Adol Eyxmann (1906-1962) ikkinchi jahon urushi davrida Uchinchi


Download 316.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi316.71 Kb.
#203056
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XJH



 

Kazus  

 

Adol  Eyxmann  (1906-1962)  ikkinchi  jahon  urushi  davrida  Uchinchi 



Reyxning  (Reichssicherheitshauptamt)  Imperiya  xavfsizligi  IV  sektori,  4-

boshqarmasi  rahbari  bo‘lgan.  Mazkur  lavozimda  u  “yaxudiylar  masalasini  hal 

etish”  bo‘yicha,  yaʼni  yevropalik  yaxudiylarni  qirib  tashlash  masʼul  bo‘lgan. 

Ikkinchi  jahon  urushi  oxirida,  u  Argentina  ko‘chib  o‘tishga  muvaffaq  bo‘lgan,  u 

yerda  Rikardo  Klement  sohta  ismi  sharifi  ostida  yashab  kelgan.  Isroil  maxfiy 

maxsus  xizmati  “Mossad”  agentlari  uni  kuzatib  borib,  1960  yili  uni  Isroilga 

kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketishadi va u yerda sud qilinib, eng oliy jazoga 

hukm qilinadi.  

Savollar:  Internet  tarmoqlari  orqali  A.Eyxmann  ishi  haqida  ko‘proq 

maʼlumot  oling.  Unga  nisbatan  eʼlon  qilingan  ayblovlar  aynan  nimalardan  iborat 

edi?  A.Eyxmannga  tomonidan  sodir  etilgan  jinoyatlar  tarkibi  elementlarining 

o‘ziga  xosligi  nimadan  iborat  bo‘lgan?  Isroilga  A.Eyxmanning  maxfiy  yo‘l  bilan 

olib  o‘tilishi  Argentina  hukumati  tomonidan  qanday  munosabat  bildirilgan  edi? 

Sizning  fikringizcha,  A.Eyxmannning  o‘g‘irlanishini  xalqaro-huquqiy  jihatdan 

qayday baholanadi? Isroilning A.Eyxmannga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishi jinoiy 

yurisdiksiyaning qaysi prinsiplari asosida amalga oshirilgan? 

 

Yuqoridagi  kazus  bilan  bog`liq  vaziyatga  chuqurroq  kirib  bporish  uchun 



jinoiy qilmishi haqida so`z borayotgan shaxs- Adolf Eyxmann haqida ma`lumotga 

ega  bo`lish  lozim.  Gestapo  bo'lajak  nemis  zobiti  va  xodimi  Adolf  Eyxman  1906 

yilda,  19  martda  Vestfaliyaning  Solingen  shahrida  tug'ilgan.  1939  yil  sentyabr 

oyida  urush  boshlanishi  bilan  Adolf  Eyxman  boshchiligidagi  Imperial  xavfsizlik 

bosh  boshqarmasida  IV-B-4  bo'limi  tashkil  etildi.  Yahudiy  va  Semitizmga 

aloqador  boshqa  har  qanday  fuqaro  uning  hushyor  nazorati  ostiga  o'tdi.  Adlof 

Eyxmann  yahudiylar  qirg`ini  o`tkazganligi  bilan  alohida  iz  qoldirgan  hisolanadi. 

Urushdan so`ng barcha nemis rahbarlari qatori Eyxmann ham repressiya qurbonlari 

tomonidan  qidiriladi  boshlandi.  Bu  vaziyatda  Eyxmann  Lotin  Amerikasiga 

qochishi  o`zi  uchun  eng  ishonchli  yo`l  deb  bildi.  Ammo  yangi  tuzilgan  Isroil 

davlatida  tashkil  qilingan”Mossad”  tashkiloti  uning  iziga  tushdi  hamda 

Argentinadan kontrabanda orqali olib o`tildi.  

Yuqorida  berilgan  savollarga  o`z  javoblarimizni  berishga  harakat  qilamiz. 

Avvalo,  Eyxmanga  e`lon  qilingan  ayblarga  to`xtalsak.  Eyxmanga  birinchi 

navbatda  Halokast  uyushtirgan  shaxs  sifatida,  shuningdek,  bir  millatni  butunlay 

qirib  tashlashni  amalga  oshirganlikda  genotsid  jinoyati  bilan  ayb  e`lon  qilindi. 

Bundan  tashqari  yana  bir  qator  jinoyatlar  uchun  eng  oliy  jazo-  o`lim  jazosiga 

mahkum qilindi. 




 

Ikkinchidan,  Eyxmanning  Argentinadan  olib  o`tilishi  O`sha  davr  Isroil  va 



Argentina davlatlari o`rtasida bahsga sabab bo`lgandi. Bu borada hattoki Argentina 

davlati tomonidan Isroilning diplomatiga nisbatan “persona non grata” ham amalga 

oshirildi.  Bunga  sabab  esa  albatta  Argentinani  ogohlantirmasdan  shaxsni  olib 

chiqib  ketilganligida  edi.  Ammo  Isroil  davlati  bu  holatga  operatsiyani  amalga 

oshirgan guruh volontyorlardan iborat ekanligini va guruh qo`lida Eyxmanning sud 

oldida javob berishga “rozi” ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bor ekanligi aytiladi. 

Ushbu masala 1960-yil 22-iyulda BMTning Xavfsizlik Kengashida Argentinaning 

arzlari sifatida ko`rib chiqilgan.

1

   


Uchinchidan,  Eyxman  bilan  bog`liq  holatda  xalqaro  huquqning  bir  qator 

prinsiplariga  murojaat  qilish  o`rinlidir.  Jumladan,  Xalqaro  huquq  doirasidagi 

jinoyatlar  uchun  shaxsiy  jinoiy  javobgarlik  prinsipi,  komandir  va  boshqa 

boshliqlarning javobgarligi prinsipi va boshqalar.  

Eyxman  ishi  bilan  bog`liq  ko`plab  ma`lumotlar  mavjud  bo`lib,  muhim 

manbalardan  biri  sifatida  “The  Eichmann  Kidnapping:  Its  Effects  on  Argentine-

Israeli  Relations  and  the  Local  Jewish  Community”  kitobi  hisoblanadi.  Aynan  shu 

kitobda  masalaning  mohiyati bor bo`y  basti bilan ochib berilganligi kishini  hayratga 

soladi. 

 

 



 

 

 




Download 316.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling