Ҳаёт рубобини чалиб шўх-қувноқ, Тириклик бахтидан куйлайлик алёр


Download 20.04 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi20.04 Kb.
#1091534
  1   2   3
Bog'liq
navro\'z


Ҳаёт рубобини чалиб шўх-қувноқ, 
Тириклик бахтидан куйлайлик алёр. 
Бу гўзал очунга тўйиб-тўйиб боқ, 
Ғанимат бу дамлар, ғанимат дийдор.
Navro’zi olamni biz barcha sharq xalqlari qatorida azal-azaldan, ming yillar davomida e’zozlanib kelayotgan, eng qadimiy va eng sevimli, haqiqiy umumxalq bayrami sifatida qadrlaymiz. Azaliy va abadiy bayram – Navro’z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o’zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu - hurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir. Mana hozir yurtimizda bayromona kayfiyat jo'sh urmoqda. Qozonlarda sumalaklar qaynamoqda. Ana shunday ajoyib kunlarda Sizlarni ulug’ ayyom bilan muborakbod etib, Sizlarga, barcha yaqinlaringizga quvonch va shodlik, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovon hayot, Ona-Vatanimizning gullab yashnashi yo’lidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Navro'z sizga xursandchilik, quvonch, baxt - omad keltirsin.
Yana bir bor Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin aziz yurtdoshlar.
Hush kelding navruzim O'zbekistonga 
Hush kurdik boychechak bodom gullaring. 
Istiqlol yuz ochgan ota makonga 
Anvorlar tashiydi toza yellaring... 

Navro’z - mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Barcha zamonlarda Navro’z orqali xalqning ma’naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o’ylari, go’zallikka, nafosatga bo’lgan munosabatlari ifodalangan. Uning mazmunida kim Navro’zni shodu xurramlik bilan kutib olsa va o’tkazsa, kelgusi yil Navro’z kelguncha uning hayoti xursandchiliklarga boy bo’ladi degan g’oya yotadi. Navro‘zi olam – sharqona yangi yil o‘zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayramdir. Shu kunlarda Vatanimizning bepoyon hududlarida, shahar va qishloqlarida, so‘lim go‘shalarida Navro‘z sayillarini keksayu yosh – barcha yurtdoshlarimiz katta xursandchilik va baland ruh bilan o‘tkazayotgani buning yaqqol daragi va tasdig‘i bo‘lg‘ay, inshoollo. Barchamizning tilagimiz – Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayzu baraka, baxtu saodat bersin, dasturxonimizni to‘kin, rizqimizni butun qilsin.


Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling