Adolat yo‘lida kurashdan buyuk bosqinlargacha. Tevton ritsarlarining sarguzashtlari haqida


Download 0.78 Mb.
bet1/4
Sana04.11.2021
Hajmi0.78 Mb.
#170548
  1   2   3   4
Bog'liq
Tevrot -tamplerlar


Adolat yo‘lida kurashdan buyuk bosqinlargacha. Tevton ritsarlarining sarguzashtlari haqida

O‘rta asr Yevropasi oldida turgan iqtisodiy manfaatlar va siyosiy muammolar bilan birga ritsarlik ordenlarining paydo bo‘lishi va gullab-yashnashiga asosan monastirlar turmush tarzini ritsarlik kuchi va sharafi bilan birlashtirish g‘oyasi sababchidir. 1198-yil 19-noyabrda Falastinda tashkil etilgan Tevton ordeni O‘rta asr Yevropasining eng qudratli ordenlarining biriga aylandi. Tevtonlar nima uchun kuch va boylikning timsoliga aylanishiga oid bir qancha sirlar ham mavjud. “Daryo” sana munosabati bilan Tevton ordeni qudratining sirlari, tanazzuli va bugungi kundagi ahamiyati haqida hikoya qiladi.

Tevton ritsarlari haqida birinchi ma’lumot 1127-yilda paydo bo‘ldi, Tevton ordeni solnomasi muallifi Peterburg Dyusburg 1190-yilni orden tashkil etilgan yil sifatida eslatib o‘tdi. 1198-yilda u harbiy buyruqqa aylantirildi va bir yildan so‘ng Papa Innokentning himoyasi ostiga olindi. Uning asosiy tamoyillari kasallarga g‘amxo‘rlik qilish va ziyoratchilarni Quddusdagi Iso Masih qabriga borishda himoya qilish, shuningdek, kofir deb atalmishlarga qarshi xoch yurishlarini o‘z ichiga oldi. Shu sababli, ular o‘zlarini Xudo ritsarlari ham deb nomlagan edi.



Bu orden Falastinda, Quddus allaqachon musulmonlarga boy berilgan va ulardan ozod qilinishi kerak bo‘lgan paytda tashkil etildi. Shunisi e’tiborga loyiqki, orden tashkil etilganidan beri birinchi yuz yil ichida aniq nomga ega emas edi. Ismlar turli xil va g‘alati edi. Dastlab, bu haqiqatan ham Quddusdagi oddiy kasalxona bo‘lib, u yerda asosan nemis tilida so‘zlashadigan ziyoratchilar davolanardi. Keyinchalik, shu ziyoratgoh asnosida templerlar nemis ritsarlik jamoasini yaratishni taklif qildi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling