynan ijod kishisi ekaniga nozik ishora qiladi. Shoir o‘smirlikdagi pokiza tuyg‘ularini ilk bora she’rga solishdek baxt ato etgan kunlarni, birga mushoira qilgan do‘stlarini xuddi kechagiday tiniq ko‘radi, qalbiga birinchi muhabbat hissini hadya etgan qo‘shni qiz qo‘shig‘i quloqlari ostida jaranglaydi...

...mazkur she’rda lirik tuyg‘ular bilan birga o‘z davri bilan bog‘liq ijtimoiy kayfiyat ham aks etgandir...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu bo‘ ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kun larning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») – degan so‘zni aytadi...

...badiiy adabiyot so‘z san’ati deb yuritiladi...

...Badiiy adabiyot san’atning murakkab va serqirra turi

bo‘lib, insonda yuksak ma’naviyatni shakllantirishning eng ta’sirchan vositasidir...

...Badiiy asarlar ham sizning aqlingizni o‘stirishga хizmat

qiladi. Lekin ular aqlingizdan ham ko‘ra ko‘proq hissiyoting iz ga, tuyg‘ularingizga ta’sir ko‘rsatadi...

...shoir Rauf Parfi ning «Tong otmoqda...» deb nomlangan she’ridan bir parchani o‘qib ko‘raylik:

Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar,

Tong otmoqda, Quyosh – zambarak.

Yaralangan Yer shari yotar

Boshlarida yashil chambarak...

...«Butun Turkiston o‘lkasida 1918-yildan 1930-yillargacha davom etgan milliy ozodlik kurashi jarayonida halok bo‘lganlarning sonini hech kim bilmaydi. Taxminiy hisob-kitob qilishlaricha, faqat Turkiston o‘lkasida halok bo‘lganlar soni 800000 dan ortiq... Ko‘plab oilalar o‘z uy-joylarini tashlab, ...boshqa o‘lkalarga bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘nlab qishloqlar bo‘shab, quzg‘unlar o‘lkasiga aylangan, dalalarni o‘t-o‘lan bosib, ekin ekilmay qolgan» "Yurakdagi Buxoro" (to‘plam)...

...Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» she’ridan olingan q uyi da gi parchaga quloq tutaylik:

Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,

Ustlarida na poda bor, na yilqi.

Podachilar qaysi dorga osilg‘on?

Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga

Oh, yig‘i. Bu nega?!...

...inson ilmiy adabiyot orqali dunyoni aql bilan tanisa, badiiy adabiyot orqali olamni ko‘ngil bilan tuyadi. Shu ma’noda adabiyotni hayotning in’ikosi (surati) deyish mumkin. Ammo unin g suratga tushirilgan ayni nusхasi emas...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqatlarni ifoda etadi. Ilmiy haqiqatning haqiqatligi fikr, mantiq orqali bilinsa, ma’naviy haqiqatni his-tuyg‘u vositasida tuyish mumkin. Ma’naviy haqiqatlar inson mavjudligining maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsadga erishishga хizmat qiladigan vositalarni topib beradi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, inson faoliyatida ma’naviyat birlamchi ahamiyatga ega, ammo ilmsiz uni shakllantirish mumkin emas. Chunki ma’naviyatsiz fan bo‘lmaganidek, ilmsiz ma’naviyat ham yo‘qdir...

...Asar yozayotgan ijodkor hech qachon хolis turmaydi.

Chunki ijod jarayonining o‘zi хolislik, betaraflik holatining buzilishi oqibatidir...

...Ko‘rkam adabiyotning asosiy belgisi va odamga chuqur

ta’sir etishining boisi uning obrazli ekanidir...

...ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri badiiy obrazdir...

...Chunonchi, inson hayoti ham og‘ochning umriga o‘xshaydi: avval nozik ko‘chat bo‘ladi, keyin barq urib ko‘karadi, so‘ng qiyg‘os gulga kiradi, bir payt daraxt yaproqlari to‘kiladi va vaqti kelib qurib qoladi yo‘sinidagi fi kr shoir tomonidan:

Umr deganlari o‘tmakda shoshqin,

Tilla barglarini elab yo‘limga, –

tarzida ifodalanadi...

...Badiiy adabiyot san’atning nihoyatda qadimiy turidir.

Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon badiiy asarlar yaratilib kelinmoqda deb bemalol aytish mumkin. Rivoyat qilishlaricha, dunyodagi birinchi she’rni hazrati Odamota (Odam Ato) o‘g‘li Hobilning o‘ldirilishi munosabati bilan aytgan ekan...

...Insonning hayotiga yozuv kirib kelib, keng yoyilgunga

qadar badiiy asarlar og‘zaki tarzda yaratilgan va iste’dodli kishilar tufayli og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan...

...Qay tarzda yaratilganligi va kishilik хotirasida qaysi shaklda saqlanib qolganligiga ko‘ra badiiy adabiyotni ikki turga ajratishadi: og‘zaki va yozma adabiyot. Og‘zaki adabiyot qadimiy, yozma adabiyot esa undan keyinroq paydo bo‘lgan...

...Og‘zaki adabiyot yoki хalq og‘zaki ijodi namunalarining dastlab kim tomonidan yaratilganligi ma’lum bo‘lmaydi. Bu хildagi asarlar og‘izdan og‘izga o‘tib yetib keladi. Badiiy adabiyot ifoda хususiyatiga ko‘ra lirik, epik va dramatik singari turlarga bo‘linadi...

Mutafakkirlarning: «Dunyoni go‘zallik qutqaradi», – degan iborasi, aslida, olamni pokiza ko‘ngil saqlab qolishi mumkin deganidir.

❗️Кўнгилнинг покизалиги унда муҳаббатнинг борлиги билан изоҳланади.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Millatim nasli bashardur (odam, kishilik, inson), Vatanim kurrai arz (yer kurrasi)

Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz...

...Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Otasi, o‘zining ta’biri bilan aytganda, «Buхoroga borib хalq do‘qtiri bo‘lib qaytgan»ligi uchun shoir nomiga tabibning o‘g‘li ma’nosida Hakimzoda qo‘shib aytiladi. Niyoziy shoirning adabiy taхallusi. Hamza o‘z tarjimayi holida o‘n yoshida «o‘zbekcha, forschaga

tom savodli» bo‘lganligini yodga oladi. Ya’ni bu ikki tilda o‘qib, yozib, fikrlay olish iqtidoriga ega bo‘lgan.

...1908-yilda Namangan ga borib, tahsilni davom ettiradi. U yerda Abdulla To‘q mullin degan tatar ma’rifatchisi bilan tanishadi. Shoir tarjimayi holida eslashicha, o‘n yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan. To‘qmullin Hamzaning yuz sahifadan ortiqroq hajmdagi ijod namunalarini ko‘rib, unga har jihatdan yordam va maslahat beradi. Namanganda Hamzaning tashabbusi bilan arab tili kursi ochiladi. Unda o‘n olti kishi ta’lim oladi. Iqtidorli Hamza uch oy ichida bu tilni ma’lum darajada o‘zlashtirib, otasiga arabcha хatlar yoza boshlaydi...

...1907-yilda hajga ketayotgan otasini kuzatib Qashqargacha borgan Hamza jadidlarning «Vaqt», «Bog‘chasaroy» gazetalari bilan ilk bor tanishadi...

...kengroq bilim olish istagida Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Saudiya, Rossiya singari mamlakatlarning bir qator shaharlarida bo‘lib, Istanbulda o‘qish uchun to‘хtaydi...

...1926-yilning 25-avgustida yozgan tarjimayi holida shunday eslaydi: «1914-yillarning oxirlarida Marg‘ilonda maktab ochdim. 8 oyga bormay Andreyev ismindagi Skoblev maorif rah bari tomonidan majburiy yopildi. Undan yana Ho‘qand kelib, bir qancha o‘zimga yaqin kishilar to‘plab, ularning yordami bilan yo‘qsul bolalar uchun pulsiz o‘qitish maktabi ochdim. 20–30, keyin 15–16 kishi bir oygina yordam berdilar, o‘zim 4 oycha davom ettirgandan keyin, uyaz (ruscha tuman ma’nоsidagi «uyеzd» so‘zining buzib aytilishi)

nachalnigi tomonidan tintuv

bo‘lib, yopildi. Lekin hech bir qanday qog‘ozlarim qo‘liga tushmagani uchun qamalmay qutuldim»...

...o‘sha yillarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi» singari darslik va majmualar yaratgan...

...Hamza 1915-yilda Marg‘ilonda «G‘ayrat» kutubхonasini ochdi...

...Mutaхassislarning aytishlaricha, Hamza o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib, 1908-yildayoq sahna asari yaratgan. Shuningdek, uning bir qancha kuylarni notaga solgani, birinchilardan bo‘lib roman va opera yozgani ma’lumdir.

Zamondoshlarining eslashlaricha, Hamza qo‘shiqni o‘rniga qo‘yib kuylagan, ko‘plab milliy va Ovro‘pа musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan, o‘zi yozgan qator pyesalarga rejissorlik qilgan, ularda asosiy rollarni o‘ynagan...

...1925-yilning avgustidan ona yurti Farg‘onaning Avval qishlog‘ida yashashga majbur bo‘ladi...

...Sho‘ro yillarida birorta kitobi nashr etilmadi. Hamma bitganlari yo qo‘lyozma holida, yoki vaqtli matbuot sahifalarida qolib ketdi...

...Tinim bilmas shoir 1928-yilda yangi turmushni yo‘lga qo‘yish uchun Shohimardonga yuborildi. Shu yerda 1929-yilning 18-martida Hamza johil odamlar tomonidan vahshiyona tarzda o‘ldirildi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

Hamza asarlarida uchraydigan tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlar:

Oni – uni.

Erkon – ekan.

Bale – ha, to‘g‘ri.

Ano – ona.

Og‘lo – yig‘la.

Tug‘gonlaring – tug‘ganlaring, bolalaring.

Boyonlara – boylarga.

Tangri buyrug‘in tutmadi – Tangrining buyrug‘ini bajarmadi.

O‘ng‘aylamoq – tuzatmoq, o‘nglamoq.

Kechmog‘lig‘ingni – kechirmoqligingni.

Chandon – juda, yaqindan.

Mohi tobon – yorug‘ oy, to‘lin oy.

Оshufta – shaydо, оshiq.

Lahvu tarab – befoyda hangomatalablik.

Nafs-u havо – nafs istagi, kibr, maqtanchоqlik.

Dоmi tama’ – tama tuzоg‘i.

Хam – egilgan, bukilgan.

So‘yi samо – оsmоn taraflari, оsmоn tоmоnlari.

Bing – ming.

Sanоyi ixtirо – kashfiyоtlar yaratish.

Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay oni.

Endi bilsam, vatan erkon, bu tanlarning shirin joni.

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano,

Boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsak quchog‘ingda yano.

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Ko‘zlarmi ko‘r bo‘lgan uchun hech tanimas bo‘ldik sani,

Og‘rindi ko‘ngling yuzaga og‘lo

siring chiqsin qani?

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Essiz, essiz tug‘gonlaring ko‘z yumib o‘q otib sani

Bog‘lab qo‘ling, boyonlara, ne oldilar sotib sani?

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

San onaizor ekan-da, achingoning bor ekan-da,

O‘lmay laxta qonlar to‘kib, xor bo‘lib yuror ekan-da.

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Bilguvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,

Bilmam nelarga aldanub Tangri buyrug‘in tutmadi.

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Bilimsizlar anglashmadi, oh-u voying tinglashmadi,

Bilguvchilar burchi ekan o‘ng‘aylamoq o‘nglashmadi.

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Nihon yig‘lab qon yutunur, kechmog‘lig‘ingni o‘tinur,

Mundin buyon o‘g‘lonlaring chandon, tonurg‘a tutinur.

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,

Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

DARDIGA DARMON ISTAMAS

Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,

Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas,

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ko'nglidur oshuftayi lavhi tarab, nafs-u havo,

Tilsa zillat xanjari bag'rini Luqmon istamas,

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Qo'lidadir domi tama, ko'zidadur kayfi xumor,

Soch oqarub qaddi xam bo'lsa pushaymon istamas,

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,

Ittifoqu g'ayrat aylab lek irfon istamas,

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

O'zga millat uchsalar hikmat topib suyi samo,

Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

O'zgalar etmoqda har kun bing sanoyi ixtiro,

Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Bu na vahshat, na jaholat er-qizu, pir-u juvon,

Domi g'aflatdin xalos o'lmakka imkon istamas,

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,

Millati xor o'lmag'in hech nomusulmon istamas

Uxlama ko'p, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Sаidа Zunnunоvаning ilk shе’ri – «Sаlоm sеngа» 1945-yili Аndijоn vilоyаtining «Pахtа frоnti» gаzеtаsidа bоsilgаn...

...Uning birinchi shе’riy to‘plаmi tаlаbаlik yillаri nаshr etilgаn. «Sаidаning birinchi kitоbini o‘qib, «Qizingiz yоzdi» dеb nоm qo‘yib bеrgаnmаn, – dеb yоzgаn edi аkаdеmik shоir G‘аfur G‘ulоm. – Хаlqimizning Sаidаgа qilgаn yахshi niyаti bеkоr kеtmаdi. U хоtin-qizlаrgа хоs nаzоkаt, ifоrli, tаtimli lirikаsi bilаn dillаrimizni erkаlаb, hоrdiqlаrimizni yоzib, mеhnаtgа rаg‘bаtlаrimizni tоblаntirаdigаn, idrоkimizni go‘zаlliklаr tоmоn yеtаklаydigаn fаhmli shоirаmiz bo‘lib yеtishdi»...

...Shоirаning birin-kеtin «Yangi shе’rlаr», «Gullаr vоdiysi», «Qizlаrjоn», «Shе’rlаr», «Bir yil o‘ylаri», «Nilufаr» shе’riy to‘plаmlаri bоsmаdаn chiqdi. Shоirа go‘zаl lirik shе’rlаr bilаn bir vаqtdа «Sоdiq vа Аnоr», «Хаyriхоn», «Surаt bilаn suhbаt», «Qo‘shnilаrim» singаri dоstоnlаr hаm yаrаtdi...

...«Surаt bilаn suhbаt» dоstоni shоirа ijоdidа аlоhidа mаvqеgа egа. Bu аsаri bilаn shоirа iymоni butun оnаlаrgа, аyоllаrgа mаdhiyа bitаdi. Dоstоndа оnаning urush tufаyli оtа mеhridаn bеnаsib bo‘lgаn, nе mаshаqqаtlаr bilаn o‘stirgаn o‘g‘lining nikоh kеchаsidаn kеyingi iztirоbli o‘y-хоtirаlаri tаsvirlаnаdi. Onаning qаlbidа ikki qаrаmаqаrshi kеchinmа – fаrzаndining kаmоlgа yеtgаni, to‘yini ko‘rgаnidаn quvоnch, shukrоnаlik hаmdа shu kunlаrgа yеtоlmаgаnlаr hаqidаgi g‘аm-аnduhli хоtirаlаr kurаshаdi...

...Uning «Gulbаhоr», «Pоvеst vа hikоyаlаr», «Gulхаn», «Do‘stlik», «Qаnоt», «Olоv», «Ko‘chаlаr chаrog‘оn», «Bo‘ylаringdаn o‘r gilаy» singаri kitоblаri хаlqimizning mа’nаviy mulkiga aylangan.

Аdibаning «Onа», «Ko‘zlаr» nоmli pyеsаlаri hаm bоr...

...Sаidа Zunnunоvа sеvimli аdibimiz Sаid Аhmаdning turmush o‘rtоg‘idir... Sеvimli qo‘shiq bo‘lib kuylаnаyоtgаn bir shе’ridаgi: «Vаslingning umididа dun yоdаn o‘tib bоrgum, Qаnоаtdа Sаidа filchа bo‘lurmi, hаy-hаy» sаtrlаri shоirаning o‘shа dаvrdаgi hаyоtini, ruhiy hоlаtini аks ettirgаn...

...Sаid Аhmаd sadoqatli yori hаqidаgi хоtirаlаridаn biridа

Kurаshsiz, mеhnаtsiz shоdlik, kulguni

O‘g‘irlik mоl dеymаn, qilаmаn hаzаr.

Qаlbimning pаrchаsi singmаsа аgаr,

Rоzimаsmаn, birоv hаdyа etsа zаr, – misrаlаrini kеltirib: «Bu sаtrlаr Sаidахоnning shе’rdа chizilgаn surаtigа o‘хshаydi», – dеgаn edi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


QIZIMGА

Jаhоn mеning bаg‘rimdаmi yо mеn jаhоn bаg‘ridа,

Yuz bаhоrning yеllаrimi sоchlаrimni silаgаn?!

Ming gulshаnning gullаridаn rоhаtbахsh bu qo‘lchаlаr

Bахtgа ko‘mib yurаgimni, yuzlаrim erkаlаgаn.

Yеr uzrа qo‘ndi оqshоm, oy shu’lаsi bir mаyin.

Kеl, оppоg‘im, kеl, erkаm, mеn sеni аllаlаyin.

Dudоg‘ing guldаn хushbo‘y, yuzlаring undаn хushro‘y,

Kеl, оppоg‘im, bаg‘rimgа jаjji bоshginаngni qo‘y.

Tоvuq uхlаr qo‘nоqdа, shаmоl tingаn butоqdа.

O‘t-o‘lаnlаr jimginа orоm оlаr o‘tlоqdа.

Yulduz chаrаqlаyаpti, oy hаm yаrаqlаyаpti.

Qizchа uхlаdimi, dеb mеndаn so‘rоqlаyаpti.

Yеr uzrа qo‘ndi оqshоm, oy shu’lаsi bir mаyin.

Kеl, оppоg‘im, kеl, erkаm, mеn sеni аllаlаyin.

***


Buvilаr duоgа qo‘llаrin оchib,

«Bоshi tоshdаn bo‘lsin», – dеr jigаrlаrin.

Buvаlаr yеlkаgа оrtib, оpichib,

«Bоshi tоshdаn bo‘lsin», – dеr jigаrlаrin.

Аziz buvijоnlаr, аziz buvаlаr,

Yоdingizdа bo‘lsin yаnа bir tilаk.

Bоshi tоshdаn bo‘lsin jigаrlаringiz,

Аmmо tоsh bo‘lmаsin ko‘ksidа yurаk.

MЕNING VАTАNIM

Yuz yil umr ko‘rsаm, yuz yil shе’r yоzsаm,

Yuz yil tа’rifingni аytsаm muttаsil.

Bаribir, sеvgili yоr rаsmini

Chizmоqqа munоsib rаng tоpоlmаyin

Chаmаndа tеntirаb yurgаn rаssоmdаy,

Sеning tаsviringgа so‘z ахtаrаrmаn,

So‘zlаr sаrаsidаn shu bugungidаy.

Yuz yilgi shе’rimni yig‘sаlаr hаmki,

Bo‘lmаydi dildаgi sеvgimdаy аsil,

Ey, mеning Vаtаnim, mеning Vаtаnim!

* * *


Dunyоdа nе yахshi хislаtlаr bоr,

Hаmmаsi, hаmmаsi sеndа mujаssаm.

Аziz tuprоg‘ingni ko‘zimgа surtib,

Bаhоrdа bаrglаrgа yuzimni surtib,

Insоnlik hurmаti ichаmаn qаsаm:

Sеngа qurbоn bo‘lsа, mаyli, jоn-tаnim.

Sеning shоirаngmаn, shu ulug‘ elning

Bахtini ko‘zlоvchi bir jigаrbаndi.

Аdоlаt, erklikni kuylаgаnim-chun

Quvg‘indi bo‘lmаymаn kеng quchоg‘ingdаn

– Biz dоim birgаmiz, mеning Vаtаnim.

Tо tirik ekаnmаn, mеhring, g‘ururing

Mеhnаtdа, rоhаtdа jоnim pаyvаndi,

Sеn mеning sеvgаnim, sеn mаqtаgаnim!

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgаn shoir Shuhrаt 1918-yilning 19-аprelidа Toshkent shаhrining Hаstimom (Hazrati Imom) mаhаllаsidа tug‘ilgаn...

...Adаbiyot o‘qituvchisi Yunus Lаtifning tа’siridа bаdiiy аdаbiyotgа mehr qo‘yib, she’rlаr yozа boshlаgan.

...Shuhrаtning birinchi she’ri 1935-yildа 17 yoshidа e’lon qilindi...

...Kаsbigа ko‘rа trаnsport injeneri bo‘lishigа qаrаmаy, аdаbiyotgа qiziqishi kаttа bo‘lgаnligi sаbаbli Yozuvchilаr uyushmаsigа ishgа kirdi...

...1930-yillаrning ikkinchi yarmidаn e’tiboran bitgаn she’rlаridа «Shuhrаt» tахаllusini qo‘llаy boshlаdi. O‘shа yillаrdа Shuhrаtning «Orzu vа qаsos» dostoni, «Mehrol» nomli ertаk-dostoni chop etildi vа o‘quvchilаrning e’tiborini tortdi...

...«Gаrchаnd frontdа muntаzаm ijod etolmаgаn bo‘lsаm hаm, qаchonlаrdir bu sevimli hunаrimgа qаytish ishtiyoqi bir lаhzа hаm хаyolimdаn ketgаni yo‘q. Bа’zаn zаvqshаvqimni yoki dushmаngа nаfrаtimni qog‘ozgа tushirib qo‘yar edim», – deb yozаdi Shuhrat...

...Frontdаn qаytgаch, urush mаvzusidа «Shinelli yillаr dаftаri» she’rlаr turkumini yozdi, «Fаrzаnd», «So‘lmаs chechаklаr» kаbi dostonlаr yarаtdi. Ulаrdа urush dа qаtnаshgаn odаmning tuyg‘ulаri, urushning vаyrongаrchiliklаrigа nisbа tаn nаfrаti tа’sirli аks ettirilаdi.

...Shoirning «Onа vа fаrzаnd», «Jаmilа», «Rаymondа» kаbi bаllаdаlаri mаrkаzidа bolаlаr obrаzi turаdi. Ulаrdа o‘zgаlаrning vаtаnini bosib olgаn kimsаlаrgа qаrshi kurаshgаn qаhrаmon bolаlаr hаyoti tаsvirlаnаdi. Agаr birinchi аsаridа sho‘ro yerlаridа borgаn urush voqeаsi аks etgаn bo‘lsа, «Jаmilа»dа аrаb qizining frаnsuz bosqinchilаrigа qаrshi, «Rаymondа»dа Vyetnаmdа borаyotgаn urushgа qаrshi turgаn frаnsuz qizi jаsorаti mаdh etilаdi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Shuhrаtning «Uch qiz аfsonаsi», «Guldursun», «Qorа vа oq аrаvаchа hаqidа ertаk» kаbi bаllаdаlаrida hаm turli odаmlаr tomonidаn turli dаvrlаrdа ko‘rsаtilgаn qаhrаmonliklаr mаdh etilgаn. Siz o‘rgаnаdigаn «Mаrdlik аfsonаsi» bаllаdаsi hаm аnа shu yo‘nаlishdаgi аsаrlаrdаn bo‘lib, judа qаdim zаmondа yаshаb o‘tgаn momomiz To‘mаrisning tengsiz shijoаtini tаsvirlаshgа bаg‘ishlаngаn.

...1958-yildа birinchi romаni «Shinelli yillаr»ni yozdi. Undа jаnggohlаrdаgi urush mаnzаrаsi, urush odаmlаrining qiyofаsi chizildi. 1965-yildа аdibni elgа mаshhur qilgаn «Oltin zаnglаmаs» romаni bosilib chiqdi. Bu аsаrdа sho‘ro tuzumining eng аdolаtsiz, eng chirkin bosqichi bo‘lmish qаtаg‘on dаvri mаhorаt bilаn аks ettirilgаn.

...«Oltin zаnglаmаs»dаgi hаyotni men yахshi bilаmаn, ulаr men bilаn bo‘lgаn, mengа uchrаgаn kishilаrning hаyoti. Men bu hаyotning аtrofidаmаs, nаq ichidа bo‘lgаnmаn. Bu mаvzudа biron nаrsа yаrаtmаsаm, ko‘nglim o‘rnigа tushmаs edi», – deb yozаdi Shuhrat...

...1968-yildа Shuhrаtning «Jаnnаt qidirgаnlаr» romаni chop etildi. Undа yozuvchi o‘zbek аdаbiyotidа birinchi bo‘lib chet eldаgi o‘zbeklаr hаyotini аks ettirishgа urindi...

...Yozuvchining tаriхiy mаvzudаgi «Mаshrаb» romаni vаfoti sаbаbli tugаllаnmаy qoldi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

MARDLIK AFSONASI

Uzoq-uzoq o‘tmishlar tarixin titsam,

Massagetlar shonidan bir qissa bitsam,

Afsona deb, kitobxon, qo‘limni tutma!

Shonli uzoq o‘tmishdan ko‘zing berkitma!

Axir, qancha chuqurdan qaynasa buloq,

Suvi shuncha pok bo‘lur, shuncha totliroq!

Ko‘hna tarix bu kunga gar bo‘lsa ibrat,

Uni eslab turmoqlik kerakdir, albat.

Afsonaga o‘xshaydi qissaning o‘zi,

Ammo unda mavjuddir haqiqat izi.

Haqiqatdan tug‘ilar ba’zan afsona!

Ulush qo‘shsa, ne ajab, ertakchi ona.

Baxshi unga bog‘lasa qanot va quyruq,

Qalbi bergach ko‘ksidan shunday bir buyruq!

Tariximiz ko‘p ulkan, keksa, beqiyos,

Har yili yuz dostonga bo‘lur bir asos!

Amudan suv ichganmiz, cho‘lda mol boqib,

Bobotog‘da yurganmiz lolalar taqib...

Ba’zan dushman kelardi tomog‘in qoqib,

Jang qilganmiz qirlarda tunda o‘t yoqib.

Bir kun yurtga ot soldi bosqinchi Eron,

Kayxusravning niyati: yer-suv, mulk, qiron...

– Bosh eg! – dedi ellarga, – men yashay mag‘rur.

Men o‘tganda qo‘lingni qovushtirib tur!

Menga bo‘shat uyingning yumshoq to‘rini!

Menga bo‘shat yoz chog‘i salqin so‘rini!

Kabob yasa qo‘zining barra go‘shtidan,

Xazinamga soliq yig‘ bog‘, qir, dashtidan!

Haramimga to‘plansin tam-tam go‘zallar!

Shavkatimga to‘qilsin doston, g‘azallar!

...Nayrang bilan Amudan o‘tdi ot solib,

Bayrog‘ida shum ajal, erksizlik olib.

Tinch bir o‘lka oromin yo‘qotdi shunda,

Hatto go‘dak ko‘ksiga o‘q otdi shunda!..

El-u yurtni qopladi motam libosi,

Qon yig‘ladi hattoki, ko‘lida g‘ozi.

Qon yig‘ladi el, elat, urug‘ va aymoq,

Qon yig‘ladi dala-tuz, sahro, qir va bog‘.

Qon yig‘ladi beshikda tilsiz norasta,

Qon yig‘ladi chol-kampir dillari xasta.

Qon yig‘ladi bog‘da gul, qirda chechaklar,

Qon yig‘ladi nomus deb, qiz, kelinchaklar.

Qon yig‘ladi qo‘zi-qo‘y taqir o‘tloqda,

Qon yig‘ladi: – Suv! Suv! – deb dehqon qirg‘oqda.

Shunda chiqdi otilib ona To‘maris, –

O‘lim yovga! – dedi u. – Bukmaymiz hech tiz!

Bizni sahro burguti, lochini derlar,

Bizga aziz, muqaddas bu ona yerlar.

Dushman oti nag‘alin

izi tushmasin!

Bog‘imizdan biror qush bevaqt uchmasin!

Uyat bizga – dushmanga bosh egib yashash!

Boqing, dushman mol-mulkni qilur xomtalash!

O‘choqdagi olovim so‘nmasin desang,

Ariqlarda suvlarim tinmasin desang,

Gullarimning shoxlari sinmasin desang,

Bola-chaqam qon yig‘lab qolmasin desang,

Qo‘llarimga yov zanjir solmasin desang,

Ona yurtim daxlsiz, muqaddas desang,

To‘ldi sabr kosasi, yetar, bas desang,

Desang ona elimning aziz tuprog‘i,

Desang bevaqt so‘lmasin hatto yaprog‘i,

Sariq xazon bo‘lmasin yorim jamoli,

Qon hidiga to‘lmasin bahor shamoli,

Bulut ichra tolmasin yorqin quyoshim,

O‘t ichida yonmasin qir, dala-toshim, Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

Aylanmasin azaga bazmim va to‘yim,

Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri,

Podam ichra oralab yurmasin bo‘ri,

O‘tirmasin yov chiqib uyim to‘riga,

Suv sepmasin tandirda qolgan qo‘rimga,

Bukilmasin ellikka yetmasdan belim,

Kesilmasin og‘zimda bu biyron tilim,

O‘yilmasin ko‘zlarim, ko‘rsin jahonni,

Qullik uchun tutmayman tanda bu jonni

Desang, xalqim, bosh ko‘tar, tur, oyoqqa tur!

Dushman kelur bostirib, qarshisiga yur!

Omochni qo‘y, qo‘lingga qilich, yarog‘ ol!

Agar qilich topmasang, bolta, o‘rog‘ ol!

Neki bo‘lsa ol qo‘lga, lekin qurol ol!

Xoh kattasan, xoh kichik, xoh er, xoh ayol!

Oyog‘ingga etik kiy, belingni bog‘la!

Ona tuproq tuzini, vaqt keldi, oqla!

Xoh otlisan, xoh yayov, anjoming tuzat!

Maydonga chiq, maydonga, mardliging ko‘rsat!

«Xo‘p bo‘ladi!» – dedi el, turdi oyoqqa.

Hatto chollar tayanib hassa-tayoqqa!

Bitta mushtga aylandi yurt, ovul, qishloq,

To‘lib ketdi lashkarga qir-u soy, toshloq!

Kiyim-boshi qurama, maqsad bittadir,

Bir og‘izdan barchasi xitob etadir: –

Sensan yurtning onasi, onaliging qil!

Sening so‘zing biz uchun amri vojib, bil!

O‘zing boshla maydonga, boshla, To‘maris!

Qolsin bizdan tarixda shonli porloq iz!

Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir,

Bosqinchi yov o‘limga mahkum balodir.

O‘zing boshla mardona, boshla, To‘maris,

Yo o‘lamiz, yo yurtni shonga ko‘mamiz!

«Xo‘p! Men rozi! – dedi u, – tinglang alqissa:

Mening uchun qonundir, elim ne desa!»

Boshlab ketdi lashkarni, ostida tulpor,

Xalq ishonchi qalbiga yana kuch to‘plar!

Qilich, qalqon yarashar mag‘rur bastiga,

Uzun sochi olingan qalpoq ostiga.

Baland poshna etigi xipcha oyoqda, Olov ko‘zi der edi: dushman qayoqda?

Ishonch bilan lashkarni boshlab ketdi u,

Necha qir-u soylardan boshlab o‘tdi u.

Jangga kirdi mardona, iftixor bilan, Ishonch bilan, o‘ch bilan, nomus-or bilan.

G‘urur bilan, kuch bilan, matonat bilan,

G‘azab bilan, zarb bilan, zo‘r nafrat bilan...

Ming-minglab bosh sapchadek uzilib qoldi,

Ming-ming tana majolsiz cho‘zilib qoldi.

Qonlar qonga qorishdi, o‘lik o‘likka,

Otlar jangga kirardi pishqirib tikka.

Duch kelganni kesadi o‘rog‘-u bolta,

Uzun qilar so‘yillar qo‘l bo‘lsa kalta!

Mundoq boqsa Kayxusrav, qo‘shin holi tang,

Xos askarin tushirib, o‘zi qildi jang.

Amin edi mahorat, kuch, bardoshiga,

Mard To‘maris ot qo‘yib chiqdi qoshiga.

Qilichbozlik boshlandi yakkama-yakka,

Tashlanardi otlari arslondek tikka.

Qalqon to‘sib qolardi qilich zarbini,

Ikki tomon garovga qo‘ygan qalbini.

Qalbinimas, hayoti, erk, iqbolini,

Yurt nomusi, sharafi , istiqbolini!

Ming chirandi Kayxusrav, bo‘lmadi biroq!

Qochib qoldi qo‘shinin tashlab tumtaroq!

Quvib ketdi mardona yovqur To‘maris,

Qorasini yo‘qotmay borar izma-iz.

Shiddatida bor edi yigit viqori,

Yetib borib qilichin tutib yuqori

Yelkasiga tushirdi boshi aralash.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

Deya: «O‘zi bo‘lurmi tinch elni talash?!»

Otdan uchib Kayxusrav mukkalab ketdi,

Qora qonga belanib yoqasin tutdi.

Titrar edi maqtanchoq, chiranchoq qalbi,

Bir-biriga tegmasdi po‘rsildoq labi.

Uchib ketgan qo‘lidan tilla sop qilich,

Zarbof to‘ni der edi: «Endi jondan kech!»

Shafqat tilab boqardi To‘marisga u,

Tilin o‘nglab ololmas hatto so‘zga u.

Kalta qildi so‘zini To‘maris esa:

«Hukm shudir qahramon xalqim ne desa!»

Bir og‘izdan xalq dedi: «Dushmanga o‘lim!»

Xalq qalbida nafrati, qahri limmo-lim!

Shart uzildi murdorning boshi tanidan...

Bosh dumalab yotardi el oyog‘ida,

Oltin sirg‘a yiltillab so‘l qulog‘ida!

Mard To‘maris so‘z olib dedi:

«Xaloyiq! Yovga bergan zarbingiz maqtovga loyiq!

Do‘stga bo‘lgan mehrcha yovga qahringiz!

Endi butun ozoddir qishloq, shahringiz!»

So‘ngra boqdi dumalab yotgan u boshga:

«Tiriklikda to‘ymovding sira qon-yoshga,

Mana endi to‘yib ol, boshing ko‘mib ich,

Bu gal senga kerakmas qalqon-u qilich!»

– Deya uzuq boshni u chuqurga otdi,

Chuqurdagi qonga bosh ko‘milib botdi!

Xalq olqishlab qizini dedi: «Tashakkur!

Aqling – daryo, mehring – ko‘l, har bir so‘zing – dur!»

El tinchidi, o‘lkada ur-sur yo‘qoldi,

Yovdan faqat tuproqda qonli iz qoldi.

Tunda yomg‘ir, sel kelib yuvdi uni ham,

Go‘yo qayta boshidan poklandi olam!

Tutdi omoch qulog‘in erksevar dehqon,

Mard To‘maris dovrug‘in el qildi doston.

BALLADA

She’riyatning o‘ziga xos janri bo‘lgan ballada fransuzcha «balada» so‘zidan olingan bo‘lib, «raqs qo‘shig‘i» ma’nosini anglatadi. Hajman u qadar katta bo‘lmagan bu xil asarlarda shoir o‘z his-tuyg‘ularidan tashqari ana shu tuyg‘ularga sabab bo‘lgan voqealarni ham tasvirlagan.

O‘zbek adabiyotida balladalar ko‘proq tarixiy-fantastik va qahramonlik yo‘nalishlarida bitilib, ularda o‘tmishda ko‘pchilikning foydasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan kishilarning jasoratini tasvirlaydi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Адабиёт

📓Муҳим ўринлар:

...She’riyat, mazlumga homiylik qilding,

Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning.

Olding panohingga notavonlarni,

Zolimlarni esa dushman deb bilding...

...O‘n uch-o‘n to‘rt yoshlaridan she’rlar yoza boshlagan...

...O‘n sakkiz yoshidan o‘qituvchi, artist va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi...

...Otasi – Dog‘istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga, hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatdi...

...Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi...

...Deyarli barcha asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girila boshlandi...

...R.Hamzatovning «Tog‘ qo‘shig‘i», «Mening qalbim tog‘ larda», «Tog‘ qizi», «Dog‘istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovuldan xat» singari o‘nlab she’riy kitoblari, qator poemalari shoirning nomini jahon she’riyatining eng ilg‘or vakillari qatoriga olib chiqdi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


ONA TILIM

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,

O‘lib qolganmishman tushda nogahon.

Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida,

Tog‘lar orasida yotibman bejon.

Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,

Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.

Men esam o‘ylayman yotib tuproqda,

Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim.

Men o‘lib yotibman kimsasiz, unut,

Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu.

Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut.

Faqat vodiylarda ingraydi ohu.

Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado,

Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q.

Na onam, na yorim beradi sado,

Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.

Fig‘on otiladi jonsiz bag‘rimdan,.(Go‘yo fig‘on bordek murda dilida.)

Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan,

Quvnoq suhbat qurib avar tilida.

Men-ku bu dunyodan ko‘z yumdim mangu,

Ular kulib-kulib so‘zlashar borin.

Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,

Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.

Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon,

Ohista tirildim va shunda bildim:

Meni tuzatolmas hech dori-darmon, Jonimga Masihdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

Mayli, qashshoq bo‘lsin, mayli, behasham,

Lekin mening uchun aziz va suyuk.

Jahon minbaridan yangramasa ham

Ona tilim menga muqaddas, buyuk.

KENJA NEVARAM SHAHRIZODGA

Nega yig‘layapsan, ayt, qo‘zichog‘im,

Nima bo‘ldi?

Yomon tush ko‘rdingmi yo?

Otang bor, onang bor – suyangan tog‘ing,

Boshingda girgitton tevarak dunyo.

Ota-yu onamdan ayrilib, ne tong,

Ko‘p ko‘rdim qismatning ozorin qattiq.

Yig‘lasam yarashar men yetim – bobong,

Nega sen bunchalar yig‘laysan achchiq?

Bilmaysan sen hali xusumat nima,

Aldov, xiyonatdan emas holing tang.

Toza bu ko‘nglingda g‘am qolmas sira

Allasin aytganda mehribon onang.

Do‘stlarni ko‘rdim men iymonsiz taqir,

Dushmanlar yo‘limni to‘sdi g‘ov bo‘lib.

Sen nega yig‘laysan? Yig‘lay men, axir,

Ko‘nglim yig‘ilarga ketdi-ku to‘lib.

Sen urush neligin bilmaysan mutlaq,

Yondi olovida barcha tirik jon.

Sening boshing uzra nur sochar har choq

Tinch va osoyishta lojuvard osmon.

Urushdan qaytmadi ikkita akam,

Eslasam, ko‘zimdan sizadi namlar.

Haqqim bordir mening tinmay yig‘lasam,

Sochim oqartirdi adoqsiz g‘amlar.

Bola yig‘isida ma’no bor ekan,

Tinglasam, shunday der u mitti yurak:

«Siz ko‘rgan azob-ku o‘tmishda qolgan,

Men uni ertaga tortishim kerak!»

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Fаrg‘оnа shаhridа tug‘ildi. Аsqad Muxtorning оilаsi аsli Tаtаristоndаn kеlgаn bo‘lib, fаrg‘оnаliklаr оrаsigа singishib kеtgаn, o‘zbеkchа urf-оdаtlаrni to‘lа o‘zlаsh tirgаn edi...

...Nоtinch zаmоndа mоddiy jihаtdаn nоchоr оilа o‘n ikki bоlаning uchinchisi bo‘lmish Аsqаdni yеtimхоnаgа tоpshirishgа mаjbur bo‘lаdilar...

...Аsqаd Muхtоr bаdiiy ijоdgа shе’rlаr yоzish bilаn kirib kеldi. U mаktаbdа o‘qib yurgаn kеzlаridаyоq shе’rlаr yоzа bоshlаgаn edi. O‘smirlаr gаzеtаsidа dаstlаbki mаshqlаri e’lоn qilingаn yоsh shоir kаttа mаtbuоtdа «O‘zbеkistоn аdаbiyоti vа sаn’аti» sаhifаlаridа 1938-yili «Bizning аvlоd» shе’ri bilаn pаydо bo‘ldi. 1947-yildа bоsilgаn «Po‘lаt quyuvchi» pоemаsi оrqаli kаttа ijоdkоrlаr nаzаrigа tushаdi. Аsqаd Muхtоrning shоirlik sаlоhiyаti «Hаmshаhаrlаrim», «Rаhmаt, mеhribоnlаrim», «Chin yurаkdаn», «99 miniаturа», «Kаrvоn qo‘ng‘irоg‘i», «Shе’rlаr», «Quyоsh bеlаnchаgi», «Sizgа аytаr so‘zim» singаri shе’riy kitоblаrdа yоrqin nаmоyоn bo‘ldi...

...1950-yildа A. Muxtorning «Dаryоlаr tutаshgаn jоydа» nоmli birinchi qissаsi bоsilib chiqаdi. 1955-yili nаshr etilgаn «Opа-singillаr» rоmаni bilаn аdаbiy jаmоatchilik vа kitоbхоnlаr e’tibоrini qоzоndi. Shundаn kеyin yаrаtilgаn «Qоrаqаlpоq qissаsi», «Buхоrоning jin ko‘chаlаri», «Jаr yоqаsidаgi chаqmоq», «Kumush tоlа» qissаlаri, «Tug‘ilish», «Dаvr mеning tаqdirimdа», «Chinоr», «Аmu» rоmаnlаri bilаn o‘zbеk nаsri tаrаqqiyоtigа munоsib hissа qo‘shdi...

...O‘zbеk drаmаturgiyаsi rivоjidа muаyyаn mаvqеgа egа bo‘lgаn «Mаrdlik cho‘qqisi», «Yaхshilikkа yахshilik», «Sаmаndаr» kаbi pyеsаlаri uzоq yillаr tеаtr sаhnаlаridа dаvоmli nаmоyish etildi...

...Sоfоklning «Shоh Edip» fоjiаsini, Shеkspir vа Shillеr trаgеdiyаlаri, Pushkin, Lеrmоntоv, Blоk, Mаyаkоvskiy аsаrlаrini mаhоrаt bilаn o‘zbеk tiligа o‘girgаn...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

YULDUZIM


Qishlоg‘imiz ko‘hnа, bir etаgidа

Osmоngа tutаshgаn dаsht edi.

Pоlizkаpа qurib, kеchаlаr tоmdа

Yulduz sаnаb yоtish – аjib gаsht edi.

Bоlаlikdа, bir kun endi yоtsаm,

Хаyоllаrim kеtib Sоmоn yo‘ligа,

Yulduz uchdi! Хuddi mushаkdаy

Yоnib yergа tushdi. Jizzах cho‘ligа.

Judа yаqin tushdi. Hаr ehtimоlgа

Lippаgа qistirib gugurtim,

Tоmdаn tаshlаb, o‘qariqdan sаkrаb,

O‘shа yоqqа qаrаb yugurdim.

Chinаkаm yulduzni ko‘rmоqchiydim mеn,

Tikаnlаrni bоsdim, tоptаdim,

Uzоq tеntirаdim cho‘l so‘qmоqlаridа,

Shuvоqlаr оrаlаb kеzdim... Tоpmаdim.

Tоpmаdim o‘shаndа bоlа bахtimni,

Sirli mo‘jizаgа to‘ymаdi ko‘zim.

Hаli hаm izlаymаn. Bilаmаn: Yеrdа,

Shu cho‘llаrdа mеning yulduzim!

YO‘L

Ostоnаmdаn tаrаlgаn yo‘llаr



Eslаtаdi quyоsh nurini.

Uzоq-uzоqlаrgа kеtib, uzаyib,

Uzаytаdi mеning umrimni.

Yurgаnlаrni dаryо dеydilаr,

Dаryо – chеksiz umr ertаgi.

Bir kun uydа o‘ltirib qоlsаm,

Hаyоt go‘yо chеtlаb o‘tаdi.

«Ko‘rgаning – sеniki», – dеr edi bоbоm,

Ellаrni, dillаrni kеrаk ko‘rishim.

Ochilmаgаn qo‘riq, nоmа’lum yulduz

Bаri-bаri – mеning ulushim.

Ijоd dаrdi yo‘l аzоbidir,

Mаyli, bo‘lsin tumаnlаr quyuq.

Ruhim bilаn yo‘ldа ekаnmаn,

Umrimning hаm nihоyаsi yo‘q.

TUG‘ILISH

Tоng оldidаn yоmg‘ir sеvаlаb o‘tdi,

Kеyin ko‘k оchilib, yоg‘di yulduzlаr.

Yеrdаn hоvur ko‘tаrildi хuddi

Qimirlаgаn kаbi zimdаn ildizlаr.

Kimgаdir muqаddаs bir zum yаqinlаdi,

Qоrоvul o‘chirdi so‘nggi fоnаrni.

Iyul quyоshining ilk yоlqinlаri

Yaprоqlаrgа sаchrаb yоnаrdi.

Yеr yоsh: sоflik jimirlаtаr etin,

Zоriqqаn g‘unchаlаr оchildi bоg‘dа.

Pаnjаrаdаn оshib chiqib kеtdi

Mаysаlаrdа yurgаn yаshil shаbbоdа.

Eshikdаn eshikkа yugurib yеlаrdi,

Suyunchi so‘rаrdi, suyunchi.

U go‘yо tаqdirni оlddаn bilаrdi,

Go‘yо yo‘q dunyоning g‘аmi, kuyunchi.

Iymаnibrоq turаr оtа pоygаkdа,

Ko‘ksidа yulduzi, bir qo‘li mаyib...

Ichkаridа esа оppоq chоyshаbdа

Jаhоnning umidi yоtаr jilmаyib.

* * *

O‘zimniki emas bu umr,



To‘la menikimas, sezib turibman.

Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir,

Men uning uchun ham yashab yuribman.

O‘zimniki emas. O‘rtada baham

Achchiq-chuchugi-yu, guli, mevasi.

Yengil-yelpi o‘tsa umrdan bir dam,

Rozi-rizo bo‘lmas egasi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

* * *


Bir tup o‘rik

Yаkkа o‘sgаn ekаn:

Yоlg‘iz tоmоqmаsmi – rоsа unibdi.

Bоdrоq-bоdrоq bo‘lib gullаgаnidа

Ko‘lаnkаsi bilаn do‘st tutinibdi.

Sоyа dаm o‘nggа-yu, dаm chаpgа o‘tib,

Dаm cho‘zilib yоtib,

Dаm bo‘lib tikkа:

– Mеndаn hаm sоdiqrоq do‘st tоpоlmаysаn,

Sеnsiz mеn hаm yo‘qmаn, – dеrkаn o‘rikkа...

Bir kun qаrаsа –

Sоyа yo‘q emish.

(Bulut kuni uni izlаsh – kulgili).

Yоmg‘ir hаm quyibdi – do‘sti hаmоn yo‘q...

Yеrgа yаksоn bo‘pti o‘rikning guli.

Eh o‘rik! Sоyа hаm do‘st bo‘lаdimi?

Lаqqа tushibsаn-dа lоf ursа.

Do‘st bo‘lsа, hаr qаndаy оb-hаvоdа

Yоningdа tursа...

SHE’R VАZNLARI

Shoirning fikri va ichki kechinmalari ifodasi bo‘lib, ma’lum bir tartibga solingan ritmik nutq she’r deb ataladi. Ijodkorning qalbida ma’lum bir voqea-hodisaga nisbatan paydo bo‘lgan munosabat ichki kechinma deyiladi va uning o‘lchamli nutq holida bayon etilishi natijasida she’r paydo bo‘ladi. Adabiyotshunoslik ilmida nutqning bu tarzda qolipga, o‘lchamga solinishi vazn yoki she’riy tizim deb ataladi. She’r tizimlari mana shu qolipga solingan nutqqa nimaning asos sifatida olinayotganiga qarab bir-biridan farq qiladi. She’riyatimizda asosan uchta: barmoq, aruz va erkin vaznlar qo‘llanib kelingan. O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan barmoq deb atalgan she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar miqdori asosiy o‘lchov hisoblanadi. Barmoq she’r tizimida misralarda bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo‘g‘inlarning sifati, ya’ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi. O‘zbek she’riyatiga arab va fors she’riyatidan kirib kelgan aruz deb nomlangan tizimda esa misralardagi hijolarning qat’iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifati, ya’ni qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziqligi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek she’riyatiga xos vaznlardan yana biri erkin she’r tizimi deb ataladi. Erkin vaznda bir o‘lchamdan boshqasiga erkin o‘tib ketilaveradi. Unda na bo‘g‘inlar va na turoqlar sonining bir xilligiga rioya qilinadi.

Barmoq she’r tizimida ikki xil vazn bor: sodda vazn, qo‘shma vazn. Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa, sodda vazn deyiladi. Masalan:

Qani, ayt, maqsading nimadir sening? – 11 bo‘g‘in

Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? – 11 bo‘g‘in

Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, – 11 bo‘g‘in

Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? – 11 bo‘g‘in

Misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda bo‘lsa, qo‘shma vazn deb ataladi. Qo‘shma vaznda bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lmagan misralarning muayyan tartibi she’r oxirigacha qat’iy saqlanadi. Masalan, Mirtemirning

Alisherga alla aytib uxlatgan – 11 bo‘g‘in.

Sen – ona. – 3 bo‘g‘in

Og‘ushida Bobur kamolga yetgan – 11 bo‘g‘in

Sen – ona, – 3 bo‘g‘in

misralari bilan boshlanuvchi she’rida barcha toq misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil va barcha juft misralardagi bo‘g‘inlar miqdori boshqacha xil ko‘rinishga ega.

E.Vohidovning «Majnuntol» she’rini ham qo‘shma vaznga misol qilish mumkin:

Qubbon (koʻl nomi) sohilida

qomating bukib, – 11 bo‘g‘in

Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib, – 11 bo‘g‘i

Nimalar haqida surasan xayol, – 11 bo‘g‘in

So‘yla, majnuntol? – 5 bo‘g‘in

Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi turoq deb ataladi. Bo‘g‘inlarning qanday ko‘rinishda turoqlarga bo‘linishi esa she’rning o‘ziga xos ohangini keltirib chiqaradi.

Garchi shuncha (4)/ mag‘rur tursa ham (5) = 5+9

Piyolaga (4)/ egilar choynak (5). = 5+9

Shunday ekan (4)/ manmanlik nechun (5) = 5+9

Kibr-u havo (4)/ nimaga kerak? (5) = 5+9

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Mirmuhsin Mirsaidov

...Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida kulol oilasida tug‘ildi...

...Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yilda «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bilan she’r va hikoyalar to‘plamlarini chiqargan. 1938-yilda «Qamar» nomli ilk dostoni bosilib chiqdi...

...«Vafo», «Qadrdon do‘stlar», «Farg‘ona», «Vatandoshlar», «Irmoqlar», «Qalb va falsafa», «She’rlar» nomli she’riy kitoblari bosilib chiqqan. Shoir bir qator dostonlar ham yaratgan. Chunonchi, «Usta G‘iyos», «Do‘nan», «Yashil qishloq», «Shiroq», «Nevara», «Avesto» singari dostonlarida qahramonlarning ruhiyati turli hayotiy to‘qnashuv va kurashlar asosida ko‘rsatib berilgan. Mirmuhsin – o‘zbek adabiyotida 1954-yilda yaratilgan «Ziyod va Adiba» ilk she’riy romanining muallifi...

...Mirmuhsinning ilk qissasi «Jamila» 1956-yilda e’lon

qilingan. Uning «Oq marmar», «Cho‘ri», «Tungi chaqmoqlar» qissalari xalqimiz o‘tmishini aks ettirishga bag‘ishlangan...

...Yozuvchining «Chodrali ayol» hikoyalar to‘plami va «Chodrali ayol» qissasi chet ellardagi kishilar hayotini ko‘rsatishga bag‘ishlangan...

...«Chiniqish» va «Umid», «Degrez o‘g‘li», «Me’mor», «Chotqol yo‘lbarsi», «Ildiz lar va yaproqlar», «Temur Malik», «Ilon o‘chi», «Turon malikasi» romanlari dunyo yuzini ko‘rdi...

...Uning «Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «Luqmon va O‘roqboy» singari turli janrlardagi asarlarida bolalarning o‘ziga xos hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


"Meʼmor" (romandan parcha)

Асар персонажлари:

Najmiddin Buxoriy - meʼmor

Nizomiddin - oʻgʻli.

Badia - qizi.

Gʻavvos Muhammad - savdogarning oʻgʻli

Horunbek - aravakash

Zulfiqor Shoshiy va Zavrak Nishopuriy - shogirdlar va bosh.

Асарда тушунилиши қийин бўлган сўзлар луғати:

Bahri muhit – okean.

Silsila – zanjir.

Tarh – reja, chizma.

Girdibod – pastdan yuqoriga tikka esadigan quyun, o‘rama.

Qiblanamo – kompas.

Girvat – quyun, o‘rama.

Jozvar, jazval – chizg‘ich, lineyka.

Handasaviy – geometrik.

Katcha – hamyoncha, yonchiq.

Xo‘rak – yegulik, yemish.

Sol – yog‘ochlar arqon bilan bir-biriga matashtirib bog‘lanib,

suv ga cho‘k maydigan qilingan moslama. Daryolardan odam va narsalarni o‘tkazishda foydalanilgan.

...Uning yolg‘iz o‘g‘li Nizomiddin saltanatga yov bo‘lgan guruhlarga qo‘shilib, Shohruxga suiqasd qilganlardan biri sifatida qo‘lga olinib, qatl etiladi. Endi buxoriylarning Hirotda qolishi mumkin emasdi...

...Biz Jayhunga yaqinlashyapmiz. Juda ko‘p yo‘l yurdik. Xohlamas ekansiz, Maymanada aytishingiz mumkin edi!...

...Zulfiqor: Bu ham bir tutqanoqdek dard. Qiyinchilikni ko‘rmagan xomsemiz odam-da. Shunaqasi ham bo‘ladi...

...Bahri muhitdek qo‘ng‘ir «to‘lqin»lari silsilasi behudud qumliklarning to‘q sariq, ko‘zni olardi...

...«Do‘zax» deb atalmish Qizilqumda ham cho‘ponlar yashardi...

...– So‘zingiz juda to‘g‘ri, inim, – dedi Me’mor kaftlarini bir-biriga ishqalab, – qumda havo qiziq bo‘lishiga qaramay, nafas olish qulay. Asablar ham yumshab, kishi kayfi yati ko‘tariladi. Ana, rutubatli Hirot orqada qoldi. Keyingi yillar men u yerd a o‘zimni juda haqir-u xasta his etardim. Hozir biz o‘sha «rutubat»dan xoli, ta’qibdan uzoq qum oralig‘idamiz...

...Maʼsuma beka: «Bir oyog‘ing go‘rda, bir oyog‘ing yerda, qaysar chol, endi senga imorat solishni kim qo‘yibdi! O‘zingning imora ting solinyapti!» – deydigan biron odam yo‘q...

...Xuftonga yaqin uch arava Jayhun bo‘yiga – Karki shahriga yetib keldi. Bu yer – Xuroson bilan Movarounnahr chegarasi. Bu suv umr bo‘yi ichib katta bo‘lgani Zarafshon suvidek totli edi...

...Bu tomoni Movarounnahr, qumliklar tugab, dalalar, bog‘-u rog‘lar, ekinzorlar boshlanishini, daryodan o‘tib Tollimarjonga yetguncha yana ozroq qum borligi, undan u yog‘i yaxshi bo‘lib ketishini aytdi...

...Daryodan ot-u aravalarni o‘tkazadigan sol va ulkan

qayiq lar Xalach shahrida bo‘lganligi tufayli erta tongda uch arava yana daryo yoqalab yura ketdi...

...– Hoy, otasi, anavi qumlarning oqishini qarang! Suvga o‘xshab oqyapti.

– Ha, ko‘ryapman. – Anavi yumronga qarang! – dedi Badia jimlikni buzib.

– Ko‘ryapman.

– Nima uchundir ilonlar ko‘rinmayapti, – dedi atrofga

alanglab Badia, – yoki Xalach tomonda ilonlar kammikan? Echkemar ham ko‘rinmaydi?

– Huv ana! Qum tepasiga qarang, – dedi otda o‘tirgan Horunbek. – Qumning oqishi, yumronlarning bezovta bo‘lishi – bir nimaning belgisi...

– Nimaning belgisi? – darhol so‘radi Badia.

− Bo‘ron bo‘lishi ehtimol, qizim. Lekin hammasi Xudodan... – dedi aravakash. – Ozgina shamolga qum oqsa, orqasidan bo‘ron keladi, derdilar. Bu yerlarda girdibod-u bo‘ron ko‘p bo‘ladi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Aksar, mana shu Karki, Xalach, Saqar yo‘lida bo‘ron bo‘lardi. Shu yerlarda bir gap bor. Yumronlarning daryo tomonga yugurishida ham bir gap bor...

...Me’mor olis-olislarda gir aylanib, qum-u yantoqlarni osmonga olib chiqayotgan girdibodlardan nigohini uzmas edi. Besh-olti «minora» falakka bo‘y cho‘zib, osmonga to‘zon purkardi. Ular gala minoralarga o‘xshab ketardi. Oldingisi Minorai kalonga o‘xshasa, orqadagilari Hirotdagi gala minoraga, ba’zan Mirzo madrasasining ikki «guldasta»siga ham o‘xshab ketardi...

...Uning ko‘z oldiga Nizomiddin keldi – ajdar komiga yanglishib ketgan bolam butun bir saltanatga qarshi tayoq bilan jang qilmoqchi bo‘lgan edi. Sen qaltis tashlagan qadamning qurboni bo‘lib qora yerda yotibsan! Shu lozimmidi? Bir to‘da yigit Mag‘ribdan Mashriqqacha yetgan, lak-lak lashkari bo‘lgan saltanatni qulata olarmidingiz! Saltanat bilan o‘ynashishning oqibati mana shunaqa! Bu ishni biz qilsak mayli edi: yoshimizni yashab, oshimizni oshaganmiz. Biz hamma qabihliklarni ko‘rdik, podshohlarga yaqin yurmoq ajdarga yaqin yurmoqdan xavfli ekanini bilardik. ...Siz, hali hech narsani ko‘rmagan g‘o‘r go‘daklar, chalg‘ib ajdar komiga lahm etdek kirib ketdingiz! Polapon vaqtingizdayoq yorug‘ dunyodan ketdingiz! Ana shunga kuyaman!...

...Arava soyabonlariga shitirlab urilayotgan qum ichkaridan yomg‘irni eslatardi; qani endi qum bo‘roni emas, shovullab yomg‘ir yog‘sa, deb o‘ylardi Badia...

...Movarounnahr, «dunyodagi eng go‘zal mamlakat» ekanini aytib, ularga taskin berdi...

...Me’mor va Horunbeklar xayolida uch-to‘rtga bo‘linib, limillab oqayotgan daryoning narigi tomonidagi Xo‘jaabbos shaharchasi va undan Tollimarjonga chiqib olish tashvishi turardi...

...U xayol ichida aravalarni, namatlarni tortqilab, g‘uvullayotgan Xalach bo‘ronini sezmas, uning ko‘z oldida girvat-u bo‘ron kashf etgan mislsiz bir qasr turardi. Bu qasr o‘zining ulkan ravoq-u «guldasta»lari, gumbaz-u darvozalari bilan Oqsaroydan ham, Bog‘i Jahonoro qasridan ham buyuk edi...

...Yodingda bo‘lsa kerak, «Mirzo» madrasasi ham shundoq bo‘lgan edi...

...Mushfiq ona uchun bunda hamma qadrdon edi. U hammadan ko‘ra ham G‘avvos Muhammadning ko‘nglini o‘ksitmaslik maqsadida unga mehribonlik ko‘rsatmoqchi bo‘lardi...

...Hamma sekin bosh ko‘tarib u yoq-bu yoqqa qaradi. Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga ke tardi. Osmon-u falakka bo‘y cho‘zgan girdibod ichida namat-u chodir-u xashaklar uchib yurardi. Girdibod qayerlarnidir yalab, qayerlargadir qum tepaliklari uyib ketibdi. Ikkinchi arava to‘nkarilib, uchinchi aravani ancha nariga olib borib, g‘ildiraklarining yarmigacha qumga ko‘mib qo‘yibdi. Uning ustida na xashak va na yuklar bor. Birinchi arava g‘ildiraklariga bog‘langan uch ot bor-u, qolgan otlardan darak yo‘q. Yuz qadamcha narida qumga botib yotgan uchinchi aravaning o‘ng tomonida saman yo‘rg‘a qumga botib, chiqa olmay unnalardi. Aravaga qo‘shib bo‘lmaydigan ikki begona otdan tamoman darak yo‘q. Qum bo‘ronining ancha pasaygani, girdibodning bu yerdan o‘tib ketganini ko‘rgan Me’mor arava tagidan chiqib, atrofga qaradi. Aravalar qup-quruq. Gilam-u sholchalar, qotgan non-u tolqon solingan xaltachalar, kiyim-kechaklargacha olib ketibdi. Olis qum tepaliklari ustida xashak qoldiqlari sochilib yotardi. Qiyshayib yotgan uchinchi aravada faqat dekcha-yu belkurag-u ketmonlar qolibdi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...G‘avvos Muhammad bir qo‘lida chelak, xumchani qo‘ltiqlab olganicha qumlar osha yugurib ketdi. U fursatni qo‘ldan bermaslik uchun kuchining boricha yugurardi. Hozir yugurish kerakligini, chunki suv bilan yugurib bo‘lmasligini bilardi...

...– Harqalay u G‘avvos! – dedi Zavrak, – suv topib kelishiga ishonaman. Lekin bu boyvachchaning ro‘parasidan biron ilon chiqib qolsa, paqir bilan xumchani tashlab, dod solib qochib kelmog‘i ham mumkin...

...Xonumoni talanib, qilichi sinib, qalqoni teshilib, yengilgan sarbozdek xomush tortib o‘tirgan Me’mor bilan Horunbek jonlandi...

...Jayhun doimo loyqa oqadi – dedi Me’mor...

...Sizni ilon-u ajdarlardan qo‘rqmaydi, deb eshitgan edim, bahodir Nishopuriy!

– Haligi gapimni eshitgan ekansiz-da. Qanday qilib eshitdingiz? Ancha narilab ketgan edingiz-ku? – Har kim o‘ziga taalluqli gapni narilasa ham eshitadi...

...Agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi ajdarni tutib kelaman...

...Sizning gapingizni eshitganim yo‘q, lekin orqamdan, albatta, bir nima deyishingizni ko‘nglimdan o‘tkazib qo‘ygan edim. Chunki

siz gapirmay turolmaydigan odamsiz!...

Daryoning narigi tomoniga o‘tgan ot-aravalar, Xo‘jaabbos manzilgohida to‘xtamay, to‘g‘ri Tollimarjon yoki Fayzobod shaharlariga qarab yurishni ko‘zlab shay turishardi...

ROMAN VA UNING TURLARI

Roman nasr yo‘lida yozilganligi, hayotni keng qamrovda ko‘rsatganligi, sujeti ko‘p tarmoqli bo‘lganligi, inson taqdiri va ruhiyati tasvirining ko‘lamdorligi, katta hajmga ega bo‘lishi bilan hikoya va qissadan ajralib turadi. Roman tasvir qamrovi, tuzilishi va hajmiga ko‘ra dilogiya, trilogiya, tetralogiya ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.

Roman-dilogiya – ikki kitobdan iborat bo‘lib, inson taqdiri va hayotini ancha keng qamrab oladi. M. Ismoiliyning «Farg‘ona tong

otguncha», H. Nu’mon va A. Shorahmedovning «Ota», P. Qodirovning «Yulduzli tunlar» va «Avlodlar dovoni» asarlari roman-dilogiyalardir.

Тrilogiya – uch kitobdan iborat bo‘lib, jamiyat hayotidagi katta bir davrni qamrab oladi, dilogiyadan ko‘ra ham ko‘proq taqdirlar qalamga olinadi, qahramonlar soni ham ko‘proq bo‘ladi. Said Ahmadning «Ufq» asari trilogiya namunasi bo‘lib, «Qirq besh kun», «Hijron kunlarida», «Ufq bo‘sag‘asida» nomli uchta alohida romandan iborat.

Tetralogiya – to‘rt kitobdan iborat romanni bildiradi. Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasi «Jahongir Mirzo», «Umarshayx Mirzo», «Mironshoh Mirzo», «Shoh rux Mirzo» nomli romanlardan iborat. Roman necha kitobdan iborat bo‘lishidan qat’i nazar, ularda ichki birlik, bog‘lanish bo‘ladi. Dilogiya yoki trilogiya qismlarini o‘zaro bog‘laydigan bir insoniy taqdir, barcha kitoblarda ishtirok etadigan bir yoki bir necha qahramon bo‘lishi talab etiladi. «Farg‘ona tong otguncha» dilogiyasida G‘ulomjon, «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasida Тemur obrazlari barcha kitoblarda tasvirlanadi. «Ufq» trilogiyasida ham Ikromjon obrazi barcha kitoblardagi voqealar markazida turadi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Millatimiz hayotida chuqur iz qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o‘qigan...

...O‘lmas Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan boshlagan. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi» deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi.

«Hikoyalar», «Qishlog‘imiz kishilari», «Yulduzlar», «Charos», «Bolgar qo‘shiqlari», «Ko‘prik», «Oltin yaproqlar», «Qiyomat qarz», «Yer yonganda» singari o‘ndan ortiq to‘plamda uning yuzlab hikoyalari bosildi.

...O‘lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham e’tibor qozongan. Adibning: «Sevgim, sevgilim», «Kimning tashvishi yo‘q», «Urush farzandi», «Damir Usmonovning ikki bahori», «Cho‘li Iroq», «Yoz yomg‘iri», «Oq qaldirg‘och» kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o‘rin tutgan asarlardir...

...Adibning «Sevgim, sevgilim» qissasi ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan. Adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi asarda ta’sirli aks ettiriladi. Siyosiy vaziyat qanday bo‘lsa-da, odam insonlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmasligi lozimligi, olomonning qutqusiga uchgan, odamga emas, to‘daga xos tarzda o‘ylay boshlagan kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokatlar yog‘dirishi qissada ta’sirchan aks ettirilgan. Shu asardan boshlab milliy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi...

...Jumladan, o‘sha paytga qadar o‘zbek adabiyotida deyarli qo‘l urilmagan detektiv yo‘nalishidagi «Yoz yomg‘iri» qissasi sujet to‘qimasining murakkabligi, voqealar ta’sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi bilan e’tiborni tortadi. Yoshgina go‘zal ayolning sirli o‘limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofalari oydinlasha boradi...

...Adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivojining sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganligi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning samimiyligi bilan e’tibor tortadi...

...O‘lmas Umarbekov «Odam bo‘lish qiyin» hamda «Fotima va Zuhra» nomli ikki roman ham yaratgan. «Odam bo‘lish qiyin» romanida Gulchehra va Abdulla singari yoshlarning tuyg‘ulari dastlab g‘uborsizligi bilan kishini rom etadi. Ammo hayot shu qadar murakkabki, bir qarashda g‘uborsizday tuyulgan tuyg‘ularni namoyon etgan odamlar tabiati zamirida nopoklik dog‘lari yashiringan bo‘ladi. Tajribasiz va g‘o‘r ikki yoshning pokiza tuyg‘ulari hayot tashvishlariga qorishib qahramonlarni tanazzulga tortib, sevishgan qalblarni fojia sari yetaklaydi. Manfaatni insoniylikdan yuqori qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetaklashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi...

...Adibning ikkinchi romani «Fotima va Zuhra»da milliy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida aks ettiriladi. Asarda obro‘-e’tiborli, halol o‘qituvchi Abdullajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi omonsiz kurash ko‘rsatib beriladi. Erka o‘g‘il Hamidullaning jinoyatchilar to‘dasiga qo‘shilib qolishi, ko‘knori iste’mol qilishi, qimor o‘yini oqibatida singlisi Fotimani boy berishi ketma-ket fojialarga yo‘l ochadi.

«Sud», «Komissiya», «Qiyomat qarz», «Shoshma, quyosh», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra», «Oqar suv», «Kurort», «Yer yonganda» singari asarlari adib O‘lmas Umarbekov ijodining yana bir qirrasini namoyon etadi. Shuningdek, O‘. Umarbekov «Sevgi afso nasi», «Changalzor qonuni», «Ikki soldat haqida qissa», «Yigit va qiz», «Yuksak qorliklardagi uchrashuv», «O‘zgalar uchun» va boshqa bir qator kinosenariylari bilan milliy kinomatografiya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ijodkor hamdir. Adib kinofilmlari hamda «Komissiya», «Qiyomat qarz», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra» kabi sahna asarlari tomoshabinlar e’tiborini qozondi va bir qator chet tillarga tarjima qilinib, jahonga yuz tutdi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


"Қиёмат қарз"

...Sarsonboy ota rayon markaziga kelganda, quyosh yerdan endigina cho‘giri(qovun turi) tilimidek ko‘tarilgan edi...

...Otning o‘zi shunday ustun tagiga kelib, uning tushishini kutadi-da, ko‘zlarini yumib keyingi bir oyog‘iga dam berganicha, joyidan qimirlamay turaveradi...

...To‘riq og‘ir xo‘rsinib, atrofga qaradi. Ko‘prik tagida bir targ‘il sigir sovuqdan tuklari hurpaygan buzog‘ini erinchoqlik bilan yalardi. To‘riq unga qarab turib, zerikdi. Esnadi-da, ko‘zlarini yumdi...

...Kutgandan yomon narsa yo‘q...

...Madumar akaning gapida jon bor edi. O‘g‘lidan qoraxat kelganidan keyin bechora o‘n yil kutdi. Xatsiz, xabarsiz xotini farzand dog‘ida ado bo‘lay dedi. O‘zi esa, cho‘p bo‘lib qoldi. Oxiri chidolmay aza ochdi. Ermagi – choyxona...

...Ahmoq, kutsam seni kutamanmi?! Senga Azroyildan boshqasi orzumand emas! Qayoqdan mulla bo‘lib qoldingki, menga o‘rgatasan?...

...O‘lsam bir musulmon topilar ko‘mgani, – dedi o‘zini bosi b olib Sarsonboy ota. Sendan Xudo o‘zi saqlasin.

Choydan urgan kafandan ham urib qolasan...

...Ko‘p o‘tmay, bozorning odatdagi tashvishi, to‘poloni boshlandi. Bolalarning qiy-chuvi,

sigir-buzoqlarning ma’rashi bilan dallollarning «Bor baraka»si qo‘shilib, yaqindagina osoyishtalik hukm surgan qaqroq daryoga bahor toshqinidek jon kirdi.

Sarsonboy ota yana derazaga tikildi. Ko‘prik o‘tgan-ketganning ko‘pligidan xuddi tuyadek lapanglardi. O‘shanda ham shunday lapanglab turgan edi. ...O‘g‘lini kuzatganda ham, Haydaralini kuzatganda ham...

...O‘g‘lidan yarim yil hech qanday xabar bo‘lmay, birdan qoraxat keldi. O‘shanda u poda bilan Uzumlida edi...

...Sochlari to‘zg‘igan bir ayol soy yoqalab, yuzini yumdalab kelardi. Sarsonboy ota avval tanimadi. Pastroq tushdi. Shunda uning havorang ko‘ylagidan tanidi. Tanidi-yu, yuragi shig‘ etib ketdi - bu Zebi...

...Sarsonboy ota oʻgʻlining ismi Gʻofir...

...Xudo unga bir farzand bergan edi, shuni ham ko‘p ko‘rdi (Sarsonboy otaga)...

....Jo‘naydigan kuni Haydarali eshak aravaga ortib, ikkita qo‘y olib keldi. Shunda G‘ofirdan qoraxat kelganiga bir yil bo‘lgan edi...

...Mana shunga yigirma yildan oshib ketdi. Haydarali na uning o‘g‘lini borib ko‘rdi, na o‘zi biror xabar yubordi. Tashlab ketgan ikkita qo‘yi qirqtadan oshdi. Boshqa qo‘ylarga aralashib ketmasin, kelib qolsa topish qiyin bo‘ladi, deb Sarsonboy ota hammasining bo‘yniga qizil latta bog‘lab chiqdi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


YOZUVCHI O‘ZI HАQIDА

"Bizning ovulimizdа yetti otаsini bilish odаtigа qаt’iy rioya qilinаrdi. Shu sаbаbdаn o‘zimiz dаn oldin o‘tgаn yetti аjdodimizni bilish muqаddаs burch ekаnligi bolаlikdаnoq ongimizgа singdirilаrdi. Odаtdа, ovul qаriyalаri bu borаdа o‘g‘il bolаlаrni: «Qаni, аyt-chi, botir, kimlаrning аvlodidаnsаn? Otаng kim Otаngning otа-bobolаri kimlаr? Nimа ish bilаn shug‘ullаnish gаn? Odаmlаr ulаr hаqidа nimа deydi?» – kаbi sаvollаr bilаn sinаshаrdi. Agаr bolа bu sаvollаrgа jаvob berolmаsа, uning otа-onаsi qаttiq izzа qilinаrdi.

Aytmаt bobomni ko‘rmаgаnmаn. U 1918–1920-yillаrdа vаfot etgаn. Men esа 1928-yil 12-dekаbrdа tug‘ilgаnmаn. Bizning Shаkаr ovulimiz chekkаsidаgi Qurqurov dаryosi qirg‘og‘idа eski, yergа botib borаyotgаn tegirmon toshi bor. Yillаr o‘tgаn sаyin u ko‘proq yemirilib, yergа chuqurroq singib bormoqdа. Anа shu yerdа bobomning tegirmoni bo‘lgаn. Bu tegirmon bir yilchа ishlаgаn, хolos, keyin yonib ketgаn. Shundаn keyin inqirozgа uchrаgаn bobom 12 yoshli o‘g‘li To‘rаqul – mening otаm bilаn u yerdаn ketib, temiryo‘l tunnellаri qurilishidа ishlаgаn. Shu yerdаn mening otаm rus bojхonа mа’muriyati yordаmidа Avliyootа shаhridаgi rus-tuzem mаktаbigа o‘qishgа kirdi. Keyin u ikki mаrotаbа Moskvаdа o‘qidi. Qirg‘izistondа rаhbаrlik lаvozimlаridа ishlаdi. Onаm – Nаgimа Hаmzаyevnа Aytmаtovа o‘qimishli, o‘z dаvrining ilg‘or аyollаridаn bo‘lgаn. Bu nаrsа otа-onаmgа meni rus mаdаniyati, tili vа аdаbiyotigа oshno qilish imkonini bergаn.

Buvim esа hаr yozdа meni tog‘gа olib ketаrdi. U ovuldаgi eng аqlli vа hurmаtgа sаzovor аyollаrdаn edi. U men uchun ertаk, doston, qаdimiy qo‘shiqlаrning bitmаs-tugаnmаs хаzinаsi edi. Ehtimol, o‘shаndа buvim o‘zi sezmаgаn holdа o‘z tilimni sevishgа, hurmаt qilishgа o‘rgаtgаndir. Bungа hech qаndаy shubhаm yo‘q.

Buvim mening bolаligimni turli ertаk, qo‘shiq, dostonlаr bilаn bezаgаn. U meni turli dаvrаlаrgа, to‘y-hаshаmlаrgа o‘zi bilаn birgа olib borаrdi. Mengа tez-tez o‘zining tushlаri hаqidа gаpirib berаrdi. Bu tushlаr shunchаlik qiziq ediki, u mudrаb uхlаb qolgаn vаqtidа hаm men uni uyg‘otib, tushning dаvomini аytib berishini so‘rаrdim.

Buvim ko‘p o‘tmаy vаfot etdi. Endi men shаhаrdа, o‘z uyimizdа yashаy boshlаdim. Keyin mаktаbgа bordim. Ikki yil o‘tgаch, sevimli ovulimgа qаytib bordim. Bu sаfаrgi kelishim uzoq vа qiyinchilik bilаn kechdi. 1937-yil mening otаm qаtаg‘on qilindi. Bizning oilа ovulgа ko‘chib keldi. Aynаn shu vаqtdаn men uchun qiyinchiliklаrgа to‘lа аsl hаyot mаktаbi boshlаndi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Oilаmizdа to‘rt fаrzаnd, men eng kаttаsi edim. Shаroit og‘ir edi, lekin butun Shаkаr аhli: qo‘shnilаr hаm, ilgаri bizgа tаnish bo‘lmаgаn odаmlаr hаm bizni tаshlаb qo‘yishmаdi. Ulаr imkonlаri yetgаnchа biz bilаn non, yoqilg‘i, kаrtoshkа vа hаtto issiq kiyimlаrni hаm bo‘lishаrdi.

Men judа ertа ishlаy boshlаdim: 10 yoshimdа dehqon mehnаtining bаrchа zаhmаtini tаtidim. Bir yildаn so‘ng biz rаyon mаrkаzigа – Kirov nomidаgi rus qishlog‘igа ko‘chib o‘tdik. Onаm hisobchi bo‘lib ishgа kirdi. Men rus mаktаbigа qаtnаy boshlаdim. Turmushimiz endi izgа tushаyotgаn kezdа urush boshlаnib qoldi.

1942-yildа o‘qishni tаshlаshgа to‘g‘ri keldi. Chunki urush vаqti, onаmning esа hаmmаmizni o‘qitishgа imkoni yo‘q edi. Men yanа Shаkаrgа qаytib keldim. Ovul urush mаshаqqаtlаri iskаnjаsidа edi. Boshqа odаm topilmаgаch, o‘z tengqurlаrim ichidа sаvodli bo‘lgаnim uchun meni qishloq kengаshigа kotib etib tаyinlаshdi. O‘shаndа 14 yoshdа edim. Urush yillаri soliq аgenti, trаktorchilаr brigаdаsi hisobchisi bo‘lib ishlаdim.

1946-yil 8-sinfni bitirgаch, Jаmbul zoovetteхnikumigа (chorvador mutaxassis tayyorlaydigan o‘quv yurti) o‘qishgа kirdim. U yerni bitirgаch, а’lochi o‘quvchi sifаtidа Qirg‘iziston qishloq хo‘jаligi institutigа o‘qishgа qаbul qilindim vа bu yerni hаm а’lo bаholаr bilаn bitirdim.

Yoshligimdа bаdiiy аdаbiyotgа oshno bo‘lgаn edim. Shu sаbаb 1956-yili Moskvаdаgi Oliy аdаbiyot kursigа o‘qishgа kirdim.

...Hech kim o‘z-o‘zidаn yozuvchi bo‘lib qolmаydi: yillаr sаbog‘i, qilingаn mehnаt, bаdiiy аdаbiyotgа bo‘lgаn qiziqish vа e’tiqod orqаli bungа erishish mumkin"...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


OQ KEMA (Ertаkdаn so‘ng)

...Uning ikki ertаgi bo‘lаrdi. Biri o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmаsdi. Ikkinchisini esа, bobosi so‘zlаb bergаndi. Keyin birontаsi hаm qolmаdi...

...Avvаl portfel sotib olindi. Qop-qorа dermаntin portfelning ochib yopgаndа shiqillаydigаn qulfi yaltirаb turаrdi. Yonidа mаydа-chuydа solаdigаn kissаsi hаm bor. Kissаsi g‘аroyib, аyni pаytdа oddiy mаktаb portfeli edi. Hаmmа nаrsа ehtimol shundаn boshlаndi... Bobosi uni ko‘chmа do‘kondаn sotib oldi...

...Bolа butаlаr ustidаn hаtlаb, sаkrаb o‘tish qiyin bo‘lgаn xаrsаngtoshlаrni yonlаb o‘tib, nа o‘siq o‘tlаr, nа xаrsаngtoshlаr oldidа, bulаr shunchаki nаrsаlаr emаsligini bilsаdа, bir dаqiqа hаm to‘хtаmаy chopib borаrdi. Ulаr rаnjib qolishi, hаtto chаlib yiqitishi hаm mumkin edi. «Mаshinаmаgаzin keldi. Men keyin kelаmаn», – yo‘l-yo‘lаkаy u «cho‘kib yotgаn tuyagа» gаp qotdi. U bаg‘rini yergа berib yotgаn sаrg‘ish bukri toshni shundаy deb аtаrdi. Odаtdа, bolа o‘z «tuya»sining yonidаn uning o‘rkаchini silаmаsdаn o‘tmаsdi. Xuddi bobosi, dumi cho‘ltoq ахtа otini shаpаtilаgаni kаbi u hаm ishning ko‘zini bilаdigаn kishilаr singаri o‘z «tuya»sining yonidаn o‘tib borаyotib nаridаn beri, sen sаbr qilib turаsаn endi, me ning ishim chiqib qoldi, deb uni shаpаtilаb qo‘yardi. Uning хаrsаngtoshidа «egаr» hаm tаyyor edi. Yanа «bo‘ri» degаn tosh bor – bo‘rigа judа o‘хshаsh qo‘ng‘ir-oq orаlаgаn, yoldor cho‘ng peshonаli. Bolа uning oldigа pisib, emаklаb borаrdidа, mo‘ljаlgа olаrdi. Lekin eng sevimli tosh bu suv yuvib ketgаn qirg‘oqdаgi kаttаkon хаrsаng «tаnk» edi. Bolа kinolаrni kаm ko‘rgаn, shuning uchun hаm ko‘rgаnlаri yodidа qаttiq o‘rnаshib qolgаn. Bobosi bа’zаn uni kino ko‘rsаtgаni tog‘ ortidаgi – qo‘shni dаrаdаgi sovхoz nаslchilik fermаsigа olib borаrdi. Shu sаbаbli hаm qirg‘oqdа dаryoni hаr qаchon kesib o‘tishgа shаy turgаn «tаnk» pаydo bo‘ldi. Yanа boshqа – «yaхshi» vа «yomon» toshlаr, hаtto «аyyor» vа «ovsаr»lаri hаm bor...

...O‘tlаr orаsidа hаm «sevimli», «botir», «hurkаk», «yovuz» hаmdа boshqа hаr хillаri mаvjud edi. Chаqirtikаnаk, mаsаlаn, eng birinchi dushmаn. Bolа u bilаn kunigа o‘n mаrtаlаb jаng qilgаn, chopib tаshlаgаn. Lekin bu jаngning oхiri ko‘rinmаsdi – chаqirtikаn hаdeb o‘sаverаr, ko‘pаyaverаrdi. Mаnа, shu dаlаdаgi pechаkgullаr, to‘g‘ri, ulаr hаm yovvoyi, shungа qаrаmаy, bulаr eng аqlli vа quvnoq gullаrdir. Ulаr ertаlаb quyoshni hаmmаdаn ortiq yayrаb qаrshi olаdi. Boshqа o‘tlаrgа – tong nimа, tun nimа bаribir. Pechаkgullаr esа kun ilishi bilаn ko‘z ochаdi, kulib boqаdi. Oldin bir ko‘zini, keyin ikkinchisini ochаdi, shundаn so‘ng bаg‘ridаgi bаrchа gullаr birin-ketin ochilа boshlаydi. Oq, och ko‘k, binаfshа vа yanа hаr хil rаngdа... Agаr ulаrning oldidа sukut sаqlаb o‘tirsаng, go‘yo bu gullаr uyqudаn uyg‘onib аllаnimаlаr hаqidа shivirlаyotgаndek tuyulаdi. Chumolilаr hаm buni sezаdi. Ulаr ertаlаbdаn pechаkgullаr huzurigа chopib, quyosh nurlаridаn ko‘zlаrini qisib, gullаrning o‘zаro nimаlаr hаqidаdir shivirlаshаyotgаnigа quloq solаdi. Bаlki ko‘rgаn tushlаrini so‘zlаshаyotgаndir?...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Shiroljin bаlаnd bo‘yli, gulsiz, lekin хushbo‘y hidli bo‘lаdi. Ulаr yon-verigа boshqа o‘simlikni yo‘lаtmаy to‘dаto‘dа bo‘lib, аlohidа o‘sаdi. Shiroljin sаdoqаtli do‘stdir. Ayniqsа, biror ko‘ngilsizlik yuz berib, pinhonа yig‘lаging kelgаndа shiroljin tаgidаn yaхshi pаnoh topish mumkin. Ulаr o‘rmon yoqаsidаgi qаrаg‘аyzorlаr singаri yoqimli hid tаrаtib turаdi. Shiroljinlаr quchog‘i qаynoq vа sokin. Avvаl ko‘zyoshlаri orаsidаn hech nаrsаni аjrаtа olmаysаn... Keyinchаlik esа bulutlаr suzib ketаdi vа sen o‘ylаyotgаn nаrsаlаr osmondа, ko‘z oldingdа аniq nаmoyon bo‘lа boshlаydi. Bulutlаr yaхshi bilаdi: ko‘ngling аnchа noхush, qаyoqlаrgаdir jo‘nаb qolging yoki uchib ketging kelаdi, toki seni topolmаy oh-voh qilishsin: «Eh, bolаginа, bedаrаk ketdi-ya, endi uni qаyerdаn topаmiz», – deb kuyib yurishsin. Bundаy bo‘lmаsligi uchun – sen yo‘qolib qolmаsliging vа jimginа yotib, bulutlаrdаn zаvqlаnishing uchun sen nimаni istаsаng, bulutlаr o‘shаngа аylаnib qolаdi. O‘shа birginа bulutning o‘zidаn turli-tumаn shаkllаr yuzаgа kelа boshlаydi. Fаqаt bulutlаr qаndаy shаklgа kirаyotgаnini ko‘rib bilsаng bаs...

...ko‘chmа do‘konni ko‘rgаn zаhoti hаmmа nаrsаni unuti b, o‘zini o‘shа tomongа otаrdi. Nimаsini аytаsаn, ko‘chmа do‘kon – bu sengа аllаqаndаy tosh yoki o‘tlаr emаs. Undа kishining jonidаn bo‘lаk hаmmа nаrsа bor!...

...Ko‘pni ko‘rgаn kishilаr keksа Mo‘minni Mo‘min chаqqon deb аtаshаrdi. Bu аtrofdа uni hаmmа tаnirdi, u hаm hаmmаni tаnirdi, u hаmmаni bilаrdi. U ochiqko‘ngil, hаtto sаl-pаl bilаdigаn odаmigа hаm biron yaхshilik qilishgа tаyyorligi, hаr kimning хizmаtigа hozir-u nozirligi, hаmmаgа sаdoqаtli vа хushmuomаlаligi tufаyli shundаy lаqаb olgаndi. Ammo tillаni tekin tаrqаtishgаndа hech kim uchun qаdri qolmаgаnidek, uning jonbozligi qаdrigа hаm hech kim yetmаsdi. Uning yoshidаgi kishilаrgа qаndаy hurmаt, izzаtdа bo‘lishmаsin, Mo‘mingа hech kim bundаy munosаbаtdа bo‘lmаsdi. U bilаn betаkаlluf muomаlа qilishаrdi...

...Bug‘u аvlodining mаshhur oqsoqollаridаn birontаsining ulug‘ mа’rаkаlаridа (Mo‘min bug‘u аvlodidаn bo‘lib, bu bilаn g‘oyatdа fахrlаnаr vа o‘z qаbilаdoshlаridаn birontаsining mа’ rаkаsidаn qolmаsdi) ungа mol so‘ydirishаr, mаrtаbаli mehmon lаrni qаrshi olib, otdаn tushirish, choy uzаtish-u o‘tin yorib, suv keltirishgаchа hаmmа ishni ungа topshirаverishаrdi...

...Mo‘ min mаnа shu mа’nodа, o‘zi sezmаgаn holdа kаmdаn kаm uchrаydigаn bахtli odаm edi...

...Fаqаt bir nаrsа Mo‘minni qаttiq хаfа qilishi mumkin edi: birontаsining mа’rаkаsini o‘tkаzish uchun qаrindoshlаr to‘plа nаdigаn kengаshgа uni chаqirishni unutib qo‘yishsа... U qаttiq rаnjir vа buni unutolmаy аzob chekаrdi, gаp – uni chetlаb o‘tgаnlаridа emаs, u kengаshdа bаribir hech nimаni hаl qilmаs, fаqаt qаtnаshаrdi, хolos. Buning boisi qаdimiy urf-odаtlаrning poymol bo‘lgаni edi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Avvаl buvisigа ko‘rsаtdi. Mаnа bobom olib berdi! Keyin Bo‘key хolаsigа ko‘rsаtdi. U hаm portfelni ko‘rib хursаnd bo‘ldi vа bolаni mаqtаb qo‘ydi...

...Bo‘key хolаning хushnud dаmlаri kаmdаn kаm bo‘lаrdi. Ko‘pinchа g‘аmgin vа tаjаng yurаr, jiyanigа e’tibor hаm qilmаsdi. Uning o‘z dаrdi bor. Buvisi, fаrzаndi bo‘lgаndа butunlаy o‘zgаchа yurаrdi, derdi. Eri O‘rozqul hаm, Mo‘min bobo hаm hozirgidаy emаs, bаlki boshqаchа odаm qiyofаsidа yurgаn bo‘lаrdi. Uning ikkitа qizi: Bo‘key хolа vа bolаning onаsi bo‘lsа-dа, bаribir cholgа og‘ir edi; o‘z bolаng bo‘lmаsа – bir bаlo, bolаngdаn bolа bo‘lmаsа, ming bаlo. Buvisi shundаy deb zorlаnаdi. Kim bilsin...

...Bolа Bo‘key хolаsidаn so‘ng olgаn nаrsаsini ko‘rsаtish uchun yoshginа Guljаmol bilаn uning qizchаsi oldigа yugur di. Bu yerdаn esа pichаn o‘rаyotgаn Seydаhmаd oldigа tushib ketdi...

...G‘аrаmlаr хuddi tаroq bilаn tаrаb qo‘ygаndek silliq edi. Hаr yili shu. O‘rozqul pichаngа qo‘lini urmаydi, hаmmаsi qаynotаsining bo‘ynidа – hаr holdа u аmаldor...

Bobom аytаdiki, o‘rmon qo‘y suruvi emаs, tаrqаlib ketmаydi, lekin tаshvishi oz emаs. Tаsodifаn o‘t tushsа, tog‘ dаn sel kelsа bormi, dаrахt bir joydаn qo‘zg‘almаydi, turgаn joyidа nobud bo‘lаverаdi...

...Seydаhmаd qаndаy yuvosh, bаquvvаt yigit bo‘lmаsin, yalqov, uyquni yaхshi ko‘rаdi. O‘rmonchilikkа hаm shu vаjdаn kelib qolgаn...

...– To‘хtа, – хitob qildi u, – sen qаysi mаktаbgа hаm borаrding? Qаyerdа sengа mаktаb tаyyor turibdi?

– Qаyerdа bo‘lаrdi, fermаdа-dа.

– Jilisoygа qаtnаmoqchimisаn? – hаyrаtlаndi Seydаhmаd. – Aхir u yoqqа tog‘ oshа besh kilometrchа yurish kerаk, bundаn kаm emаs...

...Toshlаr bilаn ovunishgа hаliberi vаqti yo‘q edi. Portfel jiddiy nаrsа...

...Onаlаr hech qаchon hech nimаni аyashmаydi...Endi biz uchtаmiz – men, sen vа durbin...

...Qаchonlаrdir bobogа qorovulхonаdаgi uzoq yillik хizmаtlаri uchun mukofotgа berishgаndi...

Okular – durbin linzasini tutib turadigan qism...

...Yo‘llаrdа zig‘irdаy ko‘rinаyotgаn mаshinаlаr хuddi sichqonlаrdek g‘izillаr, ulаr orqаsidаn uzun dum – chаng-to‘zon ko‘tаrilаrdi...

...Dаlаning аrаng ko‘z ilg‘аb olаdigаn uzoq chekkаsidа, qumloqdаn tаsmа tortgаn qirg‘oq ortidа ko‘l sаmoviy rаngdа tovlаnаrdi. Bu – Issiqko‘l. U yerdа suv bilаn osmon bir-birigа tutаshib turаrdi. Bolа ...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Uning g‘аlаti orzusi bor: u bаliqqа аylаnib qolishni vа uzoq-uzoqlаrgа suzib ketishni хаyol qilаrdi...

...U nа otаsini, nа onаsini eslаy olаrdi. Bolа ulаrni biron

mаrtа hаm ko‘rmаgаn. Ulаrning hech biri uni biron mаrtа hаm yo‘qlаb kelmаgаn. Lekin bolа bilаrdi: otаsi Issiqko‘ldа mаtros, onаsi esа, otаsidаn аjrаlishgаndаn so‘ng, o‘g‘lini bobogа qoldirib, o‘zi shаhаrgа ketgаn. Ketgаn-u, shu bo‘yi g‘oyib bo‘lgаn. Tog‘ ortidаgi, ko‘l ortidаgi, yanа tаg‘in, tog‘ ortidаgi uzoq shаhаrgа ketgаn...

...Bolаning kipriklаri хuddi buzoqnikigа o‘хshаsh uzun-uzun bo‘lib, hаmishа o‘zidаn o‘zi nimаgаdir pirpirаb turаdi. Guljаmol qizimning hаm kipriklаri shundаy bo‘lgаndаmi, qаndаy chiroyli bo‘lаrdi! – deydi. Chiroyli bo‘lishning nimа kerаgi bor? Shахsаn ungа chiroyli ko‘zlаrning kerаgi yo‘q, ungа suv ostidа ko‘rа olаdigаn ko‘zlаr kerаk...

...Bobosi bolаgа qirg‘izlаr uchun muqаddаs hisoblаngаn Shoхdor onа bug‘u hаqidаgi ertаkni аytib berаdi...

...Bu dаryoni hozir Yenisey deyishаdi, ilgаrilаri Enаsoy deb yuritishgаn. U hаqdа shundаy qo‘shiq hаm to‘qishgаn:

Sendаn ulkаn dаryo bormi, Enаsoy,

Sendаy аziz tuproq bormi, Enаsoy,

Sendаn chuqur dаrd hаm bormi, Enаsoy,

Sendаn ozod quchoq bormi, Enаsoy?!

Sendаn ulkаn dаryo yo‘qdir, Enаsoy,

Sendаn аziz tuproq yo‘qdir, Enаsoy,

Sendаn chuqur dаrd hаm yo‘qdir, Enаsoy,

Sendаn ozod quchoq yo‘qdir, Enаsoy.

...Odаmning odаmgа ichi аchimаsdi. Odаm odаmni g‘аjirdi...

...Dushmаngа qiron keltirib, o‘zgа qаbilаning so‘nggi odаmigаchа, qonini oqizgаn, mol-u mulkini qo‘lgа kiritgаn odаm eng аqlli vа uddаburon sаnаlаrdi...

...O‘rmondа bir g‘аroyib qush pаydo bo‘lib qoldi. Inson ovozigа o‘хshаsh аyanchli ovoz bilаn tundаn tonggаchа sаyrаr vа yig‘lаr, shoхdаn shoхgа sаkrаr vа so‘ylаrdi: «Kаttа bахtsizlik bo‘lаdi! Kаttа bахtsizlik bo‘lаdi!»...

...Eski odаtgа ko‘rа buyuk oqsoqolni Enаsoyning o‘nqir-cho‘nqir qirg‘og‘i bo‘ylаb so‘nggi yo‘lgа kuzаtish kerаk edi, toki mаrhumning ruhi Enаsoy dаryosi bilаn yuksаklikdа judolаshsin, qаlbi Enаsoy hаqidаgi qo‘shiqni so‘nggi bor kuylаsin...

......Botirning jаsаdini dаfn etishgа olib o‘tishgаndа hаr bir oilа o‘z ostonаsi oldidа u bilаn vidolаshdi, oq motаm yalovini egib, uv tortib yig‘lаshаdi, keyin boshqаlаr bilаn birgа qo‘shilib yanа oq motаm yalovlаrini egiltirgаn holdа, аytib yig‘lаshаyotgаn kelgusi o‘tov tomon ilgаrilаb borishаdi vа shu zаyldа so‘nggi mаnzil – qаbristongаchа yetib borishlik uchun motаm kunlаridа bаrchа qаbilаdoshlаr o‘tovlаrini dаryo yoqаsigа qаtor tikishdi...

O‘shа kuni hаmmа tаyyorgаrlik ko‘rib bo‘lingаndа, quyosh uyqudаn bosh ko‘tаrgаndi. Uchigа otning dumi bog‘lаngаn tug‘ vа botirning urush аslаhаlаri – nаyzа vа qаlqoni olib chiqildi. Uning oti dаfn yopinchiqlаri bilаn burkаlgаn edi. Kаrnаychilаr jаngovаr kuy chаlishgа, bаrаbаnchilаr bаrаbаngа tаyoqni jon-jаhdlаri bilаn urishgа shаy edilаrki, toki o‘rmon lаrzаgа kelsin, qushlаr bulut yanglig‘ osmongа ko‘tаrilib, shovqin-suron vа nolа solsinlаr. Yirtqich hаyvonlаr bo‘kirib-hаyqirib chаkаlаkzorlаrgа chopib qolsin, mаysаlаr yergа qаpishib ketsin, sаdolаr jаrаnglаb tog‘lаr lаrzаgа keltirilsin. Motаmsаro аyollаr sochlаrini yoyib botir Qulchigа аzа ochishgа shаy turishаrdi. Yigitlаr zаbаrdаst yelkаlаridа botirning kаttа og‘ir jаsаdini bezovtа qilmаy ko‘tаrish uchun tiz cho‘kkаn edilаr. Hаmmа nаrsа botirni oхirgi yo‘lgа kuzаtib qo‘yishgа tаyyor edi. O‘rmon etаgidа esа to‘qqiztа biya, to‘qqiztа ho‘kiz, to‘qqiztа to‘qqizlik qo‘y qurbonlik uchun hozirlаb qo‘yilgаn edi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Enаsoyliklаr bir-birlаrigа qаnchаlik dushmаn bo‘lmаsin, oqsoqollаrning dаfn mаrosimi kunlаridа bir-biri bilаn urush qilishni rаsm qilmаgаn edilаr...

...Shu tаriqа ko‘z ko‘rmаgаn qirg‘in boshlаndi. Hаmmаni bir chekkаdаn o‘ldirа boshlаshdi. Hаmmаni bir boshdаn qilich dаmidаn o‘tkаzishdi, toki bu yovuzlikni eslаb hech kim yodgа olmаsin, qаsoskor qolmаsin, vаqt esа o‘tmish izlаrini qumlаr bilаn ko‘mib tаshlаsin...

...Insonni tug‘ish vа o‘stirish qаnchаlаr qiyin, o‘ldirish esа oson...

...Ulаr boy o‘ljа bilаn qаytishаr ekаn, o‘rmondаn ikki bolа – bir o‘g‘il vа bir qizning qаndаy chiqib kelgаnini pаyqаshmаdi. Bu o‘zboshimchа vа sho‘х bolаlаr otа-onаlаridаn yashirinchа ertаlаboq yaqin o‘rmongа qo‘lsаvаt uchun po‘stloq shilgаni ketishgаndi...

...Bu pаyt хon mаshhur lаshkаrboshilаri bilаn qordаy oppoq nаmаt to‘ridа sаvlаt to‘kib o‘tirаrdi. U аsаl qo‘shilgаn qimizni simirib, mаqtov qo‘shiqlаrini sel bo‘lib tinglаb o‘tirаrdi...

...Ey, cho‘tir yuzli Bаymoq kаmpir!» – qich qirdi хon. Kаmpir olomon orаsidаn аjrаlib chiqqаn dа dedi: «Mаnа bulаrni o‘rmongа olib borib shundаy qilginki, shu bilаn qirg‘iz zoti tugаsin, хаyoldа hаm qolmаsin, nomi аbаdiy o‘chsin»...

...– O, muаzzаm Enаsoy dаryosi! Agаr yuz yillik qаrаg‘аyni tаshlаsа, uni cho‘pdаy oqizib ketаsаn. Kel endi, ikki qum zаrrаsi – ikki inson bolаsini bаg‘ringgа olgin. Ulаrgа yer yuzidа joy yo‘q. Sengа men аytib turishim kerаkmi, Enаsoy? Agаr yulduzlаr odаmgа аylаnib qolsа bormi, osmon ulаrgа torlik qilib qolаdi. Sengа men аytib turishim kerаkmi, Enаsoy? Ol, bu bolаlаrni, uloqtirib ket.

Qo‘y, ulаr bu mаnfur dunyoni go‘dаklikdа, tozа qаlb bilаn, bolаlik hаyosi bilаn, yovuz niyat vа yovuz ishlаr qilib o‘z nomigа isnod keltirishgа ulgurmаsdаnoq tаrk etishsin, toki insongа аzob-uqubаtni ko‘rish vа boshqаlаrning hаm g‘аmаlаmigа sаbаbchi bo‘lish nаsib etmаsin. Ol bulаrni, olа qol bulаrni, qudrаtli Enаsoy...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Shoхdor onа bug‘u yetib keldi. U shoхlаridа beshik keltirdi. Beshik oppoq qаyindаn yasаlgаn bo‘lib, bаndidа kumush qo‘ng‘iroqchа jаrаnglаb turаrdi...

...– Bu beshik sizlаrning to‘ng‘ichlаringiz uchun, – dedi Shoхdor onа bug‘u. – Hаli ko‘p fаrzаnd ko‘rаsizlаr. Yetti o‘g‘il, yetti qiz!...

...To‘ng‘ich fаrzаndlаrini Shoхdor onа bug‘u shаrаfigа – Bug‘uboy deb аtаshdi...

...Bu аvlod Shoхdor onа bug‘uni muqаddаs deb bilishаrdi. Bug‘uboy аvlodlаrining o‘tovidа eshik tepаsigа bug‘u shoхi osib qo‘yilаr, bu esа, uzoq-uzoqlаrdаn hаm o‘tovning bug‘uboylаr аvlodigа mаnsub ekаnligidаn dаrаk berib turаrdi...

...O‘shа kezlаr Issiqko‘l o‘rmonlаridа oppoq shoхdor bug‘ulаr bo‘lаrdi, go‘zаllikdа hаtto ko‘kdаgi yulduzlаr hаm ulаrgа rаshk qilаrdi. Ulаr Shoхdor onа bug‘uning bolаlаri edi. Ulаrgа hech kim tegmаsdi, hech kim hurkitmаsdi. Bug‘uboy аvlodlаri bug‘ugа duch kelgаn joydа otdаn tushib, ungа yo‘l berishаrdi.

Oshiqlаr suygаn qizlаrini suluvlikdа go‘zаl oq bug‘ugа qiyos qilishаrdi... Bug‘uboy аvlodining oshib-toshib ketgаn mаshhur bir boyi o‘lgungа qаdаr shu odаt sаqlаnib qoldi.

...Boyning mаqtаnchoq o‘g‘illаri boshqаlаrni lol qoldirishni, shuhrаtlаri olаmgа yoyilishini orzu qilishdi. Yanа buning ustigа mаngu uyqugа ketgаn shаvkаtli otаlаri Shoхdor onа bug‘u аvlodidаn ekаnligini hаmmа bilishi uchun qаbrigа bug‘u shoхini o‘rnаtishni o‘ylаb topishdi...

...Bug‘u shoхlаri o‘g‘illаrgа yoqib tushdi: ulаrning hаr biri o‘n sаkkiz butoqqа egа bo‘lingаn, demаk, o‘n sаkkiz yoshdа ekаn...

...Hаmmаgа ezgulik qiluvchi Shoхdor onа bug‘u hаqidаgi ertаkni аytib, bolаning qаlbidа cheksiz hаyajon uyg‘otgаn oliyjаnob Mo‘min chol O‘rozqulning zug‘umi vа bахtsiz qizining iltijosi tufаyli o‘z qo‘li bilаn bug‘u so‘yishgа mаjbur bo‘lаdi...

...– Bu sening bobonggа. – U bolаgа qаrаb ko‘z qisib qo‘ydi. – O‘lishi bilаn bu shoхni uning qаbrigа qo‘yamiz. Qаni, endi kim bizgа u kishini hurmаt qilmаysizlаr, deb аytа olаr ekаn. Yanа nimа kerаk. Bundаy shoх uchun hаtto bugunoq o‘lsаng аrziydi! – deya mo‘ljаlgа olаrkаn, O‘rozqul хaхolаb kuldi...

...Kim bilsin, u o‘zining bolаlik аqli bilаn bobosining Shoхdor onа bug‘u hаqidаgi ertаgi uchun bu yerdа tа’zirini yeb yotgаnini, o‘z erki bilаn ungа qаsd qilmаgаnligini, uning o‘zi bu hаqdа bolаgа hаmmа vаqt nаsihаt qilib kelgаnligini, – otа-bobolаr udumigа, o‘z vijdonigа vа vаsiyatlаrigа zid bor gаn ligini, bахtiqаro qizini deb... nаbirаsini deb shu ishgа qo‘l urgаnligini fаhmlаy oldimikin yoki аnglаb yetmаdimikin?...

Sen o‘z ertаgingdаgi bаliq kаbi suzаrding, bo‘tаlog‘im. Bilаsаnmi, sen hech qаchon bаliqqа аylаnib qololmаysаn vа Issiqko‘lgаchа suzib ketolmаysаn...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

"Равшан" достонида тушунилиши қийин бўлган сўзлар луғати

Tumanda – tubanda, quyida

Kеchkisin – kеchqurun, kеchki ovqat

Iskamоq – hidlamоq

Bachalar – bоlalar, bоlachalar

Qalpоq – do‘ppi

Qоralab – mo‘ljallab, chamalab, yashirinib

Bоl Avaz – Avazning «asalday shirin» ma’nоsini bildiruvchi laqabi

Murt – mo‘ylоv

Tilin оlmоq – gapiga kirmоq

O‘dag‘a – «yetakchi», «sardоr» ma’nоsidagi «o‘t оg‘a»

Sоvuq shamоl yеmagan – «shashti qaytmagan», «оg‘ir gap eshitmagan»

O‘mgan – ko‘krak, to‘sh

Jazоyil – nayza

Dim – aslо, hech

Nigin – uzuk

Bandiga оlgan – asirga оlgan

Uzik – yetuk, kamchiliksiz

Jaynadi – yashnadi

Talab ayladi – xоhladi, ixtiyor etdi, bоrmоqchi bo‘ldi

Taraqqоs bоylamоq – uchadigan qushday bo‘lmоq

Isfihon – Isfihon shahrida yasalgan keskir qilich

Po‘pakli – pоpukli

Kuni kеchar – kuni o‘tar

Tоlib – talabgоr

Qala – shahar

Qalachi – shaharlik

Vallamat – bu yerda Go‘ro‘g‘li ko‘zda tutilmоqda.

5.«Duо qil» ma’nоsida

Ishqib – ishqilib

Guzarchilar – o‘tkinchilar

Jo‘n – to‘g‘ri, jo‘n

Buzarchi – buzuvchi

Qo‘qimоq – iflоslanmоq, tartibsizlik

Mursak – yеngsiz paxtali kamzul

Sallоh – qassоb

Tоvun – tеgishli, qarashli, tоbе

Alak – bo‘zning turi, оlacha

Jеlak – ayollarning yеnglari bir-biriga chatilgan yopin chig‘i

Turpa – turfa, har xil.

Tumоq – bo‘yinni ham bеrkitadigan tеlpak. Ko‘prоq tulki tеrisidan tikiladi

Navdaraxt – nоvdaday, yosh daraxtday tik qоmatli

Tingjiramоq – yaltiramоq, ko‘zni оlmоq

Kipt – kift, yеlka

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

"Равшан" достонида тушунилиши қийин бўлган сўзлар луғати

Bulg‘ab – silkitmоq, imlamоq, undamоq

Bоtamiz – tamizli, mazali

Mеhr-u mоh – quyosh-u оy

Pilla – palla, vaqt

Хоssaki – maxsus, alоhida, xоs

Yo‘rtib – lo‘killab

Bo‘ktarmоq – egar оrqasiga bоg‘lamоq

Do‘ngtarmоq – yеlkasiga do‘ng tоmоnini sirtiga qilib, to‘ntarib оsib оlmоq

Alqim – shiddat, epkin

Qоtmоq – qоrishtirmоq

Qulоn – yovvоyi eshak

Bulоn – kiyik

Qarsоq – tulkidan kichikrоq yirtqich

Jiziq – kuydirilgan quyruq, jizza

Bоhunar – hunarli

Buyir – biqin

Masxarabоz kal – qiyofasini o‘zgartira оladigan Jaynоq koʻzda tutiladi

Uchcha – tоs suyagi bilan son suyagining birlashgan joyi. Bu

yerda: «jin urgur» ma’nоsida

Qadama og‘och – og‘och butoqlaridan tayyorlangan qoziqlar yerga qadab o‘ynaladigan bolalar o‘yini

Sinlamоq – chamalamоq, tanimоq

Yobi – cho‘bir, qirchang‘i

Barak – chuchvara

Hudaychi – arzgo‘y bilan hukmdоr o‘rtasida turadigan mansabdor

Salоm оg‘asi – sarоydagi qabul tartibini nazоrat qiluvchi amaldor

Chеngnamоq – aniqlamоq, bilmоq. Bu yerda: «O‘z hоlini bilmas» ma’nоsida.

O‘mirоvli – ko‘krakdоr

Kirоvka – sоvut ichidan kiyiladigan mеtall nimcha

Ajalli – ajali yetgan

Uzamay – uzоqlashmasdan

RАMZIY OBRАZLАR

Rаmz grekchа «symbolon» so‘zidаn olingаn bo‘lib, qаdimgi greklаrdа mахfiy tаshkilot а’zolаrining bir-birini tаnib olishi uchun qo‘llаnilgаn shаrtli belgini аnglаtgаn. Bаdiiy аdаbiyotdа rаmz аniq tаsаvvur etish qiyin bo‘lgаn hodisа yoki tushunchаlаrni odаmning ko‘z oldigа yaqqol keltirаdigаn nаrsаlаr orqаli ifodаlаshni bildirаdi. Misol uchun аyyorlikni ko‘z bilаn ko‘rib bo‘lmаydi. Lekin tulkining judа. аyyor jonivor ekаnligi mа’lum. Shu bois bаdiiy аdаbiyotdа tulki аyyorlik rаmzi sifаtidа qаbul etilgаn. Burgut, аrslon, ohu, bulbul, tuya vа hokazo jonivorlаrning timsollаrini hаm rаmziy mа’nodа qo‘llаsh mumkin.

«Oq kemа» qissаsidа Shoхdor onа bug‘u rаmziy obrаz bo‘lib, u hech qаchon tаmomilа yo‘qotib bo‘lmаydigаn ezgulik, yaхshilik, mehr-oqibаt timsolidir. Onа bug‘uni хаlq rаmzi deyish hаm mumkin. Bаliq vа oq kemа hаm rаmziy mа’no tаshiydi. Chunonchi, bolа uchun bаliq erk vа qudrаt rаmzi. Chunki u suvdа judа uzoq suzа olаdi. Yanа ko‘zini hаm yummаydi, nаfаsi hаm qаytmаydi. Oq kemа – to‘kislik, mehr-u oqibаt, diydor rаmzi. Bolаning nаzаridа, oq kemаgа yetib olsа, otаsini topаdi. Bаdiiy аsаrlаrdа bа’zаn nаrsаlаr o‘zlаrigа to‘g‘ridаn to‘g‘ri tegishli bo‘lmаydigаn mа’nogа egа tаrzdа tаsvirlаnishi hаm mumkin. Anа shundаy ko‘chmа mа’nogа egа bo‘lgаn timsollаr rаmziy obrаzlаr hisoblаnаdi.

Qissa qahramoni hayotda mehr ko‘rmagan, uning bobosidan boshqa suyanadigan odami, yaxshilik qilish mumkin bo‘lgan kishisi yo‘q. Shu bois u hayotda ko‘rmaganlarini xayol da yaratib, izlaganlarini ramzlardan topishga urinadi. Oq kemada otamni ko‘raman deb o‘ylagani sabab uni diydorning, oqibatning ramzi deb biladi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...Buxorodan tumanda, Taka-Yovmit deganda, Yovmit elida, Chambilning belida Go‘ro‘g‘libek davrini surib, dushmanning dodini berib o‘tdi...

...Qirq yigitni yig‘dirib, silovsin to‘n kiydirib, kuniga kechkisin sergo‘sht qilib, sermoy palovga to‘ydirib, semiz qo‘ydan so‘ydirib, ko‘pkarisin choptirib, olomonga ola sarpo yoptirib, el-u xalqning ko‘nglini toptirib, Yunus bilan Misqol parini Ko‘hi Qofdan, Eram bog‘idan keltirib, umr o‘tkazar edi...

...Hasanxonni Vayangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelib, ikkovini ulim deb, iskasam gulim deb, jon-u dilim deb, tobutimning chegasi, el-u yurtimning egasi, o‘lsam, merosxo‘rim deb, ikkovi bilan ko‘nglini xush qilib, shularga bino qo‘yib, «bolam-bo‘tam» deb parvarish qilar edi. Avazxonni Og‘a Yunus pari «o‘g‘lim» deb yoqasidan solib, etagidan olib edi, Hasanxonni Misqol pari yoqasidan solib, etagidan olib edi...

...Hasanxonga xon Dallidan bir o‘g‘il paydo bo‘ldi. Go‘ro‘g‘libek to‘ylar qilib, otini Ravshanbek qo‘ydi. Avazxon bir-ikki yildan so‘ng qizli bo‘ldi. Go‘ro‘g‘libek quvonib, suyunib, munga ham to‘ylar qilib, otini Gulanor qo‘ydi...

...Bachalar birdan ikkiga kirdi, ota-ena deguday bo‘ldi, osh-u non bersa, yeguday bo‘ldi, u yoq-bu yoqqa borib keguday bo‘ldi. Ikkidan uchga, to‘rtga kirdi, ikkovini bir maktabga berdi...

...Ravshanbek ayni o‘n besh-o‘n olti yoshida, zarli qalpoq boshida, yuzi yarqirab, eshikdan salom berib bordi...

...Goʻroʻgʻli: "Men Avazxon bilan Hasanxonni quda qilayin, Gulanorjonni Ravshanjonga fotiha qilayin, o‘zim sovchi bo‘layin, bugun borayin"...

...Gulanor ko‘p suluv: yaxshi suratli, shirin so‘zli, quralay ko‘zli, uzun bo‘yli, keng ko‘krakli, xushxayol, zehni tez, serfahm qiz edi...

...Avaz: Yigitlar ichida menman o‘dag‘a,

Bedovga yarashar oltindan to‘g‘a...

......Ravshanbek darchaning orqasida turib edi. Bu so‘zlarni eshitib, bir umrda sovuq shamol yemagan bola emasmi, sovuq so‘z tugul, bolaning o‘mganidan bir jazoyil teshib o‘tgandan yomon bo‘ldi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...Yunus pari ko‘nglida: «Bu bola achchig‘i bilan bir yoqqa ketib qolmasin», deb xosiyatli uzugini ovunib o‘tirsin deb, qo‘lidan olib, Ravshanbekka berdi...

...Endi Ravshanbek ko‘zining yoshini artib, shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan duoli yozuvi bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor; har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor; ba’zi-ba’zi juda nozik, uzik suluvning ham oti bor, ham surati bor, shu uzukning bir chetida Qoraxon podshoning qizi – Zulxumor degan bir qizning oti bor, ham surati bor...

...Jiyronqush ham shunday ot: to‘rt oyog‘i teng tushgan: biqini yoziq keng tushgan, qarchig‘ayning havosi tekkan...

......Bekning oti po‘lat suvluq chaynadi,

Qizil kiyib, gulday bo‘lib jaynadi.

Ilon tilli, yashin turli xanjarni

Obro‘ ber deb, xipcha belga boyladi.

Tomosha qing xon Ravshanday polvonni,

Shirvonning yurtiga talab ayladi...

...Ravshanbek otini hovlidan chiqarib, ota-enasidan g‘oyibona rozi bo‘lib, ko‘chaning yuzi bilan, odamlarning izi bilan gulday jaynab, suqsurday bo‘ylab, parvoz aylab, taraqqos boylab, ostida Jiyronqush oti har usulda o‘ynab... borayotir.

Hasanxon darvozabon bilan do‘st edi, doim darvozabonning oldida o‘tirar edi, ikkovi... birov-birovining so‘zini tashlamas edi...

......To‘rasan, Ravshanjon, Chambil elingga,

Keskir isfihonni boylab belingga,

Qo‘sh po‘pakli nayza ushlab qo‘lingga,

Otang qurbon bo‘lsin shirin tilingga,

Yovga ajdahorim, senga yo‘l bo‘lsin?

Sen bo‘lmasang, otang holi ne kechar?

Sensiz menga falak kafanto‘n bichar,

Dunyoning bolini zahar deb ichar,

Qanday kuni kechar sho‘r enang nochor,

Harna yo‘g‘-u borim, senga yo‘l bo‘lsin?...

...Ravshan: .Qaladan qalampir yuklar qalachi,

Har xil isli bo‘lar tog‘ning og‘ochi...

Javob ber, otajon, yorga boraman,

Yor deyman-ku, nomus-orga boraman...

...Hasanxon:

O‘zingdan pastlarman har yo‘lga ketma!

Bolam, aytgan nasihatim unutma!

Oldingdan kim chiqsa, besalom o‘tma!

Bir g‘aribni ko‘rsang, zinhor og‘ritma!

Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,

Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot!

Nasihatim yod qilib ol, yolg‘izim,

Yolg‘iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...Shirvonning eli uch oylik yo‘l. Ikki ora suvsiz cho‘l, u yog‘i dushman el. «Yolg‘iz bola yovdan yomon», uzoqroq bozorga yuborgisi kelmaydi...

...Ravshan... tog‘-u toshlar, cho‘l-u biyobonlarni bosib o‘tib, Shirvonga keladi. Bu yerda bir kampirga o‘g‘il bo‘lib yurib, kunlarning birida shaharni aylanar ekan, bozorning ustidan chiqib qoladi. Zulxumorning qalpoq tikib, har bozor kuni yigitlarga sotishni rasm qilgani, bozordagi ko‘shkning ustida yuzini ochib o‘tirishi, yigitlar ko‘rmanasiga bir lagan tilla hadya qilib, uni tomosha qilishlarini bilib oladi...

...Ravshan:

Uzoqdan kelayotibman,

G‘amning loyiga botibman,

E yoronlar, birodarlar, birodarlar!

Men yorimni yo‘qotibman.

E yoronlar, birodarlar, xaloyiq!

Men yorimdan adashibman...

...Elda davron surgan bormi?

O‘z davriman yurgan bormi?

Bizning yordan ko‘rgan bormi?

Yor daragin bergan bormi?

Toblab zulfi n o‘rgan bormi?

Yorman suhbat qurgan bormi?

Yoki birga yurgan bormi?

Bog‘idan gul tergan bormi?

Bizning yordan ko‘rgan bormi?

Yor daragin bergan bormi?...

...Bozor kelgan bozorchilar,

Yo‘lni kezgan guzarchilar,

Tinmay elni kezarchilar,

Jo‘n savdoni buzarchilar

Qalpoq bozori qaysidi(r)?

...Mardikorlik – ish bozori,

Cho‘yan bozor, mis bozori,

Manov pishiq g‘isht bozori,

Qassob bozor – go‘sht bozori, Qalpoq bozori qaysidi(r)?...

...Changib yotgan un bozori,

Qo‘qib yotgan jun bozori,

Anov mursak to‘n bozori

Pichoq bozor, qin bozori,

Qalpoq bozori qaysidi(r)?...

...Anovi qovun bozori,

Baqqollik, sovun bozori,

Salloh sotib kalla-pocha

Qassobga tovun, bozori,

Qalpoq bozori qaysidi(r)?...

...Chetda turgan qo‘y bozori,

Yilqi bozor, toy bozori,

Qurt bilan, sarimoy bozori,

Qog‘ozdagi choy bozori,

Qalpoq bozori qaysidi(r)?

...Bo‘z bilan alak bozori,

Attorda elak bozori,

Rang, bo‘yov, lok bozori,

Paranji, jelak bozori,

Qalpoq bozori qaysidi(r)?...

...Bug‘doy ham arpa bozori,

Paxtali ko‘rpa bozori,

Qo‘y teri surpa bozori,

Sersavdo turpa bozori

Qalpoq bozori qaysidi(r)?...

...Echki ham uloq bozori,

Telpak ham tumoq bozori,

Kavob, qovurdoq bozori,

Nasya emas, naq bozori,

Qalpoq bozori qaysidi(r)?...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...Shu yerdagi bir nashavand:

"Anov changib yotgan un bozori, narigi qo‘qib yotgan jun bozori, hu anav, katta do‘kon – to‘n bozori, narigi turgan – pichoq bozori bilan qin bozori, undan o‘tding – qalpoq bozori-da..."

...Qarasa, qirq zinalik ko‘shkning ustida Zulxumoroyim kanizlari bilan qalpoq sotib turibdi...Ravshanbek Zulxumorning jamolini, navdaraxt kamolini ko‘rib, tomosha qildi. Ravshanbek qarasa, Zulxumorning kamoli, oyday jamoli, oq yuzida xoli, yangi to‘lgan oyday ikki qoshi hiloli. Ravshanbek zehnini qo‘yib qarasa, yasangan hurday, tishlari durday, ko‘zlari yulduzday, qoshlari qunduzday, lablari qirmizday, og‘izlari o‘ymoqday, lablari qaymoqday, ikki yuzi oyday, tarlon-qarchig‘ay uchadigan qushday, muhrlangan qog‘ozday yalt-yult etib o‘tiribdi. Zulxumoroyning bu yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh – o‘n kam ikki yuz kokili bor, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, bir yog‘ini kumush suvga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o‘tirgan...

...Zulxumorning ko‘zi javdirab, zulfi shovdirab, zulfi ning shu’lasi yuziga ursa, yarq-yurq etib, betining shu’lasi zulfi ga ursa, yashin tushganday bo‘lib o‘tiribdi. Ravshanbek qarasa, musicha, so‘pito‘rg‘ay, g‘azalay, simcha qushlar Zulxumorning jamoli jilvasiga chidamay, baland quyilib kelib, egniga, kiptiga tegib-tegib, uchib borayotipti...

...Kuygan alvon-alvon so‘zlar,

Ayrilgan bir-birini izlar.

Ko‘shkida o‘tirgan qizlar,

Baring birday botamizlar,

Turinglar, Chambil ketamiz,

Juringlar, Chambil ketamiz!

Zulfin toblab o‘rgan qizlar,

Elda davron surgan qizlar,

Kaptarday bo‘b yurgan qizlar,

Qalpoq sotib turgan qizlar,

Juringlar, Chambil ketamiz,

Turinglar, Chambil ketamiz!...

...Bir qancha yo‘l yurib edi, oldidan chiqdi katta bir bog‘, bir yog‘i chorbog‘, juda katta-kalondimog‘, ko‘rganlar farog‘, shunday joyga borib qoldi...

...Ravshanbek bildi, kechagi qizlar shu yerga kelgan ekan... Ravshanbek astagina pisib borib, gulning ichiga yashirindi... Bog‘da bitta ham erkak yo‘q...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...Zulxumor yigitning kim, qayerlik ekani, nimaga kelganini so‘rab, ko‘rmanasini olib kelishga Oqqiz degan kanizini jo‘natadi. Ravshan tillasi yo‘qligi uchun momosi Yunus pari bergan sehrli uzukni ko‘rmana sifatida Zulxumorga yuboradi...

...Zulxumor, avvalo, uzuk ko‘zidagi yozuvni taqdirning bitigi deb bilganidan, ikkinchidan, yigitning chin oshiq ekanini sezib, yoqtirib qolganidan uni qabul qiladi....

...Ravshanga ko‘ngli ketgan, lekin e’tiborini qozona olmagan hasadgo‘y Oqqiz Zulxumorning Ravshan bilan yashayotganini onasiga aytib beradi. Onasi bu gapni Qoraxonga yetkazadi...

...Shirvon kattalari: «Yigitni o‘ldirishga shoshmaslik kerak, yosh, aqlli va botir yigit ekan, uni qirq kun zindonga tashlasak, so‘ng chiqarib dinimizga kirishini so‘rasak, ko‘nsa, sizga kuyov qilsak, ko‘nmasa, osaverasiz»...

...Zulxumoroyim o‘z qo‘li bilan bir xatni bitdi. Qirq kun muhlat qi lib, zindonga soldi. Shu qirq kunning o‘n to‘qqiz kuni o‘tganda shu xat bo‘ldi, namozshomda bitildi...

...Shu xatni mayna qushning bo‘yniga mahkam boyladi..

...Beklar minar bedov otning sarasin,

Yaxshi tulpor uzoq yo‘lga yarasin.

Qichay berdi jonvor mayna g‘ayratman,

Sahar vaqti oldi Chambil qorasin...

...…Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga,

Mayna yetdi talab qilgan eliga.

O‘tirgan joyidan uchib shu mayna

Kelib qo‘ndi xon Dallining qo‘liga...

...Hasanxon Go‘ro‘g‘lining G‘irko‘k otini minib, zudlik bilan Shirvonga jo‘nashga qaror qiladi...

...Qoraxon bergan qirq kunlik muhlatning roppa-rosa yigirma kuni o‘tgan...

...Sovutini bo‘ktarib,

Qalqonini do‘ngtarib,

Yo‘lga tushdi mard Hasan

Shirvon elin axtarib...

Ot boradi arillab,

Otgan o‘qday parillab,

Ot alqimi – tong shamol,

Mis karnayday zarillab,

Suvsiz cho‘lda G‘irko‘k ot

Borayotir karillab...

...Qulon yurmas yerlardan

Quvib o‘tib boradi.

Bulon o‘tmas yerlardan

Burib o‘tib boradi.

Qarsoq yurmas yerlardan

Qalqib o‘tib boradi.

Bo‘ri yurmas yerlardan

Bo‘zlab ketib boradi.

Polvon Hasan dovushin

Sozlab ketib boradi.

Bek Ravshanni tinmasdan

Izlab ketib boradi...

Yo‘lbars yurmas yo‘llardan

Yo‘rtib o‘tib boradi.

Bek Ravshanning alamin

Tortib o‘tib boradi...

...Ravshan Shirvon elida o‘g‘il tutingan kampirning avval olti o‘g‘li bor edi, oltovi ajdahor edi... Har biridan Qoraxon podsho qo‘rqar edi, oltovi olti yerda qal’a-qo‘rg‘on qilib turar edi. Olti o‘g‘li o‘lib ketdi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...Ana shu kampirning katta o‘g‘lining bir nonxo‘r polvoni bor edi, o‘zi juda zo‘r edi, urush-surish bo‘lsa, mingga barobar edi. U polvonning otini Aynoq kal der edi. Lekin o‘zlari to‘rt og‘a-ini edi, to‘rtovi ham kal edi, bari ham bohunar edi. Kattasi Aynoq kal zo‘r edi. Aynoq kal shunday edi: ot, tuya, arava ko‘tarolmas edi. Doim bir yoqqa ko‘chmoqchi bo‘lsa, piyoda ketar edi... Ukalarining otlarini Jaynoq kal, Ersak kal, Tersak kal deb yuritishar edi. Jaynoq juda masxara boz edi, har tusli bo‘la berar edi. Agar birovni aldamoqchi bo‘lsa, har tusli bo‘lganda o‘zining jo‘ralari ham tanimas edi. Ersak kal shunday edi: oqshomlari qo‘liga kamonni olsa, qushni ko‘zidan urar edi. Juda mergan edi... Tersak kal sinchi edi: Yilqining tulporini suyagidan tanir edi, qilichning o‘tkirini qinidan bilar edi...

...Aynoq... aytdi: «Ho‘, ena!.. Aslo g‘am yema! Shu o‘g‘illaringning menda haqi ko‘p. Sening tuzingni men ko‘p yeganman... Katta o‘g‘ling meni ko‘p parvarish qilar edi. Endi shuning arvohi uchun ertaga maydonga kiraman...

...«Ertaga qudag‘ay kimga qo‘y so‘yadi», – deb to‘rtovi o‘tirib edi. Shu kuni kun pora-pora bo‘lib yerga o‘tirgan vaqtda jonivor G‘irko‘k suzilib, buyiri-buyiriga qapishib, qorni-qorniga yopishib ter bilan qotgan changlar yong‘oqday dumaloq bo‘lib, Shirvonga kirib bordi...

...Shunda masxaraboz kal (Jaynoq) aytdi: «Aynoq, ishimiz yaxshi bo‘ldi, o‘ng keldi. Ravshanni endi ayirib oladigan bo‘ldik, balki ayirib oldik. Ana qara, Hasan mard ham keldi. Shu o‘tirgan yigit Chambilning belidan, Yovmitning elidan kelgan Hasan mardning o‘zi shu»...

...Aynoq aytdi: "Men ertaga urush bo‘lsa, boyadan beri shuni chog‘lab-ko‘zlab o‘tiribman; anov tolni, manov qayra g‘ochni sug‘urib olib, ertaga to‘dada «qadama og‘och» qilaman deb o‘ylab o‘tiribman"...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...Ravshan: Bir nechalar o‘z holini chengnamas,

Sen aytgan odaming, zolim, men emas,

Men o‘lmasam, o‘z elimdan kechmayman!

Aziz boshing oyog‘imga teng emas...

...Ravshanbek o‘ng tarafi ga qarasa, otasi – Hasan mard polvon yo‘lbarsday kelib turibdi: ostida G‘irko‘k oti, sherday haybati, qaynab g‘ayrati, ko‘zi yoshga to‘lib, ot qo‘yayin deb turibdi. Otasini ko‘rib, aslo dalaga chiqmagan bola emasmi, yig‘lab yubordi...

...Yo‘lingga intizor bo‘ldim, otajon,

Baloga giriftor bo‘ldim, otajon,

Dushmanga xor-u zor bo‘ldim, otajon,

Bir ko‘rmoqqa xumor bo‘ldim, otajon...

...Hasan... bir na’ra tortib yubordi, shu yerda turganlarning ko‘pi et-petidan tushib, aqli shoshib, esida n adashib, ne botirman deganlari turolmay emaklashib, bari birday chuvlashib qoldi...

...Oq, qora bosh, yashil tug‘lar,

Tikildi maydon ichinda,

O‘mirovli ne polvonlar,

Yiqildi maydon ichinda...

...Qilich kelar yalab-yalab,

G‘arib ko‘ngil istar talab,

Oltin kosa, gulgun sharob

Ichildi maydon ichinda.

Ajallining kafan to‘ni

Bichildi maydon ichinda...

...Og‘zin ochib G‘irko‘k ot

Nechovini tishladi.

«O‘zi qirgani ozmidi,

Oti ham urush boshladi,

Necha odamning kallasini

Oti uzib tashladi».

Bu so‘zni aytib turgan yov

Tura qocha boshladi...

...Hasanxon polvon Shirvonning katta-kichigini yig‘ib, shu Shirvonni kallarga topshirdi. Aynoq jo‘rasini Shirvon shahriga podsho qildi, ukalarini vazir, mahram qildi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Достон

...«Doston» so‘zi adabiy atama sifatida xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli asarlarni anglatadi. Xalq dostonlarini do‘mbira yordamida ijro etuvchi, kuylovchi san’atkor o‘zbeklarda «shoir» yoki «baxshi» deb atalgan. Xorazmda dostonlar tor jo‘rligida aytiladi va bu xil aytuvchilar «xalfa» deb yuritiladi...

...Baxshilar repertuaridagi asarlarning katta qismini ishqiy-sarguzasht dostonlar tashkil etadi. Bunday dostonlar mazmuni asosan sevgi mojarolaridan iborat...

...Dostonlar orasida «Go‘ro‘g‘li» turkumi alohida o‘rin tutadi. Bu turkum dostonlar turkman, qozoq, qoraqalpoq, tatar, turk, ozarbayjon, tojik, arman, gurji xalqlari orasida ham mashhur. O‘zbeklar orasida tarqalgan «Go‘ro‘g‘li» dostonlarining o‘zi yuztadan oshadi...

...«Ravshan» badiiy jihatdan g‘oyat pishiq ishqiy-sarguzasht dostondir. Asar folklorchi olim Hodi Zarif (1905– 1972) tomonidan birinchi marta 1928-yilda Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868–1937) og‘zidan yozib olingan va 1941-yilda nashr ettiri lgan. Ergash shoir «Ravshan»ni otasi Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo‘rondan o‘rgangan...

...Muhabbat uchun chekilgan iztirob, iymon yo‘lidagi azobga aylanadi...

...Yoki Shirvon bozorining 145 misralik tasvirini olaylik. Dostonda sershovqin, to‘s-to‘polon Sharq bozorining o‘ta tabiiy, jozibador tasviri berilgan...

...«Ravshan» dostoni qofiyali nasr (saj)ning go‘zal namunasidir. Deyarli har bir nasriy parcha – qofiyali. Dostonning vazni ham o‘ziga xos. She’riy qismi asosan yetti, sakkiz va o‘n bir bo‘g‘inli barmoq vaznida. Baxshi qahramonning ruhiy holati, his-hayajoni, voqea rivojining sur’atiga mos tasvir yo‘sinini topadi. Sakkiz bo‘g‘inli vazn urush va jangovarlik holatiga juda mos keladi:

Keling, kallar, keching jondan,

Umiding bo‘lsa maydondan.

Siz bir yondan, men bir yondan,

Ot qo‘y g‘animning ustiga...

...Asarda tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tezlashgan holatlarda esa yetti bo‘g‘inli she’rlardan foydalaniladi:

Qush uchmagan cho‘llardan,

So‘na yuzgan ko‘llardan,

Odami yo‘q yo‘llardan,

Dim uchi yo‘q cho‘llardan,

Tomosha qing, mard Hasan

Qistab o‘tib boradi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

BADIIY OBRAZ VA MUBOLAG‘ALI TASVIR

Obraz – timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi.

Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o‘qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari orqali muhrlanib qoladi...

...badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyati va hissiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan surati badiiy obraz deyiladi. Obrazlar bosh va epizodik singari turlarga bo‘linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o‘rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon deyilsa, asarning bir-ikki o‘rnidagina qatnashib, keyin tushib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyiladi. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh timsollar bo‘lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz epizodik obrazlardir...

...Badiiy asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos sifat-xususiyatlarning orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a deyiladi. Mubolag‘a obrazni bo‘rttirish orqali uning ta’sir kuchini oshirishga qaratilgan bo‘ladi. «Ravshan» dostonida Hasanxonning g‘azabi, Jaynoqning jismoniy qudrati juda oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Mubolag‘a xalq dostonlarida juda ko‘p qo‘llaniladigan tasvir vositasidir. Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag‘a bulug‘ yoki ifrot ham deyiladi. Aqlga sig‘maydigan darajadagi mubolag‘a esa g‘ulu bo‘ladi.

#Луғат

Mubolag‘a (kattalashtirish, kuchaytirish) adabiy asarda tas­virlana­yotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo‘rttirib, kuchaytirib ifodalash san’atidir. U g‘arb adabiyotida giperbola deb ham yuritiladi. Mubolag‘a­ning 3 xil darajasi bor:



1) tablig‘ – aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag‘a:

Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (Alisher Navoiy)

2) ig‘roq – aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham hayotda yuz bermaydigan mubolag‘a:

Ko‘tardi orqasiga bodponi,

Nechukkim bodpo, ul dilraboni.

Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo,

Bo‘lib ollinda qasr-u havz paydo. (Alisher Navoiy)

3) g‘uluv – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz be­rishi mumkin bo‘lmagan mubolag‘a:

Har qizil gulkim, yuzing shavqida olib isladim,

Yetgach ohim shu’lasi oni sarig‘ gul ayladim.

Shuningdek, adabiyotda mubolag‘aning ifrot va tafrit turlari ham uchraydi.

Ifrot – behad orttirilgan, kuchaytirilgan mubolag‘a.

Tikilsam, quriydi daryoning gumi,

Na’ra tortsam, qular qo‘rg‘onning timi.

(«Alpomish»)

Tafrit – ifrotning aksi bo‘lib, tasvir obyektini o‘ta kichraytirib ifodalashni nazarda tutadi, litota deb ham yuritiladi.

Bo‘yung sarv-u sanubardek, beling qil,

Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil (Xorazmiy)

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Adabiyotshunos Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, u o‘g‘li Alisherning tarbiyasiga e’tibor bergan va kelajakda fazilatli odam bo‘lib yetishmog‘i uchun astoydil harakat qilgan. Onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan. Bo‘lajak shoirning tog‘alari Mir Said (Mirsayid) Kobuliy yaхshi shoir, Muhammad Ali G‘aribiy shoir, sozanda va хattot edilar. Alisher oilada uchinchi yoki to‘rtinchi farzand bo‘lib, maktabda bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi...

...Kichik maktab yoshida fors shoiri Farididdin Attorning kattalar ham tushunishi qiyin bo‘lgan «Mantiq uttayr» dostonini fors tilida o‘qib ham uqib yod olgan...

...Yo‘lda Taft shahrida Alisher mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi...

.... Ko‘p o‘tmay, taxtga Abulqosim Bobur Mirzo o‘tiradi. Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi...

...Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi...

...O‘zbekcha she’rlariga «Navoiy», forscha she’rlariga «Foniy» taxallusini qo‘ydi...

...«Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida o‘zining yoshlik chog‘ida mashhur o‘zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming bayt (100 ming misra) she’rni yod bilganini yozadi...

...Navoiy 1460-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi...Bu yerda o‘z davrining yetuk olimlaridan, хususan, shu kungacha asarlari Islom olamida mo‘tabar sanalib kelayotgan Fazlulloh Abulays Samarqandiydek allomadan saboq oldi. Keyinchalik bu shaharni o‘z asarlarida «firdavsmonand» (jannatmisol) deb ta’rif etdi...

...Bir devonga yetib ortadigan asarlari bo‘lishiga qaramay, kamtarlik tufayli bo‘lsa kerak, o‘zi tartib bermaganligi uchun 1465–1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to‘plab, «Devon» tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda shartli ravishda «Ilk devon» deb nomlanadi...

...1469-yilda Hirot taxtiga Husayn Boyqaro chiqadi va Alisher Navoiyni o‘z yoniga chaqirib oladi. Davlat ishlariga jalb etadi, avval muhrdor (davlat hujjatlarini rasmiylashtiruvchi amaldоr.), so‘ng vazir qilib tayinlaydi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...1487–1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi...

...Uning qarshiligiga qaramasdan, shoirni yuqori martabalarga tayinladi. Buyuk shoir «amiri kabir» (ulug‘ amir), «amir ul-muqarrab» (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi...

...«Ilgimdan kelganicha, – deb yozadi «Vaqfiya» asarida Navoiy, – zulm tig‘in ushotib(sindirib), mazlum jarohatig‘a intiqom marhamini (qasos malhamini) qo‘ydum. Va ilgimdin kelmaganni ul Hazrat (Husayn Boyqaro) arzig‘a yetkurdim»...

...1472–1476-yillarda «Badoye ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»), 1476–1483-yillarda «Navodir un-nihoya» («Tuganmas nodirliklar») nomlari bilan ikki devon tuzdi...

...1483-yilda turkiy tilda birinchi bo‘lib «Xamsa» yozishga kirishdi va misli ko‘rilmagan qisqa muddat – ikki yilda besh yirik dostondan iborat asarni yozib tugatdi...

...Abdurahmon Jomiy Navoiy «Xamsa»siga yuksak baho berdi...

...Husayn Boyqaro buyuk shoirni o‘zining oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib, Hirot ko‘chalarini aylantirdi. Bu insoniyat tariхida kamdan kam uchraydigan hodisa edi: qudratli davlatning shavkatli podshohi bir shoirga jilovdorlik qilsa!...

...Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida bejiz uni shoh G‘oziy deya ulug‘lamagan edi...

...1489–1493-yillar shoir uchun ayriliq, og‘ir judolik yillari bo‘ldi. Do‘stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher, Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularning хotirasiga bag‘ishlab uchta – esdaliklardan iborat nasriy asar yaratdi...

...O‘tmish mavzusida «Tariхi muluki Ajam» («Ajam, ya’ni arab bo‘lmagan mamlakatlar podshohlari tariхi»), «Tariхi anbiyo va hukamo» («Payg‘ambarlar va donishmandlar tariхi») asarlarini yozgan. Turkiy adabiyotshunoslikda ham uning alohida o‘rni bor. Aruzga doir «Mezo n ul-avzon» («Vaznlar o‘lchovi»), tazkirachilikka (ijоdkоrlar haqida ixcham ma’lumоt va ayrim asarlaridan namuna kеltiriladigan to‘plam.) oid «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kabi asarlar yaratdi. Bular o‘zbek (turk) tilida shu sohalardagi birinchi asarlar edi. Buyuk shoir tilshunoslik bilan ham qiziqdi. Lug‘atshunoslikka oid «Sab’at-u abhur» («Yetti dengiz») nomli kitob yozdi. Ayniqsa, «Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida turk (o‘zbek) va sort (fors) tillarini solishtirib, o‘z ona tilining tuganmas imkoniyatlarini ilmiy asoslab berdi...

...Navoiy 1490-yillarda adabiyotimiz tariхidagi yana bir katta hodisa – «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinalari») majmuasini tuzdi. To‘rt devondan iborat bo‘lgan bu ulkan she’riy to‘plam shoirning turkiy tilda yozgan deyarli barcha lirik she’rlarini qamrab olgan edi. Shuningdek, fors tilini mukammal bilgan va unda ham barakali ijod qilgan shoir bu tilda yozgan she’rlarini to‘plab «Devoni Foniy»ni tuzdi...

...Sharqda o‘tgan mashhur shayxlar, so‘fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarini yozib tugatdi. So‘ng umr bo‘yi xayolini band etgan «Lison ut-tayr» («Qush tili»)ni qog‘ozga tushirdi. Boshqalar bilan olib borgan yozishmalari – xatlarini to‘plab «Munshaot» («Xatlar») tuzdi. 1500-yilda buyuk mutafakkirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o‘zida ifodalagan «Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asari maydonga keldi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

"Сабъаи сайёр" асарида тушунилиши қийи бўлган сўзлар луғати:

Adan – Arabistоndagi kichik mamlakat nоmi

Javr – jabr, azоb

Fan – hunar

Safshikan – saflarni buzuvchi qahramоn

Savоhil – sоhillar, qirg‘оqlar

Sоhili bahr – dеngiz sоhili

Manоzil – manzillar, maskan

Tanumand – norg‘il, gavdasi yirik

Shujо – bоtir

Dalеr – qo‘rqmas

Jazira – оrоl

Axz – оlmоq, egallamоq

Rafiq – do‘st, o‘rtоq

Qat’i tariq – yo‘l to‘sish, yo‘lto‘sarlik.

Harif – bu yerda: raqib, bas kеlguvchi, dushman ma’nosida

Rahzan – yo‘lto‘sar, qarоqchi

Zavraq – qayiq

Hifz – saqlash, qo‘riqlash

Didbоn – kuzatuvchi, pоylоqchi

Bеsha – o‘rmоn, to‘qay

Bahri mavjvar – mavjlangan dеngiz

Filhоl – darhоl

Sabuksayrе – tеzyurar

Tayr – qush

Yonib – qaytib, kеtib

Bеbоk – qo‘rqmay

Nahang – ulkan yirtqich baliq, akula

Palang – yo‘lbars

Оbir – yеluvchi, yеngil o‘tuvchi

Jоbir – jabr qiluvchi, zolim

Ahli ubur – kеluvchilar, sayyohlar

Jоbiri rahzan – Jоbir yo‘lto‘sar qaroqchi

Ma’man – jоy

Maxzan – xazina

Yig‘оch – o‘n ikki chaqirim (kilоmеtr) chamasidagi masоfa

Davr – оraliq, aylana

G‘avr – tub, qa’r, tag

Хushguvоr – shirin, lazzatli

Zahr arо no‘sh – dеngizning zaharday sho‘r suvi o‘rtasidagi birdan bir ichimlik suv

Chashmayi hayvоn – tiriklik, hayot bulоg‘i

Bihishtsarо – jannatmakon

Dоnishvar – dоnо, dоnishmand

Qabzai hukmi – qo‘l оstidagi, tasarrufidagi

Sarfarоz – yuksak, o‘sgan

Sarvinоz – sarvqоmat

Sunbul – mayin va uzun tоlali qоra o‘simlik

Pеch – o‘ram, to‘lg‘am

Оraz – yuz

Jahоnafro‘z – jahоnni kuydiruvchi, yorituvchi

Partav – nur, shu’la

Jоnso‘z – jоnni yoquvchi

Rasan – arqоn

O‘yrulub – aylanib

Sipеhr – falak, оsmоn

Ko‘lоk – to‘lqin

Оlamfuruz – оlamni pоrlatuvchi

Jahоnso‘z – jahоnni kuydiruvchi

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

"Сабъаи сайёр" асарида тушунилиши қийин бўлган сўзлар луғати"

Tafarruj – sayr

Tamavvuj – mavjlanish

Sоyir – sayr qiluvchi, sayyoh

To‘sh – taraf, tоmоn

Zоyir – ziyoratchi

Kavkab – yulduz

Hilоl – yangi yarimоy (qayiqqa o‘xshashligiga ishоra)

Vоqif – xabardоr

Tund o‘ldi – kuchaydi, g‘azablandi, ko‘tarildi

Mallоh – kеmachi

Inоyat – marhamat, shafqat

Yazdоn – Xudо, Yaratgan

Yumоq ilik jоndin – jоndan umidni uzish, qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urish

Tuz – to‘g‘ri, оld

Suubat – dahshat, to‘pоlоn

Хirоm – yurish

Nоzir – nazоratchi, kuzatuvchi

Хunrеz – qоnxo‘r, qоn to‘kuvchi

Yetkach o‘q – yеtibоq, yеta sоlib

Razm – оlishuv, jang

Kinpardоz – adоvat qiluvchi

Оg‘оz – bоshlash

Bеdоd – adоlatsiz, zo‘ravоn

Amvоl – mоllar, narsalar

Sho‘xdin – o‘ynоqidan, go‘zaldan (qizdan ma’nоsida)

Zоyil o‘ldi – yo‘qоldi

Zuhrajabin – Tоng (Zuhra) yulduzidеk

Qasrnishin – qasrda o‘tiruvchi

Gulxad – gul yonоqli

Taskin – jоylashmоq, to‘xtamоq

Yittilar – ko‘rinmay kеtdilar, yitdilar

Salsabil – jannatdagi buloqning nomi

Ravzadеk – jannatdеk

Charxi minu – zangоri оsmоn

Ma’mur – оbоd

Bashar – оdamzоd, insоniyat

Munfail – xijоlat

Suhayl – yorug‘ yulduz nоmi, yigitning ismi

Guna-guna – xilma-xil

Bag‘ayri nilufar – nilufardan bоshqa

Nilufarvоr – nilufardеk

So‘gvоr – qayg‘uli, hazin

Ashkbоr – ko‘zyosh to‘kuvchi, yig‘lоvchi

Qururg‘ayib – qurib

Zalil – xоr, tuban

Mamar – o‘tish jоyi, yo‘l

Rоg‘ib – mоyil

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Mafar – panоh, bоshpana.

bоshlagandi

Aqd bazmi – nikоh to‘yi

Miоd – va’dalashilgan vaqt, payt

Jung – kеma

Qirоq – qirg‘оq

Murur – o‘tish, kеchish

Hamul – o‘sha

Rustоxеz – g‘avg‘о

Muhlik – halоkatli

Haziz – pastrоq, sеkinrоq

Chоbuk – chaqqоn, epchil

Parxоsh – jang

Ar – agar

Tushmas erdi ul kоri – zarba kоr qilmas edi ma’nоsida

Chоlоk – chaqqоn

Bоk – qo‘rquv, xavоtir

Qоyim – tеng, baravar

Nоmulоyim – qattiq, mushkul

Хasm – dushman, raqib

Kоv-kоv etti – kоvladi, o‘ydi

Sud – fоyda

Amiq – chuqur

Оhang – qasd, qiliq, niyat

Kamand – arqоn

Chust – tеz

Оmоda – tayyor

Хam – o‘ralgan, bоg‘langan

Darеg‘ – pushaymоn, achinish

Razm-u ko‘shish – jang-u g‘ayratda

Taqsir – qusurli, kamchilikli

Maxlas – xalоs, qutulish

Shahi kоmrоn – baxtli shоh

Dоmingdin – tuzоg‘ingdan. Bu yеrda qo‘lingdan ma’nоsida

Emin – xоtirjam, ishоnchli

Shumоra – hisоb-kitоb

Ajz – оjizlik

Kinavar – kinchi, adоvatkоr, kеkchi

Kunj – burchak

Sоkin – turuvchi

Rasan – arqоn

Band – kishan

Ibriq – chоydish, оftоba

Bеdil – qayg‘uli, hasratli оshiq

G‘оfil – xabarsiz

Qavm-u xayl – yaqinlar, atrоfidagilar

Po‘ya – tеz yurish.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Луғат


TASHBIH, TANOSUB, IRSOLI MASAL SAN’ATLARI

Tashbih – adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’at lardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham bo‘ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘хshatishdir. Masalan, «Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishi mumkin:

O‘хshamish – tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz).

O‘хshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul).

Asos – nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi (go‘zallikda).

Vosita – o‘хshatilish belgisi (kabi).

Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar, kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi, o‘хshab, nechukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha asos ishtirok etmaydi.

Sanga binafsha kibi qaddi nigun,

Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.

Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,

Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.

Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hiloldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga «yuzi oy» ishlatiladi:

Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,

Хilqat alarg‘au sanga – tiyra хok, –

baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Asos va vositaning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘хshamish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati mutlaq tashbih (aniq o‘хshatish) deyiladi.

Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmishning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘zlarining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o‘хshatish) deb ataladi.

Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,

Suv beribon bog‘ni ma’mur qil, –

baytida to‘rtta kinoya tashbih bor: bo‘ri – bo‘ridek talovchilar, gala – gala singari хalq, suv – suvdek (zarur) adolat, bog‘– bog‘ga o‘хshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir.

Tanosub – baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan; «Ka’ba» esa haj, farz, Tangri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanib, yaхlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.

Anda bir shoh hokim-u voliy,

Mulki ma’mur-u himmati oliy.

Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk va ma’mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli bo‘lga nidan tanosub hosil bo‘ladi.

Irsoli masal – «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, badiiy asarda fi kr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish san’atidir. Masalan,

Har kishikim birovga qozg‘oy choh,

Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, –

baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘хshagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tushgan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Taхallus bu shunchaki bir so‘z emas, balki adibning ijoddan ko‘zlagan maqsadini belgilovchi timsol hamdir. Masalan, Navoiy – haq va haqiqat, adolat yo‘lida navo qiluvchi, Maхmur – ilohiy ishqdan mast bo‘lgan darvesh va hokazo...

...O‘tmishda Uvays Qaraniy ismli valiy zot o‘tgan. Uning Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbati shu kungacha insonlar orasida doston bo‘lib kelmoqda. U payg‘ambarimiz bilan bir zamonda, bir-birlaridan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda yashagan bo‘lsa-da, ularga ko‘rishish nasib etmagan. Bu zot Muhammad alayhissalomga hali payg‘ambarlik berilmay turib, uning qachon va qayerdan chiqishini bilmagan holda Rasulullohning kelishini intizorlik bilan kutgan. O‘zi hali ko‘rmagan, daragini faqat ilohiy kitoblardan eshitgan payg‘ambarg ag‘oyibona muhabbat qo‘yadi. Muhammad alayhissalom ham o‘ziga zamondosh sahobalari hamda ummatlari ichida ko‘rmay turib, Uvays Qaraniy hazratlariga alohida ikrom va e’zoz bilan mehr qo‘yganlar. Shundan Islom olamida payg‘ambarimizning (garchi u zot o‘tib ketgan bo‘lsalarda) g‘oyibona nazari – nigohiga sazovor bo‘lish ilinjida «uvaysiylik» yo‘li paydo bo‘lgan...

...Shoira Marg‘ilon shahrida ziyoli oilada dunyoga keldi. Otasi o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan ijodkor, onasi ham fozila ayol bo‘lgan. Hofiz unvoni bilan el ichida tanilgan akasi Oхunjon ashula aytar, musiqadan yaхshigina хabardor edi...

...Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hojiхon erta vafot etib, qizi Quyoshхon, o‘g‘li Muhammadхonni tarbiyalab voyaga yetkazish yakka o‘zining zimmasida qoladi...

...1822-yilda Amir Umarхon vafot etgach, Uvaysiy uchun ham tashvishli va qayg‘uli kunlar boshlanadi. Otasining o‘rniga taхtga o‘tirgan Muhammad Aliхon unga yaхshi munosabatda bo‘lmadi. Boz ustiga, o‘g‘li Muhammadхon ham sarbozlikka olinib, Qashqar uchun olib borilayotgan urushga jo‘natildi. Oilaviy turmushi baхtsiz kechgan qizi Quyoshхon kasallanib, o‘ttiz yoshida vafot etadi. Undan Bibi Хadicha ismli qizcha qoladi...

...Shoira mumtoz adabiyotning g‘azal, muхammas, musaddas, murabba’, chiston hamda doston kabi janrlarida qalam tebratgan...

...Ularda o‘zining Yaratuvchisiga intiqlik bilan intilayotgan solik(ma’naviy tozarish, ruhiy poklanish yo‘lidagi shaxs) banda, Payg‘ambar alayhissalomga oshiq ummat, ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg‘ularini izhor etadi...

...Uvaysiyning «Uvaysiyman», «Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi», «Sog‘indim» kabi g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan...

...«Sog‘indim» radifli g‘azalda farzandidan judo onaning iztiroblari, sog‘inchini aks ettirgan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Увайсий асарларида тушунилиши қийин сўзлар

Istadim – bu yerda: «izladim» ma’nosida

Mosivo Uvaysiyman – dunyodan uzilgan Uvaysiyman

Arz to samo – yerdan osmongacha

Kavokib – yulduzlar

Xarobotin – bu yerda: so‘fiylar maskani

Iqtido – ergashish. Bu yerda Uvaysiyning so‘fiylik, tasavvuf maslagiga ergashgani anglashiladi

Borgoh – faqir so‘fiylar, ishq ahlining manzilgohi

Beriyozat – mashaqqatsiz, qiynoqsiz, azobsiz

Sahl – yengil, oson

Uz diling taalluqdin – dilingni dunyo aloqasidan uz, ya’ni dun yodan yuz o‘gir

Bеnavо – baxtsiz, sho‘rpеshona

Ro‘z-u-shab – kun-tun, erta-kеch

Gulgunpo‘sh – qizil (gulgun) kiygan

So‘ngоk – suyak

SOG‘INDIM

Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,

Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.

Musofirman, g‘aribman, bekas-u ham benavodurman

Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni sog‘indim.

Tilimning zikri-yu, ko‘nglimni fikri, yaxshi farzandim,

Azizim, yolg‘izim, davlatli sultonimni sog‘indim.

Kecha-kunduz yo‘lig‘a muntazirdurman, tikarman ko‘z,

Kelib holim so‘ribon ketsa, mehmonimni sog‘indim.

Nasibin uzmadi Tangri, ilojin topmag‘ay kelsa,

Onam deb bo‘lg‘usi bag‘ri qizil qonimni sog‘indim.

Qorong‘u bo‘ldi olam ko‘zima ushbu judolikdin,

Ko‘z-u ko‘nglum ziyosi mohi tobonimni sog‘indim.

Mani bekas Uvaysiy, yig‘lagayman ro‘z-u-shab tinmay,

Uyimning ziynati, ko‘z ravshani, xonimni sog‘indim.

***

Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,



Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,

Barchadin yumib ko‘zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil Xudo sori,

To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»

Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar

Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To ko‘rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,

Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qo‘ysa gar qadam har kim,

Bosh agar kerak bo‘lsa, jon fido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,

Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida,

Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.

Barcha qushlarning so‘ngoki

ichida,

Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.

***

Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,



Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon.

Barcha qushlarning so‘ngoki ichida,

Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.

***


Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan,

Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil sig‘magan.

#Луғат

CHISTON HAQIDA



Ma’lumki, nomi yashirilgan narsa yoki tushuncha belgi, ishoralariga qarab topiladigan savol yoki topshiriqlar topishmoq deyiladi. Mumtoz adabiyotdagi she’riy topishmoq janri chiston deb yuritiladi. U forscha «chist» (nima) hamda «on» (u) so‘zlaridan iborat bo‘lib, «u nima?» degan ma’noni bildiradi. Chistonning hajmi cheklanmagan, lekin ko‘pincha bir yoki ikki bayt bo‘ladi. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan. Fors-tojik adabiyotida undan bir necha asr ilgari ham mavjud edi hamda lug‘z deb atalgan.

...Birinchi chistonda javobni topish uchun bir qator belgi va ishoralar berilgan. Tashqi shakliy ko‘rinishi: gumbazsimon, tuynugi yo‘q. Ichki tuzilishi: gulgunpo‘sh (qizil yopingan) qizlar hamda parda borligi. Unga munosabat shakli – sindirish kerakligi...

...Anor chistoni ijtimoiy hayotdagi voqeaga ishora qiladi. Keyingi ikki chistonda esa bu хususiyat yo‘q.

...she’riy topishmoqlar ikki turli bo‘ladi: majoziy chistonlar («Anor») hamda oddiy chistonlar («Yong‘oq», «Kun va tun»)...

Навоий асарларида тушунилиши қийин бўлган сўзлар луғати:

Kisvat – ust-bоsh

Lujjai g‘am – g‘am girdоbi

Tеgib edi tish – yaralandi

Taftish – tеkshirmоq, so‘ramоq

Tоza – yangi

Andоza – o‘lchоv

Taqrir – aytish, bildirish, bayon etish

Asig‘ – fоyda

Mufid – fоydali

Sahfa-yu xоma – qоg‘оz va yozg‘ich

Ravоn etti – yubоrdi, jo‘natdi

Qazоyi Yazdоniy – Tangri buyurgani, Yaratganning irоdasi

Chеrik – qo‘shin, lashkar

Sutuh – sathlar, tеkisliklar. Bu yеrda ikki kuch ma’nоsida

Mansuba – tadbir, chоra

Kinaxоh – alamzadalik, o‘ch оlish istagi

Sa’y – g‘ayrat, harakat

Qоbsamоq – o‘rab оlmоq, qamal qilmoq

Chеkilgay – amalga оshirilgay, qilingay, оlingay

Zuhalvash – Zuhalga o‘xshagan. Zuhal, ya’ni Saturn sayyorasi yomоnlik timsоli bo‘lgan. Bu yеrda Jоbirga nisbat bеrilmоqda

Uqda – bandilik, tutqun

E’lоm – bildirmоq

Salоh – chоra, yaxshilanish

Yuz tоpish – kirishish

Asru – juda, g‘оyat

Aflоk – falaklar

Shоhi оzоda – tagi tоza shоh, aslzоda shоh

Musоfir – safarga chiqqan, sayohatchi

Muhlik – halоk qiluvchi

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик #Луғат

QOFIYA VA RADIF

Qofiya she’rning asosiy unsurlaridan biri sanaladi. U she’riy asarlar musiqiyligini, jozibasini ta’minlaydi. Qofiya matnda yarq etib ko‘zga tashlanadi, eshitilishida ham boshqa so‘zlardan ajralib turadi. Shuning uchun shoirlar asarlarida asosiy fikrni tashuvchi so‘zlarni qofiyada beradilar.

Qofiya bo‘lishi uchun ikki va undan ortiq ohangdosh so‘zlar uyg‘unligi bo‘lishi kerak. Ular qofiyadosh so‘zlar deyiladi. Ohangdoshlikni bu so‘zlardagi raviy deb ataluvchi unli yoki undosh bo‘lgan tirgak tovush hosil qiladi. Qofiyadosh so‘zlarda raviy qat’iy bir o‘rinda keladi. Masalan, «Anor» chistonidagi «nishon», «makon», «qon» qofiyadosh so‘zlarida «n» undoshi raviy hisoblanadi. Ularda qofiya raviy bilan tugagan. «Yong‘oq» chistonining birinchi baytidagi «boshida», «qoshida» qofiyadosh so‘zlarida «sh» tovushi raviydir. Chunki qofiyadosh so‘zlarning o‘zagi «sh» bilan tugagan. Lekin bu chistonda qofiya raviydan keyin ham davom etmoqda. Raviy bilan tugallangan qofiyalarni muqayyad deb, raviydan keyin harflar kelgan qofiyalarni mutlaq qofiya deb atash qabul qilingan. Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ammo ijod amaliyotida ba’zan bu talabdan chetga chiqishlar ham kuzatiladi. Uvaysiyning «Kun va tun» chistonida ham shu holatni ko‘ramiz. «Ko‘rmagan» – «sig‘magan» qofiyasidagi raviy («n» tovushi) o‘zakda emas, qo‘shimchaning tarkibida joylashgan.

Eslab qolish kerakki, «lola – piyola», «banda – хanda» kabi qofiyalarda «a» unlisi emas, balki «l» hamda «d» undoshlari raviy hisoblanadi. So‘zdagi cho‘ziq unlilargina raviy bo‘la oladi. Qisqa unlilar raviy bo‘lolmaydi. Masalan, shoiraning «Uvaysiyman» radifli g‘azalida «mubtalo», «oshno», «muddao», «mosivo» so‘zlaridagi «o» unlisi raviydir.

Qofiyadan keyin takrorlanadigan so‘z yoki so‘zlar birligi radif deyiladi. Yuqorida siz o‘rgangan:

Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,

Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim, – bayti bilan boshlanuvchi she’rida «jononimni», «davronimni» kabi so‘zlar qofiyadosh bo‘lsa, ulardan keyin takrorlanuvchi «sog‘indim» radifdir. Radif bir necha so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin.

Uvaysiyning:

Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi,

Vujudin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi, – baytida «afg‘on», «so‘zon» qofiyasidan keyingi uch so‘zdan iborat «aylamakni mendin o‘rgandi» radif bo‘lib kelgan.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Zаvqiy tахаllusi bilаn qаlаm tеbrаtgаn shоirning аsl ismi Ubаydullоh bo‘lib, 1853-yildа Qo‘qоn shаhrining Qаtаg‘оn dаhаsigа qаrаshli Shаyхоn mаhаllаsidа mаhsido‘z kоsib Muhаmmаd Sоlih оilаsidа dunyogа kеlgаn...

...1870–1874-yillаrdа shоirtа biаt tоg‘аsi Muhаmmаd Siddiq yordаmidа «Mаdrаsаi Oliy» vа «Mаdrаsаi Chаlpаk» mаdrаsаlаridа tаhsil ko‘rgаn...

...оnаsining vаfоt etishi, оtаsining fаlаj bo‘lib qоlishi sаbаbli оtа kаsbi – kоsiblik bilаn ro‘zg‘оr tеbrаtаdi...

...Mа’lum muddаt Qo‘qоn pоyаbzаl rаstаsining хo‘jаyini Mo‘minbоy qo‘lidа mirzalik hаm qilgаn...

...u Muqimiy, Muhyi, Furqаt, Nisbаt, Muhаyyir kаbi tаniqli shоirlаr bilаn tаnishdi, ulаr bilаn аdаbiy mаjlislаrdа, sherxonliklаrdа ishtirоk etdi...

...Furqаt o‘z esdаliklаridа ushbu shоirlаr tеz-tеz to‘plаnishib, аdаbiy suhbаt qurgаnlаri, bir g‘аzаlgа ergаshib, uning mа’nоsini turli shаkllarda ifоdаlаb, shе’riy bаhslar qilganlаri hаqidа yozgаn edi...

...1890-yili tоg‘аsi Muhаmmаd Siddiq bilаn birgа hаj sаfаrigа chiqib, оlti оy dаvоmidа Turkiya vа Аrаbistоn mаmlаkаtlаridа bo‘lаdi...

...Zаvqiyning shе’rlаri, mаqоlаlаri o‘z dаvridа «Turkistоn vilоyatining gаzеti», «Sаdоi Fаrg‘оnа», «Tirik so‘z», «Nаjоt» gаzеtаlаridа hаmdа «Аl-Islоh» jurnаlidа bоsilgаn, аsаrlаridаn nаmunаlаr to‘plаm vа bаyozlаrgа kiritilgаn...

...Аniqlаnishichа, shоirning o‘z qo‘li bilаn tuzgаn dеvоni uning vаfоtidаn so‘ng, аniqrоg‘i, 1930-yildа turmush o‘rtоg‘i Хаyrunnisо tоmоnidаn Qаshqаr gа оlib kеtilgаn. Hоzir bu dеvоn Zаvqiyning Хitоy Хаlq Rеspublikаsidа yashаyotgаn аvlоdlаri qo‘lidа sаqlаnmоqdа...

...Yurtimizdа shоirning аsаrlаri jаmlаnib, 1958- vа 1960-yillаrdа ikki mаrtа nаshr etilgаn. 2003-yili Zаvqiy tavalludining 150 yilligi munоsаbаti bilаn mаzkur to‘plаmning to‘ldirilgаn nаshri bоsmаdаn chiqdi...

...Uning ijodida «Ajab ermas», «Hajvi ahli rasta» she’rlarining o‘ziga xos o‘rni bor. «Ajab ermas» she’rida yurt kelajagi borasidagi shoirning armon, orzu va istaklari aks etgan. Bu she’r muxammas shaklida yozilgan. Asli yetti banddan iborat bo‘lsa-da, sho‘rolar davrida to‘rt banddan iborat she’r tarzida taqdim etildi. Qo‘qonlik adabiyotshunos olim Rustamjon Tojiboyev 1997-yili muxammasning to‘la matnini tiklab, matbuotda e’lon qildi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Muxammasning dastlabki bandida Zavqiy xalq boshidan o‘tkazayotgan istibdod kunlari osmondagi tarqalib ketuvchi bulut, mustamlakachi davlat esa suv yuzidagi ozgina ta’sirdan yorilib ketishi mumkin bo‘lgan pufakcha kabi omonat va o‘tkinchi bo‘lishini istaydi. Keyingi bandlarda birin-ketin shoirning yurtdoshlarga murojaati, Yaratganga iltijosi, dildagi armonlari, o‘z o‘quvchisiga xitobi chuqur dard, mahzun kechinma, ayni paytda yorqin kelajakka ishonch tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashgan holda bayon etilgan. Ayniqsa, «boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur» satri mustaqil O‘zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladi va biz Zavqiyning shoirona bashoratiga tahsinlar o‘qiymiz. Muxammasda talaygina islomiy so‘z, atamalar uchraydi. Ular matn bilan bog‘liq bir qator ijtimoiy tushunchalarni qamrab oladi. Masalan, islom – tinchlik, adolat, tenglik, istiqlol; musulmonlar – shoirning zamondosh va yurtdoshlari; shariat nuri – adolat; shiori shar’ (shariat shiori) – qonun ustuvorligi tushunchalarini o‘z ichiga oladi.

Zavqiy zamonasining nosozliklari, illatlari to‘g‘risida bir qator hajviy she’rlar yozgan. «Zamona kimniki», «Dar mazammati zamona», «Ajab zamona», «Kaj dor-u marez zamona», «Bo‘l», «Muncha ko‘p» hajviyalari zamona muammolari mavzusida yozilgan hajviy she’rlar guruhini tashkil qiladi. Shoir hajviyotida zamonasidagi hammaga tanish odamlarning obrazini, ularga xos bo‘lgan illatlar tanqidini adabiyotga dadil olib kirdi. Shunday hajvlardan biri «Hajvi ahli rasta» she’ri bo‘lib, unda Qo‘qon bozor ahllaridan qirq olti kishi hajv ostiga olingan. Shuni ta’kidlash kerakki, bu she’rni anglash uchun Zavqiy zamonasiga, Qo‘qon bozori muhitiga qaytish, uni tasavvur qilish zarur bo‘ladi. Zavqiy bu hajviyasini odamlar o‘qishi uchun katta qog‘ozga yirik harflar bilan yozib, Qo‘qondagi doimo gavjum Mo‘ymarak maydonidagi baland terakka ilib qo‘yadi: «Qirq olti kishini fasona qildim, Kim chiqsa o‘qiydi Mo‘ymarakka».

#Луғат


Ra’yi savоb – to‘g‘ri fikr, savоbli mayl

Dud – tutun

Sabt – yozish

Nukta qilma – ta’riflama, gapirma

Iblоg‘ – yеtkazish, aytish

Bоrgah – qo‘nim jоy, qarоrgоh

Savdоda – mоjarоda, ishda

Tavajjuh – yuzlanish, ko‘rinish

Ko‘shish – jahd qilish, intilish

Baxshish – marhamat

Mav’id – va’da

Yaqin – aniq, muqarrar, qat’iy

Azm – kirishish, harakat

Hоmil – eltuvchi

Qоsid – xabarchi, so‘zlоvchi

Bitik – xat, yozilgan narsa

Musta’jil – shоshilish

Masоfat – masоfa, yo‘l

Qat’ – bоsish, yurish

Murur – o‘tish, yurish

Kamingah – pana, pistirma joy

Maral – kiyik

Vuquf – vоqif, xabardоr

Mash’uf – bеrilish

Dоrir edi – uchrardi

Shikоriyi gulrang – оvlanadigan qizil bug‘u

Оhang – qiliq

O‘zga xud bo‘ldi – o‘zgacha bo‘lib qоldi

Hush-u xirad – aql-u hush

Bilkul – butunlay, tamоmila

Kamin – pistirma, pana

Nеv – pahlavоn, bоtir

Masоf – jang, janggоh

Хеz sоlmоq– tеz kеtmоq

Pоshna – qichamоq, niqtamоq

Raxshlar – оtlar

Qayd – sirtmоq, band

Sayyodlar – оvchilar

Sayd – оv, o‘lja

Оyin – оdat, udum

Zanbo‘r – ari, asalari

Sukun-u murur – turish va yurish

So‘ydilar – yеchdilar

Jazm – aniq

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


HAJVI AHLI RASTA

Arzim buki, Qori sumalakka,

Yetsun boshi, arz esa falakka.

Gah-gah nazora aylasun ul,

Ibrat ko‘zi birla bu Samakka.

Sangmayda nosdonini maxtab,

So‘z naqdini urmasun mahakka.

Shokir qora tarz odam o‘lmish,

Ming la’nat o‘shal qora eshakka.

Ul Shohaziz ayrilib otidin,

O‘xshaydi Solih hezalakka.

So‘z ta’siri ketmasin, Mo‘minshoh

Osh yesa og‘iz artmasun fatakka.

Ko‘p haddidin oshmasun Nazirbek,

O‘xshaydi ul oshqaboq xamakka.

Pul kelmasa, Bonkaboyvachcha

Karnay chaladur bo‘lar-bo‘makka.

Kofircha degan bir Ahmadjon bor,

Ko‘p shug‘li baland po‘q yemakka.

A’lamni o‘g‘ullari Oxundjon

Hayf to‘n bila salla gungalakka…

Sil aft oriqqina Muhiddin,

Ahvoli ayon bo‘lur kuzakka…

Olib borur erdi Qosim oxund

Bizni Qorako‘lga handalakka…

Kir ko‘ylak o‘lubtilar Umarjon

Sotmoq uchun emdi jun jiyakka.

Dovudxo‘ja chorbozor qatnar,

Chit moshinasin sotur elakka.

Ul hoji Hasan degan zakiytab’

Yo‘q toqatim anga so‘z demakka.

Nusrat bila oshnolig‘im bor,

Tentakkina shatrama-shatakka.

So‘fini balosi Abduqodir

Qatig‘lig‘i o‘xshamish danakka…

Qosim shamol andake yengilroq,

O‘xshab uchar bandi bodfarakka

Xalq oni akasini o‘xshaturlar

Og‘zini tuvak, burnini sumakka…

Ortuqbachani semurturinglar,

O‘q bo‘lg‘usi katta zambarakka.

Ko‘r ishtahosin Hojibachcha

Osh solib ichar emish chelakka…

Ellikboshi o‘g‘li mokiyonvor,

Ustod bo‘lubti kurkurakka…

Qirq olti kishini fasona qildim,

Kim chiqsa o‘qiydi Mo‘ymarakka.

Tab’ingning arobasini to‘xtat,

Shotisini bog‘la g‘ildirakka.

Zavqiy osilurg‘a himmatidin

Dor bog‘ladi bir baland terakka.

AJAB ERMAS

Bu kunlar boshimizda bir sahob o‘lsa, ajab ermas,

Munavvar zimnida bir oftob o‘lsa, ajab ermas,

Bu davlat suv yuzinda bir hubob

o‘lsa, ajab ermas,

Ko‘rulsa suvrati, asli niqob o‘lsa, ajab ermas,

Ochilsa pardalar yuzdin, hijob o‘lsa, ajab ermas.

Duoya qo‘l ochib, az tahti dil yig‘lang, musulmonlar,

Zaif o‘ldi, bilurmisiz, bu nuqson birla iymonlar,

Xudoga yalbaringlar, ketmasin ko‘ngilda armonlar,

Burodarlar, azizlar, yaxshilar, ahbob, yoronlar,

Duolar Hazratig‘a

mustajob o‘lsa, ajab ermas.

Nasimi jonfizo bemorlarga, ey sabo, yetkur,

Xazon pajmurda bo‘lganlarga bir obi havo yetkur,

Qo‘y emdi biz bilan begonani, bir oshno yetkur,

Gadomiz, boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur,

Muqarrardur, zamona inqilob o‘lsa, ajab ermas.

Shariat nuri birlan arsai olamni anvar qil,

Bisoti saltanatga ziynati islomni zevar qil,

Amiri adlgustar hukmron mazlumparvar qil,

Asosi zulm daf’in qil, adolatpesha sarvar qil,

Aduvlar koru bori ehtisob o‘lsa, ajab ermas.

Shiori shar’ birlan ziynatafzo bo‘lsa Farg‘ona,

Havosi ruhparvar ham diloro bo‘lsa Farg‘ona,

Jahon ahlig‘a go‘yo daf’u savdo bo‘lsa Farg‘ona,

Tong ermaski, go‘yo jannatoso bo‘lsa Farg‘ona,

Bo‘lub tufrog‘i anbar, suv gulob o‘lsa, ajab ermas.

O‘tub bir qarn ahbobim, jahon obod ko‘rgaysiz,

Jahon ahlini qayg‘u qaydidin ozod ko‘rgaysiz,

Giriftori alam ermas, hamani shod ko‘rgaysiz,

Avalgi o‘tgan-u ketgan ko‘ngilda yod ko‘rgaysiz,

Qarig‘an chog‘da bir ahli shabo bo‘lsa, ajab ermas.

Bashoratlarni bilsang, Zavqiy olam ogahidindur,

Bu ra’y, albatta, islom ahli bo‘lsa, matlabidindur

Bo‘lur bu kanzi maxfiy oshkoro deb Jalidindur,

Degan tarixlari ul Ne’matullohi Validindur,

Bu so‘z vallohu a’lam bissavob o‘lsa, ajab ermas (Misraning ma’nosi: yuqorida aytilgan istak amalga oshsa ajab emas).

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Yassаviyning tа’siri, Nаvоiygа izdoshlik chizgilаri Maxtumqulining bitganlaridа yаqqоl ko‘zgа tаshlаnib turаdi...

...Turkmаnistоnning Аtrаk dаryоsi bo‘yidаgi Hоjigоvshоn qishlоg‘idа tug‘ilgаn. Bo‘lajak shoirning bоbоsini hаm Mахtumquli deyishardi. Bоbоsi аsоsаn dеhqоnchilik, hunаrmаndchilik bilаn shu g‘ullаngаn. Аyni pаytdа хаlq qo‘shiqlаri yo‘lidа shе’rlаr аyta oladigаn оqin sifаtidа hаm tаnilgаn. Shоirning оtаsi Dаvlаtmаmаd mаdrаsаdа mudаrrislik qilgаn juda o‘qimishli kishi edi. U istе’dоdli shоir bo‘lib, Ozоdiy tахаllusi bilаn qo‘shiq vа g‘аzаllаr yоzgаn. Turkmаn аdаbiyоtitа tarаqqiyоtidа Ozоdiy аlоhidа mаvqеgа egа ijоdkоr sаnаlаdi. Olti ming misrаli, to‘rt bоbdаn ibоrаt «Vа’zi Ozоd» deb ataladigan yirik ilmiy risоlа-dоstоni turkmаn mumtоz аdаbiyоtidа muhim o‘rin tutаdi.

...Mахtumquli dаstlаbki tа’limni o‘z оtаsidаn оlgаn. So‘ng оvul mаktаbidа Niyоzsоlih mullа qo‘lidа o‘qidi...

...o‘qishni Qizilоyоq оvulidаgi Idrisbоbо, Buхоrоdаgi Ko‘kаldоsh, kеyinchаlik хоnlik mаrkаzi bo‘lmish Хivаdаgi Shеrg‘оzi mаdrаsаlаridа dаvоm ettirgan...

...Mахtumquli hаli bоlа yоshidаnоq qo‘ligа qаlаm оlib, shе’r yоzishgа tutingаn. To‘qqiz yоshdа bоbоsi vа оtаsi izidаn bоrib, хаlq yo‘lidа qo‘shiqlаr to‘qiy bоshlаgаn...

...Mахtumquli ijоdi lirik shе’rlаr, lirо-epik dоstоnlаr, g‘аzаl, mumtоz shе’riyаt yo‘lidа bitilgan to‘rtlik vа muхаmmаslаr hаmdа хаlqоnа оhаnglаrdа yоzilgаn she’rlardаn ibоrаt...

...shoir ijоdining umumiy hаjmi o‘n ming misrаdаn оrtiqroqni tashkil etadi...

...Shоir bа’zi shе’rlаridа «Firоg‘iy» tахаllusini qo‘llаydi...

...«Turkmаn binоsi» shе’ridа turkman xalqiga xos g‘urur, oriyat, ittifoqlik tuyg‘ulari haqida iftixor bilan yozadi...

turkmanlardagi ma’naviy sifatlar shakllanishida o‘z ijodi va faoliyatining ham o‘rni borligini ta’kidlaydi:

Qurgаnim аslidа, bilgil, bu zаminning miхidir,

Erur ul erkin dоim, budur turkmаn binоsi.

Gаrki dunyо аylаdi, gаr kеlsа rаqib qоshigа,

Bir po‘lаtdаn binо bo‘lgаn, budur turkmаn qаl’аsi.

...Maxtumquli el-ulusning saodati, yurtning obodligi uchun eng kаttа omil millаt birligi, yаkdilligi ekаniga аlоhidа urg‘u berаdi:

Tаkа, yоvmut, yаzir, go‘klаng, аhаl eli bir bo‘lib,

Gаr qilsа bir jоygа yurish, оchilаr gul-lоlаsi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

Адабиётдан муҳими|Дилдора, байраминг билан:

#Дарслик

...muhаbbаt mаvzusidаgi eng go‘zаl shе’rlаri Yarаtgаngа bo‘lgаn ilоhiy ishq kеchinmаlаri bilаn uyg‘un tаrzdа bеrilgаnligini kuzаtish mumkin:

Аsli sеni ko‘rmаgаnmаn, nigоrim!

Qumrimisаn, bulbulmisаn, nаmаsаn?

G‘аmgin dilni хаyоling-lа аldаrmаn,

Bоg‘ ichindа bir gulmisаn, nаmаsаn?..

Yо mushkmisаn, yоki jаmbil, yо аnbаr.

Аytоlmаymаn, yо chаrхmisаn, yо chаmbаr.

Dаryоmisаn, yо mаvjmisаn, yо sаvsаr,

Girdоbmisаn, to‘lqinmisаn, nаmаsаn?..

Bu shе’rdаgi yоr Ollоh bo‘lib, аvvаlgi misrаdа bu dunyоdа uni ko‘rmаgаni аytilmоqdа vа tаbiаtdаgi eng nаfis tаsvirlаr, go‘zаllik rаmzlаri оrqаli аnа shu ilоhiy nigоrni tоpish istаgini, ishtiyоqini shоir yаshirmаydi. Butun bоrliq, kоinоtning egаsi, ulаrni hаrаkаtgа kеltiruvchi, itоаtdа tutib turuvchi qudrаt sоhibini «yо chаrхmisаn, yо chаmbаr, Dаryоmisаn, yо mаvjmisаn» dеyа tаfаkkur qilаdi. Mа’lumki, tаsаvvuf tа’limоtigа ko‘rа, Ollоhning sifаtlаri butun bоrliqdа аks etаdi, qаlb ko‘zi оchilgаn insоnlаrginа uni ko‘rа оlаdi, g‘оfillаr esа bundаn bехаbаrdirlаr...

...Uning o‘gitlаri аvlоdlаrni ахlоqiy pоklikkа, mа’nаviy yuksаklikkа o‘rgаtаdi:

Kеl, ko‘nglim, mеn sеngа o‘git bеrаyin:

Yirоq qilmа ko‘rаr ko‘zing – elingni.

Qimmаtin kеtkizmа, o‘rnidа so‘zlа,

Rаvо ko‘rmа hаr nоkаsgа tilingni.

So‘zigа jаvоb bеr hаr kim so‘rаsа,

O‘zingni uzоq tut nоmаrd yo‘risа,

Bir miskin tеrmulib yig‘lаb qаrаsа,

Bаhоlаmа, tеkin bеrgin mоlingni...

...Shoirning ayrim asarlari savol-javob asosiga qurilgan. Otasi Ozodiy, zamondosh shoirlar Turdi (juda mashhur), Zunubiy, Ma’rufiylar bilan she’riy aytishuvlarda bir tomon savol beradi, ikkinchi tomon javob qaytaradi...

...Mахtumquli хаlqining tili, аytаr so‘zi bo‘lib, turkmаnning qаlbini, оrzu-аrmоnini, millаt mа’nаviyаtini оlаm аhligа kuylаgаn:

Sаrхush bo‘lib chiqаr, bаg‘ri dоg‘lаnmаs,

Tоshlаrni sindirаr, yo‘li bоg‘lаnmаs.

Ko‘zim yоtgа tushsа, ko‘nglim tаnglаnmаs,

Mахtumquli so‘zlаr tili turkmаnning.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


ADOLAT YAXSHI

Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang,

Faqir-u miskinga dalolat yaxshi.

Baxilga uchramang – kular yuz bo‘lmang,

Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.

Yetimni ko‘rganda kular yuz bo‘lgil,

Qo‘ldan kelsa, unga taom-tuz bergil,

G‘amginni ko‘rganda shirin so‘z bo‘lgil,

Chorasiz qullarga himoyat yaxshi.

Yigit uldir, so‘zga aylasa amal,

Qo‘ldan kelmas ishga etmasa jadal,

Ollohning amriga qilmagil badal,

Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi.

G‘ariblik bir darddir – odam o‘ldirmas,

O‘ldirmas hayotda, lekin kuldirmas,

Bo‘riga ojizlik, it ham bildirmas,

Albatta, dushmanga siyosat yaxshi.

Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,

Daraxtlar ko‘karib, samar, gul berdi,

Go‘ro‘g‘li Rayhonga qanday yolbordi?

Omonlik deganga diyonat yaxshi.

SHOIR BO‘LSANG, XABAR BER (Turdi shoir bilan aytishuv)

Maxtumquli:

U nimadir, qizil va ko‘k o‘sadi?

U nimadir, oyog‘i yo‘q bosadi?

U nimadir, yetti daryo kezadi?

Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

U ekindir – qizil va ko‘k o‘sadi,

U ilondir – oyog‘i yo‘q bosadi,

U baliqdir – yetti daryo kezadi,

Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!

Maxtumquli:

U nimadir, yoqasi bor, yoni yo‘q?

U nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q?

U nimadir, odam yutar, joni yo‘q?

Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

U kafandir – yoqasi bor, yoni yo‘q,

Kapalakdir – qanoti bor, qoni yo‘q,

Qaro yerdir – odam yutar, joni yo‘q,

Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!

Maxtumquli:

U nimadir, darvozasiz qal’adir?

U nimadir, derazasiz binodir?

U nimadir, bir-biridan a’lodir?

Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

U ko‘ngildir – darvozasiz qal’adir,

U qabrdir – derazasiz binodir.

U oy-kundir – bir-biridan a’lodir,

Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!

Maxtumquli:

U nimadir, yemadilar – to‘ydilar?

U nimadir, qiyomatga qo‘ydilar?

U kim edi, tovonidan so‘ydilar?

Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

U diydordir, yemadilar – to‘ydilar,

U namozdir – qiyomatga qo‘ydilar,

Nasimiyni tovonidan so‘ydilar,

Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!

Maxtumquli:

U nimadir, yetti o‘lka kezadi?

U nimadir, belin bir zarb ezadi?

U nimadir, odam kabi sezadi?

Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

U cho‘pondir – yetti o‘lka kezadi,

U qo‘zidir – belin tayoq ezadi,

Bedov otlar odam kabi sezadi,

Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!

Maxtumquli:

U nimadir, tuproq uzra surinmas?

U nimadir, odamlarga ko‘rinmas?

U nimadir, hech bir to‘nga burkanmas?

Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

Eranlardir (Ollohning do‘stlari bo‘lgan avliyo zotlar.) xor-zor bo‘lib surinmas,

U balodir kelsa, ko‘zga ko‘rinmas,

Yolg‘on gurung hech bir to‘nga burkanmas,

Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


"So‘zim oxirida odil sudlardan so‘rayman: garchi men turli bo‘hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg‘on bo‘lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlarning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni bera ko‘ringiz. Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmag‘on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma’naviy o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so‘rayman". 1926-yil 15-iyun, Samarqand (Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan)...

...Toshkent shahridagi o‘rtahol oilalardan birida dunyoga kelgan...

...1917-yilgi to‘ntarishlargacha o‘ziga to‘q xonadonlarda turli yumushlar bilan band bo‘lgan: prikazchik (yugurdaklik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan...

...Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo‘lmaqo‘l bo‘lib ketardi. Felyetonlari bosilgan «Mushtum» jurnali hamisha talash bo‘lardi. Romanlarini o‘qish uchun navbat kutib turganlarning sanog‘iga yetib bo‘lmas, «O‘tkan kunlar» romanini yod biladigan kitobxonlar bor edi...

...1926-yildayoq «sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘sizlantirdi» degan uydirma ayb qo‘yib, adibni qamoqqa hukm qilishdi. Bu, zamon zo‘rlari nazarida, yozuvchini o‘ziga xos «ogohlantirish» edi. Adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri» xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi...

...«O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» singari roman va qissalari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma’naviy ravnaqiga hissa qo‘shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida ikkinchi bor olib ketishdi...

...1938-yil ning 5-oktabrida XX asr o‘zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o‘zbeklarning eng fidoyilaridan birini o‘limga hukm qildi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

«MEHROBDAN CHAYON» ROMANIDAN BOBLAR

Baxmalbofda faqir bir oila

Anvar 1267-inchi hijriya miyonalarida1 Qo‘qonning Baxmalbof mahallasida faqir bir oilada dunyog‘a keldi. Onalar tuqqan bolalarini sizga «tilab-tilab olgan falonim» deb, otalar «xudoy bergan o‘g‘ulcha» deb taqdim etadirlar. Ammo bizning Anvar bo‘lsa onasining «tilab-tilab olg‘ani» emas va otasi ham uni «o‘g‘ulchag‘a» hisoblamag‘an edi. Otasining kasbi bo‘yoqchiliq, hamisha yarim belidan nil suvig‘a cho‘milib yotqan bir kambag‘al va bir qarich, ikki qarich bolalardan beshtasiga dada edi. Shu besh bolaning yonig‘a izzatsiz, hurmatsiz oltinchi «mehmon» bo‘lib, bizning Anvar qo‘shildi. Ya’ni Anvar tilab oling‘an bola emas, dadasi bilan onasining tilaklariga qarshi, faqat ularning baxtsizlik va qashshoqliqlarig‘a xizmat qilg‘uchi bo‘lib tug‘ildi.

...Bola tilab olinsa, so‘yinch-quvonch, nog‘orachi-surnaychi va shunga o‘xshash cho‘zma-chalpak, is charog‘ marosimlari nuqsonsiz ijro etiladir...Masalan, onasi o‘z yonig‘a doya chaqirib takalluflanmadi, to‘ng‘uch qizi Nodiraning ko‘magida tug‘di; bolalarini qo‘ni-qo‘shnig‘a so‘yinchi uchun chiqarmadi. Chunki qo‘shnilarning «qaysi holingg‘a tug‘ding?» yoki «o‘zi o‘lgur it mijozmi?» deb ta’na qilishlaridan cho‘chidi...

...Shu holda yeti-sakkiz kunlab Anvarning dunyog‘a «tashrifi » sir bo‘lib kechdi. Anvar ohorliq yangi yo‘rgak ko‘rmaganidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qquzinchi kun belandi emas, tiqildi...

...Oradan yigirma kun o‘tsaku, bolag‘a ism qo‘ymasalar, deb ota-onani ayblash og‘ir...

...Balki Salim bo‘yoqchining tirikchilikdan qo‘li bo‘shamag‘andir. Anorbibining bo‘lsa olti bolaning xarxashasidan qulog‘i tinchimay miyasi suyulgandir...

...Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkinchi kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi...

...Nodira o‘z yaqinlaridag‘i maxdumlardan birining bolasini yaxshi kiyimi, ayniqsa, yoqimli eshitilgan «Anvar» ismiga suqlanib, havaslanib yurar edi. O‘ylab-netib turmadi-da, yangi chaqaloq ukasining otini ham «Anvar» deb atadi...

...Salim bo‘yoqchining mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak bo‘lib Anvar ham yashay boshladi...

...Anvar uch yoshqa kirganda, besh yillardan beri Salim akaga yopishib olg‘an bobosir kasali uning yoqasidan olib yiqitishg‘a muvaffaq bo‘ldi...

...Salim bo‘yoqchi sarmoyasidagi nil, tuz va o‘xshash dastmoyalarni sotib muolaja qildirg‘an bo‘ldi...

...Do‘kon dastgohini sotib ro‘zg‘or qildi...

...O‘pkasiga sovuq tegdirib Salim akaning to‘rtinchi bolasi o‘ldi...

...Ko‘klamga chiqar-chiqmas Salim bo‘yoqchining o‘zi ham dunyo bilan vidolashdi...

...yana ikki og‘asig‘a qizamiq toshib, bir bola munda ham o‘lib berdi...

...Shu yo‘sun olti oy ichida Anorbibi eridan va ikki bolasidan ayrilib, to‘rt go‘dak orasida beva bo‘lib qoldi...

...Eridan bolalarning tarbiyasig‘a yararliq hech gap (narsa) qolmag‘an, bir-ikkita xumuch-to‘rtta mo‘ndi (dastasi siniq ko‘vacha) va shunga o‘xshash rezrov (mayda-chuyda) boshqa bir balo ham yo‘q...

....Anorbibi mehnat bilan yashab, yetti-sakkizni tug‘ib, yoshi ham qirqlarg‘a borib, tusiga ajin kirib, keksaymasa ham qarimsiq bo‘lib qolg‘an...

...Anorbibiga o‘xshash tul xotinlarning qiladirg‘an ishlari har kimga ham ma’lum: mahallada dasturxonchilik, boylar eshigida oqsochliq, hunarmandroq bo‘lsa – kinnachilik...

Nodirani bir bo‘zchi bolasig‘a uzatdi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


Taniysanmi shu jajji qizni?

...Falakmi kajraftor (egri yuruvchi), turmishmi bemaza, har-holda Anvarlarning toleyi yana pastlik qildi. Bir kun Anorbibi biravnikida yumish qila turib to‘sindan og‘rib qoldi, bir soatning ichida tilidan ham ayrildi...

...Mozorg‘a eltdilar. Tobut oldida ikki og‘asi bilan olti yoshliq Anvar ham yig‘lab bordi.

O‘n bir yoshliq Temur, to‘qquz yoshliq Qobil va Anvarlarni tarbiya qilish og‘irlig‘i Nodiraning ustiga tushdi...

...Anvarni o‘zlari turg‘an mahalladan bir guzar nari bo‘lg‘an Solih maxdumning maktabiga berdi...

...Anvarning o‘n bir yoshida savodi chiqayozdi...o‘qishda qancha baxtli bo‘lsa, peshanada o‘shancha baxtsiz edi...

...Nodira og‘ir holda Anvarni kishiga shogird berib, o‘qushini zoye’ qilishg‘a ko‘zi qiymaydir, eriga muqobala (qarshi) uchun hech bir mantiq topolmaydir...

...«Qush tilini qush biladir» deganlaridek, Nodiraning samimiy arzi bandachiligi Mohlaroyim bilan Nigor kelinning yuraklarini ezdi...

...– Oh, oting ham o‘zingga o‘xshash chiroylik ekan... Manovi do‘ndiq qizni taniysanmi? Shu o‘rtada o‘ynab yurg‘an olti yoshlar chamaliq Ra’no

yugurib kelib, Mohlar oyimning bag‘rig‘a kirdi...

...Maxdum: "Shundoq ham bo‘lsa, «tomog‘i-ku, yengil, kiyimi og‘irroq. Kiyi mini opasining ustiga qo‘ymabsiz-da», – dedi. Mohlar oyim: «Kiyimi bir gap bo‘lar. Kishilar masjid, madrasa solg‘anda, biz bir yatim boqsaq, arzimaydimi?"...

...Anvar o‘n ikki yoshida uchunchi oilani ko‘rdi...

...qorni panjshanbalik nonlar bilan to‘q, ust-boshi yamoq bo‘lsa ham, yalang‘och emas edi...Anvarni eng xursand qilg‘an narsa maktabdagi bolalarning ozor berishlaridan qutulishi va domlaning asrandi o‘g‘li maqomini olishi bo‘ldi...

...O‘n uch yoshida maktab pro‘g‘rammasini bitirib, yosh bo‘lsa ham xalfalik, ya’ni domlag‘a ko‘makchilik qila boshladi. Va har kun bolalar ozod bo‘lg‘andan keyin maxdum unga qofiyadan (arab tili grammatikasi. Aslida «Kifoyat»)

dars berar va «Guliston»i Sa’diydan

bir necha band o‘qutib, ma’nosi bilan yodlatar edi.

...O‘n besh yoshida maktabni yolg‘iz o‘zi idora qilish darajasiga yetkanidek, yaxshig‘ina forsiyxon va bir daraja arab tiliga oshno bo‘ldi...

...Maxdum maktab ishida yalqovlanib Anvarga suyanib qoldi va madrasa masalasini unut dirish maqsadida arab, fors nahv ...(sintaksis)sarfi (morfologiya)dan o‘zi dars berishka tirishdi...

...Mohlar oyim va’dasiga yetalmadi (Raʼnoni Anvarga berish). Maxdumdan arazlab Marg‘ilon ketishka majbur bo‘ldi. Biroq ketar chog‘ida ham Anvarni unutmadi. Nigor kelinni o‘z yonig‘a chaqirib: «Kuyavlik uchun Anvardan yaxshiroq yigitni topolmassiz, Ra’nog‘a Xudoyim umr berib bo‘yi yetsa, albatta, Anvarga berdirgin», – dedi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

"MEHROBDAN CHAYON"

CHIN O‘RTOQ

Anvar yosh bo‘lsa ham jiddiy va kichkina miyasi muhokamaga qobil, boshqa kishilar ustiga tushkan baxtsizlikdan ham mutaassur bo‘lg‘uchi edi...

...Bola chog‘idanoq eng yaxshi ko‘rgan narsasi gulzor va undagi gullar edi...

...Ammo ayniqsa, xush ko‘rgan kishilaridan birinchisi Ra’no va ikkinchisi maktabdagi shogirdlardan saboqdosh sherigi Nasim ismlik bola edi...

...Garchi Nasimning otasi Qo‘qonningg‘ina emas, butun xonliqning tanilg‘an kishilaridan va bu ikki bolaning sinfiy ayirmaliqlari yer bilan ko‘kcha, lekin yosh do‘stlar buning farqiga yetmaslar, Nasim «xonning mirzoboshisining o‘g‘liman», deb havolanmag‘anidek, Anvar ham «Salim bo‘yoqchining yatimi, Solih maxdumning asrandisiman» deb andisha qilmas edi. Bu ikki bola bir joyda suhbatka kirishsalar, chetdagi bir kishi Anvarni yirtiq bo‘z kiyimlar ichida va Nasimni shohi-adraslar bilan g‘arq holda ko‘rib, albatta: «Bu gadoybachcha bilan bekbachchaning o‘zaro nima munosabatlari bor?» – deb taajjublanardi...

...Anvar shu munosabat bilan Nasimning otasi Muhammad Rajab poygachining iltifotiga noil ham bo‘ldi...

...Muhammad Rajabbek Anvarga kiyimlar ham berdi. Bu iltifot ikki do‘stning aloqalarin birbirlariga yana qattig‘roq bog‘ladi, ayniqsa, maxdumning dimog‘ini chog‘ qildi...

...Shu sarpo kiyish voqi’asidan so‘ng maxdum Anvarga boshqacha qarab qoldi va ichidan: «Sen odam bo‘ladirg‘an ko‘rinasan», – deb qo‘ydi...

...Nasim o‘n besh yoshlar chamasida chechak kasali bilan og‘ridi va o‘sha kezlarda davosiz hisoblang‘an bu kasaldan o‘nglanmay vafot qildi...

...Anvarning birinchi martaba marhum do‘stiga atab yozg‘an marsiyasi motamlik ota-onani yana bo‘zlatqan edikim, biz marsiyadan bir necha misra’ini quyida ko‘rsatamiz:

Ochilmay so‘lsa har gul g‘unchasi pir-u juvon (qari-yu yosh) yig‘lar,

Emas pir-u juvon, balki hamma ahli jahon yig‘lar.

Ajal yag‘mogari bog‘i zako (aql bogʻi) ichra uzib zanjir

Rahmsiz ezsa ma’sum lolalarni, chun xazon yig‘lar.

Nasimim ketdi olamdin meni qayg‘u aro tashlab,

Ko‘zimdan oqsa xun hech bir ajab yo‘q, chunki qon

yig‘lar.

Jahonda erdi tanho men yatimga hamnishin, dildor,

G‘ariblikning diyorida adashkan notavon yig‘lar...

...Bir jihatdan ma’sumiyat, ikkinchidan ko‘rinib turg‘an iste’dod Muhammad Rajabbekni Anvarga iltifot etishka majbur qildi...

...Mulla Muhammad Rajabbek, avvalo, o‘z iltifotini Anvarning marsiyasidan bir baytini Nasimning qabr toshig‘a olish bilan boshladi...

Ehtimomi tom – butun diqqat bilan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


"MEHROBDAN CHAYON"

Maxdumning baxti

...Shu kundan boshlab Anvarning hayotida yangi sahifa ochiladir. Ya’ni maxdum Anvarga ilgarigicha – istiqboli qorong‘u bir yatim, deb qaramay, balki Anvar kabi o‘z o‘g‘li bo‘lmag‘anig‘a o‘kuna boshlaydir...

...Muhammad Rajab munshiy qo‘l ostidag‘i mirzolar yonida daftardorliq, nomanavislik (daftar va nomalar har ikki tilda yuritilar edi)

usul larini tajriba qila boshladi. Bir yil

chamasi maoshsiz tajriba ko‘rdi...

...Ikkinchi yildan boshlab yetti tillo mohona (oylik) bilan maoshliq mirzolar qatorig‘a o‘tdi. Mohonadan tashqari soliqlardan ham darxonliq (ozod etish) qog‘ozi oldi...

...Domlaning yetti tilloni olg‘andag‘i holini tasvir qilish, albatta, qiyindir; ko‘zlari g‘ilaylashqan, aftida qiziq o‘zgarish ko‘rilib, og‘zining tanobi uzoq sayohatni ixtiyor qilg‘an – «habba... hosiling durust, Anvar bolam, lekin pulga ehtiyot bo‘l, bo‘tam!» – degan edi...

...Ra’noni Anvarga nikohlab boshini bog‘lab qo‘yaymi, deb o‘yladi. Biroq Ra’no hali o‘n bir yoshda edi...

...– Xe-xe-xe, bolasan, qizim, bolasan, – deb kuldi maxdum, – Anvar akang tokay mehmonxonada yotadi deysan. Axir bir kun uylanadi, bamisoli sen bo‘lsang erga tegasan... Axir uy kerak-da, qizim.

Bu so‘zdan Anvar qizarib ketdi. Maxdum Anvarga ustaliq bilan bir ma’noni onglatib, ta’minot berganidek, buzuqilarning vasvasasiga qarshi dam ham solg‘an edi... Bu dam solish Anvarga ham ta’sirsiz qolmadi. Shu kungacha Ra’noning yosh, ma’sum husniga umidsiz qaraydirg‘an bo‘lsa, bundan keyin unga umid va istiqbolning shirin xayollari bilan termuladirg‘an bo‘ldi...

...Anvar ikkinchi oy maoshidan uch tilloni o‘zida qoldirib, uyga kiyim-kechak olish uchun izn so‘rag‘an edi.Anvar Nigor oyim, Ra’no va o‘ziga kiyimliklar sotib oldi. Nigor oyim sholpar, Ra’no atlas kiydilar...

...Oltin berib quruq duo va minnatdorchilik olishdan, duosiz yeb-ichishni a’lo ko‘rdi...

...Anvarning eskicha ochiq yuz bilan muomala qilib faqat «naqdina» vajhidangina dam bo‘lib qolishi, topqanini «bemaza» ovqatlarg‘a, kiyim-kechak va boshqa «behuda moloya’nilarga (qiymatsiz narsa)

sarf qilishi maxdumni ko‘b tanglikka solg‘an edi...

Muassir – ta’sirchan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


"МЕҲРОБДАН ЧАЁН"

CHAYONNING NAMOYISHI

...Anvarning mirzaboshi darajasiga erishganini ko‘ra olmagan mulla Abdurahmon, Shahodat mufti va Kalonshoh mirzo kabi kimsalar Anvar bilan xonning orasini buzish uchun yigitning suyuklisi Ra’noning go‘zalligi ta’rifini hukmdorga yetkazadilar va xotinboz xon qizni so‘ratib, maxdumga odam yuboradi...

...Xon Anvarlarning qochishida uning do‘sti Sultonalini aybdor sanab, o‘limga hukm qiladi. Roman voqealari rivojida Anvarning akasi Qobil, uning buxorolik do‘stlari: Sharif, Rahim hamda qo‘qonlik Safar bo‘zchi kabilar faol ishtirok etishadi...

...Kalonshoh mirzo boshini irg‘atib qo‘ydi. – «Suygan yorim sen bo‘lsang, ko‘rgan kunim ne bo‘lg‘ay», – deb davom etdi mufti. – Ululamir (ulug‘ amir) qadrnoshunos (odam qadrini bilmaydigan) bo‘lg‘andan so‘ng qiyin ekan. Shu oqpadarning qo‘l ostida ishlagandan devonni tashlab ketkan behroq...

...Abdurahmon hujra eshigida ko‘rindi. Kichkina hovoncha boshidag‘i oq tepchima to‘ppi va qora uzun soqoli uni hindilarning savdogari qiyofatig‘a qo‘yg‘an edi...

...Innalloha ma’assobirin - Оllоh sabr qilg‘uchilar bilan birgadir.

Kulli yavmin batar – kundan kun battar...

...mulla Abdurahmon: Men Anvar bilan Sultonali mojarosini faqat kecha mirzo Boisdan eshitdim...

...Havоdis – hоdisalar, vоqеalar.

Tunqotar – tungi soqchi.

Sabnоma – so‘kib, tahqir qilib yozilg‘an xat (mual.).

Maоl – mazmun, ma’nо.

...Abdurahmon: Sultonali bilan Anvar ham o‘zaro shunday qalin do‘st edilar. Binobarin, aqlg‘a «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qur ekanmi?» degan savol keladir...

...Ba’id – uzоq.

Amniyat – tinchlik, daxlsizlik.

G‘ayraz – bоshqa.

...O‘zgalar tarafidan so‘zlangan fikr yoki bahs har qancha mantiqiy bo‘lg‘anda ham Kalonshohning qarshi chiqish fe’li bor edi. Uning bu fe’liga yaхshi tushunib qolg‘an Shahodat mufti bosh chayqadi...

...Bovar – ishonch, ishonmoq.

Qarоbat – yaqinlik.

Aztahi dil – astoydil.

Bachi ma’ni – nega, nima uchun?

Murоqaba – mushоhada qilish.

Tag‘ofulg‘a – bilmasga.

...Abdurahmon: Sultonalining Anvar bilan ati-qatilig‘i o‘rdada har kimga ma’lum-ku, domla... Ojizning fikrimcha, ul nayrangbozlar bir o‘q bilan necha qushni urg‘anlar, masalan, janobga Sultonalining sadoqati zohir bo‘ldi, sarmunshiylik vazifasiga beozor o‘lturib oldi va

uchunchidan, mardum ko‘zini bo‘yadi...

...Kalonshoh juda qizishib ketdi, «shar’an so‘zingizning to‘rt pullik qiymati yo‘q, uka» tahqiri bilan mulla Abdurahmon ham bo‘zarib oldi...

...Abdurahmon: Menim so‘zim bir mulohaza, taqsir, mulohaza shar’an

isbotka buyurilmag‘an...

...Masnad – martaba.

Zоhir – оshkоra, оchiq.

Vusuq – ishоnch...

...Shahodat mufti: Biz mulla Abdurahmonning mulohazasi ayni bilan janobga bir ariza yozamiz, хolos...Agar haqiqatni aytilsa, хon o‘zidan boshqa hech kimga e’timod qilmaydir...Biz ariza ostig‘a imzo qo‘ymag‘aymiz...

...Mahzi haqiqat – faqat to‘g‘ri gap.

Sifоrish – mеhribоnlik, hurmat.

Halli – hal qilinishi.

E’timоd – ishоnch.

...Kalonshoh noiloj ariza yozishqa rog‘ib bo‘ldi. Ariza ning shu majlisda, mulla Abdurahmon huzurida yozilishi muvofiq ko‘rinib, mufti tahrirga o‘lturdi...

...Mu’tamad – ishоnchli.

Rоg‘ib – mоyil...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


IKKI XIL SADOQAT

...Qopqorong‘i, olti qarichlik tor ko‘chaning muyushida turg‘an bir ko‘laga yomg‘urdan qochqan kabi kichkina eshik panasiga siqilg‘an va zo‘r berib eshikni qoqadir.

Safar Sultonalidan noma olib keladi. Noma: "Safarboyning tabiatida andak beboklik va loqaydlik bor...Har uchavi ham bizning Farg‘ona kiyimida bo‘lmag‘an bu yigitlarni ariza yozdirg‘ali kelganmi, deb o‘yladim...

...Opamdan eshitdim, o‘zim mirzo Anvarning og‘asi bo‘laman, degan javobni berdi...

...Yigit – og‘angiz bo‘lmish afsus chekti, o‘n yillardin beri Qo‘qonda bo‘lmag‘anlig‘ini, buxorolik bir sarkarda eshigida xizmat qilg‘anlig‘ini, qarindoshlarini ko‘rish uchun Buxorodan Samarqandga kelib, u yerdagi katta og‘asini topolmag‘anlig‘ini, undan Qo‘qonga o‘tib, bunda ham sizga yo‘liqolmay qolg‘anini so‘zladi...

...og‘aliq da’vo qilg‘uchining ismi Qobilboy, tusi sizga o‘xshab ketsa ham, pahlavon yigit va har uchavi ham zabardast ko‘rindilar...

...xong‘a sadoqat bizning «odamlar» fikricha, birar manfaat taqozosidir...

...Bu yo‘lda qanchalik zahmat chekmayin va hatto boshim ham ketmasin, menim uchun qiymatlirog‘i insonga sadoqat va shu sadoqatni to o‘lguncha qo‘ldin bermaslikdir".

Tashqarida yomg‘ur tinayozib, kuchlik shamol qo‘zg‘alg‘an, yomg‘ur tomchilarni goho tom ustiga to‘pillatib qattig‘ tushirar, daricha tirqishidan kirgan shamol bilan qora charog‘ chayqalib-chayqalib yonar, ayvondagi kampirning chig‘irig‘idan g‘ijillab chiqqan tovush mushuk bola movlagan kabi hujraga eshitilib turardi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

BARIMTA


...Navro‘zqul образи шу асарда учрайди...

...Sharifboy гаплари:

– "Pala’nat, qachon kelgan ekan?

...Qani, sen ham kafaningni yopinib, shundaychikin yotma. Pala’nating bo uxlab ketdimi?...

...loaqal temirchi ham shogird olmaydi, bizga biron ish topib bermasa, to‘p-to‘g‘ri nar xar

Qobilning ustiga minamiz?

...Voy, pala’nat... Hali sen bizni o‘z pulimiz bilan betimizga urding?!

...E, to‘ng‘illama, pala’nat! Biz pul oshnosi emas, odam oshnosi... Seni bozori podshoga olib chiqsa, og‘ziga tish bor, deb sakkiz pulga ham olmaydi, ba xudo!"...

...Rahim гаплари:

"Qo‘qoning bizga to‘g‘ri kelmadi, ish topilmayde, pul sochilade, och qolamiz.

...Qorinlar ham piyoz bo‘lib to‘xtabtu.

...Akun biz dunyoga nima olib boramiz, hay o‘lluk: dunyoga o‘n tilla pulimiz qolaydimi yo uyga sochini tarab to‘xtagan xotunimiz qolaydimi!"

...Pul topiladi, – dedi yana Qobilboy va yaktagini cho‘ntagiga qo‘l soldi. – Past odamsanlar-da: biring temirchining o‘g‘li, ikkinching shustagarning bolasi...

Navqaslanmoq – kasallanmoq

Solib tashlash – yechib tashlash

Yavmi saodat – saodat kunlari

Nar xar – hangi, erkak eshak

Shustagar – yuvg‘ich, murdasho‘y

Mag‘zi sar – miya qatig‘i

Gunоhida tоyildi zоr – gunоhiga qоldi bеchоra

Barimta – garоvga, kafilga оlish

Chi balо shud – sеnga nima balо bo‘ldi?

Ey-y-y-y. Bozor aro yig‘ilishib gul terganlar!

Qasam yodlab, podshoga so‘z berganlar!

Mirzo Anvar otliq elga ma’lum kishi,

O‘rda ichra qalamkashlik erdi ishi.

Arzimagan gunohiga qochdi, ketdi.

Bundan andak podshohga ozor yetdi.

Uning do‘sti Sultonali nomlik mirzo

Bu qochishdan chekmakdalar behad izo.

Mirzo Anvar gunohida toyildi zor

Xaloyiqni to‘xtatishdan maqsadim bor.

Erta peshin asnosida Sultonali

Orsiz Anvar gunohiga o‘lgay, bali.

Jamiyatda hozir bo‘lsa osiy Anvar

Yoki uning do‘sti, oshnosidin birar.

Gunohingga Sultonali o‘lar, desin,

Erta peshin vaqti, afsus, so‘lar desin.

Iymonli qul nafsi uchun do‘stin sotmas,

Gunohi yo‘q oshnasini o‘tga otmas.

Quloq solgan gunohsizning faryodiga

Dard qolmagay, yetar har vaqt murodiga!

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


"MEHROBDAN CHAYON"

XAYR ENDI, RA’NO!

...Xotin-qizlar jinsidan irodasi kuchli, hatto erlardan ham jasurroq shaxslarni ko‘p uchratamiz. Shuning bilan birga ularni, naqadar kuchli irodaga molik bo‘lmasinlar, yana hissiyotlarga mag‘lub ko‘ramiz. Masalan: hikoyamiz qahramoni Ra’noning jasorati, xonga qarshi isyoni, hatto ma’yus qolgan Anvarni yo‘lga solishi – o‘z zamonasi uchungina emas, biz ning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir. Lekin irodasi kuchli shu Ra’no hozir yana hissiyoti qo‘lida mag‘lub edi...

...Ra’noda bir tarafdan qo‘rqinch, ikkinchi tarafdan qiziq yana bir jasorat tug‘ildi: kampir bilan birgalashib ota mahallasiga borar emish; o‘zi birovning yo‘lagida turib, kampir orqali onasini aytdirib chiqar emish!...

...Анвар: Xudoyor yana besh yil yashasin, vaholanki, uning zulmi shu yo‘sin davom etganda, biz chamalagan bu fursat ham ko‘p; zero, zulm naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo‘lishi tajribalar bilan sobitdir...

...– Sultonalini qamaganlarmi?– deb yana so‘radi Anvar.

– Qamaganlardir!

Safar va Qobil bir-birlariga qarashdilar.

– Shunday, mirzam, shunday... Bizlar juda hayron bo‘lib qoldik-da.

Anvarda qonsizlanish va kiprik ostlarida harakat ko‘rildi...

...– O‘rdaga kirish qiyinmi?

Anvar bosh chayqadi.

– Hech mumkin emas, tun bo‘yi ellik nafar yigit o‘rda qo‘rg‘oni ostidan aylanib turadi. Qobilboy ma’yus Safar bo‘zchiga qaradi. Safar bo‘zchi zo‘r berib mo‘ylovini tishlab, uzar edi...

...Yana bir necha fursat sukutda qoldilar. Qobilboy har on to‘ppisini qayirib, boshini qashir edi. Anvar sandal ko‘rpasidagi bir ipni uzib olmoqchi bo‘lgandek qo‘lini siltar edi.

Habslar – qamaluvchilar, mahbuslar.

Оvоq – avaxta, maxsus qamоq.

Isrоr – qat’iylik, o‘jarlik.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

QO‘RQINCH BIR JASORAT

...Shunda o‘rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib keluvchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi martaba ko‘rdi va tong ajabda qoldi. Bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalargacha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdi. O‘rda arboblarining mahkamada o‘tirganlari eshik yoniga chiqib, yo‘lda borganlari harakatsiz qolib, parvosiz, har kim yonidan salomlashib o‘tguvchi arslonni tomosha qildilar...

...Birinchi eshik yonida qo‘l qovushtirib turuvchi Darvesh hudaychi taajjub va hayrat ichida Anvarni qarshilab, ikkinchi xonadagi «janob» huzuriga ketdi...

...Taxtiga takya qilgan Xudoyor ikki ko‘zi to‘g‘risida ikki jallodni qo‘yib, yonidagi domla shig‘ovul, Tursun otaliq va g‘ayri bir necha a’yonlar bilan suhbatlashar edi...

...Raqibni bu qadar jasoratda ko‘rgan Xudoyorning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so‘z topolmagandek tamshanib turdi.

– Sen bizga xiyonat qilding‘, it uvli!

...– Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! – dedi

iljayib Anvar. – O‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni qutqa rish uchun kelganman!

Hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli kuldi.

– Pusulmonchilik qig‘onsan-da!

– Albatta! – dedi Anvar. – Boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men pusulmonlik bilan o‘lishni o‘bdan bildim!

Bu javob Xudoyorni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi.

– Sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it uvli?!

– Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga bir kambag‘al uylanmoqchi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qiblayi olam!...

...Shayx Sa’diy aytgancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvguvchidek tili uzun kishi bo‘lmas. Darhaqiqat, insonni razolatga solguvchi uning manfaati taqozosi, qola bersa o‘limdir. Bu ikkisidan kechguvchiga esa podshohning qahri va jahannamning qa’ri farqsizdir....

...– Menim qarshimga ishlab, janobga neqadar sodiq qolsangiz ham, sadoqatingiz sizni najotga chiqara olmadi, bil’aks, siz o‘ylagancha men – insofsiz sizni qutqardim...

...Anvarning qo‘li bog‘lanar ekan, Muhammad Niyoz domla o‘rnidan turib, xonga qulluq qildi.

– Shu odobsizning gunohini mening uchun kechirsinlar...

...Dor ostida Anvarning qo‘li yechilib, tahorat olish uchun unga suv berildi. Chunki bu mahkumning qonuniy haqqi edi...

...Anvar titradi, Abdurahmon iljaydi. – Kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz! – dedi Anvar. Birdan hammaning ko‘zi Abdurahmonga tushdi. – Faqat siz ifloslik natijasida kulasiz, men... men to‘g‘rilik samarasini o‘raman; siz iflos vijdon bilan g‘olibsiz, men sof vijdon bilan mag‘lubman... Meni dor ostiga kim keltirdi? Vijdon emasmi, taqsir! Sizni bu yerda kim tomoshabin qildi? Ifloslik emasmi, taqsir?...

....– Mening holimni ko‘ringiz, domla, – dedi Anvar kulib, – qo‘lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi. Lekin men kulaman... Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. Durust, men ko‘milgach, qabrim ustida ko‘ksi dog‘liq qizil lolalar ko‘karar... Nimadan bu? Bu – sizning kabi tubanlar solgan iz!...

Yanib - yashirib

Kiynalik – dushmanlik

...Takya qilgan – suyangan.

Shig‘оvul – sarоy marоsimlarini bоshqarib turadigan amaldоr

G‘ayri – bоshqa, o‘zga

Hamnishin – birga o‘tirganlar

Qiyom – tush

Hamоqat – ahmоqlik

Pоpisa – po‘pisa, yolg‘оndan qo‘rqitish

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Qatorterak mahallasida tug‘ildi...

...Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilaridan bo‘lib, savdogarlik bilan shug‘ullanar edi...

...O‘sha davrda bo‘lajak shoirning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor...

...Cho‘lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Negaki, u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina xabardor bo‘lgan...

...Tinimsiz o‘qish-o‘rganish va kuchli iste’dod tufayli Abdulhamid o‘n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila boshladi...

...Cho‘lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbat yorqin ko‘rinib turardi...

...Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha

va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasining muallifi hamdir...

...Bi rinchi kitobi «Kecha» egamanlik (mustaqillik) yillarida qaytadan nashr etildi va ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriy ning «O‘tkan kunlar» romani darajasidagi asar sifatida baho oldi...

...Cho‘lponning 1921-yilda yaratgan «Yorqinoy» dramasi badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o‘z ta’sir kuchini yo‘qotmay kelmoqda...

...Shekspir, Blok, Gorkiy, Thakur singari mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari xalqimiz ma’naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi...

...Haqiqat kuychisi va erk farzandi – Cho‘lpon...

...Shoirni 1937-yilning 14-iyulida qamoqqa olishdi. O‘zbekning buyuk shoiri uzoq qiynoq va tahqirlardan keyin 1938-yilning 4-oktabrida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida otib tashlandi. Dahshatlisi shundaki, Cho‘lponni o‘limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


GO‘ZAL

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,

Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen.

Ul yulduz uyalib, boshini bukub,

Aytadir: men uni tushda ko‘ramen.

Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal,

Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Ko‘zimni olamen oy chiqqan yoqqa,

Boshlaymen oydan-da seni so‘rmoqqa.

Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa

Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa.

Oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal,

Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!

Erta tong shamoli sochlarin yoyib,

Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen.

Aytadir: bir ko‘rib, yo‘limdan ozib,

Tog‘-u toshlar ichra istab yuramen!

Bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal,

Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!

Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib,

Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda.

Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib

Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda.

Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal,

Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!

Men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen,

Uning chun yonibmen, yonib-kuyibmen,

Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen,

Men suyib... men suyib, kimni suyibmen?

Men suygan suyukli shunchalar go‘zal,

Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!

1919


***

ХALQ


Хalq dengizdir, хalq to‘lqindir, хalq kuchdir,

Хalq isyondir, хalq olovdir, хalq o‘chdir...

Хalq qo‘zg‘alsa, kuch yo‘qdirkim, to‘хtatsin,

Quvvat yo‘qkim, хalq istagin yo‘q etsin.

Хalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,

Хalq istadi, toj va taхtlar yiqildi...

Хalq istagi – ozod bo‘lsin bu o‘lka,

Ketsin uning boshidagi ko‘lanka.

Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar,

Bir intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar.

Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar,

O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...

Butun kuchni хalq ichidan olaylik,

Quchoq ochib хalq ichiga boraylik!

1921

***


BINAFSHA

Binafsha senmisan, binafsha senmi,

Ko‘chada aqchaga sotilgan.

Binafsha menmanmi, binafsha menmi,

Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?

Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,

Bir erkin kulmasdan uzilding?

Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,

Yerlarga egilding, cho‘zilding?

Binafsha,

Ayt menga,

Kimlardir, ularkim,

Ignani bag‘ringga sanchalar?

Binafsha, Bir so‘yla,

U qanday qo‘llarkim,

Uzalar, hidlaylar, yanchalar?

Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,

Nimaga uzoqroq kulmaysan?

Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,

Ko‘nglimga isriqlik to‘kmaysan?

Binafsha, yig‘lama, binafsha, kel beri,

Qayg‘ungni qayg‘umga qo‘shgil.

Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri,

Bu yerdan ko‘klarga uchgil.

Binafsha, go‘zalim, qayg‘ulim, kelmaysan,

Qayg‘ung zo‘r, qayg‘umni bilmaysan,

Menga bir kulmaysan.

1922


🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


BUZILGAN O‘LKAGA

Ey, tog‘lari ko‘klarga salom bergan zo‘r o‘lka,

Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko‘lanka?

Ujmohlarning kavsaridek pokiza,

Sadaflarning donasidek top-toza.

Salqin suvlar tog‘dan quyi tusharkan,

Tomchilari yomg‘ir kabi ucharkan,

Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar?

Yov bormi, deb to‘rt tarafni tinglaylar?

Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida,

Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar

Har qorong‘i, qo‘rqinch tunning betida

Shifo istab kelmasin der, qo‘noqlar.

– Bu nega?

Ayt menga.

Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,

Ustlarida na poda bor, na yilqi,

Podachilar qaysi dorga osilg‘on?

Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga –

Oh, yig‘i,

Bu nega?

Tumorchalar, hamoyillar taqingan,

Dalalarda lola bargi yopingan,

Tog‘-toshlarda o‘yin qilgan,

Chopingan

Go‘zal qizlar, yosh kelinlar qayerda?

Javob yo‘qmi ko‘klardan-da, yerdan-da,

Xarob bo‘lgan eldan-da.

Ot minganda qushlar kabi uchguvchi,

Erkin-erkin havolarni quchguvchi,

Ot chopganda uchar qushni tutguvchi,

Uchar qushday yosh yigitlar qayerda?

Tog‘ egasi: sor, burgutlar qayerda?

Sening qattiq sirt-bag‘ringni ko‘p yillardir ezganlar,

Sen bezsang-da, qarg‘asang-da, ko‘kragingda kezganlar,

Sening erkin tuprog‘ingda hech haqqi yo‘q xo‘jalar,

Nega seni bir qul kabi qizg‘anmasdan yanchalar?

Nega sening qalin tovshing «ket» demaydi ularga?

Nega sening erkli ko‘ngling erk bermaydi qo‘llarga?

Nega tag‘in tanlaringda qamchilarning kulishi?

Nega sening turmushingda umidlarning o‘lishi?

Nega yolg‘iz qon bo‘lmishdir ulushing?

Nega buncha umidsizdir turishing?

Nima uchun ko‘zlaringda tutashguvchi olov yo‘q?

Nima uchun tunlaringda bo‘rilarning qorni to‘q?

Nima uchun g‘azabingni uyg‘otmaydi og‘u – o‘q?

Nima uchun borlig‘ingda bu daraja buzg‘unlik?

Nima uchun o‘ch buluti sellarini yog‘dirmas?

Nima uchun kuch tangrisi bor kuchi-la soldirmas?

...Kel, men senga qisqagina doston o‘qiy,

Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy.

Kel, ko‘zingning yoshlarini so‘rib olay...

Kel, yarali tanlaringni ko‘rib olay, to‘yib olay...

Nima uchun ag‘darilgan, yiqilgan

Og‘ir tojning zahar o‘qi ko‘ksingda?

Nima uchun yovlaringni bir zamon

Yo‘q qilgunday temirli o‘ch yo‘q senda?

Ey, har turli qulliklarni sig‘dirmagan, hur o‘lka,

Nega sening bo‘g‘zingni bo‘g‘ib turar ko‘lanka?

1921


Hamоyillar – qo‘ltiq tagidan o‘tkazib taqiladigan yomоn ko‘zdan asrоvchi tоshli tumоr, bеzaktоsh.

Sоr – qarchig‘aylar turiga mansub yirtqich qush.

Qizg‘anmasdan – ayamasdan.

Qalin tоvshing – yo‘g‘оn, qat’iy tоvushing.

KO‘CHIM

Yozuvchilar biror so‘zga xos ma’noni boshqasiga yuklar, unga ko‘chirar ekanlar, хayollariga kelganday, tavakkaliga ish tutavermaydilar. Agar shunday qilinsa ijodkorlarni tushunib bo‘lmay qolardi. Ma’no ko‘chirishda narsa-hodisalar o‘rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun o‘xshashligi, aloqadorligi bo‘lishi shartdir. Bu jihatdan ko‘chimlar o‘xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o‘xshatishda o‘xshagan buyum ham, o‘xshatilgan narsa ham ifodalangan bo‘ladi. Ko‘chimda esa ba’zan o‘xshagan narsa, ba’zan o‘xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma’no birinchisiga ko‘chirilgan bo‘ladi.

Ko‘chim qudratli ko‘rkam tasvir vositasi bo‘lib, u kitobxonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan tuyg‘ularni bevosita his qilishga, asar qahramonlari holatini tuyishga yordam beradi. Shunday qilib, ko‘chim so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifatlarni qaysidir jihati bilan shularga o‘xshaydigan boshqa narsa-hodisalarga ko‘chirish san’atidir.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

Adabiyotshunoslik ilmida ko‘chimning majoz, istiora, ramz singari ko‘rinishlari bo‘ladi.

Majoz adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan bo‘taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan chayon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majozning yorqin namunasidir.

Ramz ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. O‘quvchi anglashi murakkabroq bo‘lgan mavhum axloqiy-ma’naviy sifatning shu sifatlarga ko‘proq ega bo‘lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyiladi. Ramz adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bilan ham yuritiladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida may – hayot ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi, chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.k. tarzida qadimdan qo‘llanib kelinadi.

Ko‘chimning ko‘p ishlatiladigan ko‘rinishlaridan biri istioradir. Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko‘chirish orqali badiiy ma’no ifodalanadi. Lekin bu ko‘chirishda tashqi o‘xshashlik asosiy o‘rin tutmaydi. Balki o‘xshatilayotgan va o‘xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog‘lanishga, yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi. Istiorani qisqargan ko‘rinishdagi o‘xshatish deyish mumkin. Cho‘lponning «Binafsha» she’rida «Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri, Bu yerdan ko‘klarga uchgil» tarzida ifodalangan misralar bor. Unda «vatan» tushunchasi «ko‘kragim» so‘zi bilan, «ozod yurt» tushunchasi «erk yeri» so‘zlari bilan ifoda etilgan.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Qo‘qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor temirchi tirikchilik o‘tkazish uchun Qo‘qon atrofi ʼdagi Buvayda, Yaypan, Oqqo‘rg‘on, Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko‘chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq qo‘nim topmasdi...

...Bo‘lajak yozuvchi dastlabki ma’lumotni Buvaydadagi eski maktabda oldi...

...Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan «Sarob» romani 1934-yilda yozildi...

...Yozuvchi «Qo‘shchinor chiroqlari» romani, «Shohi so‘zana», «Og‘riq tishlar», «Tobutdan tovush», «Ayajonlarim» komediyalari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Adibning «Sinchalak», «Muhabbat», «O‘tmishdan ertaklar» qissalari o‘zbek nasri taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi...

Абдулла Қаҳҳорнинг 6-синф дарслигидаги маълумотлари бу ерда:

https://t.me/muhimiuz/145

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Разматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

O‘G‘RI


Otning o‘limi – itning bayrami. Maqol

...Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin...

...Kampir dod soldi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi.

Qobil bobo yalangbosh, yalangoyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi, ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi...

...Qobil boboning qo‘shnisi – burunsiz ellikboshi kirdi...

Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zi haddan ziyoda sevintirdi. Chol yig‘lab yubordi.

– Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi...

...Ellikboshi ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi – go‘yo u ko‘chaga chiqsa bas – ho‘kiz topiladi...

...Bu odam ellikboshi bo‘lish uchu n ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir o‘ziga yetti yuz bog‘ beda, bir toy bergani ma’lum...

...Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi...

...Quruq qoshiq og‘iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa bo‘ladi? Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz. Chol-kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu chiqim oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab beradigan chiqim, shuning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas...

...Amin bilan suhbat:

– Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi?

– Ola ho‘kiz... – Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi?

– Qo‘sh mahali...

– Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?

– Bisotimda hech narsa yo‘q...

– O‘zi qaytib kelmasmikin!.. Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig‘lanadi? A? Yig‘ lanmasin!...

...Bu bir hafta ichida kampir «duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan» azayimxonga obdastagardon qildirgani qatnab, yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq (don yelpishga mo‘ljallangan katta yassi tovoq) jo‘xori, ikki kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi...

...Amin: Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!...

...Qobil bobo yor-do‘stlar bilan kengashdi – pristavga puldan

boshqa nima olib borsa bo‘ladi? Ma’lum bo‘ldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan.

Uchta tovuq, garchi biri kurk bo‘lsa ham, Qobil boboning o‘zidan chiqdi. Yuzta tuxumni qo‘ni-qo‘shni, yor-birodarlar o‘zaro yig‘ib berdi. Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o‘tib bo‘lmadi...

...Cholning butun bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo go‘rda bir narsa deya oladimi? «O‘ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan». «Yaxshilab tushuntirilgan» pristav bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so‘m pul olganidan keyin Qobil boboning baxtiga: «Beto‘xtov hokimga xabar beraman», – demasdan: «Aminga bor», – deb qo‘ya qoldi. Amin: «Ellikboshiga borilsin», – dedi.

...Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi – Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin «kichkinagina» sharti bor. Bu shart kuzda ma’lum bo‘ladi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

"DAXSHAT" hikoyasi

...Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvullaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi.

Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz, g‘uj bo‘lib va nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofida o‘tirishar edi...

...Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi...

...O‘zbek go‘ristoni o‘zi xunuk, buning ustiga, go‘riston haqida aytilmagan xunuk gap, to‘qilmagan vahimali mish-mish gap qolgan emas. Haqiqatan, bunday kechalarda go‘riston esiga tushgan har qanday odam, ayniqsa, dodxo singari payg‘ambar yoshidan oshib, kafanligini sandiqqa solib qo‘ygan kishi o‘lishdan ham ko‘ra go‘ristonda yotishni o‘ylaganida tiligacha sovuq ter chiqaradi.

...Shamol bir xuruj qilganida nimanidir keltirib darchaga urdi... Hamma o‘tirgan yerida go‘yo bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi...

...Dodxo pastga qaradi va suyunib ketganday: – Bo‘yra, bo‘yra ekan! – dedi va darchani zich yopib, yana joyiga o‘tirdi...

...Nodirmohbegim: "Rahmatli dadam gap yer edilar...Asqar ponsotning go‘riga pichoq sanchib keladi?» – degan gap bo‘lipti... Bitta qo‘ydan garov bog‘lashib yo‘lga tushipti. Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa etagidan birov tortganday bo‘lgan-da"...

...Dodxo: "Unsin (tegirmonchining qizi). Sen o‘zing o‘nta qo‘y bersam, pichoq sanchib kelasanmi? Yuzta qo‘y, davlatimning yarmini bersam borasanmi?...

...bittasi gunoh qilsa, hammasi baravar kaltak yeydigan kundoshlar...

...– Yo‘q, men butkul ketsam deyman, javobimni bersangiz demoqchiman. Gapni aytgan Unsin-u, boshqalar o‘tirgan joyida yerga qapishib ketdi...

...Lekin go‘ristonga pichoq emas, qumg‘on olib borasan. Onhazratim sag‘anasi oldida qumg‘on qaynatib, bitta choy damlab kelasan...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...– Mayli, mayli! – dedi Unsin ko‘zlari javdirab, – lekin lafzi ngizdan qaytmaysiz...

Dodxoning dami ichiga tushib ketdi. Bir gadovachchaning bu dargohdan ketishga oshiqishi unga haqorat bo‘lib tushdi. Endi Unsinni tilab olish uchun biron so‘z aytishga hech kim, hatto go‘ristondan uning o‘ligi kelishiga ko‘zi yetib, ichida faryod chekayotgan Nodirmohbegim ham jur’at qilolmay qoldi.

Dodxoning oppoq uzun soqoli, tovushi titradi...

Ko‘r oydin. Osmonning chekkasi sariq – kir uvadaga o‘xshaydi. Bu kir shu’la qo‘ynida past-baland uylar, shamolda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qop-qora ko‘rinadi...

...tiriklar go‘ristoni bo‘lgan bu dargohning dahshati oldida o‘liklar go‘ristonining dahshati unga dahshat ko‘rinmas...

...Dahshat uning yuragiga raxna soldi: Ganjiravon, ota-onasi, dugonalari xayolidan ko‘tarilib, ko‘z oldiga oppoq kafanga o‘ralib sag‘ana va go‘rlar atrofida yelib yurgan arvohlar keldi. Uning eti jivirlashib, sochi boshidagi ro‘molini bir qarich ko‘targanday bo‘ldi...

...Biroq uning suyungani behuda edi: hamma narsani olibdi-yu, eng zaruri – o‘tin esidan chiqibdi...

...o‘ng qo‘lida choynak, chap qo‘lida qumg‘on, o‘tning shu’lasidan ko‘zi hanuz qamashib borar ekan, bir joyda yer o‘pirilib, chap oyog‘i taqimigacha botib ketdi va oyog‘ining uchi yumshoq bir narsaga tekkanday bo‘ldi. Unsin boyagi gapni duoday tez-tez qaytarib, qo‘rquvni o‘ziga yo‘latmayotgan bo‘lsa ham, ko‘ngliga: «O‘likning qornimikin?» – degan gaplar keldi...

...Unsin bir necha qadam bosgandan keyin paranji-chimmati sag‘ananing oldida qolganini eslab to‘xtadi...

...hayal o‘tmay nimadir kelib Unsinning yelkasiga minib oldi... maymun! Dodxoning maymuni...

...Sandalda o‘tirib pinakka ketgan dodxo uyg‘onib tamshandi, boshini ko‘tarib Unsinni ko‘rdi-yu, «jon berayotibdi», deb o‘yladi shekilli, ko‘zlari olaydi, undan ko‘zini olmay sekin o‘rnidan turdi, xuddi o‘lim xavfi dan qochganday, bir irg‘ib sandaldan oshdi-da, o‘zini eshikka urdi...

...momataloq bo‘lib shishib ketgan, oq doka ro‘molining u yer-bu yeriga qon tekkan edi...

...Nodirmohbegim Unsinning yosh joniga rahm qilishini, uni qaytarishni so‘rab dodxoga yolvorganida dodxo uni tutib olib xo‘p urgan edi...

...Go‘ristonda qo‘rqqanga

go‘ristonning tuprog‘i davo bo‘ladi...

...Shamol hamon guvullar, yaydoq daraхtlarning shoxida chiyillar, g‘uvullar edi....

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...ko‘hna Turkistonning Qoratog‘ etaklaridagi Eski Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan...

...Shoir ning o‘zi bu to‘g‘rida: «Men tug‘ilgan qishloqning kunbotarida qadim Turkiston shahri, janubida O‘tror, Boybalk хarobalari va Yassi, Suyri qal’alaridan qolgan kultepalar, undan nari Sirdaryo.., – deb yozadi. – 1910-yili bug‘doy o‘rog‘ida shu qishloqda tug‘ilibman. Otam – dehqon va chorvador, ona tomondan bobom mulla, maktabdor. Ota tomondan bobom – uzun bo‘ylik, polvon jussalik, qizil yuzli odam edi. Ona tomondan bobom – o‘rta bo‘yli, charaqlagan qora ko‘zli, qora va chechan odam edi. Men bir-ikki yil shu bobom maktabida o‘qidim»....

...Shoirning otasi Tursunmat Umarbek o‘g‘li ham adabiyotga iхlosmand edi...

...Beshog‘ochdagi «Almaiy» nomidagi ishmaktabga joylashadi....

...Toshkentning yangi shahar qismidagi «O‘zbek erlar bilim yurti»ga ko‘chadi...

...«Ishmaktabda ham, bilim yurtida ham o‘zimiz ekar, o‘zimiz yig‘ar edik, o‘zimiz tikar, o‘zimiz kiyar edik. Deyarli hamma hunar o‘rgatilar edi. Og‘ir yillar edi; to 1924–25-yillargacha хo‘ragimiz har kuni ikki yo uch marta bir burdadan qora non va tushlik bir cho‘mich bo‘tqa edi. Ishmaktabning bog‘i Chilonzorda, bilim yurtining bog‘i Ko‘kterakda edi. Yoz bo‘yi hamma bog‘da ishlardi va rangga qon, bo‘yga jir bitib qaytardik. Bilim yurtida o‘qishlar og‘ir, o‘qituvchilar talabchan bo‘lib, kechasi allamahallargacha sovuq bo‘lmalarda dars tayyorlardik»...

...Yo‘ldosh Oxunboboyevga shaхsiy kotib bo‘lib ishlaydi. Shoir hayotining Samarqand davri qizg‘in ijodiy izlanishlar davri bo‘ldi. U Hamid Olimjon bilan do‘stlashib qoladi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay, Mirtemir tuhmat bilan qamaladi va qamoq muddatini uzoqda – Shimoldagi Belomorkanal qurilishida o‘taydi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©️

@muhimiuz

#Дарслик


BU – MEN TUG‘ILGAN TUPROQ

Bu – men tug‘ilgan tuproq. Ha, men tug‘ilgan tuproq,

Tog‘lar, ko‘m-ko‘k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq.

Bo‘ronlar qamchilashar, yomg‘irlar tomchilashar,

Qishda qalin qordan oq, kuzda-chi, paxtadan oq.

Taqvodorday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman,

Onam kabi o‘paman, qalb mehriga to‘yaman.

Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki,

Kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman.

Bu – men tug‘ilgan tuproq. Bu – men yo‘g‘rilgan tuproq,

Ko‘klam gohi serjala, yoz qurumsoq va qurg‘oq.

Terak bo‘yi jarlardan suv tortar bobo dehqon,

Bug‘doy ham, juvari ham bo‘liq, ko‘m-ko‘k, serboshoq.

Taqvodorday cho‘k tushib peshonamni qo‘yaman.

Suygulimday quchaman, jamoliga to‘yaman.

Chingiz o‘qiga uchmish olis bobom xoki bu,

Kim ko‘zga ilmay boqsa, kamchilikka yo‘yaman.

Bu – men tug‘ilgan tuproq, bu – men ulg‘aygan tuproq,

Daralari jannatiy, tog‘ sirtlari ko‘k yayloq.

Qumloqlarida hatto suruv-suruv qo‘y-qo‘zi,

Guldor, naqshin qorako‘l yetti ranglik, yarqiroq.

Bir farzandday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman,

Kun o‘tmay sog‘inaman, o‘pib-o‘pib to‘yaman.

Oq poshshoning to‘pidan abjaq bobom xoki bu,

Oq poshshoni eslatsang, yovuzlikka yo‘yaman.

Bu – men umr ko‘rgan tuproq, men bobo bo‘lgan tuproq

Suv bo‘ylari, tutzorlar cho‘zilmish yiroq-yiroq.

Ipak ham, bol ham bunda, marmar ham, oltin ham mo‘l,

Ko‘mir ham, sharob ham bor, gurunch – sadaf misol oq.

Bir askarday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman.

Fidoyiman, shaydoman, o‘pib-o‘pib to‘yaman.

Erk deya shahid ketgan o‘g‘lonlarning xoki bu,

Kim noxos o‘qraysa ham ko‘zlarini o‘yaman.

BETOBLIGIMDA

Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,

Qovrilmay to g‘ashlik alangasida.

Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,

Nafasimni rostlay ko‘lankasida.

Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,

Qushlar ovoziga quloq solayin.

Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,

Xayol og‘ushida orom olayin.

Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,

Shu kungacha o‘zni men cheklab bo‘ldim.

Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,

Men uchun yig‘lasin, men yig‘lab bo‘ldim.

🚫Кўчириб олиш мумкин змас

Рахматов Мизраб©️

@muhimiuz

#Дарслик

TOSHBU

Chayirsan, chechansan, chuchuksan so‘zsiz,



Ertakday ezgusan, buloq yanglig‘ pok.

Ko‘z ololmas hatto ilg‘asa ko‘zsiz,

Holbuki, munglug‘san. G‘amdan ko‘ksing chok.

Yor jangga jo‘narkan: «Bo‘shashma», – devdi,

Bo‘shashgan paytda ham bo‘lolding tetik.

Bilarding – u seni jonidek sevdi,

Egningda kalta to‘n, oyoqda etik,

Ko‘ngil qo‘yding suyuk paxtazoringga,

Jo‘yaklarda qolding qosh qorayguncha.

Ter to‘kib ko‘z tikding o‘z devkoringga,

Vafo bo‘lsa agar, bo‘lur-da shuncha!

Burmalik ko‘ylak ham, nimcha-yu g‘ijim,

Sirg‘alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu...

Xilvatda yosh to‘kding yomg‘irday sim-sim,

Keyin yig‘i ham tark. Bosh bo‘lding, Toshbu...

O‘n juvonga boshliq – ko‘p ham osonmas,

Tun og‘ir va uzun, bo‘lar eding xun.

Bu to‘y kunidagi quvnoq javlonmas,

Ter to‘kding ham o‘zing, ham ering uchun

Qirov ketmasidan tashiding o‘g‘it,

To‘qiltoq arava – uloving eshak.

O‘n juvon izmingda – maslahat, o‘git,

Darddoshlik ham og‘ir, ko‘p og‘ir, beshak.

O‘z bo‘yningda edi suv, o‘toq, chopiq,

Esda turmas edi soch tarash hatto.

Sho‘x hislarga qalbing darchasi yopiq,

Kulib qaraganga jo‘n qarash hatto.

Dalaga ergashar ikki bolang ham,

Biri choy qaynatar, biri tashir suv.

Erkak mehnatiga ko‘nikding kam-kam,

Bu ham jang edi-da, qattol jang, Toshbu!

Har qalay qaynashdan qolgan yo‘q qozon,

O‘rtada quyuqmi, suyuqmi – yovg‘on.

Buvak ham, go‘dak ham bo‘lmadi xazon,

Badnom etolmadi biror qing‘ir jon.

Kosang toza, halol, butun va beyuq,

Qoraxat, nim qahat sololmadi chang.

Jamolingga har gal suqulolmay suq:

– Buncha toshbag‘ir! – der badar ketdi gang.

Toleying bor emish, tole yor emish,

Keldi axir jangchi: bas deb, shum fi roq.

O‘pkasida moshdek o‘q ham bor emish,

Tirsakdan bir qo‘l yo‘q: Sendan g‘ash yiroq.

Seni sal xo‘rlagan sira insonmas,

Ko‘zlaringda g‘urur va baxtdan yosh bu.

Sensiz O‘zbekiston – O‘zbekistonmas,

Sensiz keng jahon ham sira jahonmas,

Toshbu!


ONAGINAM

Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi – g‘ashlik.

Bedavo sizloviqday sizlatguvchi – g‘ashlik.

Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,

Chuchvaraga chekkuvchi – g‘ashlik.

Meni o‘ylab notavon va nimjon,

G‘ashimga tekkuvchi – g‘ashlik.

Suyaklarimni sirqiratib

och tevatday g‘ajiguvchi,

Ko‘zimda yosh tirqiratib,

jig‘ildonimda achchiq bo‘zaday

achiguvchi g‘ashlik...

Dunyoga qayta kelishimga ko‘zim yetsaydi,

Yigit yoshimga to‘lmay turib,

Ayriliq zaylida qoq yog‘ochday qurib,

Jon bergan onamni ko‘rishimga ko‘zim yetsaydi,

Tizzasiga bir nafas bosh qo‘yishimga ko‘zim yetsaydi,

Onalik mehriga obdan to‘yishimga ko‘zim yetsaydi,

«Oq sutingni oqlay», – deyishimga ko‘zim yetsaydi,

Menda g‘ashlik netardi?

Yantoq o‘tinidek,

Tamaki tutunidek,

Tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek –

Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!

Onaginam!

Odam bo‘ldimmi menam?

Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib

bermagan bo‘lsam,

Yo tashnaligingda bir kosa sharbat to‘ldirib

bermagan bo‘lsam,

Yo non yopishing uchun,

Hatto bir yo‘la bir kun

Sahrodan o‘tin orqalab kelmagan bolangman...

Yo sigirni podadan ayirib,

Yo echkini hovliga qayirib,

Og‘zingdan so‘z chiqmay, yelmagan bolangman...

Sening arzimas bir yumushingni ado etolmaganim,

Sening bir ishorangga yuz o‘mbaloq oshib

ketolmaganim.

Seni jindak xushvaqt qilgani,

Seni jindak xushbaxt qilgani,

Tagsiz jarlardan o‘tolmaganim,

Seni so‘nggi yo‘lga o‘zim kuzatolmaganim –

Tog‘day zil,

Abadiyatday cheksiz armon bo‘lib qoldi dilimda,

onaginam!

Odam bo‘ldimmi menam?

Ha, odam sanashar meni elimda.

Senga qilolmagan xizmatim,

Sen deb chekolmagan zahmatim –

Jindak zehnim, jindak she’rim, jindak g‘azalxonligim,

Onalik mehriga to‘ymagan mehrim, jindak yaxshilik va

yomonligim,

Meni odam sanagan elimga baxshida, jafodiyda

onaginam!

Elga xizmatim– senga xizmatim emasmi, axir,

El meni farzandim demasmi, axir!

Rozi bo‘l, odam sanalay menam...

Dunyoga qaytib kelurman,

Lekin boshqa o‘g‘il bo‘lib...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©️

@muhimiuz

#Дарслик


....Xayriddin Saloh (Salohiddinov) Toshkentda tug‘ildi

Xayriddinni keksa shoir G‘ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagiga

boshlab keldi. To‘garakda bo‘lajak shoir Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur, Sayyor singari tengdoshlari bilan ijod sirlarini o‘rganadi...

X. Salohning ilk she’ri 1950-yilda bosilib chiqdi va ko‘pchilikning e’tiborini tortdi...

...Turli yillarda Xayriddin Salohning «Chashma», «Ikkinchi imtihon», «Ishqim va rashkim», «Tug‘yon», «Na’matak», «Izlar va hislar» , «Shu’lalar qo‘shig‘i», «Lirika» singari she’rlar to‘plamlari bosilib chiqdi. Iqtidorli shoir Xayriddin Saloh yirik she’riy janrlarda ham ijod qilib, «Laylo», «Yangroq hayot», «Toshkent bilan suhbat» dostonlarini yaratdi. Uning tarjimonlik borasida qilgan xizmatlari ham e’tiborga loyiq. X. Saloh Bayron, Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov singari olamga mashhur shoirlarning ko‘plab asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan...

YER VA TER

Men bilmayman yer kabi ulug‘

Tabiatning zo‘r tuhfasini.

Inson unga sochib don – urug‘

Topgan rizq-u nasibasini.

Buncha shirin bo‘lmas edi non,

Tandir lov-lov qo‘rin bermasa.

Nonday aziz bo‘lmasdi inson,

Yerga manglay terin bermasa.

KO‘KRAK OCHDIM SHAMOLLARGA

Ko‘krak ochdim shamollarga,

Bisotimni sarf etdim.

Ular shirin xayollarga

Meni butkul g‘arq etdi.

Shamollarga bitib sho‘x kuy

Taklif etdim bog‘imga.

Chamanlardan ular xushbo‘y

Sepishdi dimog‘imga.

Tunda uyqum qochib ketdi

Xushlab yellar ta’bini.

Ular tongda ochib ketdi

G‘unchalarim labini.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

YULDUZLAR AFSONASI

Bobolarning gapi shunday: «Har kechaning kunduzi bor,

Har kimning o‘z nasibasi, har kimning bir yulduzi bor».

Gar tug‘ilsa biror go‘dak, derlar: «Ortdi yulduz soni,

Yana bitta mayoq bilan boyib qoldi yurt osmoni».

Biror yulduz uchsa, derlar: «Kimdir o‘tdi bu olamdan,

Ko‘hna dunyo ajrab qoldi, evoh, yana bir odamdan».

Eshitganman Zuhallar-u Oy, Zuhrolar to‘g‘risida,

Somon yo‘li, Hulkarlar-u Surayyolar to‘g‘risida,

Eshitganman yuztasini, eshitganman mingtasini,

O‘shalardan so‘zlab beray faqatgina bittasini:

«Qadim Hulkar yulduzining suluv qizi bo‘lgan ekan,

Bodom qovoq va oq tomoq, yuzi lo‘ppi to‘lgan ekan.

Uni sevib onajoni baxmallarga o‘rar ekan.

Qizchasida istiqbolni aniq-ravshan ko‘rar ekan.

Boqmoq uchun qiz yuziga kunduz quyosh, tun oy xumor,

Koshki unga ko‘zgu bo‘lsam, deya hatto sho‘x soy xumor.

Uning yorqin chehrasiga xiyobonda gullar tashna,

Yuzlarini silab-siypab o‘tsam, deya yellar tashna,

Bir kun Hulkar qizchasini solibdi-yu belanchakka,

O‘zi esa mudrab sekin ketgan ekan tinch pinakka.

Shunda yetti tund qaroqchi boy bermasdan qulay choqni

Olib qochmish, olib qochmish murg‘ak, jajji qizaloqni,

Ko‘zin ochib boqsa Hulkar, sho‘x qizidan yo‘qdir darak,

Sekingina tebranardi ko‘z o‘ngida bo‘sh belanchak,

Ona yo‘lga tushibdi-yu, go‘dagini xo‘p izlabdi.

Xo‘p yig‘labdi, ovunibdi, so‘ngra yana xo‘p bo‘zlabdi...

Bir nafasda tushar ekan jarliklarga sakrab tikka,

Bir nafasda ko‘tarilar qorli toqqa – yuksaklikka.

Farqi yo‘qdir unga sira tunmi-kunduz, baland-pastmi,

Kechalari tunab qolar barra o‘tmi, poxol, xasmi.

Oxir unga voqeani bir-bir bayon etibdi Oy.

Maskaniga yo‘l olibdi shunda Hulkar deb: «Hayyo-hay!»

Shundan beri quvsa Hulkar qochar yetti tund qaroqchi,

Oltitasi uxlasa gar, turar ekan biri soqchi...»

Bu afsona go‘daklarni jalb etmoqqa juda qulay,

Bunday qadim ertaklarni tinglaganman men bir talay.

Eshitganman parilari, alvastisi, jinlarini,

Xushlamadim yolg‘onlarni, eslab qoldim chinlarini.

Ha, bobolar so‘zlarida qancha ilm va hikmat bor,

Shuning uchun keksalarga menda cheksiz sadoqat bor.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Yozuvchi аvgustning 14-kunidа Аngliyadа tug‘ildi...

...Uning tоmiridа shоtlаnd qоni bоr...

...Ernеst оlti yosh bo‘lgаndа ulаrning оilаsi Kаnаdаgа ko‘chib kеldi...

...«Qish оlis-оlis bo‘ldi. Nihоyat, mаrtdа chinаkаm ko‘klаm kеldi, kun chаrаqlаb kеtdi, tеvаrаkdаgi qоrlаr eriy bоshlаdi, оsmоn tiniqdаn tiniq, zаngоri bo‘ldi. Shundа, jаjjiginа bir qushchа uyimiz оldidаgi tеrаkkа kеlib qo‘ndidа, оhistа-оhistа sаyrаdi. Bizdаn kаttаrоq bir bоlа uni: «Bu – bахt qushi», – dеdi. Хаyolimdа bахt qushining mоviy yеlkаsini ko‘rgаndаy bo‘ldim. Bахt qushi qаytа-qаytа sаyrаb, o‘zining nаfi s qo‘shig‘ini kuylаdi.

Nimаgаligini o‘zim hаm bilmаymаn, shundа mеn birdаn o‘pkаm to‘lib, yig‘lаb yubоrdim. Bахt qushining qo‘shig‘idаn ko‘nglimning tub-tubigаchа to‘lqinlаnib kеtdim. Shundаn buyon mеn hаr yili bаhоr bilаn mоviy qushimni – bахt qushimni kutаdigаn bo‘ldim»...

...«Bir kuni bir e’lоn o‘qib qоlib, undа dоktоr Rоssning «Kаnаdа qushlаri» kitоbi chiqib, Piddingtоn kitоb mаgаzinidа sоtilаyotgаnini bilib оldim. Ertаsi kuni hаyajоndаn qаlt-qаlt qаltirаb, o‘shа yoqqа yo‘l оldim. Qаrаsаm, kitоb bir dоllаr turаr ekаn. Otаmdаn pul so‘rаb bo‘lmаydi, u mеning tаbiаt ilmi bilаn qiziqishimgа qаrshi оdаm. O‘zimdа bo‘lsа pul yo‘q. Shundа mеn аnа shu yuz sеntni hаlоl mеhnаtim bilаn tоpmоqchi bo‘ldim. Ikkitа аjоyib quyonim bоr edi, shulаrni bоzоrgа sоlib, ellik sеntgа pullаdim... Bir hаftа o‘tib, bir аyolning o‘tinlаrini ko‘chаsidаn hоvlisigа tаshib bеrdim. Аyol хizmаt hаqim uchun o‘n sеnt bеrdi. Jаmg‘аrgаn pulim jаmi оltmish sеnt bo‘ldi. Kеyin bоr mаydа-mаydа tоshlаrimni pullаb, yanа o‘n ikki sеnt tоpdim. Tаg‘in ish izlаdim. Bisоtimdаgi nаrsаlаrimni jаllоblаrgа pullаdim. Bir ingliz хоnimgа hаshаrоt tеrib bеrdim. Bir-ikki hаftа dеgаndа jаmg‘аrgаn pulim to‘qsоn sеnt bo‘ldi. So‘ng, оmаdim kеlmаy, qоlgаn sеntlаrni tоpоlmаy qоldim...».

Kеyin аkаsi Ernеstgа ish buyurib, hаqigа bir gаlstuk uzаtdi. Ernеst gаlstukni emаs, pulini оldi. Shundаy qilib, puli yuz sеnt – bir dоllаr bo‘ldi. Nihоyat, mаgаzindаn оrzu qilgаn kitоbini оlib, murоd-mаqsаdigа yеtdi...

...U аvvаl-аvvаl rаsmlаr chizdi. Rаssоm bo‘lmоqchi bo‘ldi. Qаtоr-qаtоr rаsmlаr chizdi. Rаsmlаri ko‘rgаzmаsi bo‘ldi....

...Tаbiаt... uch оlаm (rаssоmlik, bаdiiy аdаbiyot vа ilm) nuqtаyi nаzаridаn kеlib chiqib tаsvirlаndi. Аksаriyat hоllаrdа bu uch оlаm nuqtаyi nаzаri, fikri bir-birigа to‘g‘ri kеlmаy qоldi. Rаssоmlаr tаbiаti bоshqа, yozuvchilаr tаbiаti bоshqа, оlimlаr tаbiаti bоshqа bo‘lib kеldi. Sеtоn-Tоmpsоn аnа shu uch nuqtаyi nаzаr, аnа shu uch qаrаsh – rаssоmlik, yozuvchilik, оlimlikdаn Sеtоn-Tоmpsоn bo‘ldi. Sеtоn-Tоmpsоn:

Jоnivоrlаrgа tоzа ko‘ngil, tоzа ko‘z bilаn qаrаdi.

Jоnivоrlаrning ichki dunyosini hаlоl, хоlisоnа оchib bеrdi.

Hаyotgа jоnivоrlаr ko‘zi bilаn bоqdi.

Jоnivоrlаrgа tushkun munоsаbаtdа bo‘lmаdi...

O‘z bоshidаn kеchirgаn hаyotni, o‘z ko‘zi bilаn ko‘rgаn tаbiаtni, o‘z qo‘li bilаn ushlаgаn jоnivоrlаrni qаndаy bo‘lsа shundаyligichа bаdiiy аsаr qildi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Sеtоn-Tоmpsоn bаdiiy аdаbiyotdа birinchi bo‘lib jоnivоrlаrni bаdiiy аsаrning bоsh qаhrаmоni qilib оldi. Hаyvоnlаrni оbrаz qilib tаsvirlаdi, hаyvоnlаrni qаhrаmоn dаrаjаsigа ko‘tаrdi. Jаmiki tаshqi muhit, eng ulug‘ zоt bo‘lmish insоnni hаm hаyvоnlаr оbrаzini yarаtish uchun хizmаt qildirdi. «Mеn bilgаn jоnivоrlаr», «Quvg‘indilаr tаqdiri», «Hаyvоnlаr – qаhrаmоnlаr», «Mitti yovvоyilаr», «Rоlf o‘rmоndа», «Kreg – kutеnеy qo‘yi» kаbi qаtоr аsаrlаr yarаtib, ulаrdа hаyvоnlаrni bоsh оbrаz qilib tаsvirlаdi. Bu аsаrlаr kitоbхоnlаr qаlbigа tеz kirib bоrdi, kitоbхоnlаrning mulki bo‘lib qоldi.

«Jоnivоrlаr hаqidа hikоyalаr» kitоbi esа SеtоnTоmpsоn nоmini оlаmgа yoydi. Kitоb qo‘lmа-qo‘l o‘qildi, tik turib o‘qildi, оvоz qo‘yib o‘qildi, kеchа-yu kunduz o‘qildi. Kitоbni butun dunyo o‘qidi...

...АQSHning o‘shа dаvrdаgi mаshhur аdibi Jоn Bеrrоus «Аtlаntik Mоnsli» jurnаlidа Sеtоn-Tоmpsоnni urib chiqdi...

...Tоmpsоn оhistа gаp оchdi: – Jаnоb Bеrrоus, umringizdа birоn mаrtа bo‘rilаr turish-turmushini kuzаtgаnmisiz?

– Yo‘q.

– Birоn mаrtа bo‘ri оvigа chiqqаnmisiz?

– Yo‘q.

– Tirik bo‘rini rаsmgа tushirgаnmisiz yo ungа qаrаb rаsmini chizgаnmisiz?

– Yo‘q.

– Birоntа bo‘rining tеrisini shilib оlgаnmisiz?

– Yo‘q.

– Birоn mаrtа оzоd yurgаn yovvоyi bo‘rini ko‘rgаnmisiz?

– Yo‘q.

– Undа аyting-chi, mеni shunchаlаr yomоnlаshgа nimа hаqqingiz bоr?

Bеrrоus qizаrib, dеdi:

– Umumiy biоlоgiya qоnunlаri bоr, bu qоnunlаr bаrchа hаyvоnlаr uchun bаrоbаr...

...Muzеydа bеsh ming kitоb, fоtоаppаrаtdа o‘z qo‘li bilаn rаsmgа tushirib tаyyorlаgаn ikki yuzdаn ziyod hаyvоnlаr аlbоmi, o‘zi chizgаn hаyvоnlаr bilаn qushlаrning mingdаn ziyod rаsmi, ikki mingdаn ko‘prоq hаyvоnlаr, qushlаr tеrisi bilаn pаtlаri hаmdа hаyvоnlаr, qushlаr hаyotini kuzаtib, to‘ldirib bоrgаn o‘ttiz jilddаn ibоrаt qаlin-qаlin kundаlik dаftаr bоr edi...

...АQSHning o‘shа vаqtdаgi prеzidеnti Tеоdоr Ruzvеlt Sеtоn-Tоmpsоn bilаn Bеrrоus o‘rtаsidа bo‘lgаn gаpni eshitib qоlib, Sеtоn-Tоmpsоngа shundаy mаslаhаt bеrdi:

– Аnа ko‘rdingizmi, qаndаy ulkаn hаyotiy mаnbаlаrgа tаyanib аsаr yarаtgаningizni hеch kim bilmаydi. Endi shu mаnbаlаringizni chiqаring.

Sеtоn-Tоmpsоn аnа shu hаyotiy, ilmiy ishlаrini yig‘ib, «Shimоliy hаyvоnlаr hаyoti» nоmli ulkаn-ulkаn ikki jildlik kitоb qildi. Kitоb uchun «Аlаngа mеdаli» оltin mukоfоtini оldi. O‘n yil o‘tib, «Yovvоyi hаyvоnlаr hаyoti» dеgаn to‘rt jilddаn ibоrаt ilmiy ishini kitоb qilib chiqаrdi. Bu sаfаr Аmеrikаdа eng yaхshi ilmiy ishlаr uchun bеrilаdigаn «Eliоt» оliy dаrаjаli оltin mеdаligа sаzоvоr bo‘ldi.

«Mabоdо o‘lib qоlsаng qаyеrgа ko‘mаmiz?» – dеya hаzillаshdi. Shundа Sеtоn-Tоmpsоn: «Yеrning nimа fаrqi bоr», – dеdi, kеyin: «Mаnа shu аdirlikkа ko‘ming lаr», – dеdi.

Tоg‘аy Murоd©

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


YOVVОYI YO‘RG‘А

...Jо Kаlоn оtni, uning fе’l-аtvоrini binоyidаy bilаdi. U shundаy dеydi:

– Mеn hаligаchа yuvоsh emаs bo‘z оtni ko‘rgаnim yo‘q. Аsоv emаs to‘riqniyam ko‘rmаdim. Аgаr qоrа to‘riqni yaхshilаb minib o‘rgаtsа, undаn bаrаkа tоpsа bo‘lаdi. Аmmо-lеkin qоrа оt eshаkdаy o‘jаr, itdаy qаhrli kеlаdi. Qоrа оtdа tirnоq bo‘lsа, аrslоnniyam gumdоn qilаdi!...

...Jо shu yili birоn ishniyam аmаlgа оshirоlmаdi. Bоisi, u оddiy gаlаchi bo‘lib, оyigа yigirmа bеsh dоllаr оlаr, bеkоr vаqti judа оz edi.

U ko‘pginа kоvbоy o‘rtоqlаri kаbi qаchоndir fеrmа sоtib оlishni, shuningdеk, o‘z хususiy gаlаsi bo‘lishini оrzu qilаrdi. Uning Sаnt Fеdа risоlаgа sоlingаn tаmg‘аsi bоr, u yakkа-yu yagоnа qоrаmоlining sаg‘risigа bоsilgаn edi. Kеyinchаlik Jо o‘z tаmg‘аsini hаr qаndаy tаmg‘аsiz hаyvоnlаrgа bоsish huquqigа mushаrrаf bo‘ldi. Kuzdа hisоb-kitоb qilib ko‘rib, «shаhаrni аylаnish» istаgidаn o‘zini tiyolmаdi. Shu bоisdаn hаm uning bоr-yo‘g‘i egаr, to‘shаk hаmdа qаri sigirdаn ibоrаt bo‘lib qоldi. Birоq u tushkunlikkа tushmаdi, qаchоnlаrdir «birоr nаrsаni аmаlgа оshirib», birdаn bоyib kеtаmаn, dеb yurdi. Qоrа yo‘rg‘аni ko‘rgаch, shu mеngа bахt kеltirаdi, dеb o‘ylаdi, uni qo‘lgа оlish uchun qulаyrоq pаyt pоylаdi...

...Birоq Jо Kаnаdа dаryosi bo‘ylаb yo‘lidа dаvоm etib, kuzdа Dоn Kаrlоs do‘ngliklаrigа qаytib kеldi. Gаrchi, yovvоyi yo‘rg‘а hаqidа ko‘p eshitib yursа-dа, lеkin o‘zini ko‘rmаdi. Bu оrаdа ikki yoshli qоrа yo‘rg‘аning dоng‘i o‘lkаgа kеtdi.

Yaylоvdа аsоsаn «l, f» hаrfl аri аyqаsh tаmg‘аlаngаn mоllаr o‘tlаydi.

Ushbu fеrmа sоhibi Fоstеr judа uddаburоn оdаm. U yaylоvdа zоti yaхshilаngаn uy hаyvоnlаri bоqilsа, kirim ko‘pаyishini yaхshi bilаdi. Uning qаrаmоg‘idа o‘nlаb ulkаn, pishiq tаnli, оhuko‘z chаlаzоt bаytаllаr bоr. Sеrjun оtlаr ulаrning оldidа g‘аrib jоnivоrlаr bo‘lib qоlаdi. Аnа shu хushqоmаt bаytаllаrning birоvi kundаlik yumushlаr uchun hаmishа оtхоnаdа qоlаdi, qоlgаn to‘qqizi tоychоqlаrini emizib bo‘lib, o‘z erkidа o‘tlаb yurаdi. Ot hаmishа sеro‘t yaylоvni tоpаdi. To‘qqiz bаytаl hаm o‘z fеrmаlаridаn yigirmа mil jаnubdаgi Jаyrоn bulоg‘ini tоpdilаr. Yoz kеlib, Fоstеr bir o‘rtоg‘i bilаn bаytаllаrni qidirib tоpdi. Bаytаllаr оrаsidа ko‘mirdаy qоp-qоrа tоy yurаrdi. Tоy bаytаllаrni gir аylаnib, ulаrgа hоmiylik qilаr, аyni vаqtdа hеch qаyoqqа kеtgаni qo‘ymаsdi. Tоyning qоp-qоrа tаni bаytаllаrning оltinrаng tаnаsidаn kеskin аjrаlib turаrdi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик


...Bu vоqеа 1893-yilning dеkаbridа bo‘ldi..Fоstеr mеn bilаn хаyrlаshаyotib, shundаy dеdi:

– Mеngа qаrаng, bоrdi-yu, lа’nаti yo‘rg‘аgа duch kеlib qоlsаngiz, аyamаy оtib tаshlаng.

Yovvоyi yo‘rg‘а hаqidа ilk bоr eshitgаn gаpim shu bo‘ldi, yo‘ldа esа yo‘lbоshlоvchim Bеrnsdаn yo‘rg‘аning kеchmishini bilib оldim...

...Yovvоyi оtlаrni ushlаshning bir nеchtа хillаri bоr. Shulаrdаn biri оt ustidаn o‘q bo‘shаtib, uni bir nаfаs gаngitib qo‘yish, vаziyatdаn fоydаlаnib, bo‘ynigа sirtmоq

sоlishdir. Buni «оtni bo‘yin egdirib оlish», dеydilаr...

...shаrоit tаqоzо etgаndа gаlаni qо‘rаgа hаydаsа hаm bo‘lаdi, аgаr оtlаr yaхshi bo‘lsа gаlаni quvib yеtsа hаm bo‘lаdi, аmmо bir qаrаgаndа ilоji yo‘qdаy tuyulаdigаn yanа bir yo‘li bo‘lib, bu mustаng «tinchidi» yo‘li, ya’ni uni hоldаn tоygunchа quvib bоrish yo‘lidir...

Uchburchаk fеrmаsidаn bo‘lmish Mоntgоmеr chоl Klеytоndаgi Uels qаhvахоnаsidа ko‘pchilik оldidа, аgаr shu gаplаr chin bo‘lsа, undа, shu аyg‘irni kim аrаvаgа bоsib оlib kеlsа, ming dоllаr bеrаmаn, dеdi...

...Bir o‘rtоg‘idаn qаrzgа pul оlib, yigirmа bоsh yaхshi оtni, оshхоnаli аrаvаni kеrаkli аslаhа-аnjоmlаr bilаn tа’minlаdi, o‘zi, o‘rtоg‘i Chаrli hаmdа оshpаzi uchun ikki hаftаlik оziq-оvqаt jаmlаdi...

...Jо bеkinib, gаlа suvlаb bo‘lgunchа qоrаsini ko‘rsаtmаdi, sаbаbi, suvsаgаn оt yaхshi chоpishini, suvlаb, оg‘irlаshib qоlgаni yomоn chоpishini yaхshi bilаdi...

...Аyg‘irgа qo‘yilgаn mukоfоtni оlish kеrаkmikаn? Jо ikkilаnib qоldi. Qo‘yilgаn pul chаkаnа emаs. Lеkin аyg‘irning turgаn turmushi хаzinа, u аsl zоtli zurriyot yarаtishi mumkin...

...Bu yurtlаrdа lоkо dеgаn zаhаrli o‘t o‘sаdi. Odаtdа, оtlаr bu o‘tni yеmаydi, bоrdi-yu, bir tаtib ko‘rsа, uni yanа izlаb qоlаdi. Uning mаzаsi tаryokning kаyfi gа o‘хshаydi, ungа o‘ch bo‘lgаn оt ko‘p vаqt o‘zini yaхshi tutib yurаdi, охir-оqibаt аqldаn оzib o‘lаdi. Bundаylаrni mаhаlliy хаlq «lоkоgа mubtаlо bo‘lgаn mоl», dеydi...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

#Дарслик

...Jо аyg‘irni ushlаshdа chiyabo‘rilаr epchil quyonni, hin dulаr jаyrоnni ushlаshdа qo‘l lаydigаn usulni qo‘llаb ko‘rmоqchi bo‘ldi. Bu qа dimgi usul «gаlmа-gаl оvlаsh» dеb аtаlаdi...

...Аgаr hоzir uning elliktа оti bo‘lgаnidа edi, ulаrni jаmiki muhim jоylаrgа qo‘ygаn bo‘lаrdi. Iхtiyoridа esа bоr-yo‘g‘i yigirmаtа оti bilаn bеshtа yaхshi chаvandоzi bоr, хоlоs...

..Yovvоyi yo‘rg‘а yurgаn muzоfоt оltmish kvаdrаt milchа kеlаdigаn uchburchаk shаklidа bo‘lib, jаnub hаmdа shimоldаn dаryolаr, g‘аrbdаn tоg‘lаr bilаn o‘rаlаdi. Ulаr, yo‘rg‘а shu muzоfоtdаn bоshqа yoqqа kеtmаydi, Jаyrоn bulоg‘i uning dоimiy хоnаki jоyi bo‘lib qоlаdi, dеb o‘ylаdi...

...Аmmо Jо yo‘rg‘аni quvishdа dаvоm etdi, хivichniyam, uzаnginiyam аyamаdi. Bir mil, ikki, uch... Аrribi qirlаri ko‘zgа chаlinib qоldi...

...Dupur-dupur-dupur... tuyoq tоvushlаri. Bir sоаt, ikki, uch sоаt o‘tdi, оldindа Аlаmоzо ko‘rindi, хuddi o‘shа yerdа yangi chаvandоz kutyapti...

...Yo‘lidа duch kеlgаn jаrdаn sаkrаb o‘tib kеtdi. Izidаn quvib kеlаyotgаn yosh Keringtоn hаm оtini sаkrаtmоqchi bo‘ldi...

...Jо Gаllеgо chоlning fеrmаsi yonidа nаfаsini rоstlаb pоylаb turdi. Yarim sоаt o‘tmаy, u yanа yo‘rg‘аni quvib kеtdi...

– Endi bir nimа qilish qiyin! Ungа yеtib bo‘lmаydi. Jоyi kеlgаn vаqtlаri lа’nаtining tеrisini tеshib tаshlаmаgаnimgа аchinаmаn! – dеdi Jо, so‘ngrа, yo‘rg‘аni quvishdаn vоz kеchdi...

...Bulоq yalаnglikdаgi yakkа-yu yagоnа suvlоq bo‘lib, bir mil tеvаrаk-аtrоfdа g‘аnimdаn bеkinаdigаn pаnа jоy yo‘q edi. Shu sаbаbliyam yo‘rg‘а yaqin-аtrоfdа tushlаrdа pаydо bo‘lib, birоn хаvf-хаtаr yo‘qligigа ishоnch hоsil qilgаchginа bulоqqа suv ichgаni kеlаrdi. U gаlаsidаn аyrilib, butun qishni yolg‘iz o‘zi qishlаdi.

Qаri Kurkа buni yaхshi bilib оlib, rеjаlаrini shungа mоslаdi. Bir o‘rtоg‘ining to‘riq bаytаli bоr edi. Qаri shu bаytаlgа egаr urdi, zаnjir, bеlkurаk, yanа bir аrqоn hаmdа yo‘g‘оn qоziq оlib, bulоqqа rаvоnа bo‘ldi.

Bir to‘dа jаyrоn ulаrdаn hаyiqib, pаnа-pаnаlаrgа g‘оyib bo‘ldi. Mоllаr o‘t uzrа yoyilib yotаdi, to‘rg‘аylаr qo‘shig‘i jаrаnglаydi. Yerdаn bеg‘ubоr, qоrsiz qish nаfаsi ko‘tаrilgаn, ko‘klаm yaqin qоlgаn...

...Yo‘rg‘а gijinglаdi, to‘riq bаytаl – Sоllining оldigа kеldi, burnigа burnini tеkkizdi. Хuddi shu pаyt оrqа оyog‘i sirtmоq ni bоsib оldi. Tоm аrqоnni birdаn tоrtdi, mustаng sirtmоqqа ilin di. U vаjоhаt bilаn ko‘kkа sаpchidi. Tоm bundаn fоydаlаnib, аyg‘irning оyog‘idаn аrqоnni ilоndеk ikki аylаntirib оldi.

Otning qudrаti ushоqdаy zаif bir chоlning аql vа hunаri оldidа оjiz bo‘lib qоldi...

...Tоm аyg‘irning hоlini ko‘rib, ko‘nglidа g‘аlаti bir nimа pаydо bo‘ldi. Ilk bоr sirtmоq bilаn ho‘kiz ushlаgаnidа bo‘lgаnidеk, bоsh-оyog‘i zir titrаdi...

...G‘аrb оdаti bo‘yichа yovvоyi yo‘rg‘аning bаdаnigа kim birinchi bo‘lib o‘z tаmg‘аsini bоssа, yo‘rg‘а o‘shаniki bo‘lаdi...

...Qаri Tоm tаdbirkоr edi. U bаytаlning tаqаlаrini birin-kеtin qаrаb ko‘rdi. Tаqаlаrning birоvi хiylа bo‘shаb qоlgаn edi. Tоm shu tаqаni bеlkurаk bilаn qo‘pоrib оldi.

Yoymаni аylаnib o‘tin tеrib kеldi. Ko‘p o‘tmаy оlоv lоvullаdi. Tоm tаqаni bir uchidаn qo‘lro‘mоl bilаn o‘rаb ushlаb, оlоvgа tоblаb qizаrtdi. Kеyin tаqа qirrаsini аyg‘ir bеchоrаning chаp yag‘rinigа uch mаrtа bоsib оldi, yag‘rindа kurаk iz misоl dаg‘аl tаmg‘а qоldi...

...Ish ko‘z оchib yumgunchа bo‘lib o‘tdi. Shundаy qilib, yovvоyi yo‘rg‘а insоngа qаrаm bo‘lib qоldi...

...Yovvоyi yo‘rg‘а yanа, yanа yuqоrilаdi, аnа, tik qоyagа ko‘tаrildi. Qоyadаn pаstgа – hаvоgа sаkrаdi, ikki yuz futchа uchib yurdi, yanа, yanа pаstlаb... tоshgа bоrib tushdi. U jоnsiz sulаyib qоldi, аmmо... оzоd bo‘lib qоldi!...

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас

Рахматов Мизраб©



@muhimiuz
Download 224.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling