51. Òsmirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 44.55 Kb.
|
51-61 psixologiya javoblar
51. Òsmirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. 6.1.O‘smirlik Yoshidagi o‘quvchilarning xulq-atvor xususiyatlari O‘smirlik 10-11 Yoshlardan 14-15 Yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmokda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik Yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi.Fiziologik o‘zgarish jinsiy etilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta Yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar.O‘smirda katta Yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi.O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, Shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq. Kattalar o‘smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Guruh ko‘pincha o‘smirda «biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. O‘smir Yoshdagi bola uchun do‘st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘stlik juda qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezadilar.O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari xam mumkin. O‘smirlik davrida etakchi faoliyat shaxsiy -intim muloqotdir.O‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir Yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit - bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. O‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ularga mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. 52) Ôsmirlik davri inqirozi va uning pisxologik, psixofiziologik sabablari O‘smirlik davri O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo‘lamiz. O‘smirlik yoshiga xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S. Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o‘smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. S.Xoll (1940) o‘smir xarakterida paradoksallik va ambivalentlik holatlarini izohlab, ularning faoliyatlarida o‘ta faollik hukmronlik qilishiga e’tiborni qaratib, ularda shodlik o‘rnini qayg‘u, o‘ziga ishonchni tortinchoqlik, xudbinlikni altruizm, ma’naviy intiluvchanlikni past qo‘zg‘aluvchanlik, muloqotmandlik istagini pismiqlik va hokazolar tezkor o‘rin almashishi bilan ifodalanishini, o‘zini o‘zi anglash krizisi bilan bog‘laydi. Amerikalik psixolog A.Gezell (1880-1861) S.Xoll kabi rivojlanishning biologik modeliga asoslanadi va bunda yangilanish, integratsiya va muvozanat o‘rin almashadi, deb hisoblaydi. “O‘sish” va “rivojlanish” Gezell uchun sinonim hisoblanadi va u xulq-atvor usulining progressiv differensiatsiya va integratsiya jarayonini bildiradi. Gezell madaniy ta’sirni tan olgan holda shuni ta’kidlaydiki, madaniyat yo‘naltiradi, lekin rivojlanish bosqichlari va tendensiyasini keltirib chiqarmaydi. Individning o‘qitilishi va madaniyatga qo‘shilishi qanchalik muhim bo‘lmasin, u hech qachon etilish ta’siridan o‘zib keta olmaydi. Insonning bioijtimoiy tabiatini tan olgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, asosiy determinant – tashqi ijtimoiy muhit, tashqi holatlardir. Biroq yosh rivojlanishiga etilishning ichki jarayonlari ma’lum ma’noda ta’sir etar ekan, bu narsa faqat organizmning emas, balki psixika va individ rivojlanish bosqichlari, yosh davrlarining bosqichma-bosqich almashinuv qonuniyatlariga, shu zaylda har bir yosh bosqichida psixik rivojlanish xususiyatlari qonuniyatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. SH. Byuler fikricha, pubertat davr – bu biologik o‘sish davri bo‘lib, jinsiy etilish o‘z nihoyasiga etadi, ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o‘spirinlik deb ataydi. SH.Byuler pubertat davrni ikkiga: pozitiv va negativ davrlarga ajratadi. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o‘smirning urishqoqligi, injiqligini ifodalovchi jismoniy va ruhiy toliqish, notinch, oson qo‘zg‘aluvchan holat, yuqori sezuvchanlik hamda qo‘zg‘aluvchanlikni ko‘rsatadi. O‘smirlarning o‘zlaridan qoniqmasliklari asta atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga sabab bo‘lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. YA’ni, o‘smirlarda «sust melanxoliya» va «tajovuzkor himoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir go‘zallikning anglangan kechinmalarini, muhabbat tuyg‘usini misol qilib keltiradi. SH. Byulerning izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 yoshlari oralig‘ida o‘y-hayollarga berilish, yaqin do‘stga ehtiyoj sezish va «do‘stni izlash» ga urinishda ijobiy bosqichga o‘sib o‘tishini ta’kidlaydi. E. SHprangerning izdoshlaridan biri V.SHtern o‘smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.SHtern «Do‘stingni ko‘rsatsang, kimliginni aytaman» degan naqlga «Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni izohlashga harakat qiladi. CHunki o‘smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. Qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. SHu tariqa V.SHtern oltita tipni ajratadi: a) nazariy tip shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi; b) estetik tip – bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo‘lib, u individual tanlanganlikka ega; v) iqtisodchi tip – bunday shaxsning sa’i-harakatlaridagi shiori qilib, ko‘proq foyda (natija)ga qaratilgan bo‘ladi; g) ijtimoiy tip – hayotining mazmunini muhabbat, muomala va o‘zgalar uchun yashash tashkil etadi; d) siyosiy tip – bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o‘tkazish va buyruq berish xosdir; e) diniy tip-har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan haspo‘shlashga urinadi. V. SHternning fikricha, o‘tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar hamda fikrlarning yo‘nalganligi, balki harakatlarning o‘ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning o‘yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli faoliyati oralig‘idagi holat deb atab, unga «jiddiy o‘yinlar» deb nom beradi. Jiddiy o‘yinlar o‘smirning maqsad qo‘yishiga, turli qiziqishlarga o‘z munosabatini bildirishi va qiyosiy tahlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustahkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi. SHunday qilib, o‘smir yoshining tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelib, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o‘smir shaxsi rivojlanishidagi har qanday o‘zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy etilish jarayoni bilan bog‘lab tushuntirildi. Mazkur asrning ikkinchi yarmidan o‘smir rivojlanishida muhitning ham roli borligiga e’tibor qaratildi. E.Erikson o‘smirlik yoshi inson hayotining eng qiyin davrlaridan biri bo‘lib, uning yaxlit shaxs sifatida shakllanishi, nafaqat fiziologik etilish, shaxsiy biografiya, balki jamiyatdagi ma’naviy muhit va mavjud ijtimoiy mafkuraga nisbatan ichki norozilikdan iborat psixologik zo‘riqish davri ekanligini izohlashga intiladi. L.S.Vigotskiy o‘tish davriga xos qiziqishlar muammosini atroflicha o‘rganib, buni «o‘smirning psixologik rivojlanishidagi muammolarni hal qilishning yagona kalitidir» deb izohlaydi. O‘smirlik yoshi eski qiziqishlarning buzilishi va yo‘qolishi hamda yangi biologik asosga ega yangi qiziqishlarning vujudga kelishi davri hisoblanib, unda bir necha yorqin qiziqishlar mavjud bo‘lib, ularni dominant qiziqishlar deb atadi. Ular: egotsentrik, ya’ni o‘z shaxsiga qiziqish, kelajagiga qiziqish, ya’ni bugungi kuni emas, balki uzoqni ko‘ra bilishiga qaratilgan ustanovka; zo‘r berish (harakat), ya’ni qaysarlikka asoslangan irodaviy zo‘riqish, tarbiya usullariga qarshilik ko‘rsatishdan iborat salbiy harakatlar, xayolparastlik,ya’nio‘smirning sarguzashtlarga boy, turli qahramonliklar ko‘rsatishga intilishlari bilan bog‘liq tavakkalchiligidan iborat. J.Piaje kabi L.S.Vigotskiy ham o‘smirlik davridagi tafakkur rivojlanishi tushunchalarni o‘zlashtirish asosiga kechishini va o‘smir tafakkuri sub’ektiv shaklga ega bo‘lib, o‘zgalardan «sir» tutiladigan intim jabhalarga qaratilishini hamda o‘smir shaxsining ichki o‘zgarishlarini qamrab oluvchi refleksiya rivojlanishi, ya’ni o‘zligini anglashdek yangilanishlar ro‘y berishiniqayd etadi. Ushbu psixologik yangilanishlar o‘smirning motivatsion tizimida ma’lum salbiy reaksiyalar qo‘zg‘atib, ichki va tashqi nizolarni keltirib chiqaradi hamda tarbiyasi «qiyin»lik ko‘rsatkichiga aylanadi. Jumladan, - o‘smir shaxsidagi asosiy yangilanishlardan biri – «kattalik hissi» (T.V.Dragunov, 1961) o‘smirning o‘zi haqida «endi kichkina emasman» tasavvurining shakllanishiga sabab bo‘lib, uning qondirilmasligi atrofidagi kattalar bilan turli nizolarning tug‘ilishiga turtkidir; - o‘smir shaxsi yangilanishlaridan yana biri o‘smir faoliyati va hulqini aniqlovchi o‘zini o‘zi baholash ehtiyoji (E.I.Savonko, 1972) bo‘lib, uning qondirilmasligi o‘smir – o‘qituvchi munosabatlari doirasida «ma’naviy to‘siq» (L.S.Slavina, 1969) vujudga kelishini ta’minlaydi,muayyan sharoitlarda «noadekvatlik affekti»ni kuchaytiradi; - o‘smir shaxsining yo‘nalganlik belgisi sifatida, uning motivatsion – ehtiyoj doirasidagi barqaror ehtiyoj va motivlarning mustahkamlanishi hisoblanadi. Uning etarli darajada dominantlikka o‘sib o‘tmasligi, ba’zan axloqiy xulq motivlarining shakllanmasligiga olib keladi (G.G.Bochkareva, 1972). - o‘smirning jamoada (sinfda, oilada va hokazolar) o‘zining aniq o‘rniga egaP bo‘lishga intilishi ham mazkur yosh yangilanishlaridan biri bo‘lib, uning qondirilmasligi (D.I.Feldshtey, O.V.Lishin, 1991) o‘smirda «men va guruh» munosabatlaridan «ko‘cha» mikromuhitini tanlash imkoniyati uchun zamin yaratadi va o‘qishdagi, sinf jamoasidagi, real hayotidagi barcha muvaffaqiyatsizliklar o‘rnini qoplovchi «ulfatlar guruhi»ning a’zosiga aylantiradi va unda «yangicha faoliyat» boshlanadi. Bolalik hayotida latent holatidan o‘smirlikka o‘tishda bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar bola holatini xulq-atvoriga ko‘ra aniq o‘rgangan ota-onalar va o‘qituvchilar uchun rivojlanishdagi regressiya sifatida katta tashvish va qayg‘uga sabab bo‘lgan. Latent yosh davridagi (5 yoshdan 11-12 yoshgacha) aniq va yaqqol ifodalanuvchi xarakter xislatlari o‘rnini, o‘smirlik yoshida (taxminan 11-12 yoshdan to 14 yoshgacha) o‘z xudbinligi, atrofidagilarga befarqligi, oilaviy o‘zaro munosabatlardagi disgormoniya, shaxslararo subordinatsiyaning buzilishi, o‘z diqqatini o‘quv predmetlariga to‘play olmaslik, o‘qishga nisbatan qiziqishlarining so‘nishi va hokazolar kabi bir qator illatlarni egallashi bilan u yana hammani hayratga soladi. Ilk bor o‘smirlik yoshini psixoanalitik nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar 1905 yilda «Seksuallik nazariyasining uch ocherki» nomli ilmiy maqoladan boshlangan. Unda asosan: a) erogen sohaning genital sohaga tobeligi; b) o‘g‘il va qiz bolalar uchun turlicha bo‘lgan jinsiy istaklarning shakllanishi; v) oiladan tashqarida jinsiy ob’ektning izlanishi haqidagi mulohazalar bildirilgan. 1922 yilda Ernst Djons o‘zining «O‘smirlik yoshining ayrim muammolari» nomli maqolasida o‘smirlik va ilk bolalik davrining o‘ziga xos korrelyatlarini ochib berishga muvaffaq bo‘ldi. Djonsning fikricha, «individ hayotining birinchi 5 yilida erishgan tajribalarini ikkinchi o‘n yillikda umumlashtiradi va davom ettiradi»*-deydi(1932.398). Uning qarashlarini davomchisi sifatida venalik olim Zigfrid Bernfeld o‘smirlik davridagi individual va guruhiy xulqning barcha jabhalarini, ijtimoiy ta’sirlarga reaksiya, sublimatsiya va hokazolarini atroflicha o‘rganadi. Uning psixo analitik nazariyaga qo‘shgan asosiy hissasi, o‘smir o‘g‘il bolalarida «cho‘zilgan tip» deb nomlanuvi maxsus tipni ajratganligi bo‘ldi. Ushbu tip o‘smirlik davrining me’yoriy kechishdan uzayganligi bilan farqlanadi. O‘z fikrini tasdiqlash maqsadida Bernfeld V Xoffer bilan hamkorlikda o‘smirlarning o‘zini o‘zi kuzatishi natijalari, kundaliklari, ijodiy izlanishlari va boshqa ma’lumotlari asosida maqola yozdi. Avgust Ayxorn ushbu muammoga asotsial va kriminal rivojlanish nuqtai nazaridan yondashib, o‘z tadqiqotlarida tashqi muhitga moslashuvi qiyin bo‘lganligi bois, o‘z «super ego»sini shakllantira olmay, jamiyatga qarshi chiqish holatini tahlil qiladi hamda «O‘ziga xos yoshlik» kitobini yaratadi. To‘plangan qiziqarli ma’lumotlarga tayangan holda, A Freyd 1936 yilda «Pubertat davrda id va ego» hamda «Jinsiy etilish davrida instinktiv tashvish» nomli ilmiy maqolalarida instinktiv mayllarga asoslangan zo‘riqish va tazyiqni engishda nevrotik simptomlar shakllanishiga sabab bo‘luvchi «ego»ning o‘rnini aniqlashga qaratadi. «Id» va «ego» o‘rtasidagi munosabatlar to‘qnashuvida mayllar jabhasida ham sifat ham miqdor jihatdan o‘zgarishlar yuz beradi. Mayllarning rivojlanishi bolalikda shakllangan «ego»ni tashvishga soladi, u yashashuchun kurashadi. Natijada turli xil shaxsiyatli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ego va super ego odatda qisman o‘zgarishlarga uchraydi va jinsiylikning yangi shakllariga ega bo‘lib, odatdagi ijtimoiy yo‘naltirilgan «ego»da turli tartibsizliklar va xaos boshlanadi. Bu yosh davri psixo analitiklar uchun ham turli murakkabliklar va qiyinchiliklar davri hisoblanadi. 1945 yildan so‘ng AQSHda ham ushbu muammoga qiziqish ortdi. Leo A., SHpigel (1951) «O‘smirlik davrining psixoanalitik nazariyalariga bag‘ishlangan ishlarning sharhi» deganlarida ularni to‘plangan psixologik ma’lumotlarni klassifikatsiyalashga urinib, quyidagicha guruhlashtiradi: «Fenomenlar klassifikatsiyasi» (Bernfeld, Xartmani, Kris, Loushteyn, Uittlz). Taraqqiyot psixologiyasida neofreydizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri bu amerikalik olim Erik Eriksondir (1902-1982). Uning fikricha, inson rivojlanishi avtonom bo‘lsada, bir-biri bilan bog‘liq 3 ta jarayondan tuziladi: biologiyada o‘rganiladigan somatik rivojlanish, psixologiyada o‘rganiladigan anglangan “Men” rivojlanishi hamda ijtimoiy fanlar tomonidan o‘rganiladigan ijtimoiy rivojlanish. Rivojlanishning asosiy qonuni – “epigenetik” prinsipga asosan rivojlanishning har bir bosqichida oldingi bosqichlarga xos bo‘lmagan yangi hodisalar va xususiyatlar yuzaga keladi. Rivojlanishning yangi fazasiga o‘tish tashqi ko‘rinishdan patologik holatni eslatadigan “normativ inqiroz” tarzida kechadi, lekin aslida o‘sishning normal qiyinchiliklarini bildiradi. YUqoridagi fikrlardan ko‘rib turganimizdek, o‘spirinlik davri psixologiya fanida mavjud bo‘lgan nazariyalar va oqimlar vakillari tomonidan turlicha ta’riflanadi va baholanadi. SHuni ta’kidlash joizki bu munozaralar hali xanuz davom etmoqda.Usmirlik – bolalikdan kattalikka utish davri bulib, fiziologik va psixologik jixatdan uziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu boskichda bolalarning jismoniy va psixik tarakkiyoti juda tezlashadi, xayotdagi turli narsalarga kizikishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. Usmirlik balogatga etish davri bulib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy xayotga taallukli chigal masalalarning paydo bulishi bilan xam xarakterlanadi. Bular ta’sirida usmirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bulayotgan vokealarga munosabati tez uzgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar tugrisida notugri tasavvur va yanglish fikrlar xosil bulishi tufayli u muayan tartib-koidalarga tankidiy kuz bilan karaydi. Usmirda psixik jarayonlarning keskin uzgarishi bilan akliy faoliyatida xam buzilishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatda, ukuvchi bilan ukituvchi mulokotida, kattalar bilan usmirlarning muomalasida kat’iy uzgarishlar jarayonida kiyinchiliklar paydo buladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ruy beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon kilish shakli, uslubi va usullari usmirni koniktirmay kuyadi. O‘smirlarning psixik usishini xarakatga keltiruvchi kuch nima? “Usmirning psixik usishini xarakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi extiyojlar bilan ularni kondirish imkoniyatlari urtasidagi karama-karshiliklar tizimining namoyon bulishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orkali usmir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan astasekin yukotish mumkin.” O‘smirda ruy beradigan biologik-jismoniy uzgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuktasi vujudga keladi. Buyga usish bir tekis bormaydi: kiz-bolalar 5-7 sm ussalar, ugil bolalar 5-10 sm usadilar. Buyiga karab usish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtka kismining kattalashishi xisobiga ruy beradi. Ogiz bushligi va xalkumdagi uzgarishlar okibatida tovush tembri xam uzgaradi. Bu ugil bolalarda kiz bolalarga nisbatan kuprok darajada sodir buladi. Ugil bolalarning tovushi vazminrok bulib koladi, durillaydi. Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan ussa xam, mustaxkamlashsa xam, lekin baribir oyok va kul suyaklarining usish sur’ati orkada koladi. Usmirlarda bu xususiyat ularning besunakay xatti-xarakatlarida, yurish-turishlaridagi kupollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab buladi. Kukrak kafasi xam gavdaning bo‘y usishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim usmirlarning elkasi, kukragi tor bulib koladi, bu esa uz navbatida kislorod etishmasligiga, nafas kisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruxiy faoliyatga putur etadi. Budavrda yurak kengayishi bilan kon tomirlari xam yugonlashadi. Kon aylashish sistemasining kayta kurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barkarorlik kon aylanishini buzadi va usmirda ba’zi kon bosimining ortishi ruy beradi. Bu davrda ayniksa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. Goxo usmirlar orasida axlokan tubanlashuv xollari ruy berishi mumkin. Ijtimoiy xayotda yaramas odatlarni keltirib chikaruvchi anchagina sabablar bor: birinchidan kinozallari va televideniyadan usmirlarga tugri kelmaydigan filmlarni kursatilishi, ikkinchidan, jamoat joylarida kattalarining nojoiz xarakatlarni kursatishlari, uchinchidan, ta’limda biologik usish tugrisida etarli bilimlar berilmasligi, turtinchidan ota-onalarda fiziologik va psixologik bilimlar etishmasligi va xokozalar.Usmir uzining kobiliyati va kuchini tugri baxolamay turib, murakkab xayotiy masalalarni xal kilishga urinadi, ammo fikr yuritish kobiliyati yuzaki bulganligi sababli kundalik xayotida kator kamchiliklarga yul kuyadi. Lekin u uz xatosini tan olishdan kura kattalar bilan baxslashishni afzal kuradi. Umuman olganda o‘smirlik davrida yuz beradigan barcha fiziologik o‘zgarishlar uning psixikasi rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Psixik yangilanishlarning vujudga kelishi o‘smirning bolalik davridan kattalar hayotiga o‘tib borishidagi murakkabliklar bilan o‘zaro bog‘liq. Nisbatan vazmin kechadigan kichik maktab yosh davridan keyin o‘smirlik davri haddan tashqari jonli va murakkab tuyuladi. O‘smirlik davridagi asosiy xususiyatlardan biri ahamiyatli shaxslarning almashinishi va katta yoshdagilar bilan o‘zaro munosabatlarning qayta qurilishidir. YOshga oid “biz” tushunchasi bolalik davrida ham mavjud bo‘ladi, lekin bola ikkita dunyoning – kattalar va bolalar dunyosining farqini qabul qiladi. O‘smirlar o‘rtada joylashadi hamda bu oraliq holat ularning psixologiyasi, xususan o‘zini o‘zi anglashining juda ko‘p xususiyatlarini belgilab beradi. Fransuz psixologi B.Zazzo 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardan o‘zlarini kichkina deb hisoblaydilarmi yoxud katta yoki o‘rtami (bo‘yiga qarab emas, yoshiga qarab) degan savolni oydinlashtirishga harkat qiladi. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini kichkinalar bilan solishtirib ularga nisbatan “katta” ekanliklarini e’tirof etganlar. Maktab yoshi bolaga tayyor son ko‘rinishidagi etalonni beradi – bir sinfdan ikkinchi sinfga ko‘chish; ko‘pchilik bolalar o‘zlarini “o‘rta” deb baholaydilar. 11 yoshdan 12 yoshgacha sanash nuqtasi o‘zgaradi: uning etaloni bo‘lib katta odam hisoblanadi, “o‘sish” uning uchun kattalar qatoriga qo‘shilishni bildiradi. O‘tish davrining muhim ehtiyojlaridan biri bu nazoratdan, ota-onalar himoyasidan va umuman kattalar tomonidan o‘rnatilgan qoidalardan xalos bo‘lishdir. Alohida ko‘riladigan ijtimoiylashuv omillaridan eng muhim va ta’sirchan omil bu oiladir. Uning ta’sirini o‘smir hammadan oldin his qiladi. E.K.Vasileva (1995) o‘smir shaxsining shakllanishiga uning otaonalar bilan o‘zaro munosabatlari maromi axamiyatli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. E.G‘oziev (1994) shuni ta’kidlaydiki, “o‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, nuqtai, prinsip, o‘zligini anglash, baholash va hokazolar shaklanadigan davr hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko‘rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy, ixtiyorsiz orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazar asosida tashkil qila boshlaydi”. A.V.Libin (2008) fikricha, o‘smirlik davriga kelib qiz bolalarda verbal faollik kuzatilsa, o‘g‘il bolalarda abstrakt manipulyasiya ko‘zga tashlanadi. Biroq juda ko‘p mualliflar bu xususiyatlarni tahlil qilishda muhit ta’siriga e’tibor qaratishni alohida ta’kidlaydilar. Xarakter tuzilmasi ham, men obrazi ham bu davrda jinsiy tafovutlarga ega bo‘ladi. Qizlarda jismoniy holati va ijtimoiyyo‘naltirilishi, shuningdek kognitiv ko‘nikmalar va qiziqishlarda etuklik belgilari o‘g‘il bolalarga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘ladi. Uning fikricha o‘g‘il bolalardagi “men” obrazi unga kiritilgan tasniflarning foiz mutanosibligiga ko‘ra o‘zlaridan ikki yosh kichik qizlardagi “men” obraziga to‘g‘ri keladi. Tafovutlar o‘zini o‘zi tasvirlash tuzilmasida ham kuzatiladi. O‘g‘il bolalar ko‘pincha o‘z qiziqishlari va mashg‘ulotlari haqida yozsalar, qiz bolalarda qarama-qarshi jins vakillari bilan o‘zaro munosabatlar mavzulari, oila va qarindoshlar muammolari ustunlik qiladi. Aynan shu xususiyatlarda ijtimoiy kutilmalar ta’siri namoyon bo‘lishi mumkinligi e’tirof etiladi. Xulosa qilib aytganda o‘smirlik davridagi fiziologik va psixologik xususiyatlar o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, inson taraqqiyoti va etilishining ma’lum bosqichi hisoblanadi. 53.Ilk o'spirinlik davrida psixik rivojlanish Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlaridan biri bu jismoniy jihatdan voyaga yetishi, maktabni bitirgandan keyin mustaqil hayot kechirish, ishlab chiqarishda mehnat qilishi va oliy o’quv yurtida o’qishi uchun yetarli bo’ladigan g’oyaviy va ma’naviy yetuklik darajasiga erishadi. Bu davrning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri fuqarolik pasportini olishi, saylash va saylanish huquqini qo’lga kiritilishi bularning barchasi uning fuqaro sifatida yetukligining ko’rsatkichidir. O’spirinlik- bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi uning ijtimoiy jihatdan yetilishi o’z taqdirini o’zi hal qilishi ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri fuqarolik va vatanparvarlik kabi ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davridir. Ilk o’spirinlik davrida mehnat va o’qish asosiy faoliyat sifatida muhim o’rin egallaydi. Ilk o’spirinlik yoshida jo’shqin kuch-g’ayrat shijoat mardlik katta va qahramonona ishlarga romantk ravishda intilishlari avj olgan yosh davridir. Ilk o’spirinlik davrida psixik rivojlanishning xarakatga keltiruvchi kuch maktab jamoasi va o’quv faoliyati tomonidan qo’yiladigan talablar darajasining keskin ortishi bilan u erishgan psixik rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilikdan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar ilk o’spirinlik davrida o’quvchilarning ahloqiy, aqliy va ijodiy kuchlarini intensiv taraqqiyoti yo’li bilan hal etiladi. Jismoniy rivojlanishining xususiyatlari ilk o’spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi va uning bunda keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o’rinda kasb tanlash nazarda tutiladi bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy rivojlanish xususiyatlariga ham bog’liqdir. Ikkinchidan jinslarning o’zaro mayli ta’sir ko’rsatadiki bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o’ynaydi. O’zining jismoniy kuchini va jozibadorligini sog’omligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o’ziga ishonch, daddillik, tetiklik, optimizm va hushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy sog’lomlik, kuch-quvvat va epchil harakat qilish ishchanlik qobiliyati, bir qator mehnat ko’nikmalari va malakalarini vujudga keltirishga yordam beradi va kasb tanlash imkoniyatini kengaytiradi. Bunday yigit va qizlar o’zlari tanlagan kasblarini muvaffaqiyat bilan egallashlariga va o’zlari yoqtirgan ish bilan shug’ullanishlariga ishonadilar. Aksincha o’zining jismoniy jihatdan ojizligini, mukammal emasligini va bolalikka xos xususiyatlarni sezish esa ilk o’spirinlikda ba’zan og’ir his-tuyg’ularni paydo qiladi, ularning ruhini ezadi ularda tushkunlikka berilish, qo’rqoqlik, o’z kuchlariga ishonmaslik, biqiqlik, individualizm kabi xususiyatlarning vujudga kelishiga ta’sir etadi. SHu sababli ilk o’spirinlik yoshidagi o’quvchi shaxsining tarkib topishiga oid xususiyatlarni o’rganish vaqtida jismoniy rivojlanish omillarni ham hisobga olish zarurdir. 54.Ilk o‘spirinning o‘zini o‘zi anglashi o‘smirning o‘zini-o‘zi anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. Xuddi ana shu narsa ilk o‘spirinlarda o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi Shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglash o‘quvchining ichki kechinmalar dunyosiga kirishi bilan bog‘liq emas va foydasiz, maqsadsiz o‘z-o‘zini tahlil qilishdan ham iborat emas. O‘z-o‘zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat, tevarak-atrofdagilar bilan bo‘ladigan yangicha munosabatlar o‘quvchini o‘z imkoniyatlarini baholashga, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini, o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai nazaridan anglashga majbur qiladi. Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashiga oid bu qiziqarli xususiyat quyidagilardan iborat. Ilk o‘spirin o‘zining kuchli va ojiz tomonlarini, o‘zining ustunligi va kamchiliklarini o‘smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o‘smir ko‘pincha ilk o‘spiringa qaraganda o‘ziga to‘g‘riroq baho beradi.O‘smirda o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishiga boshqa kishilarning fikrlari ta’sir qiladi. O‘smir go‘yo o‘ziga tevarak -atrofdagilar ko‘zi bilan qaraydi, uning aynan o‘zi haqidagi fikrlari ko‘pincha ota-onalari, o‘qituvchilari va o‘rtoqlarining fikrlarini takrorlaydi. Tabiiyki, uning o‘z-o‘ziga baho berishi ham ancha ob’ektiv bo‘ladi, chunki u tevarak-atrofdagilarning ob’ektiv bahosini takrorlaydi. Bu hol akademik litsey va kollej o‘quvchilarida boshqacha bo‘ladi. Yoshining ortishi bilan unda o‘z shaxsini, o‘z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish tendensiyasi kuchayadi. O‘z-o‘ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoga qaraganda qiyinroqdir. Shuning uchun ilk o‘spirin o‘zining shaxsiy xususiyatlarini va xatti-harakatlarini o‘smirga qaraganda yaxshiroq tahlil qila olmasa ham, o‘ziga ayrim hollarda ob’ektiv baho bera olmaydi. Shuning uchun ular ko‘pincha o‘z shaxslariga ortiqcha baho beradilar, g‘ayri tabiiy manmanlik, kekkayish, takabburlik, kibrlanish hollariga yo‘l qo‘yadilar, tevarak-atrofdagi kishilarga mensimasdan munosabatda bo‘ladilar; boshqalar esa o‘zlariga g‘ayri-tabiiy ravishda etarli baho bermaydilar, o‘zlarini “o‘rtamiyona”, “arzimas”, “oddiy va ko‘zga tashlanmaydigan odam” deb hisoblaydilar. Intellekti yaxshi rivojlangan o‘spirinlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushuna oladilar va ularni muhokama eta oladilar. O‘spirinlar juda ko‘p muammoli savollarga javob o‘ylaydilar. Ularning diqqatini ko‘proq axloqiy masalalar tortadi. Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘smirning o‘z-o‘zini anglashidan shu jihatlari bilan farqlanadi. Xuddi ana shu narsa ilk o‘spirinni o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi Shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Agar o‘smirning tushunchasida sezgir kishi hamisha boshqalarga yordam ko‘rsatsa, ilk o‘spirin Yoshidagi o‘quvchilar esa bunda ancha nozik tafsilotlarning ham farqiga boradilar, ular sezgirlik – ayniqsa qanday yordam zarurligini his qila bilish va u ana shu yordamni ustalik bilan kishini xafa qilmasdan, ko‘rsata olishdan iborat deb hisoblaydilar. Download 44.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling