Yorqinoy Burxonova G‘azal sharhi


Download 278.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana31.01.2024
Hajmi278.57 Kb.
#1819895
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
G‘azal tahlili



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 Buxoro-2022
Yorqinoy Burxonova
G‘azal sharhi
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


I.G`azal haqida ma`lumot 
Nazariy ma'lumot 
G'AZAL 
G'azal - musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko'p tarqalgan lirik janr. U dastlab 
arab she'riyatida milodiy VI-VII asrlarda paydo bo'lib, keyinchalik boshqa Sharq xalqlari so'z 
san'atiga ham o'tgan. XIII-XIV asrlarga kelib she'rning bu turi to'la shakllangan va 
mukammal holga yetgan. 
G'azalning tuzilishi, mazmun-mavzusi va badiiy jihatlari bo'yicha bir necha talab va o'ziga 
xoslik bor. 
Avvalo, g'azallar ko'pincha ishqiy mavzuda bitiladi. Ammo ma'no-mazmun jihatidan
Allohni maqtashga (hamd),
Muhammad payg'ambar(s. a. v.)ni ta'riflashga (na't) bag'ishlangan,
rindona (may va mayxona bilan bog'liq tasvirlarga asoslangan),
orifona (pand-nasihat ruhidagi),
tabiat go'zalliklaridan zavqlanish asosidagi (peyzaj) va boshqa g'azallar ham yoziladi. 
Shuning uchun shoirlar bu janr namunalarida odam va olam, tabiat va jamiyatning turli-
tuman murakkab tomonlarini ham yoritishga harakat qilgan. 
Hajmi 3 baytdan 19, hatto, 27 baytgacha bo'lgan g'azallar uchraydi. Biroq Navoiy va 
boshqa ko'p shoirlarimiz ijodida, asosan, bu janrning 7 va 9 baytli namunalariga duch 
kelamiz. Shu miqdor eng mukammal hajm deb qabul qilinadi. 
Bir g'azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi. Garchi Navoiy ijodida aruzning turli bahrlarida 
yozilgan g'azallar uchrasa ham o'zbek shoirlari g'azallarining ko'pchiligi, asosan, ramal, bir
qismi esa hazaj bahrida bitilgan. Boshqa bahrlarda juda kam yozilgan. 
G'azalda bitta qofiya tizimiga amal qilinadi. Misralar b a, d a, e a, f a va hokazo tarzda 
qofiyalanadi. 
G'azal baytlari - nisbiy ma'noda mustaqillikka ega. Ya'ni bir bayt imkon qadar til talablari 
bo'yicha tugallangan a’lo jumladan iborat bo'lishi, umumiy matndan yulib olib o'qigiganda 
ham tugal ma'no-mazmunni anglatishi lozim. G'azallar, ba mustaqilligi, ya'ni 
qo'shmisralarning o'zaro bog'liqligi, mantiqiy ketma-ketligi va bir-birini taqozo etishi 
darajasiga ko’ra quyidagi turlarga bo'linadi: 
a) 
parokanda g'azallar (bunda baytlar bir-biridan o'ta m mustaqil bo'ladi, ularning o'rni 
almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi) 
b) 
yakpora g'azallar (bunda baytlar mantiqan ketma-ketlikka ega bo'ladi); 
d) 
voqeaband g'azallar (bunda baytlar ketma-ketligini sujet  ya'ni muayyan voqea tasviri 
boshqaradi); 
e) 
musalsal g'azallar (bunda baytlar o'zaro chambarchas bog'liq bo'ladi, ma'no-mantiq 
jihatidan kuchli tarzda biri ikkinchisini taqozo etib keladi). 
Navoiy parokanda, ya'ni baytlar o'rnini o'zgartirib qo' ysang ham, hech narsa 
o'zgarmaydigan g'azallarni qattiq tanqid qilgan. Oldingi darslar jarayonida ko'rib o'tilgan 
«Jong'a chun dermen: «Ne erdi o'lmakim kayfiyati?..» g'azali musalsal g'azalning yorqin 
namunasi hisoblanadi. 
G'azalning aksaran oxirgi bayti (maqta'si) yoxud ba'zan oldingi baytda shoir taxallusi 
qo'llanadi. Lekin taxallus qo`llash majburiy emas. G'azal taxallussiz ham yozilaverishi 
mumkin. 

Download 278.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling