Adabiyotlar tahlili va metodologiya


Download 100.52 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi100.52 Kb.
#1092215
Bog'liq
To\'xtasinov Shaxriyor


KIRISH

Asinxron divigatellar ish tarzi stator chulg'amlari bo'ylab uch fazali o'zgaruvchan tok o'tganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulg'amlarida hosil qiladigan tok bilan o'zaro ta'siriga asoslangan. Asinxron dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan o'nlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi.


Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish korxonalarida inson qoʻl mehnatini yengillashtirish maqsadida turli operatsiyalarni bajaruvchi dastgohlar va qurilmalar mavjud.Ularni harakatga keltirish uchun aksariyat hollarda asinxron dvigatellardan foydalaniladi.Demak asinxron dvigatel oʻzi nima va u qanday funksiyani bajaradi. Asinxron dvigatel elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina.Asinxron dvigatellar arzonligi va doimiy ravishda texnik xizmat ko`rsatish imkoniyati mavjudligi sabab turli ishlab chiqarish korxonalarida keng foydalanilib kelinmoqda. Asinxron divigatellar qurilmalarni harakatlantirib mahsulotlarni u joydan bu joyga tashish, aralashtirish va hokazo operatsiyalarni amalga oshiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ishlab chiqarish mashinalar bajaradigan operatsiyasiga mos ya'ni aylanishlar chastotasig to'g'ri keladigan asinxron dvigatel tanlash imkoniyati mavjud emas.Chunki jarayon to'xtovsiz bo'lishi mumkin. Undan tashqari agar texnologik talabga ko'ra, dvigatel tez-tez ishga tushirilib va to'xtatilib turilsa, u holda bu o'tkinchi rejimda motor cho'lg'amidagi tokdan hosil bo'luvchi quvvat isrofi va undan ajraladigan issiqlik energiyasi miqdori motorni ishdan chiqishiga olib keladi va undan tashqari motor cho'lg'amidagi tokdan hosil bo'luvchi quvvat isrofi elektir energiyasi sifatini o'zgartiradi va ishlab chiqarish korxonasini oylik elektir energiyasi uchun to'lanadigan reaktiv energiyani oshib ketishiga sabab bo'ladi[2,4]. Yuqorida aytib o'tilgan holatlarni bartaraf etish uchun asinxron dvigatel tezligini zamonaviy chastota o'zgartkichlar orqali boshqarshni tavsiya qilamiz.

Chastota ozgartkichlar orqali jarayonni boshqarish-bu birinchi navbatta maxsulot sifatini oshirishga ijobiy ta'sirini ko'satadi,undan tashqari elektir energiyasini tejash imkonini beradi. Buni biz davriy harakat mashinalari (tsiklik) va uzluksiz harakat mashinalari ya'ni pivo ishlab chiqarish linyasi misolida ko'rib chiqamiz.Pivo ishlab chiqarish uzluksiz jarayon bo'lib,unda konstruktsiyaga muvofiq mashinalar konveyer orqali bir-biri bilan sinxiron ishlaydi.Bu jararayonni sinxiron ishlashini taminlash uchun harakatga keltiruvchi motorlar bir-biriga mutanosib va mos ravishda harakatlanishi lozim.

MUHOKAMA

Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash uchun tristorlar stator zanjiriga ulanadi.Bunda ular yordamida stator cho'lg'amlaridagi sinusoidal kuchlanishning amplitudasini (fazali rostlash) yoki chastotasini (chastotali rostlash) rostlash mumkin. Har ikkala holda ham asinxron dvigatelning aylantirish momenti o'zgaradi.Bu aylanishlar chastotasining o'zgarishiga olib keladi[3]. Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini tiristorli kuchlanish o'zgartirgich (TKO) yordamida rostlash sxemasi 1-rasmda ko'rsatilgan. TKO ning har bir fazasida ikkita qarama qarshi (parallel) ulangan tiristor bo'lib,o'zgaruvchan tokning har ikkala yarim davrini o'tkazadi.

TKO' yordamida kuchlanishni o'zgartirish uchun impulsli faza boshqaruvchi sistema (IFBS) deb ataluvchi qurilma bo'lishi kerak.U ikkita vazifani bajaradi va boshqaruvchi impulsni vujudga keltiradi va uni tarmoq kuchlanishiga nisbatan faza bo'yicha siljitadi.IFBS tiristorli o'zgartirgichning rostlash burchagi a ni 0 dan 180 elektrik gradusga o'zgartirish imkonini beradi.



Asinxron dvigatelning tiristorli kuchlanish o'zgartirgich yordamida rostlash sxemasi. Boshqaruvchi impulsni tristorlarga berish lahzalarini o'zgartirib, asinxron dvigatelning stator cho'lg'amiga berilayotgan kuchlanishni o'zgartirishga va rotorning aylanishlar chastotasini uncha katta bo'lmagan oraliqda o'zgartirishga erishish mumkin. Shu bilan birga, kuchlanishni kamaytirish asinxron dvigatelning ishga tushirish va maksimal momentlarini kamaytirishga olib keladi.Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash oralig'ini kengaytirish uchun yopiq yoki chastotali boshqarish sistemalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


NATIJA
Dvigatellarning aylanishlar chastotasini tarmoq tokining chastotasini o'zgartirib rostlash alohida manba bo'lishini taqozo qiladi.U asinxron dvigatelni ta'minlovchi kuchlanish chastotasini sanoat toki chastotasi (f-50Gs) dan oshirish yoki va kamaytirishni ravon o'zgartirish imkonini beradi[3].Bu rostlash usulining kamchiligi ancha murakkab qimmatbaho chastota o'zgartirgichining talab qilinishidadir. Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini chastota o'zgartirgich yordamida rostlashning blok sxemasi 2-rasmda ko'rsatilgan. Chastota o'zgartirgich boshqariladigan to'g'rilagich BT, u uch fazali va fi const bo'lgan tarmoq kuchlanishini o'zgarmas tok kuchlanishi (U) ga aylantiradi,to'g'rilangan kuchlanishning pulslanishini tekislovchi drosseli La filtr, o'zgarmas tok kuchlanishini o'zgaruvchan chastota f; uch fazali o'zgaruvchan tok kuchlanishiga aylantiruvchi
(asinxron dvigatelni ta'minlash uchun) invertor I va IFBB lardan iborat.Elektron impulsli faza boshqarish sistemalari IFBB to'g'rilagich va invertor tiristorlarini boshqarishni amalga oshiradi va qurilmaning kerakli ishlash rejimini ta'minlaydi.

XULOSA


Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Tayyorladi: To’xtasinov Shaxriyor.
Download 100.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling