Baxt haqida bahs


Download 14.56 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi14.56 Kb.
#220679
Bog'liq
Baxt haqida bahs


Baxt haqida bahs.

Inson hamisha go’zallikka, baxtga intiladi, baxtiyor damlarni kutib yashaydi. O’ziga to’kis baxtni sog’inmagan odam zoti topilmasa kerak. Baxt esa, misoli bir qush: qattiqroq ushlasang ham, bir oz bo’sh qo’ysang ham undan ayrilib qolishing mumkin. Shu tufayli uni har kim o’zicha tushunadi, o’zicha tasavvur etadi, o’zicha anglaydi...
Dunyodagi buyuk kashfiyotlar, o’lmas san’at asarlarining yaratilishiga ham aslida insoniyatning baxt haqidagi orzu-armonlari sababchi bo’lgan bo’lsa, ehtimol.Baxt haqida fikr yuritganimizda insonda ko’pgina savollar paydo bo’ladi .Keling shu savollarga javob qidirib ko’ramiz.

Odamlar baxt deganda ko’proq nimani tushunishadi?
Har kim o’zining ongi, tafakkuri rivojiga qarab baxtni har narsada ko’radi. Ayollar asosan oilasining tinch-xotirjamdigi, erining unga mehr-muhabbatli bo’lib, farzandlari barkamol bo’lishini, qizlar esa har tomonlama o’ziga mos kishini uchratishni baxt deb hisoblaydi. Ba’zi erkaklar uchun oilasining moddiy ta’minlanganligi, ayolining shirinso’zligi bo’lsa, ayrimlari uchun ko’chadagi ayol bilan munosabat o’rnatish baxt. Yigitlar kelajagini oila bilan bog’laydi. Ular chiroyli ayolni chiroyli oila deb biladi.

Baxtni boylik bilan o’lchab bo’ladimi?
Boylik baxt ko’rsatkichi emas. Masalan, bir buyuk rus olimi o’zining baxtini raketalar yaratishda ko’rgan. U oshxonalardagi qoldiq ovqatlarni yeb kun ko’rgan. Lekin bunday sharoitda ham o’zini baxtli hisoblagan.O’ziga to’q bo’lish baxtni his qilish uchun ozgina omil bo’lishi mumkin. Odam ehtiyojlarining hech bo’lmaganda o’rtamiyona darajada qondirilishi ham baxtli bo’lish uchun zamin yaratadi.Ba’zan hamma narsasi yetarli odamlar ham o’zini baxtsiz his qiladi.

Kishilar o’zlarini baxtli his etishlari uchun nima qilishlari kerak?
Bu dunyoga inson bo’lib kelishning o’zi baxt emasmi, undan inson bo’lib ketish-chi undan ham katta baxtku axir. Afsuski, baxtning qadriga har doim ham yetavermaymiz. Erta bilan turib quyosh nurini ko’rishning o’zi katta baxt. Gap uni his qilib, dunyo ne’matlaridan lazzatlana olishda.
Baxtning davomiyligi qancha?
Bir umrlik deb qarash noto’g’ri bo’lsa kerak .Chunki inson hayoti bir tekis emas . inson qoqilgan vaqtda o’rnidan tura olishi ham bir baxt aslida. Faqat kasbdan topilgan baxt bir umrlik bo’lishi mumkin.Chunki kasbimiz har doim hamrohimiz umrimiz oxirigacha bizga yo’ldosh bo’ladi . Undan qolgan shirin hotiralar doim bizga olam olam quvonch bag’ishlaydi.

Baxt haqida bitta tasavvur: 
Nuragan uy, loysuvoq so’ri. 
Onajonim non yopgan tandir
O’choqdagi olovning qo’ri.

Yuzim chaygan zilol ariqcha, 
Dadam zardoliga osgan argimchoq. 
Belanchakda uxlagan ukam, 
Buvim ertagiga solganim quloq.

Kechki taom — hamma jamul-jam 
Bir lagandan oshashar palov. 
Keyinbuvim urchuq yigirar, 
Loypechkada gurillar olov...

Baxt haqida so’nggi tasavvur: 
Biz qadriga yetmagan damlar..

Aforizmlar

Baxtli bo’lishni istaysanmi? Unday bo’lsa, avval mashaqqat chekishni o’rgan. 
TURGENEV

Yashash majburiy emas, biroq baxtli yashash shart.
J.RENAR

Baxtsiz onlarda eng yaxshi tayanch aql emas, balki jasoratdir. 
L.VOVENARG

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga hurmatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonalar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
Download 14.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling